T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
138
ISSN:3030-3613
ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARINI TASHKIL ETISHDA
FANLARARO INTEGRATSIYADAN FOYDALANISH VA UNING
AHAMIYATI.
Mahmudjonova E’zoza Salimovna
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
“O’zbek tili va adabiyoti
“kafedrasi magistranti
maxmudjonovezoza@gmail.com
+998 90 910 09 29
ANNOTATSIYA
Ushbu tezisda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ustuvor jihatlari, darslrning
samarali bo’lishida fanlararo bog’lanishning ahamiyati , yangi tuzilgan va ishlab
chiqilgan ona tili va adabiyot darsliklarida barcha fanlar yuzasidan bilimlar berilganligi
, ularning dars mavzusi bilan bog’liqligi , ko’p qirrali ekanligi, ona tili va adabiyot fani
ustozlari bundan darsning samarali bo’lishida va ilmiyligini ta’minlashda
foydalanishlari mumkinligi yoritib berilgan
Kalit so’z:
integratsiya,texnologiya,model,ilmiylik, metodika
ABSTRACT
This thesis highlights the priority aspects of modern educational technologies
and the importance of interdisciplinary connections in effective lessons.
Key words:
integration,technology,model,science,methodology.
Ta’limni integratsiyalash fikri xalq ta’limida tabaqalashtirish va
individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshlandi. Agar kichik maktab
ta’limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil
ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni
faolshakllantirishni taqozo etsa, integratsiyaning asosi qilib, turli fanlarni o‘rganish
obyektlari bo‘lgan ba’zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va
kengaytirish mumkin. Ta’limni integratsiyalashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad
boshlang‘ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurni yaxshi shakllantirish
va ularning rivojlanishi qonunlariga o‘z munosabatini bildirishga yo‘naltirishdan
iboratdir. Asosiy fanlarni o‘zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini
tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini o‘rgatish ta’limni
integratsiyalashga
yondashuvning
metodik
asosidir.
Bunga
turli
darslar
tushunchalariga ko‘p marta qaytish, ularni chuqurlashtirishva boyitish, shu yoshga
tushunarli bo‘lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib,
yaxshi shakllangan, tuzish va o‘tkazish tartibiga ega bo‘lgan,tarkibiga shu o‘quv
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
139
ISSN:3030-3613
predmetiga tegishli bo‘lgan tushunchalar guruhi kiritilgan harqanday dars
integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
Yangi tuzilgan 5,6,7,10 sinf ona tili darsliklarida integratsion bog’lanish yaqqol
ko’zga ko’rinadi.Unda o’quvchi fan doirasida ilmiy bilimga ega bo’lish bilan bir
qatorda ,o’z dunyoviy bilimlarini ham kengaytirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Buni 6-
sinf ona tili darsligidagi “O’z deputatingizni bilasizmi?’’bo’limi orqali ko’rib
chiqishimiz mumkin. Ushbu yangi 6-sinf darsligidagi bo’lim o’quvchilarning siyosiy,
huquqiy bilimini kenagtirishga qaratilgan holda huquq, ona tili,tarix singari fanlarni
integratsiyalashtiradi. Bu o’qituvchidan ham siyosiy, ijtimoiy bilimni talab qiladi.
Darslikning qulay tarafi o’quvchilar uchun shu sohaga oid audiomatn ham
berilganligidir. Dars ijodiy, erkin bo‘lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket,
o‘ziga xos o‘tish metodologiyasiga ega bo‘ladi. Umumiy ta’limning poydevorini
qo‘yadigan boshlang‘ich maklabdagi ko‘p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili,
musiqa, tasviriy san’at va boshqalar uchun umumiydir. Hozirgi kunda bir qator o‘quv
predmetlari uchun umumiy bo‘lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o‘rnatish
psixologik va metodik asos bo‘lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish
va sinovdan o‘tkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi
darajasidao‘rgatilishi va zarur o‘qitish vositalari bilan ta’minlanishi kerak. .
Ta’lim sistemasiga integrasiyani kiritish maktab va jamoatchilik o‘rtasida turgan
ta’lim va tarbiyaga oid vazifalarni hal etishda asosiy vositalardan biridir.
Integrasiyalashtirilgan darslar bolalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar
uzviyligini tushunishini tabiatan anglab yetishga o‘rgatadi.
Integratsiya- bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va
bog‘liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda
birbiriga bog‘lash bosqichi bo‘lib, o‘zini yuqori ko‘rinishda namoyon etadi. Shuni
alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o‘tmishdagi xalq
pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integrasiya fanlararo bog‘liqlikdir.
Fanlararo bog‘liqlik asoslari tabiatni to‘la holda o‘quv darsliklarda ko‘rsatish va
tushuntirish zaruratidan paydo bo‘lgan. Ulug‘ didaktik Yan Amos Komenskiy
ta’kidlashicha: "Birbiri bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsa, xuddi shunday holda
o‘rganilishi kerak". Fanlararo bog‘liqlik g‘oyasiga keyinchalik juda ko‘p pedagoglar
yondoshib, uni rivojlanishi va umumlashtirilishiga hissa qo‘shdilar. D.Lokk g‘oyasiga
ko‘ra: "Ta’lim mazmunining aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari
bilan to‘ldirilishi kerak". Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto
xavfliligini ta’kidlaydi. Bolgariyalik olimlar tabiiy-ilmiy bilimlarni o‘z ichiga olgan,
10-12 yoshli bolalarga mo‘ljallangan integratsiyalangan kurs yaratishdi. AQSH o‘rta
maktablarining katta sinflarida o‘z ichiga fizika, kimyo, geografiya, geologiya,
kristallografiya, tuproqshunoslik, poletalogiya va shu kabilarni o‘z ichiga oluvchi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
140
ISSN:3030-3613
"Yerni o‘rganish" fani kiritilgan. Chexoslovakiyada ham shunday umumlashtiruvchi
integratsiyalangan "Fuqaro tarbiyasi" deb nomlangan kurs katta sinflarda kiritilgan.
Ona tilini o’qitish jarayonida ba’zi mavzularning yanada kengroq ko’lamga ega
ekanligini tasniflashga xizmat qiladi. Zero, yangilangan darsliklarning vazifasi ham
ana shu maqsadga qaratildi, deyishimiz mumkin. Bu darsliklarda qiyin va murakkab,
o‘quvchilar uchun zerikarli qoidalar va mashqlardan voz kechildi. Avvalo, o‘quvchi
diqqatini tortish uchun qiziqarli rasmlar hamda ularga mos matn va mashqlar ham
o‘quvchini dars jarayoniga majburiy tarzda emas, balki o‘zi qiziqqan holda kirishib
borishiga xizmat qiladi. Xususan, ona tili fani darsliklarida ham har bir bob ona tilining
turli fanlar bilan bog‘liq holda o‘rganishga qaratilgan. Masalan, ona tili fanining
tibbiyot bilan (“Shifoxona”, “Jigar – eng mehnatkash a’zo”), ekologiya bilan (“Global
isish”, “Qayta ishlanadigan chiqindilar”), informatika va axborot texnologiyalari bilan
(“Kompyuter grafikasi”, “Ko‘z nurini asraylik”), iqtisodiyot bilan (“Eksport yoki
import”, “Soliqlarni to‘labborasizmi?”), huquq fani bilan (“Konstitutsiya – bosh
qomusimiz”,) tarix fani bilan (“Buyuk ipak yo‘li”, “Minorayi Kalon”, “Oqsaroyga
bitilgan hikmat”), fizika fani bilan (“Fizika hayotni yengillashtiradi”, “Elektromobil”),
san’at bilan (“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, “Mualliflik huquqi”) va
boshqalar. Bunday xilma-xil mavzular asosida o‘rganilgan darslar o‘quvchilarning
dars o‘zlashtirishiga ijobiy hissa qo‘shadi.
Avvalo, ona tili va matematika fanlarining aloqadorligi deganda, bevosita son
so‘z turkumi ongimizda anglashiladi. Haqiqatan ham “son” har ikki fanning ham
o‘rganish obyekti sanaladi. Matematika fanida “sonlar” fanning asosini tashkil etsa,
ona tili fanida ham sonlar alohida turkum sifatida keng o‘rganiladi. Ona tili fani
sonning tuzilish jihatini, ma’no turlarini, yasalishi, gapdagi o‘rni kabilarni keng
o‘rganadi. Matematik atamalarni o‘rganib boorish natijasida bola ongida ilmiy
terminlar lug‘ati kengayib boradi. Bundan tashqarimasalalar yechish va
mukammal o‘rganib olishi mumkin. Masalan,
10 > 6; 2 < 6; 6 = 2*3 6 + 6 = 3*4 18 + 18 = 4*9
Ushbu tengsizliklarda “ > - katta”, “ < - kichik” yoki “ = -teng” kabi sifatlar
taqqoslashga xizmat qiladi va bu ishoralar sifat turkumidagi so‘zga teng kelishi
haqidagi tushuncha o‘quvchi ongida bir umr saqlanib qoladi. Bundan tashqari kichik
son (6 > 2) chiqish kelishigida ( olti soni ikki sonidan katta), katta son esa bosh
kelishikda ( o‘n katta oltidan), tengliklarda esa “teng” so‘zi jo‘nalish kelishigini talab
qilishi (oltiga teng) ni misollar orqali tushuntirishimiz mumkin.
XULOSA
Ta’lim jarayonida ona tili fanini aniq fanlar, xususan, matematika, informatika
kabi fanlar uyg‘unligida o‘qitish ushbu fanning ma’no-mohiyatining yanada kengroq
ochilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, ta’lim samaradorligi ham fanlar
hamohangligi asosida ochib berilishi ushbu fanlar uzviyligini ta’minlab beradi. Bir
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
141
ISSN:3030-3613
qarashda ona tili va aniq fanlarning o‘rtasida hech qanday aloqadorlik yo‘qday
tuyuladi. Lekin barcha fanlar bir-birini o‘zaro taqozo etadi. Buni yangilangan darsliklar
misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1.
Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili
o‘qitish metodikasi. Toshkent:-2009. “Nosir” nashriyoti.
2.
G’ulomov A., Qodirov M., Ernazarova M., Bobomurodova A., Alavutdinova N.,
Karimjonova M. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent-2012.
3.
Sodiqov Q.Turkiy til tarixi. Toshkent:-2009. Toshkent davlat Sharqshunoslik
instituti.
4.
Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‘zbek tilining tarixiy
grammatikasi. Toshkent:-2008. “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati
nashriyoti”.
5.
Iskandarova Sh. Til sistemasiga maydon asosida yondashuv. – Toshkent: F 2007