Mualliflar

  • Urazaliyeva Xolida

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.112394

Annotasiya

Yaxshi  kasb-hunar  egasi  bo‘lish  insonning  eng  katta  ziynatidir.  U 
farog‘atga, kamolotga va izzat ikromga o‘z kasb-hunari tufayli ega bo‘ladi. O‘z 
farzandlarini ilmli, hunarli qilib voyaga yetkazish millatimizga xos xislat bo‘lib, 
ota-bobolarimiz  farzandlarining  savodini  chiqarish,  hunarli  qilish  uchun  eng 
yaxshi  muallimlarga,  usta  hunarmandlarga  shogirdlikka  berganlar,  boshqa 
shahar va yurtlarga bilim olish uchun yuborganlar.  
Ming-minglab kasblar bor, lekin muayyan mehnat turiga individual moyillik 
bilan  unga  bo‘lgan  qobiliyat  va  uning  ijtimoiy  ahamiyatiga  yuqori  baho  berish 
(psixologlar  buni  kasbning  sotsial  mavqei  deb  ataydilar)  qo‘yilgandagi  kasb 
kishiga ma’naviy qoniqish berishini o‘spirinlarning ko‘pi anglab yetadilar.  
Inson tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday 
jamiyatning  ijtimoiy  –iqtisodiy  taraqqiyotini  belgilaydigan  omillardir.  Shunday 
yoshlarimiz  borki,  umumiy  o‘rta  ta’lim  jarayonida  ma’lum  yo‘nalish  bo‘yicha 
o‘zlarining  iqtidorlarini,  iste’dodlarini  namoyon  etadilar.  Bu  boylikdan  oqilona 
foydalanish,  uni  to‘g‘ri  yo‘naltirish    muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Akademik 
litseylar  aynan  shu  maqsadni  amalga  oshirishga,  iqtidorli,  iste’dodli  bolalarni 
tarbiyalashga xizmat qiladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

148

ISSN:3030-3613

O‘SPIRINLARDA KASB TANLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI.

Andijon viloyati Baliqchí tumani

MMTBga qarashli 54- umumta'lim

maktabi Amaliyotchi psixologi

Urazaliyeva Xolida


Yaxshi kasb-hunar egasi bo‘lish insonning eng katta ziynatidir. U

farog‘atga, kamolotga va izzat ikromga o‘z kasb-hunari tufayli ega bo‘ladi. O‘z
farzandlarini ilmli, hunarli qilib voyaga yetkazish millatimizga xos xislat bo‘lib,
ota-bobolarimiz farzandlarining savodini chiqarish, hunarli qilish uchun eng
yaxshi muallimlarga, usta hunarmandlarga shogirdlikka berganlar, boshqa
shahar va yurtlarga bilim olish uchun yuborganlar.

Ming-minglab kasblar bor, lekin muayyan mehnat turiga individual moyillik

bilan unga bo‘lgan qobiliyat va uning ijtimoiy ahamiyatiga yuqori baho berish
(psixologlar buni kasbning sotsial mavqei deb ataydilar) qo‘yilgandagi kasb
kishiga ma’naviy qoniqish berishini o‘spirinlarning ko‘pi anglab yetadilar.

Inson tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday

jamiyatning ijtimoiy –iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydigan omillardir. Shunday
yoshlarimiz borki, umumiy o‘rta ta’lim jarayonida ma’lum yo‘nalish bo‘yicha
o‘zlarining iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona
foydalanish, uni to‘g‘ri yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Akademik
litseylar aynan shu maqsadni amalga oshirishga, iqtidorli, iste’dodli bolalarni
tarbiyalashga xizmat qiladi.

Professional kasb-hunar maktablari esa o‘quvchilarning kasb-hunarga

moyilligini, layoqatini, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularga
tanlangan yo‘nalishlari bo‘yicha bir necha zamonaviy kasbni egallash
imkoniyatini beradi.

Kasb-hunar maktablariga o‘quvchilarni qabul qilishdan boshlab o‘quv

jarayonining tashkil etilishi, mazmuni bilan mezoni va pirovard natijasida bir
necha kasb-hunar egasi – usta, kichik mutaxassis bo‘lib o‘qishni tamomlashdan
iborat. O‘quv jarayonini jahon talablariga mos keluvchi o‘quv ta’lim standartlari,
ya’ni zamon talablariga javob beruvchi, istiqbol va kelajakni ko‘zlab ishlab
chiqilgan o‘quv dasturi va rejalar asosida tashkil etilmoqda, zamonaviy tipda qayta
ta’mirlanib, zamonaviy asbob-uskunalar, o‘quv uslubiy qurollar, ko‘rgazma
vositalari, axborot texnologiyalari, kompyuterlar bilan jixozlanganligi bilan
avvalgi bilim maskanlaridan tubdan farq qiladi.

Kasb-hunar maktablarida kasb-hunar turining ko‘pligi bugungi kun

talablariga, iqtisodiy islohatlar ehtiyojiga javob berishi alohida ahamiyatlidir.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

149

ISSN:3030-3613

Kasb-hunar maktablarida ishchi kadrlar emas, balki keng ixtisoslikdagi kichik
mutaxassislar tayyorlanadi. Yana bir afzalligi –kasb-hunar kollejlarida har bir
xududning o‘ziga xos jo‘g‘rofiy va demokratik shart-sharoitlari va
mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj hisobga olinadi.

Shuningdek mutaxassislar tayyorlash o‘quv jarayonida ikki tomonlama

(dual) tizim asosida amalga oshirilmoqda, o‘quvchilarga beriladigan ishlab
chiqarish ta’limi o‘quv muassasasining zamonaviy jixozlangan ustaxonasida,
korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti bilan uzviy bog‘liq holda olib borilmoqda.
Shu bilan bir qatorda umumiy bilim asoslarini berish yoshlarning dunyoqarashini
kengaytirish, ularni har tomonlama rivojlantirish va zamon talablariga javob
beruvchi mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun berilayotgan ta’lim milliy
qadriyatlarimizga hurmat, mustaqil davlatimizga sodiqlik va iftixor tuyg‘ulari
ruhidagi tarbiya bilan mushtariklikda amalga oshirilmoqda.

O‘spirinlar uchun xarakterli xususiyat –kasblarga keskin tanlab

munosabatda bo‘lishdir. Ularning ko‘plari ayrim kasblarni yuqori baholaydilar,
o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida bu kasblarning ijtimoiy mavqei juda ulug‘dir, boshqa
kasblarning ijtimoiy mavqei nihoyatda past. Lekin muammo shundaki, ko‘pgina
kasblarning bunday mavqeligi jamiyat uchun, mamlakatimiz xalq xo‘jaligi uchun
real ahamiyatga ega bo‘lmaydi.

Professional niyatlarning barqarorligini o‘rganish yuzasidan N.I.Krilov

o‘tkazgan tekshirish shuni ko‘rsatadiki, hatto o‘z niyatlarini amalga oshirib, oliy
o‘quv yurtiga kirgan talabalar orasida ham ko‘plari o‘zlarining kim bo‘lishlarini
oxirigacha hal qilmaganlar . Bunga sabab yoshlarni mazkur oliy o‘quv yurtiga
olib kelgan kasb haqidagi tasavvur bilan bu kasbning haqiqiy, amaliy mazmuni
o‘rtasidagi nomuvofiqlikdir. Ko‘plari mazkur oliy o‘quv yurtiga tasodifan kirgan
bo‘ladilar “otam ham vrach bo‘lgani sababli kirdim”, o‘rtog‘im kirayotgani sababli
kirdim”, “chunki bu yerga kirish osonroq bo‘ldi” va xokazo.

Axir o‘zining professional taqdirini tasodifan hal qilish murakkab

kechinmalarga, tanlagan kasbi sohasida ikkilanishlarga, og‘ir ichki ziddiyatlarga
olib kelishi mumkin va olib keladi. Bu narsa yigit va qizlar uchun ham, jamiyat
uchun ham katta zarar keltiradi.

O‘spirin yoshlar oliy ma’lumot olishga, o‘qishni oliy o‘quv yurtida davom

ettirishga bir tomonlama yondoshishlarini aytib o‘tish kerak. Litsey va kollej
o‘quvchilarining 80% idan ko‘prog‘i oliy ma’lumot olishga intilamiz, deb qatiy
qaror qilgan, faqat ozchilik qismigina o‘qishdan keyin ishlab chiqarishga
bormoqchi ekanliklarini aytishgan (oliy o‘quv yurtlariga bitta o‘ringa 15-20 ta
abiturient xujjat topshiradi). Biroq ularning ma’lum qismigina oliy o‘quv yurtiga
real kira olishiga umid qilishi mumkin. Qolganlari ishlab chiqarish sohasida
faoliyat yuritishlari kerak. Yoshlarning oliy ma’lumot olishga intilishining yaxshi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

150

ISSN:3030-3613

tomonlari bo‘lishi bilan birga buning salbiy oqibatlari ham bor. Birinchidan
o‘quvchilar o‘zlari tanlagan oliy o‘quv yurtiga kirish uchun topshiradigan 3 -4
fanni chuqur o‘rganishni mo‘ljallaydilar xolos. Boshqa fanlarni o‘rganishga vaqt
sarflash oqilona va samarali ish deb hisoblanmaydi. Ikkinchidan, tanlagan fanlarni
o‘rganish ham M.G.Davletshin to‘g‘ri ko‘rsatib o‘tganidek, test talabalariga mos
keladigan pragmatik xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni asosiy e’tibor test savollariga
to‘g‘ri javob topishga qaratiladi.

Oliy o‘quv yurtiga kirishga bir tomonlama psixologik ustanovka o‘z

niyatlarini amalga oshira olmagan bitiruvchilarga salbiy ta’sir qiladi.
Muvaffaqiyatsizlik ularga og‘ir ta’sir ko‘rsatadi, ko‘pincha bu holni o‘z
umidlarining barbod bo‘lishi deb qaraydilar. O‘quvchilar: agar oliy o‘quv yurtiga
bu yil kira olmasam, bir ikki yil kutaman, tayyorgarlik ko‘raman deb o‘ylaydilar.

Bularning hammasiga bizning tarbiyaviy ishlarimizning bir muncha bo‘sh

olib borilayotganligi sabab bo‘lmoqda, biz yigit va qizlarga oddiy ishlab chiqarish
kasblariga muhabbatni singdirish, bu kasblarning ijtimoiy mavqeini oshirishga
diqqat-e’tiborni kuchaytirishimiz zarur. Astoydil ish olib borish, bu kasblarni
qat’iyat bilan mohirona targ‘ib qilish, ularning yuksak ijtimoiy beradigan
taraqqiyot istiqbollarini ko‘rsatishimiz zarur. Mamlakatimizda bozor iqtisodi
sharoitida xususiy tadbirkorlikning katta ahamiyatga ega ekanligi, kichik va o‘rta
biznesni rivojlantirish uchun hukumatimiz tomonidan keng imkoniyatlar va
sharoitlar yaratib berilganligi, unumli mehnat sohasida ishlayotgan kishilar
qanchalik hurmat –ehtiromga sazavor ekanligini ishonarli tarzda ko‘rsatib berish,
hatto bunday kishilar bir muncha yuqori moddiy ta’minotga ega ekanliklarini
ta’kidlash ham kerak. O‘spirin yoshlar bu kasblarni jon deb tanlashlariga erishmoq
zarur, agar yigit va qizlar ishlasalar ham, majburan, “yaxshi kasb
topilmaganligidan”, o‘z xohlamasliklarini qiyinchiliklar bilan yengib ishlar
ekanlar, bu hol bizni qoniqtira olmaydi.

O‘spirinlarda kasb tanlash nimaning ta’siri ostida ro‘y beradi? Bunday

tanlashning motivlari nima?

Sotsiologik tadqiqotlar o‘spirinlarda o‘zlarining kelajakdagi kasblariga

qiziqishni tarbiyalashda o‘quv yurti va o‘qituvchilar ma’lum darajada rol
o‘ynashlarini ko‘rsatadi. O‘tkazilgan tadqiqotlar ma’lumotlariga ko‘ra, so‘rab
chiqilgan litsey va kollej o‘quvchilarining 40-50% kelajakdagi kasbini tanlashga
biror o‘quv predmetiga bo‘lgan qiziqishlari sabab bo‘lganini aytadi. Ko‘pgina
o‘quvchilar xalq ho‘jaligi uchun zarur bo‘lgan kasblarni tanlaydilar. Bunga
Vatanga foyda keltirish istagini sabab qilib ko‘rsatadilar, lekin bu kasblarni
o‘zlarining individual xususiyatlariga, qobiliyatlariga muvofiq kelishini hisobga
olmaydilar. O‘quvchilarning ko‘pchilik qismi kasb tanlashga motiv qilib o‘z
qobiliyatlarini ko‘rsatadilar. (qobiliyatlari haqida o‘zlashtirishlari, materialni oson


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

151

ISSN:3030-3613

egallashlari, maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning muvaffaqiyatli borishi va
hokazolarga qarab fikr yuritadilar) Ko‘p o‘quvchilar oilaviy an’analar
mavjudligini (sof tashqi sabab) moddiy – maishiy ta’minganlik sababini, do‘stlari
va o‘rtoqlaridan namuna olganligini motiv qilib ko‘rsatib o‘tadilar. Ayrim hollarda
ish joyi yoki oliy o‘quv yurtining uyga yaqinligi, “bu yerga kirishning osonligi”
motiv bo‘lgan. Psixologik tadqiqotlar bitiruvchilar kasb tanlash vaqtida yo‘l
qo‘yadigan tipik xatolarni aniqlab berdi, bu xatolar: 1) biror kasbning “mavqeli
ekanligiga” baho berishdagi bid’atlar (o‘spirin yigitlar xaydovchilik, bog‘bonl ik,
chorvadorlikni emas balki bankda kassir, AYoQSh da ishchi, mehmonxonalarda
ofitsiant bo‘lib ishlashni afzal ko‘radilar) 2) Kasbga uzoq va noaniq tasavurga
muvofiq baho berish, (ko‘pincha kasbni o‘quv fani bilan bir narsaga
o‘xshatadilar); 3) biror kasb egasi bo‘lgan kishiga nisbatan ijobiy yoki salbiy
munosabatda bo‘lishni tegishli kasbga ko‘chirish; 4) kasbning oddiy kundalik
tomonini nazar pisand qilmay, uning tashqi tomonga mahliyo bo‘lish; 5)
o‘rtoqlarining ta’siri ostida “kompaniya” uchun kasb tanlash.

Ko‘pdan ko‘p tadqiqot natijalariga asoslanib o‘spirin yoshlarning kasb

tanlashga to‘la to‘kis tayyorligi to‘g‘risida gapirib bo‘lmaydi,deb xulosa
chiqarishga to‘g‘ri keladi,chunki birinchidan o‘spirinlar ko‘p kasblar to‘g‘risida
aniq tasavurga ega bo‘lmaganliklari sababli ularni to‘g‘ri tanlab olmaydilar.
Mazkur kasb odamning sifatlariga qanday talablar qo‘yishni ham bilmaydilar.
Ikkinchidan ular o‘zlarining biror kasbga layoqatli ekanliklarini hamma vaqt ham
ob’ektiv aniqlay olmaydilar. Reaksiyaning tezligi va aniqligi, harakatlarning
mofiqlashganligi, sezish xususiyatlari, nerv jarayonligining harakatchanligi va
hokazo xarakteristikalar odatda notanish bo‘ladi, chunki ko‘pincha bular maxsus
tadqiqotlarni talab qiladi.

Demak, o‘qituvchilar, ayniqsa psixolog o‘spirinlarda kasb tanlashdan iborat

hayotiy muammo albatta paydo bo‘lishini, davlatning, jamiyatning manfaatlarini
va ehtiyojlarini shaxsiy moyillik va qobiliyatlarni hisobga olgan holda ularga
kasbni ancha maqsadga muvofiq holda tanlashda yordam berishi zarur.

O‘spirinlarni kasb tanlashga yo‘llash muammosini maxsus o‘quv yurtlari

jamoat tashkilotlari, korxona va muassasalar, ishga joylashtirish organlari bilan
birgalikda hal etishlari maqsadga muvofiqdir. Avvalo o‘quvchilarga kasblarni
yaxshi bilib olishda yordam berish, buning uchun kasblar haqida juda xilma -xil
axborot manbalaridan foydalanish, (“kam mavqeli” kasblarni ham targ‘ib qilish)
turli kasb egalari bilan uchrashuvlar, korxonalar va oliy o‘quv yurtlariga
ekskursiyalar, ochiq eshiklar kuni, kitob ko‘rgazmalari, kutubxonalarda
ma’lumotlar tizimi va hokazolar tashkil etish lozim.

O‘spirinlar kasbni ongli ravishda tanlash vaqtida, birinchidan xalq

xo‘jaligining u yoki bu mehnat turiga bo‘lgan ehtiyojini, va ikkinchidan, o‘z


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

64-son_4-to’plam_Iyun-2025

152

ISSN:3030-3613

moyilligi va qobiliyatlarini hisobga olish, o‘z shaxsiy sifatlari u yoki bu kasbga
qo‘yadigan talablarga qanchalik muvofiq kelishini, bu jihatdan to‘g‘ri
kelmaydigan xususiyatlar (xususan, o‘z asab tizimi xususiyatlari, analizatorlar
xarakteristikasi, ko‘rish va eshitish analizatorlari, emotsional – irodaviy sohalar va
hokazolar) bor yo‘qligini hisobga olish zarurligini tushunishlari lozim.

Kasb – hunar maktablari o‘spirinlarining professional qobiliyatlari va

professional layoqati to‘g‘risida xulosa chiqarib berish imkoniyatiga ega emas,
lekin o‘qituvchilar va psixologlar ularga o‘z qobiliyatlari, xavaslari qiziqishlari,
bilimi, malaka va ko‘nikmalariga, bitiruvchilarning xarakteriga, odamlar bilan
muomalada bo‘la olishiga, jismoniy imkoniyatlariga baho berishda yordam
ko‘rsata oladilar.