T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
258
ISSN:3030-3613
QONUNCHILIKDAGI MEROS HUQUQINING NAZARIY VA AMALIY
JIHATLARI
Saypiyev Xusniddin Kamoloddinovich.
Chirchiq shahar adliya bo‘lim boshlig‘i
Annotatsiya:
Mazkur maqolada meros huquqining nazariy asoslari,
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksidagi normalari hamda amaliyotdagi
dolzarb masalalari yoritilgan. Meros huquqining qonuniy va vasiyat asosida amalga
oshirilish tartibi, majburiy ulush, meros qoldiruvchining qarz majburiyatlari, merosni
rasmiylashtirishdagi tartib va muammolar tahlil qilinadi. Xorijiy tajriba bilan
solishtirilib, milliy qonunchilik takomillashtirish yo‘nalishlari haqida xulosa va
takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar:
meros huquqi, qonuniy meros, vasiyatnoma, majburiy ulush,
fuqarolik kodeksi, huquqiy tartibot.
Bugungi
kunda
jamiyatmizda
fuqarolarga
ko’plab
imkoniyatlar
yaratilayotganligi hamda ularning huquqlari ham keng ma’noda tushuntirib
borilayotganligi bois fuqarolarning bir birlariga nisbatan o’zaro mol-mulklarni meros
qilib qoldirishlari bilan bog’liq masalalar ham yanada kengaymoqdaligini bevosita
guvohi bo’lmoqdamiz. Ushbu maqolaga kirishidan avval meros huquqiga tushuncha
berib o’tsak maqsadga muvofiq bo’ladi.
Meros huquqi bu vafot etgan shaxsdan qoladigan mol-mulk uning vorislariga
yoki boshqa shaxslarga, nisbatan ayrim hollarda mahalliy organlar va davlatga egalik
qilish uchun o’tishi hisoblanadi. Merosga oid normalar vafot etgan kishidan qoladigan
mol-mulkka egalik huquqi kimlarda vujudga kelishi va kimlar birinchi navbatda
vorislik qilishlarini tartibga soladi. Meros odatda ikki xil shaklda, vasiyatnoma
bo’yicha va qonun bo’yicha vorislarga o’tadi.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksida “Meros” tushunchasi keng
yoritilgan. Meros – bu shaxs vafotidan keyin qolgan mulkiy huquq va majburiyatlar
majmuidir. Fuqarolik kodeksining 1112-moddasiga ko‘ra, meros ikki yo‘l bilan o‘tadi:
qonun asosida
va
vasiyatnoma asosida
. Har ikkala asosda ham meros oluvchi
shaxslar, muddatlar, rasmiylashtirish tartiblari qonunchilikda belgilangan.
1
Huquqshunos olimlar B.S.Antimonov va K.A.Grav meros huquqiy
munosabatlarini ikki xil deb hisoblaydilar: birinchi hodisa (merosning ochilishi),
ikkinchisi – merosxo’rlarning xohishiga ko’ra, merosni qabul qilish bilan vujudga
keladi.
2
Ammo I.L. Korneeva esa meros huquqiy munosabatlarini merosni ochish va
1
O’zbekiston Respublikasibubf fuqarolik kodeksi 1112-moddasi
2
Антимонов Б. С., Граве К. А. Советское наследственное право. М., 1995. С. 4650.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
259
ISSN:3030-3613
qabul qilish hamda meros olish bilan bog’liq boshqa harakatlarga oid meros huquqi
normalari bilan tartibga solinadigan fuqarolik-mulk huquqiy munosabatlarning bir turi
degan fikirda ish yuritadi
3
Shuni aytib o’tish lozimki, meros huquqiy munosabatlarga beriladigan ta’riflar
meros munosabatlarining yuzaga kelishini meros qoldiruvchining vafoti kabi yuridik
fakt bilan bog’laydi. Ammo bir narsani unutmaslik lozimki, meros qoldiruvchining
vafotidan ancha oldin vujudga keladigan va merosni merosxo’rlarga o’tkazadigan
vasiyatnoma ham bor va yuqoridagi ta’riflar unchalik ham to’g’ri emas. Ya’ni meros
munosabatlari meros qoldiruvchining o’limidan oldin ham vujudga kelishi mumkin.
Misol uchun, ko’pgina davlatlar qonunchiligida vasiyatnoma yozma shaklda tuzilishi
va guvoh yoki guvohlar ishtirokida guvohlantirilishi lozimligi belgilab qo’yilgan. Yoki
bo’lmasam, O’zbekiston Fuqarolik kodeksida vasiyatnomalar notarius ishtirokida
notarial tasdiqlanadi yoxud alohida hollarda notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga
tenglashtirilgan vasiyatnomalar qo’llaniladi. Yopiq vasiyatnomalar ham notarius
ishtirokida o’tkaziladi. Ushbu nuqtayi nazardan olib qaraganda vasiyatnomani tuzish
ham yuridik fakt bo’lib, meros ochilgandan keyin uning mazmuniga ta’sir o’tkazadi.
Shuningdek, meros huquqiy munosabatlari mutlaq xarakterga ham ega bo’lishi
mumkin. Agarda vasiyatnoma mavjud bo’lmasa, meros qonun bo’yicha
merosxo’rlarga o’tadi. Qonun bo’yicha merosxo’rlik masalasi ham har bir davlatda
turlicha belgilangan. O’zbekiston qonunchiligiga binoan, agar meros qoldiruvchi
o’limidan oldin o’z mol-mulkini vasiyat qilib qoldirmagan bo’lsa, undan qolgan meros
mulklari qonun bo’yicha merosxo’rlariga o’tadi.
Meros huquqi bo’yicha oz bo’lsada ma’lumot berib o’tdik endi esa o’zi
merosxo’rlar deganda kimlar nazarda tutilishi haqida ham to’xtalib o’tsak ya’ni
Fuqarolik kodeksining 1118-moddasiga asosan, meros ochilgan vaqtda hayot bo‘lgan
fuqarolar, shuningdek meros qoldiruvchining hayotlik davrida homiladorlik paytida
bo‘lgan va meros ochilgandan keyin tirik tug‘ilgan bolalari vasiyat va qonun bo‘yicha
merosxo‘r bo‘lishlari mumkin.
Meros ochilgan paytda tuzilib bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek davlat va
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari ham vasiyat bo‘yicha merosxo‘r
bo‘lishlari mumkin. Agar biridan keyin boshqasi meros olishga haqli bo‘lgan shaxslar
bir yigirma to‘rt soat ichida vafot etgan bo‘lsalar, ular bir vaqtda vafot etgan deb
hisoblanadilar, meros ularning har biridan keyin ochiladi va ulardan har birining
merosxo‘rlari vorislikka chaqiriladilar.
Yuqorida takidlab o’tganimizdek meros ikki yo’l bilan o’tadi ya’ni qonuniy
merosxo’rlarga birinchi navbatdagi qonuniy merosxo’rlar tarkibiga Meros
3
Корнеева И. Л. Наследственное право Российской Федерации: учеб. для магистров / И.Л. Корнеева. - 3-е изд., перераб и
доп. - М.: Юрайт, 2012. - С. 17
.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
260
ISSN:3030-3613
qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), bevosita eri
(xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar) teng ulushlarda qonun bo‘yicha birinchi
navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar. Meros qoldiruvchining vafotidan keyin
tug‘ilgan bolalari ham birinchi navbatdagi vorislar jumlasiga kiradilar. Ikkinchi
darajadagi merosxo’rlar tarkibiga esa Meros qoldiruvchining tug‘ishgan hamda ona
(ota) bir ota (ona) boshqa aka-ukalari va opa-singillari, shuningdek uning ham ota, ham
ona tarafdan bobosi va buvisi teng ulushlarda qonun bo‘yicha ikkinchi navbatdagi
vorislik huquqiga ega bo‘ladilar. Shu jumladan uchunchi darajadagi merosxo’rlar
qatoriga esa Meros qoldiruvchining tug‘ishgan amakisi, tog‘asi, ammasi va xolasi teng
ulushlarda qonun bo‘yicha uchinchi navbatdagi vorislik huquqiga ega bo‘ladilar.
Endi esa vasiyatnomaga to’xtaladigan bo’lsak,
Vasiyatnoma — bu fuqaroning
o‘z vafotidan so‘ng uning mol-mulkiga nisbatan kimlarga va qanday tartibda o‘tishini
belgilab beruvchi bir tomonlama huquqiy bitimidir. Vasiyat qilish meros
qoldiruvchining o‘z irodasi asosida amalga oshiriladi va u faqat vafotidan keyin kuchga
kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1133–1148-moddalari
vasiyatnoma institutini tartibga soladi. Bevosita vasiyatnomaga qo’yiladigan bir
qancha talablari mavjud ular quyidagilardan iborat bo’ladi:
4
Vasiyatnoma faqat huquqiy layoqatli shaxs tomonidan tuziladi (18 yoshga
to‘lgan, aqli raso);
Vasiyatnoma yozma shaklda bo‘lishi va notarial tasdiqlangan bo‘lishi
shart;
Unda vasiyat qilinayotgan mulk, vasiyat oluvchi shaxs, vasiyat
beruvchining imzosi va sanasi bo‘lishi zarur;
Vasiyatnoma maxfiy hujjat hisoblanadi; uni faqat meros qoldiruvchi yoki
vafotidan so‘ng notarius ochib e’lon qiladi.
Yuqorida qonuniy meros hamda vasiyatnomaga ozroq tarif berib o’tdik endi
esa yanada tushunarliroq bo’lishi uchun sizlarga asosiy farqlarini jadval ko’rinishida
taqdim etsak.
№
Me’yoriy asos
Qonuniy meros
Vasiyatnoma bo‘yicha meros
1 Asos
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra
Vasiyatnoma asosida
2 Merosxo‘rlar
Qonunda belgilangan qarindoshlar
Istalgan shaxs (qarindosh
bo‘lmasligi mumkin)
3 Tartib
Navbat asosida (1-navbat, 2-
navbat...)
Navbat yo‘q, faqat vasiyatda
ko‘rsatilganlar
4 Majburiy ulush
Yo‘q
Ha, ba’zi shaxslar majburiy ulush
oladi
4
O’zbekiston Respublikasibubf fuqarolik kodeksi 1133-1148-moddalar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
261
ISSN:3030-3613
№
Me’yoriy asos
Qonuniy meros
Vasiyatnoma bo‘yicha meros
5 Rasmiylashtirish
Vafotdan keyin meros notarius
orqali rasmiylashtiriladi
Vasiyat hayot paytida yoziladi,
notarial tasdiq talab etiladi
6
O‘zgartirish/Bekor
qilish
O‘zgarmaydi (faqat voris voz
kechsa)
Har doim bekor qilish yoki
o‘zgartirish mumkin
7 Afzallik
Vasiyat bo‘lmasa — qonuniy meros
kuchga kiradi
Vasiyat bo‘lsa — qonuniy
merosdan ustun turadi.
Nazariyaga ko’ra meros ulushi hamda majburiy ulush ham mavjud ya’ni
meros
ulushi
-bu meros qoldiruvchining mol-mulkidan voris (merosxo‘r)ga tegishli qismi,
ya’ni qancha miqdorda va qanday nisbatan meros tegishini bildiradi.Meros ulushi
qonuniy meros
yoki
vasiyatnoma asosida
belgilanadi. Majburiy ulush esa bu
vasiyatnoma mavjud bo‘lsa ham, ayrim shaxslar qonun asosida
merosdan o‘z
ulushlarini olish huquqiga ega bo‘lgan
holatdir. Vasiyat qilingan mulkning bir qismi
ularga ajratilishi
majburiydir.
Barchamizga ma’lumki huquq sohasi hamma joyda ham bir hil qo’llanilmaydi
davlatlarga qarab turli huquq oilasiga mansubligi bilan ajralib turadi bunga misol
qiladigan bo’lsak eng asosiy ikkta katta huquq oilasi bu
Romana-german
hamda
Anglo-sakson
huquqi mavjud va yana ikkta kichik huquq oilasi ham mavjud bular
Musulmon huquqi va Odat huquqidir o’zi huquq oilasi deganda nima tushuniladi
huquq oilasibu turli davlatlarning huquq tizimlarini o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra
guruhlashga asoslangan nazariy tasnifdir. Har bir huquq oilasi tarixiy rivojlanish yo‘li,
manbalari, sud tizimi, qonun chiqarish tartibi bilan farqlanadi
Keling shu joyida boshqa mamlakatlarning qonunchiligidagi meros huquqiga
ham ozroq yuzlanib o’tsak bilamizki qonunchilik sohasida va kodekslarimiz Rossiya
Federatsiyasiniki bilan unchalik katta farqni tashkil etmaydi. AQSh qonunchiligi esa
meros masalasiga yuqoridagi davlatlardan boshqacha yondashadi. AQShda har bir
shtatlarning alohida qonunlari mavjud bo'lib, bir masala yuzasidan turli xil qoidalar
kelib chiqadi. Lekin, aslini olganda, AQSh qonunchiligiga ko'ra vasiyat qiluvchilar bir
qator rasmiyatchiliklardan xalos etilishgan. Misol uchun, hali ham ba'zi shtatlarda
vasiyatnomani notarial tasdiqlash talablari mavjud bo'lsada, ko'plab shtatlarda bir
vaqtning o'zida guvohlik berish va notarial tasdiqlash talablari bekor qilingan.
Shuningdek, ko'pgina shtatlarda tirik qolgan turmush o'rtoqlarga katta majburiy ulush
beriladi. Biroq, Amerika huquqiy an'analarida tirik qolgan bola majburiy ulush olish
huquqiga ega emas.Shu tariqa, Amerika huquqiy tizimi vafot etgan shaxsning
farzandlaridan ko'ra turmush o'rtog'i haqida ko'proq qayg'uradi. Umumiy olib
qaraganda, Amerika huquq tizimi juda kengdir. Shu sababli ham meros munosabatlari
ko'proq ishonchga va amaliyotga asoslanadi.
Xalqaro doirada meros munosabatlarini to'liq bo'lmasa ham asosiy qoidalarini belgilab
beruvchi hujjat yo'q. Ko'rib chiqilgan holatlardan ko'rinib turibdiki, meros masalasida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
262
ISSN:3030-3613
har bir davlat o'z milliy qonunchiligiga asoslanadi. Shu tufayli ham bu borada
davlatlarning qonunchiligi bir-biridan jiddiy farq qilishi mumkin.
Endi yuqoridagi nazariy ma’lumotlarni inobatga olgan holda meros huquqini
amalyotda qay tartibda amalga oshirilishi haqida asosiy tushunchalarni taqdim etsak.
Bosqich / Jihat
Tavsifi
Qonuniy asos
1. Meros ochilishi
Meros qoldiruvchi vafot etgach, meros ochiladi.
Meros uni qoldirgan shaxsning oxirgi yashash
joyida ochiladi.
FK 1114-modda
2. Merosga da’vo qilish
Merosxo‘rlar 6 oy ichida notariusga ariza
topshirishi kerak. Qarindoshlik va mulkka doir
hujjatlar ilova qilinadi.
FK 1141–1142-
moddalar
3. Vasiyatnoma
mavjudligini aniqlash
Notarius vasiyatnoma mavjudligini va uning
haqiqiyligini tekshiradi. Mavjud bo‘lsa – unga amal
qilinadi.
FK 1118–1125-
moddalar
4. Majburiy ulush
mavjudligi
Mehnatga layoqatsiz qarindoshlar (ota-ona, farzand,
turmush o‘rtoq) majburiy ulush oladi – vasiyatda
ko‘rsatilmasa ham.
FK 1149–1151-
moddalar
5. Meros ulushini
aniqlash
Agar vasiyatnoma yo‘q bo‘lsa – qonuniy tartibda
navbat asosida teng ulushda taqsimlanadi.
FK 1141–1148-
moddalar
6. Meros huquqi
guvohnomasini olish
Notarius tomonidan har bir vorisga meros huquqi
to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
FK 1163–1164-
moddalar
7. Mulkni
rasmiylashtirish
Uy – kadastrda, mashina – YHXBda, pul – bankda
ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Merosxo‘rlar o‘z ulushini
rasmiy egallaydi.
Amaldagi
tartibga ko‘ra
8. Muddatdan o‘tib
murojaat qilish
6 oy o‘tib murojaat qilinsa – faqat sud orqali
asoslangan holatda tiklanadi (kasallik, xorijda
bo‘lish va b.).
FK 1155-modda
9. Nizoli holatlarda
sudga murojaat qilish
Meros nizolari (ulush, haqlilik, vasiyat soxtaligi)
bo‘yicha fuqarolik sudi ko‘rib chiqadi.
Fuqarolik
protsessual
kodeksi
Yuqoridagi jadvalda meros huquqining sodda tartibdagi amaliy tushunchalarini
ko’rishingiz mumkin ushbu amaliy va azariy bilimlardan kelib chiqan holda meros
huquqini soddalashtirish hamda yanada takomillashtirish uchun bir necha takliflarni
keltirib o’tsak takliflar shundan iboratki birinchi navbatta meros olish muddatini 6
oydan 12 oygacha uzaytirilishini bunga sabab meros oluvchilar chet davlatda bo’lishi
yoki xabarsiz qolganligi sababli hamda o’zlariga bog’liq bo’lmaga sabablar tufayli
muddat uzaytirilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Ikkinchi taklif esa vorislar uchun
avtomatik xabardor qilish mexanizmini joriy qilish bunga sabab esa meros ochilgach,
barcha ehtimoliy vorislar davlat reyestrlari orqali avtomatik ogohlantirilsa shunda hech
bir merosxo’r nazardan chetda qolmas edi.Uchinchi taklif bugungi kunda juda ko‘plab
merosxo‘rlarning e’tiborsizligi va loqaytsizligi natijasida notariusga kech murojaat
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
263
ISSN:3030-3613
qilishi va huquqiy bilimi kamligi sababli o’ziga tegishli bo’lgan ulushidan mahrum
bo‘layotganligini hech birimizga sir emas aslida va bunday xolat esa huquqiy yordam
tizimini kuchaytirishni taqozo etadi. To’rtinchi
sud tizimidagi ortiqcha yuklama
ni
kamaytirish uchun
yarashtiruv
va
onlayn hujjatlashtirish
tizimlari joriy etilishi
zarur
. Chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari
uchun
xalqaro huquqiy yordam
va diplomatik kanallar orqali merosga ega chiqish tartibi yengillashtirilishi lozim.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, meros huquqining nazariy asoslari, O‘zbekiston
Respublikasi Fuqarolik kodeksidagi normalar, Oliy Sud Plenum qarorlari, shuningdek,
amaliyotdagi muammolarni tahlil qiladi. Meros huquqi, shaxsning vafotidan keyin
mol-mulkni vorislarga o‘tkazish tartibini belgilaydi va qonuniy hamda vasiyatnoma
asosida amalga oshiriladi. Meros huquqi ikki asosda, ya'ni qonuniy va vasiyatnoma
asosida taqdim etiladi. Fuqarolik kodeksidagi normalarga muvofiq, meros oluvchilar
va ularning huquqlari aniq belgilangan. Vasiyatnoma esa meros qoldiruvchining
irodasiga ko‘ra tuziladi va o‘z irodasini ifodalaydi. Umuman olganda, maqola meros
huquqining dolzarb masalalari va ularni hal etish yo‘nalishlari haqida muhim
ma'lumotlar taqdim etadi.
Foydanilgan adabiyotlar ro`yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. ─T.: Adolat. 2021 yil.
2.
Антимонов Б. С., Граве К. А. Советское наследственное право. М., 1995. С.
4650
3.
Корнеева И. Л. Наследственное право Российской Федерации: учеб. для
магистров / И.Л. Корнеева. – 3-е изд., перераб и доп. – М.: Юрайт, 2012. – С.
17.