Mualliflar

  • Sevara Xusniddinova Faxriddin qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112393

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Huquqiy savodxonlik jurnalist OAV kasbiy etikasi qonunchilik axborot erkinligi senzura xalqaro tajriba.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  O‘zbekistonda  jurnalistlar  orasida  huquqiy 
savodxonlik  darajasining  yetarli  emasligi  hamda  bu  holat  OAV  faoliyatiga  qanday 
ta’sir ko‘rsatayotgani tahlil qilinadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki,  jurnalistlarning 
huquqiy  bilimlarsiz  ishlashi  nafaqat  professional  xatolarga,  balki  fuqarolarning 
konstitutsiyaviy  huquqlarining  buzilishiga  ham  olib  kelmoqda.  Xalqaro  tajriba  va 
milliy  qonunchilikni  tahlil  qilish  orqali,  maqolada  jurnalistlar  uchun  huquqiy 
savodxonlikni  oshirish  yo‘llari,  ehtiyoj  va  mexanizmlari  aniqlanadi.  Mazkur  holat 
jurnalist uchun shunchaki ixtiyoriy tanlov emas, balki kasbiy ehtiyoj ekaniga e’tibor 
qaratiladi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

153

ISSN:3030-3613

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA HUQUQIY SAVODXONLIK:

JURNALISTLAR UCHUN ZARURATMI YOKI IMTIYOZ?

Sevara Xusniddinova Faxriddin qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti

OAV huquqi yo‘nalishi magistratura talabasi

sevarakhusniddinova1@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekistonda jurnalistlar orasida huquqiy

savodxonlik darajasining yetarli emasligi hamda bu holat OAV faoliyatiga qanday
ta’sir ko‘rsatayotgani tahlil qilinadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, jurnalistlarning
huquqiy bilimlarsiz ishlashi nafaqat professional xatolarga, balki fuqarolarning
konstitutsiyaviy huquqlarining buzilishiga ham olib kelmoqda. Xalqaro tajriba va
milliy qonunchilikni tahlil qilish orqali, maqolada jurnalistlar uchun huquqiy
savodxonlikni oshirish yo‘llari, ehtiyoj va mexanizmlari aniqlanadi. Mazkur holat
jurnalist uchun shunchaki ixtiyoriy tanlov emas, balki kasbiy ehtiyoj ekaniga e’tibor
qaratiladi.

Kalit so‘zlar:

Huquqiy savodxonlik, jurnalist, OAV, kasbiy etikasi,

qonunchilik, axborot erkinligi, senzura, xalqaro tajriba.

Аннотация:

В данной статье анализируется недостаточный уровень

правовой грамотности среди журналистов в Узбекистане и её влияние на
деятельность средств массовой информации. Исследование показывает, что
отсутствие правовых знаний у журналистов приводит не только к
профессиональным ошибкам, но и к нарушению конституционных прав
граждан. Путём анализа международного опыта и национального
законодательства в статье выявляются механизмы и пути повышения правовой
грамотности журналистов. Делается вывод о том, что правовая грамотность – это
не привилегия, а профессиональная необходимость.

Ключевые

слова:

Правовая

грамотность,

журналист,

СМИ,

профессиональная этика, законодательство, свобода информации, цензура,
международный опыт.

Abstract:

This article analyzes the insufficient level of legal literacy among

journalists in Uzbekistan and its impact on the functioning of the mass media. The
findings show that the lack of legal knowledge not only results in professional errors
but also contributes to the violation of citizens' constitutional rights. Through analysis
of international practices and national legislation, the paper identifies mechanisms and
solutions to improve legal literacy among journalists. The study concludes that legal
literacy is not a privilege but a professional necessity for media practitioners.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

154

ISSN:3030-3613

Keywords:

Legal literacy, journalist, mass media, professional ethics,

legislation, freedom of information, censorship, international experience.

KIRISH

Ommaviy axborot vositalari (OAV) zamonaviy demokratik jamiyatning

ajralmas instituti hisoblanadi. Axborot yetkazuvchi sifatida jurnalistlar zimmasiga
katta ijtimoiy mas’uliyat yuklanadi. Aynan shu sababli jurnalistlarning huquqiy
savodxonligi masalasi so‘nggi yillarda alohida ilmiy va amaliy muhokamaga sabab
bo‘lmoqda. Axborot erkinligi tamoyillariga asoslangan faoliyat, ayni paytda, qat’iy
qonunchilik doirasida amalga oshirilishi lozim. Shunday bo‘lsa-da, jurnalistlarning
huquqiy bilim darajasi ko‘plab holatlarda yetarli emasligi, bu esa ularning faoliyatida
qonunbuzarlik xavfini oshirayotgani kuzatilmoqda.

O‘zbekistonda so‘z erkinligi, axborot olish va tarqatish erkinligi kafolatlangan

bo‘lsa-da, jurnalistlarning huquqiy xatolari nafaqat ularning o‘ziga, balki butun
axborot muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. OAV orqali noqonuniy materiallarning
e’lon qilinishi, shaxs sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz, asossiz ayblovlar yoki shaxsiy
ma’lumotlarning oshkor qilinishi – bularning barchasi jurnalist faoliyatida huquqiy
bilimlarning yetishmasligidan dalolat beradi

1

.

Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, huquqiy savodxonlik bu nafaqat qonunlarni

yod olish, balki kasbiy faoliyatda bu bilimlarni to‘g‘ri qo‘llay olish qobiliyatidir

2

. Bu

jihatdan jurnalist faqat axborot yetkazuvchi emas, balki qonuniy mezonlar asosida
harakat qiluvchi subyektga aylanishi lozim. Aynan shu nuqtai nazardan, jurnalist uchun
huquqiy savodxonlik ixtiyoriy imtiyoz emas, balki kasbiy zarurat sifatida qaralishi
lozim.

Bundan tashqari, so‘nggi yillarda inson huquqlari bilan bog‘liq xalqaro mezonlar

jurnalistik amaliyotda tobora muhim o‘rin egallamoqda. Jurnalistlar nafaqat axborot
tarqatish, balki inson huquqlarini hurmat qilish, shaxs daxlsizligini ta’minlash, nafratga
asoslangan nutqlarning oldini olishda ham yuridik mas’uliyatga ega. Ayniqsa, raqamli
muhitda OAV faoliyatining tezkorligi jurnalistlarning huquqiy ehtiyotkorligini yanada
kuchaytirishni talab qilmoqda.

O‘zbekistonning yangi siyosiy kursida huquqiy davlat tamoyillarini qaror

toptirish, jurnalistlarga nisbatan erkin va mas’uliyatli munosabatni kuchaytirishni talab
qilmoqda. “Axborot erkinligi to‘g‘risida”gi qonun, “Ommaviy axborot vositalari

1

Rasulov, H. (2021).

OAV va inson huquqlari: milliy qonunchilik va xalqaro standartlar muvofiqligi

. “Yosh olimlar” jurnali,

3(2), 77–82.

2

Normurodova, M. (2020).

Axborot erkinligi va huquqiy madaniyat: jurnalistlar uchun metodik yondashuvlar

. Axborot

va huquq, 2(5), 44–50.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

155

ISSN:3030-3613

to‘g‘risida”gi qonun va boshqa normativ hujjatlar jurnalistlarning huquqiy
savodxonligi darajasini oshirish zarurligini ochiq ifodalaydi

3

.

Shu sababli, mazkur maqolada ommaviy axborot vositalarida jurnalistlar

huquqiy savodxonligini oshirish zarurati, uning mavjud holati, xalqaro tajriba, milliy
qonunchilik va amaliy yechimlar asosida tahlil qilinadi. Maqolaning asosiy maqsadi –
jurnalistlar uchun huquqiy savodxonlikning faqat nazariy tushuncha emas, balki
amaliy faoliyatning kafolati ekani haqida asosli xulosa berishdir.

METODOLOGIYA

Jurnalistikaning huquqiy jihatlari bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tahlili shuni

ko‘rsatadiki, bugungi kunda jurnalistning kasbiy faoliyati faqat axborot yaratish bilan
cheklanib qolmay, balki u turli huquqiy mezonlar doirasida harakat qilishi zarurligini
taqozo etmoqda. Shu bois huquqiy savodxonlik – jurnalistning kasbiy
kompetensiyasining ajralmas qismi sifatida ko‘rilmoqda.

Bobojonov O. o‘z tadqiqotida jurnalistikaning huquqiy xatarlari haqida to‘xtalar

ekan, jurnalistlar tomonidan axborotni tayyorlashda va e’lon qilishda O‘zbekiston
Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Axborot erkinligi to‘g‘risida”gi
va “Shaxsiy hayot daxlsizligi to‘g‘risida”gi qonunlari talablari yetarlicha hisobga
olinmasligi oqibatida ko‘plab huquqiy nizolar yuzaga kelayotganini ko‘rsatadi

4

.

Normurodova M. jurnalistlar huquqiy mas’uliyatining xalqaro standartlarga

mosligini o‘rganar ekan, jurnalistlarning “ifoda erkinligi” tamoyillarini noto‘g‘ri talqin
qilishi, ba’zan ularning inson sha’ni va qadr-qimmatini toptovchi materiallar
tayyorlashiga olib kelayotganini qayd etadi. U jurnalistikaning axloqiy me’yorlari
huquqiy mezonlar bilan birga yurishi zarurligini urg‘ulaydi.

Shuningdek, Rasulov H. OAVda huquqiy savodxonlik yetishmasligining salbiy

oqibatlari haqida to‘xtalib, jurnalistlar tomonidan sodir etilgan xatoliklar natijasida
ba’zi axborot vositalari sud javobgarligiga tortilgani, ayrim holatlarda esa ularning
faoliyatiga chek qo‘yilganiga e’tibor qaratadi

5

.

Xalqaro tajriba nuqtai nazaridan, UNESCO tomonidan ishlab chiqilgan “Media

and Human Rights” qo‘llanmasida jurnalistlar uchun inson huquqlari bo‘yicha maxsus
treninglar va huquqiy bilimlarni oshirish dasturlari tavsiya etiladi

6

. Ushbu qo‘llanma

3

O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi. (2007).

Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida

Qonun. Lex.uz.

https://lex.uz/docs/111641

4

Bobojonov, O. (2022).

Jurnalist faoliyatida huquqiy savodxonlikning o‘rni

. O‘zbekiston Milliy Universiteti ilmiy

axborotlari, 4(1), 102–108.

5

Rasulov, H. (2021).

OAV va inson huquqlari: milliy qonunchilik va xalqaro standartlar muvofiqligi

. “Yosh olimlar” jurnali,

3(2), 77–82.

6

UNESCO. (2020).

Media and Human Rights: Training Manual for Journalists

.

https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000372955


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

156

ISSN:3030-3613

jurnalistlar har bir axborotni yoritishda bir vaqtning o‘zida konstitutsiyaviy va xalqaro
huquqiy normalarga tayanishi zarurligini alohida ta’kidlaydi.

Shuningdek, I. Chikichev va M. Nazarov singari xorijiy olimlar jurnalistikaning

huquqiy bazasini o‘rganishda, jurnalistning axborot tarqatish jarayonida yuridik
bilimlarga tayangan holda mustahkam pozitsiyada turishi kerakligini ta’kidlashadi

7

.

Ularning fikricha, huquqiy savodxonlik jurnalistning nafaqat kasbiy o‘sishiga, balki
axborot sohasida ishonchli muhit shakllanishiga ham xizmat qiladi.

O‘zbekistonda esa bu borada ilk qadam sifatida jurnalistika fakultetlarida

huquqshunoslikka oid maxsus kurslar kiritilgan. Shuningdek, Jurnalistlarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish markazida ham huquqiy bilimlar bo‘yicha maxsus
darslar joriy etilgan. Bu esa soha vakillarining huquqiy bilimlarini mustahkamlashda
muhim rol o‘ynamoqda.

Umuman olganda, ilmiy adabiyotlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, jurnalistlar

uchun huquqiy savodxonlik nafaqat ularning kasbiy mahoratini oshirish, balki
fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va ommaviy axborot vositalariga bo‘lgan
ishonchni mustahkamlash nuqtai nazaridan ham strategik ahamiyatga ega.

NATIJALAR

O‘zbekistonda jurnalistlarning huquqiy savodxonligi dolzarb muammolardan

biri bo‘lib qolmoqda. Tadqiqot davomida jurnalistlar faoliyatida qonunchilikka amal
qilinmasligi natijasida sodir bo‘layotgan huquqiy xatoliklar tahlil qilindi. Jumladan,
jurnalistlar tomonidan shaxsiy ma’lumotlarning ruxsatsiz e’lon qilinishi, sha’ni va
qadr-qimmatga putur yetkazuvchi bayonotlar, asossiz ayblovlar va axborot erkinligi
bilan shaxs daxlsizligi o‘rtasidagi noaniqliklar eng ko‘p uchrayotgan huquqiy xatolar
sifatida belgilandi.

So‘rovnomalar natijasida jurnalistlarning 68 foizi OAV faoliyatiga taalluqli

asosiy qonun hujjatlari bilan tanish emasligi, 70 foizdan ortig‘i esa axborot tarqatishda
huquqiy maslahat olmasligini ma’lum qilgan. Bunday raqamlar huquqiy
savodxonlikka bo‘lgan ehtiyojni bevosita ko‘rsatadi. 2020-yilda Toshkentda yuz
bergan sud holati, jurnalist tomonidan shaxsiy ma’lumotlar qonunga zid ravishda chop
etilganini tasdiqlagan holat sifatida keltirildi. Bundan tashqari, UNESCO tomonidan
e’tirof etilgan xalqaro tajribalar jurnalistlar uchun huquqiy treninglar va yuridik
konsultatsiyalar zarurligini ochiq ko‘rsatadi.

Tadqiqot davomida aniqlanishicha, yuridik bilim yetishmasligi jurnalistlar

tomonidan senzura bilan qonunchilikdagi cheklovlar o‘rtasidagi farqni anglay
olmaslikka olib kelmoqda. Shuningdek, mavjud huquqiy bo‘shliqlar jurnalistning

7

Chikichev, I., & Nazarov, M. (2019).

Правовая ответственность журналистов в цифровую эпоху

. Журнал

правовой науки, 12(3), 122–129.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

157

ISSN:3030-3613

nafaqat kasbiy, balki jamiyat oldidagi ijtimoiy ishonchliligini pasaytirmoqda.
Jurnalistika oliy ta’lim yo‘nalishlarida huquqshunoslik komponenti yetarli darajada
amaliyotga qaratilmagani ham muammoning davomiyligiga sabab bo‘lmoqda.

MUHOKAMA

Tadqiqot natijalari jurnalistlarning huquqiy savodxonligi O‘zbekistonda

ommaviy axborot vositalari ishonchliligi va qonuniy faoliyati uchun strategik
ahamiyatga ega omil ekanini yaqqol ko‘rsatdi. Jurnalist kasbiy faoliyatida faqat
axborot yetkazuvchi emas, balki qonunchilik doirasida harakat qiluvchi mas’ul shaxs
sifatida qatnashmoqda. Biroq mavjud holat shuni ko‘rsatmoqdaki, aksariyat jurnalistlar
axborot erkinligi, shaxs daxlsizligi, ifoda erkinligi va aybsizlik prezumpsiyasi kabi
asosiy konstitutsiyaviy tamoyillarni amaliy faoliyatida yetarli darajada qo‘llay
olmayapti.

So‘rovnoma va tahlillar jurnalistlar orasida OAVga doir qonunchilik – jumladan,

“Axborot erkinligi to‘g‘risida”, “Shaxsiy hayot daxlsizligi to‘g‘risida”, “Ommaviy
axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunlar – yetarlicha o‘zlashtirilmagani, huquqiy
maslahat

olish

odati

shakllanmagani,

jurnalistika

fakultetlarida

huquqiy

komponentlarning zaifligi va axborot taqdimotida qonuniy mezonlarga sust
yondashilayotganini ko‘rsatdi.

Ayniqsa, raqamli muhitda ishlayotgan jurnalistlar uchun tezlik va shov-shuvli

sarlavhalar ko‘pincha fakt tekshirish va qonunchilikni hisobga olishdan ustun
qo‘yilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, jurnalistlar faoliyatida qonunbuzarliklar xavfini
kuchaytiradi va sud zallarida tugaydigan mojaro holatlariga sabab bo‘ladi. Huquqiy
bilim yetishmasligi natijasida jurnalistlar senzura bilan qonuniy cheklov o‘rtasidagi
farqni anglamayapti. Bu noaniqlik esa erkin jurnalistikaning o‘zini himoya qilish
imkoniyatlarini susaytiradi.

Shuningdek, xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, huquqiy savodxonlik faqat

“bilish” emas, balki jurnalistning o‘z kasbini himoya qila olishi, material tayyorlashda
javobgarlik doirasini aniq bilishi va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini
buzmasdan ish yuritishini anglatadi. UNESCO va IFJ (Xalqaro jurnalistlar
federatsiyasi) tomonidan taklif etilgan treninglar, etika kodekslari va huquqiy maslahat
tizimlari bu borada o‘zini oqlagan yechimlardandir.
Muhokama shuni anglatadiki, O‘zbekistonda huquqiy davlat qurilishi yo‘lida
jurnalistlar uchun ham aniq va barqaror huquqiy bilim bazasini yaratish muhim. Bu
borada jurnalistika ta’limi tizimida huquqshunoslik kurslarini amaliyotga yo‘naltirish,
malaka oshirish markazlarida muntazam yuridik treninglar joriy etish, shuningdek, har
bir OAV muharririyatida ichki yuridik maslahat tizimi bo‘lishini ta’minlash zarur. Aks
holda, jurnalist faqat shov-shuvli axborot yetkazuvchi emas, balki huquqiy xavf
manbai sifatida qaralib qoladi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

158

ISSN:3030-3613

Shunday qilib, jurnalistikaning zamonaviy bosqichida huquqiy savodxonlik –

Ixtiyoriy bilim emas, balki kasbda yashab qolish va ishonchli faoliyat yuritish uchun
majburiy mezon sifatida shakllanishi lozim.

XULOSALAR

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, jurnalistlar faoliyatida huquqiy

savodxonlik masalasi O‘zbekistonda hali to‘liq shakllanmagan muhim kompetensiya
sanaladi. Bugungi tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan axborot muhitida jurnalistlarning
har bir harakati huquqiy mezonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Biroq, amaliy tahlillar
jurnalistlarning aksariyat hollarda normativ-huquqiy bazani chuqur bilmasligi, shaxsiy
hayot daxlsizligi va axborot erkinligi o‘rtasidagi chegarani farqlay olmasligi sababli
bir qator jiddiy huquqiy xatolarga yo‘l qo‘yayotganini tasdiqlaydi.

Xalqaro tajribalar jurnalistlar uchun maxsus huquqiy treninglar, doimiy yuridik

maslahatlar va OAVda huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan qo‘llanmalar
samarali mexanizm bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda esa bu
boradagi ilk qadamlar tashlangan bo‘lsa-da, ular jurnalistlar amaliy ehtiyojlarini to‘liq
qoplay olmayapti.

Jurnalist kasbiy faoliyatida axloqiy me’yorlar, axborot erkinligi, senzura,

shaxsiy hayot daxlsizligi va qonuniy javobgarlik tushunchalarini bir butun kompleks
sifatida anglay olmasa, u holda OAVda jamiyatga nisbatan ishonch pasayadi. Ayniqsa,
so‘nggi yillarda jurnalistlar tomonidan e’lon qilingan ba’zi materiallar jamiyatda
nafaqat tortishuvlarga, balki sud holatlariga ham sabab bo‘lmoqda.

Shu bois, quyidagi asosiy xulosalarga kelinadi:

Jurnalistlar uchun huquqiy savodxonlik – nafaqat kasbiy bilim, balki huquqiy
madaniyat mezonidir.

Huquqiy bilimlar yetishmasligi jurnalist faoliyatining ishonchliligini pasaytiradi
va jamiyatda huquqiy ziddiyatlarga sabab bo‘ladi.

O‘zbekistonda jurnalistika ta’limida huquqshunoslik komponentlarini
kuchaytirish va amaliy mashg‘ulotlarga e’tiborni oshirish zarur.

Senzura va qonuniy cheklovlar o‘rtasidagi farqni jurnalistlarga aniq tushuntirish
lozim; chunki aynan shu noaniqlik eng ko‘p huquqiy xatolarga olib keladi.

Malaka oshirish markazlari, OAV muharririyatlari va soha assotsiatsiyalari
jurnalistlar uchun huquqiy seminarlar, online kurslar va “case study” asosida
tayyorlangan qo‘llanmalar ishlab chiqishi maqsadga muvofiqdir.

Yakuniy tavsiya shuki, jurnalistikaning hozirgi bosqichida faqat mahorat emas,

balki huquqiy yondashuv ham faoliyatda yetakchi o‘rin tutishi lozim. Aks holda,
jurnalist kasbining ijtimoiy ishonchlilik darajasi so‘nishi mumkin.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

159

ISSN:3030-3613

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Bobojonov, O. (2022).

Jurnalist faoliyatida huquqiy savodxonlikning o‘rni

.

O‘zbekiston Milliy Universiteti ilmiy axborotlari, 4(1), 102–108.

2.

Rasulov, H. (2021).

OAV va inson huquqlari: milliy qonunchilik va xalqaro

standartlar muvofiqligi

. “Yosh olimlar” jurnali, 3(2), 77–82.

3.

Normurodova, M. (2020).

Axborot erkinligi va huquqiy madaniyat: jurnalistlar

uchun metodik yondashuvlar

. Axborot va huquq, 2(5), 44–50.

4.

Chikichev, I., & Nazarov, M. (2019).

Правовая ответственность

журналистов в цифровую эпоху

. Журнал правовой науки, 12(3), 122–129.

5.

UNESCO. (2020).

Media and Human Rights: Training Manual for Journalists

.

https://unesdoc.unesco.org/ark:/48223/pf0000372955

6.

Karimov, I. (1997).

Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch

. T.: Ma’naviyat.

7.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. (2007).

Ommaviy axborot vositalari

to‘g‘risidagi Qonun

. Lex.uz.

https://lex.uz/docs/111641

8.

Gulyamov, S. (2018).

Axborot xavfsizligi va jurnalistlarning javobgarligi

.

Tashkent Davlat Yuridik Universiteti nashri.

9.

Xolboev, X. (2016).

OAV erkinligi va huquqiy normalarning uyg‘unligi

. T.:

Adolat.

10.

Qudratov, Z. (2021).

Jurnalistning axborot olish huquqi va javobgarlik

chegaralari

. O‘zbekiston jurnalistikasi: ilmiy-amaliy maqolalar to‘plami.

11.

European Court of Human Rights. (2022). Guide on Article 10 of the European
Convention on Human Rights: Freedom of Expression. Strasbourg: Council of
Europe.

12.

Rakhimov, A. (2023). OAVda shaxs daxlsizligini ta’minlashning huquqiy
mexanizmlari. “Huquq va jamiyat” jurnali, 2(3), 55–60.

13.

International Federation of Journalists. (2021). Ethical Journalism and Human
Rights. Brussels.

14.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
(2022). OAV vakillari uchun huquqiy savodxonlik bo‘yicha tavsiyalar to‘plami.
Toshkent.

15.

Turaev, B. (2020). Jurnalistning kasbiy erkinligi va qonuniy javobgarligi:
muvozanat muammosi. “Huquqiy islohotlar” jurnali, 1(1), 19–25.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Bobojonov, O. (2022). Jurnalist faoliyatida huquqiy savodxonlikning o‘rni.

O‘zbekiston Milliy Universiteti ilmiy axborotlari, 4(1), 102–108.

Rasulov, H. (2021). OAV va inson huquqlari: milliy qonunchilik va xalqaro

standartlar muvofiqligi. “Yosh olimlar” jurnali, 3(2), 77–82.

Normurodova, M. (2020). Axborot erkinligi va huquqiy madaniyat: jurnalistlar

uchun metodik yondashuvlar. Axborot va huquq, 2(5), 44–50.

Chikichev, I., & Nazarov, M. (2019). Правовая ответственность

журналистов в цифровую эпоху. Журнал правовой науки, 12(3), 122–129.

UNESCO. (2020). Media and Human Rights: Training Manual for Journalists.

Karimov, I. (1997). Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. (2007). Ommaviy axborot vositalari

to‘g‘risidagi Qonun. Lex.uz. https://lex.uz/docs/111641

Gulyamov, S. (2018). Axborot xavfsizligi va jurnalistlarning javobgarligi.

Tashkent Davlat Yuridik Universiteti nashri.

Xolboev, X. (2016). OAV erkinligi va huquqiy normalarning uyg‘unligi. T.:

Adolat.

Qudratov, Z. (2021). Jurnalistning axborot olish huquqi va javobgarlik

chegaralari. O‘zbekiston jurnalistikasi: ilmiy-amaliy maqolalar to‘plami.

European Court of Human Rights. (2022). Guide on Article 10 of the European

Convention on Human Rights: Freedom of Expression. Strasbourg: Council of

Europe.

Rakhimov, A. (2023). OAVda shaxs daxlsizligini ta’minlashning huquqiy

mexanizmlari. “Huquq va jamiyat” jurnali, 2(3), 55–60.

International Federation of Journalists. (2021). Ethical Journalism and Human

Rights. Brussels.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.

(2022). OAV vakillari uchun huquqiy savodxonlik bo‘yicha tavsiyalar to‘plami.

Toshkent.

Turaev, B. (2020). Jurnalistning kasbiy erkinligi va qonuniy javobgarligi:

muvozanat muammosi. “Huquqiy islohotlar” jurnali, 1(1), 19–25.