T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
142
ISSN:3030-3613
“BOBURNOMA” ASARIDAGI TARIXIY SHAXSLAR.
Xoliqulova Zarnigor Azim qizi
Termiz davlat universiteti
Filologiya va tillarni o`qitish fakulteti
2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
uyg'onish davri hukmdorining haqiqiy namunasi
Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub necha asrlardan buyon muhtasham
tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo olimlarini hayratda qoldirib kelayotgan
“Boburnoma” asaridagi o`z davrining har sohada yetuk bo`lgan tarixiy shaxslari tavsif
etiladi.
Kalit so`zlar:
Memuar, tarixiy-ilmiy asar, tarixiy shaxslar, Sulton Ahmad
Mirzo, Husayn Boyqaro, Yunusxon, Alisher Navoiy, Qutlug` Nigor oyim, Xonzoda
begim.
Аннотация:
В этой статье описываются исторические личности своего
времени, которые были совершенны во всех областях в произведении
«Бобурнаме», которое принадлежит перу Захириддина Мухаммада Бабура,
истинного примера правителя эпохи Возрождения, и удивляет мировых ученых
на протяжении веков как великолепное историческое и литературное наследие.
Ключевые
слова:
Мемуары,
историко-научное
произведение,
исторические личности, Султан Ахмад Мирзо, Хусайн Бойкаро, Юнусхан,
Алишер Навои, Кутлуг Нигор ойим, Ханзода бегум.
Abstract:
This article describes the historical figures of their time who were
accomplished in every field in the work "Boburnoma", which belongs to the pen of
Zahiriddin Muhammad Babur, a true example of a ruler of the Renaissance, and has
been surprising world scholars for centuries as a magnificent historical and literary
heritage.
Keywords:
Memoir, historical and scientific work, historical figures, Sultan
Ahmad Mirzo, Husayn Boykaro, Yunuskhan, Alisher Navoi, Kutlug` Nigor oyim,
Khanzoda begum.
Barchamizga ma`lumki yer yuzidagi har bir millatning o`zligi, madaniyati,
tarixi, udum-an`analari shakllanishida asosiy sababchi vosita bu kitobdir. Chunki
kitoblar jamiyki xalqlarning o`tmishini, udum-an`analarini, buyuk ajdodlari, go`zal
maskanlari haqidagi qimmatli ma`lumotlarni asrlar osha opichlab, kelajak ertasi
bo`lgan avlodlarga yetkazuvchi vositadir. Kitoblardagi tarixiy sahifalarni
varaqlaganimizda, har bir satr ortida kechmish asrlarning nafasi ufurib turgandek
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
143
ISSN:3030-3613
bo`ladi. O`tgan zamonlarning quvonchlari va iztiroblari, saltanatlar shukuhi va
qahrining aks-sadosi bizgacha yetib kelgan bebaho durdonalar orqali anglashiladi.
Jahon va o`zbek adabiyotida turli xalqlarning o`tmishini yorituvchi qator bebaho
asarlar mavjud. Bularga turkiy va mog`ul saltanatlari tarixini o`zida mujassam etgan
Rashidiyning “ Jome` ut-tavorix”, shaxsiy tajribalar, siyosiy qarashlar va boshqaruv
tamoyillari aks etgan “Temur tuzuklari”, Markaziy Osiyo xonliklari, jumladan, Xiva
xonligining 13- 17 asrlargacha bo`lgan tarxini o`z ichiga olgan “Shajarayi turk”,
Xorazmning 1843-1846- yillardagi tarixi tasvirlangan Ogahiyning “Zubdat ul-
tavorix”, o`zbek adabiyotida dastlabki nasriy memuar va tarixiy-ilmiy asar
“Boburnoma”,o`rta asr tarixnavisligining noyob manbasi bo`lgan Sharafiddin Ali
Yazdiyning “Zafarnoma” va shu kabi noyob durdonalarni misol sifatida keltirib
o`tishimiz mumkin.
Bu kabi manbalar o`z davrining guvohi sifatida tarixning qimmatli sahifalarini
yozib qoldirgan. Ammo ular orasida shunday bir asar borki, u nafaqat tarixiy
haqiqatlarni bayon etadi, balki muallifning his-tuyg`ulari, orzu- umidlari, kechinmalari
bilan ham o`zgacha qadriyatiga ega. Bu- vatanimiz tarixidagi takrorlanmas
siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari.
“Boburnoma”- adabiy va tarixiy ahamiyatga molik asar. Unda o`z davridagi
ko`plab kishilarning turli vaziyatlardagi kechinmalari, Osiyoning ko`plab tog`lari,
daryolari, o`rmon va cho`llari, iqlimi, aholisi, ijtimoiy, iqtisidiy, siyosiy ahvoli
haqidagi ma`umotlar jamlangan. Asarda tarixning Bobur yashab o`tgan davri voqealari
ifodalangan. Bu voqealar Samarqand, Andijon, Xo`jand, Hirotdan boshlab Kobul va
Agragacha bo`lgan qamrovga ega. Ya`ni unda O`rta Osiyodan boshlab Hindistongacha
bo`lgan masofadagi deyarli 50 yillik voqealar haqqoniy ifoda va bahosini topgan.
“Boburnoma”dagi voqealar bayoni aniq, ixcham va lo`nda, ta`sirchan, eng
muhimi hayotiy haqiqatga mos va muvofiqligi bilan e`tiborlidir. Muallif voqealar
bayonida tabiat tasviriga, ayrim joylar tavsifiga, alaohida kishilarning ta`riflariga jiddiy
ahamiyat beradi.
Asarda o`sha davr kishilarining haqqoniy, real tasvirlari berilgan. Bu narsalar
esa Boburning bergan ma`lumotlari ishonchli va haqiqat ekanligini ta`minlagan.
“Boburnoma” Amir Temur, Shohrux Mirzo, Abusaid Mirzo, Ulug`bek, Husayn
Boyqaro, Muhammad Shayboniyxon, Ubaydulloxon, Umarshayx Mirzo, Sulton
Ahmad Mirzo, Ahmad Tanbal, Xisravshoh, Ismoil Safaviy, Badiuzzamon Mirzo,
Abdulatif Mirzo, Rana Sanga singari shoh va shahzodalar, amir va beklar, pir-
murshidlar haqida muhim tarixiy ma`lumotlarni o`zida aks ettirgani bilan bag`oyatda
qimmatlidir.
Bobur hukmdorlardan Sulton Ahmad mirzon haqida ma`lumot berar ekan uning
shakl-shamoyili haqida ham quyidagi ma`lumotlarni ta`kidlab o`tadi: “ Baland
bo`yluq, qunqor soqollik, qizil yuzluq, tanbal kishi erdi. Soqoli engagida erdi. Bisyor
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
144
ISSN:3030-3613
xushmuxovara kishi erdi”. Muallif Ahmad Mirzoning hech narsa o`qimagan savodsiz
ekanligini, shaharda ulg`aygan bo`lishiga qaramasdan to`g`riso`z va soddaligini,
iste`doddan bebahra ekanligini, ammo adolatli kishi bo`lganligini aytib o`tadi.
Yana bir hukmdor Sulton Mahmud Mirzo bo`lib, u past bo`yli, siyrak soqolli,
semiz, kamhafsalaroq kishi deya ta`riflanadi. Muallif Mirzoning fe`l- atvori haqida
yoza turib namozni kanda qilmasligini, tartib va boshqarish qobiliyati juda yaxshi
ekanligini, hisob ilmini puxta bilishini ta`kidlaydi.
Bobur o`z asarida Xuroson hukmdori Husayn Boyqaro haqida hurmat bilan
yozadi: “Shujo va mardona kishi erdi. Temurbek naslidin hech kim ma`lum emaskim,
Sulton Husayn Mirzocha qilich chopmish bo`lg`ay. Tab`i nazmi bor edi. Devon ham
tartib qilib edi. Turkiy aytur edi. Taxallusi Husayniy edi. Ba`zi baytlari yomon
emastur, vale Mirzoning devoni tamom bir vazndadur.” Muallif Husayn Boyqaroning
zamonini bir ajoyib zamon edi, deb baholaydi, uning kichiklardek qo`chqor saqlab,
kabutar saqlab, kabutarbozlik qilish, xo`roz urushtirish kabi qiziq odatlari borligini
ham aytadi.
Bobur mirzo bobosi Ynusxonga ham alohida to`xtalib, ul zotning
Chingizxonning ikkinchi o`g`li Chig`atoy naslidan ekanligini ta`kidlaydi va
Chingizxongacha bo`lgan shajarasini sanab o`tadi.
“Boburnoma”da adabiyot va san`at ahli, ilm- ma`rifat kishiariga ham munosib
o`rin berilgan. Unda Jomiy, Suhayliy, Sayfiy Buxoriy, Yusuf Badiiy, Hiloliy, Binoiy,
Alisher Navoiy va boshqa so`z ustalari haqida maroqli hikoyalar mavjud.
Ijodkor ko`plab shoirlar ichida ulug` shoir Alisher Navoiyga alohida to`xtalib
o`tadi:” Alisherbek naziri yo`q kishi erdi. Turkiy til bila she`r aytubturlar, hech kim
oncha ko`p va xo`p aytqon emas. Olti masnaviy kitob nazm qilibtur, beshi “Xamsa”
javobida, yana biri “Mantiq ut-tayr” vaznida “Lison ut-tayr” otliq...”.
Bundan tashqari asarda tarixiy ayollar nomlarining keltirilishi ham alohida o`rin
egallaydi. Muallif otasining xotin va kanizlari, qizlarini tilga oladi. Xususan, o`zining
onas- Qutlug` Nigorxonim. U Yunusxonning ikkinchi qizi Sulton Mahmudxon va
Sulton Ahmadxonning egachisi edi. Bobur buvisi- Eson Davlatbegim, hamda xolalari-
Mehr Nigorxonim va Xub Nigorxonimlar haqida ham yozadi.
Shu bilan birgalikda asarda Poshobegim, Suton Nigorxonim, Zuhrabegim og`a,
Bikabegim, Poyanda Sultonbegim, Oqbegim, Zaynab Sultonbegim, Oysha
Sultonbegim, Xadichabegim, Opoqbegim, Begisulton og`acha va boshqa ko`plab
ayollar nomlari, ularning nasl-nasabi va fe`l atvori haqida qimmatli ma`lumotlar
mavjud.
Shunday qilib, ijodkor o`z xotiralarini badiiy uslubda sodda va ravon bayon
etadi. Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek ushbu asar bugungi avlod uchun ham katta
saboq beradi, chunki u shunchaki hukmdor xotirlari emas, balki inson irodasi,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_2-to’plam_Iyun-2025
145
ISSN:3030-3613
hayotning murakkab sinovlari va tarixning o`ziga xos kechinmalarini aks ettirgan
betakror durdonadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”. “O`qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy
uyi. Toshkent-2008
2.
Nusratullo Jumaxo’ja, Iqboloy Adizova “O‘zbek adabiyoti tarixi” (XVI-XIX asri
yarmi). Toshkent “Innovatsiya-Ziyo” 2020.
3.
Hasanxo`ja Nisoriy “Muzakkiri ahbob”. A. Qodiriy nomidagi xalq merosi
nashriyoti.
4.
5.