T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_4-to’plam_Iyun-2025
32
ISSN:3030-3613
GADJETLARDAN ORTIQCHA FOYDALANISHNING RUHIY
SALOMATLIKKA TAʼSIRI VA ONGLI YONDASHUVLAR
Mavlonova Yorqinoy Anorboy qizi
Samarqand viloyati Qoʻshrabot tumani
3-maktab amaliyotchi psixologi
Annotatsiya.
Hayotning barcha jabhalarida texnologiya kirib borgan
zamonaviy dunyoda, texnologiyalardan voz kechish juda mushkul, shu jumladan
bolalarda ham. Hayotining erta yoshidan boshlab ular ota-onalari telefon, planshet va
kompyuterlardan ish va dam olish maqsadida qanday foydalanayotganlarini kuzatib
boradi.
Kalit so'zlar:
raqamli texnologiya, zamonaviylik, ta'lim texnologiyalari,
zamonaviy ta'lim, ta'lim muassasalari.
KIRISH
Hayotning barcha jabhalarida texnologiya kirib borgan zamonaviy dunyoda,
texnologiyalardan voz kechish juda mushkul, shu jumladan bolalarda ham. Hayotining
erta yoshidan boshlab ular ota-onalari telefon, planshet va kompyuterlardan ish va dam
olish maqsadida qanday foydalanayotganlarini kuzatib boradi.Agar siz bolangizni
gadjetlarni normada va foydali maqsadda qabul qilishini xohlasangiz, demak, siz buni
o‘zingizni malakangiz bilan ko‘rsatib berishingiz kerak. Agar siz bolangiz kechki payt
va tuni bilan internetda o‘tirishini xohlamasangiz, unda o‘zingiz ham bu ishni qilmang!
Ko‘rish qobiliyatiga va qomatga ta’sir qilishi bilan bir qatorda, ulardan haddan tashqari
ko‘p foydalanish erta yoshda rivojlanishdan orqada qolishga olib keladi. Bolada katta
va kichik motorika, nutq ham rivojlanmaydi. Kontentdan va telefondan foydalanish
vaqti nazorat qilinmasa, o‘zining tengdoshlari bilan muloqot qilish va boshqa kundalik
faoliyat bilan shug‘ullanishda: qanday yarashib olish, o‘zini fikrida qolish, o‘zini
nuqtai nazarini isbotlash yoki aksincha, ba’zi bir masalalarda chekinishda muammolar
tug‘ilishi mumkin.Bola uchun asosiy muammo, bu tabiiy hayotiy muloqotni texnika
bilan almashinib qolishi hamda kunning asosiy qismini u bilan o‘tkazishidir.
Butun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) 2019-yilda nashr etilgan
tavsiyasiga ko‘ra, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar ekran qarshisida o‘tirishlari kerak emas.
1 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar maksimal 60 daqiqa gadjetlardan foylanishi
mumkin. Biroq, qancha kam bo‘lsa shuncha yaxshi. JSST mutaxassislari kichik
yoshdagi bolalarni ekran qarshisida o‘tkazadigan vaqtini faol o‘yinlar bilan
almashtirish kerakligi maslahat beradi.Gadjetlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslikdan
hech qanday naf yo‘q, bu ota-onalariga nisbatan bolalarni norozoligi va qarshiligiga
sabab bo‘ladi, bu munosobatalarni buzilishiga hamda gadjetlardan yashirin tarzda,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_4-to’plam_Iyun-2025
33
ISSN:3030-3613
masalan, ko‘chalarda va o‘rtoqlarinikida foydalanishga olib kelishi mumkin. Ekran
qarshisida o‘tkaziladigan vaqtni qisqartirish, tanaffuslar berish, gadjetlardan to‘liq
cheklash vaqtlarini belgilash, masalan, ovqatlanish paytida hamda, ko‘rayotgan narsasi
yoshiga mos kelishini va ta’lim jihatidan foydali ekanligini nazorat qilish tavsiya
etiladi.Shuni yodda tutish kerakki, bolalar tashqi muhit bilan o‘zaro muloqotga,
jismoniy faollikka ehtiyoj sezadi. Shuning uchun, gadjetlardan foydalanish boshqa
faoliyatlari bilan, masalan, kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish, toza havodagi
o‘yinlar va oila a’zolari hamda do‘stlari bilan muloqotda bo‘lish bilan
mutanosiblashtirilgan bo‘lishi kerak.Gadjetlar yomonligini haqida gapirish, ularni
yig‘ib olish yoki taqiqlab qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi, chegaralash va uning
o‘rniga boshqa narsani taklif qilish, masalan, faol o‘yinlar yoki biror bir yutuqlari
uchun uni oldindan rag‘batlantirish natija berishi mumkin.Uzoq vaqt davomida bir xil
holatda turish yoki boshini egib o‘tirishi, umurtqa pog‘onasining patologiyasiga olib
keladi. Bu umurtqa pog‘onasiga haddan ziyod zo‘riqish berish (o‘tirgan holatda u 40
foiz yuqori) bilan xarakterlanadi va skolioz, kifoz yoki lordoz – umurtqa pog‘onasining
qiyshayishiga olib keladi.Ekrandagi tasvirlar notabiiy darajada yorqin va yassi bo‘ladi,
bu ko‘z akkomodatsiyasini – jismlarni turli masofadan ko‘ra olish va ularni masofasini
baholashni qiyinlashtiradi va buzilishga olib keladi. Buning natijasida ko‘zlarda qurish,
achishish, sanchilish va bosh og‘riqlari paydo bo‘ladi. Oqibatda uzoq vaqt davomida
ko‘zlarning zo‘riqishi miopiyaga va ko‘rish nervining zo‘riqishiga olib keladi.
Biz uchun sevimli bo‘lgan ko‘rsatuvlar, musiqalar, ijtimoiy tarmoqlar va eng
so‘nggi yangiliklar 24/7 biz bilan, bolalar ham undan birdek foydalanmoqda. Bolalar
smartfonlardan juda erta foydalanishmoqda, uyda televizor, planshetlar, video o‘yinlar
va boshqalar.g
Raqamlar sizni hayron qoldirishi mumkin. Kasalliklarni Nazorat qilish va
Profilaktika Markazi (CDC) yosh guruhlari bo‘yicha o‘rtacha kunlik gadjetlardan
foydalanish vaqtini quyidagicha keltiradi:
• 8–10 yosh: olti soat
• 11–14 yosh: to‘qqiz soat
• 15–18 yosh: yetti yarim soat
Ta`lim tizimi bugungi kunda raqamli texnologiyalarga singib ketayotgani
shunchaki hayratlanarli emas, chunki, bugungi kunda axborot makonida taklif
etilayotgan ko'plab narsalarni jiddiy tahlil qilish va pedagogik asoslash uchun asos
bo'lib xizmat qiladi. So'nggi yillarda ta`limni “raqamlashtirish” muammolari, uning
shakllanishiga ta`siri bo'yicha birorbir davlat loyihasi yoki so'rovnoma asosida
tadqiqotlar o'tkazilmaganligi ham muhimdir. Shu bilan birga, Internet tizimidagi
muhitning yoshlar ongiga ta`sirining ahamiyati hukumatning, zamonaviy ommaviy
axborot vositalarining ma`ruzalarida, pedagogik jamoatchilik muhokamalarida,
magistrant va tadqiqotchilarning izlanishlarida ham ko'rishimiz mumkin.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_4-to’plam_Iyun-2025
34
ISSN:3030-3613
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, oldin raqamli texnologiyalarni barcha
sohalarda, ya`ni, sanoat, iqtisodiyot, bank va boshqa sohalarda joriy etish bilan
cheklanib qolgan edik. Bugungi kunda esa raqamli iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanib
borayotganini e`tiborga olib, raqamli rivojlanish bo'yicha barcha soha rahbarlarining
o'rinbosarlari lavozim tarkibiga kiritilmoqda.
Raqamlashtirish yo'nalishi bo'yicha faollashtirish barcha biznes tuzilmalarida
amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda
“tajovuzkor”, ayniqsa iqtisodiy samarasi topilgan joylarda, barcha darajalarda qo'llab-
quvvatlanmoqda. Iqtisodiyotda ro'y berayotgan jarayonlar dinamikasi iqtisodiyotning
raqamli transformatsiyasida oliy ta`limini rivojlantirish bo'yicha takliflarni tahlil qilish
va ishlab chiqishda ta`lim hamjamiyatining faol pozitsiyasini talab qilmoqda. Ta`limda
raqamli texnologiyalarni o'qitish sifatini saqlab qolgan holda samarali qo'llash uchun
nimalar qilish kerak?
Birinchidan,
albatta mamlakatimizda Internet infratuzilmasini yaxshilashimiz,
mobil` operatorlar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishimiz va eng
muhiki aholining, ayniqsa talaba yoshlarni zamonaviy axborotkommunikatsiya
texnologiyalarining so'ngi yutuqlarini o'zlashtirishga shartsharoitlar hamda
imkoniyatlar yaratib berishimiz lozim.
Ikkinchidan,
o'quv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan
foydalanish ko'lamini kengaytirish va axborot resurslari, o'qitish vositalari va
masofaviy o'qitish texnologiyalarini rivojlantirish, ijodkor talabalarni universitetni
raqamlashtirish loyihalariga jalb qilish bilan oliy ta`lim muassasalari faoliyatini
tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartirish kiritish bo'yicha vakolatli
organlarga takliflar berish, yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan
jihozlangan tuzilmalar, o'quv xonalari, laboratoriyalar, mediastudiyalar va boshqalarni
o'z ichiga olgan markazlarni tashkil etish hamda unda orttirilgan tajribani ta`lim
muassasalarida qo'llash.
Uchinchidan,
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta`lim
texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta`minlash, bu borada pedagog
kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo'shimcha sharoitlar
yaratish.
To'rtinchidan,
interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish, ma`ruza va seminar
darslari uchun internet bilan bog'liq holda interfaol va mul`timediali taqdimotlarni
ishlab chiqish kabi mavzular bo'yicha o'qituvchilarning malakasini oshirish uchun
kurslarni tashkil qilish va o'tkazish.
Beshinchidan,
real
vaqt
rejimida
interfaol
taqdimot
tizimlari,
videokonferentsaloqa tizimlari, virtual zallar, elektron resurslardan foydalanib istalgan
vaqtda masofaviy o'qitish jarayonini amalga oshirish.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_4-to’plam_Iyun-2025
35
ISSN:3030-3613
Oltinchidan,
bulutli texnologiyalar, virtual voqelik, kengaytirilgan voqelikdan
foydalanish hamda didaktik materiallar va tajriba dizaynlarini ishlab chiqishda 3D
printerini qo'llash, raqamli didaktika va raqamli ta`lim modellarini qo'llash,
o'qituvchilar va talabalar uchun loyihalar, diplom ishlari, ilmiy izlanishlar va
boshqalarini muhokama qilish uchun ilmiy veb-saytlar ishlab chiqish lozim.
Shundagina, biz raqamli texnologiyalardan foydalanib ta`lim sifatini tushirmagan
holda talaba-yoshlarga bugungi kun talabi darajasida bilim olishlariga erishamiz.
XULOSA
Alohida ta`kidlash kerakki, bugungi kunda hayotimiz har jihatdan texnika va
texnologiyalar bilan bog'liq, ya`ni ertalab soat bongidan boshlab to kun rejasini tuzish
va o'qish bilan yakunlashgacha. Biz ta`lim sifatini oshirish va rivojlantirish uchun
texnologiyalardan manfaatli foydalanish imkoniyatini yaratishni istadik. Qachonki,
planshet ta`lim olishning bir elementiga aylansa, bolalar o'qish jarayoniga katta
qiziqish bilan kirishadi. Bu o'yin bilan klassik ta`limni birlashtirishga tengdir. Natijada
o'qish jarayoni yaxshilanadi, o'zlashtirish, ta`lim darajasi va kadrlarni tayyorlash
samaradorligi oshadi. Bilimli avlod, professional kadrlar - bu jamiyatning keng
miqyosda rivojlanishining garovidir. Ta’limda zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish bir tomondan muayyan qiyinchiliklar va muammolarni keltirib chiqarsada
boshqa tomondan turli yutuqlarni qo'lga kiritilishiga sabab bo'ladi. Bu jarayon
induvidial salohiyatli o'quvchilarning yanada rivojlanishi holatida yaqqol namoyon
bo'ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda
Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi. 2020 y.
2.
Abdullayev M., Saidahror, G., & Ayupov, R. Raqamli iqtisodiyot - kadrlar
tayyorlashning dolzarb yo'nalishlari. 2020 y.
3.
Norboeva N Erkinovna, Khashimova D Pakhritdinovna. The role of the digital
economy in the development of information and communication technologies //
ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 10 (3), 25-31.
4.
ziyo.net