Mualliflar

  • Boltaboyeva Muhabbat Sherxanovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112255

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar. Yoshlar boʻsh vaqt besh tashabbus talaba kitob oʻqish foydali mashgʻulotlar ruhiyat psixik jarayonlar muloqot ong tafakkur

Annotasiya

Annotasiya. Yoshlarimizning har bir o’tkazayotgan vaqtlariga kattalar befarq 
bo’lmasalar, ular o’z to’g’ri yo’llaridan adashmaydilar. Unutmaylik, qaysi jamiyatda 
yoshlar kattalarning e’tiborida bo’lib, yoshligini ilmu-hunar o’rganishga sarflasa bu 
jamiyat  yuksaladi,  aksincha,  biron  jamiyatda  befarqlik  va  loqaydlik  avj  olsa  o’sha 
jamiyat tanazzulga yuz tutadi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

166

ISSN:3030-3613

OʻQUVCHILARNI BAND QILISH HAMDA ULARDA BOʻSH
VAQTLARIDAN UNUMLI FOYDALANISH KOʻNIKMASINI

SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI

Boltaboyeva Muhabbat Sherxanovna

Qoraqalpog'iston Respublikasi

Ellikqal'a tumani 3-umumiy o'rta

ta'lim maktabi amaliyotchi psixologi

Annotasiya

.

Yoshlarimizning har bir o’tkazayotgan vaqtlariga kattalar befarq

bo’lmasalar, ular o’z to’g’ri yo’llaridan adashmaydilar. Unutmaylik, qaysi jamiyatda
yoshlar kattalarning e’tiborida bo’lib, yoshligini ilmu-hunar o’rganishga sarflasa bu
jamiyat yuksaladi, aksincha, biron jamiyatda befarqlik va loqaydlik avj olsa o’sha
jamiyat tanazzulga yuz tutadi.

Kalit soʻzlar.

Yoshlar, boʻsh vaqt, besh tashabbus, talaba, kitob oʻqish, foydali

mashgʻulotlar, ruhiyat, psixik jarayonlar, muloqot, ong, tafakkur

KIRISH

Xalqimizda shunday naql bor yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh

kabidir. Misol uchun bir niholni yerga ekib unga vaqtida parvarish berib begana
o’tlardan tozalanmasa u nihol nozik va qiyshiq bo’lib rivojlanadi va kutilgan natijani
bermaydi. Huddi shunday yoshlarni ham bo’sh vaqtini qanday ishlarga sarflayotganini
o’rganib ularni to’g’ri yo’lga solmasak kelajagimizni buyuk qila olmaymiz. Bu yo’lda
millatimmizning yorqin namoyondalrini o’zimizga o’rnak bilib harakat qilmog’imiz
darkor.

Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish

dolzarb masala ekanligi prezidentimiz tomonlaridan mutasaddi tashkilotlar
rahbarlariga vazifa qilib yuklandi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli
yot illatlarga qarshi immuniteti ham shuncha kuchli boʻladi.Maʼlumki, davlatimiz
rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga
qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Besh tashabbus o’z ichiga sport, musiqa, kitobxonlik, xotin-qizlarga keng

imkoniyatlar yaratish kabilarni o’z ichiga oladi. Bu ishlar Namangan viloyatida ham
davom ettirilib, "Maʼrifat karvoni" tashkil etildi. Yoshlar uchun 25 ming dona kitob,
80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi. Ota-onalar o’z
farzandlarini oilasidan uzoq vaqtida qanday ishlar bilan bantligini o’rganib borishlari
shart.

Chunki yosh avlodni o’z holicha qarovsiz tashlab bo’lmaydi. Bundan tashqari

oila boshliqlari o’z farzandlarini qiziqishlarini to’g’ri baholab o’z yo’llarini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

167

ISSN:3030-3613

tanlashlarida ko’maklashishlari kerak. Bugungi kunda oilada ota ham ona ham o’z
yumushlari bilan band bo’lib farzand tarbiyasiga yetarlicha vaqt ajratishmayapti. Bu
esa farzan xaqqiga hiyonat sanaladi. Bunga misol qilib, yoshlarimizning telefon va
onlayn o’yinlarga bog’lanib qolishayotganini aytishimiz mumkin. Farzandi bo’sh
vaqtida nima ish qilayapti, kimlarga do’st tutunyapti, kimlarni o’ziga idealidagi inson
deb qarayotgani kattalarni qiziqtirmayapti.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek telefandan qanday foydalanish kerak, uning

vazifasi nima, yoshlarimizning kampyuter savodxonligini oshirish va internet
saytlaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish lozim. Zamon shiddat bilan
rivojlanib borayotgan shunday vaziyatda yosh avlodning dunyoqarashini o’stirib bo’sh
vaqtlaridan unumli foydalanishga odatlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki
dono xalqimizda “Vaqting ketdi-naqding ketdi” degan naql bor. Yoshlarimizni bo’sh
vaqtlarini kitob mutola qilish, hunar o’rganish, turli sport o’yinlariga qiziqtirish uchun
ularni kichikligidan shu narsalarga ko’niktirib borish muhimdir. Undan tashqari
yoshlarimizni ozodalikka, mehnatsevarlikka o’rgatishimiz lozim.

Aks holda ular dangasa va tartibsiz bo’lib ulg’ayishadi. Shuning uchun har yili

xalqimizda umumxalq hasharlari uyushtirilib bunga ko’plab yoshlarimiz jalb qilinadi.
Bu hasharlarda keksalarimiz o’z boshchiligida kelajak avlodlarning mehnatga bo’lgan
layoqatini shakllanishida o’z hissalarini qo’shadilar. Ozodalik avvalo o’z honasidan
boshlanadi. Shuning uchun talaba yoshlarning qanday uylarda va qay holatda
yashoyotgaliklarini kuzatib boriladi. Ozodalik bo’lgan joyda hotirjamlik bo’ladi.
Kayfiyat ham a’lo darajada turadi. Ozodalikka rioya qilish didimizda ham farz
sanaladi. Ozodalik bo’lgan joyda yangi-yangi g’oyalar, fikrlar vujudga keladi.
Yoshlarimiz oilasidan uzoqda yashab mustaqil hayotga o’rganar ekan ularni bu yo’lda
kimlarni o’ziga hamroh qilishi juda muhim omildir. Ularning do’sti kim? Nima bilan
shug’ullanyapdi? Bo’sh vaqtini nimalarga sarflaydi? Zararli illatlari yo’qmi?
Ozodalikka rioya qiladimi? Va shu kabi jihatlariga e’tibor qaratish lozim. Chunki ota-
bobolarimizdan qolgan bir naql “Menga do’stingni qandayligini ayt, men seni
qandayliigingni aytib beraman” bizni farzandlarimizni kimlar bilan do’st tutinayotgani
haqida o’ylashga majbur qiladi.

Yoshlarimizning har bir o’tkazayotgan vaqtlariga kattalar befarq bo’lmasalar,

ular o’z to’g’ri yo’llaridan adashmaydilar. Unutmaylik, qaysi jamiyatda yoshlar
kattalarning e’tiborida bo’lib, yoshligini ilmu-hunar o’rganishga sarflasa bu jamiyat
yuksaladi, aksincha, biron jamiyatda befarqlik va loqaydlik avj olsa o’sha jamiyat
tanazzulga yuz tutadi. Bu borada 20-asr boshlarida yurtimizdan yetishib chiqqan
Jadidchilik harakati nomoyondalaridan biri Muhmudxo’ja Behbudiy ”Dunnyoda
turmoq uchun dunyoviy ilmlarni o’rganmoq lozim” degan edi. Agar biz yoshlarning
bo’sh vaqtlarini foydali ilmlarni o’rganishlariga yo’naltira olsak o’ylaymanki
diyorimizdan yana Ibn Sinolar, Xorazmiylar, Beruniylar, Navoiylay ko’plab yetishib


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

168

ISSN:3030-3613

chiqadi. Bu sohada hozirda o’qiyman, hunar o’rganaman degan har bir yoshga
O’zbekistonimizda yatarlicha shart-sharoitlar yaratib qo’yilgan. Shu o’rinda bir savol
tug’ilishi tabiiy albatta.

Nima uchun shunday erkinlik va tinchlik xukm surgan jamiyatda yuksalish

uchun nima qarshilik ko’rsatyapti? Buning birgina javobi o’tayotgan vaqtimizning
qadriga yetmasligimizdir. Bir tasavvur qiling, millatimizdan yetishib chiqqan buyuk
ajdodlarimizda hozir bizda bo’lgan sharoitlar bo’lganmi? Har birimizning ongimizga
shu savolni eshitishimiz bilanoq beixtiyor yo’q degan javob keladi. Chunki ular
bizningdek yorug’ va shinam uylarda emas tor va sovuq kulbalarda kechasi oy
shulasida bo’lsa ham o’qib izlanishgan. Kunduzlari o’z kasbukorlari bilan mashg’ul
bo’lishgan. Xo’sh, bizni nima to’sib turibdi ilm olishdan.

Yoshlarimiz yengil hayotga o’rganib qolishgan. Bunga misol qilib kitob

o’qimasliklarini aytishimiz mumkin. Shunda o’quvchida bir savol tug’iladi.
Kitobxonlikni yengil hayotga nima aloqasi bor? Kitobxonlik musobaqasi yaxshi
jaroyonku degan fikrlar uyg’onadi. Bu fikrlar to’g’ri albatta. Faqatgina bir tomoni borki
meni doim o’ylantiradi. Nega yoshlarimiz o’zi istab kitob mutolaa qilishmaydi? Agar
davlat mukofot bermasa kitob o’qimasligimiz kerakmi? Prezidentimizning kitobxonlik
musobaqalarini tashkillashtirishlaridan ham asosiy maqsadlari yoshlarimizni kitobga
bo’lgan muhabbatini uyg’otishdir. Yoshlarimiz bo’sh vaqtlarini kitib bilan oshnolikda
o’tkazsalar, ishonchimiz komilki albatta yurtimiz yanada rivoj topib yurtboshimiz
nazarda tutgan maqsadimizga yetishamiz Inshaalloh. Bizning shunday Allohning
nazari tushgan diyorimizda yana buyuk ulamolar yetishib chiqishi uchun biz yoshlar
tinimsiz o’qib izlanishimiz vaqtimizni behuda ishlarga sarflamay, o’zimizga va
yurtimizga foyda keltiruvchi amallarga sarflashimiz kerak. Bu yurtni bunday holga
kelishiga kimlar jonini bermadi. Shunday ekan, biz bu go’zal diyorimizni nomini
dunyoga tarannum etishimiz lozim. Shu o’rinda yan bir misol, dunyoni qaysi davlatida
biznikidek bepul ta’lim olish yo’lga qo’yilgan. Bu ham respublikamizda yosh avlodni
ilm olishiga bo’lgan e’tibor naqadar yuqori ekanini bilamiz. Bo’sh vaqtlarimizni
mazmunli o’tkazish uchun yurtimizda barcha imkoniyatlar bor.

XULOSA

Oʻquvchi yoshlar darsdan bo’sh vaqtlarini o’z uylaridan chiqmay turib ham

mazmunli o’tkazishlari mumkin. Masalan, kitob o’qishlari, shashka va shaxmat o’qlni
charxlovchi o’yinlarni o’ynashlari, onlayn til kurslarini tomosha qilishlari va shu kabi
o’zi qiziqqan boshqa foydali mashg’ulotlar bilan band bo’lishlari foydadan holi
bo’lmaydi. Prezidentimiz ham bu borada yoshlarimizning bo’sh vaqtlaridan unumli
foydalanishlari uchun ularni o’qishdan keyingi paytlarda o’z sohalari bo’yicha
shugʻullanishga,ilm olishga imkoniyat berdilar. Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb
qilgan holda, kompyuter oʻyinlari markazlarini tashkil etish, ularda bolalar va
yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

169

ISSN:3030-3613

rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar boʻlishi zarurligini o’z
yi’g’ilishlarida alohida taʼkidlab o’tdilar. Yoshlarda bolalik chogʻidan kitobga mehr
uygʻotish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllantirish ularning hayot yoʻllarida
mustahkam zamin boʻladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Мунавваров А. Қ. Оила педагогикаси – Т.: Ўкитувчи, 1994

2.

Мусурмонова О. Оила маънавияти – миллий ғурур. – Т.: Ўқитувчи, 1999.

3.

Ziyo.net materiallari

4.

4.“YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDA”gi O’zbekiston
Respublikasi qonuni, 14.09.2016 yildagi O’RQ-406-son

5.

5.https://lyceum.tma.uz/besh-muhim-tashabbus/

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

Мунавваров А. Қ. Оила педагогикаси – Т.: Ўкитувчи, 1994

Мусурмонова О. Оила маънавияти – миллий ғурур. – Т.: Ўқитувчи, 1999.

Ziyo.net materiallari

4.“YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI TO‘G‘RISIDA”gi O’zbekiston

Respublikasi qonuni, 14.09.2016 yildagi O’RQ-406-son