Mualliflar

  • Norimova Matluba Turg`un qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112373

Kalit so‘zlar:

Kаlit sо`zlаr: korporatsiya kоrpоrаtiv nizо sud tegishlilik taalluqlilik turdosh tegishlilik hududiy tegishlilik kabi so’zlar ishlatildi.

Annotasiya

Аnnоtаtsiyа: Maqolada korporativ nizolarning sudga taalluqliligi va sudlovga 
tegishliligi  masalalari,  tegishlilik  va  taalluqlilik  tushunchasi,    tegishlilik  va 
taalluqlilikning  turlari  va  korporativ  nizolarda  o`ziga  xos  xususiyatlari  o‘rganiladi. 
Shuningdek,  maqolada  umumiy  hududiy  tegishlilik,  das’vogarning  tanlovi  bo`yicha 
tegishlilik masalalari tahlil qilingan.  Bundan tashqari maqolada ushbu nizolarni ko`rib 
chiqishda murojaat qilishda subyektlar doirasi tahlil qilingan.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

58

ISSN:3030-3613

KORPORATIV NIZOLARNING SUDGA TAALLUQLILIGI VA

SUDLOVGA TEGISHLILIGI

Norimova Matluba Turg`un qizi

Samarqand davlat universitetining magistranti

Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi

Pasdarg`om tuman Adliya bo`limi 1-son

FHDYO bo`limi ish yurituvchisi

ORCID: 0009-0005-4714-3353

Email: matlubanorimovacareer@gmail.com

Аnnоtаtsiyа:

Maqolada korporativ nizolarning sudga taalluqliligi va sudlovga

tegishliligi masalalari, tegishlilik va taalluqlilik tushunchasi, tegishlilik va
taalluqlilikning turlari va korporativ nizolarda o`ziga xos xususiyatlari o‘rganiladi.
Shuningdek, maqolada umumiy hududiy tegishlilik, das’vogarning tanlovi bo`yicha
tegishlilik masalalari tahlil qilingan. Bundan tashqari maqolada ushbu nizolarni ko`rib
chiqishda murojaat qilishda subyektlar doirasi tahlil qilingan.

Kаlit sо`zlаr:

korporatsiya, kоrpоrаtiv nizо, sud, tegishlilik, taalluqlilik, turdosh

tegishlilik, hududiy tegishlilik kabi so’zlar ishlatildi.

ДОПУСТИМОСТЬ И ПОДСУДНОСТЬ КОРПОРАТИВНЫХ СПОРОВ

Норимова Матлуба Тургун кизи

Магистрант Самаркандского

государственного университета

Делопроизводитель отдела ЗАГС № 1

Пасдаргомского районного отдела юстиции

управления юстиции Самаркандской области

ORCID: 0009-0005-4714-3353

Email: matlubanorimovacareer@gmail.com

Аннотация:

В статье исследуются вопросы подведомственности и

подсудности корпоративных споров, понятия подведомственности и
подсудности, виды подведомственности и подсудности, а также особенности
корпоративных споров. В статье также анализируются вопросы общей
территориальной подсудности, подсудности по выбору истца. Кроме того, в
статье анализируется круг субъектов при обращении за рассмотрением данных
споров.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

59

ISSN:3030-3613

Ключевые слова:

корпорация, корпоративный спор, суд, подсудность,

юрисдикция, смежная подсудность, территориальная подсудность.

THE ADMISSIBILITY AND JURISDICTION OF CORPORATE DISPUTES

Norimova Matluba Turg`un qizi

Master student of the Samarkand State University

Justice Department of Samarkand region Pasdargom

District Justice Department No. 1 registry office

ORCID: 0009-0005-4714-3353

Email: matlubanorimovacareer@gmail.com

Abstract:

The article studies the issues of the jurisdiction and jurisdiction of

corporate disputes, the concept of jurisdiction and jurisdiction, types of jurisdiction and
jurisdiction, and specific features of corporate disputes. The article also analyzes the
issues of general territorial jurisdiction, jurisdiction by choice of the claimant. In
addition, the article analyzes the scope of subjects when applying for consideration of
these disputes.

Keywords:

corporation, corporate dispute, court, jurisdiction, jurisdiction,

related jurisdiction, territorial jurisdiction.


Korporativ nizolarning sudga taalluqligi va sudlovga tegishliligi nizolarni o`z

vaqtida va tez hal qilinishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Nizolar sudda hal
qilinishi yuzasidan taalluqlilik va tegishlilikni to`g`ri hal qilinishi uning tez va samarali
yechim topilishi olib kelinishi mumkin. Misol uchun, arizachining korporatsiyada
yuzaga kelgan mehnat nizosi uchun iqtisodiy sudga murojaat qilishi yohud turdosh
tegishlilik yoki hududiy tegishlilik masalalariga e’tibor bermasdan murojaat qilinishi
kelajakda murojatchining vaqti, mulki, puli, sarmoyasining yo`qotilishi olib kelishi
mumkin. Shu sababli ham korporativ nizolarni hal qilish uchun sudga murojaat qilishda
sudlovlilik va tegishlilik masalalarini murojaatchi yaxshi bilib olishi darkor.

Korporativ nizolar bo`yicha ishlar O`zbekisston Respublikasi Iqtisodiy

Protsessual kodeksining 25-moddasiga asosan, iqtisodiy sudlarning ish yurituviga
taalluqli hisoblanadi. Kodeksning ushbu moddasida korporativ munosabatlarning
iqtisodiy sudlarga taaalluqliligi belgilanib qo`yilgan bo`lsada, uning xususiyatlari va
xarakteri inobatga olinmaganligi yaqqol ko`rinadi. Jumladan, normaning
25-moddasida ko`rsatilgan mehnatga oid munosabatlar fuqarolik sudlari tomondan
ko`rib chiqilishi bir ma’noda nizolarning iqtisodiy sudlarga taalluqliligi emasligi nuqtai
nazaridan ta’kidlab o`tilgan. Ammo unda nizoning kelib chiqishi, subyektlari sanab
o`tilmagan. Misol uchun, korporatsiya xodimining tijorat sirini oshkor qilishi bilan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

60

ISSN:3030-3613

bog`liq yuzaga kelgan nizoda xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish nizosi
yohud boshqa sshu kabi kichik sanaladigan nizolarning yurisdiksiyasi aniq ochib
ko`rsatilmagan. Shuningdek, qonunchiligimizda korporativ munosabatlarning tartibga
solishi yuzasidan kompleks jamlangan qonun hujjatlari mavjud emasligi ham
nizolarning taalluqligi masalasi zaifligiga olib keladi. Korporativ nizolarning
taalluqligi masalasiga qaytadigan bo`lsak, iqtisodiy protsessual kodeksning
26-moddasiga ko`ra, Xo`jalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav
kapitalidagi) aksiyalarning, ulushlarning, kooperativlar a'zolari paylarining
mansubligi, ularga yuklamalar belgilash va ulardan kelib chiqadigan huquqlarni
amalga oshirislh bilan bog liq nizolar: yuridik shaxs ishtirokchilarining
(muassislarining, a'zolarining) yuridik shaxs tomonidan luzilgan bitimlarni haqiqiy
emas deb topish va (yoki) bunday bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo`llash
haqidagi da'volari bo`yicha nizolar: qimmatli qog'ozlar emissiyasi bilan, shu jumladan
emitentning boshqaruv organlari qarorlari yuzasidan nizolashish bilan, emissiyaviy
qimmatli qog`ozlarni joylashtirish jarayonida tuzilgan bitimlar. Emissiyaviy qimmatli
qog'ozlar chiqarish (qo'shimcha ravishda chigarish) natijalari bo`yicha hisobotlar
(xabarnomalar) yuzasidan nizolashish bilan bog`liq nizolar: qimmatli qog'ozlarni
nominal saqlovchilarning aksiyalar va boshqa qimmatli qog`ozlarga bo`lgan
huquqlarni hisobga olish, qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarni
qimmatli qog'ozlarni joylashtirish va (yoki) ularning muomalasi munosabati bilan
qimmatli qog`ozlarning nominal saqlovchilari tomonidan amalga oshirish bilan bog`liq
faoliyatidan kelib chiqadigan nizolar, yuridik shaxs ishtirokchilarini umumiy
yig`ilishini chaqirish to`g`risidagi nizolar, bundan tashqari yuridik shaxs boshqaruv
organlarining qarorlai ustidan shikoyat qilish to`g`risidagi ishlar iqtisodiy sudlarning
ish yurituviga taalluqli hisoblanadi. Shu bilan birga ta’kidlash joizki, korporatsiyaga
tegishli bo‘lgan aksiyalar, ulushlar yoki a’zolik paylariga oid er-xotin o‘rtasidagi
umumiy mulkni ajratish, shuningdek, meros huquqi asosida mulkka egalik qilish bilan
bog‘liq nizolar, bundan tashqari korporativ tuzilma doirasida vujudga keladigan
mehnat munosabatlariga oid tortishuvlar iqtisodiy sudlarning yurisdiktsiyasiga
kirmaydi. Bunday turdagi masalalar odatda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan
ko‘rib chiqiladi va ular iqtisodiy sudlar ko‘rib chiqadigan korporativ nizolar doirasiga
tegishli hisoblanmaydi.

1

Muayyan ishni aniq hal qilish bo`yicha aniq iqtisodiy sudning vakolatini

belgilash ishlarni ushbu sudga tegishliligini belgilash orqali amalga oshiriladi

2

.

“Tegishlilik” tushunchasi ostida, ma’lum bir iqtisodiy sudning aniq toifadagi ishlarni
ko‘rib chiqish huquqiga egaligi nazarda tutiladi. Bu atama, sud ishlarini ko‘rib

1

Ibratova Feruza. Iqtisodiy va korporativ nizolarni hal etish, darslik, Toshkent -2022, 38-bet

2

Ibratova Feruza. Iqtisodiy va korporativ nizolarni hal etish, darslik, Toshkent -2022, 38-bet


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

61

ISSN:3030-3613

chiqishda, aynan qaysi iqtisodiy sud vakolatli ekanligini belgilab beradi. “Taalluqlilik”
tushunchasidan farqli o‘laroq, “tegishlilik” iqtisodiy sudlar tizimi doirasida ishlarni
ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolatlarni turli iqtisodiy sudlar o‘rtasida taqsimlashni
anglatadi. Ya’ni, bu – O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy sudlar tizimi ichida
vakolatlar qanday bo‘linishini ifodalaydi. Shunday qilib, taalluqlilik umumiy
yurisdiktsiyaga oid bo‘lsa, tegishlilik aniq bir sudning muayyan ish bo‘yicha vakolatini
belgilash vositasidir.

Iqtisodiy protsessual huquq doirasida “tegishlilik” tushunchasi muhim

protsessual tamoyillardan biri sifatida e’tirof etiladi. U sudlarning o‘zaro vakolat
doiralarini aniqlashda xizmat qiladi va odatda ikki asosiy shaklda namoyon bo‘ladi.
Turdosh (predmet) tegishlilik – bu turdagi tegishlilik sud ishining mazmuni yoki
mohiyatiga ko‘ra aniqlanadi. Ya’ni, ishning predmeti qanday huquqiy munosabatlarga
taalluqli bo‘lsa, shu asosda qaysi darajadagi yoki ixtisoslashgan iqtisodiy sud ushbu
ishni ko‘rib chiqishi aniqlanadi. Masalan, agar ish yuridik shaxslar o‘rtasidagi
shartnoma nizosi haqida bo‘lsa, uni birinchi instansiya iqtisodiy sudi ko‘rib chiqadi.
Bu holatda turdosh tegishlilik sud ishining toifasiga qarab sudlar o‘rtasida vakolat
taqsimotini belgilaydi.

Turdosh tegishlilik – bu sud yurisdiktsiyasining bir turi bo‘lib, u nizo qanday

iqtisodiy sud bo‘g‘inida ko‘rib chiqilishi kerakligini belgilaydi. Boshqacha aytganda,
bu turdagi tegishlilik sud tizimi ichidagi turli darajadagi iqtisodiy sudlar o‘rtasida ishni
ko‘rib chiqish bo‘yicha vakolat taqsimotini ifodalaydi. Turdosh tegishlilikning asosiy
mezoni bu – nizoning predmeti, ya’ni qanday huquqiy munosabatlar bo‘yicha nizo
yuzaga kelganidir. Masalan, mulkiy talablarga asoslangan shartnoma nizolari,
tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi da’volar yoki yuridik shaxslar faoliyati bilan
bog‘liq boshqa nizolar aynan shu mezon asosida turli instansiyalardagi iqtisodiy
sudlarga taalluqli deb topiladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, sudlarga tegishli
ishlarning asosiy qismini tumanlararo, tuman yoki shahar iqtisodiy sudlari ko‘rib
chiqadi. Biroq ayrim holatlarda, masalan, yirik nizolar, alohida ahamiyatga ega ishlar
yoki protsessual tartibda belgilangan istisnolar mavjud bo‘lib, ular O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent
shahar iqtisodiy sudlari vakolatiga kiradi.

Bu holatlar sud vakolatlarining aniq chegaralanishini talab qiladi va sud

yurisdiktsiyasining izchilligi ta’minlanadi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari:

1) taraflardan biri O‘zbekiston Respublikasi norezidenti — chet el shaxsi

bo‘lgan ishlarni;

2) arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni;


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

62

ISSN:3030-3613

3) chet davlat sudlari va arbitrajlarining qarorlarini tan olish hamda ijroga

qaratish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘radi

3

.

Iqtsodiy protsessual kodeksida belgilangan normalarda esa davlat boshqaruv

organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib
chiqadigan nizolar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi alohida holatlarni e’tiborga olgan holda har qanday
ishni istalgan suddan olib qo‘yish va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘z ish yurituviga
qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli. Investitsiyaviy nizolar
bo‘yicha yirik investorning, raqobatga oid ishlar bo‘yicha taraflarning xohishiga ko‘ra,
ushbu toifadagi ishlar bevosita O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, qolgan
investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida
ko‘riladi.

Turdosh tegishlilik iqtisodiy nizolarning birinchi instansiyada O’zbekiston

Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va tuman sudlari tomonidan
ko’riladigan nizozlarning tegishliligini o’rnatishga imkon beradi. Bundan tashqari,
iqtisodiy sudlar tizimining teng bo’lgan bo’g’inga kiruvchi sudlarning qaysi birida
iqtisodiy nizo ko’rib chiqilishi mumkinligini aniqlash lozim. Bu masalani hal qilish
ishning hududiy tegishliligini aniqlash demakdir. Amaldagi Iqtisodiy protsessual
kodeksining 33-moddasida hududiy tegishliligiga oid qoidalar keltirilgan.

Hududiy (territorial) tegishlilik – bu esa sudning hududiy yurisdiktsiyasini

belgilashga xizmat qiladi. Bunda ishni ko‘rib chiqish huquqiga ega sud, odatda
nizoning ishtirokchilaridan birining (yoki nizoning o‘zi yuzaga kelgan) geografik
joylashuvi asosida aniqlanadi. Masalan, agar javobgar Toshkent shahrida joylashgan
bo‘lsa, da’vo arizasi Toshkent shahar iqtisodiy sudiga taqdim etiladi. Shuningdek,
ayrim holatlarda qonunchilik tomonidan hududiy tegishlilikning alternativ yoki
shartnomaviy shakllari ham belgilanishi mumkin. Shu tariqa, tegishlilikning bu ikki
shakli sud ishlarini adolatli, tezkor va samarali tarzda ko‘rib chiqilishi uchun muhim
protsessual asos bo‘lib xizmat qiladi.

Hududiy tegishlilik- tegishli bo’g’indagi teng bo’lgan tumanlararo, tuman

(shahar) iqtisodiy sudlarining qaysi biri iqtisodiy nizolarni ko’rib hal qilishi lozimligi
tushuniladi.

Huquqiy adabiyotlarda hududiy tegishlilik — bu da’vo arizasi yoki nizoli masala

qaysi geografik hududdagi iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilishi kerakligini
aniqlovchi protsessual tamoyildir. Mazkur institut sud yurisdiktsiyasini aniqlashda

3

Ibratova Feruza. Iqtisodiy va korporativ nizolarni hal etish, darslik, Toshkent -2022, 39-bet


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

63

ISSN:3030-3613

adolat, qulaylik va protsessual aniqlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Qonunchilik va
huquqiy adabiyotlarda hududiy tegishlilikning quyidagi shakllari e’tirof etilgan

4

:

1.

Umumiy hududiy tegishlilik – sudga da’vo arizasi, odatda, javobgarning

doimiy ro‘yxatda turgan joyi yoki yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan
joyidagi iqtisodiy sudga taqdim etilishi lozim. Bu holat fuqarolik va xo‘jalik
yurisdiktsiyasidagi eng ko‘p qo‘llaniladigan tamoyildir. Bu qoida nizoning javobgar
uchun eng qulay va adolatli tarzda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.

2.

Da’vogarning tanlashi bo‘yicha tegishlilik – ayrim hollarda qonun

da’vogarga sudga murojaat qilish joyini tanlash huquqini beradi. Masalan, agar
javobgar bir necha joyda faoliyat yuritsa yoki da’vo bir necha joyda yuzaga kelgan
bo‘lsa, da’vogar ushbu joylardan istalgan biriga murojaat qilishi mumkin². Bu
imkoniyat, asosan, da’vogarning huquqlarini himoya qilish va protsessual qulaylikni
oshirishga xizmat qiladi.

3.

Maxsus hududiy tegishlilik – qonunchilikda ayrim toifadagi ishlar

bo‘yicha aniq belgilangan sudlar mavjud. Masalan, korporativ nizolar, bankrotlik,
monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish holatlari bo‘yicha ishlar faqat tegishli
ixtisoslashgan sudlar tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin³. Bunday vakolatlar, odatda,
murakkablik darajasi yuqori bo‘lgan ishlar uchun belgilanadi.

4.

Mustasno hududiy tegishlilik – bu holda qonunchilik belgilab berganidek,

ayrim ishlar faqat bitta aniq sud yurisdiktsiyasiga kiradi. Boshqa hech qanday sud
ushbu ishlarni ko‘rib chiqishga vakolatli emas. Bunga misol tariqasida, davlat
manfaatlariga taalluqli yoki davlat sirlarini o‘z ichiga olgan ishlarni keltirish mumkin.

5.

Kelishilgan hududiy tegishlilik (shartnomaviy) – tomonlar o‘zaro tuzgan

bitim asosida, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni ko‘rib chiqish
bo‘yicha sudning hududiy joylashuvini oldindan kelishib olishlari mumkin. Bunday
kelishuvlar, odatda, shartnomalarda yozma tarzda belgilanadi. Biroq, bu tartib faqat
umumiy va da’vogarning tanlovi asosidagi tegishlilik hollari uchun amal qiladi

5

.

Iqtisodiy protsessual normalar asosida belgilanganidek, sud yurisdiksiyasi

doirasida hududiy tegishlilik institutining amaliy qo‘llanilishi, ayniqsa, xo‘jalik
subyektlari — yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokidagi nizolarni adolatli va qulay
tarzda hal etishda muhim rol o‘ynaydi. Amaldagi qonun hujjatlarida ushbu institutning
aniq mexanizmlari nazarda tutilgan bo‘lib, ular turli holatlarda sudga murojaat qilish
tartibini oydinlashtiradi. Avvalo, yuridik shaxslar ishtirokidagi da’volar, odatda,
ularning rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan yuridik manzili joylashgan hududdagi iqtisodiy
sudga yuboriladi. Bu tartib protsessual barqarorlikni ta’minlashga, javobgar shaxsning
manfaatlarini hisobga olishga va ish yurituvining maqbulligiga xizmat qiladi.

4

Karimov A. “Iqtisodiy protsessual huquq asoslari”, Toshkent, 2021-yil

5

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, 354-modda


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

64

ISSN:3030-3613

Shuningdek, agar yuridik shaxsning tarkibida alohida tarkibiy bo‘linma faoliyatidan
nizo kelib chiqsa, ushbu bo‘linma ro‘yxatdan o‘tgan hududdagi iqtisodiy sud mazkur
ishni ko‘rib chiqish vakolatiga ega hisoblanadi. Masalan, bankning viloyatdagi
filialidan kelib chiqqan da’vo aynan o‘sha viloyatdagi iqtisodiy sudda hal etiladi. Agar
da’vo bir vaqtning o‘zida bir nechta javobgarga nisbatan qo‘zg‘atilayotgan bo‘lsa va
ular turli hududlarda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, da’vogar ushbu javobgarlardan istalgan
birining ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladi. Bu esa
da’vogar tanlov erkinligini ta’minlaydi va protsessual tenglik prinsipiga mos keladi.
Javobgarning rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili noma’lum bo‘lsa, da’vo arizasi uning
mol-mulki joylashgan yoki so‘nggi ma’lum yashash yoki faoliyat yuritgan hududdagi
sudga taqdim etilishi mumkin. Bu qoida huquqiy aniqlikni ta’minlash va da’vogar
huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Agar O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi
bo‘lishiga qaramasdan, javobgar boshqa davlat hududida doimiy yashasa, da’vo
da’vogarning yashash joyida yoki javobgarning O‘zbekiston hududidagi mulki mavjud
bo‘lgan hududdagi sudga taqdim etilishi mumkin. Bu holatda da’vogar uchun
maqbulroq protsessual sharoit yaratiladi. Shartnoma asosida yuzaga kelgan
majburiyatlardan kelib chiqadigan da’volar — masalan, mahsulot yetkazib berish,
xizmat ko‘rsatish, pul mablag‘larini qaytarish kabi majburiyatlar bo‘yicha nizolar —
shartnomada ko‘rsatilgan majburiyat bajarilishi lozim bo‘lgan hududdagi sudga
yuboriladi. Investitsion nizolar bo‘yicha ham huquqiy mexanizmlar belgilangan. Agar
da’vo yirik investor bo‘lmagan investor tomonidan bildirilgan bo‘lsa, u holda da’vo
javobgar ro‘yxatdan o‘tgan joydagi tumanlararo, tuman yoki shahar iqtisodiy sudlariga
taqdim etiladi. Ammo, agar nizo yirik investor bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda ushbu ish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi vakolatiga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. Bundan
tashqari, iqtisodiy protsessual qonunchilikda maxsus hududiy tegishlilik normativlari
mavjud. Bunga, masalan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash va
bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar kiradi. Birinchi holatda, ariza beruvchi ro‘yxatdan o‘tgan
joydagi sud ushbu ishni ko‘radi. Agar nizo ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq bilan
bog‘liq bo‘lsa, u holda sud ko‘chmas mulk joylashgan hududda bo‘lishi lozim.
Ko‘chmas mulk, masalan, yer uchastkasi, bino, ishlab chiqarish inshooti bo‘lishi
mumkin.Bankrotlik ishlari esa qarzdor yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi
tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tgan manzili, yoki yashash joyidagi sudlar
tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bu holatda, iqtisodiy muomalada ishtirok etuvchi
subyektlarning moliyaviy barqarorligi, kreditorlar huquqlarini himoya qilish va
umumiy iqtisodiy tartibotning ta’minlanishi ko‘zda tutiladi.

IPKning 37-moddasida alohida ya’ni mustasno

sudlovga tegishlilik

mustahkamlangan:

-Ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini tan olish to‘g‘risidagi da’volar,

ko‘chmas mulk haqidagi nizolar, shu jumladan ko‘chmas mulkni boshqa shaxsning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

65

ISSN:3030-3613

g‘ayriqonuniy egaligidan talab qilib olish to‘g‘risidagi yoxud mulkdorning yoki mol-
mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan
bog‘liq bo‘lmagan holda buzilishini bartaraf etish haqidagi va ko‘chmas mulkka
bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi boshqa da’volar ko‘chmas mulk joylashgan yerdagi
sudga taqdim etiladi.

-Tashuvchiga nisbatan yo‘lovchilar, bagaj va yuklarni tashish shartnomalaridan

kelib chiqadigan da’volar, shu jumladan, agar javobgarlardan biri tashuvchi bo‘lsa,
transport tashkilotining organi joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi.

-Hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish to‘g‘risidagi ariza hakamlik

sudi joylashgan yerdagi iqtisodiy sudga beriladi.

Milliy huquqiy amaliyotda xalqaro va mahalliy arbitraj (hakamlik) sudlarining

faoliyati tobora kengayib borayotgani bois, ularning qarorlarini tan olish va ijro etish
masalasi iqtisodiy protsessual qonunchilikda alohida tartibda nazarda tutilgan.
Xususan, arbitraj tartibida ko‘rilayotgan nizolarda ishtirok etuvchi tomonlar o‘rtasida
vujudga kelgan da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish, arbitraj qarorini ijroga qaratish,
arbitraj jarayonini nazorat qilish bo‘yicha arizalar hududiy tegishlilik prinsipi asosida
ko‘rib chiqiladi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, hakamlik sudida ko‘rilayotgan da’voni

ta’minlash choralarini ko‘rish haqida ariza uchta manzilga taalluqli bo‘lishi mumkin:

1.

arbitraj (hakamlik) sudi joylashgan yer bo‘yicha,

2.

javobgar (qarzdor) sifatida qatnashayotgan shaxsning davlat ro‘yxatidan

o‘tgan joyi bo‘yicha,

3.

agar qarzdor yuridik shaxsning ro‘yxatga olingan manzili noma’lum

bo‘lsa, u holda uning mol-mulki joylashgan hududdagi iqtisodiy sudga murojaat
qilinadi. Misol uchun, Toshkentda joylashgan arbitraj sudi tomonidan ko‘rilayotgan
da’voda qarzdorning yuridik manzili Samarqandda ro‘yxatga olingan bo‘lsa, da’vogar
ushbu ikki manzildan birini tanlash huquqiga ega. Agar javobgar manzili umuman
aniqlanmagan bo‘lsa, u holda da’vogar ushbu shaxsning Toshkentdagi mol-mulki
turgan iqtisodiy sudga murojaat qilishi mumkin.

Shuningdek, iqtisodiy sudlar vakolatiga quyidagi masalalarni hal qilish kiradi:

arbitr (hakam) shaxsini tayinlash,

arbitrni rad etish haqidagi murojaatni ko‘rib chiqish,

arbitr vakolatlarini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish,

hakamlik sudining yurisdiksiyasi bo‘yicha kelib chiqqan nizolarni hal

etish,

dalillarni to‘plashda yordam ko‘rsatish,

shuningdek arbitraj sudining hal qiluv qarorini bekor qilish bo‘yicha

arizalarni ko‘rib chiqish. Mazkur protsessual harakatlar arbitraj sudi joylashgan
hududdagi iqtisodiy sud tomonidan amalga oshiriladi. Bu holat arbitraj institutining


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

66

ISSN:3030-3613

mustaqilligini saqlagan holda, davlat sud tizimining arbitraj jarayonlarini protsessual
jihatdan qo‘llab-quvvatlash vazifasini bajarishiga asoslanadi.

Yuqoridagi kabi arbitraj sudlarida ko‘rilayotgan da’volarni ta’minlash

choralarini tan olish va ularni ijroga qaratish choralari, xuddi da’voni ta’minlashdagi
kabi, quyidagi uchta asosiy mezon bo‘yicha belgilangan sudga taqdim etilishi mumkin:

arbitraj sudi joylashgan yer bo‘yicha;

qarzdor davlat ro‘yxatidan o‘tgan joy bo‘yicha;

qarzdor manzili noma’lum bo‘lgan taqdirda — mol-mulki turgan joy

bo‘yicha.

Mazkur normalar nafaqat arbitraj sudi qarorlarining adolatli ijrosini

ta’minlashga xizmat qiladi, balki ish yurituv jarayonida tomonlar uchun maqbul,
shaffof va huquqiy kafolatlangan sharoitni yaratadi. Bu esa iqtisodiy muomalada
ishonchlilik muhitini shakllantirishda, investorlar huquqlarini himoya qilishda va
xalqaro huquqiy standartlarga yaqinlashishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Korporativ nizolar bo‘yicha da’volar IPKning 30-moddasida

ko‘rsatilgan yuridik

shaxs joylashgan yerdagi sudga taqdim etiladi. Qarshi da’volar dastlabki da’vo
ko‘rilayotgan joydagi sudga taqdim etiladi.

Kelishilgan hududiy tegishlilik deganda tomonlar nizoni ko’rib chiqish joyini

belgilash huquqiga ega bo’lgan ishlarning tegishliligi hisoblanadi. Biroq, bunday
tegishlilik faqat umumiy hududiy tegishlilik va alternativ hududiy tegishlilikka
nisbatab qo’llaniladi. Maxsus hududiy tegishlilik va mustasno hududiy tegishlilikka
nisbatan qoidalar tomonlarning kelishuvi bilan o’zgartirilishi mumkin emas .

Iqtisodiy sud ish yurituvida kelishilgan hududiy tegishlilik (yoki shartli

tegishlilik) — bu tomonlarning o‘zaro roziligi asosida sudlov yurisdiktsiyasini, ya’ni
nizo ko‘rib chiqiladigan sud joyini belgilash imkoniyatidir. Ushbu turdagi tegishlilik
huquqiy jihatdan umumiy hududiy tegishlilik va alternativ hududiy tegishlilik
doirasida amal qiladi. Bu shuni anglatadiki, faqat qonunda ruxsat etilgan hollarda
taraflar o‘zaro kelishuv asosida nizoni qaysi hududiy iqtisodiy sud ko‘rib chiqishini
oldindan aniqlash huquqiga egadirlar. Biroq, maxsus hududiy tegishlilik (masalan,
bankrotlik ishlari, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash ishlari) va
mustasno hududiy tegishlilik (masalan, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq da’volar, davlat
manfaatiga taalluqli ishlar) qonun hujjatlari bilan qat’iy tartibda belgilangan bo‘lib, bu
hollarda tomonlar o‘zaro rozilik bildirish orqali ish yuritish yurisdiktsiyasini
o‘zgartirish huquqiga ega emas. Bu normalar sud yurisdiksiyasi barqarorligini va
nizolarni adolatli, neytral hududda ko‘rib chiqilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, agar iqtisodiy sud tomonidan tegishlilik
qoidalariga rioya qilingan holda ish yurituvga qabul qilingan bo‘lsa, keyinchalik ish
boshqa sud yurisdiksiyasiga tegishli bo‘lib qolgan taqdirda ham, bu holat sudning
vakolatini yo‘qqa chiqarmaydi. Ya’ni, bunday ish tegishli iqtisodiy sud tomonidan


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

67

ISSN:3030-3613

mazmunan ko‘rib chiqilishi lozim. Bu prinsip protsessual barqarorlik va ortiqcha sud
yurisdiksiyasi almashuvlarining oldini olishga qaratilgan. Biroq, ayrim istisno holatlar
mavjud bo‘lib, sud ishni boshqa sud yurisdiksiyasiga o‘tkazishi mumkin. Jumladan:
Agar ish sudlovga tegishlilik qoidalari buzilgan holda qabul qilinganligi ish ko‘rish
vaqtida aniqlansa; Agar bir yoki bir nechta sudya rad etilganidan so‘ng ularning o‘rnini
shu sudda almashtirish imkoni bo‘lmasa yoki ishni aynan shu sudda ko‘rib chiqish
mumkin bo‘lmay qolsa (masalan, manfaatlar to‘qnashuvi sababli). Bunday hollarda
sud ajrim chiqaradi va ish boshqa tegishli sudga yuboriladi. Mazkur ajrim asosida
yuborilgan ish qabul qiluvchi sud tomonidan majburiy ravishda ko‘rib chiqilishi lozim.
Bu holat sudlar o‘rtasida ishni yuborish va qabul qilish bo‘yicha bir maromda
ishlaydigan mexanizm mavjudligini bildiradi. Ahamiyatli jihati shundaki, O‘zbekiston
Respublikasining iqtisodiy sudlari o‘rtasida sudlovga tegishlilik yuzasidan bahslar
(ya’ni yurisdiksiyalararo nizo) yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu holat
mamlakatda iqtisodiy sudlar tizimi yaxlit va barqaror ishlashini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy sudlar o‘rtasida sudlovga tegishlilik

to‘g‘risida nizolarga yo‘l qo‘yilmaydi.

Korporativ nizolarni sud tartibida ko‘rib chiqish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki,

ushbu nizolar yuridik murakkablik, manfaatlar to‘qnashuvi va ko‘p hollarda
tashkilotning ichki tuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘z ichiga oladi.
Shuning uchun bunday nizolarning sudga taalluqliligi va sudlovga tegishliligini aniq
belgilash, huquqni mustahkamlash va adolatli qarorlar qabul qilishda asosiy omillardan
biri hisoblanadi. Sudga taalluqlilik nuqtai nazaridan, korporativ nizolarni boshqa
iqtisodiy va fuqarolik nizolaridan ajratib turuvchi me’zonlarni yanada aniq belgilab
beruvchi normalarni ishlab chiqish zarur. Amaldagi qonunchilikda korporativ nizo
tushunchasi mavjud bo‘lsa-da, u ayrim holatlarda tor talqin qilinmoqda. Shu bois,
nizolarning sud yurisdiksiyasiga tegishli yoki tegishli emasligini aniqlashda muayyan
huquqiy noaniqliklar yuzaga kelmoqda. Bu esa sud amaliyotida turlicha
yondashuvlarga olib kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda,

sudlovga tegishliligi masalasida esa nizoni ko‘rishda

raqobatbardoshlik, qulaylik va adolat tamoyillariga rioya qilish alohida e’tiborga
loyiqdir. Ayniqsa, korporativ nizolar bo‘yicha ishlarni qaysi hududiy sud ko‘rishini
belgilashda taraflarning yashash joyi, yuridik manzili yoki faoliyat yuritayotgan
hududi inobatga olinishi maqsadga muvofiqdir. Bu yondashuv nizolarni ko‘rib
chiqishda aniqlikni oshiradi, ortiqcha sud xarajatlarini kamaytiradi va taraflar uchun
haqiqiy adolatga erishish imkonini yaratadi. Shu asosda hududiy sudlar vakolatini
optimallashtirish, ularni ixtisoslashtirish hamda yurisdiksiya chegaralarini aniq
belgilash orqali korporativ nizolarni samarali ko‘rib chiqish tizimini shakllantirish
mumkin. Hududiy sudlovga tegishliligi qoidalarini optimallashtirish orqali fuqarolar
va yuridik shaxslar uchun qulay va tezkor sudga murojaat qilish imkoniyatini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

68

ISSN:3030-3613

kengaytirish lozim. Bunda korporativ nizolarni ko‘rib chiqishda taraflarning doimiy
yashash joyi, yuridik manzili, xo‘jalik faoliyatini yuritish hududi va nizoning vujudga
kelgan joyi kabi mezonlarni asosiy omillar sifatida belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu
yondashuv ortiqcha yurisdiksiya mojarolarini bartaraf etadi, sudga murojaat qilishdagi
byurokratik to‘siqlarni kamaytiradi hamda sud muhokamasining iqtisodiy va vaqt
jihatidan samaradorligini oshiradi. Shuningdek, joylashuv omilini hisobga olgan holda
taraflarga yaqin hududdagi sudni belgilash orqali ularning sud majlislarida to‘liq
ishtirok etishiga sharoit yaratiladi. Natijada, korporativ nizolar yanada tezroq, aniqlik
va adolat tamoyillari asosida ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

2.

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;

3.

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi;

4.

Ibratova Feruza. Iqtisodiy va korporativ nizolarni hal etish, darslik,
Toshkent -2022, 38-bet;

5.

Karimov A. “Iqtisodiy protsessual huquq asoslari”, Toshkent, 2021-yil.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi;

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi;

Ibratova Feruza. Iqtisodiy va korporativ nizolarni hal etish, darslik,

Toshkent -2022, 38-bet;

Karimov A. “Iqtisodiy protsessual huquq asoslari”, Toshkent, 2021-yil.