Mualliflar

  • Ismetova Gulnora Sirg‘abaevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112388

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Olma kechpishar navlar saqlash usullari Qoraqalpog‘iston agroiqlim sovitkichli ombor modifikatsiyalangan atmosfera polietilen qadoqlash yer osti omborlari.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  tezisda  Qoraqalpog‘iston  Respublikasining  agroiqlimiy 
sharoitida olmaning kechpishar navlarini saqlash bo‘yicha samarali usullar o‘rganildi. 
Mahsulot  sifatini  saqlab  qolish,  saqlash  muddati  davomida  hosilning  yo‘qolishini 
kamaytirish  va  bozorboplikni  ta’minlash  yo‘llari  tahlil  qilindi.  Tadqiqot  natijalari 
Qoraqalpog‘iston  sharoitida  zamonaviy  saqlash  texnologiyalarining  joriy  etilishi 
zarurligini ko‘rsatdi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

186

ISSN:3030-3613

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA OLMANING

KECHPISHAR NAVLARINI SAQLASH USULLARINI TADQIQ QILISH

Ismetova Gulnora Sirg‘abaevna

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi

va agrotexnologiyalar instituti

Qishloq xo‘jaligi mahsuotini

saqlash va qayta ishlash ixtisosligi

bo‘yicha Tayanch doktoranti.


Annotatsiya.

Ushbu tezisda Qoraqalpog‘iston Respublikasining agroiqlimiy

sharoitida olmaning kechpishar navlarini saqlash bo‘yicha samarali usullar o‘rganildi.
Mahsulot sifatini saqlab qolish, saqlash muddati davomida hosilning yo‘qolishini
kamaytirish va bozorboplikni ta’minlash yo‘llari tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari
Qoraqalpog‘iston sharoitida zamonaviy saqlash texnologiyalarining joriy etilishi
zarurligini ko‘rsatdi.

Kalit so‘zlar:

Olma, kechpishar navlar, saqlash usullari, Qoraqalpog‘iston,

agroiqlim, sovitkichli ombor, modifikatsiyalangan atmosfera, polietilen qadoqlash, yer
osti omborlari.


Olma — oziqaviy, dorivor va sanoatbop meva bo‘lib, O‘zbekiston, xususan,

Qoraqalpog‘iston Respublikasida ahamiyatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan biridir.
Hududning iqlim sharoitlari — keskin kontinental iqlim, qurg‘oqchilik va yozgi yuqori
haroratlar — meva mahsulotlarini saqlash jarayoniga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Shu
sababli kechpishar navlarning optimal saqlash usullarini tadqiq qilish dolzarb
masaladir.

Shuningdek, olma — yilning muayyan davrida yetishtiriladigan, inson

organizmi uchun muhim bo‘lgan turli foydali moddalarga boy meva hisoblanadi.
Uning tarkibida ko‘plab biologik faol modda va ozuqaviy elementlar: C, A, B guruhi
vitaminlari, kaliy, temir, magniy kabi mineral moddalari, shuningdek uglevodlar,
tabiiy organik kislotalar, pektin moddalar, flavonoidlar va antioksidantlar mavjud. Shu
sababli olma nafaqat organizmning kunlik ehtiyojini qondirishda, balki immun
tizimining mustahkamlanishida ham muhim rol o‘ynaydi

Qoraqalpog‘istonda yoz oylarida harorat 40–45°C gacha yetadi, havo namligi

past, qish esa nisbatan yumshoq kechadi. Bu sharoitlar meva bog‘dorchiligiga ma’lum
cheklovlar qo‘yadi, ammo aynan kechpishar navlar uchun ular qulay saqlash
imkoniyatlarini ham yaratadi — tabiiy sovuqlikdan foydalanish mumkin.

Hududda asosan quyidagi kechpishar navlar yetishtiriladi:

Renet Simirenko


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

187

ISSN:3030-3613

Golden Delicious

Rozmarin

Besh yulduz

Ular qattiq po‘stlog‘i, nisbatan suvga boy va transportbop bo‘lishi bilan ajralib

turadi.

Bundan tashqari, olmaning sovuqqa chidamlilik xususiyatlari va ularni saqlash

shart-sharoitlari

Olma mevasining saqlanish muddati va sifat darajasi uning naviga, ya’ni

sovuqqa chidamlilik darajasiga bevosita bog‘liq. Sovuqqa chidamli navlar nisbatan
past haroratlarda –1°C dan –20°C gacha bo‘lgan sharoitda yaxshi saqlanadi. Ushbu
turdagi olmalar yuqori harorat sharoitiga uncha bardoshli emas, shuning uchun ularni
issiq omborlarda uzoq muddat saqlash tavsiya etilmaydi. Masalan, Pepin shafran,
Kandil sinap, Renet Simirenko, Golden Delishes, Boyken, Renet Kichunova, Sari sinap
va Rozmarin kabi navlar sovuqqa yuqori darajada chidamli hisoblanadi.

Aksincha, sovuqqa chidamsiz navlar odatda 2°C dan 4°C gacha bo‘lgan

haroratda saqlanishi lozim. Bunday navlarga Mart, Suvorovets, Aprel, Jonatan,
Starking, Antonovka, Renet shampan, Oddiy Antonovka kabi navlar kiradi. Ushbu
navlarning sovuq haroratga bo‘lgan sezuvchanligi ularni nisbatan yuqoriroq haroratda,
ehtiyotkorlik bilan saqlashni talab qiladi.

Olmalarni muvaffaqiyatli saqlash uchun ombordagi havo muhitining nisbiy

namligi muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 85–95% oralig‘idagi
nisbiy namlik darajasi olmalarni uzoq muddat sifatli saqlash uchun optimal
hisoblanadi. Shuningdek, omborxona ichida havo aylanishining muntazamligi ham
meva sifati va saqlanish muddatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Havo aylanishini
ta’minlash uchun taxlamlar (yig‘ilgan olma qutilari) orasidagi havo oqimi 0,2–0,3
m/sek tezlikda bo‘lishi tavsiya etiladi.

Ombor haroratini mevalar uchun zarur darajaga tushirish maqsadida dastlab

havoni faol aylantirish orqali haroratni asta-sekin pasaytirish amalga oshiriladi.
Harorat me’yoriga yetkazilgach, har bir nav uchun mos optimal harorat saqlanadi.
Xususan, sovuqqa chidamsiz navlarni saqlashda ombordagi gaz muhitini boshqarish
(masalan, kislorod va karbonat angidrid darajasini muvozanatlash) juda katta
ahamiyatga ega bo‘lib, bu usul mevaning yangiligini saqlab qolishda samarali
hisoblanadi.

Amaliy tajribalar shuni ko‘rsatadiki, olma daraxtining pastki shoxlarida

joylashgan mevalar yuqori saqlanish xususiyatiga ega bo‘ladi. Shu sababli bunday
mevalar yig‘im-terim jarayonida alohida ajratib olinadi va omborda ham alohida
saqlanadi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

188

ISSN:3030-3613

Yig‘ib olingan olma mevalari 4–8 soat ichida, kechiktirmasdan, saqlash

omboriga yetkazilishi lozim. Bu ularning yangiligini saqlashda muhim omildir.
Mevalar omborga olib kelinmasdan avval maxsus sovitish bo‘lmalarida dastlabki
sovitish jarayonidan o‘tkaziladi. Ushbu bosqich mevalarni ombor sharoitiga
moslashtirishda muhim rol o‘ynaydi.

Odatda meva ombori bo‘lmalarining sig‘imi har kuni 10–15% miqdorida olma

bilan to‘ldirilib boriladi. Bu jarayon 7–10 kun davomida amalga oshiriladi va oxir-
oqibatda bo‘lma to‘liq to‘ldiriladi. Bo‘lmaga joylashtirilgan olmalar harorat darajasi
asta-sekinlik bilan 4–6°C gacha sovitilib, so‘ngra har bir navning o‘ziga xos saqlash
haroratida ushlab turiladi.

Olmani uzoq muddat saqlashda asosiy maqsad — uning tashqi ko‘rinishi, tabiiy

rangi, yadro va po‘sti mustahkamligi, mazasi, hamda ozuqaviy va biologik qiymatini
imkon qadar asl holicha saqlab qolishdan iboratdir. Shu boisdan, olmani saqlash va
qayta ishlash jarayonlarini ilmiy asoslangan usullar orqali tashkil etish zarur. Bu, o‘z
navbatida, aholining yil davomida ushbu mevaga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga
xizmat qiladi.

Olmani saqlash davrida sodir bo‘ladigan biologik va fiziologik o‘zgarishlarni

chuqur o‘rganish, mahsulotning sifatini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan, olmaning o‘z xususiyatlarini uzoq muddat davomida yo‘qotmasligi — ya’ni
vaznining sezilarli kamaymasligi va mazasi, ko‘rinishi, tuzilmasi o‘zgarib ketmasligi,
uning saqlanishga chidamliligini bildiradi. Bu xususiyatlar mevaning saqlash
davomiyligi, saqlash sharoitlari (harorat, namlik, ventilyatsiya) va tashqi omillarga
nisbatan qarshilik darajasiga bog‘liq.

Bundan tashqari, olmaning mikroorganizmlarga — ayniqsa chirishga olib

keluvchi zamburug‘lar va bakteriyalarga — qarshilik ko‘rsatish qobiliyati ham muhim
hisoblanadi. Bu xususiyatlar mahsulotning tabiiy immuniteti bilan bog‘liq bo‘lib,
chidamsiz navlar, odatda, mikroorganizmlar ta’siriga nisbatan tezroq zararlanadi.
Demak, saqlashga chidamlilik va mikroblarga qarshilik bir-biriga chambarchas bog‘liq
bo‘lgan omillardir.

Olma saqlashdagi eng muhim fiziologik jarayonlardan biri bu — uning “nafas

olishi” hisoblanadi. Nafas olish jarayoni davomida meva tarkibidagi asosiy oziq
moddalari, xususan uglevodlar, organik kislotalar, yog‘lar va oshlovchi moddalar
oksidlanadi. Ushbu oksidlanish natijasida ular oddiy mahsulotlarga — suv va karbonat
angidridga (CO₂) parchalanadi. Bu jarayon davomida ma’lum miqdorda energiya
ajralib chiqadi. Misol uchun, shakar molekulalari parchalanganda karbonat angidrid va
suv hosil bo‘ladi. Bu moddalarning ajralishi esa mevaning saqlanish muddatiga, sifati
va oziq-ovqat qiymatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, olmani saqlashda harorat va namlik rejimini

to‘g‘ri belgilash, shamollatish tizimlarini tashkil qilish, hamda turli saqlash usullarini


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

189

ISSN:3030-3613

(sovitkichlarda,

modifikatsiyalangan

atmosfera

sharoitida,

shamollatiladigan

omborlarda) qo‘llash mahsulot sifatini saqlashda muhim rol o‘ynaydi.

Olmalarni uzoq muddat saqlashda quyidagi usullar tadqiq etildi:
a) Sovitilgan omborlarda saqlash (0–+2°C, 90–95% namlik)-Bu usul

mahsulotning tashqi ko‘rinishi va oziqaviy qiymatini uzoq vaqtgacha saqlab qoladi.
Olmalar 5–6 oy davomida saqlanishi mumkin.

b) Modifikatsiyalangan atmosfera (MA) usuli-Havodagi kislorod miqdori 2–3%

gacha kamaytiriladi, karbonat angidrid esa 3–5% gacha oshiriladi. Bu usulda
oksidlanish jarayoni sekinlashadi va olma yangi saqlanadi (6–8 oygacha).

c) Quritilgan yer osti omborlari (yer osti podvallar)-Qoraqalpog‘istonda

an’anaviy usul sifatida ishlatiladi. Tabiiy sovuqlik, tuproq namligi va ventilyatsiyadan
foydalaniladi. Lekin zamonaviy sovitkichlarday samarador emas.

d) Parafinlash va polietilen qadoqlash-Olmalarni alohida-alohida polietilen

paketlarga solib, sovitilgan joyda saqlash, ularda namlik yo‘qolishining oldini oladi va
mikroorganizmlarning rivojlanishini sekinlashtiradi.

Tajriba natijalariga ko‘ra quydagicha ma’lumot berishimiz mumkin:
MA usuli mahsulotni eng uzoq va sifatli saqlashga imkon berdi (8 oy)
Sovitkichli omborlarda 5–6 oy davomida 90% dan ortiq mevalar bozorbop

holatda saqlanadi.

Yer osti podvallarida saqlanganda 3–4 oy ichida mevalarning 20–30%

yo‘qolishga uchraydi.

Shuni ham aytish joizki, olmani uzoq muddat saqlashda ularning tashqi

ko‘rinishi, tabiiy rangi, ta’mi va oziqaviy qiymatini saqlab qolish muhim sanaladi. Bu
jarayonda olmaning atrof-muhit sharoitlariga, ayniqsa namlik darajasiga sezgirligi
hisobga olinishi kerak. Quruq muhitda saqlanganda olmaning suv tarkibi yo‘qolib, u
burishib qoladi va sifati pasayadi. Shuning uchun, agar sovutgich ichidagi namlik
darajasi past bo‘lsa, olmani plastik to‘r yoki yopiq paket ichiga solib saqlash tavsiya
etiladi. Bu usul namlikni ushlab qoladi va mevaning shiradorligini saqlashga yordam
beradi. Shu bilan birga, sovutgich ishlab chiqaruvchilarining maxsus tavsiyalariga
amal qilish foydali bo‘ladi.

Olma o‘zidan “etilen” deb ataluvchi gazni ajratadi. Bu tabiiy kimyoviy modda

boshqa meva va sabzavotlarning tezroq pishishiga olib keladi. Masalan, sabzi olma
bilan birga saqlanganda achchiqlashib ketishi mumkin, marul esa jigarrang dog‘lar
bilan qoplanadi, brokkoli esa sarg‘ayadi. Shuningdek, olma o‘ziga xos hidga ega
bo‘lib, u xitoy karam (peking karam) va piyozga o‘tib, ularning ta’m xususiyatlarini
o‘zgartiradi. Shu sababli, olmani boshqa mahsulotlardan alohida qilib saqlash zarur.
Agar imkon bo‘lsa, uni alohida konteyner yoki paketlarda saqlash tavsiya etiladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

190

ISSN:3030-3613

Bundan tashqari, sovutgich ichiga bir quti osh sodasi (natriy bikarbonat) qo‘yish
ortiqcha hidlarni yutishda va umumiy muhitni barqarorlashtirishda foydali bo‘ladi.

1

Xulosa qilib aytganda, Qoraqalpog‘iston sharoitida olmaning kechpishar

navlarini samarali saqlash uchun:

Sovitkichli omborlar tashkil etilishi zarur.

Modifikatsiyalangan atmosfera usullarini joriy etish bo‘yicha pilot loyihalar
tashkil etilishi lozim.

An’anaviy podvallarni modernizatsiya qilish orqali natijalarni yaxshilash
mumkin.

Mahalliy fermerlar uchun saqlash texnologiyalarini o‘rgatish dasturlari ishlab
chiqilishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Qodirov M.X., “Bog‘dorchilik asoslari”, Toshkent, 2018.

2.

Raxmatov A., “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash texnologiyasi”,
Samarqand, 2020.

3.

Abdukarimov S., “O‘zbekiston iqlimi va meva-sabzavot mahsulotlarini
saqlashda iqlim sharoitlarining roli”, “Agroilm” jurnali, №3, 2021.

4.

Hasanov R., “Modifikatsiyalangan atmosferada meva mahsulotlarini saqlash”,
“Qishloq xo‘jaligi innovatsiyalari” to‘plami, 2022.

1

Hasanov R., “Modifikatsiyalangan atmosferada meva mahsulotlarini saqlash”, “Qishloq xo‘jaligi innovatsiyalari” to‘plami,

2022.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Qodirov M.X., “Bog‘dorchilik asoslari”, Toshkent, 2018.

Raxmatov A., “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash texnologiyasi”,

Samarqand, 2020.

Abdukarimov S., “O‘zbekiston iqlimi va meva-sabzavot mahsulotlarini

saqlashda iqlim sharoitlarining roli”, “Agroilm” jurnali, №3, 2021.

Hasanov R., “Modifikatsiyalangan atmosferada meva mahsulotlarini saqlash”,

“Qishloq xo‘jaligi innovatsiyalari” to‘plami, 2022.