Mualliflar

  • Otabek Abdumalikov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112391

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Axborot olish erkinligi noqonuniy kontent dezinformatsiya feyk yangiliklar taqiqlangan axborotlar Filter Bubble (Filtr qopqog‘i) xalqaro qonunchilik milliy strategiya.

Annotasiya

Аnnоtаtsiyа: Ushbu maqolada axborot olish huquqi masalalari va uni olishda 
yuzaga  keladigan  tabiiy  va  mexanizmlashtirlgan  to‘siqlar  atroflicha  tahlil  etildi. 
Xalqaro va yurtimiz hududida yuz berayotgan axborot oqimi kengayuvi unda axborot 
turi  va  manbasining  ortishi,  uni  tartibga  solishda  va  fuqarolarga  to‘g‘ri  axborot 
yetkazib  berish  chora-tadbirlari  muhokama  etildi.  Maqolada,  mahalliy  va  xalqaro 
olimlarning  fikri  orqali  axborot  olish  muammolarining  sabablari  aniqlandi, 
yurtimizning axborot erkinligi borasidagi joriy holati aniq raqamlarda ko‘rsatildi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

167

ISSN:3030-3613

AXBOROT OLISH HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY

ASOSLARI: AXBOROT OLISHDA YUZAGA KELADIGAN MUOMMOLAR

VA QONUN BUZILISH HOLATLARI

Otabek Abdumalikov

Tоshkеnt dаvlаt yuridik univеrsitеti

Mаgistrаturа vа sirtqi tа’lim fаkultеti

Оmmаviy аxbоrоt vоsitаlаri

huquqi yо’nаlishi tаlаbаsi

oabdumalikov892@gmаil.cоm

Аnnоtаtsiyа

: Ushbu maqolada axborot olish huquqi masalalari va uni olishda

yuzaga keladigan tabiiy va mexanizmlashtirlgan to‘siqlar atroflicha tahlil etildi.
Xalqaro va yurtimiz hududida yuz berayotgan axborot oqimi kengayuvi unda axborot
turi va manbasining ortishi, uni tartibga solishda va fuqarolarga to‘g‘ri axborot
yetkazib berish chora-tadbirlari muhokama etildi. Maqolada, mahalliy va xalqaro
olimlarning fikri orqali axborot olish muammolarining sabablari aniqlandi,
yurtimizning axborot erkinligi borasidagi joriy holati aniq raqamlarda ko‘rsatildi.

Kalit so‘zlar:

Axborot olish erkinligi, noqonuniy kontent, dezinformatsiya, feyk

yangiliklar, taqiqlangan axborotlar, Filter Bubble (Filtr qopqog‘i), xalqaro
qonunchilik, milliy strategiya.

Abstract:

This article thoroughly analyzes the issues of the right to access

information and the natural and mechanized barriers that arise in obtaining it. The
expansion of information flow occurring both internationally and within our country,
along with the increase in the types and sources of information, is discussed, as well as
measures for regulating it and delivering accurate information to citizens. The article
identifies the causes of information access problems through the views of local and
international scholars, and presents the current state of information freedom in our
country with specific figures.

Keywords:

Freedom of information access, illegal content, disinformation, fake

news, prohibited information, Filter Bubble, international legislation, national strategy.

Аннотация:

В данной статье подробно анализируются вопросы права на

доступ к информации и естественные и механизированные барьеры,
возникающие при ее получении. Обсуждается расширение информационных
потоков как на международном уровне, так и в нашей стране, увеличение видов
и источников информации, а также меры по ее регулированию и предоставлению
гражданам достоверной информации. В статье определены причины проблем
доступа к информации через мнения местных и международных ученых, а также


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

168

ISSN:3030-3613

представлено текущее состояние свободы информации в нашей стране с
конкретными цифрами.

Ключевые слова:

Свобода доступа к информации, незаконный контент,

дезинформация, фейковые новости, запрещенная информация, фильтровый
пузырь, международное законодательство, национальная стратегия.

KIRISH

Axborot olishda va undan foydalanishda inson huquqlarining ta’minlanishi

borasida ko‘plab qonun hujjatlari ishlab chiqildi. Unda so‘z va ifoda erkinligi bilan bir
qatorda axborot olish huquqining alohida e’tirof etilgani, u fuqarolarning to‘g‘ridan-
to‘g‘ri shaxsiy huquq va erkinligi sifatida huquqiy baho berilgani axborot olish
borasida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish uchun qilingan asosiy qadamlar
desak bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida avvalgi 29-moddaning
tahriri sifatida qayta o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgandan so‘ng, yangi tahrirdagi
2023-yilda e’lon qilingan Konstitutsiyaning 33-moddasida, axborot olish huquqi
daxlsiz huquq bo‘lib, faqatgina qonunga muvofiq tegishli tartibda bu huquqni cheklash
mumkinligi to‘g‘risida to‘liq ta’kidlangan[1]( Konstitutsiyasi – 08.12.1992 // URL:
https://lex.uz/docs/-20596). Axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunda esa bu huquq
yanada kengroq tavsiflangan. Unga ko‘ra, axborot resurslaridan ham erkin foydalanish
huquqiga ega ekani va bu bo‘yicha toifalarga ajratilganini ko‘rishimiz mumkin.
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunda esa, ommaviy axborot vositalari
erkin ekani, unga ko‘ra hech qanday kuch uning erkin faoliyatini cheklamasligi
aytilgan bo‘lib, 7-moddada esa, senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi deya ta’kidlangan[2]
(OAV to‘g‘risidagi qonun // URL:

https://lex.uz/docs/-1106870

). Tayyorlangan

axborot yoki materialni nashrdan olib qolish, efirga berilmasligini talab qilishga hech
kimning haqqi yo‘qligi aytilgan. Faqat bunda shaxsga doir ma’lumotlarga, maxfiy va
sir saqlanishi shart bo‘lgan axborot, axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonunning 12¹-
moddasida nazarda tutilgan tartibdagi materiallar bo‘lmasligi, u fuqarolar va davlat
uchun zarar keltiruvchi xarakter va kuchga ega bo‘lmasligi lozim. Ushbu holat
yuzasidan, axborot olish va tarqatishni axborotlashtirish to‘g‘risidagi qonundan
tashqari, “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonun va “Shaxsga doir ma’lumotlar
to‘g‘risida”gi qonun ham tartibga soladi. Konstitutsiyada belgilangan ushbu sohaga oid
qismi “Axborot olish kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunning 3-moddasida ham qat’iy
belgilangan.

Olib borilayotgan davlat siyosatiga, kiritilayotgan qonun o‘zgartirishlariga,

prezident qaror va farmonlarining ayni shu sohada qat’iy ekaniga qaramasdan, axborot
olishda konstitutsion huquqlarning buzilishi, so‘z erkinligi reytingida O‘zbekiston
o‘rnining sezilarli pasayishga uchragani, axborotni erkin olish indeksiga ko‘ra ham
juda ortda qolayotganimiz, Ommaviy axborot vositalari erkinligining jahon miqyosida


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

169

ISSN:3030-3613

juda og‘ir deya baholanayotgani, ushbu sohada juda ko‘p ishlar amalga oshirilishi zarur
ekani haqida xabar bermoqda. Ba’zida qilinayotgan o‘zgarishlar ham aks ta’sir etishi,
vaziyatni barqarorlashishiga xizmat qilmasligi mumkin. Chunki O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan

2022-yilning 2-iyun sanasida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining

xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va
tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish
to‘g‘risida"gi [3] (https://lex.uz/docs/-4838762) farmoni mamlakatda mazkur masala
davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganidan dalolat bergan edi (ushbu qonun 2024-yildan
buyon o‘z kuchini yo‘qotgan). Negaki, axborot olish masalasida jahondagi o‘rnimizni
yuksaltirish,

bu

davlat

boshqaruvining,

fuqarolik

jamiyatida

demokratik

yondashuvning barqaror ekanini va ushbu mamlakat rivojlanish tomon ildam qadam
tashlayotganidan darak beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ushbu

tadqiqotda,

axborot

olish

erkinligi

borasida

O‘zbekiston

Respublikasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rtasidagi hamkorlik, olib

borilayotgan islohotlar hamda axborot olish erkinligiga daxl etuvchi holatlarning
himoyasini o‘rganishga qaratilgan yondashuvlar qo‘llaniladi. Tadqiqot sifatida

huquqiy tahlil (legal analysis usulidan foydanalildi, bu milliy va xalqaro huquq

normalari,

Ushbu

huquqiy

tahlil

davomida

yoritilgan

ishning

natijasini ko‘rsatish uchun aniq raqamlar va ko‘rsatgichlar bilan dalillash (statistic)

uslubidan ham ma’lum darajada foydalanish tanlandi. Asosiy e’tibor, 2023-yildagi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (yangi tahriri) ga, 2002-yilgi “Axborot

erkinligi prinsiplari kafolatlari to‘g‘risida”gi va “Axborot olish kafolatlari va

erkilingi to‘g‘risida”gi qonunlarga, 1948-yilgi “Inson huquqlari umumjahon

deklaratsiyasi”ga, “O‘zbekiston - 2030 va Raqamli O‘zbekiston – 2030”

strategiyasiga qaratildi. Shuningdek, tahlil uchun ikkilamchi manbalar - ilmiy

maqolalar, ekspert fikrlari, statistik ma’lumotlardan ham foydalanildi. Amerikalik

huquqshunos, yozuvchi va jurnalistlarning fikrlari o‘rganildi, Filter qopqog‘i

(Filter Bubble) nomli tushuncha alohida tahlil qilindi. Axborot olishni cheklovchi yoki
uni olishda yuzaga keladigan muammolar tahlil qilish uslubi orqali atroflicha tadqiq
etildi.

NATIJALAR

Axborot olishdagi muammolarni dissertant tahlil qilarkan, undan avval
O‘zbekistonda axborot olish borasida, ochiq axborot indeksi, so‘z erkinligi indeksi,
axborot olish erkinligi kabi bir qator me’zonlar bo‘yicha O‘zbekistonning jahon
miqyosida tutgan o‘rni haqida o‘rganish muhim masala deb hisoblaydi. Ushbu
reytinglarni yillar kesimida, o‘sish yoki pasayish kuzatilgani haqidagi aniq ma’lumotga
ega bo‘lish, davlatlar orasidagi qatorini baholashning o‘zi ham, axborot olish


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

170

ISSN:3030-3613

huquqining nechog‘lik ta’minlangani, yoki davlat olib borgan islohotlarning natijasi
sifatida qaralashi mumkin.

2015-yilda so‘z erkinligi indeksiga qaraydigan bo‘lsak, unga ko‘ra yurtimiz

Markaziy Osiyoda yetakchi mamlakat hisoblanib, jahon miqyosida 50-pog'onani band
etgan. Ushbu holat 180 mamlakat ichida hisoblanganini inobatga olgan holda yaxshi
ko‘rsatgich deb baholasa bo‘ladi. Biroq, o‘tgan yillar davomida, ayni islohotlar olib
borilishining yuqori cho‘qqisi paytida, davlat siyosati va davlat rahbari bor e’tiborini
shu soha rivojida 2022-yilda qaror va farmonlar imzolashiga qaramasdan, 2023-yilga
kelganda 180 mamlakat orasida 142-pog‘onaga qadar pasayish kuzatilgan, ushbu yillar
oralig‘ida Qozog‘iston mamlakati Markaziy Osiyoda so‘z erkinligi bo‘yicha yetakchi
mamlakatga aylangan. Ushbu ko‘rsatgich, eng yangilangan statistik ma’lumotga ko‘ra
yana ikki pog‘ona pastlaganimizni ko‘rsatmoqda. Aslida Markaziy Osiyoda ikkinchi
bo‘lib qolganimiz buyerda asosiy masala emas, buyerda bizning tutgan o‘rnimiz juda
pastligi, O‘zbekistonda inson qadri, uning shaxsiy va daxlsiz erkinliklari poymol
etilayotgan mamlakat sifatida qaralib, davlat imidjini tushirishi aniq. Ayni damda esa,
O‘zbekiston so‘z erkinligi bo‘yicha Qirg‘iziston va Qozog‘istondan keyin Markaziy
Osiyoda uchinchi, jahon miqyosida 144-pog‘onani band qilgan holda shu o‘rinni
egallagan[4] (KUN.UZ // https://kun.uz/en/news/2024/05/03/uzbekistan-drops-11-
lines-in-press-freedom-index). Bu, yurtimizda so‘z erkinligiga qaratilgan e’tibor
harchand biz uchun ulkan islohot sifatida ko‘rinmasin, qilinishi kerak bo‘lgan ishlar va
ko‘rilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar talaygina ekanini ko‘rsatmoqda. Chunki qolgan
jamiyatlar ham to‘xtab qolgani yo‘q. Har bir mamlakat o‘z fuqarolari va yurtida bo‘lib
turgan insonlar uchun har qanday holatda ham, axborot olish erkinligi, so‘z erkinligi
kabi fundamental huquqlar kafolati ustida bosh qotirayotgani va ularda ham keskin
o‘sishlar kuzatilayotganidan darak beradi. Yana bir statistik ma’lumotga qaraydigan
bo‘lsak, “Chegara bilmas muxbirlar” tomonidan jahon miqyosidagi OAV lardagi
erkinlik, axborot tarqatishda senzuraga yo‘l qo‘yilishi yoxud jurnalistlarning erkin
ifoda erkinligini bo‘g‘ilishi yuzasidan hisoblab chiqiladigan “World Press Freedom
Index – 2025” natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston shu jumladan Markaziy Osiyo
mamlakatlarining ahvoli og‘ir ekani ta’kidlangan.

Ushbu reytingda ham yurtimiz to‘q qizil, ya’ni juda jiddiy vaziyatda ekani

ta’kidlangan. Axborot tarqatish, OAV erkinligining juda jiddiy vaziyatda ekani,
haqiqatan ham, so‘z erkinligi, erkin axborot olish huquqi pastlashining asosiy sababchi
omilidir.

MUHOKAMA

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda mavjud normativ huquqiy

hujjatlar orqali ushbu muammolarga huquqiy yondashadigan bo‘lsak, dezinformatsiya
(disinformation/false information)ga oid hech qanday ta’rif yoki uni noqonuniy
axborot sifatida qabul qiluvchi huquqiy hujjat mavjud emas. Faqatgina,


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

171

ISSN:3030-3613

“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunning 12¹-moddasida hamda “Jurnalistlik
faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning 15-moddasida [5] (Jurnalistik
faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida // URL:

https://lex.uz/docs/-9540

), jurnalist

javobgarligi belgilangan, boshqasida esa axborot resursi egasining yo‘l qo‘ymasligi
kerak bo‘lgan majburiyatlar ta’kidlangan. Unga ko‘ra jurnalist ham axborot tarqatishga
ega bo‘lgan axborot resursi egasi axborotning haqqoniy, to‘g‘ri va ishonchli bo‘lishiga
javobgardir. Biroq, bu axborotni to‘liq tartibga solish imkonini berishi juda qiyin.
Buning asosiy sababi, axborotni olish, tarqatish va foydalanish operatsiyalarini asosan
insonlar bajaradi. Demak, axborotdan foydalanayotgan, uni boshqa insonga ham
axborot olishini ta’minlash maqsadida uzatayotgan axborot iste’molchisi, dini, millati,
irqi va kelib chiqishidan qat’iy nazar, axborotning to‘g‘ri va ishonchli ekaniga ishonch
hosil qilishlari lozim. Bu o‘z navbatida axborot madaniyatini ham shakllantirgan bo‘lar
edi. Qonunchilikda, na dezinformatsiyaga, na insonlarga nisbatan yuklatilgan
majburiyat mavjuddir. Agar dezinformatsiyalar qonunan tartibga solinmas ekan,
axborot olishdagi konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlar vujudga kelayotgan
jarayonda, tabiiyki, qonun buzilish holati vujudga keladi. Davlat, axborot oqimini,
uning tartibli va to‘g‘ri harakatini nazorat qila olmas ekan, uning jahon va mahalliy
miqyosdagi obro‘siga, uning imidjiga putur yetishi mumkin. Bu borada, “Russia
Today” telekanali bosh muharriri bo‘lib faoliyat yuritgan Margarita Simonyanning
shunday fikri mavjud: “Hech bir buyuk davlat axborot nazoratisiz yashay olmaydi”
degan[6] (M.Otamurodova // “Jahon medialandshaftida so‘z erkinligining yangi
tendensiyalari”). Ammo u bunda senzurani nazarda tutgani, fikrning noxolis ekanini
ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsada, ushbu ta’rifni biz, noto‘g‘ri axborot, soxta xabarlar va
noto‘g‘ri talqin etilgan ma’lumotlarga nisbatan ishlatadigan bo‘lsak, bu fikr o‘rinli deb
qabul qilinadi deb hisoblaydi dissertant. Negaki, agar yuqoridagi, dezinformatsiya,
feyk xabarlar va noto‘g‘ri talqin etilayotgan yangiliklarni oldini olish orqali xalqaro va
hukumat tizimida belgilangan tartibda, fuqarolarning axborot olishdagi konstitutsion-
huquqiy munosabatlardagi huquqi ta’minlanishiga erishiladi. Ikkinchi muommoga
batafsil to‘xtaladigan bo‘lsak, fishing va kiberjinoyat hodisasi, 2019-yildan aynan
Covid-19 davrida, internet ma’lumotlarga qaramlik kuchaygan davrda yuzaga keldi.
Hozirda, xalqaro GDPR tashkilotida, shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi
“Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuning 3-moddasi asosiy tushunchalar qismida,
aynan kiberhujum, kiberjinoyat hodisasi, fishing haqida huquqiy ta’riflar keltirilgan[7]
(Kiberxavfsizlik to‘g‘risida // URL:

https://lex.uz/docs/-5960604

) Har soniyada

minglab fishing hodisasi sodir etilayotgan bo‘lib, bor yo‘g‘i har 36 soniyada bir dona
kiberjinoyat hodisasini yuzaga keltirish uchun yetarli vaqt deb hisoblanmoqda, mavjud
so‘nggi statistik ma’lumotlarga ko‘ra[8] (D.Miller // adabiyotlar ro‘yxatiga qaralsin).
Axborot olish huquqining buzilishiga ushbu omil ham sabab bo‘lishi tabiiy. Chunki
insonlarga pravakatsion ruhdagi, yolg‘on va’dalarga yo‘g‘rilgan ma’lumot, ularning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

172

ISSN:3030-3613

aqliy hamda ruhiy holatiga ta’sir qiluvchi ma’lumotlarni ularning Telegram, Facebook,
Instagram sahifalariga yuborishgandan so‘ng, sarosimaga tushgan insonlar, ushbu
ma’lumotni beixtiyor ochishga majbur bo‘ladi. Bunda, yuborilgan axborot maxsus
dasturlar orqali ishlab chiqilgan bo‘lib, insonlarning shaxsiy ma’lumotlari, telefon
apparatlarida qayd etilgan kredit karta yoki hisob raqami, sir tutilishi shart bo‘lgan
hisob raqamining paroli va kodlarini shaxsning ruxsatisiz, aldov yo‘li bilan olish
holatlari yuzaga kelmoqda. Axborot uzatishda va uni olishdagi etik qoidalarni oson
buzilishi, vayronkor g‘oyalar asosida ishlab chiqilayotgan axborotlarning sonini keskin
oshishiga zamin yaratmoqda. Aslida, “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi
qonunga ko‘ra, har qanday shaxsga doir ma’lumotlar - maxfiy ma’lumotlar sirasiga
kiritilgan bo‘lib, uning buzilishi “Axborotlashtirish”, “Kiberxavfsizlik” va “Davlat
siri” to‘g‘risidagi qonunning tegishli moddalarini buzilishiga olib keladi [9] (Shaxsga
doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun // link adabiyotlar ro‘yxatida).

XULOSA

Axborot olish huquqi, demokratik jamiyatlarning asosiy tamoyillaridan biri

bo'lib, fuqarolarga davlat va uning organlari tomonidan amalga oshirilayotgan
faoliyatlar haqida ma'lumot olish imkoniyatini beradi. Bu huquq, shuningdek,
jamiyatda shaffoflikni ta'minlash, korrupsiyani oldini olish va fuqarolarni o‘z
huquqlari haqida xabardor qilishda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, axborot olish
huquqining buzilishi ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi, bu esa nafaqat
fuqarolarning huquqlarini cheklaydi, balki davlatning ishonchliligini ham pasaytiradi.

Birinchidan, axborot olish huquqining buzilishi fuqarolar orasida ishonchsizlikni

kuchaytiradi. Agar davlat organlari axborotni yashirish yoki to‘liq bermasalar,
fuqarolar o‘zlarini aldanayotgan hissini his qiladilar. Bu esa fuqarolar va hukumat
o‘rtasidagi aloqa va ishonchni zaiflashtiradi. Natijada, jamiyatda ijtimoiy beqarorlik va
norozilik kuchayishi tabiiy.

Ikkinchidan, axborot olish huquqining cheklanishi korrupsiya va suiiste'mol

holatlarining ko‘payishiga olib keladi. Axborot ochiqligi, davlat boshqaruvi
jarayonlarida nazoratni ta'minlaydi. Agar fuqarolar davlat organlarining faoliyatini
kuzata olmasalar, bu korrupsiya uchun qulay sharoit yaratadi. Shuningdek, axborot
olish huquqining buzilishi natijasida davlat resurslaridan samarali foydalanish
imkoniyati kamayadi, bu esa iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Uchinchidan, axborot olish huquqining cheklanishi ta'lim va ilmiy tadqiqot

sohalarida ham muammolarni keltirib chiqaradi. Ochiq axborot manbalari ta’lim
jarayonida o‘quvchilarga va talabalar uchun zarur bo‘lgan bilimlarni olish imkonini
beradi. Axborotning cheklanishi esa ilm-fan sohasida innovatsiyalarni rivojlantirishga
to‘sqinlik qiladi. Bu holat, oxir-oqibatda, mamlakatning global raqobatbardoshligini
pasaytiradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

173

ISSN:3030-3613

To‘rtinchidan, axborot olish huquqi buzilganda inson huquqlari va erkinliklariga

tahdid solinadi. Ochiq axborot muhitida fuqarolar o‘z fikrlarini erkin ifoda etish
imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Biroq, agar davlat axborotni yashirishga yoki senzura
qilishga intilsa, bu fuqarolarning fikr bildirish erkinligini cheklaydi. Natijada,
jamiyatda muvozanat va adolat yo‘qoladi.

Shuningdek, axborot olish huquqi buzilganda, sud tizimiga ishonch ham

pasayadi. Agar fuqarolar sud jarayonlarida ochiq axborotga ega bo‘lmasalar, sud
qarorlariga nisbatan norozilik paydo bo‘lishi mumkin. Bu esa sud tizimining obro‘sini
pasaytiradi va adolatli sudlov tamoyillarini buzadi.

Xulosa qilib aytganda, axborot olish huquqining buzilishi jamiyatda ko‘plab

muammolarni keltirib chiqaradi. Bu muammolar nafaqat fuqarolarning huquqlarini
cheklaydi, balki davlatning ishonchliligini ham pasaytiradi. Shu sababli, axborot olish
huquqini himoya qilish va rivojlantirish har bir jamiyat uchun muhim vazifa
hisoblanadi. Ochiq va shaffof axborot tizimi yaratish orqali biz demokratik
qadriyatlarni mustahkamlashimiz va ijtimoiy adolatni ta’minlashimiz mumkin degan
xulosaga kelgan dissertant. Buning uchun barcha manfaatdor tomonlar – davlat
organlari, fuqarolik jamiyati va xalqaro tashkilotlar – birgalikda ishlashlari zarur. Faqat
shunday qilibgina biz axborot olish huquqini to‘g‘ri amalga oshirishimiz va uning
buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – 08.12.1992 // URL:

https://lex.uz/docs/-

20596

2.

2007-yil 15-iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida’gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni // URL:

https://lex.uz/docs/-1106870

3.

“Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonun” – O‘RQ-764-son qarori // URL:

https://lex.uz/docs/-5960604

4.

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun” – O‘RQ-547-son qarori // URL:

https://lex.uz/docs/-4396419

5.

https://lex.uz/docs/-4838762

6.

https://kun.uz/en/news/2024/05/03/uzbekistan-drops-11-lines-in-press-freedom-
index

7.

“Jurnalistik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuni.// URL:

https://lex.uz/docs/-9540

8.

M.Otamurodova. “Jahon medialandshaftida so'z erkinligining yangi tendensiyalari”

9.

D.Miller – statistics/sybecrime: URL:

https://onlinecloudsecurity.com/how-often-

does-cybercrime-happen/

10.

“Davlat siri to‘g‘risidagi qonun”. 27.12.2024 yildagi O‘RQ-1016-son:

http://lex.uz//ru/docs/-7282637

.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – 08.12.1992 // URL: https://lex.uz/docs/-

2007-yil 15-iyunda qabul qilingan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida’gi

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni // URL: https://lex.uz/docs/-1106870

“Kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi qonun” – O‘RQ-764-son qarori // URL:

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun” – O‘RQ-547-son qarori // URL:

index

“Jurnalistik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi

Qonuni.// URL: https://lex.uz/docs/-9540

M.Otamurodova. “Jahon medialandshaftida so'z erkinligining yangi tendensiyalari”

D.Miller – statistics/sybecrime: URL: https://onlinecloudsecurity.com/how-often-

does-cybercrime-happen/

“Davlat siri to‘g‘risidagi qonun”. 27.12.2024 yildagi O‘RQ-1016-son: