Mualliflar

  • Urunbayeva Yulduz Pirnazarovna
  • Beknazarov Sherbek

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112311

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: aholi demografiya mehnat rerurslari depopulyatsiya iqtisodiy o’sish aholi kamayib borishi ishchi kuchi taqchilligi jahon reytinglari

Annotasiya

       Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  aholining  kamayib  ketishing  iqtisodiyotga 
ta’siri,  dunyo  bo’yicha  ko’plab  mamlakatlarda  aholining  kamayib  borayotganligi, 
jumladan  mamlakatimiz  aholisining  o’sish  sur’atining  pasayish  tendensiyasini 
ko’rsatayotganligi, bunga sabab bo’layotgan omillar haqida fikr yuritiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

25

ISSN:3030-3613

MAMLAKAT AHOLISI O’SISH SUR’ATI PASAYIB KETISHINING

IQTISODIYOTGA TA’SIRI

Urunbayeva Yulduz Pirnazarovna

Samarqand iqtisodiyot va servis

instituti (PhD) i.f.d, dotsenti

Beknazarov Sherbek

Samarqand iqtisodiyot va servis

instituti XIM-S 124-guruh talabasi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada aholining kamayib ketishing iqtisodiyotga

ta’siri, dunyo bo’yicha ko’plab mamlakatlarda aholining kamayib borayotganligi,
jumladan mamlakatimiz aholisining o’sish sur’atining pasayish tendensiyasini
ko’rsatayotganligi, bunga sabab bo’layotgan omillar haqida fikr yuritiladi.

Abstract:

This article discusses the impact of population decline on the

economy, the fact that populations are declining in many countries around the world,
including our country, which is showing a downward trend in population growth, and
the factors causing this.

Kalit so’zlar:

aholi; demografiya; mehnat rerurslari; depopulyatsiya; iqtisodiy

o’sish; aholi kamayib borishi, ishchi kuchi taqchilligi; jahon reytinglari;

Keywords:

population; demography; labor resources; depopulation; economic

growth; population decline, labor shortage; world rankings;

Dunyo tobora globallashib, zamon tahlikali bo’lib bormoqda. Shunday ekan,

bunday davrda mamlakat jahon miqyosida munosib o'rin o'rin egallashi va bu yo'lda
da'dil qadam tashlamog'i lozim. Albatta, har qanday davlat jahon reytinglarida munosib
o'rinlarni egallashi uchun iqtisodiy ko'rsatkichlari yuqori bo'lishi kerak. Iqtisodiyot
rivojlanishi uchun esa iqtisodiy qonunlar tóg’ri yo’lga qo'yilishi, davlat ichki va tashqi
siyosati samarali olib borilishi va aynan shu mamlakat yetarlicha mehnat resurslariga
ega bo’lishi kerak. Yetarlicha mehnat resursiga ega bo'lish uchun esa aholining o’sish
sur’ati doim yuqori bo'lishi kerak[1].

Bugungi kunda jahon miqyosida rivojlangan mamlakatlarning asosiy

muammolaridan biri aholining o’sish sur’ati pasayib ketishi va natijada mehnat
resursining yetishmovchigi yuzaga kelmoqda. Jumladan, dunyoning ko’plab
mamlakatlarida aholi soni kamayishda davom etmoqda. Bu esa jahon iqtisodiyoti
uchun yana bir yirik muammo aylanib bormoqda. Xususan, aholi soni bo’yicha ko’p
yillardan beri yuqori o’rinni egallab kelgan Xitoyda ham o’tgan bir necha yillardan beri
tug’ilish ko’rsatkichi kamayib bormoqda. Natijada esa, bir paytlar har ikkinchiga bola
tug’ilishiga taqiq va jarimalar qo’ygan davlat bugungi kunda imtiyoz va mukofotlar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

26

ISSN:3030-3613

tayinlab tug’ilishni ko'paytirmoqchi. Jahon miqyosida aholining kamayib borishi ilmiy
adabiyotlarda depopulyatsya deb yuritiladi. Dunyo aholisining o’sish sur’ating pasayib
borishi yil sayin jadallashib bormoqda. Jahon miqyosida aholi demografiyasi ustida har
yili statistik tadqiqotlar olib boriladi. Har qanday mamlakat taraqqiyotining asosi
bo’lgan ishlab chiqarishning ajralmas 4 omilidan biri hisoblangan mehnat
resurslarining yetarli bo’lishi juda muhimdir.

Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohasida sun’iy idrokka ega aqlli texnika

va texnologiyalarning keng ko’lamda qo’llanilishiga qaramasdan malakali mehnat
resurslariga bo’lgan talab har doimgidan ham yuqori bo’lib bormoqda.
Iqtisodchilarning ta’kidlashicha u yoki bu mamlakat aholisining kamayishi yoki o’sish
sur’atining pasayishi asosan rivojlangan, aholisi to’q va farovon yashaydigan
mamlakatlarda kuzatiladi. Jumladan, Yevropa mamlakatlarining deyarli hammasida
aholining kamayishi kuzatilmoqda. Yuqoridagi fikrimizga dalil sifatida aytishimiz
mumkinki, Yevropa mamlakatlarining deyarli hammasi rivojlangan, iqtisodiy
ko’rsatkichlari bo’yicha jahon reytinglarida yuqori o’rinlarni egallab kelmoqda. Bu
mamlakatlar mehnat resurslariga bo’lgan bo’lgan talabni tashqi mamlakatlardan
asosan Osiyo va Afrika qit’asining rivojlanayotgan mamlakatlaridan import qilish
orqali qoplamoqda[2].
O’zbekiston ham hozirda rivojlanayotgan mamlakatlar sirasiga kiradi.
O’zbekiston aholisi 2025-yilning 1-aprel holatiga ko’ra 37.7 mln kishini tashkil etgan.
Mamlakatimiz aholisi o’tgan yilning mos shu davri bilan qiyoslaganda 2 foizga oshgan.
Bu ko’rsatkich ham ya’niy yillik o’sish sur’ati ham o’tgan bir necha yillardan beri 2
foizdan oshmayapti. 2025-yilning birinchi choragi statistikasiga binoan aholi kuniga
1.7 ming kishiga ko’paymoqda. Bu o’rinda yana bir statistik ma’mulotga e’tibor
qaratish lozim. Mamlakatimiz aholisi 2023-yilning birinchi choragida 172.8 ming
kishiga, 2024-yilning birinchi choragida 163.5 ming kishiga 2025-yilning birinchi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

27

ISSN:3030-3613

choragida esa 154.6 ming kishiga ko’paygan. Ko’rishimiz mumkinki, aholi o’sish
sur'ati o’tgan 3 yildan pasayish tendensiyasini namoyon qilmoqda[3].

Xo’sh, bunday holatni ro’y berishiga qanday omillar ta’sir qilmoqda? Aholi

o’sish sur’atining pasayishi sodir bo’lishiga jahon tajribasida bo’lganidek mamlakat
rivojlangan mamlakatlar qatoriga yaqinlashib qolganidan darak beradimi yoki boshqa
omillar ta’sirida bu holat ro’y bermoqdami? Jahon miqyosida aholining o’sish
sur’atining sekinlashuvi dunyo tajribasida shu kungacha faqatgina rivojlangan
mamlakatlarda qayd etilgan deb ta’kidlab o’tdik.(urush bo’layotgan va pandemik
kasalliklar tarqalgan mamlakatlardan tashqari). Keling, birinchi taxminiy omil
bo’yicha biroz statistik ma’lumotlarni keltirib o’tamiz ya'niy O’zbekistonni
rivojlangan mamlakatlar qatoriga qo’shilishiga asos bo’luvchi rengtinglarni keltirib
o’tamiz. YaIM hajmi 2024-yil yakunlariga ko’ra 114.9 mlrd dollarni tashkil qilgan.
Aholi jon boshiga hisoblab chiqilganda har bir kishiga 3093 dollarni tashkil qilgan. Bu
ko’rsatkich bo’yicha ya’niy aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi yalpi ichki mahsulot
hajmi bo’yicha 2024-yil dunyo bo’yicha 67-o’rinni, xalqaro xarid qobiliyati bo’yicha
57-o’rinni, inson taraqqiyoti indeksida 119-o’rinni, shaffoflik indeksi bo’yicha 180ta
mamlakat ichida 174-o’rinni, global tinchlik indeksi bo’yicha 144 mamlakat orasida
106-o’rinni egallab turibdi. 2024-yil yakunlari bo’yicha mamlakatimiz iqtisodiy
ko’rsatkichlari bo’yicha tez sur’atlarda o’sib borayotgan mamlakat sifatida ta’nilgan[4]
Yillik o’sish 5.6-65.5 foiz oralig’ida bo’lgan.

Iqtisodiyotimiz tez sur'atlarda o’sib borayotganiga qaramay jahon

rengtinglarida hali hamon qoniqarli o’rinlarni egallab kelmoqdamiz. Birinchi omil
aholi o’sishi sekinlashuviga ta’sir qilmayotganini dalillar asosida ko’rib chiqdek. Endi
boshqa omillar haqida to’xtalib o’tamiz. Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki
aholi kamayishiga quyidagi omillar ta’sir qilmoqda: tug’ilish darajasining pasayib
borayotgani(bunga sabab jamiyatimizda ayollarning roli va ijtimoiy mavqei oshib
borayotgani); nikohlar sonining kamayib borayotgani; ajrimlar soni yil sayin oshib
borayotgani; o’limlarning ko’payib borayotgani; demografik tarkibdagi o’zgarishlarni
keltirishimiz mumkin. Doimiy yashovchi aholining chet elga migratsiya
qilishining(umrbod yashash uchun) yil sayin oshib borishi ham mehnat resurslarining
kamayib borishiga o’z hissasini qo’shmoqda. Aholining kamayishi-bu koʻplab
mamlakatlarda kuzatiladigan demografik tendensiya boʻlib, u ijtimoiy-iqtisodiy,
ekologik va madaniy sohalarga chuqur taʼsir koʻrsatadi. Quyida bu jarayonning
sabablari, oqibatlari va yechim yoʻllari tahlil qilib o’tamiz:
1. Aholi kamayishining global sabablari
- Tugʻilish darajasining pasayishi: 1950-yilda global tugʻilish koʻrsatkichi har bir
ayolga 4.7 bola boʻlsa, 2023-yilda 2.2 ga tushgan. 2100-yilga kelib bu koʻrsatkich 1.7
ga yetishi kutilmoqda .


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

28

ISSN:3030-3613

- Demografik oʻtish modeli: Iqtisodiy rivojlanish ayollarning taʼlim va ish bilan
shugʻullanish imkoniyatlarini kengaytiradi, bu esa tugʻilishni kechiktirishga olib
keladi. Masalan, Xitoyda bir bolalik siyosati bekor qilinganiga qaramay, ayollar
ijtimoy erkinlikni saqlab qolmoqda.
- Urbanizatsiya va hayot xarajatlarining oshishi: Shaharlarda bolalarni parvarish
qilish xarajatlari yuqori, bu esa oilalarni kichikroq qurishga undaydi.

2. Aholi kamayishining iqtisodiy oqibatlari:
- Ishchi kuchi qisqarishi: Mehnatga layoqatli yoshdagilar sonining kamayishi ishlab
chiqarish va soliq tushumlarini pasaytiradi. Masalan, Yaponiyada 2050-yilga kelib har
bir nafaqaxoʻrga atigi 1.4 ishchi toʻgʻri keladi. Bu ko’rsatkich 1990-yilda 5.8 edi.
- Pensiya tizimining bosimi: Xitoyda asosiy davlat pensiya jamgʻarmasi 2035-yilga
kelib tugashi mumkin.
- Innovatsiyaning susayishi: Yosh ishchilar va tadbirkorlar soni kamayishi texnologik
taraqqiyotni sekinlashtirishi mumkin.
Aholi kamayib borishining ba’zi ijobiy tomonlari ham bor. Ularga jumladan
quyidagilarni keltirish mumkin:
- Mehnat unumdorligining oshishi: Aholi kamaygan 19 mamlakatda shu jumladan
Yaponiya, Germaniya ishsizlik pasaygan, mehnatga ishtirok darajasi va jon boshiga
YaIM oshgan. Misol uchun, Yaponiya aholisi 2012–2022-yillarda 2% ga kamaygan
boʻlsa-da, jon boshiga YaiM 7.5% ga oshdi.
- Ish haqining koʻtarilishi: Mehnat tanqisligi ishchilarning muzokara kuchini oshiradi,
bu esa daromadlarning oshishiga yordam beradi.
- Ekologik foyda: Aholi kamayishi resurslar isteʼmoli va uglerod izini kamaytiradi.
Masalan, odamlar sonining ikki baravar oshishi 50 yil ichida yovvoyi tabiat
populyatsiyasini 69% ga qisqartirdi.
3. Ijtimoiy va siyosiy oqibatlar:
- Qarish jamiyati: 2050-yilga kelib rivojlangan mamlakatlarda ishchi kuchi ulushi
59% ga tushishi kutilmoqda. Hozirda bu ko’rsatkich 69% ni tashkil qiladi. Bu sogʻliqni
saqlash va parvarish xizmatlariga talabni oshiradi.
- Migratsiya siyosatining oʻzgarishi: Aholi kamayayotgan mamlakatlar masalan,
Germaniya, Kanada da malakali immigrantlarni jalb qilish uchun chegaralarni
ochishga majbur.
- Gender tengligi: Tugʻilishning pasayishi ayollar taʼlimi va ish faoliyatining oshishi
bilan bogʻliq. Skandinaviya mamlakatlarida ota-ona uchun keng imtiyozlar tugʻilish
darajasini barqarorlashtirdi.
4. Ekologik taʼsiri quyidagilardan iborat:


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

29

ISSN:3030-3613

- Atrof-muhit bosimining pasayishi: Global aholining 2064-yilda choʻqqiga (9.7
milliard) chiqib, keyin pasayishi (2100-yilda 8.8 milliard) resurslar isteʼmoli va
ekotizimlarni tiklash imkoniyatini beradi.
- Biodiversitetni himoya qilish: Odam faoliyati yer yuzining 70% dan ortigʻini
oʻzgartirdi. Aholining kamayishi yoʻqolib borayotgan turlarni himoya qilishga yordam
beradi.
5. Oʻzbekiston kontekstida demografik muammolar:
- Hozirgi holat: Oʻzbekistonda aholi hali ham oʻsmoqda, lekin tugʻilish darajasi 2024-
yilda 3.2% ga pasaygan. Bunga sabab shaharlarda ayollar taʼlim darajasining oshishi
va koʻp bolalilik modelining oʻzgarishi.
- Iqtisodiy bosim: Har yili mehnat bozoriga 500 ming yangi ishchi kiradi. Agar ish
oʻrinlari yaratilmasa, ishsizlik va migratsiya kuchayishi mumkin.
- Strategik tavsiyalar:
- Inson kapitaliga sarmoya: taʼlim va kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash orqali mehnat
unumdorligini oshirish;

- Demografik dividenddan foydalanish: Yosh aholi ulushi (30.1%) ishlab chiqarishni

diversifikatsiya qilish uchun imkoniyatdir;

6. Davlatlar uchun strategiyalar:

- Mehnat bozorini moslashtirish: Pensiya yoshini koʻtarish, telejobbingni rivojlantirish,
keksalarga qulay infratuzilma yaratish.
- Tugʻilishni ragʻbatlantirish: Bolali oilalarga moliyaviy yordam;
- Barqaror iqtisodiyotga oʻtish: "Teksisiz oʻsish" (degrowth) modeli — resurs isteʼmoli
oʻrniga hayot sifatini koʻtarishga eʼtibor.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, aholi kamayishi — nafaqat qiyinchilik,
balki jamiyatni modernizatsiya qilish, ekologik barqarorlikni kuchaytirish va inson
farovonligini markazga qoʻyish uchun imkoniyatdir. Aholi kamayib borayotgan bir
davrda ham biz quyidagilarni amalga oshirgan holda faravon jamiyat qurishimiz
mumkin:
1. Iqtisodiy strategiyani qayta koʻrib chiqish: YaIM oʻsishi emas, balki aholi jon
boshiga daromadni oshirishni maqsad qilish;
2. Gender tengligi va reproduktiv salomatlikni ragʻbatlantirish: Ayollarning oʻqishi va
ishlashi tugʻilishni kamaytirsa ham, uzoq muddatda farovonlikni oshiradi;
3. Migratsiyani boshqarish: Demografik nomuvozanatni yumshatish uchun malakali
mehnat muhojirlarini jalb qilish.
Oʻzbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun aholi dinamikasini "xavf"
emas, balki inson kapitali sifatida qayta talqin qilish asosiy vazifadir. Jahon tajribasi
shuni koʻrsatadiki, aholi kamayishi bilan bogʻliq muammolar innovatsiyalar, ijtimoiy
islohotlar va atrof-muhitni tiklash orqali bartaraf etilishi mumkin. To’g’ri hozirgi
davrda mamlakatimizda mavjud bo’lgan mehnat resurslari ichki ehtiyojni to’liq


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

30

ISSN:3030-3613

qondiribgina qolmay, tashqi mehnat bozorlarini ham bir nechtasini malakali va arzon
mehnat resurslari bilan ta’minlab kelmoqda. Ammo mamlakatimizda yuz berayotgan
depopulyatsiya jarayoni agar shu tarzda o’sib borishda davom etsa kelajakda bu holat
davlatimiz, milliy iqtisodiyotimiz uchun jiddiy muammoga aylanishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Saidov A.A., Tursunov B.O. (2021). Ijtimoiy demografiya. – Toshkent: Iqtisodiyot
nashriyoti.

2.

Karimov E., Mamadaliyev S. (2020). Demografiya asoslari. – Toshkent: TDYU
nashriyoti.Tug‘ilish, o‘lim, migratsiya va demografik o‘zgarishlarning
iqtisodiyotga ta’siri.

3.

Nazarov A. (2023). “Aholi sonining kamayishi va mehnat bozoriga ta’siri”.
Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar jurnali.

4.

Ergashev S. (2022). “Demografik o‘zgarishlarning investitsiya muhitiga ta’siri”.
O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi.

5.

Xudoyqulov J. (2021). “Aholi migratsiyasi va iqtisodiyotga ta’siri”. Ilmiy-amaliy
konferensiya materiallari. Toshkent moliya instituti.

6.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi –

https://stat.uz

7.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi –

https://mineconomy.uz

8.

Ziyonet.uz – http://ziyonet.uz

9.

Cyberleninka.ru – o‘zbek olimlarining maqolalari.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

Saidov A.A., Tursunov B.O. (2021). Ijtimoiy demografiya. – Toshkent: Iqtisodiyot

nashriyoti.

Karimov E., Mamadaliyev S. (2020). Demografiya asoslari. – Toshkent: TDYU

nashriyoti.Tug‘ilish, o‘lim, migratsiya va demografik o‘zgarishlarning

iqtisodiyotga ta’siri.

Nazarov A. (2023). “Aholi sonining kamayishi va mehnat bozoriga ta’siri”.

Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar jurnali.

Ergashev S. (2022). “Demografik o‘zgarishlarning investitsiya muhitiga ta’siri”.

O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi.

Xudoyqulov J. (2021). “Aholi migratsiyasi va iqtisodiyotga ta’siri”. Ilmiy-amaliy

konferensiya materiallari. Toshkent moliya instituti.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi – https://stat.uz

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi – https://mineconomy.uz

Ziyonet.uz – http://ziyonet.uz

Cyberleninka.ru – o‘zbek olimlarining maqolalari.