Mualliflar

  • Shamsutdinova Zebiniso Mansurbek qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.119048

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: huquqiy ta'lim huquqiy ong huquqiy madaniyat demokratiya huquqiy targ'ibot davlat jamiyat fuqaro inson huquqlari fuqarolik jamiyati Parlament ijro etuvchi hokimiyat yuridik amaliyot.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  jamiyatni  yuksaltirishda  huquqiy  tarbiyaning 
roli,  aholining  huquqiy  madaniyatini  oshirishda  qanday  jabhalarga  e'tibor  qaratish 
kerakligi  bayon  etilgan.  Bugungi  kunda  aholining  huquqiy  bilimlari  yetarli 
emasligining sabablari va buni bartaraf etish usullari nimalardan iborat ekanligi bayon 
etilgan. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

74

ISSN:3030-3613

JAMIYATNI YUKSALTIRISHDA HUQUQIY TARBIYANING O’RNI

Andijon davlat pedagogika instituti

Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish metodikasi

(huquq ta’limi) 1-bosqich magistranti

Shamsutdinova Zebiniso Mansurbek qizi

Annotatsiya

: Ushbu maqolada jamiyatni yuksaltirishda huquqiy tarbiyaning

roli, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda qanday jabhalarga e'tibor qaratish
kerakligi bayon etilgan. Bugungi kunda aholining huquqiy bilimlari yetarli
emasligining sabablari va buni bartaraf etish usullari nimalardan iborat ekanligi bayon
etilgan.

Kalit

so'zlar

: huquqiy ta'lim, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, demokratiya,

huquqiy targ'ibot, davlat, jamiyat, fuqaro, inson huquqlari, fuqarolik jamiyati,
Parlament, ijro etuvchi hokimiyat, yuridik amaliyot.

«Aholining huquqiy tarbiyasini tubdan yaxshilash, uning huquqiy madaniyat

darajasini oshirish, huquqiy axborotning keng maydonini yaratib berish - huquqiy
davlatning qaror topishida muhim yo 'nalishdir» Islom Karimov

1

Dastlab, huquqiy tarbiya tushunchasiga ta'rif berib o'tamiz. Huquqiy tarbiya - bu

jamiyat a'zolarining yurish-turish madaniyatiga va ongiga huquq haqidagi bilimlarni
doimiy ravishda maqsadga muvofiq ta'sir etish orqali singdirib borish jarayonidir

2

.

Demak, bundan kelib chiqib aytish mumkinki, huquqiy tarbiya huquqqa oid bilimlarni
doimiy oshirib borish, jamiyat a'zolarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
rivojlantirish va shu orqali chinakam fuqarolik jamiyati qurish. Huquqiy targ 'ibot,
huquqiy ta'lim, yuridik amaliyot va o'zini o'zi tarbiyalash huquqiy tarbiya vositalariga
kiradi. Huquqiy tarbiya deganda, faqatgina huquq yordamida emas, balki axloqiy
normalar orqali ham ta'sir o'tkazishdir. Masalan, o'g'irlik qilish huquqiy nuqtayi
nazardan jinoyat deb nomlanib, jinoyat qonunchiligi bilan tartibga solinsa, axloq
normalarida ham birovning haqiga xiyonat qilish sifatida qoralanadi hamda
jamoatchilikning e'tirozi orqali ta'sir ko'rsatiladi.

Huquqiy tarbiyaning ikki turi farqlanadi. Bular:

- tor ma'nodagi huquqiy tarbiya;
- keng ma'nodagi huquqiy tarbiya.
Tor ma'nodagi huquqiy tarbiyada huquqiy bilimlarni biz yuridik oliygohlarda
olishimiz mumkin.

1

I.A.Karimov.Yangicha fikrlash va ishlash-davr talabi.5-tom

2

Saydullayev.SH.A.

Davlat va huquq nazariyasi. Toshkent-2018- 101-b


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

75

ISSN:3030-3613

Keng ma'nodagi huquqiy tarbiyani esa, oilada, bog'chada, maktabda, yoki o'zimiz
mustaqil o'qish orqali olishimiz mumkin

3

.

Huquqiy tarbiyaning vositalari deb, huquqiy targ'ibot va tashviqot, huquqiy ta'lim,
o'z o'zini tarbiyalash va yuridik amaliyotni aytishimiz mumkin.
Huquqiy targ'ibot va tashviqot. Huquqiy tarbiya vositalariga alohida-alohida
to'xtaladigan bo'lsak, ulardan biri - bu huquqiy targ'ibot. Bugungi kunda hukumatimiz
tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida ko'plab islohotlar
amalga oshirilmoqda. Adliya vazirligi tomonidan "Prezident qarori - hayotda va
nazoratda" shiori ostida joylarda targ'ibot - tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Ushbu vazirlikning tashabbusi bilan turli ko'rik-tanlovlari tashkil etilib, huquqiy
bilimlari yuqori bo'lgan fuqarolar rag'batlantirilmoqda. Rag'bat sifatida hattoki
avtomashinalarning berilayotganligi ham huquqiy targ'ibotni kuchaytirish uchundir.
Huquqiy ta'lim. Huquqiy ta'lim, avvalo, maktablarda yaxshi yo'lga qo'yilgan bo'lishi
lozim. Tan olish kerakki, bugungi kunda maktabdagi huquqshunoslik fanlarining
o'qitilishi sifat darajasida emas. Bunga asosiy sabab qilib, o'quv soatlarining kamligini
aytish mumkin. Haftasida bir soatgina o'rganish ushbu fanni chuqurroq bilish uchun
yetarli emas deb hisoblayman. Dars soatining kamligi tufayli bu fandan dars berishga
hamma ham ishtiyoq bildirmaydi. Va o'quvchilar tomonidan ham qiziqib
o'rganilmaydi. Ammo bu holat huquqshunoslikni yaxshi o'rganolmaslik uchun sabab
bo'la olmaydi. Inson o'zi mustaqil o'qib- izlanib, doimiy yangiliklardan xabardor bo'lib,
zamon bilan hamnafas bo'lishi kerak. Ana shundagina o'zining rivoji uchun qanday
imkoniyatlar yaratib berilayotganligining guvohi bo'ladi va o'zi ham ushbu
imkoniyatlardan foydalanadi.
O'zini o'zi tarbiyalash. Yuqorida aytib o'tgan fikrimiz ham o'zini o'zi tarbiyalashga
misol bo'la oladi. Inson hayotdagi voqealarni kuzatish orqali o'zini o'zi tarbiyalashi
mumkin. Ya'ni huquq va majburiyatlarini yaxshi bilgan, konstitutsiya va qonunlarga
rioya qilgan, yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalangan insonlar
qanday natijalarga erishdi-yu, sust huquqiy nigilizm tarafdori bo'lib, amaldagi
qonunlarni mensimasdan, o'zlari xohlaganicha ish tutgan insonlarning taqdiri qanday
kechdi? Ana shularni o'ziga ibrat qilib, boshqalar ilgan xatolarni takrorlamaslikka
harakat qilishi lozim.
Yuridik amaliyot. Ya'ni inson faqatgina amaldagi qonunlar bilan tanish bo'lib,
doimiy boxabar bo'libgina qolmay, o'zlari ham real hayotda ularni qo'llashi lozim.
Nafaqat o'zi amal qilishi, balki yon atrofidagi huquqbuzarliklarga jim qarab turmasdan,
ular bilan murosasiz kurashishi lozim. Masalan, bugungi kunda eng dolzarb masala -
bu karantin qoidalariga rioya qilish. Bu borada qancha eshittiruvlar, tushuntirish ishlari
olib borilmasin, baribir ba'zi fuqarolar ushbu qoidalariga hamon amal qilmayapti.

3

Odilqoriyev X.T.Davlat va huquq nazariyasi.Toshkent-2018.297-b


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

76

ISSN:3030-3613

Ulardan biri niqob taqmaslik. Bu orqali kasallikni qanchadan qancha odamlarga
yuqtirish mumkin. Shunday ekan, yon-atrofimizda niqobsiz yurgan odamlarga befarq
bo'lmay, ularga to'g'ri tushuntirishimiz, niqob taqmaslikning oqibatlari nimalarga olib
kelishini aytishimiz lozim. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20-
moddasiga ko'ra, "Fuqarolar o'z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa
shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklariga putur
yetkazmasliklari shart".

4

Huquqiy tarbiya metodlari. Yuqorida huquqiy tarbiya vositalari sifatida bir qancha
turlarini aytib o'tdik. Endi esa huquqiy tarbiya metodlari haqida so'z yuritamiz. Yuridik
fanda huquqiy tarbiyaning asosiy va qo'shimcha metodlari farqlanadi. Bunda asosiy
metodlarga ishontirish, namuna va odatlantirishga o'rgatish, qo'shimcha metodlarga
esa, bosh vazifasi asosiy metodlarning harakatini kuchaytirish va ta'sirini qo'shimcha
oshirish bo'lgan rag'batlantirish metodlari kiradi. (Saydullayev. Sh.A. Davlat va huquq
nazariyasi. Toshkent-2018. - 102-b) Metodlarni qo'llash aholining, ayniqsa, yosh
avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish bo'yicha eng samarali
usullardan biridir. Ushbu metodlar sirasiga, rag'batlantirish, taqiqlash, namuna sifatida
ko'rsatish kabilarni keltirishimiz mumkin. Masalan, rag'batlantirish metodiga shunday
bir tizimni joriy etish mumkin. Barchaga ma'lumki, davlatning rivoji aholidan
olinadigan soliqlarga ham bog'liq. Usiz davlat mavjud bo'la olmaydi. Lekin
fuqarolarning barchasi ham soliq to'lash majburiyatini to'laqonli ado etmaydi. Shuning
uchun, soliqlarni o'z vaqtida to'lab yuradigan fuqarolarga turli rag'batlarni joriy qilish
kerak deb o'ylayman. Shunda hamma soliqlarni o'z vaqtida to'lashga ishtiyoq
bildirishadi. Yoki boshqa sohalarga ham rag'batlarni joriy etish orqali ish
unumdorligini oshirish mumkin. Taqiq deganda esa qonunlarga to'laqonli rioya
etmagan shaxslarni ma'lum bir huquqlardan cheklash orqali ularni huquqqa rioya
etishga da'vat qilish mumkin. Namuna qilish metodi orqali uyda ota-ona, maktabda
ustoz yaxshi xulqli bolalarni boshqalarga o'rnak sifatida ko'rsatishi ham huquqiy
tarbiyaning muhim metodi hisoblanadi.
Qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etish
ko'p jihatdan yangi huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni shakllantirish bilan bog'liqdir.
Ma'lumki, huquqiy madaniyat darajasi qabul qilingan qonunlar soni va hatto ular sifati
bilan ham emas, balki ularni og'ishmay bajarish bilan belgilanadi. Eng ajoyib qonun
ham, agar u amalda bajarilmasa, hech qanday qimmatga ega bo'lolmaydi.
Sh.Monteskye o'z zamonasidayoq shunday deb yozgandi: "Qaysi bir mamlakatga
otlanarkanman, men u yerdagi qonunlarning yaxshiligini emas, ular qanday amalga
oshirilayotganini tekshiraman, chunki yaxshi qonunlar hamma yerda uchraydi"

5

4

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.https://lex.uz/docs/-20596

5

Монтескье Ш.Произведения.М.1955,18-бет


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

77

ISSN:3030-3613

Xulosa qilib aytganda, huquqiy tarbiyanining vositalari bo'lgan huquqiy targ'ibot,
huquqiy ta'lim, yuridik amaliyot va o'zini o'zi tarbiyalash uzviy bog'liqlikda olib
borilishi lozim. Chinakam huquqiy davlatni barpo etish, fuqarolik jamiyatini
shakllantirish uchun, avvalo, aholini, xususan, yoshlarning huquqiy savodxonligini
oshirish lozim. Bugungi kunda huquqlarning buzilishiga eng ko'p misol qilib, oilaviy
zo'ravonliklar va buning natijasida farzandlarning ham ma'nan zaif, huquqiy savodsiz
bo'lib qolayotganligini aytish mumkin. Kuni kecha AOKA da bo'lib o'tgan brifingda
ham oilaviy zo'ravonliklar va ularni bartaraf etish bo'yicha davlatimizda qanday ishlar
amalga oshirilayotganligi haqida so'z yuritildi. O'zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori o'rinbosari Svetlana Ortikova oilaviy zo'ravonliklarning davom etishiga
asosiy sabablardan biri qilib ayollarning huquqiy savodxonligi yetarli emasligini ham
aytib o'tdi. "Ular uy-joysiz, farzandlari bilan yolg'iz qolib ketishidan qo'rqib,
barchasiga ko'z yumadi va bu holatlar yana davom etaveradi" deb ta'kidlab o'tdi
ma'ruzada. Bundan xulosa qilish mumkinki, huquqiy tarbiya birinchi navbatda, oiladan
boshlanadi. Farzandning kelajakda qanday inson bo'lib yetishishi ham oilasida olgan
tarbiyasiga bog'liq. Shunday ekan, huquqiy savodxonlikni oshirishda ta'lim va
tarbiyani birgalikda olib borish eng samarali usuldir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. I.A. Karimov Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi. 5-tom.
2. Saydullayev. Sh.A. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik.Toshkent-2018.
3. Odilqoriyev. X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik.Toshkent-2018.
4. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
5. Монтескье Ш. Избр. Произведения. М., 1955, 318-бет.


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

I.A. Karimov Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi. 5-tom.

Saydullayev. Sh.A. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik.Toshkent-2018.

Odilqoriyev. X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik.Toshkent-2018.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

Монтескье Ш. Избр. Произведения. М., 1955, 318-бет.