Mualliflar

  • Teshaboyeva Mahliyoxon Kimsanboyevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112318

Annotasiya

Endokrin tizimi kasalliklarining alomatlari 
Endokrin  tizimi  inson  tanasida  deyarli  barcha  hayotiy  jarayonlarni  tartibga 
solishda juda muhim rol o‘ynaydi. Ichki sekretsiya bezlari garmonlar ishlab chiqaradi, 
bu jarayonni buzilishi jiddiy kasalliklarga olib keladi. Ko‘pchilik boshlang‘ich davrda 
organizmdagi o‘zgarishlarga befarq bo‘ladi yoki charchoq, stress va boshqa holatlarga 
bog‘lab, shifokorga  murojaat  qilmaydi.  Kasallik  kuchayib  ketmasidan  avval 
endokrinolog  shifokori  bilan  maslahatlashib,  boshlang‘ich  davridayoq  davolash  va 
salbiy oqibatlarining oldini olish zarur. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

181

ISSN:3030-3613

ENDOKRIN TIZIMI KASALLIKLARI

Teshaboyeva Mahliyoxon Kimsanboyevna

Xo’jaobod Abu Ali ibn Sino nomidagi

jamoat salomatligi texnikumi

Maxsus fani o’qituvchisi .

Endokrin tizimi kasalliklarining alomatlari

Endokrin tizimi inson tanasida deyarli barcha hayotiy jarayonlarni tartibga

solishda juda muhim rol o‘ynaydi. Ichki sekretsiya bezlari garmonlar ishlab chiqaradi,
bu jarayonni buzilishi jiddiy kasalliklarga olib keladi. Ko‘pchilik boshlang‘ich davrda
organizmdagi o‘zgarishlarga befarq bo‘ladi yoki charchoq, stress va boshqa holatlarga
bog‘lab, shifokorga murojaat qilmaydi. Kasallik kuchayib ketmasidan avval
endokrinolog shifokori bilan maslahatlashib, boshlang‘ich davridayoq davolash va
salbiy oqibatlarining oldini olish zarur.

Tomoq og‘rig‘i

Yutinganda tomoqda og‘riq, qichishish, narsa tiqilgandek bo‘lishi, ovoz

tembrining o‘zgarishi kuzatiladi. Bunday o‘zgarishlar shamollash bilan bog‘liq
bo‘lmasa, tez-tez qaytalansa, muntazam ko‘rinishga o‘tsa, bu qalqonsimon bez
patologiyasi bo‘lishi mumkin. Bezning kattalashishi yoki unda tugunchalar paydo
bo‘lishi yon atrofdagi to‘qimalar, nerv tolalarining siqilishiga olib keladi va natijada
shunday belgilar paydo bo‘ladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

182

ISSN:3030-3613

Sochlarning faol to‘kilishi yoki tez o‘sishi, ko‘payishi

Аyollarning yuzida tuklarning ko‘payishi, boshning old qismidagi sochlar

siyraklashishi, teri quruqligi, qichishish, tashqi ta’sirga sezgirlikning oshishi – bu jinsiy
bezlar gormonal muvozanat buzilganligi tufayli, estrogenlarning kamayishi va
testesteronning ko‘payganligini bildiradi.

Tana vaznining keskin o‘zgarishi

Ishtahaning keskin o‘zgarishi, og‘iz qurishi, tashnalik, tez-tez peshobga chiqish,

oyoqlarning boldir qismida og‘riq, uvishish paydo bo‘lsa, ko‘rish qobiliyati pasaysa,
vazn keskin kamaya boshlasa, qandli diabet kasalligi boshlangan bo‘lishi mumkin.
Qalqonsimon bez faolligi ortsa, ishtaha ochilishi, ichak harakatining kuchayishi va
vazn yo‘qotish alomatlari paydo bo‘ladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

183

ISSN:3030-3613

Аsabiylashish

Haddan tashqari asabiylik, jizzaki bo‘lib qolish, kayfiyatning tushunarsiz

o‘zgarishi, to‘satdan ko‘z yosh qilish, birdan eyforiya – xushchaqchaq holatga o‘tish
endokrin tizimi patologiyasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Diqqatni jamlay olmaslik

Hatto odatiy vazifalarga ham diqqatni jamlay olmaslik, ma’lumotni sekin qabul

qilish, uyquchanlik, kundalik ishlarga erinchoqlik, biror ishni qilolmaslik qo‘rquvi
qalqonsimon bez faoliyatining pasayishi bilan bog‘liq.

Umumiy alomatlar

Terlashning kuchayishi, tana haroratining tez almashinuvi – isib yoki sovib

ketish, bosh og‘rig‘i, yurak urish ritmining o‘zgarishi kuzatiladi.
Endokrin kasalliklarni davolash

Endokrin kasalliklarni davolash

murakkab bo'lishi mumkin, chunki bir

gormon darajasining o'zgarishi boshqasini tashlashi mumkin. Shifokoringiz yoki
mutaxassisingiz muammolarni tekshirish yoki dori-darmonlar yoki davolash rejangizni
sozlash kerakmi yoki yo'qmi, aniqlash uchun kundalik qon ishlarini buyurishi mumkin.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

184

ISSN:3030-3613

Sizni sog'liq va farovonlik yo'lida qoldirish uchun

endokrin kasalliklarning tabiiy

davolash usullari

mavjud. Agar sizda allaqachon endokrin muvozanat mavjud bo'lsa,

bu mahsulotlar sizni sog'liq va sog'lomlashtirish tomon harakatga keltirsa juda
muhimdir.

ENDOKRIN KASALLIKLARINI TASHXISLASH

Endokrin kasalliklarni tashxislash gormonal muvozanatning buzilishiga sabab

bo‘lgan ichki sekretsiya bezlari faoliyatini o‘rganish va aniqlashga qaratilgan
murakkab jarayondir. Endokrin tizimi turli xil organ va to‘qimalarning o‘zaro bog‘liq
funksiyalarini boshqaradigan gormonlarni ishlab chiqaradi. Bu tizimdagi buzilishlar
tananing deyarli barcha funksiyalariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shu sababli
tashxislash jarayoni har tomonlama va aniq bo‘lishi kerak.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

185

ISSN:3030-3613

Endokrin kasalliklarni tashxislash jarayonida simptomlarni shakllantirish

muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon kasallikning klinik belgilari va ularning
rivojlanishini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqot ishimizda qandli diabetning
1-chi va 2-chi turlariga tegishli bo‘lgan simtomlar va belgilarni olingan ma’lumotlarga
tayangan holda aniqlab olinadi.

Simptomlarni shakllantirish bosqichlari diagnostika va davolash jarayonining

asosidir. To‘g‘ri va samarali yondashuv bemorlarga nafaqat sog‘lig‘ini saqlab qolish,
balki asoratlar va ortiqcha stressdan qochish imkonini beradi. Bu esa, umuman
olganda, bemorning salomatligi va jamiyatda endokrin kasalliklarni boshqarish
samaradorligini oshiradi.

Kasallikni erta aniqlash simptomlarni to‘g‘ri shakllantirish orqali endokrin

kasalliklarni, xususan qandli diabetni erta bosqichda aniqlashga erishildi. Bu kasallikni
rivojlanishini to‘xtatish va davolashning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

186

ISSN:3030-3613

To‘g‘ri tashxis qo‘yish Simptomlarning batafsil tahlili va tasnifi aniq tashxis

qo‘yish imkoniyatini yaratdi. Bu boshqa kasalliklardan farqlash va noto‘g‘ri
davolashning oldini olishga yordam berdi. Individual davolash rejalari shakllantirildi
simptomlar yordamida bemorlarning individual ehtiyojlariga mos davolash rejalarini
ishlab chiqish mumkin bo‘ldi. Bu yondashuv kasallikni samarali boshqarishga
ko‘maklashadi. Kasallik rivojlanishini kuzatish simptomlarning dinamik kuzatuvi
natijasida kasallikning rivojlanish jarayonini monitoring qilish va davolash usullarini
moslashtirish imkoniyati yaratildi. Asoratlarning oldini olish Diabet va boshqa
endokrin kasalliklarning simptomlarini erta aniqlash orqali jiddiy asoratlar, masalan,
yurak-qon tomir kasalliklari, nevropatiya va nefropatiyaning oldini olishga erishildi.
Bemorlarning hayot sifatini yaxshilash simptomlarni samarali boshqarish orqali
bemorlarning umumiy hayot sifati sezilarli darajada yaxshilanadi. Ularning sog‘lom va
faol hayot tarzini saqlab qolishiga imkon yaratiladi. Tibbiy resurslardan samarali
foydalanish simptomlarni aniq va to‘g‘ri shakllantirish diagnostika jarayonini
optimallashtirishga, vaqt va resurslarni tejashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Haydarov.G`.O. “Ichki kasalliklar”Toshkent “Abu Ali ibn sino”nashriyoti 2002 yil.

2.

Ziyaeva M.F “Terapiya” “Ilm ziyo” nashriyoti 2014 yil.

3.

Tursunov S.T. “Sog`lom turmush tarsi”Toshkent “Ilm ziyo”nashriyoti 2006
yil.Qo`shimcha adabiyotlar:

4.

Qarshiboeva M.T. “Terapiyada hamshiralik ishi”metodik qo`llanma. Toshkent,
Z007 yil.V.

5.

Internet saytlari

6.

www..ziyonet.uz. www.wikipedia.uz.www.Lexuz.uz.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Haydarov.G`.O. “Ichki kasalliklar”Toshkent “Abu Ali ibn sino”nashriyoti 2002 yil.

Ziyaeva M.F “Terapiya” “Ilm ziyo” nashriyoti 2014 yil.

Tursunov S.T. “Sog`lom turmush tarsi”Toshkent “Ilm ziyo”nashriyoti 2006

yil.Qo`shimcha adabiyotlar:

Qarshiboeva M.T. “Terapiyada hamshiralik ishi”metodik qo`llanma. Toshkent,

Z007 yil.V.

Internet saytlari

www..ziyonet.uz. www.wikipedia.uz.www.Lexuz.uz.