Jild 65 № 1 (2025)
Maqolalar
LITOSFERA – YERNING ICHKI TUZILISHI VA FIZIK XOSSALARI
Annotatsiya:Ushbu maqolada Yer sharining eng ustki qatlami bo‘lgan
litosferaning ichki tuzilishi, geologik qatlamlari, fizik xossalari va uning Yer
sayyorasining geodinamik jarayonlaridagi o‘rni haqida keng ilmiy asoslangan
ma’lumotlar keltiriladi. Litosferaning tarkibi, harakati, geotermal gradient, bosim va
zichlik xususiyatlari, shuningdek, tektonik plitalarning o‘zaro ta’siri chuqur
o‘rganiladi.
RAQAMLI METROLOGIYA: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING TATBIQI
Annotatsiya: Raqamli metrologiya bugungi kunda ilm-fan va texnologiyaning
eng muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Bu soha o‘lchovlar jarayonini raqamli
vositalar yordamida amalga oshirish, boshqarish va tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib,
an’anaviy metrologiyadan tubdan farq qiladi. An’anaviy metrologiyada o‘lchovlar
ko‘pincha mexanik yoki analog qurilmalar yordamida bajarilsa, raqamli metrologiyada
bularning o‘rnini yuqori aniqlikdagi raqamli sensorlar, mikrokontrollerlar va
kompyuter tizimlari egallaydi. Bu esa o‘lchovlarning aniqligi, tezligi va ishonchliligini
sezilarli darajada oshiradi.
BLOGERLIKNING JURNALISTIKADAGI O‘RNI
Annotatsiya: Blogerlikning jurnalistikadagi o‘rni bugungi kunda axborot
maydonida muhim va keng qamrovli mavzulardan biriga aylangan. Internetning keng
tarqalishi va ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanishi bilan birga, blogerlik faoliyati jadal
sur’atlarda o‘sib bormoqda. Bu jarayonda blogerlar nafaqat shaxsiy fikrlarini ifoda
etuvchi shaxslar sifatida, balki axborot tarqatish va jamiyat fikrini shakllantirishda
muhim vosita sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Blogerlik va jurnalistika o‘rtasidagi
munosabatni chuqur tahlil qilish bugungi zamon axborot makonini to‘g‘ri anglash
uchun zarurdir.
MINERAL OʻGʻITLARNI QADOQLASH JARAYONINI AVTOMATLASHTIRISHNING AFZALLIKLARI
Mineral o‘g‘itlarning qadoqlanishi ularni xavfsiz tashish, saqlash va qo‘llashda
hal qiluvchi ahamiyatga ega. Odatda, bu jarayon ko‘p mehnat talab qiladigan va inson
xatolariga moyil bo‘lib, samarasizlikka va mahsulot sifatining buzilishiga olib keldi.
Biroq, avtomatlashtirish texnologiyalarining paydo bo‘lishi bilan mineral o‘g‘itlarni
qadoqlash jarayoni sezilarli darajada o‘zgardi. Avtomatlashtirish operatsiyalarni
soddalashtirish, samaradorlikni oshirish, xarajatlarni kamaytirish va qadoqlangan
o‘g‘itlarning umumiy sifatini oshirish orqali sanoatda ijobiy o‘zgarishlar paydo bo‘ldi.
Mineral o‘g‘itlar noorganik xomashyolardan kimyoviy yoki mexanik qayta
ishlash orqali tayyorlanadigan noorganik mahsulotlardan hosil qilinadi. Xomashyo
sifatida xizmat qiladigan havo azotidan yoki tarkibida o‘simlik uchun zarur ozuqa
bo‘ladigan moddalar bo‘lgan ayrim kimyoviy ishlab chiqarish korxonalarining oraliq
mahsulotlaridan olingan moddalar ham mineral o‘g‘itlar qatoriga kiradi.
TRENDS IN UZBEKISTAN’S BANKING SECTOR: LIQUIDITY, NON- PERFORMING LOANS, AND DEPOSIT GROWTH
Abstract: This study analyses Uzbekistan’s banking sector performance from
2017 through 2024, focusing on three key indicators: liquidity buffers, non-performing
loans (NPLs), and deposit trends. Using official Central Bank and World Bank data,
we conduct a descriptive time-series analysis, comparing state-owned versus private
banks and households versus enterprises. We find that banks have maintained ample
liquidity, with high Quality Liquid Assets and Liquidity Coverage Ratios well above
regulatory minima, reflecting compliance with Basel III standards. Credit expanded
rapidly, but credit quality weakened: NPLs rose sharply from historically low levels to
around 4–6% of loans, especially in private banks. Deposits grew robustly (about nine-
fold in UZS terms), driven mainly by corporate and government entities. These trends
suggest a strengthening funding base but also emerging risks (especially rising private-
sector NPLs). Policy measures should focus on strengthening risk management, bank
governance, and financial inclusion to mobilize household savings.
EFFECTIVE STRATEGIES TO IMPROVE SPEAKING SKILLS AMONG STUDENTS WHO LEARN ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE
Abstract: Although many students have studied English for years, speaking is still
the most intimidating and difficult skill. This article explores why speaking challenges
persist among EFL learners and how specific, learner-centered strategies can break this
problem. Based on classroom experiences and teacher observations, the article suggests
new techniques such as psychological preparation, peer support, spontaneous speaking,
and digital storytelling. It is emphasized that effective speech involves not only
fluency, but also emotional comfort, self-expression and the ability to overcome fear
of making mistakes. This approach offers teachers and students new perspectives on
how to speak a foreign language with confidence.
IKKINCHI JAHON URUSHIDA GʻALABA UCHUN KURASHGAN TOʻRT JOSUS AYOL TARIXI
Anotatsiya: Ush bu maqola insoniyat tarixida ko’plab qurbonlar keltirgan
ikkinchi jaxon urishi davrida faoliyat yurirgan to’rt josus ayol Jozefina Beyker, Nur
Inoyat Xon, Jozefina Gerrero va Agness Meyyer Driskoll larning hayoti va fidoiyligi
haqida. Mazkur ayollar o’z aql-zakovati, matonati va fidoyiligi bilan nafaqat front
ortida, balki razvedka, radiosignallar uzatish, kodlarni yechish va dushman
harakatlarini fosh etish orqali g’alabaga sezilarli darajada hissa qo’shgan. Maqolada
ikkinchi jaxon urishidagi ga’laba uchun nafaqat erkaklar balki ayollar ham sezilarli
darajada hissa qo’shganligini ushbu to’rt ayol misolida yoritilgan.
PSIXOLOGIYADA PSIXOTERAPIYA MASHGʻULOTLARINING OʻRNI VA AHAMIYATI HAMDA BOLALAR HAYOTIGA IJOBIY TA’SIRI
Annotatsiya: Psixoterapiya – davo maqsadlarida bemor yoki bemorlar guruhi
psixikasiga ta’sir ko‘rsatish jarayonidar. Davo maqsadida kasal psixikasiga
ko‘rsatiladigan har handay ta’sir ham psixoterapiya jumlasiga kiravermaydi.
Masalan, psixafarmakalogiya preparatlar bilan psixikaga ta’sir ko‘rsatish
psixoterapiya emas. Psixoterapevtik ta’sirning asosiy turi so‘z bilan ta’sir
ko‘rsatishdir.
XULQI OGʻIR OʻSMIR YOSHDAGI BOLALAR BILAN ISHLASHNING ZAMONAVIY PSIXOLOGIK USULLARI
Annotatsiya. Shaxs og‘ishgan xulqini psixologik korreksiyalash jarayoni
kechiktirib bo‘lmas vazifa hisoblanadi. Sababi og‘ishgan xulqning psixologik
muammolarini amaliy yordam berish orqali hal qilish muhim hisoblanadi. Bunda
barcha aloqador shaxslar, pedagog-psixolog hamda subyektning yaqin insonlari
birgalikda ish olib borib, maqsadga erishishi tavsiya etiladi.
JEK LONDON – YOVVOYI RUH TARJIMONI. “MARTIN IDEN” – IJTIMOIY ZINAPOYA FOJIASI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz adabiyotining yorqin namoyondasi,
jamiyatdagi mavjud muammolarni asarlarida o‘ziga xos tarzda tasvirlay olgan adib Jek
London hayoti va ijod yo‘li haqida so‘z boradi. Shuningdek, yozuvchiga katta shuhrat
keltirgan “Martin Iden” romani mazmun-mohiyati hamda yozilish uslubi tahlil
qilinadi.
INKLYUZIV TA’LIMNING BUGUNGI KUNDAGI O’RNI
Mazkur maqolada inklyuziv ta'limning mazmuni, dolzarbligi va ta'lim tizimidagi
o'rni keng yoritilgan. Unda barcha bolalarga, ayniqsa, nogironligi yoki maxsus
ehtiyojlari mavjud bo'lgan bolalarga sifatli ta'lim berish zarurati ta'kidlanadi. Inklyuziv
yondashuv orqali jamiyatda tenglik, bag'rikenglik va ijtimoiy integratsiya rivojlanadi.
Maqolada shuningdek, mavjud muammolar va ularning yechimlari hamda inklyuziv
ta'limni rivojlantirish bo'yicha takliflar keltirilgan. Tadqiqot milliy va xalqaro manbalar
asosida olib borilgan bo'lib, inklyuziv ta'limni rivojlantirishda davlat siyosatining roli
alohida e'tirof etiladi.
AUTHENTIC ASSESSMENT IN AI-ENHANCED TESOL: A CONCEPTUAL INTRODUCTION
This paper introduces a conceptual foundation for integrating authentic language
assessment principles with artificial intelligence technologies in TESOL. We examine
the fundamental tensions between communicative language teaching and automated
assessment systems, identifying key challenges and opportunities. By establishing a
theoretical bridge between these domains, we provide language educators with a
framework for evaluating and implementing AI assessment tools while maintaining
pedagogical integrity.
GLOBAL PROBLEMS
This article discusses the most pressing global issues in the modern world, their
causes, and consequences. Problems such as climate change, environmental
degradation, poverty, hunger, wars, pandemics, and human rights violations pose
serious threats to all of humanity. Addressing these challenges requires international
cooperation, sustainable development policies, and increased environmental
awareness.
MUSIQА DАRSLАRIDА SHАRQ MUTАFАKKIRLАRINING TА’LIMOTIDАN FOYDАLАNISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlari — Abu Nasr Forobiy,
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylarning musiqa san’ati va tarbiya borasidagi
qarashlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, Jomiyning “Risolai musiqiy” asarining nazariy va
amaliy ahamiyati, maqomlar tizimi va ritmga oid ta’limotlari yoritiladi. Forobiyning
musiqani inson axloqi, estetik didi va sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi vosita sifatida baholashi
hamda Navoiy tomonidan ilm-fan homiyligi g‘oyasi alohida o‘rin egallaydi.
Shuningdek, maqolada o‘zbek xalqining qadimiy kasb-hunar an’analari, ularni
yoshlarga mehnatsevarlik ruhida yetkazishdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Maqola
musiqa darslarida Sharq mutafakkirlarining merosidan samarali foydalanish
imkoniyatlarini ochib beradi.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ОБУЧЕНИЮ ЭСТРАДНОМУ ВОКАЛУ
Аннотация: В данной статье показано, как правильно подбирать
произведения композиторов для детей и правильно выстраивать процесс работы
с ними. Показано, на что следует обращать внимание при работе с детскими
произведениями. Цель — правильно выстраивать музыкальные упражнения в
исполнительской практике и постепенно формировать у детей интерес к музыке.
АLISHER NАVOIY IJODIDА MUSIQАNING TUTGАN O‘RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy ijodida
musiqa san’ati va cholg‘u asboblarining tutgan o‘rni yoritiladi. Garchi Navoiy musiqa
nazariyasiga bag‘ishlab alohida asar yozmagan bo‘lsa-da, uning “Mahbubul qulub”,
“Majolis un-nafois” kabi asarlarida musiqiy tafakkur, cholg‘ular nomi, hofiz va
sozandalar haqidagi ma’lumotlar uchraydi. Maqolada Navoiy davrida keng tarqalgan
ud, nay, tanbur, g‘ijjak, rubob, qonun, doira kabi cholg‘ular tahlil qilinadi. Shuningdek,
musiqaning inson ruhiyati, tarbiyasi va estetik kamolotidagi ahamiyati mutafakkirning
fikrlari orqali ochib beriladi. Navoiyning musiqiy obrazlar orqali estetik qarashlari,
cholg‘ularning ovoz ta’sirini obrazli tasvirlagani maqolaning asosiy tahlil yo‘nalishini
tashkil qiladi.
O‘ZBEK XALQ CHOLG‘ULARI ORKESTRINING YAKKAXON IJROCHILARI VA ULARNING MAHORATI
Maqola o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestrlarida (O‘XCHO) yakkaxon ijrochilarning
o‘rnini, ularning ijro mahorati va ijodiy faoliyatini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda
yakkaxon ijrochilarning orkestrdagi roli, ularning repertuar tanlash mezonlari, ijro
uslublari va mahorat sirlari tahlil qilinadi. Shuningdek, yakkaxon ijrochilarning
o‘zbek milliy musiqasini saqlash va rivojlantirishdagi hissasi, ularning yosh
avlodlarga ta'siri ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida O‘XCHOning yakkaxon
ijrochilarini qo‘llab-quvvatlash va ularning mahoratini oshirishning muhimligi
ta'kidlanadi.
KRIPTOVALYUTA VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINING TALABALARNING MOLIYAVIY BILIMLARIGA TA`SIRI
Annotatsiya. Ushbu maqola kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalarining
talabalar orasida moliyaviy savodxonlikka ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Raqamli aktivlar bo‘yicha bilimlarning ortib borishi yosh avlodning moliyaviy qarorlar
qabul qilishiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani empirik ma’lumotlar asosida tahlil
qilinadi. Talaba yoshlar orasida blokcheynning tez sura`tlarda rivojlanayotgani,
shuningdek, blokcheynning xavfsizlik, shaffoflik va markazlashmagan tizim kabi
afzalliklari va kriptovalyutalarning investitsiya vositasi sifatida talabalarning e’tiborini
tortayotgan omillari o‘rganiladi.
FOYDALANUVCHILARNI EKOLOGIK FAOLIYATGA JALB ETISHDA RAQAMLI MUKOFOTLASH TIZIMINING SAMARADORLIGI: ECOHABIT LOYIHASI TAHLILI
Annotatsiya: Ushbu maqolada foydalanuvchilarni ekologik faoliyatga jalb
etishda raqamli mukofotlash tizimining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot
doirasida EcoHabit loyihasi misolida foydalanuvchilarga beriladigan virtual ballar
(coinlar), reytinglar va darajalar orqali ekologik ong va xatti-harakatlarni
rag‘batlantirish usullari o‘rganildi. Maqolada gamifikatsiya elementlari (ketma-ketlik,
unvonlar, musobaqalar) yordamida foydalanuvchilarning ishtiroki ortgani, ularning
eko-odatiy faoliyatga nisbatan motivatsiyasi kuchaygani kuzatildi. Tahlil natijalari
shuni ko‘rsatdiki, raqamli mukofotlash tizimi orqali ekologik ongni oshirish va
barqaror yashash tarzini shakllantirish mumkin. Ushbu yondashuv ekologik
loyihalarda innovatsion vosita sifatida samarali qo‘llanilishi mumkin.
LABARATORIYDA BOSHQARUV TIZIMINI RAQMLASHTIRISH LIMS BO‘YICHA ILMIY ISHLARNING ADABIYOTLAR TAHLILI.
Annotatsiya: Ushbu maqola Laboratoriya ma’lumotlarini boshqarish tizimi
(Laboratory Information Management System-LIMS) bo‘yicha sciencedirect
ma’lumotlar bazasidagi maqola, kitob va ilmiy ishlar jamlanmasini tahlil qilish orqali
LIMS ni o‘rganishga bo‘lgan talab qay darajada o‘sib borayotganini ko‘rsatishga
qaratilgan.
“ICHIMIZDAGI NAZRUL ISLOM” (maqola)
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning
“Ruhlar isyoni” dostoni tahlil etiladi. Dostondagi har bir rivoyatning ma’naviy-
ma’rifiy jihatlari yoritib beriladi.
“ERKIN VOHIDOVNING MATMUSA OBAZI TAHLILI” (maqola)
Annotatsiya: O‘tgan asrlarda shoir va yozuvchilarimizning o‘zbek adabiyotida
tutgan o‘rni, shu jumladan Erkin Vohidov ijodida Matmusa obrazining o‘ziga xosligi,
“Donish qishloq latifalari” asari tahlili, Erkin Vohidov ijodiy merosining yosh avlodni
Vatanga muhabbat, sadoqat va uyg‘oqlikka chorlash ruhida tarbiyalash
borasidagi ahamiyati.
"ERKIN VOHIDOV – ELPARVAR SHOIR"
Annotasiya: Ushbu maqolada Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbek qahramoni Erkin
Vohidov sheʼrlaridagi qochirimlar, tashbeh, tazod kabi sheʼriy sanʼatlar muhokama
qilinadi.
DEVELOPING CRITICAL LITERACY SKILLS THROUGH COMPARATIVE LITERATURE IN MULTILINGUAL CLASSROOMS
Abstract: As classrooms around the world grow more multilingual and
connected, teaching students to read and think critically has never been more important.
This article argues that comparative literature-with its side-by-side reading of texts
from different cultures-can spark that deeper literacy in such settings. Rooted in ideas
from critical pedagogy and literary theory, the study looks at how varied stories sharpen
analysis and open windows to other worlds. Using qualitative methods-classroom
notes, discussion transcripts, and student diaries-the research tracks learning in a large,
language-mixed university. Results show that reading across cultures helps students
challenge taken-for-granted views, speak with each other across difference, and
interpret both pages and contexts more richly. The piece ends with practical guidelines
for teachers who want to weave comparative literature into language courses and
strengthen critical literacy in diverse classrooms.
MAKTABGACHA VA MAKTAB YOSHDAGI BOLALARDA TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK USULLARI
Аnnotatsiya: Bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra haddan tashqari qiziquvchan bo‘ladi.
Ular hamma narsani bilishi juda zarur: ta’mini tatib ko‘rishi, ushlab ko‘rishi,
tushunarsiz va yangi bo‘lgan narsalarga o‘z tushuntirishlarini o‘ylab topishi, tajriba
o‘tkazib ko‘rishi va o‘z farazlarini tekshirishi.
MAKTABGACHA TA’LIMDA - OTA ONALAR HAMKORLIGI
Annotatsiya: Maktabgacha ta'lim tizimida ota-onalar hamkorligi bolalarning
har tomonlama yetuk barkamol shaxs sıfatida ulg'ayishi qolaversa, ijtimoiy, ma'naviy
va intellektual rivojlanishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ushbu annotatsiyada
maktabgacha ta'lim tashkilotlari va ota-onalar o'rtasidagi samarali hamkorlikning
asosiy jihatlari, uning bolalar tarbiyasiga ta'siri va amaliyotda qo'llaniladigan eng
yaxshi usullar yoritilgan.
MAKTABGACHA TA’LIM SOHASIDA RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya: Mazkur maqola O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimining
rivojlanish istiqbollarini, joriy islohotlarni va xalqaro tajribalardan olingan saboqlarni
tahlil qiladi. 2025-2030 yillarga mo'ljallangan yangi dasturlar, metodik yondashuvlar
va tizimli o'zgarishlar yoritilgan bo'lib, ular maktabgacha ta'lim sifatini oshirishga
qaratilgan. Maqolada "Ilk qadam" dasturining yangi pedagogik yondashuvlari tahlil
qilinadi.
AN’ANAVIY VA MULTIMEDIYAVIY JANRLARNING O‘XSHASH VA FARQLI TOMONLARI
ANOTATSIYA: Ushbu maqolada jurnalistikaning an’anaviyligi va
multimediyaviyligi o‘rganib chiqildi. Janrlarning o‘xshash va farqli tomonlari bugungi
media misolida chuqur tahlilga tortildi. Maqola ilmiy nazariy jihatdan o‘rganilib,
janrlarning zamonaviy mediadagi o‘rni yoritib berildi.
QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Ushbu maqola quyosh energiyasidan foydalanishning hozirgi holati, texnologik
yutuqlari va kelajakdagi istiqbollarini keng ko‘lamda o‘rganadi. Quyosh
energiyasining ekologik tozaligi, iqtisodiy samaradorligi va global energiya tizimlarida
o‘sib borayotgan ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada quyosh energiyasi
texnologiyalarining rivojlanishi, ularning qo‘llanilish sohalari, shuningdek, mavjud
muammolar va ularni yechish yo‘llari muhokama qilinadi. Tadqiqot zamonaviy ilmiy
adabiyotlar, so‘nggi texnologik yutuqlar va global energiya bozoridagi tendensiyalarga
asoslanadi. Quyosh energiyasidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha amaliy
tavsiyalar taqdim etiladi, bu esa kelajakda barqaror energiya tizimlarini
shakllantirishga xizmat qiladi.
ОLMОS РANJARADAGI DISKRET SHRӦDINGER ОРERATОRNING MUHIM SРEKTRI
Annоtatsiya: Ushbu maqоlada оlmоs рanjaradagi diskret Shrödinger
орeratоrining muhim sрektri о‘rganiladi. Tadqiqоtda ushbu орeratоrning sрektral
xоssalari, xususan, sрektrning tarkibi, uning nuqtaviy va uzluksiz qismlari,
shuningdek, bu орeratоrga bоg‘liq bо‘lgan matritsali ifоdalar tahlil qilinadi.
Shuningdek, оlmоs рanjaraga xоs bо‘lgan geоmetrik va tороlоgik tuzilmalarning
орeratоr sрektriga ta’siri kо‘rib chiqiladi. Оlingan natijalar kvant mexanikasi, kristall
рanjaralardagi elektrоn hоlatlarini mоdellashtirish, va matematik fizika sоhalarida
qо‘llanilishi mumkin. Maqоlada analitik metоdlar bilan bir qatоrda, ba’zi misоllar
оrqali орeratоr sрektrining strukturaviy xususiyatlari ham оchib beriladi.
"PEDAGOG KADRLARNING INKLYUZIV TA’LIMNI TASHKIL ETISH KO’NIKMASINI RIVOJLANTIRISH"
Annotatsiya: Inklyuziv ta'limning muhim muammolaridan biri bo’lgan alohida
ta’lim ehtiyojga ega bo’lgan bolalar guruhini aniqlab, ularga sifatli ta’lim
shakllarida bilim berish va salohiyatini oshirishdan iboratdir. Inklyuziv ta'limni
rivojlantirishda ustuvor yo’nalishlarga ega bo’lgan tamoyillari va yo'nalishlar
muhim ahamiyat kasb etadi.
OILA VA MAKTABDA FARZANDLAR TA’LIM-TARBIYASIGA AHAMIYATLI BOʻLISH HAMDA ULARNI KELAJAKDA YETUK SHAXS SIFATIDA YETISHISHLARIGA KOʻMAK BERISHNING PSIXOLOGIK USULLARI
Annotatsiya: Bola dunyoga kelibdiki,ilk bora ko`zlarini ochishi bilan o`zini
onasining issiq quchoqlarida ko`radi va uning kelajakdagi kamolotida ham aynan ota-
onasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya`ni bola ertangi kunda jamiyatimizda qanday
o`rin tutishi va shu jamiyatimizga qanday inson sifatida kirib borishida ham ota-ona
va oilaning o`rni beqiyosdir.
МИГРЕН УЧУН ПРОФИЛАКТИКА ТАДБИРЛАРИНИ ТАҲЛИЛ ҚИЛИШ
Аннотация: Мигрень дунё аҳолисининг катта қисмида учрайдиган
сурункали неврологик касаллик бўлиб, унинг олдини олиш ва хуружларни
камайтириш тиббий амалиётда муҳим вазифалардан бири ҳисобланади.
Профилактика тадбирлари доривор ва нотиббий чораларни ўз ичига олиб,
мигреннинг тезлиги, интенсивлиги ва иқтисодий зарарларини камайтиришга
қаратилган. Ушбу мақолада мигреннинг олдини олиш бўйича замонавий
ёндашувлар таҳлил қилинади, CGRP антагонистлари, антидепрессантлар ва ҳаёт
тарзини ўзгартириш каби усулларнинг самарадорлиги баҳоланади, шунингдек,
профилактика тадбирларининг жамият ва иқтисодиётга ижобий таъсири
кўрсатилади.
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИИ И ЕЁ РОЛЬ В ОБУЧЕНИИ РУССКОМУ ЯЗЫКУ В ШКОЛАХ С УЗБЕКСКИМ ЯЗЫКОМ ОБУЧЕНИЯ
Аннотация. В статье подробно рассматривается значение преподавания
русского языка в узбекских школах, культура языка и ее теоретические и
методические основы, анализируются взгляды авторов, работающих в этой
области.
IMPLEMENTING AUTHENTIC AI ASSESSMENT IN TESOL: CHALLENGES AND RESEARCH DIRECTIONS
This article addresses the practical challenges of implementing authentic AI-
enhanced language assessment in TESOL contexts. Drawing on a four-dimensional
framework of authenticity, we identify key implementation barriers at technological,
pedagogical, and institutional levels. We propose a research agenda to address these
challenges and offer practical guidelines for TESOL practitioners navigating the
integration of AI assessment tools. The article concludes with recommendations for
interdisciplinary collaboration between language educators, AI developers, and
assessment researchers.
FOUR DIMENSIONS OF AUTHENTICITY IN AI LANGUAGE ASSESSMENT
This article presents a detailed framework of four essential dimensions of
authenticity in AI-enhanced language assessment: contextual, interactional,
consequential, and representational. For each dimension, we analyze current AI
capabilities, identify limitations, and suggest pathways for development. This
framework provides TESOL practitioners with concrete criteria for evaluating AI
assessment tools and offers developers clear guidelines for creating more authentic
assessment systems.
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI: NIKOHNI TUZISH VA TUGATISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada nikoh tushunchasi, davlat tomonidan
yuritiladigan nikohni rasman ro‘yxatga olish tartibi, shuningdek, nikohni tugatish
asoslari — ajralish, bekor qilish va jinoiy javobgarlik haqida tahlil qilinadi. Huquqiy
jamiyatda oilaning o‘rni, nikoh va oilaviy institutlariga davlat nazoratining ahamiyati
ko‘rib chiqiladi.
DISEASES OCCURRING DURING THE STORAGE OF POMEGRANATE FRUITS AND PREVENTIVE MEASURES
Annotation: This article analyzes the main types of diseases that occur during
the storage period of pomegranate fruits, their causes, and harmful consequences.
Special attention is given to issues such as rotting, mold, and the effects of
microorganisms. Measures to prevent these problems, methods to extend the shelf life,
preserve the quality, and maintain the edibility of the fruit are also discussed.
Additionally, proper storage conditions, disinfection methods, and modern
technological solutions are considered.
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA ZAMONAVIY INTERAKTIV METODLARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang’ich sinf darslarida interaktiv
metodlardan foydalanish, boshlang’ich ta’limni tashkil etishda interaktiv metodlarning
tutgan o’rni va interaktiv metodlarning boshlang’ich ta’lim sinf o’qituvchilarining
innovatsion faoliyatining ajralmaaas qismi sifatidagi ahamiyati, boshlang‘ich ta’lim
jarayonida zamonaviy interaktiv metodlardan foydalanishning ahamiyati,
samaradorligi va ularni amaliyotga tadbiq etish yo‘llari tahlil qilingan. Ta’limda
innovatsion yondashuvlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini
oshirish, ularning mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalarini
rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan.
TIL O‘RGANISHDA IDIOMALARNING O‘RNI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH USULLARI
Ushbu maqolada til o‘rganish jarayonida idiomalarning o‘rni, ularning madaniy,
semantik va kommunikativ qiymati chuqur tahlil qilinadi. Idiomalar tilning organik
tarkibiy qismi bo‘lib, ularni o‘zlashtirish til o‘rganuvchining til kompetensiyasini
chuqurlashtiradi, madaniy tafakkurni kengaytiradi va tabiiy nutqni shakllantiradi.
Maqolada tilshunoslarning ilmiy qarashlari, psixolingvistik yondashuvlar va
zamonaviy til o‘rganish metodlari asosida idiomalarni o‘rganishning samarali usullari
yoritilgan.
YOSHLARNI YUKSAK MA’NAVIYATLI, MUSTAHKAM E’TIQODLI QILIB TARBIYALASHDA MA’NAVIY MEROSIMIZNING AHAMIYATI.
Kirish
Hozirgi globallashuv jarayonlarining asosiy maqsadi va muhim jihati shaxsni
axborotlar oqimining faol iste’molchisi va o’z-o’zini rivojlantirishga yo’naltirishdan
iborat.Xususan yangi tahrirdagi “O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’risida”gi
Qonuninig qabul qilinishi va unda inson omili ,shuningdek uzluksiz ta’lim mazmunini
zamon talablari doirasida takomillashtirish,yosh avlodni yuksak ma’naviyatli etib
voyaga yetkazish uchun yaratib berilayotgan sharoitlar talaygina ekanligi fikrimizning
dalilidir.O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ham o’zining qator
ma’ruzalarida Yangi O’zbekistonni barpo etish eng avvalo ta’lim tarbiya jarayonini
takomillashtirishdan boshlanadi degan fikrni berib keladi.Darhaqiqat mamlakatimizni
taraqqiy topgan davlatlar qatoriga kiritishni hayotiy maqsadimiz deb belgilasak, bu
jarayonda mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarimizga eng avvalo kitobga bo’lgan
mehrini oshirish, ular o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilinishi, bu borada bir qancha
samarali ishlarni olib borilishi ham muhim ahamiyatga egadir.
BOLALARDA ICHAK GELMINTOZLARINI OLDINI OLISH VA DAVOLASHNI TAKOMILLAHTIRISH
Annotatsiya
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko’ra, dunyoda 5 milliardga
yaqin ya'ni sayyoramiz aholisining katta qismi odam protozoa kasalliklar va
gelmintozlar bilan kasallangan [1]. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga
ko’ra, har yili dunyoda o’ladigan 50 million odamning 16 milliondan ortig’i yuqumli
va parazitar kasalliklardan vafot to’g’ri keladi (JSST, 2005). Yuqumli kasalliklar
tarkibida to’rtinchi o’rinni parazitar kasalliklar egallaydi [2, 3, 4].
Gelmintozlar global tarqalishga ega va u bolalarda ham, kattalarda ham
diareyaning keng tarqalgan sababi bo'lib, qo’zg’atuvchi kistalarni to'g'ridan-to'g'ri yoki
bilvosita yutish orqali fekal-og'iz orqali yuqadi. Gelmintozlarning laboratoriya
diagnostikasi. asosan najas namunalarida mikroskopik yoki trofozoitni ko'rsatishga
asoslangan, ammo gelmintozlar diagnostikasi uchun bir nechta immunologik tahlillar
va molekulyar usullar ham mavjud. Ushbu tadqiqotning maqsadi tibbiy laboratoriyada
qo'llaniladigan usullarni ko'rib chiqish va lyamblioz diagnostikasi uchun ularning
kamchiliklari va qiyinchiliklarini aniqlash edi. Ushbu maqolada biz gelmintozlar
diagnostika usullarini adabiyotlar, elektron ma'lumotlar bazalari va kitoblarni keng
ko'rib chiqish bilan baholadik.
JAMIYATIMIZDA GENDER MASALALARI VA HUQUQIY MADANIYAT
Annotatsiya: Bugungi kunda rivojlanib borayotgan jamiyatimizda gender
masalalariga bo’lgan e’tibor kuchaymoqda. Xususan, ayollar masalasi ularga yaratib
berilayotgan imkoniyatlar ularning yashash tarzi, ongi va tafakkuriga, huquqiy
madaniyatiga ta’sirini o’tkazmoqda. Chetdan kirib kelayotgan yot g’oyalar va
“Ommaviy madaniyat” kabi salbiy va ijobiy illatlar har bir insonga o’z ta’sirini
o’tkazmoqda. Mazkur maqola orqali jamiyatimizda huquqiy madaniyatning gender
masalalariga o’tkazayotgan ta’siri haqida ma’lumot olishimiz mumkin.
HUQUQ TA’LIMI MUAMMOLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida huquq taʼlimi sohasida mavjud
boʻlgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari tahlil qilinadi. Xususan,
huquqiy savodxonlik darajasining pastligi, taʼlim tizimida amaliyotga yoʻnaltirilgan
yondashuvning yetishmasligi, zamonaviy metod va texnologiyalarning yetarlicha
qoʻllanilmayotgani kabi masalalarga eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, huquqshunos
kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv dasturlarining takomillashtirilishi hamda xalqaro
tajribaning tatbiq etilishi bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Maqola huquq taʼlimi
islohotlariga oid ilmiy-amaliy tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.
JAMIYATNI YUKSALTIRISHDA HUQUQIY TARBIYANING O’RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada jamiyatni yuksaltirishda huquqiy tarbiyaning
roli, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda qanday jabhalarga e'tibor qaratish
kerakligi bayon etilgan. Bugungi kunda aholining huquqiy bilimlari yetarli
emasligining sabablari va buni bartaraf etish usullari nimalardan iborat ekanligi bayon
etilgan.
XALQARO STANDARTLAR (ISO 50001) VA ULARNING KORXONALARDA QO‘LLANILISHI
Annotatsiya: Ushbu maqola ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida
energetik menejmentni tashkil etishning nazariy va amaliy jihatlarini ko‘rib
chiqadi. Maqolada energetik menejmentning mohiyati, maqsadi va vazifalari, uni
tashkil etish bosqichlari, shuningdek, energiya samaradorligini oshirish va
energiyaxarajatlarini kamaytirish bo‘yicha asosiy tadbirlar tahlil qilinadi. Energetik
menejment tizimini joriy etishning iqtisodiy va ekologik afzalliklari ko‘rsatib
o‘tiladi. Maqola korxona va tashkilotlarning rahbarlari, energetika bo‘yicha
mutaxassislar va ushbu sohada qiziquvchi boshqa shaxslar uchun mo‘ljallangan.
O'SPIRINLARDA HISSIYOTNI BOSHQARISHNING AHAMIYATI
Annotatsiya: O'spirinlik davri inson hayotining eng murakkab va o'ziga xos
davrlaridan biridir. Bu davrda inson tanasi va ruhiyati sezilarli o'zgarishlarga duch
keladi. O'spirinlar o'zlarini, atrofdagi dunyoni va boshqalar bilan munosabatlarini
yangi ko'z bilan ko'rishga harakat qiladilar. Shu bilan birga, o'spirinlik davrida
hissiyotlar juda kuchli va o'zgaruvchan bo'ladi. Hissiyotni boshqarish o'spirinlarning
hayot sifatini yaxshilash, shaxsiy rivojlanishiga yordam berish va ijtimoiy
muammolarni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.
BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARDA IJODKORLIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH (KITOBXONLIK MADANIYATI ASOSIDA)
Annotatsiya. Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodkorlik tafakkurini
rivojlantirishda kitobxonlik madaniyatining o‘rni tahlil qilinadi. Kitob o‘qishning
ta’lim jarayonidagi ahamiyati, tanqidiy va ijodiy tafakkurni shakllantirishdagi roli
ko‘rsatib beriladi. Bo‘lg‘usi pedagoglarning innovatsion yondashuvlari va zamonaviy
ta’lim metodlari orqali ijodiy tafakkurni rivojlantirish yo‘llari yoritiladi.
GIDROMASSAJ USULI BILAN OG‘IZ BO‘SHLIG‘I GIGIYENASI VA UNING SAMARADORLIGI
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada gidromassaj usulining og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasidagi o‘rni va
samaradorligi tahlil qilinadi. Stomatologik amaliyotda tish va milk kasalliklarini
davolashda qo‘llanilayotgan gidromassaj usuli mexanik tozalash usullariga nisbatan
yumshoq va samarali hisoblanadi. Gidromassaj qon aylanishini yaxshilash,
yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirish va milk cho‘ntaklarida qolgan qoldiqlarni
chiqarib tashlash kabi foydali xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, ushbu muolajada
ishlatiladigan antiseptik va antibakterial eritmalar og‘iz bo‘shlig‘idagi infeksiyalarni
oldini olishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalari gidromassaj usuli og‘iz
gigiyenasi va parodont kasalliklarining oldini olishda samarali ekanligini
ko‘rsatmoqda.
ТЕМА: РЕСПИРАТОРНЫЕ ЗАБОЛЕВАНИЯ И ИХ ПРОФИЛАКТИКА
Респираторные заболевания - это широкий спектр заболеваний,
поражающих дыхательные пути, от легких острых инфекций, таких как простуда
и грипп, до хронических, прогрессирующих заболеваний, таких как хроническая
обструктивная болезнь легких (ХОБЛ). Они могут быть вызваны вирусами,
бактериями или другими факторами, и варьироваться по степени тяжести.
“XAYOLNING IJTIMOIYLASHTIRILGAN SHAKLLARI: ORZU, FANTAZIYA VA IDEALLAR”
Annotatsiya: Xayol inson ongining eng murakkab va ko‘p qirrali jihatlaridan
biri bo‘lib, uning ijtimoiylashtirilgan shakllari – orzu, fantaziya va ideallar – insonning
hayotiy faoliyati va ijtimoiy munosabatlarida muhim o‘rin tutadi. Ushbu tushunchalar
insonning ichki dunyosini boyitib, uning tashqi muhit bilan munosabatini
shakllantiradi, shuningdek, shaxsning maqsadlari va intilishlarini belgilaydi.
Xayolning ijtimoiylashtirilgan shakllari nafaqat individual psixologik jarayonlar, balki
jamiyatning madaniy, tarixiy va ijtimoiy kontekstlari bilan chambarchas bog‘liqdir.
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI YETISHTIRUVCHI QO‘SHINLAR FRONT ORTI TA’MINOTI BO‘LINMALARI FAOLIYATINING ISLOHOTI
Annotatsiya: Ushbu maqolada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish va
ishlab chiqarish bo‘yicha harbiy qismlarning front orti ta’minoti bo‘linmalari
faoliyatida olib borilayotgan islohotlar, ularning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha
Mudofaa Vazirligi qo‘shinlariga yangi kiritilgan tizimning tahlili bayon etilgan.
MAVZU: ANTIBIOTIKLAR HAQIDA TUSHUNCHA
Antibiotiklar (anti-qarshi va bios-hayot) — baʼzi mikro-organizmlar
(zamburugʻlar, bakteriyalar), hayvon toʻqimalari va ayrim yuksak oʻsimliklar hayot
faoliyati natijasida hosil boʻladigan va turli xil mikro-blarning oʻsishi hamda
rivojlanishini toʻxtatadigan organik moddalar. Antibiotiklar terminini Amerika olimi
Z. Vaksman mikroblarda hosil boʻlib, boshqa mikro-blarga qarshi taʼsir etadigan
moddalarga nisbatan taklif etgan. Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen)
mikroblardagi moddalar almashinuvini buzib, ularni oʻldiradi yoki oʻsishini toʻxtatadi.
Antibiotiklar turli mikroblarga turlicha taʼsir etadi. Masalan; bir antibiotik maʼlum bir
mikrobga kuchli taʼsir etgani holda, boshqa mikrobga kuchsiz taʼsir qiladi yoki
butunlay taʼsir qilmaydi; Antibiotiklarning koʻpchiligi faqat mikroblarni emas, balki
odam, hayvon va oʻsimlik organizmini (toʻqima va hujayralarini) ham yemiradi.
Shuning uchun tibbiyot, veterinariya va oʻsimlikshunoslikda uning faqat zararli
mikroblarni oʻldiradigan, ammo odam, hayvon va oʻsimlik organizmini
yemirmaydigan turlarigina ishlatiladi. Birinchi antibiotik preparat (tirotrisin)ni 1939-
yilda Dyubo tuproqda yashovchi Bacillus brevis nomli bakteriya olishga Muyassar
boʻldi. 1941-yilda ingliz olimi X. Flori bilan Antibiotiklar Fleming mogʻor zamburugʻi
(Penicilium poshit)ning bulon filtratidan penitsillin, G. F. Gauze va M. G. Brajnikova
1942-yilda tuproq bakteriyalaridan gramitsidin, Z. A. Vaksman 1944-yilda
Streptomyces griseus nomli zamburugʻdan streptomitsin olishga muyassar boʻldi.
Hozirgacha Antibiotiklarning 2000 dan ortiq turi aniqlandi va bu ish davom
ettirilmoqda. Amaliyotda faqat 10 — 20 tasi (penitsillin, streptomitsin, oksitetratsiklin,
sefaloridin, eritromitsin, levomisetin va boshqalar) qoʻllanilmoqda. Antibiotiklar turli
mikroorganizmlarga bir qadar oʻziga xos taʼsir koʻrsatadi. Masalan, penitsillin
grammusbat mikroorganizmlarga, streptomitsin esa, aksincha, grammanfiy
mikroorganizmlarga kuchliroq taʼsir etadi.
NATYURMORT JANRI ASOSIDA O’QUVCHILARDAN BADIIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH METODIK YONDASHUVLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola umumiy o’rta ta’lim maktbalarida Tasviriy san’at
fanini o’qitish bo’yicha natyurmort janrni o’rgatish metodikasini qo’llash bo’yicha
fanning istiqbollari bo’yicha keng fikr va mulohazalar yurtilib.bir qancha
ma’lumotlarni keng bayon etadi.
MAKTABGACHA TA’LIMDA OILA VA TA’LIM MUASSASASI HAMKORLIGINING SAMARADORLIGI
Annotatsiya: Ushbu maqola maktabgacha ta’limda oila va ta’lim muassasasi
o‘rtasidagi hamkorlikning ahamiyatini tahlil qiladi. Unda ota-onalar va
tarbiyachilarning o‘zaro muloqoti, axborot almashinuvi, bolaning rivojlanishi uchun
yagona yondashuvni shakllantirish va hamkorlikda turli tadbirlarni tashkil etishning
afzalliklari yoritilgan. Maqolada samarali hamkorlikka erishish yo‘llari ko‘rsatib
o‘tilgan.
KRIPTOVALYUTA VA BLOKCHEYN TEXNOLOGIYALARINING TALABALARNING MOLIYAVIY BILIMLARIGA TA`SIRI
Annotatsiya. Ushbu maqola kriptovalyuta va blokcheyn texnologiyalarining
talabalar orasida moliyaviy savodxonlikka ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Raqamli aktivlar bo‘yicha bilimlarning ortib borishi yosh avlodning moliyaviy qarorlar
qabul qilishiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani empirik ma’lumotlar asosida tahlil
qilinadi. Talaba yoshlar orasida blokcheynning tez sura`tlarda rivojlanayotgani,
shuningdek, blokcheynning xavfsizlik, shaffoflik va markazlashmagan tizim kabi
afzalliklari va kriptovalyutalarning investitsiya vositasi sifatida talabalarning e’tiborini
tortayotgan omillari o‘rganiladi.
ВАЖНОСТЬ IXLA (ИММУНОФЛЮМИНЕСЦЕНТНОГО АВТОМАТИЧЕСКОГО АНАЛИЗАТОРА) В ЛАБОРАТОРНОЙ ДИАГНОСТИКЕ
Аннотация; Иммунофлюоресцентный автоматический анализатор (IXLA)
представляет собой современное диагностическое оборудование,
обеспечивающее высокоточную и быструю идентификацию различных
биомаркеров в биологических жидкостях. Метод основан на применении
флуоресцентных меток, что позволяет достичь высокой чувствительности и
специфичности анализа. IXLA активно применяется в диагностике
инфекционных, аутоиммунных, гормональных и онкологических заболеваний.
Его автоматизация снижает влияние человеческого фактора и обеспечивает
стабильность результатов. Использование IXLA значительно повышает
эффективность лабораторной диагностики, ускоряет постановку диагноза и
способствует своевременному началу терапии. Данное оборудование стало
важным компонентом современной клинико-диагностической лаборатории.
SHIFOKOR QABULIGA NAVBAT JARAYONINI RAQAMLASHTIRISH VA UNING SAMARADORLIGI
Annotatsiya: Ushbu tezisda sog‘liqni saqlash sohasida shifokorga yozilish va
navbat kutish jarayonlarini raqamlashtirishning dolzarbligi yoritilgan. Tizimni
raqamlashtirish orqali xizmatlar sifati, vaqt tejalishi va bemorlarning qulayligi
ta’minlanadi. Mobil ilova va veb-portal orqali navbatlar avtomatlashtirilgan tarzda
tashkil etiladi. Shuningdek, shifokorlar ish yuklamasini kamaytirish, axborotlarni
tezkor yetkazish va boshqaruvni optimallashtirish imkoniyati yaratiladi.
SUN’IY INTELLEKT SHAROITIDA MA’LUMOTLAR HIMOYASI: TAHDIDLAR VA YECHIMLAR
Annotatsiya: Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining keng tarqalishi kiberxavfsizlik sohasida yangi imkoniyatlar bilan bir qatorda, jiddiy tahdidlarni ham yuzaga keltirmoqda. Ushbu maqolada SI bilan bog‘liq kiberxavfsizlik muammolari chuqur tahlil qilinadi. Jumladan, deepfake texnologiyalarining xavfi, shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq hujumlar va differential privacy tamoyili asosidagi himoya mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada global statistika, real tadqiqotlar va amaliyotda qo‘llanilayotgan texnologik yondashuvlar asosida ushbu muammolarning dolzarbligi va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, SI asosidagi himoya usullari (masalan, avtomatlashtirilgan tahdid aniqlash, differensial maxfiylik) kiberxavfsizlikni oshirishda katta salohiyatga ega, biroq ularning o‘zi yetarli emas — yuridik va etik me’yorlar bilan birga ishlashi muhim.
AI-POWERED PREDICTIVE ANALYTICS IN EMERGENCY MEDICINE: REDUCING RESPONSE TIME AND IMPROVING OUTCOMES
Abstract: The application of artificial intelligence (SI) technologies in the field
of emergency medicine makes it possible to radically change the quality of medical
services. Artificial intelligence-based predictive analysis plays a particularly important
role in reducing response time and improving outcomes. In emergency situations, every
second is calculated, so there is a need to make quick and clear decisions. With the help
of advanced AI algorithms and the ability to analyze large amounts of data, the
effectiveness of emergency medical care processes is increased.
AI IN PERSONALIZED MENTAL HEALTH INTERVENTIONS: CHATBOTS, PREDICTIVE MOOD TRACKING, AND ETHICAL CONCERNS
Abstract: With the development of artificial intelligence technologies, new
opportunities have emerged in the field of mental health. In particular, personalized
mental health interventions are playing an important role in providing tailored support
to individual human needs. With these approaches, specific strategies are developed to
improve the mental state of each person, increasing efficiency compared to traditional
approaches. Artificial intelligence technologies, including chatbots and mood
prediction systems, help humans manage their moods and reduce mental problems such
as stress, depression.
AUTONOMOUS MEDICAL ROBOTS POWERED BY AI: INNOVATIONS, LIMITATIONS, AND FUTURE PROSPECTS
Abstract: The development of the fields of artificial intelligence and robotics is
bringing about revolutionary changes in the field of Medicine. Autonomous medical
robots are creating new opportunities in maintaining human life and improving health.
This article will analyze in detail the innovations, existing limitations and future
prospects of autonomous medical robots that work using artificial intelligence.
O`ZBEK MILLIY CHOLG`USI BO`LMISH, CHANG CHOLG`USINI IJRO ETISH KO`NIKMALARI.
Annotatsiya: Ushbu maqola o‘zbek milliy cholg‘usi bo‘lmish , chang sozida
ijro etish ko‘nikmalarini egallash, chang cholg‘usida ijrochilik sanatini o‘rganishga
o‘zinin baxshiyda etgan yosh musiqachilar uchun asosiy nazariy va amaliy poydevor
sifatida qabul qilinishi hususida so ‘z yuritiladi.
JEYMS KLIRNING “ATOM ODATLAR” KITOBI: SHAXSIYAT, MUHIT VA O‘ZGARISH YO‘LI
Anotatsiya: Ushbu maqolada James Clear tomonidan yozilgan “Atom odatlar”
kitobining asosiy g‘oyalari tahlil qilinadi. Muallif kichik, ammo izchil odatlarning
hayotdagi katta o‘zgarishlarga olib kelishini ilmiy va amaliy misollar bilan asoslaydi.
Odatlarning shakllanishi, shaxsiyat va muhit omili asosida o‘rganiladi.
LINGUISTIC ANALYSIS OF ECONOMIC ADVERTISING TEXTS IN ENGLISH
This research explores the linguistic features of economic advertising texts in
English, focusing on the vocabulary, structure, and persuasive strategies used in
commercial messages. The study aims to identify how language is tailored to attract
consumers, influence purchasing decisions, and reflect economic concepts through
stylistic and semantic tools. Through the analysis of selected advertising samples from
global markets, the paper examines syntactic patterns, lexical choices, and rhetorical
techniques. The findings highlight the importance of clear, emotionally charged, and
economically loaded language in shaping consumer behavior and promoting products
or services effectively.
VOYAGA YETMAGAN BOLALAR OʻRTASIDA ALKOGOLIZMGA QARAMLIKNI OLDINI OLISHNING PSIXOLOGIK YECHIMLARI
Annotatsiya: Voyaga yetmaganlarning ichkilikbozligi noqonuniy giyohvand
moddalar yoki tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishdan ko’ra ancha keng tarqalgan
muammo bo’lib qolmoqda. Voyaga yetmaganlarning spirtli ichimliklarni iste’mol
qilishiga yo’l qo’ymaslik to’g’risidagi qonunlarning aksariyati Shtatlar tomonidan
qabul qilingan bo’lsa-da, federal darajada Qonunchilik faolligi va Shtatlarning
ushbu muammoni cheklash bo’yicha harakatlarini qo’llab-quvvatlashga qiziqish
mavjud.
O`RTA ASRLARDA SHARQNING BUYUK MUTAFFAKIRLARILARI RISOLALARIDA MUSIQANING TUTGAN O‘RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada o`rta asrlarda sharqning buyuk mutaffakirlari
risolalarida musiqaning tutgan o‘rni va ularning negizi ko‘rsatilgan. Ushbu
masalalarni hal qilishda olib borilgan tadqiqotlarga va olingan tajribalar natijalariga
binoan, uchraydigan muammolarni echimi taklifi berilgan.
ПРОБЛЕМА ЯЗЫКОВОГО ЕДИНСТВА В АРАБСКОМ МИРЕ: МЕЖДУ ФУСХА И ДИАЛЕКТАМИ
Аннотация: В статье обсуждается лингвистическая ситуация в арабском
мире, характеризующаяся сосуществованием классического арабского языка
(фусха) и региональных диалектов. Рассматриваются исторические и
социокультурные причины диалектного расслоения, а также особенности
крупнейших диалектных групп. Особое внимание уделяется проблеме
взаимопонимания между арабами разных стран, вопросам языковой
идентичности и возможностям формирования гибкой языковой политики.
QUYOSH SISTEMASINING TUZULISHI.
Ushbu maqolada Quyosh sistemasining asosiy tuzilishi, tarkibi va asosiy
komponentlari haqida so‘z boradi. Quyosh sistemi markazida Quyosh joylashgan
bo‘lib, uning atrofida sayyoralar, ularning yo‘ldoshlari, asteroidlar, kometalar va
boshqa kichik jismlar aylanishadi. Maqolada Quyosh sistemasining asosiy elementlari
— Quyosh, sayyoralar (Ichki va Tashqi sayyoralar), asteroid kamar, Kuiper kamar va
Oort buluti haqida batafsil ma'lumot beriladi. Shuningdek, Quyosh sistemasining
shakllanishi va uning kosmik tuzilishi haqida qisqacha tahlil qilinadi.
MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATDA MUHABBAT
Ushbu ilmiy maqola O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning muhabbat
lirikasiga bag‘ishlanib, uning ijodiy yo‘li, muhabbat mavzusidagi she’rlarining badiiy
xususiyatlari va o‘zbek adabiyotidagi o‘rni keng ko‘lamda tahlil qilinadi. Maqolada
shoirning sevgi va muhabbatni tasvirlashdagi o‘ziga xos uslubi, she’rlaridagi
samimiylik, musiqiy ohangdorlik va xalqona tasvirlarning o‘rni alohida e’tiborga
olinadi. Muhammad Yusufning ijodi o‘zbek xalq she’riyatining an’analarini davom
ettirish bilan birga, zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi muhabbat tasviriga yangicha
yondashuv keltirgani tahlil qilinadi. O‘zbekistonning mustaqillik davri adabiyoti
kontekstida shoirning muhabbat lirikasining ijtimoiy va madaniy ahamiyati,
shuningdek, uning she’rlari orqali milliy o‘zlik, sevgi, sadoqat va insoniy
qadriyatlarning targ‘ib qilinishi yoritiladi. Maqola shoirning ijodini o‘rganish orqali
o‘zbek adabiyotidagi muhabbat lirikasining rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash va
Muhammad Yusufning kelajak avlodlar uchun ahamiyatini baholashga qaratilgan.