Mualliflar

  • Rayimberganova Dilxiroj Ravshonbek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112389

Kalit so‘zlar:

Kalit so ‘zlar: Nogironligi bo‘lgan shaxs nogironlik konvensiya Braille O‘zbekiston BMT YI Daniya Germaniya Shvetsariya Janubiy Koreya

Annotasiya

Annotatsiya. Mazkur maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovlarda 
ishtirok  etishi    huquqini    ta’minlash  mexanizmlarini  takomillashtirish  yuzasidan 
Xorijiy davlatlar tajribasiga tayanilgan holda, saylov jarayonida nogironlar uchun 
qulay  muhit  yaratish,  texnik  va  tashkiliy  sharoitlarni  ta’minlash,  ovoz  berishdagi 
mustaqillik  va  maxfiylik  prinsiplariga  rioya  qilish  mexanizmlari  ko  ‘rib  chiqilgan. 
Tadqiqot  nogironligi  bo‘lgan  shaxslarning  siyosiy  faolligini  oshirish,  ularning 
fuqarolik  jamiyati  institutlari  faoliyatiga  jalb  etish,  inson  huquqlarini  teng  asosda 
amalga oshirish, ijtimoiy inklyuziyani kuchaytirish va konstitutsiyaviy adolatni qaror 
toptirish bo ‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

178

ISSN:3030-3613

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING SAYLOVLARDA ISHTIROK

ETISH HUQUQINING TA’MINLASH MEXANIZMLARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

Rayimberganova Dilxiroj Ravshonbek qizi

Annotatsiya.

Mazkur maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovlarda

ishtirok etishi huquqini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan
Xorijiy davlatlar tajribasiga tayanilgan holda, saylov jarayonida nogironlar uchun
qulay muhit yaratish, texnik va tashkiliy sharoitlarni ta’minlash, ovoz berishdagi
mustaqillik va maxfiylik prinsiplariga rioya qilish mexanizmlari ko ‘rib chiqilgan.
Tadqiqot nogironligi bo‘lgan shaxslarning siyosiy faolligini oshirish, ularning
fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga jalb etish, inson huquqlarini teng asosda
amalga oshirish, ijtimoiy inklyuziyani kuchaytirish va konstitutsiyaviy adolatni qaror
toptirish bo ‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so ‘zlar:

Nogironligi bo‘lgan shaxs, nogironlik , konvensiya, Braille,

O‘zbekiston, BMT, YI, Daniya, Germaniya, Shvetsariya, Janubiy Koreya

KIRISH

Dunyoda nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini taʼminlash bugungi kunda

dolzarb ahamiyatli masalalardan biriga aylandi. Jahonda alohida eʼtiborga muhtoj
shaxslar huquqlarini himoya qilish boʻyicha nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi
konvensiya koʻplab davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilindi. Konvensiyaning xalqaro
miqyosda jahon davlatlari tomonidan ratifikatsiya qilinishi bu toifa shaxslar
huquqlarini himoya qilish masalasida tizimli yondashuvlar yuzaga kelishini taqozo
etadi. Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini amalda taʼminlash mamlakat oldida turgan eng muhim vazifalardan
biridir.Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining saylovdan keyingi
birinchi yalpi majlisidagi nutqida- “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga
to‘laqonli moslashuvini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga
aylanayotganini hamda Biz uchun nogironligi bo‘lgan insonlarni ijtimoiy
hayotimizning barcha sohalariga jalb etish ustuvor yo‘nalish hisoblanadi, degan
so‘zlari imkoniyati cheklangan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlanishi
davlat muhofazasida ekanligini tasdiqlaydi”

1

.

1

Inobat Hakimova,“Taraqqiyot strategiyasi”markazi bosh mutaxassisi

O‘zA

.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy

hayotga integratsiyasi muhim omildir. Elektron manba: http://pravacheloveka.uz/oz/news/nogironligi-bolgan-
shaxslarning-ijtimoiy-hayotga-integratsiyasi-muhim-omildir


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

179

ISSN:3030-3613

Maʼlumki, nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini taʼminlash qonunchiligi

takomillashib borar ekan, bu toifa shaxslar saylov tizimida ham sezilarli oʻzgarishlarni
amalga oshirish, strategik maqsadlarga moʻljallangan izchil islohotlarni toʻgʻri tashkil
etish va bu chora-tadbirlar negizida samaradorligi yuqori darajadagi ilmiy-amaliy,
huquqiy yondashuvlarni ishlab chiqish ehtiyoji ham oshib boraveradi. Shundan kelib
chiqib, nogironligi boʻlgan shaxslarning saylov huquqi va sohadagi qonunchilik
asoslari, kafolatlari tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, ularni sohaviy
xalqaro andazalarga moslashtirish hayotiy zaruratga aylandi. Shu maʼnoda yoshlarni,
jumladan, nogironligi boʻlgan shaxslarga bo ‘lgan e`tiborni nechogʻlik dolzarb
ahamiyat kasb etishini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev
tomonidan tasdiqlangan “Harakatlar strategiyasi”da, uning mantiqiy davomi boʻlgan
“Taraqqiyot strategiyasi”da, shuningdek, davlat rahbarining 2022-yil 20-dekabrdagi
Oʻzbekiston Respublikasi parlamentiga yo‘llagan prezident murojaatnomasida ham
koʻrish mumkin. Shuningdek, davlat rahbarining “2023 yil 1 iyundagi “Aholiga sifatli
ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga
qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi.
Ma’lumot sifatida aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda nafaqa oluvchilar soni 2016
yilda 466 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib 2 milliondan oshdi”

2

.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovlarda ishtirok etishi huquqini ta’minlash

mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan Xorijiy davlatlar tajribasiga tayanilgan
holda, saylov jarayonida nogironlar uchun qulay muhit yaratish, texnik va tashkiliy
sharoitlarni ta’minlash, ovoz berishdagi mustaqillik va maxfiylik prinsiplariga rioya
qilish mexanizmlari haqida so‘z yuritar ekanmiz

METODOLOGIYA

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylov huquqini ta’minlash mexanizmlarini

o‘rganishda quyidagi ilmiy metodologik asoslar tanlab olindi:
Tadqiqotda sistemali yondashuv asosida nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylov
huquqiga oid huquqiy, siyosiy va ijtimoiy mexanizmlar tahlil qilindi. Shuningdek,
institutsional yondashuv orqali davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining
ushbu sohadagi roli o‘rganildi.

Huquqiy tahlil usuli:

xalqaro va milliy qonunchilik hujjatlari (BMT

konvensiyalari, saylov kodekslari, konstitutsiyalar) asosida normativ-huquqiy asoslar
o‘rganildi

2

O ‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi. Elektron manba:

https://uza.uz/oz/posts/ijtimoiy-himoyaga-

muhtoj-shaxslar-doimiy-etiborda-video_725942


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

180

ISSN:3030-3613

Taqqoslama tahlil usuli:

xorijiy davlatlar (masalan, AQSh, Germaniya,

Janubiy Koreya) tajribasi bilan O‘zbekiston amaliyoti solishtirilib, ularning samarali
mexanizmlari aniqlanib, o‘rganildi;

Empirik tahlil usuli:

mavjud statistika, nogironlar tashkilotlarining hisobotlari,

saylovdagi ishtirok ko‘rsatkichlari tahlil qilindi;

Tarixiy yondashuv:

nogironlar saylov huquqining evolyutsiyasi, ya’ni tarixiy

rivojlanish bosqichlari ko‘rib chiqildi;

Sotsiologik usullar:

intervyu yoki ijtimoiy so‘rovnomalar asosida nogironlar,

ularning huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar, MSK vakillarining fikrlari
o‘rganilishi mumkin.

Tadqiqotda quyidagi manbalarga tayanildi: BMTning “Nogironlar huquqlari

to‘g‘risidagi konvensiyasi”; Yevropa Inson huquqlari konvensiyasi va YeI tajribalari,
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Saylov kodeksi, “Nogironlar huquqlari
to‘g‘risida”gi Qonuni; Tegishli dissertatsiyalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar va
xalqaro tashkilotlarning hisobotlari. Mazkur metodologik yondashuvlar orqali
aniqlangan xulosalar va tavsiyalar O‘zbekistonning saylov tizimida inklyuzivlikni
kuchaytirish, nogironlar uchun qulay muhit yaratish va ularning fuqarolik faolligini
oshirishga xizmat qilishi mumkin.

TAHLIL

Bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylov huquqini ta’minlash

masalasi global miqyosda e’tibor markazida turibdi. BMTning “Nogironlar huquqlari
to‘g‘risidagi konvensiyasi” 29-moddasida “nogiron shaxslarning siyosiy va jamoat
hayotida ishtirok etish huquqi kafolatlanadi”

3

. Shunga qaramay, ko‘plab

mamlakatlarda, jumladan, rivojlanayotgan davlatlarda bu huquqni amaliyotda
to‘laqonli ta’minlashda muammolar mavjud.

O‘zbekiston Respublikasida saylov huquqi Konstitutsiyaning 128-moddasi va

Saylov kodeksi bilan mustahkamlangan. Nogironlar huquqlariga oid maxsus huquqiy
asoslar esa “Nogironlar huquqlari to‘g‘risida”gi BMT konvensiyasi hamdan “
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g’risida”gi qonun bilan belgilanadi.
Ushbu huquqiy hujjatlar saylovda ishtirok etish uchun teng imkoniyatlar yaratishni
nazarda tutadi. Biroq qonunchilikda ayrim hollarda umumiy deklarativ me’yorlar
mavjud bo‘lib, ular amaliy mexanizmlar bilan mustahkamlanmagan. Misol uchun,
Saylov kodeksida nogironlar uchun qulay shart-sharoit yaratish haqida umumiy
ko‘rsatmalar mavjud bo‘lsa-da, ovoz berish uchun texnik qulayliklar (braille
alifbosidagi byulletenlar, ovozli qurilmalar, mobil saylov qutilari va h.k.) har doim ham
to‘liq joriy etilmagan.

3

Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya. – Nyu-York, 2006. (29-modda).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

181

ISSN:3030-3613

Amaliyotda saylov uchastkalarida nogironlar uchun rampalar, liftlar, keng

eshiklar yoki eshitish, ko‘rish nuqsonlari uchun moslashgan texnik vositalar yetarli
emas. Ba’zi hududlarda bu borada ijobiy qadamlar tashlangan bo‘lsa-da, ularning
muntazamligi va sifat darajasi bir xil emas. Aholining og‘zaki so‘rovlariga ko‘ra, ayrim
nogiron fuqarolar saylovda qatnashishni lozim deb bilmaydi, chunki ular uchun
yaratilgan sharoitlar yetarli emasligini aytishadi. Shuningdek, saylov uchastkalaridagi
xodimlarning nogironlar bilan ishlash bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega emasligi
ham muhim muammo hisoblanadi. Bu esa xizmat ko‘rsatish sifati va tenglik
tamoyilining buzilishiga olib keladi.
Germaniya va Skandinaviya davlatlarida nogironlar uchun saylov imkoniyatlari yuqori
darajada ta’minlangan. “Germaniya Federal Konstitutsiyaviy Sudi 2019-yil 29-
yanvarda vasiylik ostidagi taxminan 85 ming nafar nogiron fuqaroni saylovda
qatnashishdan chetlatish konstitutsiyaga xilof ekani haqida qaror chiqardi. Sud
qaroridan so‘ng tez orada qonunchilikka tegishli o‘zgartish kiritilib, ruhiy va
intellektual nogironligi tufayli vasiy qo‘yilgan shaxslarning ham saylov huquqi
tiklandi. Qonunchilik nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylovlarda ishtirok etmasligini
qonunga zid deb topdi”

4

. Yevropa prezidenti Jyrki Pinomaa shunday dedi:

“Konstitutsiyaviy sudning bu ochiq-oydin diskriminatsiyaga chek qoʻyish toʻgʻrisidagi
qarori vasiylik ostidagi odamlarning saylov huquqlarini cheklab qoʻyayotgan barcha
Yevropa mamlakatlari uchun yoʻlni koʻrsatmoqda. Bu Ispaniya va Daniyadagi soʻnggi
ijobiy oʻzgarishlardan soʻng. Bugun Yevropada demokratiya uchun ajoyib kun!
Yevropa saylovlariga yaqin qolganda, qonunchilar may oyida nogironlar oʻz ovozlarini
berishlari uchun tezda harakat qilishlari kerak."

5

Shvetsiyada nogironlar uchun mobil ovoz berish punktlari mavjud, va saylovdan

oldin har bir fuqaroning maxsus ehtiyojlari ro‘yxatdan o‘tkaziladi. AQShda esa ovoz
berish uskunalari nogironlarga moslashtirilgan va maxsus yordamchilar ishtirokida
saylov amalga oshiriladi.

Janubiy Koreyada esa saylov tizimida nogironlar bilan ishlash bo‘yicha maxsus

infratuzilmalar joriy etilgan: audio-ovozli yo‘riqnomalar, elektr aravachalar uchun
kirish yo‘llari va raqamli byulletenlar bilan ta’minlangan. Bu esa ularning ovoz berish
huquqini kamsitishsiz amalga oshirishiga xizmat qilmoqda.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda quyidagi mexanizmlarni

rivojlantirish dolzarbdir:

Saylov uchastkalarida universal dizayn tamoyiliga asoslangan infratuzilma

yaratish

4

“A great day for democracy in Europe”: German Constitutional Court declares it unconstitutional to strip people under

full guardianship from voting rights// Elekton manba:

secretariat@inclusion-europe.org

5

The full EESC report Real rights of persons with disabilities to vote in European Parliament elections can be

foundhere in all 24 EU official languages:

www.eesc.europa.eu/the-real-right-of-persons-with-disabilities-to-vote


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

182

ISSN:3030-3613

Nogiron fuqarolar uchun ovoz berishda braille byulletenlari, audio tizimlar,

mobil saylov qutilari joriy etish;

Saylov komissiyasi xodimlarini nogironlar bilan ishlash bo‘yicha muntazam

o‘qitish;

Nogironlar tashkilotlarini saylov jarayonining hamkor subyekti sifatida faol jalb

etish;

Elektron ovoz berish tizimlarining rivojlantirilgan va inklyuziv variantlarini

sinovdan o‘tkazish.

NATIJA

Hozirgi kunga kelib, “Germaniyada yuqoridagi choralar nogironlarning siyosiy

hayotda ishtirokini sezilarli darajada kengaytirgan. Xususan, qonunchilikdagi
o‘zgarish natijasida 2019-yilga kelib vasiylik ostidagi 85 mingdan ziyod fuqaro ilk bor
saylovlarda qatnashish imkoniga ega bo‘ldi. Ko‘zi ojizlar uchun Braille-shablon
qo‘llanilishi ham ijobiy natija berib, ko‘zi ojiz saylovchilarning yordamchiga ehtiyoj
sezmasdan ovoz berish holatlari ortgan. Shu bilan birga, Germaniya tajribasi ayrim
muammolar hamon saqlanayotganini ko‘rsatadi. Masalan, ba’zi eski binolarda
joylashgan saylov uchastkalarini to‘liq moslashtirish muammosi bor – 2017-yilda
o‘tkazilgan bir tadqiqotga ko‘ra, saylovchilarning ma’lum qismi hali ham uchastkaga
kirishda jismoniy to‘siqlarga duch kelgan. Shunga qaramay, umuman olganda
Germaniya nogironlar saylov huquqini ta’minlash borasida Yevropada ilg‘or
davlatlardan biri sifatida tilga olinadi. Yevropa Ittifoqi doirasidagi baholashlarga ko‘ra,
Germaniya rasmiy saylov saytlarida nogironlar uchun qulay interfeys va oddiy tildagi
axborotlar taqdim etishda namuna bo‘layotgan mamlakatlardan biridir”

6

.

Janubiy Koreyada esa ko‘zi ojizlar uchun saylovoldi tashviqot materiallarini

Brailleda nashr qilish qoidasi joriy qilingan (nomzodlar Braille buklet taqdim etishi
shart). Shuningdek, markaziy televideniyeda saylovga oid rolik va debatlar ishora tilida
tarjima bilan beriladi. “Eshitish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan ilk deputat Kim Ye-ji
tashabbusi bilan saylov materiallarini ko‘zi ojizlar va karlar uchun QR kodli maxsus
web-kontent shaklida chiqarish, Braille buklet hajmiga qo‘yilgan cheklovni bekor
qilish kabi takliflar tayyorlanmoqda. Janubiy Koreyada, shuningdek, og‘ir jismoniy
nogironligi sabab uyda qolgan fuqarolar uchun ko‘chma saylov qutisi orqali uyiga
borib ovozini olish amaliyoti ham bor (oldindan ariza asosida). Ushbu usul yillar
davomida qo‘llanib kelinadi va nogironlar qamrovini oshirishga xizmat qiladi. Saylov
komissiyalari tarkibida nogironlar masalalari bo‘yicha maslahatchilar shtati joriy
qilingan – ular saylovchilardan kelgan taklif va shikoyatlar asosida muammolarni hal
etishda ko‘maklashadi Janubiy Koreyada rasmiy statistikaga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan

6

Deutscher Bundestag. (2019). Gesetz zur Stärkung der politischen Teilhabe betreuter Menschen. Berlin:

Bundestagsdrucksache.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

183

ISSN:3030-3613

saylovchilarning saylovlarda ishtirok darajasi nisbatan yuqori – taxminan 70% atrofida
ekanligi aytiladi”

7

. Bu ko‘rsatkich juda e’tiborga molik (umumiy aholi ishtirokiga

deyarli teng), ammo sifati jihatidan hali muammolar mavjud. Ayni paytda
rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan saylovchilar siyosiy ishtirokida sustlik kuzatilmoqda.
2025-yilgi saylov oldi davrida aqliy nogironlar guruhi tomonidan Seulda o‘tkazilgan
matbuot anjumanida “rivojlanish nuqsonli fuqarolarning ovoz berish huquqi amalda
yo‘q holda qolayotgani” tanqid qilindi va hukumatdan tezroq chora ko‘rish talab
qilindi. Ijobiy tomoni shuki, Janubiy Koreyada oxirgi yillarda nogironlarning siyosiy
huquqlarini ta’minlash borasida jamoatchilik faolligi oshdi, partiyalar ham bu
masalaga e’tibor qaratmoqda. Ba’zi siyosiy partiyalar (masalan, Demokratik partiya va
mehnatkashlar partiyasi) saylovoldi materiallarini nogironlarga mos shaklda chiqarish
tashabbuslarini qabul qilganini ko‘rish mumkin. Umuman, Janubiy Koreya tajribasi
nogironlarni saylov jarayonlariga jalb etishda ijobiy dinamika borligini, biroq ba’zi
huquqiy normalarni takomillashtirish va ko‘proq moslashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

O‘zbekiston Respublikasi mustaqil demokratik davlat sifatida har bir

fuqarosining, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham siyosiy huquqlarini
ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan. Biroq amalga oshirilgan tahlillar asosida
ma’lum bo‘ldiki, bu yo‘nalishda mavjud normativ-huquqiy asoslar mavjud bo‘lishiga
qaramay, ularni amaliyotda to‘laqonli joriy etish va qulay, inklyuziv saylov muhitini
yaratishda muayyan kamchiliklar mavjud. Xususan, saylov jarayonining texnik,
tashkiliy va insoniy resurslar jihatidan yetarlicha moslashtirilmagani, axborotga
bo‘lgan ochiqlik va shaffoflikning ba’zan cheklangani, nogironlarning ehtiyojlarini
hisobga olmagan yondashuvlar ularning saylov huquqlarini ro‘yobga chiqarishda
jiddiy to‘siqlar tug‘dirmoqda.

Xalqaro tajriba, jumladan, Yevropa davlatlari va Osiyodagi ilg‘or mamlakatlar

misolida shuni ko‘rish mumkinki, nogironlar uchun maxsus imkoniyatlar yaratish
ularning siyosiy faolligini oshiradi, fuqarolik jamiyatini mustahkamlaydi va davlat
bilan jamiyat o‘rtasidagi ishonchni kuchaytiradi.

Yuqorida keltirilgan xulosa va tahlillardan kelib chiqib, quyidagi amaliy

takliflarni ilgari surish mumkin:

1. Saylov kodeksiga qo‘shimchalar kiritish – nogironlar uchun qulayliklar

yaratish bo‘yicha aniq va majburiy me’yorlar belgilanishi zarur (masalan, har bir
saylov uchastkasida rampalar, audio vositalar, braille yozuvi bo‘lishi majburiy tarzda
ko‘rsatilishi kerak).

7

OHCHR. (2025). Thematic Study on Participation in Political and Public Life by Persons with Disabilities. Retrieved

from

https://www.ohchr.org/en/documents/thematic-reports/thematic-study-participation-political-and-public-life-

persons


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

184

ISSN:3030-3613

2. MSK (Markaziy saylov komissiyasi) doirasida "inklyuziv saylovlar bo‘limi"

tashkil etish, bu bo‘lim nogironlar uchun texnik vositalarni joriy qilish, xodimlarni
o‘qitish va monitoring qilish bilan shug‘ullanishi kerak.

3. Saylov uchastkalari xodimlari uchun nogironlar bilan muloqot qilish va

xizmat ko‘rsatish bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlari tashkil etish, bu orqali xizmat
ko‘rsatish sifati oshiriladi.

4. Nogironlar tashkilotlari va fuqarolik jamiyatini saylov jarayonlariga faol jalb

qilish, ular nazorat, maslahat va targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanishlari mumkin.

5. Axborot-targ‘ibot vositalarida nogironlarning saylov huquqi to‘g‘risida

alohida kontent yaratish, bunday kontent soddalashtirilgan tilda, ishorali til va audio
formatda bo‘lishi kerak.

6. Elektron ovoz berish tizimlarining inklyuziv variantlarini ishlab chiqish, bu

nogironlarning mustaqil va xavfsiz ovoz berish imkonini kengaytiradi.

7. Xalqaro tajriba asosida pilot (tajriba) loyihalar joriy qilish, ya’ni ayrim saylov

uchastkalarida ilg‘or texnologiyalarni sinab ko‘rish va ularning natijalari asosida
respublika bo‘ylab joriy etish.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning saylov huquqini to‘laqonli ta’minlash –

nafaqat konstitutsiyaviy majburiyat, balki inson huquqlarining ustuvorligiga
asoslangan fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi muhim shartdir. Saylov – bu
jamiyat hayotida ishtirok etishning eng oliy shakli bo‘lib, har bir fuqaro, qanday
jismoniy imkoniyatga ega bo‘lishidan qat’i nazar, undan teng asosda foydalanishi
shart. O‘zbekiston Respublikasida bu yo‘nalishda muayyan yutuqlar kuzatilayotgan
bo‘lsa-da,

mavjud

mexanizmlarning

amaliyotda

to‘laqonli

ishlamasligi,

infratuzilmadagi muammolar, axborot yetishmovchiligi va ijtimoiy ongdagi muayyan
stereotiplar nogiron fuqarolarning siyosiy hayotda faolligini cheklab qo‘ymoqda.

Yakuniy natija sifatida aytish mumkinki, nogironligi bo‘lgan shaxslarning

saylov huquqlarini amalga oshirish bo‘yicha tizimli yondashuv, huquqiy va tashkiliy
mexanizmlarning uyg‘unligi, xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan real chora-
tadbirlar va ijtimoiy ongdagi o‘zgarishlar bu sohada ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Bu
esa nafaqat nogironlar uchun, balki butun jamiyat uchun tenglik, adolat va demokratiya
tamoyillarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya. –
Nyu-York, 2006. (29-modda).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

185

ISSN:3030-3613

2.

Inobat Hakimova,“Taraqqiyot strategiyasi”markazi bosh mutaxassisi

O‘zA

.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy hayotga integratsiyasi muhim omildir.
Elektron

manba:

http://pravacheloveka.uz/oz/news/nogironligi-bolgan-

shaxslarning-ijtimoiy-hayotga-integratsiyasi-muhim-omildir

3.

O ‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi. Elektron manba:

https://uza.uz/oz/posts/ijtimoiy-himoyaga-muhtoj-shaxslar-doimiy-etiborda-
video_725942

4.

“A great day for democracy in Europe”: German Constitutional Court declares it
unconstitutional to strip people under full guardianship from voting rights//
Elekton manba:

secretariat@inclusion-europe.org

5.

The full EESC report Real rights of persons with disabilities to vote in European
Parliament elections can be foundhere in all 24 EU official languages:

www.eesc.europa.eu/the-real-right-of-persons-with-disabilities-to-vote

6.

Deutscher Bundestag. (2019). Gesetz zur Stärkung der politischen Teilhabe
betreuter Menschen. Berlin: Bundestagsdrucksache.

7.

OHCHR. (2025). Thematic Study on Participation in Political and Public Life by
Persons

with

Disabilities.

Retrieved

from

https://www.ohchr.org/en/documents/thematic-reports/thematic-study-
participation-political-and-public-life-persons

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya. –

Nyu-York, 2006. (29-modda).

Inobat Hakimova,“Taraqqiyot strategiyasi”markazi bosh mutaxassisi O‘zA.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy hayotga integratsiyasi muhim omildir.

shaxslarning-ijtimoiy-hayotga-integratsiyasi-muhim-omildir

O ‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot agentligi. Elektron manba:

video_725942

“A great day for democracy in Europe”: German Constitutional Court declares it

unconstitutional to strip people under full guardianship from voting rights//

Elekton manba: secretariat@inclusion-europe.org

The full EESC report Real rights of persons with disabilities to vote in European

Parliament elections can be foundhere in all 24 EU official languages:

www.eesc.europa.eu/the-real-right-of-persons-with-disabilities-to-vote

Deutscher Bundestag. (2019). Gesetz zur Stärkung der politischen Teilhabe

betreuter Menschen. Berlin: Bundestagsdrucksache.

OHCHR. (2025). Thematic Study on Participation in Political and Public Life by

Persons with Disabilities. Retrieved from

participation-political-and-public-life-persons