T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
31
ISSN:3030-3613
OʻQUVCHILAR ORASIDA LIDERLIK HAMDA YETAKCHILIK
XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
G'opurova Gulshoda Durdiboy qizi.
Xorazm viloyati Hazorasp tumani
27-sonli maktab psixologi
Annotatsiya:
Liderlikning asosiy xususiyatlaridan biri - yoshlar orasida “bir
qadam oldin”da bo‘lish. U yangiliklardan doimo xabardor, boshqalar uchun ochiq
bo‘lmagan axborotga ega bo‘lishi kerak. Barcha jabhada yoki sohada axborotga
egalik qilish boshqalardan ustun bo‘lish imkonini beradi. Yetakchi bunday manbani
qayerdan, qanday topishni yaxshi biladi. Bunday axborotga ega bo‘lmagan o‘spirinlar
uning o‘rnini xayol, gumon va shubha bilan to‘ldiradi. Ular hayotidagi unutilmas kun
yoki umuman bo‘lmagan voqealar bilan o‘rtoqlashadilar, bunday narsalarni yaxshi
qabul qiladilar.
Kalit so‘zlar:
liderlik, agressevlik, alturizm, stress, abulya, paraabulya, genetic
asos, ijtimoiy omil, sotsiogenetik qonun, aksentuatsiya, tafakkur, individ, ruhiy holat,
psixik jarayonlar, shaxs.
KIRISH
Ushbu maqolada liderlikning asosiy jihatlari va uning shakllanish bosqichlari
haqida gap boradi. Shuningdek, dastlab uning qay tarzda namoyon bo‘lishi, uning
rivojlanishi hamda qay tartibda amalga oshishi to‘g‘risida ham fikr yuritiladi. Bolalarda
liderlikning ilk ko‘rinishlari haqida ham mulohazalar yuritiladi.
Insonni har tomonlama
barkamol etib tarbiyalash bashariyatning azaliy orzusi bo‘lib, ajdodlarimiz yosh
avlodlarga ma’rifat va madaniyatni o‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yo‘llari,
qonun-qoidalarini izlaganlar. Aristoteldan keyin, Sharq va G‘arbda “Muallimi soniy”,
ya’ni “Ikkinchi muallim” nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Nasr Forobiy “Fozil
odamlar shahri”, “Yaxshi xulqlar”, “Baxt- saodatga erishish haqida” kabi asarlarida
sardor, yetakchiga xos xislatlar haqida yozadi. Forobiy bunday fazilatlar deganda,
bilimdonlik, donolik, mulohazalilik va vijdonlilik, kamtarlik, jamoa manfaatlarini
yuqori qo‘yish, haqiqiy ma’naviy komillikka intilish, adolatli bo‘lish kabi xislatlarni
tushungan.«Yetakchi» so‘zi guruh a’zolariga ta’sir o‘tkazuvchi va maqsadga
yetaklovchi shaxsga nisbatan qo‘llaniladi. Ilmiy adabiyotlarda ba’zan «lider» so‘zini
«yetakchi» atamasi bilan almashtirish hollari ham uchraydi. Yetakchi - o‘z atrofidagi
odamlarning fikri va xulq-atvoriga ijobiy ta’sir o‘tkaza oladigan, maqsadli vazifalarni
amalga oshirish qobiliyatiga va yuqori shaxsiy mavqega ega bo‘lgan ijtimoiy guruh
a’zosi. Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
32
ISSN:3030-3613
insonda shakllangan qobiliyatga suyanish va qobiliyatni imkoniyatga qarab, namoyon
etish holatidir.
Yoshlar yetakchilariga xos xususiyatlarni quyidagi toifalarga bo‘lish mumkin:
•
ishonch - o‘z bilim va tajribasini qo‘llash;
•
faollik - g‘ayrat bilan harakat qila olish;
•
tashabbuskorlik - faollikning ijodiy namoyon bo‘lishi, g‘oyalar,
takliflarni ilgari surish;
•
bilimdonlik - ishni chuqur bilish orqali namoyon qilish;
•
kirishimlilik - o‘zgalar bilan muloqotga tez kirishish, samimiy bo‘lish,
insonlararo muloqotga ehtiyoj;
•
zehnlilik - voqea-hodisaning mohiyatini tezda anglash, uning sabab va
natijasini oldindan ko‘ra bilish, eng muhimini aniqlay olish;
•
qunt-matonatlilik - iroda kuchini namoyon qila olish, qat’iyatlik, ishni
yakuniga yetkaza olish;
•
dadillik - his-tuyg‘u va harakatlarini, ayniqsa, qiyin vaziyatlarda nazorat
qila olish;
•
mehnatkashlik - bardoshlilik, murakkab vazifalarni bajara olish qobiliyati;
•
kuzatuvchanlik - ishni ko‘ra bilish, yo‘l-yo‘lakay muhimini ajratish,
mayda- chuyda narsalarni fahmlay olish;
•
tartiblilik - o‘z xatti-harakatlarini rejalashtira olish, ketma-ketlikni aniqlay
olish;
•
mustaqillik - mulohaza yuritishda mustaqillik, mas’uliyatni o‘z
zimmasiga olish.
Yoshlar yetakchisining o‘ziga xos xususiyatlari, ya’ni yetakchilik iste’dodining
boshqalardan farqli ko‘rsatkichlari qatorida yana quyidagilarni qayd etish mumkin:
•
tashkilotchilik ziyrakligi - o‘zgalarni tushunish, ularning ichki olamiga
kira olish, individual fazilati, kayfiyatini inobatga olgan holda masalaga yondashish;
•
faol psixologik ta’sir kuchiga egalik - yuzaga kelgan vaziyatni hisobga
olgan holda, ularning xususiyatidan kelib chiqib, insonlarga turli usullar bilan ta’sir
o‘tkaza olish;
•
yetakchilik mas’uliyatini o‘ziga olish.
Yetakchining asosiy xususiyatlaridan biri - yoshlar orasida “bir qadam oldin”da
bo‘lish. U yangiliklardan doimo xabardor, boshqalar uchun ochiq bo‘lmagan axborotga
ega bo‘lishi kerak. Barcha jabhada yoki sohada axborotga egalik qilish boshqalardan
ustun bo‘lish imkonini beradi. Yetakchi bunday manbani qayerdan, qanday topishni
yaxshi biladi. Bunday axborotga ega bo‘lmagan o‘spirinlar uning o‘rnini xayol, gumon
va shubha bilan to‘ldiradi. Ular hayotidagi unutilmas kun yoki umuman bo‘lmagan
voqealar bilan o‘rtoqlashadilar, bunday narsalarni yaxshi qabul qiladilar. Shu tariqa
o‘spirinning yetakchilik xususiyatlari o‘z fikrini erkin bildirishida namoyon bo‘ladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
33
ISSN:3030-3613
Yoshlar yetakchisi aniq dalil va isbotlar bilan o‘z bilimini boyita oladi. Bunday holatda
yetakchiga nisbatan ishonch ortadi.
Yosh yetakchining yana bir xususiyati shundaki, u o‘ziga xos va takrorlanmas
fikrlarni dadil bildira oladi. U fikrlarini qiziqarli tarzda ifodalaydi va boshqalardan ham
dadillik kutadi. Bunday xususiyatga ega bo‘lgan yetakchiga yoshlar ishonadi va unga
ergashadi. Shuning uchun yoshlarga yetakchilik xususiyatlari bilan birga axloqiy
qoidalar asosi va ko‘nikmalarini singdirish hamda har bir xatti-harakatning natija va
oqibatlarini anglashni o‘rgatish kerak. Bu, o‘z navbatida, barkamol, yetuk insonni
shakllantirish imkonini beradi. Yoshlar va o‘spirinlar ichida turli ijtimoiy guruhlar,
harakatlarga a’zo bo‘lish alohida ahamiyat kasb etadi.
Rahbar uchun zarur xususiyatlardan yana biri - shaxsning o‘ziga bo‘lgan
ishonchi. O‘ziga ishonchi bo‘lmagan rahbar vaziyat o‘zgarishi sababli o‘z qarorini
o‘zgartirishi tabiiy. Bunday jamoada xodimlar o‘z rahbarini suyanchiq sifatida
ko‘rmaydilar. Yetakchi ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy holatlarda sherigi yoki
hamkorida ishonch uyg‘otishi, ishning muvaffaqiyatiga kafolat berishi, mas’uliyatni
his etishi zamonaviy rahbar uchun muhim fazilat ekanini anglashi lozim. Bu jarayonda
“ishonch” tushunchasi asosiy o‘rin egallaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, o’smirlarning yetakchilik faoliyatiga salbiy tasir
ko’rsatuvchi sabablar yoki to’siqlardan biri bu ularning omma oldida yoki sinf
xonasi,dars jarayonida o’z fikrlarini erkin mustaqil ayta olmasligi, o’smirlik yoshini
boshdan kechirayotgan davrda hissiy sergirlik ya’ni salbiy fikr yoki mulohazaga berilib
ketuvchanlik shu bilan birga jizzakilik ,ota – onasi yoki atrofdagilarga o’zini ustunligini
turli xil vosita,odatlar orqali ko’rsatishga urinish, umumlashtirib aytganda ularning
psixologik ma’naviy o’zgarishlar ularning o’tish davridagi o’zini tutishi va liderlikka
intilishida salbiy namoyon bo’ladi.Eng katta to’siq bu ularning o’smirlik yoshida
fikrlar va atrofdagilarga osongina ko’r-ko’rona ergashib ketishida va simpatiyaga
berilib ketishlarida uchraydi.
Bu to’siqlarni yengil o’tish uchun o’spirinlar atrofidagi asosiy shaxslar uning
ota-onasi katta ahamiyat kasb etadi chunki aynan oila muhiti o’spirinda asosiy
rivojlanish hatto liderlikka harakat qiluvchi turtki vazifasini bajaradi. Oilada ota va
onaga qarab o’spirin tashqi olamni anglay boshlaydi va shu jihatdan idrok etadi. Agar
tarbiya sog’lom muhitida shakllantirilgan bo’lsa o’spirinda liderlik qobilyati
shakllanishida to’siqqa uchrash foizi kamayadi bu esa o’z –o’zidan ospirinning liderlik
qobilyati kamchiliksiz shakllanishida muvaffaqiyatli amalga oshadi degani.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, yetakchi shaxs tug‘ma qobiliyatining yetarli
darajada shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Yuqorida aytganimizdek, yetakchining
asosiy xususiyatlaridan biri - guruh manfaati haqida g‘amxo‘rlik. Shuning uchun
“yetakchi” ta’rifidagi asosiy ma’no shaxsning vaziyatni muvaffaqiyatli hal eta olish
qobiliyati va guruh maqsadi yo‘lidagi jonbozligi deb tushunilishi mumkin.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
34
ISSN:3030-3613
Yetakchilikni rivojlantirish aniq maqsadga yo‘naltirgan holda tegishli
ko‘nikmalarni shakllantirish hamda mustahkamlashdir. Yoshlar tashkilotida
yetakchilik bilan boshqarish muammosining ushbu jihati yetakchilik qobiliyatini
o‘rgatish hamda o‘zi ham o‘rganish, motivlashtirish, treninglar va amaliy tajriba orqali
yanada rivojlantirish imkonini hisobga oladi.Demak, zamonaviy yetakchi guruhda
yetakchilik qobiliyati, umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari bilan boshqalardan ajralib
turadi.15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan davr o‘spirinlik davridir. O‘spirinlar 8-10 sinf
o‘quvchilari bo‘lib,ular oldida kelgusida kim bo‘lish, qanday faoliyat turi bilan
shug‘ullanish kerak degan tashvish turadi.
Bu yoshdagi bolalar o‘smirlardan farq qiladi.Agar o‘smirlikda o‘quvchining
asosiy faoliyati o‘qish bo‘lgan bo‘lsa, yuqori sinf o‘quvchilarining faoliyati o‘qish,
bilim olish va mehnatga tayyorlanishdan iborat bo‘ladi.
O‘spirinlik davrida o‘quv faoliyatining murakkablashishi, ularning yangi
jamoada tutgan o‘rni ulardan ko‘p narsa talab qiladi. O‘spirinlarning maktab hayotida,
oilada tutgan mavqei o‘zgaradi, ya’ni o‘zidan kichiklarga nisbatan boshliq, tashkilotchi
va tarbiyachi bo‘lish talab qilinadi.18 yoshda kattalikka erishadi. Organizmning o‘sishi
to‘xtaydi, «tinch» davr boshlanadi. Organlarning tarkib topishi va organizm
to‘qimalarining takomillashishi nihoyasiga etadi. Jismoniy rivojlanish shaxsning ba’zi
bir xususiyatlarini va bundan keyingi hayotiy faoliyatini belgilashga ta’sir ko‘rsatadi.
Amerikalik tadqiqotchilar Mans va Simslarning fikricha, eng yaxshi lider – bu
“superlider”dir. Bu shunday shaxski, u o’z xodimlarining aksariyatini liderlarga,
birinchi navbatda o’zlari uchun liderlarga aylantira oladi. Bundagi asosiy g’oya
shundan iboratki, agar odam eng avvalo o’zi uchun lider bo’la olsa, o’zidagi bu malaka
yoki mahoratni boshqalarga yetkaza olsagina, bu odam uchun shunday vaqtsoat yetib
keladiki, jamoa o’zi mustaqil ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib turadigan
insonga muhtoj bo’lmagan mexanizmga aylanadi. Bu – superliderlikdir. Demak,
samarali boshqaruv – aslida ijtimoiy ta’sirni amalga oshirishning eng namoyishkorona
ko’rinishidir. Shu ma’noda, liderlik – avval shaxsning o’ziga, so’ngra o’zgalarga bera
oladigan ta’sirida ko’rinadigan fazilatlar majmuidir, deb ta’riflanadi.
XULOSA
Shuni ta’kidlash mumkinki, atrof muhit o’spirinning liderlik qobilyatini
rivojlantirishda asosiy rol o’ynabgina qolmay aynan shu muhit o’spirinni yetakchilik
qobilyatini mukammalashib borishida to’siqlar ham yaratadi. Bundan tashqari,
o’spirinda qanchalik ko’p yetakchilik qobilyatlari shakllantirlsa va tarbiya orqali
singdirib borilsa ko’zlangan maqsadga osongina erishish mumkin bo’ladi.Avvalo,
o’spiringa berilgan tarbiya va shu muhit asnosida qilingan ta’sir albatta o’spirinda
tas’rini ko’rsatib qolmay uning tashqi atrofdagilarni o’ziga ergashtira olishiga va ularni
boshqarishda ta’sir ko’rsatishni kafolatlaydi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
35
ISSN:3030-3613
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -T.: “Ma’naviyat”, 2008.
2.
Raximova D., Bekmurodov M. Liderlik va tashkilot madaniyati.-T.:
3.
“Akademiya”, 2006
4.
Razzoqov Sh. Rahbarlik san’ati. -T.: “Sharq”, 1997-yil.124-b.
5.
Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. -T.: “Akademiya”, 2006.241b
6.
B .M . Umarov PSIXOLOGIYA «Voris-nashriyot» Toshkent – 2012
7.
SH.A.Do‘stmuhamedova,X.A.Tillashayxova,G.Baykunusova, G.Ziyavitdinova
UMUMIY PSIXOLOGIYА (2- KITOB) ( Yosh davrlari va pedagogik
psixologiya) Toshkent- 2020