Mualliflar

  • Mahkamova Munida Qaxramon qizi
  • Kudratova Lola Ravshanovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112282

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Geteroxromnost Gormonal fon miyaning prefrontal po‘stloq qismi psixik rivojlanishdagi inqiroz To‘liqsizlik kompleksi o‘smir rivojlanishida artrofdagilar ta’siri.

Annotasiya

Anottatsiya:  Ushbu  maqolada  o‘smirlik  yoshidagi  bolalarning  psixologik 
xususiyatlari, xulq atvordagi o‘zgarishlarni o‘smir psixikasiga ta’sirini o‘rganish, bu 
davrda  o‘smir  bilan  qanday  muloqot  qilish,  bu  davrda  kelib  chiqadigan  krizislarni 
yoritish va bu krizisga qanday yechim topish haqida ma’lumot beriladi. Yoshlarni bu 
davrdagi  vaziyatini  to‘gri  baholash,  ularni  tushunish  bu  davrda  gormonal  fon 
organizmda  hukmronligi,  yoshlarni  bu  davrdagi  emotsional  barqarorligi,  yoshlarda 
bo‘ladigan  to‘liqsizlik  kompleksi,  xulq  atvor  meyorlari  shakillanishi,  dunyoqarash 
shakllanishi  bu  davrdagi  o‘smirlarni  xarakter  xususiyatlari  haqidagi  olimlar  fikrlari 
keltirib o‘tilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

227

ISSN:3030-3613

O‘SMIRLIK

DAVRIDA SHAXSNING PSIXOLOGIK

XUSUSIYATLARI

Toshkent

Amaliy

Fanlar

Universiteti

Pedagogika

fakulteti

Psixologiya

yo‘nalishi

1-bosqich

talabasi

Mahkamova Munida Qaxramon qizi

Toshkent

Amaliy

fanlar

Universiteti

dotsenti

,

PhD

Kudratova Lola Ravshanovna

Anottatsiya

: Ushbu maqolada o‘smirlik yoshidagi bolalarning psixologik

xususiyatlari, xulq atvordagi o‘zgarishlarni o‘smir psixikasiga ta’sirini o‘rganish, bu
davrda o‘smir bilan qanday muloqot qilish, bu davrda kelib chiqadigan krizislarni
yoritish va bu krizisga qanday yechim topish haqida ma’lumot beriladi. Yoshlarni bu
davrdagi vaziyatini to‘gri baholash, ularni tushunish bu davrda gormonal fon
organizmda hukmronligi, yoshlarni bu davrdagi emotsional barqarorligi, yoshlarda
bo‘ladigan to‘liqsizlik kompleksi, xulq atvor meyorlari shakillanishi, dunyoqarash
shakllanishi bu davrdagi o‘smirlarni xarakter xususiyatlari haqidagi olimlar fikrlari
keltirib o‘tilgan.

Kalit

so‘zlar

: Geteroxromnost, Gormonal fon, miyaning prefrontal po‘stloq

qismi, psixik rivojlanishdagi inqiroz, To‘liqsizlik kompleksi, o‘smir rivojlanishida
artrofdagilar ta’siri.

Аннотация

: В статъе представлена информация о психологических

особенностях детей в подросковом возрасте, влиянии изменений поведения на
психику подросковий о том, как обшатъся с подростками в етот период ,как
выделятъ кризисъ возникаюшие в етот период и как находитъ решения етих
кризисов .

Ключевые

слова

: Гетерохромия, Гормоналыный фон, префроталъная

кора, кризис психического развития, комлекс неполноценности, влияние среды
на развитие подростков.


Kirish

. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati

darajasiga ko’tarilib bormoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ham yoshlar
to‘g‘risida bir qancha qarorlar farmoyishlar qabul qilmoqda va o’z nutqida.
“Mamlakatimizda istiqbolli yoshlarni qo‘llab quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga
chiqarish, ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish uchun
qo‘shimcha shart sharoitlar yaratish borasida izchil chora tadbirlar amalga oshirilib
kelinmoqda”. [1] deb ta’kidlab o’tadi. O‘smirlik yoshi inson hayotining eng murakkab
va o‘ziga xos davrlaridan biridir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

228

ISSN:3030-3613

Bu bosqichda biologik fiziologik, psixologik va ijtimoiy o‘zgarishlar juda keskin

kechadi. O’smirlik davrida shaxs shakillanishining muhim bosqichlari yuzaga chiqadi,
xulq-atvor me’yorlari, hayotiy qadriyatlar va dunyoqarash asoslari rivojlanadi.

Mazkur maqolada o‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari, xulq-atvordagi

o‘zgarishlar, ijtimoiy muhit ta’siri hamda bu bosqichda yuzaga keladigan muammolar
va ularni bartaraf etish usullari tahlil qilinadi.

Bu davrda asosan bolada miyani prefrontal po‘stloq qismi ishlashdan to‘xtab

o‘z o‘rnini limbik tizmga bergan bo‘ladi. Gormonal o‘zgarishlar sababli tana
tuzilishida jiddiy o‘zgarishlar yuz beradi. Mana shunday o‘zgarishlar o‘smir
psixikasiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Qizlarda sut bezlari rivojlanishi, jinsiy balog‘atga
yetish jinsiy organlar rivojlanishi, o‘g‘il bolalarda esa bo‘y o‘sishi yelkalar hajmini
kattalashishi, ovozlari dag’allashishi kuzatiladi va bu tabiiy holat.

Aynan mana shu davrda o‘smirlarda Vigotskiy qonuniyatlari bo‘yicha

“Geteroxronlik’’ ya’ni “psixik rivojlanishning bir vaqtda teng bo‘lmasligi, o‘smirlik
davrida ba’zi bir funksiyalar rivojlanib, ba’zilari orqada qolishida tushuniladi”[2] Bu
davrda yigitlarda bo‘y o‘sishi gavda hajmi kattalashgani bilan katta odamga o‘xshab
qoladi lekin miyani ishlash funksiyalari, analiz sintez qilish atrofni orientirovka qilish,
rejalar tuzish yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Bola o‘zini katta tanasini eplay olmaydi,
mana shu vaziyat geteroxromnost deyiladi. Ya’ni bola na katta emas na kichik emas.
Bu o‘smirlarda uchraydigan eng kata muammolardan biridir. Psixologiyada bu krizis
deb ataladi. Bu davrda bola agressiv bo‘lib qoladi, shunday vaziyatlarda yaqin insonlari
uni bu vaziyatini tushunishi qo‘llab quvvatlashi asosiysi kamsitmasligi zarur. O‘smirda
psixik jarayonlarning keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatda ham burilishlar seziladi.
Shuning uchun shaxslararo munosabatda ota-ona farzand, o‘quvchi o‘qituvchi,
munosabatlarida,o‘smirlarni o‘z tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabatida
tushunmovchiliklar, turli nizolar kelib chiqadi. Kutilmaganda bu o‘smir qaysar,
qo‘pol, intizomsiz bo‘lib qoladi. Bu vaziyatda ota-onalar ham qattiq qo‘l bo‘lib bolani
yanada vaziyatini chigallashtiradi. Aynan shu davrda uydan chiqib ketish holatlari,
o‘g‘rilik, qizlarda esa begona yigitlar bilan muloqot o‘rnatish holatlari kuzatiladi. Bu
davrda ota-onalar bolalari bilan do‘st tutunishi ularda gormonal fon jadal
rivojlanayotgani sababli miyada analiz sintez qilish sust ishlayotganligini qabul qilgan
holda ish ko‘rishlari lozim. O‘smirlar ruhiyatini chuqur o‘rgangan yetakchi
psixologlardan biri M.G.Davletshin o‘quv qo‘llanmalarida o‘smir yoshlar xarakter
xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Shunday so‘zlarni ta’kidlab
o‘tgan: O‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladi. O‘zlarini qobilyatlarini
atrofga namoyon qilishni istashadi.[3]

“Yosh va pedagogik psixologiya” (1974) Bu davr “o‘tish davri” “krizis davri”

deb nom olgan. L.S. Vigotskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi inqiroz” deb
nomlagan. J. Piajening ta’kidlashicha “ijtimoiy hayot uch narsaning ta’siri –til ,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

229

ISSN:3030-3613

mazmun, qoidalar asosida shakillantiriladi” [4] bu borada o‘zlashtirilgan ijtimoiy
munosabatlar o‘z o‘zidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi. Bu davrda
kattalardan masofa saqlash va begonalashish ro‘y beradi. O‘zini kattalarga qarshi
qo‘yish o‘z fikrini o‘tkazish yaqqol namoyon bo‘ladi, bir tomondan kattalar bilan
huquqi teng ekanligini talab qilsa bir tomondan ota-onasini kattalarni unga bildiradigan
ishonchiga ehtiyoj sezadi. Kattalarni o‘smir yoshlarga tarbiya berishni eng yaxshi yo‘li
umumiy mehnat bilan shug‘ullanishdir. Kattalar o‘smirlar bilan do‘stona, uni
tushungan holda, aql bilan rahbarlik qilsa bunga o‘smirlar ijobiy qaraydi. Lekin bu
rahbarlik kattalarning xohish istagi ustunligida kechsa o‘smir bunga to’la qonli
qarshilik ko‘rsatadi. O‘smirlik davrida bolani ijtimoiy mavqei o‘zgaradi. Eng katta
o‘zgarish ichki dunyosida yuzaga keladi, o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Bu
haqida Alfred Adler Avstryalik psixolog shunday degan “Har bir insonda bolalikdan
boshlab o‘zini to‘liq, ojiz yoki boshqalardan kamroq deb xis qilish holati bo‘ladi,
muammo bu hissiyotdan qutulish emas, balki, uni qanday yo‘naltirishdir” [5]. Bolada
to‘liqsizlik kompleksi shakllanmasligi uchun uni tengdoshlariga solishtirmaslik,
kamsitmaslik o‘zini ijobiy taraflari ustida ishlashi zarur.

Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki; O‘smirlik bu nafaqat biologik o‘sish balki

psixologik va ijtimoiy o‘zgarishlar davri. O‘smirlik davridagi psixologik o‘zgarishlar
“Rivolanish psixologiyasi” fanida juda katta ahamiyatga ega. Aynan mana shu yosh
davrida yoshlarimizda turli muammolar stress identivlik inqirozi, depressiya, ota-
onadan uzoqlashish, giyohvandlik kabi holatlar kuzatiladi. Shunday vaziyatlarni oldini
olish bu davr xususiyatlarini chuqur o‘rganish orqali sog‘lom ongli ijtimoiy
mas’uliyatli, intellekti yuqori, dunyoqarashi keng avlodni yetishtirish zarurdir. Bu
davrda yuzaga keladigan muammolarni jazolash taqiqlash bilan emas, ishonch o‘zaro
bir-birini tushunish muximdir. Oilada iliq munosabat o‘rnatish-bu davrda o‘smirlarni
emotsional barqaror ekanligini hisobga olish zarur. Yoshlar mana shu davrdan yaxshi
o‘tishi o‘spirinlik davridagi muammolarni yo‘qolishiga yoki yengil tarzda o‘tishiga
yordam beradi va bu davrda asosan organizmda gormonal fon hukmron ekanligini o‘z
o‘zini boshqarish analiz sintez qilish biroz sust ekanligini hisobga olish, bolani
dunyoqarashini o‘stirish, intellektini o‘stirish, muhim omillardan biridir

Foydalanilgan

adabiyotlar

:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezdidentining 03.05.2019-yildagiPQ-4306-son
qarori,

2.

Vygotskiy L.S.,”Pedagogik psixologiya”,1926

3.

M.G. Davletshin.“Yosh va pedagogik psixologiya,”1974

4.

J. Piage.,”Umumiy psixologiya”

5.

A. Adler.,” Induvidual psixologiyasi ”

6.

A.V.Petrovskiy .,”Umumiy psixologiya”

7.

Z.T.Nishanova N.G Kamilova ”Rivojlanish psixologiyasi”


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_2-to’plam_Iyun-2025

230

ISSN:3030-3613

8.

P.I.Ivanov M.E.Zufarova.,”Umumiy psixologiya”

9.

Erikson, E.H.(1968).Identity:Youth and Crisis.W.W Norton & Company

10.

Merton R. K(1949).Soical Theory and Social Structure. Free .Press.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezdidentining 03.05.2019-yildagiPQ-4306-son

qarori,

Vygotskiy L.S.,”Pedagogik psixologiya”,1926

M.G. Davletshin.“Yosh va pedagogik psixologiya,”1974

J. Piage.,”Umumiy psixologiya”

A. Adler.,” Induvidual psixologiyasi ”

A.V.Petrovskiy .,”Umumiy psixologiya”

Z.T.Nishanova N.G Kamilova ”Rivojlanish psixologiyasi”

P.I.Ivanov M.E.Zufarova.,”Umumiy psixologiya”

Erikson, E.H.(1968).Identity:Youth and Crisis.W.W Norton & Company

Merton R. K(1949).Soical Theory and Social Structure. Free .Press.