T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
245
ISSN:3030-3613
BOLALARNING MEHNATGA BOʻLGAN LAYOQATI HAMDA
KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY
PSIXOLOGIK USULLARI
Eshmamatova Saodat Husniddin qizi
Samarqand viloyati Narpay tumani
MMTBga qarashli 42-umumiy o'rta
talim maktabi amaliyotchi psixologi
ANNOTATSIYA
Mehnat tarbiyasi - tarbiyaning muhim turlaridan biri bo‘lib, shaxsni
shakllantirishning zarur shartlaridan biri boʻlgan pedagogik jarayon hisoblanadi.
Mehnat tarbiyasi kishidan ijtimoiy foydali mehnatga ichki ehtiyoj, batartiblik,
tashkilotchilik, tashabbuskorlik, ishchanlik, ishning koʻzini bilish singari sifatlarni
qaror toptirishga xizmat qiladi. Mehnat tarbiyasi tarbiyaning boshqa hamma
turlaridan oldin paydo boʻlgan. Chunki, mehnat inson ehtiyojlarini qondirishning
birinchi va asosiy vositasidir.
Kalit so’zlar.
Koʻnikma, tarbiya, ta’lim, ishchanlik, tashabbuskorlik, ijtimoiy
mehnat, kasb-hunar, mehnatsevarlik, ishlab chiqarish, malaka, taraqqiyot, ruhiyat,
psixik jarayonlar,qobiliyat,layoqat
KIRISH
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarning aqliy, ma’naviv-axloqiv. jismoniv va estetik
tarbiyasi bilan o‘zaro bog‘liq holda yaxlit tizimda amalga oshiriladi. Masalan:
1.
Aqliy tarbiya o‘quvchilar mehnat tarbiyasi, ularni kasbga tayyorlashning asosi
sanaladi. Zero, mehnat − nazariy va amaliy bilimlarni egallashga yordam beradi, bilim
esa o‘z navbatida shaxsni mehnatga tayyorlashni takomillashtiradi. Mehnat
tarbiyasining samaradorligi o‘quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlash jarayonida har
tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalash vazifasi bilan belgilanadi.
2.
Mehnat tarbiyasi axloqiy tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Chunki
mehnat faoliyati yordamida o‘quvchida mehnatsevarlik, intizomlilik, irodalilik,
tashabbuskorlik, mustaqil harakat qilish kabi axloqiy xislatlar ham shakllanadi.
3.
Mehnat tarbiyasi estetik tarbiya bilan mustahkam aloqada olib boriladi.
Mehnat tarbiyasi mazmuniga estetik elementlarni singdirish asosida uni amalga
oshirish o‘quvchilar mehnat tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. Mehnatda go‘zallik
va o‘z mehnatidan zavqlanish uning yanada samarali kechishiga yordam beradi.
4.
«Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida milliy
istiqlol mafkurasining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari haqida fikr yuritilar ekan: «Milliy
istiqlol mafkurasi o‘z mohiyatiga ko‘ra, harbir fuqaroning munosib turm ush darajasini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
246
ISSN:3030-3613
ta’minlaydigan farovon hayot kechirishga chorlaydi. Har bir insonni, u qaysi shakldagi
mulkchilik asosida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmasin, shaxsiy manfaatlarini xalq
va vatan manfaati bilan o ‘zaro uyg‘unlashtirib yashashga undaydi. ... Har bir
fuqaroning farovonligi − butun jamiyatning farovonligidir, g‘oyasini ilgari suradi», −
deb ta’kidlanishi ham bejiz emas.
O‘quvchilar mehnat faoliyatining turlari xilma-xil bo'lib, ularning asosiy turlari
quyidagilardir:
O‘quv mehnati o‘quvchilarning ilmiy bilimlar hamda turli fanlar asoslarini
o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan faoliyati turidir.
Ijtimoiy-foydali mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamda uning
muayyan ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan hamda ijtimoiy mehnat
xarakteridagi faoliyati turidir. Ishlab chiqarish mehnati turlari xilma-xildir. Masalan,
o‘quvchilarning mehnat haftaligi, chorvaga yem-xashak tayyorlash 165 va fermer
xo‘jaliklarida faoliyat yuritish va boshqalar. Unumli mehnat − o‘quvchilar
mehnatining eng ommaviy shakli sanaladi.
Mehnat faoliyati bolaning tevarak-atrofdagi muhitni, real buyumlarni anglab
olishning mustahkam vositasi boʻlib, unga nazariy bilimlarni qoʻllash imkoniyatini
yaratib beradi, uning ongini hissiy tasavvurlar bilan boyitadi. Umuman olganda,
mehnat tarbiyasi ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Mehnat tarbiyasining bosh
gʻoyasi shaxsda mehnat faoliyatini tashkil etish, koʻnikma va malakalarni hosil qilish,
ijtimoiy mehnatni qadrlash, mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash sanaladi. Rus
pedagogi K.D.Ushinskiy pedagogika fanida yosh avlodni shakllantirishda mehnat
tarbiyasi juda katta ahamiyatga ega ekanligiga shunday izoh bergan: «Tarbiyaning
oʻzi, agar u kishining baxtiyor boʻlishini istar ekan, uni baxt uchun tarbiyalashi kerak
emas, balki turmush mehnatiga tayyorlashi lozim». Bir qator oʻzbek xalq maqollarida
ham inson hayotida mehnat alohida ulugʻlanadi. Masalan, «Mehnat baxt keltirar»,
«Mehnat e’tibor garovi», «Mehnatsiz rohat yo‘q», «Mehnat qancha ogʻir boʻlsa, keti
shuncha shirin boʻlar» va boshqalar.
Mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadi о‘quv ishlarida mehnatga nisbatan
ongli munosabatni shakilantirishdan iboratdir.
Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishning vazifalari quyidagilardan iborat:
1.
Mehnatning mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarga mehnatning shaxs
kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;
2.
Inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo‘lgan moddiy va ma’naviy
ne’matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o‘rgatish;
3.
Mehnat qilishga nisbatan rag‘batni, shuningdek, muhabbatni uyg‘otish.
Bunda aziz avliyolarimiz va boshqa buyuk insonlarimizning mehnat va kasb-hunar
bilan hayot kechirganlarini alohida qayd etish;
4.
O‘quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
247
ISSN:3030-3613
keltirish;
5.
Mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yondashishni
odatlantirish;
6.
Mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish;
7.
Mehnatga hayotiy zarurat inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda
bo‘lish;
8.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko‘nikmasi va
malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish;
9.
O‘quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o‘z mehnati samarasidan
g‘ururlanish tuyg‘usini shakllantirish;
10.
Muayyan kasb-hunar sirlarini o‘zlashtirishga erishish va boshqalar.
Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo‘nalishlarida rivojlantiriladi va
tarkib toptiriladi: mehnat o‘yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida
shakllantiriladi; mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o‘zlashtirishga erishiladi;
mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish joizki, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni
yetishtirishda mehnat tarbiyasining o‘rni beqiyosdir. Shuningdek, mehnat butun
umuminsoniy, milliy, moddiy va ma’naviy qadriyatlarning ijtimoiy taraqqiyoti, negizi,
mehnat tarbiyasi esa, shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas qismidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:
1.
Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O’QITISHDA ISPANIYA
XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI.
Scientific progress
,
1
(6).
2.
Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI
O’RGANISHDA MITANNI
DAVLATCHILIGINING
O’RNI
VA
AHAMIYATI.
Scientific progress
,
1
(6), 616-619.
3.
Erkinov, A.
S.
O., &
Haydarov, S.
(2021).
YUNON-
BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO’JALIGI VA
MADANIYATI.
Scientific progress
,
1
(6), 620-622.
4.
Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA
SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI.
Scientific
progress
,
1
(6).
5.
Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI
BAGʻDODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI.
Scientific progress
,
1
(6).
6.
Ro’Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O’RGANISHDA
SOSONIYLAR DAVLATINING O’RNI VA AHAMIYATI.
Scientific progress
,
1
(6).
7.
Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O’RGANISHDA
MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O’RNI HAMDA AHAMIYATI.
Scientific progress