T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
156
ISSN:3030-3613
FARZAND TARBIYASIDA OILANING PSIXOLOGIK OʻRNI VA MUHIM
VAZIFALARI
Mirzayeva Mastura Sharafidinovna
Samarqand viloyati Ishtixon tumani
37-maktab amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
Farzandga yaxshi tarbiya berish ota-onaning asosiy mas’uliyatli vazifalaridan
biridir. Bu borada ular har qadamda mas’uliyat bilan yondashmog‘i lozim.
Kelajakdagi yo‘li ravon bo‘lishini istagan har bir ota-onalar sarflaydigan vaqtini va
harakatini ertaning buyuk insonlari bo‘lgan farzandlarini ulg‘aytirish uchun
sarflashlari lozim. Farzand kamoloti uchun sarflangan har bir daqiqa ertangi farovon
hayot uchun tamal toshi bo‘ladi desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi
Kalit so’zlar:
oila, jamiyat, bola tarbiyasi, ijtimoiy hayot, ruhiy holat, tushkunlik
psixik jarayonlar.
KIRISH
Xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan naql bejizga aytilmagan.
Har bir ota-ona o‘z farzandi uchun ko‘zgudir. Ularning muomala va munosabati, o‘zini
tutishi farzandiga bo‘lgan e’tibori alohida ahamiyatga ega. Buyuk mutafakkir
shoirimiz Alisher Navoiy farzand tarbiyasi xususida shunday deydi: “Yosh bolaga
nisbatan eng zarur ish bilki, uni kichkinaligidan parvarish qilishdir. Qatrani sadaf
tarbiya qilgani uchun odamlarning boshiga chiqib sharaf topdi. Tarbiyaning yana biri
bo’laga ilm-u adab o‘rgatish uchun muallim chaqirishdir. O‘g‘ling bilimsizligicha
qolib ketsa, ajab kamchilik bo‘ladi. Unga sening shafqat qilishing foydalidir, lekin
buning ortiqchasi zarardir”. Bu fikrlar orqali qattiqqo‘llik va shafqatning me’yorda
bo‘lishini bilish mumkin.
Agar ota-ona vaqtida farzandiga e’tibor qaratmasa, uning kelajagi uchun
qayg‘urmasa, keyinchalik afsus – nadomat bilan yashashi muqarrar. Bu kelajakda
muammolarni yuzaga chiqarishi mumkin. O‘sha vaqtda esa muammolarni hal qilishga
kech bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, farzandining taqdiri uchun e’tiborli bo‘lib, uning
xulqi, tarbiyasiga va ilm olishiga befarq bo‘lmaslik lozim. Mirzo Ulug‘bekning oila
muhitini yaxshilash, sog‘lom tarbiya berish haqida quyidagi qarashlari mavjud.
Bolaning bilim olishiga bo‘lgan qiziqish, havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan
muhit, ya’ni oila muhim o‘rin egallaydi. Oilada ota-onalar bilimli bo‘lishini, tarbiya
berishda ota-onaning o‘zi o‘rnak va hayotiy misol bo‘lishiga farzandi guvoh bo‘lishi
eng ko‘p samara berishi ta’kidlangan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
157
ISSN:3030-3613
Jadid adabiyotining namoyandasi Abdurauf Fitrat jamiyat rivoji va yurt ravnaqi
farovonligida oilaning o‘rni xususida fikr yuritib, “Oila” asarida shunday mulohazalar
bildiradi: “Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va
totuvligiga bog‘liq.Tinchlik va totuvlik ana shu millat oilalarining intizomiga
tayanadi.Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham
shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi”.
Hozirgi kunda oila davrasida bilim olish va kitob o‘qish borasida suhbat qilish,
farzandining ilm olishi xususida suhbatlar kamayib bormoqda. Farzandlarning ham o‘z
vaqtini telefon bilan o‘tkazishi keng tus olyapti. Bunda me’yordan oshib ketish
holatlari ko‘p uchramoqda. Farzandni kitob o‘qishga bo‘lgan muhabbatini oshirish
uchun astoydil harakat qilinsa, bolada kitob o‘qishga ko‘nikma hosil bo‘ladi. Bilim
olishga bo‘lgan intilish yanada kuchayadi. Oilada bolaning muntazam kitob
o‘qishini rivojlantirish uchun ota-ona astoydil harakat qilmog‘i lozim.Sharq
mutafakkirlari yetuk insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligi haqida so‘z
yuritganlar. Jumladan, Imom Buxoriyning “Al-Adab al-Mufrad”, Kaykovusning
“Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Guliston”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”
asarlarini misol qilib keltirish mumkin.
Bola tarbiyasida ota-onaning bir-biriga munosabati muhim sanaladi.
Farzandning tarbiyasini faqat onaga tashlab qo‘yish to‘g‘ri emas. Bu borada otaning
ham o‘rni beqiyosdir. Hayotda og‘il ko‘proq otaga qarab ergashadi. Otaning
samimiyligi, hurmati va yaxshiligi farzandga kuch-quvvat bo‘ladi. Oilaning asosiy
tirgagi bo‘lgan ota hayotning mashaqqatlarini kechib, o‘zining bukulmas irodasi,
adolatparvarligi, hayot sinovlariga bardoshliligi bilan ajralib turuvchi buyuk shaxs
sifatida gavdalanadi. Ota oilada o‘z farzandlariga yurish-turishda, nutq odobida, o‘zaro
muomala madaniyatida to‘g‘rilik, halollik, samimiylik yuzasidan namuna bo‘la oladi.
Oilada samimiylik, bir-biriga bo‘lgan mehr va hurmat yuqori bo‘lsa, farzandning o‘sib
ulg‘ayishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Alisher Navoiy tarbiyaning yana bir ko‘rinishi ota-
onani hurmat qilish ekanligini farzandlarga uqtiradi: ”Otang oldida boshingni fido
qilib, onang boshi uchun butun jismingni sadaqa qilsang arziydi. Ikki dunyong obod
bo‘lishini istasang, shu ikki odam roziligini ol. Tun-u kuningga nur berib turganning
birisini oy deb bil, ikkinchisini quyosh”.Oilada ma’naviy-ruhiy muhit, bola tarbiyasida
g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Oila sog‘lom, yetuk farzandni ulg‘aytirib kamol
toptirishda mas’uldir. Farzandni sog‘lom, yetuk, bilimli, shijoatli qilib voyaga
yetkazish oilaga, ota-onaga bog‘liqdir.
Pedagog
olimlardan
A.Q.Munavarov
o‘zining
“Oilaviy
tarbiya
samaradorligining pedagogik shart-sharoitlari” deb nomlangan tadqiqotida oilaning
ijtimoiy maqomi va ijtimoiy tarbiyaning funksiyalarini tadqiq etgan.Pedagogika fanlari
doktori, professor O.Musurmonova oilada ma’naviy madaniyatni shakllantirish orqali
bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga e’tibor qaratgan. Olima oila tarbiyasi haqida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
158
ISSN:3030-3613
to‘xtalganda, uning keng qamrovli ekanligini, jamiyat hayotining barcha jihatlarini
o‘ziga qamrab olishini shunday bayon etadi: “Oila tarbiyasida hikmat ko‘p. Yangi
o‘tqazilgan niholning to‘g‘ri yoxud egri o‘sishi bog‘bon mehnati va mahoratiga
bog‘liqdir. Egri o‘sayotgan niholning qaddini rostlab qo‘yilmasa, u noto‘g‘ri
rivojlanadi. Yangi tug‘ilgan go‘dak tarbiyasi bilan yosh nihol holati o‘rtasida qandaydir
tabiiiy o‘xshashlik mavjud.
Bundan ko‘rinib turibdiki, mehnat tarbiyasi, axloq-odob normalari, Vatan
tuyg‘usi va vatanparvarlik tarbiyasi, ma’naviy-estetik tarbiya, jismoniy tarbiya,
kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, milliy g‘urur va iftixor tarbiyasi, ijtimoiy
tarbiya va shu kabilar oiladan boshlanadi”
Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash orqali ijtimoiy hayotga tayyorlash
masalasi M. Inomova, Sh.Atadjanova, Sh.Shodmonovalar tomonidan turli yosh
davrlari bilan bog‘liqlikda tadqiq etilgan.
Oila inson uchun mehnat qobiliyatini tiklash va dam olish joyi. Shuningdek, oila
muhim tarbiya o‘chog‘i hamdir. Oilada bolalar tarbiyasida ota-bobolar, momolardan
qolgan, ming yillar mobaynida hayot sinovlaridan o‘tgan yaxshi udum, odatlar mavjud.
Pedagogika fanlari doktori, professor M. Inomova oilaning quyidagi jihatlarini alohida
ajratib ko‘rsatgan:
birinchidan, oila o‘ziga xos va takrorlanmas ta’sirga ega;
ikkinchidan, oila bola uchun o‘ziga xos «ko‘zgu» bo‘lib, ota-onaning
shaxsiy namunasi, ibrati bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi;
uchinchidan, oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib, unda
ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg‘ular jamuljam bo‘ladi;
to‘rtinchidan, oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik
tuyg‘ulari ham tarbiyalanadi;
beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham
axloqiy tarbiyaning muhim omili sanaladi;
oltinchidan, oila – er-xotinlik, ota-onalik vazifalarini aks ettiradi. Ota-
onaning bir-biriga bo‘lgan muhabbati bolaga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy tarbiyaviy
omillardan biriga aylanishi mumkin
Demak, oila – tarbiyaviy jamoa va hech kim hech qanday holatda oilaning
vazifasini bajara olmaydi. Oila hayoti ko‘p tomonlamali munosabatlar bilan
tavsiflanadi: ijtimoiy-biologik, xo‘jalik-iqtisodiy, axloqiy, psixologik. Oila rivojining
har bir bosqichi bir funksiyasining tugashi, boshqasining paydo bo‘lishi, uning
a’zolarining ijtimoiy faoliyatining o‘sib borish ko‘lami va tavsifi bilan bog‘liq. V.A.
Slastenin, I.F. Isaev, E.N. Isaevlarning fikricha, oila jamiyat va shaxsga munosabati
bo‘yicha muhim ijtimoiy ahamiyatga ega funksiyalarni bajaradi.
Jamiyatga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari quyidagilarda aks etadi:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
159
ISSN:3030-3613
aholining tabiiy ko‘payishi. Avlodlarning almashinuvi uchun dav-lat
tomonidan belgilangan doirada bolalar soni muvofiq bo‘lishi zarur.
tarbiyaviy vazifasi – bilim, ko‘nikma va malakalar, me’yorlar, qad-
riyatlar, ma’naviy boyliklarni uzatish.
ishlab chiqaruvchi-xo‘jalik. Sotsiologlarning ko‘rsatishicha, oila-ning oila
ishlaridan to‘liq ajralishlari uchun qo‘shimcha 40-45 mln odam talab etiladi.
bo‘sh vaqtni tashkil etish.
Shaxsga munosabati bo‘yicha oilaning vazifalari quyidagicha:
er-xotinlik vazifasi. Er-xotinlar – eng yaqin kishilar, ular o‘zaro birbirini
to‘ldiradi, bir-biridan ruhiy madad oladi.
ota-onalik vazifasi. Oila qariganda ota-onalarning hayotini bezash uchun
zarur bo‘lgan ishtiyoqni ta’minlaydi.
turmushni yo‘lga qo‘yish
Muqaddas islom dinimizda farzand - inson hayotining mazmuni, nasl - nasabini
davom ettiruvchisi, oilaning mustahkam silsilasidir. Yaxshi, solih farzand – ota-
onaning baxt-iqboli, ikki dunyo saodatiga yetkazuvchi dilbandidir. Oila va solih
farzandlar ko‘rishni orzu qilmagan inson bo‘lmasa kerak.Farzandning yaxshi, odobli,
mehnatsevar, sog‘lom bo‘lib o‘sishi ko‘p jihatdan onasiga bog‘liq bo‘ladi. Olimlarning
tadqiqotlariga ko‘ra, ona tarbiyasini olgan, uning g‘amxurligi, shafqatini har qadamda
his etib turgan bolalar butunlay o‘zlarini jamoat ishlariga baxshida qilib, sog‘lom, aqlli,
tarbiyali va ko‘ngilchang bo‘lib ulg‘ayishar ekan.
XULOSA
Farzand tarbiyasida onaning muhim vazifasi farzandlariga mehribonlik
ko‘rsatib, ularni turli aziyat beradigan narsalardan muhofaza qilgan holda vaqtida
oziqlantirib, yuvib-tarab, toza kiyintirib, shamollab qolishiga yo‘l quymay, uni
parvarish qilishga dangasalik qilmay doimo hushyor va undan xabardor bo‘lishi lozim.
Oila davrasida qiladigan onaning har bir harakati, og‘zidan chiqadigan har bir so‘zi,
farzandining tarbiyasiga va uning shaklanishiga ijobiy yoki salbiy ta'sir ko‘rsatishi
mumkin. Har bir harakatidan o‘ziga nusxa olib, hali shakllanmagan so‘z zaxirasiga
onaning so‘z boyligidan andoza oladi. Avvalambor, oilaning tinch-totuv, oila
a'zolarining bir birlariga mehr-oqibatli bo‘lishlari farzand tarbiyasida muhim va
munosib o‘rin egallaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Лихачев Б.Т. Педагогика – М.: ЮРАЙТ, 2003.
2.
Мунавваров А. К. Оилавий тарбия самарадорлигининг педагогик
шартшароитлари. Т.: Фан. 1989.
3.
Мунавваров А. Қ. Оила педагогикаси – Т.: Ўкитувчи, 1994
4.
Мусурмонова О. Оила маънавияти – миллий ғурур. – Т.: Ўқитувчи, 1999.
5.
Ziyo.net materiallari