Mualliflar

  • Hamroyeva Xurshida Ahmadjonovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112256

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: kasbiy qiziqish o‘quvchi qiziqishlari kasbni to‘g‘i tanlash kasga yo‘naltirish kasb tanlashda psixolog roli “DDS” metodi ruhiyat psixik jarayonlar qiziqish qobiliyat

Annotasiya

Annotatsiya: O`quvchilarda kasbga qiziqish shakllanishiga yosh davrining ham 
ta`siri katta. Xususan, psixologiya sohasidagi olimlardan I.S.Kon o`z tadqiqotlarida 
o`smir  yoshidagi  o`quvchilarda  ta`lim  motivlari  ancha  o`zgarib,  ijtimoiy  rollarning 
o`zgarishi  faollashadi  –  faoliyat  jarayonida  ko`proq  mustaqillik  va  o`ziga  ishonch 
namoyon  bo`la  boshlaydi,  deb  ta`kidlaydi.  O`smirlik  yoshidagi  o`quvchilar  o`z 
taqdiriga  taalluqli  qaror  qabul  qilishda  bo`layotgan  voqealarning  passiv 
tomoshabinidan faol ishtirokchisiga aylanadilar.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

160

ISSN:3030-3613

MAKTAB O‘QUVCHILARINI KASB-HUNARGA QIZIQISHLARINI

OSHIRISHNING ZAMON TALABLARIGA MOS VA MUHIM PSIXOLOGIK

SIFATLARI

Hamroyeva Xurshida Ahmadjonovna

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani Maktabgacha

va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 61-umumiy

oʻrta taʼlim maktabining amaliyotchi psixologi

Annotatsiya:

O`quvchilarda kasbga qiziqish shakllanishiga yosh davrining ham

ta`siri katta. Xususan, psixologiya sohasidagi olimlardan I.S.Kon o`z tadqiqotlarida
o`smir yoshidagi o`quvchilarda ta`lim motivlari ancha o`zgarib, ijtimoiy rollarning
o`zgarishi faollashadi – faoliyat jarayonida ko`proq mustaqillik va o`ziga ishonch
namoyon bo`la boshlaydi, deb ta`kidlaydi. O`smirlik yoshidagi o`quvchilar o`z
taqdiriga taalluqli qaror qabul qilishda bo`layotgan voqealarning passiv
tomoshabinidan faol ishtirokchisiga aylanadilar.

Kalit so‘zlar:

kasbiy qiziqish, o‘quvchi qiziqishlari, kasbni to‘g‘i tanlash, kasga

yo‘naltirish, kasb tanlashda psixolog roli, “DDS” metodi, ruhiyat, psixik
jarayonlar,qiziqish, qobiliyat

KIRISH

Kasbiy shakllanish insonning aqliy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari hamda

u yoki bu sohaga bo`lgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari, shuningdek, qadriyat va
dunyoqarashlariga asoslanib biror-bir kasb sohasida ta`lim olishi, keyinchalik esa shu
sohaga kirishib moslasha borishi (kasbiy adaptatsiya) va nihoyat, nisbatan qisqa vaqt
mobaynida, malakali mutaxassis bo`lib yetishishi tushuniladi. O`quvchilarni kasb-
hunarga yo`naltirish masalasi muayyan bir kasbiy faoliyat va unda foydalaniladigan
mehnat qurollari, kasb-hunarni egallash yo`llari va mutaxassisning psixofiziologik
xususiyatlariga qo`yiladigan asosiy kasbiy talablar, kasb-hunarning jamiyatda tutgan
o`rni va ijtimoiy himoyalanganligi kabi ma`lumotlar asosida konkret kasb-hunar
tanlashning ijobiy motivlarini shakllantirish orqali shaxsda kasb-hunarga qiziqish
uyg`otishdan boshlanadi.

Materiallar va metodlar. Ma`lumki, har qanday kasbiy faoliyatning

muvaffaqiyati bir qator omillarga bog`liq bo`lib, bu sohada pedagog-olimlar
(A.A.Abdukadirov, N.V.Kuzmina, P.T.Magzumov, N.Muslimov, F.R.Yuzlikayev,
S.N.Chistyakova, Ye.Klimov va boshq.) ko`p yillar davomida ilmiy-tadqiqot ishlari
olib borganlar. Nomi yuqorida keltirilgan tadqiqotchilarning barchasi kasbga qiziqish
– kasbhunarga yo`naltirilganlikning yuqori ko`rsatkichi bo`lib, u turli bosqichlardan
iborat ekanligini ta`kidlaganlar.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

161

ISSN:3030-3613

Psixologik lug`atda «qiziqish - bu bilishga ehtiyojning namoyon bo`lish

shakllaridan biri bo`lib, shaxsning faoliyat maqsadlarini o`rganishga yo`nalganligini
ta`minlaydi», deb ta`rif berilgan

S.L.Rubinshteynning fikriga ko`ra “qiziqish” deganda shaxsning yo`nalganligi,

uning faoliyat motivi tushunilib, o`zining aniqlanganligi va emotsional jozibadorlik
kuchi bilan shaxsning qaror qabul qilish jarayoniga ta`sir qiladi Pedagogikada
“qiziqish” shaxs hayotining real sharoitlarida paydo bo`lib, uning mavjud bo`lgan
ob`ektiv munosabatlarini o`zida aks ettiradi, deb qaraladi. Shaxs faoliyati uning
extiyojlari bilan belgilanadi, ehtiyojlar asosida esa ma`lum bir sohalarga nisbatan
qiziqish shakllanadi. Qiziqish shaxsning atrof muhit va ob`ektlarga nisbatan psixik
jarayonlarning tanlangan yo`nalganligi, faqat o`zi tanlagan faoliyat bilan shug`ullanish
ehtiyoji va faollikni oshirishga undaydigan omil sifatida namoyon bo`lib, inson
faoliyatining samarali va sermahsul bo`lishini ta`minlaydi.Pedagogika va
psixologiyaga oid ilmiy adabiyotlar tahliliga asoslanib “kasbga qiziqish”
tushunchasiga aniqlik kiritamiz. Qiziqishning umumiy tarkibi L.G.Antipova
tomonidan taklif qilingan bo`lib, o`z ichiga intellektual (tafakkur, xotira, tasavvur va
hokazo), emotsional va irodaviy jarayonlarni oladi. Bunda qiziqishning uch
komponentlik tizimi intellektual, emotsional va irodaviy hodisalarning umumiy
yig`indisini emas, balki barcha psixik jarayonlarning o`zaro murakkab munosabatini

tashkil qilishi ta`kidlanadi.Ta`kidlash joizki, kasb-hunarga qiziqishning to`rtinchi
komponenti – kasbiy bilim, ko`nikma va malakalar inson hayoti davomida yuqoridagi
uchta komponent bilan o`ziga xos ravishda qo`shiladi va bir-birini rivojlantiradi. Ularni


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

162

ISSN:3030-3613

o`zaro qaramaqarshi qo`yish, birining ahamiyatini ikkinchisiga nisbatan oshirish yoki
kamaytirish shaxsning normal rivojlanishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

J.Piajening ta`kidlashicha, 12-15 yoshlarda shaxs intellektining rivojlanishida

sezilardi o`zgarishlar namoyon bo`ladi. Bu yoshda kishida gipotetik-deduktiv tafakkur
– atrof muhitda sodir bo`layotgan voqea-xodisalarni tahlil qilish va umumlashtirish,
o`z shaxsiy hayotini o`rganish va rejalashtirish kabi qobiliyatlar shakllanadi
S.N.Chistyakovaning fikriga ko`ra, 14-16 yoshlardagi o`quvchilarni kasb-hunarga
yo`naltirish, kasbga qiziqishni shakllantirish va kasb tanlash jarayonlari ancha faol va
samaraliroq bo`lib, buning sababi bu yoshda o`quvchilarda ideallar shakllanadi va ular
nisbatan qat`iy hayotiy maqsadlarni rejalashtiradilar.A.P.Seyteshev o`z ilmiy
tadqiqotlarida sub`ektiv omillar qatoriga bilishga va kasbga qiziqish, moyilliklarni,
muayyan bir kasbiy faoliyatda muvaffaqiyat qozonishning psixologik mexanizmi
sifatida esa turli qobiliyatlarni kiritgan.Ye.M.Pavlyutenkov shaxsni kasb-hunarga
yo`naltirishda, xususan unda kasbhunarga qiziqishini shakllantirish va kasb tanlashida
kasbiy faoliyat motivi, hayotiy qadriyatlar va tajriba, bo`lajak kasbiy faoliyat
to`g`risida tushuncha kabi omillarga alohida e`tibor qaratgan.

“Kasb-hunarga qiziqish” deganda shaxsning kasb-hunar tanlashga

yo`nalganligi, tanlagan sohasining ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatlarini anglagan holda
kasbiy motivlariining shakllanganligi bilan ifodalanib, shaxsning kasb-hunar haqida
ko`proq ma`lumot olishida, uni egallash maqsadida o`zida kasbiy bilim, malaka va
ko`nikmalarni shakllantirish faolligini oshirishida muhim omil bo`lib xizmat qiladi.
Kasb-hunarga qiziqishni uch tarkibiy komponenti (intellektual, emotsional va irodaviy
komponentlar) bilan birga to`rtinchi komponentni – kasb-hunar tomonidan
mutaxasisning kasbiy bilim, malaka va ko`nikmalariga, xamda uning qobiliyatlariga
qo`yiladigan talablarni ham o`zida aks ettiradi. Ushbu to`rtta komponent o`zaro
munosabatda va mutanosib bog`liqlikda bo`lib, inson shaxsiga hamda uning hayot
faoliyatiga ta`sir ko`rsatadi.

Kasb-hunarga qiziqishni shakllantirish bu, birinchi navbatda, o`quvchida

mehnatsevarlikni hamda unga ijodiy yondashish tuyg`usini tarbiyalash, kasbhunar
tanlashdagi mas`uliyat va kasbning jamiyat uchun ahamiyatini xis qilishni
tarbiyalashdir. O`z navbatida, bilishga qiziqish ob`ekti bilish jarayonining o`zi bo`lib,
xodisalarning ma`nosini tushunish, tegishli soha bilimlarining nazariy va ilmiy
asoslarini chuqurroq o`rganish bilan belgilanadi. O`quvchining kasb-hunarlarga oid
bilimlarni egallashga qiziqishi uning darsda va darsdan tashqari jarayonlarda faollik
ko`rsatishiga, olayotgan bilimlarining sifatiga, ta`lim olishning ichki motivlarini
shakllanishiga, o`z hayotiy pozitsiyasiga ega bo`lishiga olib keladi. Bu esa
ta`limtarbiya jarayoni samaradorligini ta`minlab, o`quvchida kasb-hunarga qiziqishni
bilim olishga qiziqish bilan o`zaro uyg`unlikda shakllanishini ta`minlaydi.
O`quvchilarda kasb-hunarga qiziqishning shakllanish jarayoni turg`un va faol bo`lishi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

163

ISSN:3030-3613

ularni maqsadlariga erishishlarida hamda mavjud qiyinchiliklarni yengib o`tishlarida
yordam beradi. Qiziqish dinamik, ongli va turg`un shakllansagina o`quvchilarning
ongli ravishda kasb-hunar tanlashlariga samarali ta`sir ko`rsatadi.

Qiziqishning dinamikligi – doimo faolligi va shakllanish jarayonida o`zgarishga

moyilligida aks etadi.

Qiziqishning ongliligi – shaxsning o`ziga-o`zi baho berishini kasb-hunarga

munosabati bilan belgilanadi.

Kasb-hunarga qiziqishning turg`unligi – aynan bir kasb (yoki kasbiy soha)ga

nisbatan ijobiy va faol munosabatning doimiyligida namoyon bo`ladi.

Psixologiya va pedagogika sohalari vakillarining tadqiqotimiz mavzusiga oid

ilmiy asoslangan xulosalariga tayanib, 12-16 yosh davri maktab o`quvchilarida
kasbhunarga qiziqish shakllantirish uchun optimal davr, deb hisoblash mumkin. Biron-
bir kasbiy faoliyat turiga nisbatan erta shakllangan qiziqish uzoq vaqt saqlanib qoladi
va kasbiy maqsadning asosini tashkil etadi.

Maktab o`quvchilariining kasb-hunar tanlashi ob`ektiv va sub`ektiv omillar

majmuasi ta`sirida sodir bo`ldi. Ob`ektiv omillarga shaxs hoxishi va irodasiga bog`liq
bo`lmagan, lekin kasb-hunarga yo`naltirish jarayonining sifatini oshirish uchun sharoit
yaratadigan

quyidagi

omillarni

kiritamiz:

ota-ona

va

qarindoshlarning,

pedagogo`qituvchilarning, o`rtoqlarning, kasb egasining va kasbga yo`naltirish
bo`yicha mutaxassisning maslahatlari, ommaviy axborot vositalaridan olingan
ma`lumotlar, kasbning jamiyat uchun ahamiyati.

Sub`ektiv omillar qatoriga esa o`quvchining individual va psixofiziologik

xususiyatlariga bog`liq bo`lgan omillar bilan bir qatorda o`z bilimlarini amalda
qo`llashga qiziqishi, mas`uliyat, intizomlilik va ideal (ya`ni badiiy adabiyot yoki
filmlardagi asar qahramonlariga xavas), kasb-hunarni o`quvchining shaxsiy
qobiliyatlariga talablarini to`g`ri kelishi, kasbni mahorat darajasida egallashga bo`lgan
hoxish-istak va shu kabilar kiradi.

Har qanday kasbiy faoliyatning muvaffaqiyati mutaxasisdan faqatgina bitta

qobiliyat yoki sifatni emas, balki ularning muayyan kombinatsiyasini talab qiladi. Bu
kombinatsiyasi ikki guruh qobiliyatlarni – ko`pchilik kasblar uchun nisbatan umumiy
qobiliyatlar va faqat ayrim kasblar uchun xos bo`lgan maxsus qobiliyatlardan iborat
bo`ladi.

Xulosa. Kasbga qiziqish insonning kasb-hunar tanlashidagi birinchi jiddiy

qadami bo`lib, o`quvchining shaxsiy kasbiy rejani asosi hisoblanadi. Kasbga qiziqish
bilan bilishga qiziqish qay darajada o`zaro mutanosib bo`lsa, ularning o`zaro ta`siri
ham shu darajada kuchli bo`ladi.

O`quvchilarda kasb-hunarga qiziqishni shakllantirish kasb tanlashga yo`naltirish

ishining muhim bosqichlaridan biri bo`lib, maktablarda bosqichmabosqich va
o`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olib rejalashtirilishi va tashkil etilishi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

164

ISSN:3030-3613

kerak. Bunda beriladigan ma`lumotlar kasb-hunarlarning o`ziga jalb qiluvchi
tomonlaridan tashqari kasbiy faoliyatning mazmuni, ijtimoiy ahamiyati va
mutaxassisning psixofiziologik xususiyatlariga qo`yiladigan umumiy va maxsus
kasbiy talablar, zarur kasbiy bilim, ko`nikma va malakalar to`g`risida ham yetarlicha
chuqur tushunchalarni o`z ichiga qamrab olishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
O`quvchilarning turli zamonaviy kasb va hunarlar to`g`risidagi tasavvurlari qanchalik
keng va chuqur bo`lsa, ularni kasbga qiziqishi shunchalik ongli va turg`un bo`lib
shakllanadi.

Kasbga qiziqish o`smir-yoshlarning o`z kelajagi yuzasidan qaror qabul qilish

davridagi senzitivligi bilan bog`liq bo`lgan psixologik va pedagogik fenimen
hisoblanadi. 12-16 yosh davrda bolalarda o`zini-o`zi baholashning ahamiyati ortganligi
sababli, kasb-hunarga qiziqishni ongli va turg`un bo`lib shakllana boshlaydi. Bu esa,
o`z navbatida, o`quvchilarda tegishli o`quv predmetlariga qiziqishni to`liq namoyon
bo`lishini va asoslangan kasb tanlash motivlari shakllanishiga olib keladi.

O`quvchilarning har qanday kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyati ularda

kasbhunarga qiziqishning turg`unligi, faolligi va ongliligi hamda umumiy va maxsus
qobiliyatlarining o`zaro uyg`unligiga bog`liq.

Inson hayotida eng muhim qadryatlar sirasiga kiritish mumkin bo‘lgan

jarayonlaridan biri bu insonning hayotda o‘z o‘rnini topa olishi munosib kasb-korga
ega bo‘lishi desak, adashmagan bo‘lamiz. Negaki har bir ota-ona o‘z farzandini
kelajagini o‘ylagan holda munosib hayot o‘rnini egallashi, yurt uchun xalq uchun
foydasi tegadigan yetuk mutaxasis bo‘lishini istaydilar. Aytish mumkinki, barkamol
insonning shakllanishi, uning munosib kasbhunarni egallashi, davlatimiz rivojlanishi
uchun o‘z hissasini qo‘shib, yashashi va shu orqali jamiyatda o‘zligini namoyon qilishi,
ya’ni shaxs sifatida kamol topishi, komillika intilishi hisobga olinadi. Komillik sari
intilish shaxsning kasbiy shakllanishi bilan birgalikda yaxlit holda kechadigan va
deyarli bir umr davom etadigan murakkab jarayondir. Keng ma’noda kasbiy
shakllanish deganda insonning o‘z aqliy qobiliyatlari, jismoniy imkoniyatlari, u yoki
bu sohaga bo‘lgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari, shuningdek, qadriyat va
dunyoqarashlariga ko‘ra biron-bir kasb sohasida ta’lim olishi, keyinchalik shu sohaga
kirishib, moslasha borishi va nihoyat yillar davomida yetuk va malakali mutaxassis
bo‘lib etishishi tushiniladi. Darhaqiqat bu naqadar murakkab, orqaga qaytarib
bo‘lmaydigan, muhim jarayon bo‘lib, undan xalq manfaatlari, yurt tinchligi va
osoyishtaligi yo‘lida unumli foydalanishni tashkil etish, bugungi kunning eng dolzarb
muammolaridan biri hisoblanadi. Shuni aytish kerakki, kasb -hunar va uni egalari
azaldan xalqimiz tomonidan e’zozlanib kelingan. O‘zbekistonda hozirda bilimdon, o‘z
kasbini yaxshi egallagan, mustaqil fikrlovchi, o‘z kasbiga ijodiy yondoshuvchi, yuqori
malakali, madaniyatli, izlanuvchan, intiluvchan mohir ustalar, kasb egalari ko‘proq
talab qilinmoqda. Kasbni to‘g`ri tanlash – har bir shaxs uchun muhim qadam


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

165

ISSN:3030-3613

hisoblanadi. Yoshlarning butun hayotidagi muvaffaqiyati ko‘p jihatdan kasbning
qanchalik to‘g`ri tanlanishiga bog‘liq. Kasbni to‘g‘ri tanlash har bir maktab
o‘quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo‘lishi
uchun uning sog‘lig‘ini, o‘zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim.

XULOSA

Kasb-hunarni erkin tanlash juda katta ahamiyatga ega. Har bir inson

bajarayotgan ishini yoqtirsa, bundan u xursand bo‘ladi, qoniqish hosil qiladi va yuqori
tashabbus ko‘rsata oladi. Maktab o‘quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo‘lishi
va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo‘lib tushishi, yigit va qizlarning o‘z hayot
yo‘llarida shaxsiy muddaolarini qondirishi lozim. Ushbu dolzarb muammoni anglagan
holda har bir psixolog va pedagoglar o‘quvchilarni to‘g‘ri yo‘naltira olishlari kerak.
Kasbga yo‘naltirish – bu har bir shaxsninh o‘ziga xos individual xususiyatlari va
mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o‘z kasbiy va hayotdagi o‘rnini
topishi uchun shaxsga ta’sir etishning ilmiy asoslangan shakl, usul va vositalar
tizimidir. Har bir maktab o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari aniqlangandan so‘ng
qiziqishlar asosida o‘quvchilarda maʼlum kasbga nisbatan qobiliyat va iqtidorini
o‘stirishga doir chora tadbirlarini ishlab chiqish, hamda amaliy yordam berish lozim.
Bunda albatta har bir maktab psixologidan katta mahorat va o‘z ishiga bo‘lgan
ma’suliyat katta ahamiyat kasb etadi. Negaki, ularning amalga oshiradigan harakatlari
natijasida o‘quvchilar o‘zlarining hayotdagi o‘rnini va bir umr mashg‘ul bo‘ladigan
faoliyatlari belgilanadi. Psixolog ko‘magi yordamida o‘quvchilar o‘zlariga munosib
kasb tanlashi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim burilish yasaydi albatta.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI :

i.

Muslimaxon Ibrohimova, & Nargizaxon Usmonova. (2023). PEDAGOGIK
JARAYONDAGI NEVROZLAR KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR
MISOLIDA. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 1(1), 578–580.

2.

V. Karimova “Psixologiya” Toshkent. 2002 yil

3.

M.Abdullajonova, M.Isoqova, M.Zokirova, S.Isroiljonova Ijtimoiy psixoloik trening
prktikum. – Farg‘ona: “Farg‘ona” nashriyoti, 2003 yil

4.

Y.Asadov.

“O‘quvchilarni

kasb-hunarga

yo‘naltirishda

qo‘llaniladigan

psixologikpedagogik tashxis metodikalari”. Toshkent. 2010 yil

5.

Toxirjon, U. (2024). PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA O'RTASIDAGI O'ZARO
TA'SIRNI O'RGANISH. Integration of Economy and Education in the 21st century, 2(2),
22-27.

6.

Toxirjon, U. (2024). BOSHLANGICH SINFLARDA O ‘QISHNI YETKAZIB
OLISHGA QIYNALAYOTGAN O ‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA
INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH.

7.

Integration of Economy and Education in the 21st century, 2(2), 9-13.

8.

Умаров, Т. (2024). ВЛИЯНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ИГРУШЕК НА ДЕТСКУЮ

9.

ПСИХОЛОГИЮ.

Integration of Economy and Education in the 21st century

,

2

(2), 18-

21.

Bibliografik manbalar

i. Muslimaxon Ibrohimova, & Nargizaxon Usmonova. (2023). PEDAGOGIK

JARAYONDAGI NEVROZLAR KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILAR

MISOLIDA. QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI, 1(1), 578–580.

V. Karimova “Psixologiya” Toshkent. 2002 yil

M.Abdullajonova, M.Isoqova, M.Zokirova, S.Isroiljonova Ijtimoiy psixoloik trening

prktikum. – Farg‘ona: “Farg‘ona” nashriyoti, 2003 yil

Y.Asadov. “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda qo‘llaniladigan

psixologikpedagogik tashxis metodikalari”. Toshkent. 2010 yil

Toxirjon, U. (2024). PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA O'RTASIDAGI O'ZARO

TA'SIRNI O'RGANISH. Integration of Economy and Education in the 21st century, 2(2),

-27.

Toxirjon, U. (2024). BOSHLANGICH SINFLARDA O ‘QISHNI YETKAZIB

OLISHGA QIYNALAYOTGAN O ‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA

INTERFAOL USULLARDAN FOYDALANISH.

Integration of Economy and Education in the 21st century, 2(2), 9-13.

Умаров, Т. (2024). ВЛИЯНИЕ СОВРЕМЕННЫХ ИГРУШЕК НА ДЕТСКУЮ

ПСИХОЛОГИЮ. Integration of Economy and Education in the 21st century, 2(2), 18-