Mualliflar

  • Ne‘matova Gulchehra Zohirovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112305

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: tazyiq ruhiy holat tushkunlik psixik jarayonlar muloqot ong tafakkur mulohaza zoʻravonlik.

Annotasiya

 
ANNOTATSIYA 
Shuni hisobga olish kerakki, ruhiy zo‘ravonlikning har bir ko‘rinishi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri jinoyat sifatida baholanmaydi. Masalan: janjal paytidagi bir martalik og‘zaki 
haqoratni  hissiy  zo‘ravonlik  namunasi  sifatida,  jinoiy  harakat  sifatida  tasniflash 
mumkin  emas.  Ushbu  hodisa  tizimli  ravishda  o‘zini  namoyon  qilishi  kerak, 
jabrlanuvchining psixologik va hissiy barqarorligiga sezilarli darajada ta’sir qiladi 
va  buzadi, u ta’sir  ko‘rsatadigan  shaxsga  to‘liq  bog‘liq  bo‘ladi. Shu boisdan  ham 
zamonaviy jamiyatda ruhiy zo‘ravonlik muammosini hal qilish eng dolzarb va zarur 
vazifalardan biri. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

53

ISSN:3030-3613

BOLALARGA NISBATAN ZOʻRAVONLIKSIZ HAYOT YARATAYLIK!

Ne‘matova Gulchehra Zohirovna

Samarqand viloyati Paxtachi tumani 12-umumiy

o‘rta ta‘lim maktabi amaliyotchi psixologi

ANNOTATSIYA

Shuni hisobga olish kerakki, ruhiy zo‘ravonlikning har bir ko‘rinishi to‘g‘ridan-

to‘g‘ri jinoyat sifatida baholanmaydi. Masalan: janjal paytidagi bir martalik og‘zaki
haqoratni hissiy zo‘ravonlik namunasi sifatida, jinoiy harakat sifatida tasniflash
mumkin emas. Ushbu hodisa tizimli ravishda o‘zini namoyon qilishi kerak,
jabrlanuvchining psixologik va hissiy barqarorligiga sezilarli darajada ta’sir qiladi
va buzadi, u ta’sir ko‘rsatadigan shaxsga to‘liq bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan ham
zamonaviy jamiyatda ruhiy zo‘ravonlik muammosini hal qilish eng dolzarb va zarur
vazifalardan biri.

Kalit soʻzlar:

tazyiq, ruhiy holat, tushkunlik, psixik jarayonlar, muloqot, ong,

tafakkur, mulohaza,zoʻravonlik.

KIRISH

Bolalarga nisbatan sodir etiladigan zo‘ravonlik turlari bo‘yicha MDH

davlatlarida xususan yevropa mamlakatlarida ham tadqiqotlar o‘tkazilib,
zo‘ravonlikning tarqalish qamrovi kengligi to‘g‘risida xulosalar berilgan. Shu
tadqiqotlar asosida bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalani oldini olish masalalari
bo‘yicha xalqaro standartlar va uslubiy tavsiyalar, maktabda va oiladagi shafqatsiz
muomalani oldini olish bo‘yicha dasturlari ishlab chiqildi va tatbiq
etildi.Adabiyotlarda

ta’kidlanganidek, ruhiy azoblash

ham jismoniy

azoblash

singari inson organizmini ishdan chiqishigacha olib kelishi mumkin.

Chunki, bu azob insonning eng kerakli bo‘lgan organizmi, ya’ni uning ruhiy holatini
buzulishiga olib keladi.

Tahlillarga qaraganda, shaxsdagi ruhiy zo‘riqish holatlari ko‘pincha insonning

o‘z joniga qasd qilishiga sabab bo‘ladi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda bir yilda
dunyoda 1 mln. 100 mingga yaqin odam o‘z joniga qasd qiladi. Bolalikdagi taziyq va
zo‘ravonlik ko‘pincha shaxsiyatning og‘ir buzilishlarining paydo bo‘lishi va kattalarda
ruhiy kasalliklarning rivojlanishi uchun xavf omillari bo‘lib xizmat qiladi Agar bola
oilada zo‘ravonlikni boshdan kechirgan bo‘lsa, unda "nuqsonlar kompleksi"
rivojlanishi mumkin. U yolg‘izlikka, xayolparastlikka, shuningdek, tajovuzkorlik va
g‘ayrioddiy xatti-harakatlarga moyil. Shu bilan birga, tajovuz boshqalarga ham, o‘ziga
ham qarshi qaratilgan bo‘lishi mumkin


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

54

ISSN:3030-3613

Bolalikda sodir bo‘lgan jismoniy, jinsiy va psixologik (yoki hissiy) zo‘ravonlik

tufayli bir nechta muhim uzoq muddatli travmatik oqibatlar bo‘lishi mumkin.Ushbu
travmatik oqibatlar kattalar hayoti davomida affektiv buzilishlar, travmadan keyingi
stress buzilishlari, giyohvandlik xattiharakatlari, ovqatlanish buzilishi va boshqalar
shaklida namoyon bo‘lishi mumkin

Selmani-Bakiuning fikricha, “oila har qanday jamiyatning eng muhim

ustunlaridan biridir. Har bir bola o‘z g‘amxo‘rligi va funksional va sog‘lom oilada
o‘sishi, hissiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, sog‘lom va hurmatli shaxs
bo‘lib ulg‘ayish huquqiga ega. Oilaning huquq va majburiyatlari bolaning ushbu
huquqidan, demak, bolaning ota-onasi bilan yashash huquqidan va ota-ona huquqlari
ota-onaning o‘z majburiyatlarini mas’uliyat bilan amalga oshirish orqali farzandi
uchun munosib va sog‘lom oilaviy hayotni ta’minlash majburiyatidan kelib chiqadi”
Oilaning ichki dinamikasi bolaning keyingi rivojlanishiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Zamonaviy jamiyatda zo‘ravonlik faqat ijtimoiy nochor oilalarda
sodir bo‘ladi, degan tushuncha mavjud. Biroq, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki oilaviy
zo‘ravonlik madaniy, diniy, ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy jihatlaridan qat’i nazar,
jamiyatning barcha sohalarida sodir bo‘ladi. Zo‘ravonlik buzilishlarni keltirib
chiqaradi va bolaning shaxsi rivojlanishining barcha darajalariga, uning hissiy va
kognitiv sohalariga, shuningdek, xattiharakatlariga ta’sir qiladi. Oilaviy hayotning
salbiy jihatlaridan biri bu oiladagi mojaroga bolalarning guvohi yoki uning qurboni
bo‘lishidirta’siridir

Ba’zi tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, oiladagi zo‘ravonlik bolalar duchor

bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng halokatli zo‘ravonlikdir. Bolalar har doim zo‘ravonlik va
zo‘ravonlik qurboni bo‘lmaydi. onasiga, oilaning kichik a’zolariga nisbatan
zo‘ravonlik guvohi bo‘ladi. Bunday sharoitda psixologik travma bolaning o‘zi
zo‘ravonlik ob’ektiga aylanganidan ko‘ra kuchliroq bo‘lishi mumkin. Oiladagi
zo‘ravonlik travmatik hodisami yoki yo‘qmi, aniq emas, chunki bolalarga nisbatan
zo‘ravonlik va oiladagi zo‘ravonlikni qamrab oluvchi turli xil voqealar mavjud.
Oiladagi zo‘ravonlik kamida bir oila a’zosining jabrlanuvchi, ikkinchisi jinoyatchi
sifatidagi jismoniy yoki hissiy tajovuzni o‘z ichiga oladi

Tadqiqotchilar oiladagi zo‘ravonliklar ruhiy hukmronlik ta’siri ostida sodir

etilishini va ularga xos bo‘lgan xususiyatlarni asoslashga harakat qilishgan.
Zo‘ravonlik shaxsning ruhiyatiga turli usullar bilan ta’sir ko‘rsatish, ruhiy zo‘riqishni
keltirib chiqarib shaxsning sha’ni, qadrqimmati va erkinligini cheklashga qaratilgan
xatti-harakatlarni sodir etishdir.

Ruhiy zo‘ravonlik ko‘pincha tahdid qilish, haqoratlash, kamsitish, zulm qilish

shaklida namoyon bo‘lib, oilada voyaga yetmanganlarning ruhiy salomatligiga jiddiy
ta’sir ko‘rsatuvchi qonunga xilof hatti-xarakatlar sodir etishda namoyon bo‘ladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

55

ISSN:3030-3613

Fikrimizcha, oilada bolalarlarga nisbatan ruhiy zo‘ravonlik sodir qilinganida

kattalar uning ruhiyatiga qattiq ta’sir etishning salbiy oqibatlarini anglab yetishmaydi.
Vaholanki, oilada arzimagan turli bahonalar bilan kattalarning bolalar oldida nizoli
holatlarni keltirib chiqarishi ularning oilaviy-maishiy zo‘ravonlikdan jabrlanishi
ehtimolini kuchaytiradi.

Mazkur hatti-harakatlar orqali bolalarni tarbiyalash jarayonida zo‘ravonlikni

«urf-odatga asoslangan» odat normalari yoki «tarbiya» berish usuli deb qarash insonni
xo‘rlovchi va kamsituvchi muomala jarayoni hisoblanib, shaxsni jinoiy javobgarlikka
tortilishiga olib keladi. Ruhiy zo‘rlik ishlatish deganda jabrlanuvchiga jismoniy zo‘rlik
ishlatish, uning mol-mulkini nobud qilish, jabrlanuvchi sir saqlamoqchi bo‘lgan
ma’lumotlarni oshkor etishi bilan tahdid qilish va boshqalarni tushunish lozim

Tadqiqotlarda ta’kidlanganidek, ruhiy zo‘rlik jabrlanuvchiga nisbatan jismoniy

zo‘rlik ishlatish, mol-mulkini nobud qilish yoki zarar yetkazish va jabrlanuvchi sir
saqlanishini istagan ma’lumotlarni oshkor etish va qo‘rqitish shaklida sodir etiladi

Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, ruhiy zo‘ravonlik asosan quyidagi

ko‘rinishlarda bo‘ladi:

a)

shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish;

b)

shaxsning ruxiyatga ta’sir etish;

v) haqorat yoki tuhmat qilish;
g) doimiy tanqid qilish, qo‘rqitish;
d) qarindosh urug‘lar orasida sharmanda qilish va h.k.
Bolalarning oiladagi ruhiy zo‘ravonlikka yuqorida berilgan ta’riflardan kelib

chiqib uning quyidagi belgilari mavjud deyish mumkin:

a)

ruhiy tazyiq har doim insonga qarshi qaratilgan bo‘ladi;

b)

ruhiy tazyiq insonga, uning ixtiyoriga zid ravishda sodir etiladi;

v)ruhiy tazyiq o‘zganing ruhiyatini ezish, qiynash orqali uning sog‘lig‘iga jiddiy

salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

XULOSA

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, bolaga nisbatan ruhiy zo‘ravonlik ko‘p hollarda

qo‘rqitish (tazyiq o‘tkazish, qiynash, jabr-zulm qilish, qo‘rqitish, o‘ziga qaram qilish)
shaklida sodir etiladi. Ruhiy zo‘ravonlik shaxsning «ixtiyoriga zid» harakatlarni
amalga oshirish yoki «tazyiq o‘tkazish» maqsadlarida sodir etilishi mumkin. Oiladagi
zo‘ravonliklarning ko‘p qismi ruhiy

zo‘ravonlikni tashkil etadi.Bugungi kunda

mamlakatimizda bolalarni himoya qilish va zo‘ravonlikning barcha turlaridan ularni
himoya qilish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilmoqda. Chunonchi kodeksning 67-
moddasida bolaning himoyalanishga bo‘lgan huquqi mavjudligi ko‘rsatilgan. Bola o‘z
huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. Bola ota-onalari (ularni
o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan suiiste’mollikdan himoyalanish huquqiga ega.
Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlari buzilganida, shu jumladan, ota-onalar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

56

ISSN:3030-3613

(ulardan biri) tomonidan bolani tarbiyalash, ta’lim berish bo‘yicha majburiyatlari
munosib darajada bajarilmaganida yoxud ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganda
bola o‘z huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini so‘rab, vasiylik va homiylik
organiga, o‘n to‘rt yoshga to‘lganidan keyin esa, mustaqil ravishda sudga murojaat
qilish huquqiga ega. Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganligidan, uning
huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo‘lgan shaxslar bu haqda
bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishi
shart. Shunday ma’lumotlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquq va
qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko‘rishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksida: bolaning o‘z fikrini ifodalash huquqi (68-
modda); ota-onaning bolalarga ta’limtarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari (73-
modda); bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ota-onaning
huquq va majburiyatlari (74-modda) va boshqa moddalar ham yozib qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 22 sentyabrdagi

269-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik
to‘g‘risida”gi Nizomida zo‘ravonlik va beparvo muomalaga duchor bo‘lgan bolalarga
nisbatan vasiylik va homiylik organlarining quyida ko‘rsatilgan vakolatlari
ko‘rsatilgan:

bolaning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid paydo bo‘lgan hollarda

uni ota-onasidan yoxud ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan olib qo‘yish
choralarini ko‘radilar; – ota-onalar va bolalar o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo
bo‘lgan hollarda bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil etib
tayinlanadilar;

belgilangan tartibda ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida

da’vo taqdim etadilar, sudlarda ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning
huquqini cheklash to‘g‘risida, shuningdek, ota-onalik huquqlarini tiklash to‘g‘risidagi
ishlar ko‘rib chiqilayotganda ishtirok etadilar.

bola olib qo‘yilganda vasiylik va homiylik organi tezda prokurorni

xabardor qilishi, bolani vaqtincha muayyan yerga joylashtirishi va fuqarolarning o‘zini
o‘zi boshqarish organining bolani olib qo‘yish haqidagi dalolatnomasi chiqarilgandan
keyin yetti kun mobaynida otaonani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning
ota-onalik huquqlarini cheklash haqida sudga da’vo bilan murojaat etishi shart;

bolani olib qo‘yish va uni boshqa shaxsga (shaxslarga) berish bilan

bog‘liq ishlar bo‘yicha sudning qarorlarini majburiy tartibda ijro etish vasiylik va
homiylik organi va bola tarbiyalashga berilayotgan shaxs (shaxslar)ning majburiy
ishtirokida, zarur hollarda esa — ichki ishlar organi vakili ishtirokida amalga
oshirilishi lozim.

Hozirgi vaqtda oiladagi zo‘ravonlik masalasini oldini olish va himoya qilishni

tartibga soluvchi qonunni ishlab chiqish haqida gap ketmoqda. Fikrimizcha oiladagi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

57

ISSN:3030-3613

zo‘ravonlik masalasini tartibga soluvchi qonun doirasida bolalarga nisbatan sodir
etilayotgan zo‘ravonliklarni farqli jihatlarini inobatga olgan holda bolalarga nisbatan
taziyq va zo‘ravonlikni oldini olish va ularni himoya qilish to‘g‘risida qonun qabul
qilish maqsadga muvofiq sanaladi. O‘z navbatida, biz ruhiy zo‘ravonlik kabi harakatni
aniq tavsifini ishlab chiqish va tegishli qonun xujjatlariga tatbiq etishni maqsadga
muvofiq deb hisoblaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

L. Kim, D. Isayeva, S.X. Tadjiyeva, D.G. Sobirova – Bolalar va oilalar bilan
ijtimoiy ish amaliyoti kursi boyicha xrestomatiya, Toshkent 2012.

2.

X. Vohidov – Din va jamiyat. Oila mustahkamligi yo`lida, Toshkent Islom
Universiteti nashriyoti 2021.

3.

Ziyo.net materiallari

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

L. Kim, D. Isayeva, S.X. Tadjiyeva, D.G. Sobirova – Bolalar va oilalar bilan

ijtimoiy ish amaliyoti kursi boyicha xrestomatiya, Toshkent 2012.

X. Vohidov – Din va jamiyat. Oila mustahkamligi yo`lida, Toshkent Islom

Universiteti nashriyoti 2021.

Ziyo.net materiallari