T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
300
ISSN:3030-3613
“URUSH ODAMLARI” ASARIDA QO‘LLANILGAN FRAZEMALARDA
TRANSFORMATSIYA HODISASI
Xalqaro innovatsion universitet
Tarix va filologiya fakulteti
Filologiya va tillarni o‘qitish yo‘nalishi
II kurs talabasi
Qahramonova Ruxshona Shuhrat qizi
Ilmiy rahbar:
Islomova Shoira, XIU o‘qituvchisi.
Annotatsiya:
ushbu maqolada o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarning fikriy
mazmunni ifodalashdagi o‘rni va ahamiyati “Urush odamlari” asari misolida tahlilga
tortilgan. Tildagi barqaror birikmalar, xususan, iboralar muallif g‘oyasining ta’sirchan
ifoda vositasi sifatida talqin qilinadi.
Kalit so‘zlar:
umumxalq tili, barqaror birikma, transformatsiya, stilistik, ibora,
ko‘chim, fikr ta’sirchanligi.
Badiiy asarlar tilini o‘rganish, lug‘aviy birliklarning badiiy nutqni
shakllantirishdagi o‘rni va estetik vazifasini aniqlash, ijodkorning individual badiiy
nutqini ilmiy jihatdan talqin etish adabiyotshunoslik bilan birga tilshunoslikning ham
muhim vazifalaridan hisoblanadi. Badiiy asar tilini o‘rganish, tahlil qilish, ijodkorning
tabiiy tildan foydalanish mahoratini ochib berish alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, til
egalarining o‘ziga xos turmush tarzi, madaniy va estetik qarashlarining nozik ifodasi
sanaladigan barqaror birliklarning badiiy matndagi o‘rni va ahamiyatini belgilash
hamda baholash ham filologik, ham ta’limiy nuqtayi nazardan dolzarblik kasb etadi.
Badiiy asarda transformatsiya hodisasi haqida to‘xtalishdan oldin,
“transformatsiya nima?” degan savolga aniqlik kiritib olishimiz kerak. Tilshunoslikda
transformatsiya deganda tilga xos bo‘lgan tub, markaziy qurilmani til qonun-qoidalari
asosida o‘zgartirib, boshqa bir qurilma hosil qilish tushuniladi”
1
. “Transformatsiya” –
til birliklarini, ayniqsa gaplarni, ma’lum qoidalar asosida o‘zgartirish va boshqa
shaklga keltirish jarayonidir. Frazeologik transformatsiya esa bu barqaror iborani
grammatik yoki leksik jihatdan o‘zgartirib, unga boshqa shakl berish, lekin asosiy
ma’noni saqlab qolish jarayonidir. Iborani o‘zgarmas til birligi deb tushunish
noto‘g‘riligini ta’kidlagan Sh.Rahmatullayev “iboraga birlashuvchi so‘zlarning tabiati
qanchalik yo‘l qo‘ysa, iboraning tarkibida shunchalik o‘zgarishlar voqe bo‘la oladi
1
Usmonova D., Obidova S., Xomidjonova M. “Transformatsiya atamasi lingvistik tushuncha sifatida tarjimada
transformatsiyadan foydalanish turlari” Internatsional Multidiscipllinary Researach in academic Science jurnali.2024 y
aprel, Volume.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
301
ISSN:3030-3613
deya ta’kidlaydi”
2
. Bu o‘zgarishlar esa frazeologizmlar transformatsiyasi deb
yuritiladi.
3
Badiiy asarlarda frazeologik birliklar quyidagi maqsadlarda transformatsiya
qilinadi:
−
obrazlilikni kuchaytirish; frazeologik birliklar voqelikni yanada jonli va obrazli
ifodalashga yordam beradi.
−
uslubiy rang-baranglik yaratish; ijodkor o‘z uslubini shakllantirishda, namoyon
qilishda frazeologik birliklarning turli shakllaridan foydalanadi.
−
emotsional ta’sirni oshirishda; frazeologik birliklar orqali kuchli hissiy ta’sir
ko‘rsatish mumkin.
N.Eshonqulning “Urush odamlari” asarida frazeologik birliklarga ijodiy
yondashib, ularni turlicha transformatsiya qilish orqali so‘zlashuv nutqiga mansub
iboralarning o‘ziga xos uslubiy-semantik jihatlarini, stilistik xususiyatlarini aniqlash
mumkin.
“Urush odamlari” asarida qo‘llanilgan frazemalarni transformatsiya turlari
asosida tahlilga tortamiz.
1. Leksik transformatsiya – frazema tarkibidagi so‘zlar o‘zgartiriladi.
Ko‘ngli
tog‘dek ko‘tarilmoq (63),ichi bo‘g‘zi yonib (75), suq va pisanda bilan tikilmoq (48),
qovoq-tumshug‘i ochilmoq (18).
2. Sintaktik transformatsiya – so‘z tartibi yoki grammatik shakllar o‘zgaradi.
Qo‘lim qotib ketgan (97),
quloqlarini ding qilmoq (36).
3. Semantik transformatsiya – frazemaning ma’nosi ko‘pincha kinoya tarzda
o‘zgartiriladi.
Qulfsiz gap qilmoq (48), o‘pkar bo‘lmoq (28).
4. Emotsional-transformatsiya – frazemaning ohangi, uslubida hissiy ta’sir
o‘zgaradi.
Pishirb ye (98), qo‘shmazor bo‘l (100), quturganday qizarib(85), ko‘ksini
tilimlab (109).
Yuqoridagilardan
ko‘rinadiki,
xalqning
tabiiy
tili
hisoblangan
frazeologizmlarning uslubiy imkoniyatlari keng bo‘lib, ular mohir san’atkor qo‘lida
har gal yangi emotsional bo‘yoqqa ega bo‘lib, o‘z ta’sir kuchini yanada orttiradi. Har
bir frazeologik iboradan stilistik maqsadlarda foydalanish uchun mualliflar ularning
ma’nolarini yangilashga, stilistik imkoniyatlarni kengaytirishga intiladilar. Shu bilan
birga tilimizdagi iboralardan unumli foydalanibgina qolmasdan, shular asosida yangi
iboralar yaratadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Eshonqul N. “Urush odamlari”. Toshkent. Sharq. 2008. − 112 б.
2.
Раҳматуллаев Ш. Нутқимиз кўрки.Тошкент. 1970. − 78 б.
2
Ш.Раҳматуллаев. Нутқимиз кўрки.Тошкент1970, 39-бет.
3
Б.Йўлдошев. Ўзбек тилида фразеологизмларнинг услубий ва прагматик имкониятлари.Самарқанд, 2002,25-
бет.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_3-to’plam_Iyun-2025
302
ISSN:3030-3613
3.
Usmonova D., Obidova S., Xomidjonova M. “Transformatsiya atamasi lingvistik
tushuncha sifatida tarjimada transformatsiyadan foydalanish turlari” Internatsional
Multidiscipllinary Researach in academic Science jurnali. 2024 y. aprel, Volume.
4.
Йўлдошев Б. Ўзбек тилида фразеологизмларнинг услубий ва прагматик
имкониятлари.Самарқанд, 2002. − 25 б.