T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
70
ISSN:3030-3613
HUQUQ TA’LIMI MUAMMOLARI
Andijon davlat pedagogika instituti ijtimoiy va
amaliy fanlar fakulteti magistratura bo’limi
“Huquq ta’limi” 1-bosich talabasi
Odilova Sevaraxon Ibrohimjon qiz
i
Annotatsiya
Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida huquq taʼlimi sohasida mavjud
boʻlgan dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari tahlil qilinadi. Xususan,
huquqiy savodxonlik darajasining pastligi, taʼlim tizimida amaliyotga yoʻnaltirilgan
yondashuvning yetishmasligi, zamonaviy metod va texnologiyalarning yetarlicha
qoʻllanilmayotgani kabi masalalarga eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, huquqshunos
kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv dasturlarining takomillashtirilishi hamda xalqaro
tajribaning tatbiq etilishi bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Maqola huquq taʼlimi
islohotlariga oid ilmiy-amaliy tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.
Kalit so’zlar
:Huquq taʼlimi, huquqiy savodxonlik, taʼlim sifati, amaliy
yondashuv, oliy huquqiy taʼlim, huquqshunos kadrlar,oʻquv dasturlari, pedagogik
metodlar, taʼlim tizimi islohotlari, huquqiy madaniyat,Kasbiy kompetensiya.
Абстрактный
В статье анализируются современные проблемы в сфере юридического
образования в Республике Узбекистан и пути их преодоления. В частности, будет
уделено внимание таким проблемам, как низкий уровень правовой грамотности,
отсутствие практико-ориентированного подхода в системе образования,
недостаточное использование современных методов и технологий. Также будут
выдвинуты предложения по повышению качества юридической подготовки,
совершенствованию учебных программ и внедрению международного опыта.
Статья содержит научные и практические рекомендации по реформированию
юридического образования.
Ключевые слова:
Юридическое образование, правовая грамотность,
качество образования, практический подход, высшее юридическое образование,
юридические кадры, учебные программы, педагогические методы, реформы
системы образования, правовая культура, профессиональная компетентность.
Abstract
This article analyzes the current problems in the field of legal education in the
Republic of Uzbekistan and ways to overcome them. In particular, attention is paid to
such issues as the low level of legal literacy, the lack of a practice-oriented approach
in the education system, and the insufficient use of modern methods and technologies.
Also, proposals are put forward on the quality of legal training, the improvement of
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
71
ISSN:3030-3613
curricula, and the implementation of international experience. The article contains
scientific and practical recommendations on legal education reforms.
Keywords:
Legal education, legal literacy, quality of education, practical
approach, higher legal education, legal cadres, curricula, pedagogical methods, reforms
of the education system, legal culture, Professional competence.
KIRISH
Bugungi globallashuv va axborotlashuv davrida jamiyatda huquqiy ong va
huquqiy madaniyatning yuksalishi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa,
fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini bilishi, ulardan to‘g‘ri foydalanishi bevosita
huquqiy taʼlim tizimining samaradorligiga bog‘liqdir. Oʻzbekistonda so‘nggi yillarda
ushbu yo‘nalishda muhim islohotlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, hali hanuzgacha
huquq taʼlimida bir qator ko’zga ko’ringn muammoli vaziyatlar bor. Jumladan, o‘quv
dasturlarining amaliyotdan uzoqligi, taʼlim metodlarining eskirganligi, huquqshunos
kadrlar tayyorlashda sifat mezonlarining yetarlicha shakllanmaganligi shular
jumlasidan desak also mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu maqolada huquq taʼlimining
mavjud muammolari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yo‘llari va takliflar ilgari
suriladi.
1
Zamonaviy demokratik jamiyatning asosiy ustunlaridan biri bu – aholining
huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyati hisoblanadi. Har bir fuqaroning huquq
va majburiyatlarini to‘g‘ri anglay olishi, huquqiy normalarga hurmat bilan yondashishi
huquqiy davlat barpo etishning ajralmas bir qismidir. Aynan shu sababli, huquqiy
taʼlim tizimining sifati va samaradorligi Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlar
doirasida alohida e’tiborga loyiq sanaladi. Biroq bu sohada qator muammolar mavjud
bo‘lib, ularni aniqlash va bartaraf etish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Huquqiy taʼlimdagi asosiy muammolarga keladigan bo’lsak,
Amaliyotdan uzoqlik
Huquqiy taʼlimning asosiy kamchiliklaridan biri bu – nazariy bilimlarning
ustuvorligi va amaliy ko‘nikmalarning yetarli darajada shakllantirilmasligidir.
Talabalar ko‘pincha real hayotdagi huquqiy vaziyatlarga tayyor emas, bu esa ularning
mehnat bozorida raqobatbardoshligini pasaytiradi.
O‘quv dasturlarining yangilanishga muhtojligi
Ko‘plab huquqiy fanlar bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar eskirgan,
ayrim hollarda amaldagi qonunchilikka mos kelmaydi. Bu esa ta’lim sifatini tushiradi
va zamonaviy huquqiy muhitga mos kadrlar tayyorlashga to‘sqinlik qiladi.
1.
1
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Yangi O‘zbekiston strategiyasi.- Toshkent, 2021. -458 b.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
72
ISSN:3030-3613
Pedagogik metodikalar va texnologiyalar kamligi
Axborot texnologiyalari davrida ham ko‘plab ta’lim muassasalarida interaktiv
va innovatsion uslublar yetarli darajada qo‘llanilmayapti. Talabalarning mustaqil
fikrlash, tahlil qilish, qonunchilikni qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi
metodikalar hali keng tatbiq etilmagan.
Kadrlar malakasi
Ba’zi taʼlim muassasalarida dars berayotgan pedagoglarning o‘zlari ham
zamonaviy yondashuvlardan uzoq, doimiy kasbiy rivojlanish tizimi yetarli darajada
yo‘lga qo‘yilmagan. Bu esa taʼlim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Huquqiy taʼlimni takomillashtirish yoʻllari va amaliyot bilan integratsiyani
kuchaytirish
Taʼlim jarayonida sud, prokuratura, advokatura kabi huquqni muhofaza qiluvchi
organlar bilan hamkorlikni kuchaytirish juda muhim. Talabalar uchun amaliy
mashg‘ulotlar, sud jarayonlarida ishtirok etish shu jumladan, yuridik klinikalar orqali
tajriba orttirish imkoniyatlarini kengaytirish bugungi kunning zamonaviy talabidir.
Zamonaviy darsliklar va metodikalar ishlab chiqish
Qonunchilikdagi o‘zgarishlarga mos, interaktiv yondashuv asosida tayyorlangan
yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarni yaratish muhim. Bu darsliklar nafaqat
bilim berishi, balki talabaning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishi kerak.
Pedagoglarni qayta tayyorlash va malaka oshirish
Huquqiy fanlarni o‘qitayotgan ustozlar uchun zamonaviy metodika va
texnologiyalar asosida malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish lozim. Bu nafaqat
ta’lim sifatini oshiradi, balki pedagoglarning kasbiy rivojlanishini ta’minlab beradi.
Xalqaro tajribani o‘rganish
Yuqori rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish va mahalliy sharoitga
moslashtirish orqali taʼlim tizimida innovatsion yondashuvlar joriy etilishi mumkin.
Xalqaro huquq, inson huquqlari, yuridik etika kabi yo‘nalishlar bo‘yicha yangi kurslar
kiritish ham ijobiy samara beradi. Shu jumladan huquq fanidan sertifikatlarning joriy
etillishi va shu fanga rag’batni kuchaytirish kerak.
2
Yuqoridagi tahlillar asosida xulosa qilish mumkinki, huquqiy taʼlim – bu
shunchaki huquqshunos mutaxassislar tayyorlash emas, balki jamiyatning huquqiy
ongi va madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi muhim strategik yo‘nalishdir.
O‘z navbatida, bu sohada mavjud bo‘lgan muammolar – taʼlimning amaliyotdan
uzilishi, o‘quv dasturlarining zamonaviy talablar bilan uyg‘un emasligi, innovatsion
metodikalarning sustligi va pedagogik kadrlar malakasining yetarli emasligi – umumiy
2 .
2
http:www.uzedu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi sayt
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
73
ISSN:3030-3613
taʼlim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Huquqiy taʼlimni takomillashtirish uchun
quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim:
— taʼlim va amaliyot o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish;
— zamonaviy, interaktiv o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish va joriy etish;
— pedagog kadrlar malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
— xalqaro tajribani chuqur o‘rganish va milliy taʼlim tizimiga moslashtirish.
Shuningdek, fuqarolarning har bir qatlamiga moslashtirilgan huquqiy
savodxonlikni oshirish dasturlari, maktabdan boshlab bosqichma-bosqich huquqiy
tarbiya berish tizimini kuchaytirish ham zarur. Zero, huquqiy bilimli fuqaro – qonun
ustuvorligiga amal qiluvchi jamiyatning tayanchidir. Shunday ekan, huquqiy taʼlimni
isloh qilish, zamon talablariga mos ravishda rivojlantirish bugunning dolzarb
vazifasidir va bu boradagi har bir tashabbus kelajak avlodning huquqiy ongini
shakllantirishga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
© 2020 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»
2.
Mirziyoyev Shavkat Miromonovich. Yangi O‘zbekiston strategiyasi.- Toshkent,
2021. -458 b.
3.
http:www.uzedu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi sayt
4.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. –t.: Ma’naviyat, 2008
5.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – t. : O’zbekiston , 2023