Jild 64 № 3 (2025)
Maqolalar
QISHLOQ XOʻJALIGIDA INNOVATSIYALAR VA TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH
Annotatsiya: Ushbu maqola qishloq xoʻjaligida innovatsiyalar va
texnologiyalarni joriy etishning ahamiyatini, ularning ishlab chiqarish samaradorligini
oshirish, resurslardan oqilona foydalanish va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdagi
rolini koʻrib chiqadi. Unda aqlli qishloq xoʻjaligi, biotexnologiya, genetik muhandislik,
dron texnologiyalari va raqamli platformalar kabi soʻnggi innovatsiyalar tahlil qilinadi.
Maqolada shuningdek, innovatsiyalarni tatbiq etishdagi qiyinchiliklar, xususan,
moliyalashtirish, infratuzilma va fermerlarning bilim darajasi masalalari muhokama
qilinadi. Tadqiqot, zamonaviy texnologiyalarni qishloq xoʻjaligiga keng miqyosda
integratsiya qilish boʻyicha tavsiyalar beradi.
METAPHOR, PARALLELISM, AND EMOTIONAL LOAD AS STYLISTIC DEVICES IN POLITICAL DISCOURSE.
Annotation. This article provides a comprehensive analysis of metaphor,
parallelism, and emotional load as fundamental stylistic devices in political discourse.
It examines the functional roles these devices play in enhancing the clarity,
persuasiveness, and effective appeal of political communication. Drawing upon
qualitative analysis of speeches by prominent political leaders, the study elucidates the
complex interaction between linguistic form and rhetorical impact. The results
contribute to a deeper understanding of how these stylistic strategies facilitate
audience engagement and improve the efficacy of political messaging.
IMSOMNIYA – UYQUSIZLIK KASALLIGI
Annotatsiya
Mazkur maqolada imsomniya kasalligi uning etiologiyasi,patogenezi,klinik
belgilari va davolash usullari haqida ilmiy – tanqidiy tahlili berilgan . Imsomniya bu
oddiy kasallik bo’lishi mumkin, lekin inson salomatligi uchun katta havf tug’dirishi
mumkin, Maqolada aynan shu jihatlar keng yoritilgan hamda turli tibbiy adabiyotlar
asosida tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy diagnostika va davolash usullari,
shuningdek, profilaktika choralariga ham e’tibor qaratilgan. Sog’liqni saqlash vazirligi
ushbu va shunga o’xshash kasalliklarni oldini olish choralarini ishlab chiqmoqda va
zamonaviy usullardan foydalanmoqda.
DIGITAL TECHNOLOGIES IN MUSEUMS: QR CODES AND INTERACTIVE VISITOR EXPERIENCES
Annotatsiya: Ushbu maqolada dunyo muzeylarida, xususan O‘zbekistondagi
muzeylarda raqamli texnologiyalar, ayniqsa QR kodlar joriy etilishi va ahamiyati
yoritilgan. QR kodlarning yaratilish tarixi, COVID-19 pandemiyasi davrida muzeylar
faoliyatida yuzaga kelgan muammolar va ularni hal qilishda raqamli vositalarning roli
tahlil qilinadi. O‘zbekistonda muzeylarni zamonaviylashtirishga qaratilgan davlat
dasturlari va ilg‘or amaliyotlar haqida ma’lumot beriladi.
MAKTAB OʻQUVCHILARIDA TAFFAKUR,XOTIRA HAMDA MUSTAQIL FIKRGA EGA BOʻLISH KOʻNIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
ANNOTASIYA
Umumiy o‘rta maktab ta’limi jarayonida fikr yuritish operatsiyalaridan unumli
foydalanish evaziga har qanday murakkab bilimlarni egallash imkoniyati vujudga
keladi. O‘quvchilar tafakkur shakllarining funksional va operatsional jihatlari bilan
yaqindan tanishadilar, shuningdek, ulardan mustaqil foydalanish uchun barcha
iptellektual rezervlarini ishga solishga harakat qiladilar.
BOLALARNING MEHNATGA BOʻLGAN LAYOQATI HAMDA KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY PSIXOLOGIK USULLARI
ANNOTATSIYA
Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turlaridan biri bo‘lib, shaxsni
shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, batartiblik,
tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni
qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma
turlaridan oldin paydo boʻlgan. Chunki, mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning
birinchi va asosiy vositasidir.
QON VA QON AYLANISH TIZIMINING YOSH XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Mazkur maqolada inson organizmining turli yosh davrlaridagi qon aylanishi va
qon tizimining morfo hamda fiziologik xususiyatlari keng ravishda tahlil qilinadi birma
bir.Xususan tug'ilishdan boshlab o'smirlik, kattalik va qariyalik davrigacha qon
strukturasidagi faoliyat , qonning o'zi uning tarkibi yurak va undagi meyoriy
o'zgarishlar yoritiladi. Shu bilan bir qatorda gigienik tavsiyalarga ham e'tibor
qaratiladi.
YANGI AVLOD FTIZIATRLARI: ILM, FIDOYILIK VA MAS’ULIYAT.
Annotatsiya: Mazkur ishda zamonaviy ftiziatriya yo‘nalishida faoliyat
yuritayotgan yangi avlod shifokorlarining roli, ularning ilmiy yondashuvi, kasbga
bo‘lgan fidoyiligi va yuksak mas’uliyat tuyg‘usi yoritiladi. Ftiziatriya sohasida yuz
berayotgan innovatsion yondashuvlar, sil kasalligini aniqlash va davolashda
qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, yosh mutaxassislarning bu
jarayonlardagi faol ishtiroki tahlil qilinadi. Yangi avlod ftiziatrlari nafaqat kasbiy
bilimga ega, balki bemorga mehr va sadoqat bilan yondashuvchi, ilm-fan asosida qaror
qabul qiluvchi, sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shayotgan
ijtimoiy mas’ul shaxslardir. Ushbu ishda ularning faoliyati namunali tajriba sifatida
ko‘rsatilib, sohaga bo‘lgan ishonch va hurmat mustahkamlanishiga xizmat qilishi
ko‘zda tutilgan.
QONUNCHILIKDAGI MEROS HUQUQINING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada meros huquqining nazariy asoslari,
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidagi normalari hamda amaliyotdagi
dolzarb masalalari yoritilgan. Meros huquqining qonuniy va vasiyat asosida amalga
oshirilish tartibi, majburiy ulush, meros qoldiruvchining qarz majburiyatlari, merosni
rasmiylashtirishdagi tartib va muammolar tahlil qilinadi. Xorijiy tajriba bilan
solishtirilib, milliy qonunchilik takomillashtirish yo‘nalishlari haqida xulosa va
takliflar berilgan.
MAXSUS-YORDAMCHI MASHQLARDAGI PARSIAL MASHGʻULOT YUKLAMALARINI REJALASHTIRISH XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Maqolada maxsus-yordamchi mashqlardagi parsial mashgʻulot
yuklamalarini rejalashtirish xususiyatlari yoritildi.
THE COURSE OF PREGNANCY, CHILDBIRTH AND POSTPARTUM PERIOD IN WOMEN WITH UTERINE FIBROIDS
Abstract. The authors of the work conducted a retrospective analysis aimed at
studying the characteristics of the course of pregnancy and childbirth in women at risk
for miscarriage with uterine fibroids. Based on the conducted research, the most
significant risk factors for the development of uterine fibroids are described, and the
frequency of complications during pregnancy and childbirth is identified. Based on the
results obtained, general recommendations for the management of pregnancy and
childbirth are given.
THE LANGUAGE OF INCLUSION: CODE-SWITCHING IN POLITICAL CAMPAIGNS
Annotation. This article examines the role of code-switching in political
campaigns through a linguistic and sociolinguistic lens. Politicians who aim to connect
with multilingual and multicultural audiences often alternate between languages
during their speeches. This research identifies the rhetorical and symbolic functions of
such switches and emphasizes how they contribute to the creation of inclusive political
discourse. The methodology consists of a qualitative discourse analysis of speeches
that were delivered by multilingual politicians. The findings indicate that code-
switching functions as a tool for audience alignment, identity representation, and
emotional emphasis. The study concludes that when code-switching is used
authentically, it strengthens political engagement and fosters inclusivity among
linguistically diverse voters.
РОЛЬ МАТЕМАТИЧЕСКОГО МОДЕЛИРОВАНИЯ В РЕШЕНИИ СОЦИАЛЬНЫХ М ЭКОНОМИЧЕСКИХ ЗАДАЧ
Аннотация: Математическое моделирование позволяет описывать
поведение сложных систем, выявлять закономерности и оценивать
эффективность решений. В экономике Узбекистана модели используются для
прогнозирования инфляции, оптимизации налоговой политики, анализа
производительности отраслей. В социальной сфере — для моделирования
эпидемий, оценки потребностей в медицинских услугах, планирования
образовательных реформ и развития городской инфраструктуры. Применяются
методы линейного программирования, дифференциальных уравнений, теории
игр, статистики и машинного обучения. Развитие математического
моделирования требует повышения математической грамотности,
междисциплинарного подхода и тесного взаимодействия между наукой и
государственным управлением.
QORAMOLLARNI PARVARISHLASH USULLARINING SUT MAHSULDORLIGIGA TA’SIRI
ANNOTATSIYA
Mazkur ilmiy maqolada qoramollarni parvarishlash usullarining sut
mahsuldorligiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda turli iqlimiy va zoogigiyenik
sharoitlarda sigirlarga nisbatan qo‘llanilayotgan parvarishlash tizimlari – erkin
yuruvchi, bog‘lab boqish, yarim erkin usullar –ning sut mahsuldorligiga ta’siri tahlil
qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, erkin yuruvchi usulda parvarishlangan
sigirlar laktatsiya davomida yuqori sut hosildorligini namoyon etdi. Bundan tashqari,
toza havo, harakat erkinligi va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinishi
sigirlarning sog‘lig‘ini saqlash va mahsuldorligini oshirishda muhim omil bo‘lib
xizmat qildi. Xulosa sifatida, qoramollarni parvarishlashda zamonaviy va qulay
sharoitlarni yaratish ularning genetik salohiyatini to‘liq namoyon etishida hal qiluvchi
rol o‘ynashi qayd etildi.
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ИҚТИСОДИЁТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА ТАЪЛИМ ВА ТАЪЛИМ ХИЗМАТЛАРИНИНГ РОЛИ
Аннотация. Мақолада таълимнинг инсон ва жамият ҳаёт
фаолиятидаги асосий элемент сифатидаги аҳамияти кўриб чиқилмоқда.
Сифатли таълим иқтисодий ривожланиш, камбағалликни камайтириш ва
давлат хавфсизлигини таъминлашдаги ўрни таъкидланади. Ўзбекистонда
таълим фаолиятининг норматив-ҳуқуқий асослари, шу жумладан таълим
хизматларининг хусусиятлари ва турлари, уларнинг инсон капитали
шаклланишидаги роли ҳамда жамоат фойдаси сифатидаги махсуслиги таҳлил
қилинади. Таълим хизматлари истеъмолчиларининг мотивация факторлари ва
тўловли таълимнинг рақобат ривожланиши hamda таълим тизими
молиялашувига таъсири кўриб чиқилади. Мамлакатда таълим сифати ошириш
ва ўқув жараёнларини халқаролаштиришга, шунингдек, хорижлик
мутахассисларни жалб этишга давлат сиёсатининг алоҳида эътибор
қаратилади.
ГЛОБАЛ ИНҚИРОЗЛАР ШАРОИТИДА ИНФЛЯЦИЯ: САБАБЛАРИ, ОҚИБАТЛАРИ ВА КУРАШ УСУЛЛАРИ
Аннотация: Инфляция – бу нархлар умумий даражасининг барқарор
ошиши бўлиб, пулнинг харид қобилиятининг пасайиши билан кузатилади. Оддий
шароитларда инфляция ўртача даражада бўлиб, иқтисодий ўсишни
рағбатлантириши мумкин, аммо глобал инқирозлар даврида инфляция кўпинча
назоратдан чиқиб кетади ва иқтисодиёт ҳамда ижтимоий барқарорликка
жиддий зарар етказади. COVID-19 пандемияси, энергия ресурсларига оид
шоклар, геосиёсий низолар ёки иқтисодий санкциялар каби глобал инқирозлар
бутун дунё бўйлаб миллий иқтисодиётларга инфляцион босимни кучайтиради.
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ИҚТИСОДИЁТИДА ТАЪЛИМ ХИЗМАТЛАРИНИНГ МОҲИЯТИ ВА АҲАМИЯТИ
Аннотация. Мазкур мақола таълимнинг замонавий жамият ва
Ўзбекистон Республикаси иқтисодиёти ривожланишидаги асосий омил
сифатидаги аҳамиятига бағишланган. Унда таълим соҳасидаги фаолиятни
тартибга солувчи қонуний асослар, жумладан, “Таълим тўғрисида”ги Қонун
ҳамда таълим сифатини ошириш ва таълим хизматларини ривожлантиришга
қаратилган давлат дастурлари ва фармонлар таҳлил қилинади. Муаллиф
“таълим хизматлари” тушунчасининг турли таърифларини ва уларнинг
хусусиятларини, жумладан, ижтимоий-иқтисодий табиати, баҳолаш ва
молиялаштириш механизмларини кўриб чиқади. Таълим хизматлари
истеъмолчиларининг мотивацияси ва танловига таъсир этувчи омиллар,
шунингдек, тўловли таълим хизматларининг рақобат муҳитини
ривожлантириш ва таълим муассасаларини молиялаштиришга таъсирига
алоҳида эътибор қаратилган. Мақолада таълим хизматлари тушунчасини
норматив-ҳуқуқий базага киритишнинг ижобий ва салбий жиҳатлари,
шунингдек, таълим хизматларининг инсон капитали шаклланиши ва
мамлакатда инновациялар ривожидаги роли муҳокама этилади. Умуман
олганда, мақолада таълим хизматларини такомиллаштириш Ўзбекистоннинг
рақобатбардошлигини ошириш ва барқарор иқтисодий ривожланишини
таъминлашда муҳим аҳамият касб этиши таъкидланади.
BERNULLI DIFFERENSIAL TENGLAMALARNI O`QITISH METODIKASI
Annotatsiya: Hozirgi kunda matematikaning differensial tenglamalar bo’limi
juda rivojlanmoqda. Ta’lim sohasida esa alohida e’tibor qaratilmoqda shu bilan
birgalikda differensial tenglamalar orqali ko’pgina masalalar o`z yechimini topmoqda.
Differensial tenglamalarga oid masalalarni yechishda turli sohalarda keng
qo’llanilmoqda. Masalan: ta’lim, tibbiyot , qurulish va boshqalar. Differensial
tenglamaning Bernulli hamda chiziqli ko’rinishlari bilan differensial tenglamalar
faniga kirib boramiz va ularni yechishni o’rganamiz.
XORIJIY DAVLATLARDA VALYUTANI TARTIBGA SOLISH SOHASIDA QO‘LLANILADIGAN TAJRIBALAR
Annotatsiya: Xorijiy davlatlarda valyutani tartibga solish mexanizmlari
mamlakatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har
bir davlat o‘zining iqtisodiy siyosati va moliyaviy imkoniyatlariga moslashgan tartibga
solish usullarini ishlab chiqqan. Ushbu maqolada AQSH, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya,
Xitoy kabi rivojlangan mamlakatlar tajribasi tahlil qilinadi va ularning valyuta kursini
boshqarish, foiz stavkalarini belgilash, zaxira fondlarini shakllantirish va kapital
harakatini nazorat qilish bo‘yicha qo‘llayotgan yondashuvlari o‘rganiladi. Tadqiqot
natijalari xorijiy tajribani O‘zbekiston iqtisodiyotida qo‘llashning afzalliklarini
aniqlashga yordam beradi.
SIGIRLARNI TURLI USULDA OZIQLANTIRISHNING SUT MAHSULDORLIGIGA TA'SIRINI ANIQLASH
ANNOTATSIYA
Mazkur ilmiy maqolada sigirlarni oziqlantirish jarayonida oziqa miqdorining
o‘zgartirilishi ularning o‘sish dinamikasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganildi.
Tadqiqotda turli guruhlarga ajratilgan sigirlarga energiya, oqsil va mineral moddalarga
boy yemlar turli miqdorda berildi hamda ularning tana vazni o‘sishi, kunlik o‘sish
sur’ati va jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari baholandi. Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatdiki, oziqa miqdorining me’yoridan past bo‘lishi sigirlarning o‘sishini
sekinlashtirgan, yuqori miqdorda berilishi esa o‘sish sur’atini tezlashtirgan bo‘lsa-da,
haddan ortiq oziqlantirish ayrim metabolik buzilishlarga olib kelgan. Optimal
miqdordagi muvozanatli ratsion sigirlarning barqaror va sog‘lom o‘sishini
ta’minlagan. Tadqiqotdan kelib chiqqan xulosa shuki, sigirlarni o‘stirishda oziqa
miqdorini yosh, fiziologik holat va genetik salohiyatga mos ravishda tartibga solish
zarur.
SIGIRLARNING II LAKTATSIYASI MOBAYNIDA OZIQLANTIRISHNING SUT MAHSULDORLIGIGA TA’SIRI
ANNOTATSIYA
Mazkur ilmiy maqolada sigirlarning ikkinchi laktatsiyasi davomida ularni
oziqlantirish usullarining sut mahsuldorligiga ko‘rsatgan ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda
ratsional va muvozanatli oziqlanish sigirlarning sog‘lig‘i, modda almashinuvi va
laktatsiya davomiyligi bilan qanday bog‘liq ekani tahlil qilindi. Ayniqsa, energiyaga
boy va oqsilga boy yemlarning belgilangan miqdorda berilishi ikkinchi laktatsiya
davrida maksimal sut ishlab chiqarishiga olib kelgani kuzatildi. Tadqiqot natijalariga
ko‘ra, ikkinchi laktatsiyada bo‘lgan sigirlar uchun tuzilgan optimal oziqlantirish
ratsioni ularning genetik salohiyatini to‘liq namoyon etishga imkon beradi.
Shuningdek, yem-hashak sifati, oziq moddalar balansini ta’minlash va oziqlantirish
vaqtining tartibi ham muhim omillar sifatida belgilandi. Ushbu natijalar yuqori
mahsuldorlikka ega sog‘imli sigirlarni parvarish qilishda amaliy ahamiyatga ega.
“URUSH ODAMLARI” ASARIDA QO‘LLANILGAN FRAZEMALARDA TRANSFORMATSIYA HODISASI
Annotatsiya: ushbu maqolada o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning fikriy
mazmunni ifodalashdagi o‘rni va ahamiyati “Urush odamlari” asari misolida tahlilga
tortilgan. Tildagi barqaror birikmalar, xususan, iboralar muallif g‘oyasining ta’sirchan
ifoda vositasi sifatida talqin qilinadi.
A CONTRASTIVE ANALYSIS OF SENTENCE STRUCTURE IN UZBEK, RUSSIAN, AND ENGLISH
Annotation: This article analyzes the structural differences in sentence
construction among Uzbek, Russian, and English. It discusses the syntactic roles of
sentence constituents, the order of elements, morphological markers, tense and aspect
systems, and pragmatic nuances such as emphasis and intonation. The analysis is based
on contrastive linguistic methods and explores how these languages utilize grammar
and structure to express meaning. This comparative study aims to support theoretical
linguistics and second language acquisition, especially for learners and educators
working across these three linguistic systems.
MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA FIKRLASH HAMDA IDROK ETA OLISH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Annotatsiya: Ta’lim sifatini oshirishda o‘qitish jarayoniga sintezlashgan
yondashuvning muhimligi nuqtai nazaridan, o‘quvchilarda ta’limiy ehtiyojlarni
faollashtirish uchun gumanistik, shaxsga yo‘naltirilgan hamda individual-differensial
yondashuvni yo‘lga qo‘ish lozim.
АVTOMATLASHTIRILGAN KONSTRUKSIYALASH YORDAMIDA ERKAKLAR YELKA KIYIMINI ISHLAB CHIQISH USLUBI
Annotatsiya: Muayyan ishlab chiqarish xususiyatiga ko‘ra kirlanish hududlari
aniqlangan maxsus kiyim yangi modellarini loyihalashda tipaviy va unifikatsiyalangan
detallar yordamida loyihalanayotgan modelda eng yaxshi konstruktiv-dekorativ
yechimga ega bo‘lgan zarur detallarni qidirish jarayonini optimallashtirishga erishish
lozim. Buning uchun aniqlangan himoya zonalarining optimal o‘lchamiga muvofiq
mumkin bo‘lgan detallar kombinatsiyalar majmuasini tashkil qilish vazifasini yechish
kerak
RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR VALUTA BOZORINI BARQARORLASHTIRISH USULLARI VA ULARNING O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIGA TA’SIRINI BAHOLASH
Annotatsiya: Rivojlangan mamlakatlarda valuta bozorini barqarorlashtirish
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Ushbu
maqolada AQSH, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya kabi yetakchi davlatlarning valuta
bozorini boshqarish usullari tahlil qilinadi hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari
ko‘rsatib beriladi. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlar tajribasining O‘zbekiston
iqtisodiyotiga ta’siri baholanib, milliy bozor uchun zarur bo‘lgan samarali
yondashuvlar aniqlanadi. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda valuta bozorini
barqarorlashtirishga qaratilgan siyosatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar
ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
XORIJIY DAVLATLARDA MARKAZIY BANKNING VALUTA SIYOSATINI BOSHQARISH MEXANIZMLARI
Annotatsiya: Xorijiy davlatlarda markaziy bankning valuta siyosatini
boshqarish mexanizmlari milliy valuta kursining barqarorligini ta’minlashda va
iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada AQSH,
Yevropa Ittifoqi, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar markaziy banklarining
valuta siyosatini yuritish usullari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida foiz stavkalari
siyosati, valuta intervensiyasi, valuta zaxiralarini boshqarish va kapital harakati
nazorati kabi asosiy mexanizmlar o‘rganilib, ularning o‘ziga xos jihatlari yoritiladi.
Natijalar O‘zbekistonning valuta siyosatini takomillashtirish uchun xorijiy tajribadan
foydalanish imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.
TARKIBIDA TRIGONOMETRIK FUNKSIYALAR QATNASHGAN IFODALARNI INTEGRALLASH.
Annotatsiya:Biz bu maqolada tarkibida trigonometrik funksiyalar qatnashgan
ifodalarni sodda ko`rinishda integralashni o`rgamiz. Ya`ni bu maqolada trigonometrik
funksiyarlarni belgilash kiritish yo`li bilan qulay usulda ishlashni o`rganamiz.Bundan
tashqari maple dasturida trigonometrik ifodalarning grafigini chiqarishni ham
o`rganamiz.
OKSIDLANISH-QAYTARILISH REAKSIYALARI
Annotasiya: Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari kimyo fanida juda muhim
o‘rin tutadi. Ular hayotimizning turli sohalarida, sanoatda, biologiyada va atrof-
muhitda keng qo‘llaniladi. Bu reaksiyalar kimyoviy o‘zgarishlarning asosiy turlaridan
biri bo‘lib, unda atom yoki molekulalar elektronlarni yo‘qotadi yoki oladi. Shu sababli,
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari elektronlar almashinuvi jarayonini o‘z ichiga oladi.
INGLIZ HUQUQIY TILIDAGI GRAMMATIK JIHATLAR: ARXAIZMLAR, MODAL FE’LLAR, MURAKKAB SINTAKSIS
Annotatsiya: Maqolada ingliz huquqiy tilidagi grammatik jihatlar: arxaizmlar,
modal fe’llar, murakkab sintaksislar yoritrildi.
EFFECTIVE METHODS IN TEACHING ENGLISH
Annotatsiya: ingliz tili global kommunikatsiyaning muhim vositasi sifatida,
uning o‘qitilishi o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirishda katta ahamiyatga
ega. Har bir metodning afzalliklari va o‘quvchilarga qanday yordam berishi haqida
ma'lumot berilgan. Ushbu yondashuvlar o‘quvchilarning qiziqishini oshirish, tilni
amaliyotda qo‘llash qobiliyatini rivojlantirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini
shakllantirishda samarali hisoblanadi. Maqola ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy
yondashuvlarni qo‘llash orqali ta'lim jarayonini yaxshilashga qaratilgan.
RAQAMLI MUHITDA O‘QUVCHILARNING AXLOQIY ONGINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK MONITORING VA REFLEKSIYA TAMOYILLARINING ROLI
Annotatsiya
Zamonaviy raqamli muhitda o‘quvchilarning axloqiy ongini rivojlantirish
pedagogik onitoring va refleksiya tamoyillari asosida yangicha shakllanmoqda. Ushbu
tadqiqot raqamli texnologiyalar yordamida o‘quvchilarning axloqiy rivojlanishini
kuzatish, baholash va tahlil qilishning samarali usullarini o‘rganadi. Asosan, onlayn
monitoring tizimlari (Google Forms, LMS platformalar), virtual refleksiya usullari
(elektron kundaliklar, video-jurnallar) va raqamli vositalar (sun'iy intellekt,
ma'lumotlar vizualizatsiyasi)ning axloqiy tarbiyadagi ahamiyati tahlil qilinadi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli monitoring va refleksiya nafaqat
o‘quvchilarning axloqiy pozitsiyasini aniq baholashga, balki ularning qadriyatlarini
mustahkamlashga ham yordam beradi.
“MADANIY TAFAKKUR” TUSHUNCHASI, UNING FALSAFIY, IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK JIHATLARI
Mazkur maqolada “madaniy tafakkur” tushunchasi, uning ta’rifi, turli xil
olimlar tomonidan unga berilgan ta’riflar qiyosiy tahlil qilinadi. Shu bilan bir qatorda,
maqolada ushbu tushunchaning falsafiy, ijtimoiy va psixologik jihatlari ham
o’rganiladi.
ELEKTR TOKI TA'SIRIDA O'TKAZGICHULARNING QIZISHI
Annotatsiya: Ushbu maqola elektr toki ta'sirida o'tkazgichlarning qizish
hodisasini atroflicha o'rganadi. Maqolada Jooule-Lenz qonuni, uning fizik mohiyati va
turli amaliy ilovalardagi ahamiyati tahlil qilinadi. Elektr toki o'tishi natijasida
o'tkazgichlarda ajralib chiqadigan issiqlik miqdoriga ta'sir etuvchi omillar, jumladan,
tok kuchi, o'tkazgichning qarshiligi va tokning o'tish vaqti batafsil ko'rib chiqiladi.
Shuningdek, ushbu hodisaning texnik qurilmalardagi roli, isitish elementlari, elektr
pechlari va boshqa issiqlik bilan bog'liq qurilmalar misolida yoritiladi. Maqolada
mavjud adabiyotlar tahlili, tadqiqot metodologiyasi, olingan natijalar, muhokama va
xulosalar keltirilgan bo'lib, ular elektr toki ta'sirida qizish hodisasini chuqurroq
tushunishga yordam beradi.
TO'RTBURCHAKLAR TO'LQIN O'TKAZGICHDAGI TO'LQINLARNING ELEKTROMAGNIT MAYDON KOMPONENTLARI
Elektromagnit to'lqinlar tarqaladigan maydonni cheklovchi va elektromagnit
energiya oqimini ma'lum bir yo'nalishda (masalan, uzatgichdan antennaga)
yo'naltiruvchi qurilmalarga yo'naltiruvchi tizimlar deyiladi. Qo'llanma tizimlarining
asosiy turlari simli liniyalar, koaksiyal liniyalar, metall va optik to'lqin o'tkazgichlar va
chiziqli chiziqlardir.Ikki simli chiziq to'rtburchak o'lqinli o'tkazgich
UYQU VA SIRKADIYAL RITMLAR: BOLALAR VA OʻSMIRLARNING NEYROFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada bolalar va o‘smirlarning uyqu holati va
sirkadiyal ritmlarining shakllanishi, ularning neyrofiziologik asoslari va yoshga xos
o‘zgarishlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda uyqu sifati, davomiyligi va
biologik soat funksiyalaridagi farqlar eksperimental metodlar orqali o‘rganildi.
Natijalar uyqu gigiyenasini takomillashtirish va sog‘lom rivojlanish uchun tavsiyalarni
ilgari suradi.
BUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY NATIJALARNI TAHLIL QILISHDA UCHRAYDIGAN MUAMMOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida moliyaviy natijalarni tahlil
qilishda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritilgan.
Amaliyotda tahlil jarayonlarining soddalashtirilganligi, zamonaviy yondashuvlarning
yetarlicha qo‘llanilmasligi, axborot texnologiyalarining cheklanganligi va xodimlar
malakasining pastligi kabi omillar tahlil sifati va samaradorligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatayotgani qayd etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida moliyaviy tahlil
sifatini oshirishga doir takliflar ilgari surilgan.
ОБРАЗОВАТЕЛНЫЕ УСЛУГИ И ИХ ВЛИЯНИЕ В РАЗВИТИИ ЭКОНОМИКИ УЗБЕКИСТАНА
Аннотация. В статье рассматривается важность образования как
ключевого элемента жизнедеятельности человека и общества. Подчеркивается
роль качественного образования в развитии экономики, снижении бедности и
обеспечении безопасности государства. Анализируются нормативно-правовые
основы образовательной деятельности в Узбекистане, включая особенности и
виды образовательных услуг, их роль в формировании человеческого капитала и
специфику как общественного блага. Рассматриваются мотивационные
факторы потребителей образовательных услуг и влияние платного образования
на развитие конкуренции и финансирование системы образования. Особое
внимание уделяется государственной политике по улучшению качества
образования и интернационализации учебных процессов, а также привлечению
зарубежных специалистов для повышения уровня образовательных услуг в
стране.
ALISHER NAVOIY G‘AZALLARIGA SHARH
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada o‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast
namoyandasi Alisher Navoiy ijodining g‘azal janridagi badiiy, falsafiy va tasavvufiy
xususiyatlari tahlil etiladi. Asosan shoirning g‘azallarida ifodalangan majoziy va ilohiy
ishq, ko‘ngil va ruhiy kamolot, sabr-toqat, axloqiy yetuklik kabi tushunchalar
zamiridagi ma’naviy-ma’rifiy g‘oyalar ochib beriladi. Shuningdek, Navoiy
g‘azallarida uchraydigan badiiy obrazlar, ramziy ifodalar va san’at vositalari chuqur
tahlil qilinadi. Maqolada buyuk mutafakkirning she’riyati o‘quvchi qalbida
insonparvarlik, poklik, sabr, muhabbat va komillik tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat
qilishi ta’kidlanadi. Navoiy ijodining ta’lim-tarbiyadagi ahamiyati, bugungi kunda
ham yosh avlod uchun bebaho ma’naviy manba ekani asoslab beriladi.
STRESS VA UNING BOSHQARILISHI: STRESSNING SABABLARINI, BELGILARI VA SAMARALI BOSHQARISH USULLARINI O'RGANISH.
Annotatsiya: Ushbu maqola stress va uning boshqarilishi masalasini o'rganadi.
Stress insonning muammolarga yoki qiyinchiliklarga bo'lgan tabiiy javobidir, lekin
uning salbiy ta'sirlari hayot sifatini pasaytirishi mumkin. Maqola stressning asosiy
sabablarini, jumladan ichki va tashqi omillarni, shuningdek, hayotiy voqealar bilan
bog'liq stressni ko'rib chiqadi. Stressning belgilari jismoniy, emotsional va kognitiv
jihatdan namoyon bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, maqolada stressni boshqarish
uchun samarali usullar keltiriladi, jumladan jismoniy faoliyat, relaxatsiya texnikalari,
ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, vaqtni boshqarish va sog'lom turmush tarzi
MAMLAKAT AHOLISI O’SISH SUR’ATI PASAYIB KETISHINING IQTISODIYOTGA TA’SIRI
Annotatsiya: Ushbu maqolada aholining kamayib ketishing iqtisodiyotga
ta’siri, dunyo bo’yicha ko’plab mamlakatlarda aholining kamayib borayotganligi,
jumladan mamlakatimiz aholisining o’sish sur’atining pasayish tendensiyasini
ko’rsatayotganligi, bunga sabab bo’layotgan omillar haqida fikr yuritiladi.
OʻQUVCHILAR ORASIDA LIDERLIK HAMDA YETAKCHILIK XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Annotatsiya: Liderlikning asosiy xususiyatlaridan biri - yoshlar orasida “bir
qadam oldin”da bo‘lish. U yangiliklardan doimo xabardor, boshqalar uchun ochiq
bo‘lmagan axborotga ega bo‘lishi kerak. Barcha jabhada yoki sohada axborotga
egalik qilish boshqalardan ustun bo‘lish imkonini beradi. Yetakchi bunday manbani
qayerdan, qanday topishni yaxshi biladi. Bunday axborotga ega bo‘lmagan o‘spirinlar
uning o‘rnini xayol, gumon va shubha bilan to‘ldiradi. Ular hayotidagi unutilmas kun
yoki umuman bo‘lmagan voqealar bilan o‘rtoqlashadilar, bunday narsalarni yaxshi
qabul qiladilar.
OILADA FARZANDNING AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Annotatsiya: O`ta kuchli axloqiy mas’uliyat – bunda ota-ona tomonidan
bolaga nisbatan talablar darajasi yuqori bo`ladi, lekin uning asl xohish-istaklari,
ehtiyojlari unchalik e’tiborga olinmaydi. Masalan, “sen to`ng’ichimizsan, ukalaringga
sen qarashing kerak”, degan ma’noda unga oiladagi kichik a’zolarga yoki kasallikka
chalingan oila a’zosini parvarish qilish kabi mas’uliyatli va og’ir ishlar ham yuklanadi
PEDAGOGLARDA KASBIY STRESS HAMDA EMOTSIONAL SOʻNISH HOLATLARINI BARTARAF ETISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Annotatsiya: O'qituvchi kasbi sog'lig'ining buzilishining chastotasi bo'yicha
yuqori xavfli kasblar guruhiga kiradi. Ma'lumki, taranglik darajasi bo'yicha
o'qituvchining ish yuki menejerlar va bankirlar, bosh direktorlar va uyushmalar
prezidentlari, ya'ni odamlar bilan bevosita ishlaydigan boshqa mutaxassislardan
o'rtacha ko'proqdir. O'qituvchi o'z kasbiy faoliyatida ko'plab stress omillariga, shu
jumladan katta o'quv yuklariga , kundalik va uzoq davom etadigan qiyin vaziyatlar
bilan bog'liq tez-tez ta'sirchan reaktsiyalar, stressga o'z vaqtida javob bera olmaslik,
turli toifadagi odamlar bilan doimiy muloqot qilish, intensiv aks ettirishni talab qiladi.
PSIXOLOGIYADA GURUHIY MASHGʻULOTLAR OLIB BORISHNING SAMARALI USULLARI VA IMKONIYATLARI
Annotatsiya: Guruhlarning shaxsga ta'siri odamlar o'rtasidagi o'zaro
munosabatlar va ijtimoiy tizimlarning muhim jihatlaridan biridir. Guruhlar insonning
qarorlar qabul qilish jarayoniga, xatti-harakatlariga va hissiyotlariga ta'sir ko'rsatishi
mumkin. Ushbu maqolada guruhlarning shaxsga ta'sirini tushunish uchun zarur
bo'lgan psixologik va ijtimoiy mexanizmlar, guruh dinamikasining shaxsga qanday
ta'sir ko'rsatishi, guruh konformizmi, guruh fikrining shakllanishi va boshqa ijtimoiy
jarayonlar tahlil qilinadi.
SONLAR NURI TUSHUNCHASI. SONLAR NURI MODELINI TUZISH
Annotatsiya: Ushbu maqola sonlar nuri (number ray) tushunchasini, uning
matematik va pedagogik ahamiyatini atroflicha ko'rib chiqadi. Sonlar nuri – bu
matematika o'qitishda, ayniqsa, boshlang'ich sinflarda sonlarni
vizuallashtirish, solishtirish, qo'shish va ayirish amallarini tushuntirish uchun keng
qo'llaniladigan samarali modeldir. Maqolada sonlar nuri modelini tuzishning nazariy
asoslari va amaliy yondashuvlari tahlil qilinadi. Shuningdek, uning
o'quvchilarning matematik tasavvurini rivojlantirishdagi roli ham yoritilgan.
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA DAVLAT XUSUSIY SHERIKCHILIKNI TASHKIL ETISH.
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida davlat-xususiy
sheriklik (DXSh) asosida amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati, huquqiy
asoslari, xorijiy tajribalar, amaliyotdagi muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar
o‘rganiladi. Tahlil natijalari DXSh asosida oliy ta’lim muassasalari salohiyatini
rivojlantirish, zamonaviy infratuzilmani yaratish va ta’lim sifatini oshirishda muhim
vosita sifatida xizmat qilishini ko‘rsatadi.
QISQA MASOFAGA YUGURUVCHI 15-16 YOSHLI YENGIL ATLETIKACHILARNI OGʻIR ATLETIKA MASHQLARI ORQALI KUCH SIFATLARINI OSHIRISH
Annotatsiya: Mazkur maqolada qisqa masofaga yuguruvchi oʻsmir yengil
atletikachilarni jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirishda ogʻir atletika mashqlarining
o‘rni va samaradorligi o‘rganilgan. Tadqiqot davomida og‘ir atletika mashqlarining
yugurish samaradorligiga ta’siri, kuch sifatlarini rivojlantirishdagi ahamiyati va yosh
xususiyatlariga moslashtirilgan mashg‘ulot tizimlari tahlil qilindi. Amaliy tajribalar
asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
UGLEVODORODLARNI IZOMERLASH KATALIZATORLARINI ISHLAB CHIQISH
Annotatsiya: Uglevodorodlarni izomerlash katalizatorlarini ishlab chiqish
sohasidagi ilmiy tadqiqotlar kimyo sanoatining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, bu jarayon uglevodorodlarning molekulyar tuzilishini o‘zgartirish orqali
ularning fizik-kimyoviy xususiyatlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Izomerlash
jarayoni uglevodorod molekulalarining atomlari joylashuvini o‘zgartiradi, lekin
molekula tarkibini saqlab qoladi. Bu jarayon ayniqsa yoqilg‘i sanoatida yuqori oktanli
benzin ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi, chunki izomerlash natijasida hosil bo‘lgan
izomerlar yonilg‘ining yonish samaradorligini oshiradi va atrof-muhitga zararli
moddalar chiqarilishini kamaytiradi. Shu sababli, izomerlash katalizatorlarining
samaradorligi, selektivligi va barqarorligi uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonining
asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
JAMIYATNI AXBOROTLASHTIRISH NATIJASIDA YUZAGA KELGAN GLOBAL MUAMMOLAR
Annotatsiya
Zamonaviy jamiyatda axborotlashtirish jarayoni misli ko‘rilmagan sur’atda
kechmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi turmush
tarzidan tortib, siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalargacha sezilarli ta’sir o‘tkazmoqda.
Axborot almashinuvi va raqamli muhitning kengayishi ijobiy natijalar bilan bir
qatorda, yangi global muammolarni ham yuzaga keltirmoqda. Ushbu maqolada
jamiyatni axborotlashtirish natijasida vujudga kelgan asosiy global muammolar –
axborot xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi, soxta axborot (feyk), axborot
asoratlari, ijtioiy tarmoqlardagi psixologik bosimlar, raqamli tengsizlik va
insoniyatning axborotga bo‘lgan haddan tashqari qaramligi kabi masalalar tahlil
etiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, jamiyatni axborotlashtirish jarayonida
muvozanatni saqlash, inson qadriyatlariga zid kelmaydigan axborot siyosatini yuritish
muhim sanaladi.
HOMILADORLIK PAYTIDA PIELONEFRITNI DAVOLASH
Annotatsiya: Ushbu maqola homiladorlik davrida yuzaga
keladigan pielonefrit kasalligining diagnostikasi, davolash usullari va oldini olish
choralariga bagʻishlangan. Homilador ayollarda pielonefritning oʻziga xos kechishi,
uni boshqa siydik yoʻllari infeksiyalaridan farqlash, onaga va homilaga boʻlishi
mumkin boʻlgan salbiy taʼsirlar tahlil qilingan. Maqolada kasallikni davolashda
qoʻllaniladigan antibiotiklarni tanlash mezonlari, ularning xavfsizligi va samaradorligi,
shuningdek, davolashning nofarmakologik yondashuvlari koʻrib chiqilgan. Davolash
strategiyalarini tanlashda homiladorlik muddatining ahamiyati, kasallikning ogʻirlik
darajasi va bemorning umumiy holati hisobga olingan. Maqola soʻnggida
pielonefritning oldini olish boʻyicha tavsiyalar berilgan boʻlib, bu homiladorlik davrida
ayollar salomatligini saqlash va asoratlarning oldini olishga yordam beradi.
DORI VOSITALARI TARKIBIDAGI RUX(II) VA KALSIY(II) IONLARINI ANIQLASH USULLARINI ISHLAB CHIQISH VA VALIDATSIYA QILISH
Rux (Zn²⁺) va kalsiy (Ca²⁺) ionlari farmatsevtik preparatlarda keng qo‘llaniladi.
Rux antioksidant, immun tizimini kuchaytiruvchi va regeneratsiyani tezlashtiruvchi
xususiyatlarga ega. Kalsiy esa suyak to‘qimalarining mustahkamligi, yurak faoliyati
va mushak qisqarishida muhim rol o‘ynaydi. Dori vositalarining sifat nazorati
jarayonida ushbu ionlarning miqdorini aniqlash ishonchli, tezkor va qaytaruvchan
usullar bilan amalga oshirilishi lozim.
TEXNOLOGIYA FANIDA 5-SINF O’QUVCHILARI UCHUN CHOK TURLARINI O’RGATISH
Annotatsiya Ushbu maqola 5-sinf texnologiya fanida “Chok turlari” mavzusini
o‘rganishga qaratilgan. Maqolada choklarning turli turlari, ularning qo‘llanilishi va
o‘quvchilarga kashtachilik san'ati orqali amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi
ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda interfaol metodlar va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi roli
ko‘rsatilgan. Maqolada taqdim etilgan metodlar va vositalar orqali o‘quvchilarga
kashtachilik san'ati haqida chuqur bilimlar berish, ularning estetik didini shakllantirish
va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish mumkinligi ta'kidlangan. Tadqiqot natijalari
texnologiya fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlarni qo‘llashning
samaradorligini ko‘rsatadi.
SARAFLOKSATSIN GIDROXLORIDNING TURLI XILDAGI TUPROQ TARKIBIDA AEROB BIODEGRADATSIYASI
Ushbu tadqiqotda sarafloksatsin gidroxloridning turli xildagi tuproqlarda (qumli,
loyqa, chigitli, qora yer va karbonatli tuproqlar) aerob sharoitdagi biodegratsiyasi
o‘rganildi. Biodegratsiya darajasi mikroorganizmlar faolligi, tuproqning fizik-
kimyoviy xossalari va atrof-muhit sharoitlariga bog‘liq ekanligi aniqlandi.
Eksperimental natijalar statistik jihatdan tahlil qilinib, sarafloksatsin qoldiqlarining
tuproqda saqlanish davri (DT₅₀) hisoblab chiqildi
Sarafloksatsin gidroxlorid (SG) — ftorxinolonlar guruhiga mansub antibiotik
bo‘lib, veterinariya va qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladi. Biroq uning ortiqcha yoki
noto‘g‘ri qo‘llanishi natijasida atrof-muhitga, ayniqsa tuproqqa chiqishi ekologik
xavflarni yuzaga keltiradi. Antibiotiklarning tuproqda uzoq muddat saqlanib qolishi
mikrobial muvozanatni buzishi, rezistent mikroorganizmlarning shakllanishiga olib
kelishi mumkin. Shuning uchun, SG ning turli xildagi tuproqlarda aerob sharoitda
qanchalik tez parchalanuvchi modda ekanligini aniqlash muhim ilmiy va amaliy
ahamiyatga ega..
SUN’IY INTELLEKTNING INSON HAYOTIDAGI O`RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining zamonaviy
hayotdagi o`rni, sun’iy intellektning tarixi, kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari,
uning inson hayotiga kirib kelishi, ulardan ko`zlangan maqsad va vazifalar, sun’iy
intellektning kelajakdagi o`rni va ahamiyati, sun`iy intelekt yordamida yaratilgan
robotlarning insonlar hayotidagi o`rni haqida bilib olasiz. Maqolada sun’iy
intellektning ijobiy jihatlari bilan birga, ehtimoliy xavf-xatarlar, etik muammolar va
ularni bartaraf etish yo`llari ham yoritilgan. Tadqiqot sun’iy intellektning
imkoniyatlaridan oqilona foydalanish zarurligini asoslaydi va kelajakda ularning inson
salohiyatini to`ldiruvchi vosita sifatidagi ahamiyatini ochib beradi. Sun`iy intellektga
bo`lgan talab va ehtiyojlar juda ko`p. Aqilli mashinalarning insoniyatga qanday
foydasi borligi va yordami keltirib o`tilgan.
MIJOZLARGA PSIXOLOGIK YORDAM HAMDA MASLAHAT BERISHNING ZAMONAVIY USULLARI
Annotatsiya: Bugungi kunda aholining psixologik xizmatga ehtiyoji ortib
borayotganligi kuzatilmoqda. Hozirda psixologik xizmat ommalashib borayotgan soha
sifatida rivojlanmoqda. Ayniqsa, kam bo‘lsada joylarda psixolog maslahati yoki
xizmati xonalari, markazlari ochilishi bu sohadagi ishlarda yangi siljishlar
bo‘layotganligidan dalolatdir. Ammo, ko‘pgina psixologlar tomonidan psixologik
maslahatni tashkil etish va olib borishda qiyinchiliklar sezilmoqda.
“MAKTABGACHA TA’LIM - MUVAFFAQIYAT POYDEVORI”
Annotatsiya. Maktabgacha ta'lim bolaning rivojlanishida asosiy omillardan biri
hisoblanadi,, chunki bu davrda bola kelajak hayoti uchun zarur bo’lgan bilim va
ko’nikmalarning 70-foizini egallaydi. U bolaning intellektual, hissiy, jismoniy va
ijtimoiy jihatdan tayyorligini ta'minlab, maktab ta'limi uchun mustahkam poydevor
yaratadi.
Ushbu maqolada maktabgacha ta'limning ahamiyati, bolalarning har tomonlama
rivojlanishidagi o'rni, innovatsion pedagogik usullar va ota-onalar ishtirokining
samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining sifatli
ta'lim berishdagi roli va kelajakdagi muvaffaqiyatga ta'siri ko'rib chiqiladi.
ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA FANLARARO INTEGRATSIYADAN FOYDALANISH VA UNING AHAMIYATI.
ANNOTATSIYA
Ushbu tezisda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ustuvor jihatlari, darslrning
samarali bo’lishida fanlararo bog’lanishning ahamiyati , yangi tuzilgan va ishlab
chiqilgan ona tili va adabiyot darsliklarida barcha fanlar yuzasidan bilimlar berilganligi
, ularning dars mavzusi bilan bog’liqligi , ko’p qirrali ekanligi, ona tili va adabiyot fani
ustozlari bundan darsning samarali bo’lishida va ilmiyligini ta’minlashda
foydalanishlari mumkinligi yoritib berilgan
IKKI YURAK, BIR SHE’RIYAT: FAYNBERG IJODIDA MILLATLARARO UYG‘UNLIK
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada Aleksandr Faynberg ijodida millatlararo uyg‘unlik
mavzusining badiiy talqini yoritiladi. “Chig‘ir” to‘plami asosida ikki xalq o‘rtasidagi
madaniy yaqinlik, do‘stlik va mushtaraklik masalalari tahlil qilinadi. Shoirning
she’rlari yoshlar uchun bag‘rikenglik, insonparvarlik va totuvlik g‘oyalari ilgari
suriladi.
УГОЛОВНО-ПРАВОВАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА КИБЕРПРЕСТУПЛЕНИЙ В СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЯХ
Аннотация: Стремительное развитие цифровых технологий существенно
изменило социальные взаимодействия и породило новые формы угроз,
выражающиеся в киберпреступной деятельности. Особую актуальность
приобрела проблема адекватного правового реагирования на преступления,
совершаемые в рамках социальных сетей — среды, где преобладают искажение
реальности, цифровые манипуляции, анонимность и информационное
воздействие. Республика Узбекистан, находящаяся на этапе интенсивной
цифровой трансформации, сталкивается с необходимостью адаптации
уголовного законодательства к новым вызовам. В статье проведён всесторонний
анализ действующих уголовно-правовых механизмов, международной практики
и правоприменительного опыта. Аргументируется важность внедрения
комплексных реформ, включая разработку отдельных составов
киберпреступлений, обновление Уголовно-процессуального кодекса, развитие
цифровой криминологии и присоединение к Будапештской конвенции.
GIPERAQTIV BOLALAR
Annotatsiya
Giperaqtivlik sindromi – bolalarda ko‘p uchraydigan nevrologik holatlardan biri
bo‘lib, diqqat yetishmovchiligi, impulsivlik va faollikning me’yordan ortiq bo‘lishi
bilan tavsiflanadi. Ushbu maqolada giperaqtiv bolalarning psixologik va pedagogik
xususiyatlari, ularning ijtimoiy muhitga moslashuvi, o‘qish jarayonidagi qiyinchiliklar
va oilaviy munosabatlarga ta’siri keng yoritiladi. Giperaqtivlikning sabablari ko‘p
omilli bo‘lib, genetik omillar, homiladorlik davridagi stress, atrof-muhit toksinlari,
noto‘g‘ri ovqatlanish va zamonaviy texnologiyalar ta’siri kabilar bilan bog‘liq.
Maqolada giperaqtiv bolalarni erta aniqlash, ularga individual yondashuv asosida
yordam ko‘rsatish, oilaviy va maktab psixologi ishtirokida kompleks yondashuvlar
ishlab chiqish zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, Andijon viloyatidagi maktabgacha
ta’lim muassasalarida olib borilgan kuzatuvlar asosida mahalliy holatlar tahlil qilinadi.
Tadqiqot natijalari giperaqtiv bolalar bilan ishlashda psixologik metodikalar va amaliy
mashg‘ulotlar muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Maqola natijalari asosida, psixologlar,
tarbiyachilar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqilgan.
YUZALARNI FORMULA YORDAMIDA HISOBLASHGA DOIR MASALALAR
Annotatsiya: Ushbu maqola yuzalarni formula yordamida hisoblashga doir
masalalarning ta'limdagi ahamiyatini ko'rib chiqadi. Unda geometrik shakllarning
(kvadrat, to'g'ri to'rtburchak, uchburchak, aylana va boshqalar) yuzalarini hisoblashda
qo'llaniladigan formulalarning nazariy asoslari va ularning amaliy qo'llanilishi tahlil
qilinadi. Maqolada o'quvchilarning analitik fikrlash qobiliyatlarini
rivojlantirish, matematik modellashtirish ko'nikmalarini shakllantirish va real
hayotdagi muammolarni yechishda matematik bilimlarni qo'llash masalalariga e'tibor
qaratilgan. Shuningdek, mavzuni o'qitishda uchraydigan tipik xatolar va ularni bartaraf
etish yo'llari muhokama qilingan.
BOLALARDA AGRESSIV HOLATLAR SHAKLLANISHINING OLDINI OLISH HAMDA BARTARAF ETISHDA PSIXOLOGIK HIMOYANI YUZAGA KELISHI
Annotatsiya: Maktab o’quvchilari orasida agressiv xulq-atvorni bartaraf
etishda, avvalo shu narsa ko’zga tashlanadiki, har qanday holatda ham bolalarni
be’etibor qoldirish kerak emas, ayniqsa, maktab o’quvchilarini, o’smir yoshlarni,
chunki ular huddi endi o’sib kelayotgan novda kabidir. Uni qaysi tomonga
shakllantirilsa shunday shakllanib boradi.
OʻQUVCHI YOSHLARDA IQTIDORNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI HAMDA PSIXOKORREKSIYASI
Annotatsiya: Iqtidorli bolalar bilimlarni to'plash va qayta ishlashga juda erta
moslashadi. Ko'p hollarda, bu faqat ularning doimiy singishi hisoblanadi. Ularning
bu ishtiyoqi maktab tomonidan to'liq taqsimlanadi, bu birinchi navbatda tajribani
uzatishga, bolani insoniyat tomonidan to'plangan bilimlar bilan tanishtirishga
qaratilgan.
COMPARATIVE MORPHOLOGY OF THE NERVOUS SYSTEM OF THE LIVER OF MAMMALS WITH DIFFERENT TYPES OF FOOD.
ABSTRACT
This article analyzes the scientific literature on the study of the nervous system
of the liver of mammals with different types of food and describes the unexplored
aspects of this problem. 10 rabbit livers representing herbivore mammals and 10 dog
livers representing carnivore mammals were taken for study. The results of the
research revealed that the nervous system of the liver of mammals has specific
morphofunctional properties depending on the type of food.
СТРУКТУРНЫЕ ИЗМЕНЕНИЕ ПЕЧЕНИ У СОБАК ПРИ МОДЕЛИРОВАНИЕ СИНДРОМА ХОЛЕСТАЗЕ.
Аннотация. В работе проведено анализ мировой литературы, а также
представлены резултаты собственных исследований, который посвяшён к
изучение структурных изменые печени у лабораторных животных про
моделирование синдром холестаза.
Для наших исследование служили материалом печень 20 половозрелых
собак из них 10 для контрольного наблюдение и 10 для создания модула
синдрома холестаза. Создан модул холестаз путён перевязки обшего желчного
протока. Материал фиксирован в 10% нейтральном формалине. Получение срезы
тольшной 5 мкм окращено по общегистологическим методом гемотоксилин –
эозин и ван- гизона.
Резултаты исследование показал что некоторые структуры печени
претерпивает реактивным изменением при создании синдрома холестаза.
JAMOAVIY O‘YINNING ASOSIY TAMOYILLARI, LIDERLIK TURLARI VA ULARNING JAMOA NATIJALARIGA TA’SIRI (BASKETBOL SPORT TURI MISOLIDA)
Annotatsiya: Basketbol jamoaviy sport turi bo‘lib, unda jamoaning o‘zaro
hamkorligi, strategik fikrlash va liderlikning o‘rni katta ahamiyat kasb etadi. Samarali
jamoa yaratish uchun individual mahorat yetarli emas, balki o‘yinchilarning bir-birini
tushunishi, taktikaga moslashishi va yetakchilik qobiliyatlari ham muhimdir. Ushbu
maqolada jamoaviy o‘yinning asosiy tamoyillari, liderlik turlari va ularning jamoa
natijalariga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, murabbiylar va yetakchi o‘yinchilarning
jamoani motivatsiyalashdagi roli ham ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy tadqiqotlar va
amaliy tajribalar asosida samarali jamoa yaratish strategiyalari yoritiladi. Jamoaviy
o‘yin jarayonida samaradorlikni oshirish uchun kommunikatsiya, o‘zaro ishonch va
vaziyatga tez moslashish kabi omillar muhimligi ta’kidlanadi. Ushbu tadqiqot
murabbiylar, o‘yinchilar va sport mutaxassislari uchun qo‘llanma sifatida xizmat
qiladi.
ENDOKRIN TIZIMI KASALLIKLARI
Endokrin tizimi kasalliklarining alomatlari
Endokrin tizimi inson tanasida deyarli barcha hayotiy jarayonlarni tartibga
solishda juda muhim rol o‘ynaydi. Ichki sekretsiya bezlari garmonlar ishlab chiqaradi,
bu jarayonni buzilishi jiddiy kasalliklarga olib keladi. Ko‘pchilik boshlang‘ich davrda
organizmdagi o‘zgarishlarga befarq bo‘ladi yoki charchoq, stress va boshqa holatlarga
bog‘lab, shifokorga murojaat qilmaydi. Kasallik kuchayib ketmasidan avval
endokrinolog shifokori bilan maslahatlashib, boshlang‘ich davridayoq davolash va
salbiy oqibatlarining oldini olish zarur.
BOSHLANGʻICH SINF DARSLARIDA INTERAKTIV METODLARNI QOʻLLASHNING AFZALLIKLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o‘quvchilarining bilim olish
jarayonida interaktiv metodlardan foydalanishning pedagogik afzalliklari, ularning
taʼlimga bo‘lgan qiziqishini oshirishdagi roli hamda ta’lim samaradorligini
ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Muallif interaktiv metodlarning turli shakllarini
ko‘rib chiqib, ularning boshlang‘ich ta’limga mos keluvchi jihatlarini yoritadi.
BOLALARGA NISBATAN ZOʻRAVONLIKSIZ HAYOT YARATAYLIK!
ANNOTATSIYA
Shuni hisobga olish kerakki, ruhiy zo‘ravonlikning har bir ko‘rinishi to‘g‘ridan-
to‘g‘ri jinoyat sifatida baholanmaydi. Masalan: janjal paytidagi bir martalik og‘zaki
haqoratni hissiy zo‘ravonlik namunasi sifatida, jinoiy harakat sifatida tasniflash
mumkin emas. Ushbu hodisa tizimli ravishda o‘zini namoyon qilishi kerak,
jabrlanuvchining psixologik va hissiy barqarorligiga sezilarli darajada ta’sir qiladi
va buzadi, u ta’sir ko‘rsatadigan shaxsga to‘liq bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan ham
zamonaviy jamiyatda ruhiy zo‘ravonlik muammosini hal qilish eng dolzarb va zarur
vazifalardan biri.