T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_4-to’plam_Iyun-2025
174
ISSN:3030-3613
CHET TILI OʻQITISHDA PEDAGOGLARNING TA’LIM JARAYONIDA
QOʻLLAYDIGAN TAMOILLARNING NAZARIY VA AMALIY
ASOSLARI.
OʻzDJTU katta oʻgituvchisi
F.
S.Tashpulatova
Annotasiya:
Taqdim etilayotgan maqola chet tili oʻqitishda pedagoglarning
ta’lim jarayonida qollaydigan tamoillarning nazariy va amaliy asoslari oʻqitish
metodi oʻqitishning shakllari, interfaol oʻqitish metodlari qoʻllangan vaziyatlar,
oʻqitishning ilgʻor tajribalarini oʻrganish mutaxassislik uchun zarur koʻnikma va
malakalarni shakillantirishdan, shunigdek tarjimonlarni maxsus ilmiy metodik
adabiyotlar bilan ishlashga oʻrgatish va ilmiy ishlarga tayyorlashdan iboratdir.
Kalit s
oʻ
zlar:
Metod, pedagog, interfaol, mutaxassis,tamoil, nutq,
modellashtirish, innovatsi, modifikatsiya, debat.
Аннотация
:
В статье представлены теоретические и практические основы
педагогических принципов, которые остаются в процессе обучения
преподавателей по методике преподавания иностранного языка, ситуаций с
использованием интерактивных методов обучения и необходимости изучения
передового опыта. навыки и умения, а также обучение переводчиков работе со
специализированной научно-методической литературой и подготовке их к
научной работе.
Ключевые слова:
Метод, педагог, интерактивный, специалист,
направление, речь, моделирование, инновация, модификация, дебат.
Annotation:
The article presents the theoretical and practical foundations of
pedagogical principles that remain in the process of teaching teachers on the
methodology of teaching a foreign language, situations using interactive teaching
methods and the need to study best practices. skills and abilities, as well as training
interpreters to work with specialized scientific and methodological literature and
preparing them for scientific work.
Key words:
Method, pedagog, interactive, specialist, direction, speech,
modeling, innovation, modification, debate
Ma’lumki oʻqitish metodi bu maqsadga erishish uchun pedagog tanlaydigan
yoʻldir. oʻqitishning ikki xil shakli bor: bu pedagogga moslashgan va interfaol oʻqitish
shakillaridir. Pedagogga moslashgan oʻqitish shaklida asosiy ahamiyat tayyorlangan
pedagogga qaratiladi. Bu vaziyatda asosiy vazifani dars olib borayotgan pedagog
bajarishi kerak. Interfaol oʻqitish metodlari qoʻllangan vaziyatda esa har bir mavzu
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_4-to’plam_Iyun-2025
175
ISSN:3030-3613
nafaqat pedagog tomonidan, balki talaba tomonidan yoki faqatgina talabalarning kuchi
bilan (pedagogning yordamisiz) tayyorlanadi.[1]
Interfaol oʻqitish metodlari va bu oʻqitish metodlariga treninglar orqali erishish
mumkun. Bu treninglar kattalar pedagogikasi (androgogika)ning eng yangi prinsiplari
asoslangan boʻlib, oʻz ichiga olgandir. Interfaol oʻqitish metodlarida ongli ravishda
talaba shaxsi oʻz xususiyatlari va koʻnikmalari bilan markazga qoʻyilgandir, interfaol
oʻqitish metodlari yordamida ishtrokchi ongli ravishda muammolarni yechish va
mustaqil qaror qabul qilishga koʻnikma hosil qiladi.[2]
Chet tili oʻqitish metodikasining nazariy asosi oʻz oldigaquyidagi vazifalarni
qoyadi:
Hozirgi davr chet tili oʻqitish metodikasining asosiy qisimlarini yoritish va
uning asosida talabalarga ta’lim berish;
Talabalarga (xususan, boʻlajak tarjimonlarga) chet tili oʻrgatishning ilgʻor
gʻoyalari bilan tanishtirish;
Hozirgi davr metodikasining tarkibiy qismi, vaziyatlarini yoritish;
oʻqitishning ilgʻor tajribalarini oʻrganish;
Seminar, amaliy mashgʻulotlar orqali mutaxassislik uchun zarur koʻnikma va
malakalarni shakillantirish;
Boʻlajak tarjimonlarni maxsus ilmiy metodik adabiyotlar bilan ishlashga oʻrgatish
orqali oʻz kasbi ustida mustaqil shugʻillanishga, ilmiy ishlarga tayyorlash.
Chet tili oqitishning sof metodik prinsiplari 3 ga boʻlinadi
1. Umumiy; 2) xususiy; 3) maxsus;
Umumiy tamoyillarga:
1.
Chet tili oʻqitishning nutqiy yoʻnalganlik tamoyili.
2.
Chet tilini chegaralab (farqlab) va yaxlit oʻrgatish tamoyili.
3.
mashgʻilotlarga asosiy oʻrin berish tamoyili.
4.
til tajribasini hisobga olish tamoyili.
Yuqorida izohlangan tamoyillar xususiy tamoyillar bilan mazmunan tutashgan
boʻlib, torroq ma’nodagi metodik hodisalarni aks ettirishdan iboratdir. Xususiy
tamoyillar quyidagilardir:
1)
nutq namunasi asosisda chet tilini oʻrgatish
2)
til mashqlarini nutq amaliyoti bilan bogʻlash
3)
nutq faoliyati turlarining oʻzaro munosabati
4)
oʻzaki nutqning ilgarilishi
5)
chet tilida tabiiy nutqda yaqinlashish.
Innovatsiya lotincha soʻz boʻlib, “yangilik kiritaman”, “ tatbiq etaman”,
“oʻzgartiraman” degan ma’noni anglatadi.
1)
modellashtirish
2)
namoyish qilish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_4-to’plam_Iyun-2025
176
ISSN:3030-3613
3)
kichik guruhlarda ishlash
4)
aqliy hujum
5)
tanqidiy hujum
6)
munozara-tortishuv, bahs
7)
rolli oʻyinlar
8)
muayyan holatni (vaziyatni) oʻrganish
9)
modifikasiyalangan ma’ruza
10)oʻyinlar
11)axborot texnologiyalari (kompyuter) yordamida.
Ispan tili ta’limi jarayonida oʻqitishning innovatsion usullaridan
foydalana bilish va amalga oshirish muhim hisoblanib, pedagog quyidagilarni bilishi
lozim:
innovatsion texnologiya tushunchasi, uning mazmun-mohiyati;
ta’lim maqsadini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarining oʻrni va
roli;
fanlar boyicha innovatsion texnologiyalarni qoʻllash tamoyillari;
ta’limiy va ishchanlik oʻrinlari va muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlar;
talabalarning mustaqil faoliyatlarini tashkil va ta’minlash yoʻllari;
talabalarning mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullari; koʻrgazmali oʻqitish
usullari imitatsiya oʻquv mashgʻulotlari; ta’lim tarbiya faollashtiruvchi usullardan
iborat.[3] Olib borilgan izlanishlar asosida shuni aytish mumkunki,tarjimonlar
tayyorlashda bir qancha metodlar, usullar mavjud. Ular:
Modellashtirish (trenirovka-mashq qilish). oʻqitishning bu usuli real hayotni
qayta tiklash ishlab chiqilgan moslama, asbob yoki vaziyatni oʻz ichiga oladi.
Demonstratsiya (namoyisg qilish)- “Koʻrsataman isbotlayman”degan ma’noni
anglatadi. Bu usulda pedagog topshiriqni bajarish tartibini talabalarga koʻrsatadi.
Shundan soʻng talabalarga topshiriqni mustaqil bajarish imkoniyati berilishi kerak.
Rolli oyinlar. Talabalar bu usulda “real hayot” holatlarini qayta jonlantiradilar.
Ularga amaliy ish faoliyatlarida qoʻllash mumkin boʻlgan yangi turdagi faoliyatlarni
sinab koʻrish va tekshirish mukun.
Guruh munozarasi. oʻqitishning mazkur usuli talabalarning oʻzaro muloqot va
fikr almashinuviga asoslangan. Bunda guruhga tahlil qilish, baholash va tekshirish
asosida muayyan mavzu yoki savollar ishlab chiqiladi.
Modifikatsiyalangan-shakli oʻzgartirilgan ma’ruza. Bu oʻqitish usuli pedagog
mavzu mazmunini ogʻzaki bayon qiladi, formulalar chiqarishda talabalar bilan
muloqot olib boradi. Ammo bu usulning an’anaviy ma’ruzadan farqi pedagog va talaba
orasida muloqot borligidadir.
Tanqidiy tafakkur. Tanqidiy tafakkur usuli pedagog qoʻygan masala
yokimuammoga talaba oʻz fikrini bayon qilish, oʻzglar fikrini tanqidiy qayta idrok
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
64-son_4-to’plam_Iyun-2025
177
ISSN:3030-3613
etish, oʻz nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish orqali yechish yoki hal qilish
imkoniyatiga ega boʻlishiga asoslangandir.
Muayyan holatni (vaziyatni) oʻrganish. Bu oʻqitish usuli real hoyotdagi
vaziyatni batafsil muhokama qilishdan iborat. Mazkur usul kichik guruhlarda
oʻtkizilib, oʻqish, oʻrganish, tahlil qilish muhokama va erkin fikr almashish hamda
qaror qabul qilish va bu qarorni boshqalarga yetkazishni taqozo qiladi.[4]
Aqliy hujum pedagog qoʻygan savol yoki muammo yuzasidan har bir
talabaning oʻz fikrini bayon etishiga imkon beruvchi oʻquv uslubidir. Uslub mohiyati
“Bir kalla yaxshi, yigirma beshtasi undan yaxshi ”tamoyili boʻyicha pedagog
tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan ehtimol tutiladigan hamma
fikrlar variantini bir yerga jamlay olishda boʻlib, istisno tariqasida ta’lim
oluvchilarning barcha fikrlari, jumladan, aytarli, toʻgʻri boʻlmaganlari ham inobatga
olinadi. Bayon etilgan fikrlar keyingi tahlilda talabalarning qoʻyilgan savol yoki
muammoni toʻgʻri tushunishlariga imkon beradi.[5]
Har kim har kimga oʻrgatadi. “Har kim har kimga” uslubi talabalarni
oʻrgatuvchiga aylanishi, ma’lum bilimlarni oʻzlashtirgach, oʻrtoqlari bilan baham
koʻrish imkonini beruvchi oʻqitish uslubidir. Ushbu uslubning maqsadi talabalarga
oʻqitish jarayonida zarur boʻlgan axborot maksimumini berish, ayni paytda talabada
axborot olish va berishga qiziqish uygʻotishdir. Shuningdek, axborot hajmini olgan
talaba ma’lum vaqt davomida uni iloji boricha koʻproq oʻrtoqlariga yetkazadi.
Debatlar (tortishuvlar). Debatlar oʻz nuqtayi nazarini asoslashda auditoriyadagi
barcha talabalarning (yoki asosiy qismining) bahslashuvda faol ishtirok etishini
ta’minlovchi oʻqitish uslubidnazarini aytadi, bahsli topshiriqlar beradi. Bu uslubdan
foydalanish tanqidiy tafakkurni rivojlantiradi. Talaba oʻz nuqtayi nazarini rad etishi
kerak. Bahs haqiqatni yuzaga keltirgani bois pedagog talabalarni ikki guruhga boʻlgan
holda munozarani atayin avj oldiradi (guruhlarga bir biriga zid nuqtayi ) bu usul yozma
holda olib borilsa, yozma debatlar boʻladi.
Xulosa qilib aytish lozimki, oʻyinli metodlar soni bular bilan chegaralanmaydi.
Aksincha, bugungi kunda nazariyotchilar amaliyotchilarning izlanishlari va sa’yi
harakatlari bilan ularning soni sifati tobora takomillashib bormoqda
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
Sultanova G.A. Pedagogik mahorat. Toshkent : Nizomiy nomidagi TDPU,2005.
2.
Interfaol medodlar:mohiyati va qo”llanilishi. Met qol. D. Rozieva. M. Usmonboeva,
Z.Holiqova. T. Nizomiy nomli TDPU
3.
“Чет тили (испан тили) Ўқитиш методикаси ва унинг асосий босқичлари” Таълим,
фан ва инновация 70 - 75 бетлар 2020 йил Ф.С.Ташпулатова
4.
Sayidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. Toshkent.:OPI, 2003.
5.
Rаvshаnоvа, T.; Kаrshiеvа, R.; аnd Kuvvаtоv, M. Тhе thеоrеtiсаl аnd prасtiсаl bаsis оf
rоlе
gаmеs
in
tеасhing
fоrеign
lаnguаgеs
//
Mеntаl
Еnlightеnmеnt
SсiеntifiсMеthоdоlоgiсаl Jоurnаl: Vоl. 2022: Iss. 3, Аrtiсlе 2.