T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
160
ISSN:3030-3613
BOLALARDA AGRESSIV HOLATLAR SHAKLLANISHINING OLDINI
OLISH HAMDA BARTARAF ETISHDA PSIXOLOGIK HIMOYANI
YUZAGA KELISHI
Abdualiyeva Barno Yusufovna
Sirdaryo viloyati Shirin shahar
Olim Xo'jayev nomidagi 1-umumiy
oʻrta ta'lim maktabi psixologi
Annotatsiya:
Maktab o’quvchilari orasida agressiv xulq-atvorni bartaraf
etishda, avvalo shu narsa ko’zga tashlanadiki, har qanday holatda ham bolalarni
be’etibor qoldirish kerak emas, ayniqsa, maktab o’quvchilarini, o’smir yoshlarni,
chunki ular huddi endi o’sib kelayotgan novda kabidir. Uni qaysi tomonga
shakllantirilsa shunday shakllanib boradi.
Kalit so'zlar:
tajovuz, tajovuzkor, zarar, g'azab, xulq-atvor, bosqinchi, zulm,
haqorat, hujum, stress, mojaro, ruhiyat, psixika, sogʻlom muhit.
KIRISH
O’quvchilarda agressiv xulq-atvorni yo’qotish yoki oldini olishdagi birinchi
mexanizm bu ota-oan va maktab va o’qituvchi orasidagi to’g’ri yo’lga qo’yilgan
aloqalar mexanizmidir. Bu mexanizm yo’lga qo’yilsa bolalar hech bir vaqt o’zlari
bee’tibor qolishmaydi.keyingi mexanizm bu – sog’lom muhit mexanizmi. Bunda
oiladagi muhit sog’lom bo’lishi kerak, bolalar bo’sh vaqtida nima bilan band,
o’rtoqlari kim, vaqtini kim bilan nimlarga sarflayabdi, internetdan nimalar uchun
foydalanyabdi kabi savollarga oilad faqatgina sog’lom muhit tarsi mavjud
bo’lgandagina ota-onalarimiz javob topa olishadi.
Bugungi kunda agressiv xarakterli bolalar maktab o’quvchilari orasida soni
ortib borayotganligi psixologiyadagi dolzarb muammolar qatoridan joy egallashiga
sabab bo‘ldi. Maktab bolalarida agressiv xatti-harakatlarning vujudga kelishi
murakkab va ko‘pqirrali jarayon bo‘lib, unga ko‘pgina omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Agressiv xatti-harakatlar oilada, tengdoshlar guruhida, oilaviy axborot vositasi
ta’sirida shakllanishi aniqlangan. Maktab bolalarida agressiv xatti-harakat
namunalarini quyidagi uch asosiy manbaga asoslanib to'playdi. Ba’zi oilalarda ota-ona
bilan farzand o‘rtasidagi munosabatning ijobiy psixologik iqlimda emasligi, farzandlar
o'rtasidagi kelishmovchiliklar, oiladagi mojarolar, nizolar, oilaviy hamohanglikning
mavjud emasligi bolalarda agressiv xulq-atvorning shakllanishiga olib keladi.
Bolalardagi agressivlikning namoyon bo'lishi oilaviy muhitning ta’sir darajasiga
bog'liq hisoblanadi. Bolalar oiladan tashqarida o‘z tengqurlari, sinfdoshlari bilan
bo'lgan munosabatda ham agressiv xatti-harakatlarni o‘zlariga singdiradilar. Ko‘pgina
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
161
ISSN:3030-3613
hollarda bolalar tengdosh do’stlarining xatti-harakatlarini kuzatgan tarzda o‘zlarini
agressiv tutishga urinadilar. Haddan tashqari agressiv bolalar esa o‘z tengdoshlari
orasidan siqib chiqariladi. Bunday bolalar o‘zini xo‘rlangandek his qilib, o‘zi kabi
agressiv bolalar guruhidan joy topadilar. Bu esa muammo ustiga muammo
tug‘dirmasdan qolmaydi.Bugungi kunda bolalarning agressivligini kuchaytirishga
ta’sir etayotgan eng kuchli quroldir, degan fikr keyingi paytlarda ko'pchilik tomonidan
e’tirof etilmoqda. Shu o‘rinda oynai jahon orqali namoyish etiláyotgan turli jangari
filmlar, ko‘rsatuvlar ham bolalarda agressiv xususiyatlarning tarkib topishiga ta’sir
qilayotganligi mutaxassislar tomonidan qayd etilmoqda. Bu borada internetning ta’siri
ham o'ziga xosligi inkor etib bo'lmas haqiqatdir.
Maktab bolalari internet orqali o‘zining yosh va psixologik xususiyatlariga mos
kelmaydigan ma’lumotlar bilan tanishmoqda, jangarilikni, agressiyani targ'ib etuvchi,
shakllantiruvchi turli xil o'yinlarni o‘ynash orqali o'zlarining ongosti sohasida agressiv
xulqning shakllanishiga sabab bo‘lmoqdalar. Bir qator psixologlarning ta’kidlashicha,
oiladagi iqlim, ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, ota-ona bilan farzand
o‘rtasidagi munosabatlar, oilaviy hamohanglik yoki aksincha kelisha olmaslik, opa-
singillar, aka-ukalar bilan yaqinlik darajasi, farzand tomonidan qilingan noto‘g‘ri,
yanglish xatti harakatlarga nisbatan ota-onaning agressiv reaksiyasi oilada shakllanib
kelayotgan agressiv xattiharakatlarini kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar
hisoblanadi. Maktab o’quvchilari orasida agressiv hulq-atvorning bartaraf etishda,
avvalo shu narsa ko’zga tashlanadiki har qanday holatda ham bolalarni be’etibor
qoldirish kerak emas, ayniqsa maktab o’quvchilarini, o’smir yoshlarni, chunki ular
huddi endi o’sib kelayotgan novda kabidir. Uni qaysi tomonga shakllantirsa shunday
shakllanib boradi.
Inson agressiyasi ko‘rinishlarining turli-tuman va tubsizligidan kelib chiqib,
mazkur xulq-atvorni o‘rganishda D.Bass tomonidan taklif etilgan konseptual ramkalar
bilan chegaralanish juda foydali ekanligi ayon bo‘ldi. Uning fikricha, agressiv
harakatlarni uchta shkalaga asoslangan holda tasvirlash mumkin: jismoniy,verbal,
aktiv-passiv va to‘g‘ri-egri. Ularning kombinatsiyalari sakkizta ehtimolga yaqin
kategoriyalarni berib, ko‘plab agressiv harakatlarni ular asosida tushuntirish mumkin.
Masalan, bir kishining ikkinchisi ustidan otib, pichoqlab yoki kaltaklab zo‘ravonlik
qilishi ham jismoniy, ham aktiv, ham to‘g‘ri shkala sifatida kvalifikatsiyalanishi
mumkin. Afsuski, ayrim oilalarda o‘z otasi yoki onasining mehr-oqibatidan bebahra
o‘sayotgan bolalar ham yo‘q emas. Ba’zi oilalarda esa ota-ona va farzand o'rtasidagi
o‘zaro munosabatlarning ijobiy psixologik iqlimda emasligi achinarli holdir, albatta.
Aksariyat ota-onalar o‘z farzandlarini tarbiyaga chaqirishda g‘amxo‘rlik, mehribonlik,
sabr-toqat, mehr kabi xislatlar bilan yondashish o‘rniga, kuch bilan, ayniqsa jismoniy
jazo usuli bilan ta’sir o'tkazadilar. O‘z navbatida bu kabi xatti-harakatlar bolalarda
agressiv xulq-atvorning shakllanishiga zamin bo‘ladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
162
ISSN:3030-3613
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tadqiqotlar natijasiga ko‘ra yana bir tendensiya
ko'zga tashlanadiki, agressivligi yuqori bo‘lgan o‘smirlar ko‘p hollarda ekstremal
ravishda o‘z-o‘zini juda yuqori yoki juda past baholash xususiyatiga ega. Noagressiv
bolalarga esa o‘zini adekvat baholash xarakterlidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Маерс Д. Изучаем социальную психологию. — М.: 2009.
2.
Мокчанцев Р., Мокчанцева А. Социальная психология. Издательства:
Сибирское соглашение, Инфра. — М.: 2001.
3.
Семечкин Н.И. Социальная психология на рубеже: история, теория,
исследования. — М.: 2001
4. Po‘latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta’limning rivojlanish bosqichlari.
//“SCIENCE AND EDUCATION” Scientific journal Volume 1, Special issue 2020
21-27 P.