Mualliflar

  • Ismoilova Fazilat Oʻralovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112330

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: psixologik maslahat ruhiy tanglik psixologik maslahat texnikasi universal texnika maxsus texnika psixik jarayonlar muloqot ruhiy rivojlanish.

Annotasiya

Annotatsiya:  Bugungi  kunda  aholining  psixologik  xizmatga  ehtiyoji  ortib 
borayotganligi kuzatilmoqda. Hozirda psixologik xizmat ommalashib borayotgan soha 
sifatida  rivojlanmoqda.  Ayniqsa,  kam  bo‘lsada  joylarda  psixolog  maslahati  yoki 
xizmati  xonalari,  markazlari  ochilishi  bu  sohadagi  ishlarda  yangi  siljishlar 
bo‘layotganligidan  dalolatdir.  Ammo,  ko‘pgina  psixologlar  tomonidan  psixologik 
maslahatni tashkil etish va olib borishda qiyinchiliklar sezilmoqda. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

130

ISSN:3030-3613

MIJOZLARGA PSIXOLOGIK YORDAM HAMDA MASLAHAT

BERISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Ismoilova Fazilat Oʻralovna

Urgut tumani 18-maktab

amaliyotchi psixologi


Annotatsiya:

Bugungi kunda aholining psixologik xizmatga ehtiyoji ortib

borayotganligi kuzatilmoqda. Hozirda psixologik xizmat ommalashib borayotgan soha
sifatida rivojlanmoqda. Ayniqsa, kam bo‘lsada joylarda psixolog maslahati yoki
xizmati xonalari, markazlari ochilishi bu sohadagi ishlarda yangi siljishlar
bo‘layotganligidan dalolatdir. Ammo, ko‘pgina psixologlar tomonidan psixologik
maslahatni tashkil etish va olib borishda qiyinchiliklar sezilmoqda.

Kalit so‘zlar:

psixologik maslahat, ruhiy tanglik, psixologik maslahat

texnikasi, universal texnika, maxsus texnika, psixik jarayonlar, muloqot,ruhiy
rivojlanish.

KIRISH

Psixologik maslahat – odamlarni tashvishga solayotgan muammolarni hal

qilishda, oldingi tadqiqot natijalariga asoslanib, maslahatlar berish orqali psixologik
yordam koʻrsatish.

Psixologik

maslahat joylari psixologik maslahatni tashkillashtirib

oʻtkazadigan vaqtni, usullarni, vositalarni yana shuni ishtirok etish vazifasin, psixolog-
maslahatchining mijoz bilan muloqot qilish uslubin va boshqalarni hisobga oladi.
Psixologik maslahat-turli psixologik maslahatlar boʻlib, ular koʻrib chiqiladigan
muammolarning tabiatiga koʻra boʻlinadi. Masalan:intim-shaxsiy, oilaviy, psixologik-
pedagogik xizmat va boshqalar. Psixologik maslahat-psixologik maslahat xodimlari
uchun tuzilgan ish jadvali, psixologik maslahat xodimlari tomonidan bajariladigan ish
turlariga qaray vaqtni taqsimlash.

Mijozni tinchlantirish psixologik to‘siqlarni yengishga yordam beradi, uning

uchun qulaylik yaratadi. Mijozning psixologik xavfsizligini ta’minlashda bir qancha
texnik usullar borki, ulardan o‘z vaqtida to‘g‘ri foydalana bilish kerak. Bular quyidagi
usullardir :

1)

2-3 daqiqaga yolg‘iz qoldirish.

Bu vaqtda psixolog o‘zini boshqa biror yumush bilan shug‘ullangandek

ko‘rsatishi yoki xonadan chiqishga zarurat tug‘ulganligini aytib uzr so‘rab xonadan
chiqish mumkin.

2)

Yoqimli musiqani past tovushda qo‘yish, mijozga ijobiy ta’sir etib,

keyingi bo‘ladigan muloqotga tayyorlaydi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

131

ISSN:3030-3613

3)

Mijozga

biror-bir

uncha katta bo‘lmagan yoqimli

o‘yinchoq

(suvener)ni tomosha qilishni taklif etish.

4)

Mijozni o‘z qo‘li bilan biror narsani bajarishga ko‘maklashishni

psixolog so‘rashi va boshqalar.

Bu kabi harakatlarni vaziyatga qarab amaliyotda qo‘llash tavsiya etiladi.
Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, psixologlarning yoshlar bilan ishlash,

yoshlarning ijtimoiy intellekti tabiatini tadqiq etish, ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish
bugungi kun talabi bo‘lib, barkamol avlod tarbiyasi, uning intellektual salohiyatini
oshirish va kasbiy shakllanishida ijtimoiy intellektni aniqlash usullarini chuqur
o‘rganish va dinamikasining xususiyatlarini tahlil etish muhimdir. Yoshlarning
shaxslararo munosabatlarida intellektual qobiliyatlari birligida ijtimoiy muhit,
suhbatdoshlarning xatti-harakatlari, shaxsiy fazilatlari, kechinmalarini baholash
imkoniyatlari qonuniyat jihatidan mustahkam bog`liqdir. Muloqot ishtirokchisining
hissiyoti, fikr va niyatlarini tushunish qobiliyatiga egalik ijtimoiy intellektning
o‘sishiga ham, murakkab mantiqiy munosabatlarni tushunishga ham ijobiy ta’sir
ko‘rsatib, tushunchalarning muhim va nomuhim jihatlarini farqlay olishni axborotlarni
ko‘rish orqali qayta ishlash imkoniyatlarining o‘sishiga olib kelib, yoshlarning kasbiy
va shaxsiy kamolotida o‘z-o‘zini namoyon etishida ko‘rinadi.

Shaxs va uning psixologiyasiga ta’sir etuvchi ikkinchi omil -ta’lim - tarbiyaning

ta’siridir. Ma’lumki, ta’lim-tarbiya inson ongini shakllantiradi, uni dunyoqarashi,
e’tiqodi, hayotta bo‘lgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar bolalarning ruhiy
taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat tashqi ijtimoiy muhit
bilan ta’lim tarbiyaning o‘zigagina bog‘liq bulganda edi, unday paytda biz bir xilda
sun’iy va aynan bir xil ta’lim tarbiya sistemasini tashkil qilib, har tomondan bab -
baravar tarakqiy etgan va deyarli bir xil shaxsiy xususiyatlarga ega kishilarni yetishtirib
chiqarar edik. Vaholanki, bunday bo‘lishi mumkin emas. Shuni aytib o‘tish kerakki,
bola shaxsining tarkib topishiga ta’lim-tarbiyaning ta’siri deganda albatta birinchi
navbatda tarbiya muassasalarida, ya’ni bogcha, maktab, internat, litsey va kollejlarda
beriladigan ta’lim tarbiya tushuniladi.

Bugungi kunda aholining psixologik xizmatga ehtiyoji ortib borayotganligi

kuzatilmoqda. Hozirda psixologik xizmat ommalashib borayotgan soha sifatida
rivojlanmoqda. Ayniqsa, kam bo‘lsada joylarda psixolog maslahati yoki xizmati
xonalari, markazlari ochilishi bu sohadagi ishlarda yangi siljishlar bo‘layotganligidan
dalolatdir. Ammo, ko‘pgina psixologlar tomonidan psixologik maslahatni tashkil etish
va olib borishda qiyinchiliklar sezilmoqda. Kuzatishlarimizga ko‘ra bu qiyinchiliklar
psixologlarning psixologik maslahat texnikasini yaxshi bilmasliklari yoki amalda
qo‘llash ko‘nikmalari yetarli darajada emasligidan yuzaga kelmoqda.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

132

ISSN:3030-3613

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi

“Psixologiya sohasida kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va
jamiyatda huquqbuzarliklarning oldini olish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 472-sonli
qarori ham aynan psixologik xizmatni takomillashtirish va psixolog kadrlarni
tayyorlash borasidagi kechiktirib bo‘lmas vazifalar yechimiga qaratilgan .

Psixologlar tomonidan mijozga psixologik maslahat berish jarayonida maxsus

bilim va amaliy ko‘nikma zarur bo‘ladi. Ayniqsa, psixologik maslahat olib borish
texnikasini nazariy-amaliy jihatlarini mukammal o‘rganish foydadan xoli bo‘lmaydi.
Psixologik maslahatning samarali bo‘lishi psixologning mijoz bilan suhbatni boshlash
texnikasi, mijozni kutib olish, tanishuv bosqichi, savollar bilan murojaat etish,
suhbatda uni qo‘llab-quvvatlash, psixologik aloqa o‘rnatish, mijozning psixologik
xavfsizligini ta’minlash haqidagi nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalariga bog‘liq.

Psixolog mijoz bilan maslahatni boshlash texnikasi haqida quyidagi qadamlarni

o‘rganmog‘i lozim. Psixolog mijoz bilan shaxsan tanishmog‘i, uning muammolarini
batafsil tinglashi lozim. Mijoz bilan yuzma-yuz turib, suhbatlashishi, suhbat jarayonida
samimiylik bilan do‘stona muloqotni yo‘lga qo‘yish muhimdir. Psixologning
samimiylik yuz ifodasida ham aks etishi kerak.

Masalan: kulimsirab, boshini chayqab, suhbat vaqtida qo‘llab quvvatlab turishi

hamda quyidagi iboralar bilan murojaat etishi iliq munosabatni yo‘lga qo‘yishda
yordam beradi. «Sizni ko‘rganimdan xursandman», «kelib yaxshi qilibsiz», «o‘zaro
ishimiz sizga ham menga ham foydali bo‘ladi, keling yaqinroq tanishamiz».

Avval psixolog o‘zini ismi va sharifini to‘liq aytib tanishtiradi, so‘ng mijozga

o‘zini tanishtirishga imkon beradi. Psixolog vaziyatga qarab mijozga savollar bilan
murojaat etishi mumkin. Bunda quyidagicha savollar berishi mumkin .

1) Ismingiz nima? (Agar mijozning ismi psixolog-konsultantga noma’lum

bo‘lsa) 2) Biz haqimizda qaerdan bildingiz?

3) Sizni qanday muammolar qiynaydi?

Shundan so‘ng psixolog mijozga nafas olish va rostlanish uchun vaqt beradi,

chunki bu paytda mijoz fikrlarini yig‘ib oladi va berilgan savollarga batafsilroq javob
berishiga xarakat qiladi. Lekin bu uzoq vaqt bo‘lmasligi kerak, agar pauza cho‘zilib
ketsa mijoz javob berishga qiynaladi. Ba’zan gapni boshlab birdaniga to‘xtab qoladi,
bunday xolatda psixolog birdaniga aralashib ketish tavsiya etilmaydi. Bu paytda
psixolog sabr bilan mijozni gap boshlashini kutish talab etiladi.

Agar pauza (sukut) cho‘zilib ketsa ma’lumki mijoz noqulaylik sezadi va xijolat

bo‘la boshlaydi, bunday xolatda psixolog mijozga murojaat etish tavsiya qilinadi.
Paytdan foydalangan holda shunday deyish mumkin?

«Sizni diqqat bilan eshitayapman, marxamat davom eting. Sizning hikoyangiz

menga qiziqarli, davom eting marxamat».


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

133

ISSN:3030-3613

Agar shundan so‘ng ham mijoz sukut saqlasa, unda psixolog so‘rashi mumkin:

«Sizga gapirish uchun nimadir xalaqit beryaptimi? Nimadan boshlashni
bilmayapsizmi? Keling, birga muhokama qilamiz».

Shundan so‘ng, mijoz suhbatni davom ettirsa, psixolog sabrli, e’tiborli va

do‘stona tinglovchi sifatida tutishi va mijozning suhbatini bo‘lmaslii kerak.

Bordi-yu, mijoz sukutda bo‘lsa, nima deyishini bilmasa, ko‘p sukut saqlasa

psixolog mijozga yo‘naltiruvchi savollar beradi, mijoz yengil javob berib boradi.

Agar psixolog yetarlicha malakali va tajribali bo‘lsa, yo‘naltiruvchi savollar

orqali, to‘ldiruvchi savollar bilan ham mijozni tezda

«gapirtirishi» mumkin. Shu orqali mijozni ruhiy to‘siqni yengib o‘tishga va

qo‘shimcha ma’lumotlar olishga muvaffaq bo‘ladi.

Bu esa mijozni ortiqcha ruhiy to‘siqni yengib suhbatda ochiqroq bo‘lishni

ta’minlaydi.

Psixolog mijoz bilan suhbatni boshlashdan avval quyidagilarga e’tibor qaratishi

zarur:

1.

Psixologik maslaxat o‘tkazilayotgan xonadan (mijozga bildirmasdan)

begona kishilarni (kotiba, laborant, psixolog-assisent) chiqarib yuborishi va mijoz
bilan yakka qolishi.

2.

Agar mijoz xohlasa uning uchun yaqin kishisini ishtirokini ta’minlash va

uni mijoz bilan yonma-yon o‘tqazish mumkin. Bu psixolog ishini ancha
yengillashtiradi.

3.

Eng muhimi, mijoz bilan muloqot jarayonida psixolog o‘zini xotirjam,

bemalol, erkin tuta bilishi kerak. Aks xolda psixologning holati mijozga o‘tishi
mumkin.

4.

Barcha insonlarda biror kishi bilan muloqotga kirishishda o‘ziga xos

qiyinchiliklar uchraydi, hattoki tajribali psixologda ham bunday xollar uchrab turadi.
Shuning uchun psixolog mijoz bilan ishlashdan avval trenirovkalar o‘ikazishi
maqsadga muvofiqdir. 5. Psixolog o‘z malaka va ko‘nikmalarini shakllantirib borish
uchun so‘zlashuv madaniyatiga rioya etmoq kerak.

XULOSA

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, amaliyotchi psixolog mijoz bilan ishlashda

psixokonsultatsiyaning universal va maxsus texnikasidan o‘z o‘rnida to‘g‘ri
foydalanishi maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Psixologiya sohasida
kadrlarni

tayyorlash

tizimini

yanada

takomillashtirish

va

jamiyatda

huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 472- sonli qarori
(7.06.2019) . https://lex.uz/docs/4367731


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

134

ISSN:3030-3613

2.

Abramova G.S. Psixologik maslahat bo'yicha seminar. - Yekaterinburg: Biznes
kitobi, 2015 yil

3.

Aleshina Yu.E. Shaxsiy va oilaviy psixologik maslahat.-M.: Ed. "Rossiyaning
ijtimoiy sog'liqni saqlash markazi" 2014 yil.

4.

Psixologik maslahat san'ati - M .: "Klass" mustaqil firmasi, 2014 yil.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Psixologiya sohasida

kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va jamiyatda

huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 472- sonli qarori

Abramova G.S. Psixologik maslahat bo'yicha seminar. - Yekaterinburg: Biznes

kitobi, 2015 yil

Aleshina Yu.E. Shaxsiy va oilaviy psixologik maslahat.-M.: Ed. "Rossiyaning

ijtimoiy sog'liqni saqlash markazi" 2014 yil.

Psixologik maslahat san'ati - M .: "Klass" mustaqil firmasi, 2014 yil.