T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
36
ISSN:3030-3613
OILADA FARZANDNING AXLOQIY FAZILATLARINI
SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI
Xusainov Shavkat Esonovich
Samarqand viloyati Oqdaryo
tumani MMTB qarashli 30-maktab
amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
O`ta kuchli axloqiy mas’uliyat – bunda ota-ona tomonidan
bolaga nisbatan talablar darajasi yuqori bo`ladi, lekin uning asl xohish-istaklari,
ehtiyojlari unchalik e’tiborga olinmaydi. Masalan, “sen to`ng’ichimizsan, ukalaringga
sen qarashing kerak”, degan ma’noda unga oiladagi kichik a’zolarga yoki kasallikka
chalingan oila a’zosini parvarish qilish kabi mas’uliyatli va og’ir ishlar ham yuklanadi
Kalit so‘zlar:
Oila, kognitiv rivojlanish, tarbiya, badan tarbiyasi, axloq
tarbiyasi, axloq, emotsional raddiya, ruhiy rivojlanish, psixik jarayonlar, muloqot.
KIRISH
Inson o'zligini anglashini ijtimoiy munosabatlar asosida ko'rishni orzu qilgan
hazrat Alishеr Navoiy buni aniq qilib shunday ifoda etgan edi: “Odami ersang dеmagil
odami - Onikim yo'q xalq g'amidan g'ami”. Ma'lumki, xar bir inson o'zligini anglash
orqali o'z millatini anglash tomon rivojlanib boradi, chunki milliy o'z-o'zini anglash -
kishilarni harakatga keltiruvchi ichki ma'naviy-ruhiy salohiyat hisoblanadi. Bu
salohiyat halqaro darajadagi o'zlikni anglashga, o'z millatini, o'z madaniyatini va
qadriyatlarni saqlab qolishga, ularni zamon sivilizatsiyasining ajralmas qismiga
aylantirishga intilishini kuchaytiradi.Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy
tartib-qoida bo‘lib, bu tartibqoidalar xatti-harakatni tartibga solish vazifasini bajaradi.
Jumladan, axloq, adolat, saxovat, halovat, halollik, rostgo‘ylik kabi tushunchalarni o‘z
ichiga oladi. U bizning kundalik ishlarimizga va ongimizga faol ta’sir ko'rsatib, jamiyat
nomidan yaxshilik bilan yomonlik, zulm, adolat bilan adolatsizlik o‘rtasidagi va
insoniy munosabatlardagi maqbul va nomaqbul, man etilmaydigan va man etiladigan
ishlarni, xatti-harakatlami belgilab beradi.
Axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat:
-
yosh avlodni jamiyatda qabul qilingan axloqiy me'yorlarga rioya qilishga
o'rgatib borish;
-
bolalarning hulqida ijobiy axloqiy odatlarni shakllantirish;
-o'quvchilarda vatanga muhabbat unga munosib farzand bo'lish, uning
qadriyatlaridan faxrlanish hislarini tarkib toptirish;
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
37
ISSN:3030-3613
-iymon va insof, so'z va ish birligi. insonparvarlik -jamiyatning asosiy
xususiyatlari bo'lib jamiyat va xalq manfaati uning baxt-saodati uchun kurashish
mas'uliyatini har bir fuqaro teran his etishi va unga amal qilishi lozim.
Shaxsni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda quyidagi axloqiy meʼyorlarga
asoslanish kutilgan samarani beradi:
1.Shaxs irodasini shakllantirish. Iroda ichki his-tuygʻu, ammo muhim insoniy
fazilatdir. Iroda kishida bilish, his qilish va chiniqish quvvatini hosil qiladi. Iroda
vositasida shaxs olam va odamni, voqea va hodisalarni anglab yetadi, haqiqatni teran
his qiladi, yaxshilik va yomonlik taʼsirida bardoshlilik koʻnikmasini hosil qiladi.
“Shaxsda iroda oʻz-oʻzidan paydo boʻlmaydi, balki u muayyan vaqt davomida
shakllantiriladi.
Faylasuf
olim
I.Saifnazarov
oʻz
tadqiqotlarida
maʼnaviy
barkamollikka erishish mumamosini tadqiq etar ekan, “…komillik uning koʻnglidagi,
irodasidagi tabiiy intilishga asoslanishi kerak”deydi, demak, irodali shaxs jamiyatning
ongli individi sifatida faoliyat koʻrsatadi, buning aksi boʻlgan irodasiz kishi esa ongsiz,
mute va oʻzgalarga qul sifatida shakllanadi. Inson maʼnaviy-axloqiy jihatdan
yuksalishi natijasida uning irodasi ham kuchayadi.
2.Shaxsni haqiqatgoʻy qilib voyaga yetkazish. Haqiqatgoʻylik muhim axloqiy
qadriyat sifatida shaxsning maʼnaviy – axloqiy qiyofasida alohida oʻrin tutadi.
Haqiqatga intilish shaxsni jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga yordam beradi. Shu
maʼnoda, haqiqatgoʻylik shaxs xarakterini shakllantiruvchi omillardan biridir.
3.Shaxsni insonparvar qilib voyaga yetkazish. Insonparvarlik shaxs faoliyatiga
taʼsir koʻrsatuvchi va uni baholovchi muhim axloqiy tamoyillardan biri. Shaxs oʻz
faoliyatida insonparvarlik fazilatini namoyon qilmas ekan, u jamiyatning ilgʻor
kishisiga aylana olmaydi. Zero, jamiyatimiz rivojining hozirgi bosqichida maʼnaviy-
axloqiy tarbiya muhim oʻrin tutadi. Chunki jamiyatimiz demokratik qadriyatlarni qabul
qilib borgan sari uning aʼzolarini “tarbiyalovchi” daʼvogarlar koʻpayib bormoqda.
Bunday sharoitda maʼnaviy-axloqiy tarbiya yoʻnalishlarini aniq belgilab olish dolzarb
masala hisoblanadi. Shu maʼnoda, maʼnaviy-axloqiy tarbiya quyidagi tamoyillarga
asoslanadi: maqsadlilik, onglilik, samaradorlik.
Bola maktabga kelgunga qadar oilada tarbiyalanadi. Ota-onalar bolalarining
maktab-o'quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta’minlash uchun quyidagilarga rioya
qilsalar maqsadga muvofiqdir:
-bolalarning darsga kech qolishlariga va sababsiz dars qoldirishlariga yo'l
qo'ymaslik;
-
ularning mashg'uloti uchun uyda qulay sharoit yaratish;
-bolalarning uy vazifalariga halollik bilan qarashga o'rgatish, ularning g'ayrat va
chidamliligini oshirish;
-
bolalani vijdonli va rostgo'y bo‘lishga, mustaqil ishlarga o'rgatish.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
38
ISSN:3030-3613
Ayrim statistik ma’lumotlarga qaraganda, bugungi intensiv turmush tarzini
kechirayotgan oilalarda ideal siymoga yaqin ota haftasiga farzandlari tarbiyasiga atigi
1,5 soat, ona - 4-5 soat, ish bilan mashg'ul deb qaraluvchi ota - 12 minut, ona - 3 soat
vaqtini ajratar ekan. Bundan ko'rinib turibdiki, bu ajratilgan vaqt bolalarning barkamol
shaxs sifatida qaror topishida yetarli emas.
Ota-onalarning o`z farzandlarini tarbiyalash uslublarini farqlash mumkin:
Giperprotektsiya – ota-ona tomonidan bolaning barcha istak, tilak va
ehtiyojlarini ko`r-ko`rona, tanqid va mulohazasiz qondirishga intilish; bolani har
qanday qiyinchiliklar va to`siqlardan himoya qilish, ota-onalarning farzandlariga
nisbatan haddan ziyod e’tibori bo`lib, bu ularning bola tarbiyasi uchun kuch, vaqt va
e’tiborni ayamasliklarida namoyon bo`ladi.
G’amxo`rlikdan ustun keladigan giperprotektsiya – bunda erkalatishdan ko`ra
otaona tomonidan bolasining har bir yurgan qadami va xatti-harakatini nazoratga olish
orqali unga e’tibor berish nazarda tutiladi. Shuning uchun bu tarbiya uslubida turli xil
ta’qiqlar, chegaralashlar (“u mumkin emas”, “bu mumkin emas” qabilida) bisyor
bo`ladi.
O`ta kuchli axloqiy mas’uliyat – bunda ota-ona tomonidan bolaga nisbatan
talablar darajasi yuqori bo`ladi, lekin uning asl xohish-istaklari, ehtiyojlari unchalik
e’tiborga olinmaydi. Masalan, “sen to`ng’ichimizsan, ukalaringga sen qarashing
kerak”, degan ma’noda unga oiladagi kichik a’zolarga yoki kasallikka chalingan oila
a’zosini parvarish qilish kabi mas’uliyatli va og’ir ishlar ham yuklanadi.
Emotsional raddiya – bunda ota-ona bolasini shunday tarbiyalaydiki, uning
otaona hayotida u o`ziga yarasha tashvish, ortiqcha yuk ekanligi, u bo`lmaganida
otaonaning hayoti boshqachi bo`lishi muntazam ravishda eslatib turiladi. “Sening
o`rningda o`g’il bo`lganda edi...” qabilidagi kesatiqlar tez-tez aytib turiladi.
Qattiqqo`llik – bir qarashda emotsional rad etishga o`xshaydi, lekin undan ochiqroq va
og’irroqdir. Qattiqqo`llik to`g’ridan-to`g’ri bolani yoshligidan kaltaklash, haqorat
qilish, kamsitish shaklida yoki bola ehtiyojlariga to`la befarqlik, uning boryo`qligini
go`yoki sezmaslik kabi ko`rinishlarda bo`lishi mumkin.Oilaning muhim vazifalaridan
yana biri-tarbiyadir. Oila-tarbiya maskani. Aynan shu maskanda dunyoga kelgan
farzand ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarni oladi, balki ulardagi xatti harakat,
axloq-odob qoidalarini ham egallab boradi. Ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-
oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oliy darajadagi qadriyatlar
ona suti, oila a’zolari mehri va namunasi bilan bola xulqi, xatti-harakati mazmuniga
singib boradi. «Qush uyasida ko‘rganini qiladi», degan purhikmat so‘zlar oila
tarbiyasining negizini tashkil etadi. Bolaning aqliy, axloqiy, estetik, iqtisodiy,
ekologik, jismoniy, ma’naviy, gigiyenik, jinsiy tarbiyasida oila asosiy omil va vosita
hisoblanadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
39
ISSN:3030-3613
Bu o‘rinda ota-ona-san’atkor, bola-san’at asari, tarbiya jarayoni esa san’atning
o‘zidir. San’at asarining muvaffaqiyati, jozibadorligi, umrboqiyligi san’atkorning
mahorati, saviyasiga bog‘liq. Ingliz olimi U.R. Bion kuzatishlarida onaning har bir
harakati, mimikalari bolaning tepasida turib ona farzandga qiladigan muomalasi,
erkalashlari bora-bora bola o‘zlashtiradigan alohida iboralar, so‘zlarda namoyon
boladi. Video tasmalarda shu narsa namoyon bo’lganki, onaning qiliqlari tobora
bolaning nutqli-nutqsiz, mantiqiy-mantiqsiz harakatlariga, ishoralariga aylanib boradi,
keyinchalik bola alohida so’zlarni talaffuz qila boshlaganda ham beixtiyor onaning
mimikalari, talaffuz uslublarini qaytaradi. Shu tariqa onaning bevosita ishtiroki va
yordamida bola dunyoni taniydi, o`rganadi. Tarbiya bir nеcha uslubda olib boriladi.
Bola aqlan rivojlanishi uchun unga turli kitoblar o'qib bеriladi, rivoyat va ibratli
hikoyatlar so'zlanadi yoki aql-zakovatini o'stiradigan o'yinlar, mashg'ulotlarga jalb
qilinadi. Ruhiy tarbiyasini yaxshilash uchun hayot va o'lim, yaxshilik va yomonlik,
axloq va odob kabi boqiy mavzularda sodda, bola ruhiyatiga mos suhbat va tushuntirish
olib boriladi. Jismoniy tarbiya bеrish uchun esa biror foydali mеhnatga jalb qilish,
suzish, mеrganlik, chavandozlik, kabi mashg'ulotlarni o'rgatish mumkin. Sharq
mutafakkirlari merosida taʼlim-tarbiya, xususan, oilaviy tarbiya masalalariga keng
oʻrin berilgan. Ular bolalarni tarbiyalashni jamiyat taqdirini, millatning kelajagini
belgilaydigan asosiy mezon deb hisoblaganlar.
Buyuk vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino yosh avlod tarbiyasining ibtidosi qanday
va nimalar bilan bo'lishi haqida quyidagilarni aytgan edi: «Yosh bola boshlang'ich
ta'lim va tilga doir qoidalarni yod olganidan kеyin u mashg'ul bo'lishi mumkin bo'lgan
kasbhunar va san'atga moyilligiga qarab, uni shunga yo'llaymiz. Agar u kotiblikni
xohlasa, til, xat yozish, nutq so'zlash va odamlar bilan muomala qilish kabilarga dalolat
qilamiz. Albatta, bu o'rinda, bolaning mayli ahamiyatga ega»
A.Fitrat o‘zining “Oila” asarida farzand tarbiyasida badan tarbiya, aqliy tarbiya
va axloqiy tarbiyaning o‘rni muhimligini ta’kidlab ular haqida o‘z qarashlarini yoritib
o’tgan. A.Fitrat axloqiy tarbiya farzand tarbiyasida alohida o‘rin egallashini keltirib
o’tgan. U o’z asarida ‘‘O‘zingiz xohlaganingizcha bolangizning aqliy va badan
tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lishingiz mumkin va qo‘lingizdan kelguncha uni dono va
baquvvat qiling. Lekin axloqiy tarbiya talab darajasida bo‘lmasa, aqliy va jismoniy
kuchini o‘zi yoki atrofdagilar zarariga ishlatadi. Binobarin, bolaning aqliy va jismoniy
tarbiyasi samarasiz qolmasligi uchun farzandning axloqiy tarbiyasi bilan jiddiy
shug‘ullanib ko‘p harakat qilish lozimligini’’ ta’kidlaydi.
Sadiy Shеroziyning pеdagogik qarashicha bola qobiliyatli va kamqobiliyatli
bo'lishi mumkin. Qobiliyat o'z-o'zidan rivojlanmaydi. Uning rivojlanishi uchun bolani
tarbiyalash kеrak, tarbiya bo'lmasa, boladagi qobiliyat so'nadi, tarbiyani 3 asosiy -
aqliy, nafosat va jismoniy mеhnat tarbiyasiga bo'ladi. Adib bolani tarbiyalash
vazifasini ularning ota-onalariga, ya'ni oilaviy tarbiyaga katta e'tibor beradi. Sadiy
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
40
ISSN:3030-3613
Shеroziy otaonalarga xarakterini hisobga olgan holda axloqiy tarbiyani bolaning
yoshligidan boshlashni tavsiya etadi, xarakter shakllangach, bolaga nasihat ta'sir
etmaydi.
A. Freyd nazariyasiga ko`ra, ana shunday jazoga hukm etilgan bola tobora
agressiv bo`lib borib, o`zida alamni qaysidir bir ob’ektdan (o`zidan kichiklardan,
begonalardan, hayvonlardan) olishga qasd qiladigan, qasoskor bo`lib o`sadi.
Ma’lumotlarga ko`ra, Amerikada ko`cha bolalarining kamida 1%i oilada ayni shunday
tarbiyaning qurbonidirlar.
XULOSA
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, komil insoni shaklanishida oilaning roli
muhimligini e’tiborga olgan holda ota-onalar va boshqa oila a’zolari birdek harakat
qilishlari zarur. Farzand tarbiya qilish davomida yuqorida sanab o’tilgan tarbiya
uslublaridan foydalanishlari farzandlarining tarbiyasiga yomon ta’sir qilishini inobatga
olishlari kerak. Shaxs tarbiyasini yoshga to‘lgandan keyin emas balki ona qornidalik
paytidan boshlash maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Д.Чўлиева "Шарқ алломалари ижодида фарзанд тарбияси масаласи"
2.
“Oriental Art and Culture” Scientific-Methodical Journal – (2) I/2020
3.
Ismailova Zuxra Karabayevna ‘‘Pedagogika’’ Toshkent - «Moliya» - 2007
4.
Y. Rasulova, О.Nurmatova ‘‘Pedagogika’’ «Voris-Nashriyot» Toshkent – 2009
5.
X.Ibragimov, SH.Abdullayeva ‘‘Pedagogika
Nazariyasi’’
«Fan va
Texnologiya», 2008