Mualliflar

  • Otaboyeva Kamola Botirjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112346

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlari:psixik jarayonlar muloqot depressiv xulq tarbiya psixologik koʻnikmalar ruhiyat tafakkur faoliyat individual faoliyat ijtimoiy faoliyat.guruhiy rivojlanish

Annotasiya

ANNOTASIYA 
Umumiy o‘rta maktab ta’limi jarayonida fikr yuritish operatsiyalaridan unumli 
foydalanish  evaziga  har  qanday  murakkab  bilimlarni  egallash  imkoniyati  vujudga 
keladi. O‘quvchilar tafakkur shakllarining funksional va operatsional jihatlari bilan 
yaqindan  tanishadilar,  shuningdek,  ulardan  mustaqil  foydalanish  uchun  barcha 
iptellektual rezervlarini ishga solishga harakat qiladilar. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

240

ISSN:3030-3613

MAKTAB OʻQUVCHILARIDA TAFFAKUR,XOTIRA HAMDA MUSTAQIL

FIKRGA EGA BOʻLISH KOʻNIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING

PSIXOLOGIK USULLARI

Otaboyeva Kamola Botirjon qizi

Toshkent shahar Sergeli tumani

264-maktab amaliyotchi psixologi

ANNOTASIYA

Umumiy o‘rta maktab ta’limi jarayonida fikr yuritish operatsiyalaridan unumli

foydalanish evaziga har qanday murakkab bilimlarni egallash imkoniyati vujudga
keladi. O‘quvchilar tafakkur shakllarining funksional va operatsional jihatlari bilan
yaqindan tanishadilar, shuningdek, ulardan mustaqil foydalanish uchun barcha
iptellektual rezervlarini ishga solishga harakat qiladilar.

Kalit so’zlari:

psixik jarayonlar, muloqot, depressiv xulq, tarbiya, psixologik

koʻnikmalar, ruhiyat,tafakkur, faoliyat, individual faoliyat, ijtimoiy faoliyat.guruhiy
rivojlanish

KIRISH

Xotira tushunchasini turli nuqtai nazardan qarash mumkin, chunonchi, u bilish

jarayoni, produktiv yoki reproduktiv mnemik (lot. – xotira) faoliyat, amaliyotda zarur
bilimlar majmuasi, xotira – bu ko„nikma, malaka va odatlar yig„indisi; umumlashgan
obrazlar to„plami, grammatik termin, fenominal xotirali shaxs sifati tariqasida va
hokazo. O‘quv faoliyatining ushbu usulini mustaqil topshiriq bajarishga, ya’ni
“Tafakkur” tushunchasiga ko‘chirish imkoniyati quyidagi tarzda namoyon bo‘ladi:
tafakkur – bu bilish jarayoni, fikr yuritish faoliyati, prognoz qilish, anglashilgan
bilimlar, muloqot negizi, grammatik termin, aql sifati, zehni o„tkirlik, shaxs sifati kabi
tasavvur qilish mumkinligini ta’kidlab o‘tiladi.

Yuqoridagi

mulohazalarga

qaramasdan,

o‘quvchilar

tafakkurida

sub’ektivshaxsiy xususiyatga ega bo‘lgan zaif jihatlar mavjuddir. Fikr yuritish
faoliyatini nazorat qilishda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi, masalan, faoliyat
natijasini tekshirish sifatidagina qo‘llaniladi. Ularning aqliy faoliyatida xatti-harakat
yoki bilim sifatini baholash va o‘z-o‘zini baholashda ham, voqelikni baholashda ham
voqelikni oqilona, to‘g‘ri aks ettirish jarayonida illatlar ko‘zga tashlanadi. Narsa va
hodisalar xususiyati yoki qonuniyati ko‘pincha orttirib baholanadi, ba’zan pasaytirib
baholash hollari ham namoyon bo‘ladi. Ahyon-ahyonda bo‘lsa-da, to‘g‘ri, oqil,
haqiqatan aniq baholash ko‘zga tashlanadi. Tafakkurning tanqidiylik va
tashabbuskorlik sifatlarida ayrim nuqsonlar uchraydi. O‘quvchilarning intilishi bilan
o‘z-o‘zini baholash o‘rtasidagi munosabat mutanosiblikka, o‘zaro uyg‘unlikka ega


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

241

ISSN:3030-3613

emas, shu tufayli imkoniyat (aqliy zaxira) bilan havoiy orzular orasida ziddiyat
vujudga keladi, natijada oqillik o‘rnini g‘ayirlik egallay boshlaydi. Bunday salbiy
hissiy kechinmaning, shaxs illatining oldini olish va mutlaqo bartaraf qilish uchun
maxsus treningdan (to„g„ri yo„lga yetaklovchi mashq-namunalardan) foydalanish
ijobiy natijalar beradi.

Ta’kidlab o‘tilgan nuqsonlar, qusurlarga qaramasdan, o‘quvchilar tafakkuri ilk

o‘spirinlik yosh davridan ham sifat, ham mazmun, ham ko‘lam jihatidan keskin
tafovutlanadi. Bu fikrlar psixologlar tomonidan to‘plangan miqdoriy ma’lumotlar
bilan allaqachonlar tasdiqlangan. Shunday qilib, muayyan bir sohaning yosh
mutaxassis kishisi – O‘quvchi yuksak aql-zakovat egasi, uquvli-teran fikrli inson,
iymonli, diyonatli shaxs, aniq dunyoqarashga; mustahkam e’tiqodga ega bo‘lgan
ziyoli, milliy mafkuraning jonkuyari, targ‘ibotchisi sifatida ijtimoiy katta hayotga
yo‘llanma oladi.

O‘quvchi-o‘spirinlik, ilk yoshlik davri o‘zining mahsuldorligi, refleksiv

(anglashilganlik, ongli rejalashtira olishlik) xususiyati bilan boshqa yosh davridagi
odamlardan o‘ziga xos ravishda ajralib turadi. O‘quvchilik yillari ijodiy izlanishlar,
aql-zakovat zaxiralarini ishga sola bilish, aqliy qobiliyatni safarbar qilish
imkoniyatlariga ega bo‘lgan shaxsning yetuklik davri hisoblanadi. Xullas, ushbu yosh
davrda tafakkur sermahsul, sermazmun bosqichga ko‘tarilib, yaratish, ixtiro, ijod va
kashfiyot qilish arafasida turadi.

O‘quvchilar o‘quv predmetlari, fan asoslarini egallash faoliyatida ijodiy

mahsulot berish uchun tinimsiz harakat qiladilar. Ularning bilishga, bilim olishga
undovchi mayllari turg‘un, mustahkam va barqaror qiziqishga aylana boradi, badiiy
ijodiyot va ilmiy-tadqiqot bobida dastlabki ezgu-niyatlari, orzularini ushatishga
intiladilar. Jumladan, adabiy ta’limda o‘quvchilar badiiy ijod bilan, tabiiy-matematika
fan sohasidagilar esa kuzatish va tajriba o‘tkazish bilan, tarixchi-arxeolog o‘quvchilar
ijtimoiy turmush solnomalarini ochish bilan shug‘ullana boshlaydilar. Hatto
o‘quvchilar o‘zlarining aqliy mehnati mahsullari bilan olimpiada, ilmiy-amaliy
anjumanlarda, ixtirochilar va ratsionalizatorlar konkurs-tanlovlarida muvaffaqiyatli
qatnasha oladilar. Bularning barchasi tafakkur yordami bilan chiqariladi, moddiy
borliqni yanada aniqroq ifodalash, yaratish faoliyatlarida faol qatnashish uchun
intilish, muammoli holat va vaziyatlarni hal qilish (echish) jarayonlarining mahsuli
sifatida namoyon bo‘ladi. Bu va standart bo‘lmagan muammoli, boshqotirar
topshiriqlarni yechish ijodiy fikr yuritishni, sermahsul vositalardan foydalanishni
taqozo qiladi.

O‘quvchilar tafakkuri, asosan, o‘qish, amaliy mashg‘ulot va mustaqil bilim

olish faoliyatlarida jadal va uzluksiz ravishda rivojlanadi. Goho ma’ruza jarayoni
ulardan reproduktiv tafakkurni taqozo etsa ham, lekin mustaqil topshiriqlar,
laboratoriya darslari produktiv (ijodiy) fikr yuritish faoliyatini talab qiladi. Har ikkala


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

242

ISSN:3030-3613

ta’lim shakli ham o‘quvchilar aqliy mehnati, maqsadga yo‘naltirilgan va
muvofiqlashtirilgan diqqati yordami bilan amalga oshadi.

Umumiy o‘rta maktabdagi mustaqil ishlarning barchasi: konspekt tuzish, referat

ishlari o‘quvchidan mustaqillikni, ijodiy yondashishni, (kreativlikni) muammoli
holatni, murakkab pedagogik-psixologik vaziyatni hal qilishni taqozo qiladi. Davlat
ta’lim standarti va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan, dasturda ko‘zda tutilgan materiallar va
ilmiy ma’lumotlarni o‘zlashtirish bilim-saviyani kengaytirish bilan qanoat hosil
qilmasdan, balki ularni tushunish, anglab yetishni talab qiladi, bu esa bevosita
tafakkurning funksiyasidir. Xotira bisotidagi bilimlarni izchil ravishda tartibga
keltirish, esga tushirish, ular ichidan eng muhim jihatlarni ajratish, o‘zaro taqqoslash,
turkumlarga kiritish, umumlashtirish bilish jarayonining aqliy yo‘li bilan, ya’ni
tafakkur yordami bilan amalga oshiriladi.

Ijtimoiy gumanitar va tabiiy fanlarni o‘rganish davomida moddiy borliqdagi

narsa va hodisalar o‘rtasidagi murakkab ichki bog‘lanishlar, aloqalar va ijtimoiy
turmush qonuniyatlari yuzasidan chuqur nazariy metodologik, ilmiy-uslubiy
xususiyatdagi bilimlar o‘zlashtiriladi.

Umumiy o‘rta maktab ta’limi jarayonida fikr yuritish operatsiyalaridan unumli

foydalanish evaziga har qanday murakkab bilimlarni egallash imkoniyati vujudga
keladi. O‘quvchilar tafakkur shakllarining funksional va operatsional jihatlari bilan
yaqindan tanishadilar, shuningdek, ulardan mustaqil foydalanish uchun barcha
iptellektual rezervlarini (aqliy zaxiralarini) ishga solishga harakat qiladilar. Hukm
chiqarishning barcha (yakka, xususiy, umumiy, ziddiyatli, faraziy, inkor)
ko‘rinishlardan o‘quv va mustaqil bilim olish faoliyatlarida foydalanish
shartsharoitlari tug‘iladi.Xulosa chiqarishning induktiv (xususiydan umumiyga
fikrning yo„nalganligi) va deduktiv (umumiydan xususiy hollarga fikrning
qaratilganligi) yo‘llaridan muayyan tarzda bilish faoliyatida qo‘llashga intiladilar.
Tushunchalar (yakka, xususiy, umumiy, yakqol, mavhum, to„planma) mohiyatini
anglagan holda ma’lumotlarni egallash bilimlarning barqarorligini ta’minlaydi. Bu
narsalarning barchasi tafakkurni rivojlantirishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Umumiy o‘rta ta’lim uzluksiz ravishda ijodiy tafakkurni talab qiladigan,

muammoli xususiyatdagi topshiriq va masalalar tizimidan iboratdir. Har bir ma’ruza,
seminar mashg‘uloti, mustaqil topshiriqlar, hatto laboratoriya ishlari ham muammoli
vaziyat, holatniig tarkibiy qismlaridan tuzilgan bo‘ladi. Ularni hal qilish (echish,
bajarish) ijodiy izlanishni vujudga keltiradi, tafakkur va ularning turlarini
(ko„rgazmali, harakat, ko„rgazmali-obrazli, so„z-mantiq. Verbal, amaliy, nazariy,
ixtiyoriy-ixtiyorsiz, konkret, abstrakt, realistik, autistik, intuitiv, diskursiv, dialektik,
reproduktiv, produktiv-ijodiy, vizual, fazoviy) kamolot sari yetaklaydi. Chunki
muammoli holatgacha bo‘lgan davr, muammoli vaziyat, muammoli vaziyatdan
keyingi aqliy jarayonlar ham O‘quvchidan ijodiy qidiruv, tadqiqot faoliyatini taqozo


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

243

ISSN:3030-3613

etadi. Topshiriqni mustaqil bajarish O‘quvchilardan tafakkur operatsiyalari (analiz,
sintez, taqqoslash, solishtirish, yaqqollash, mavhumlashtirish, guruhlash, turkumlash,
umumlashtirish, sistemalashtirish) va

shakllaridan (tushuncha, hukm, xulosa

chiqarishdan) foydalanishni talab qiladi.

O‘quvchilarni o‘quv faoliyati yoki ta’limiy usullar bilan tanishtirish tafakkur

rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, tushunchalarga (holatlarga) turli
nuqtai nazardan qarash usulini O‘quvchilarda tarkib toptirish va uni sharoitga

(vaziyatga) ko‘chirishga o‘rgatish yuqori ko‘rsatkichlar beradi. Shuni alohida
ta’kidlab o‘tish kerakki, odatda usullarning ko‘chishini “birdaniga”, asta-sekin,
“buzib-tuzatib”, qayta qurish, tarkibini yangidan tuzish, ko‘rgazmali materialdan
matnli (mantiqiy) materialga o‘tishi kabi ko‘rinishlari mavjuddir. O‘quvchilarda o‘quv
faoliyatining usulini tarkib toptirish quyidagicha amalga oshiriladi va muayyan
qoidalar asosida olib boriladi:

– hamkorlik tushunchasiga turli nuqtai-nazardan qarash mumkin, chunonchi, u

faoliyat turi, do‘stona aloqa o‘rnatish, muloqot, muomalaga kirishish, umumiy
xattiharakatlar yig‘indisi, o‘quv faoliyatining shakli, o‘qituvchi bilan O‘quvchi
harakati, bitim, ijodiy tajriba almashish va hokazo. Mazkur o‘quv faoliyati usulini
mustaqnl topshiriqni bajarishga, ya’ni “faoliyat”, “individual faoliyat”, “ijtimoiy
faoliyat”, “guruhiy faoliyat” kabi psixologik tushunchalar mohiyatini ochishga
ko‘chirish mumkin. Psixologiya fanida ko‘chishning turlari to‘g‘risida chet el va sobiq
Ittifoq davridagi psixologiyada birmuncha ma’lumotlar mavjud.

XULOSA

Umumiy o‘rta maktabda o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, targ‘ib

qilish ham o„quvchilik davriga xos xususiyatlardan biridir. Nazariy va amaliy, ijodiy
va diskursiv, fazoviy tafakkur bilan qurollangan o‘quvchilar omma o‘rtasida
ilmma’rifatni yoyish ishida faol ishtirok qilmoqdalar.

Shunday qilib, o‘quvchilar narsa va hodisalar, voqelikni to‘g‘ri, oqilona,

omilkorlik bilan aks ettirish, ijtimoiy hayot talabi va ehtiyojlarini anglash, ongli
ravishda fikr yuritish faoliyatini tashkil qilish va boshqarish imkoniyatiga egadirlar.
Ularda ta’lim jarayonida tafakkurning diskursiv (lot. – mulohaza yuritish) va

refleksiv

sifatlarini shakllantirish ilmiy, ijodiy tafakkurni vujudga keltiradi. Buning uchun ularni
mustaqil bilim olish faoliyatini to‘g‘ri uyushtirish va boshqarishga o‘rgatish yuksak
samaraning kafolatidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

JO‘RAYEVA, S., TURSUNOV, B., & JUMAYEV, S. (2021). ZAMONAVIY

2.

TA’LIMNI

RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOG IMIJINI

SHAKLLANTIRISHNING

AHAMIYATI. “XALQ TA‟LIMI” ilmiy-

metodik jurnali, 6, 14-16.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_3-to’plam_Iyun-2025

244

ISSN:3030-3613

3.

JUREVA, S. N., & MAMARADJABOVA, B. A. (2020). THE DEGREE TO
WHICH A PERSON FEELS HAPPY IN THE FAMILY. JOURNAL OF
CRITICAL REVIEWS, 7(5), 1873-1875.

4.

Zhu'raeva, S. N. (2020). INTERPRETATION OF IMAGE IN MODERN
SCIENTIFIC RESEARCH. ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ, 8(11),
257-267.

5.

Авлаев,

О.

У.

(2021).

ТАЛАБА

ЁШЛАР

КАМОЛОТИДА

МАСЪУЛИЯТНИНГ ЎРНИ. Eurasian Education, Science and Innovation
Journal, 5, 67-72.

6.

Авлаев, О. У. (2021).

ТАЛАБАЛАР КАМОЛОТИДА ИЖТИМОИЙ

7.

ИНТЕЛЛЕКТНИНГ ГЕНДЕР ФАРҚЛАРИ. “PSIXOLOGIYA” ILMIY
JURNAL, 34-41.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

JO‘RAYEVA, S., TURSUNOV, B., & JUMAYEV, S. (2021). ZAMONAVIY

TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOG IMIJINI

SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI. “XALQ TA‟LIMI” ilmiy-

metodik jurnali, 6, 14-16.

JUREVA, S. N., & MAMARADJABOVA, B. A. (2020). THE DEGREE TO

WHICH A PERSON FEELS HAPPY IN THE FAMILY. JOURNAL OF

CRITICAL REVIEWS, 7(5), 1873-1875.

Zhu'raeva, S. N. (2020). INTERPRETATION OF IMAGE IN MODERN

SCIENTIFIC RESEARCH. ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ, 8(11),

-267.

Авлаев, О. У. (2021). ТАЛАБА ЁШЛАР КАМОЛОТИДА

МАСЪУЛИЯТНИНГ ЎРНИ. Eurasian Education, Science and Innovation

Journal, 5, 67-72.

Авлаев, О. У. (2021). ТАЛАБАЛАР КАМОЛОТИДА ИЖТИМОИЙ

ИНТЕЛЛЕКТНИНГ ГЕНДЕР ФАРҚЛАРИ. “PSIXOLOGIYA” ILMIY

JURNAL, 34-41.