T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
45
ISSN:3030-3613
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA ZAMONAVIY INTERAKTIV
METODLARDAN FOYDALANISH
Toshkent shahar Profy Universiteti
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi 5 kurs talabasi
Sotiboldiyeva Subhidam Fazlidin qizi
mashxurbek9090@gmail.com
Annotatsiya:
Mazkur maqolada boshlang’ich sinf darslarida interaktiv
metodlardan foydalanish, boshlang’ich ta’limni tashkil etishda interaktiv metodlarning
tutgan o’rni va interaktiv metodlarning boshlang’ich ta’lim sinf o’qituvchilarining
innovatsion faoliyatining ajralmaaas qismi sifatidagi ahamiyati, boshlang‘ich ta’lim
jarayonida
zamonaviy
interaktiv
metodlardan
foydalanishning
ahamiyati,
samaradorligi va ularni amaliyotga tadbiq etish yo‘llari tahlil qilingan. Ta’limda
innovatsion yondashuvlarni qo‘llash orqali o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini
oshirish, ularning mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalarini
rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan.
Kalit so’zlar:
interaktiv, metod, innovatsion texnologiyalar, printsip, pedagogic
texnologiyalar, ta’limtamoyillari, modellashtirish
Аннотация:
В данной статье анализируется применение интерактивных
методов на уроках начальной школы, роль интерактивных методов в
организации начального образования и значение интерактивных методов как
неотъемлемой части инновационной деятельности учителей начальных классов,
важность и эффективность использования современных интерактивных методов
в процессе начального образования, пути их внедрения на практике. Освещены
возможности повышения интереса учащихся к уроку, развития у них
самостоятельного мышления и навыков решения проблем за счет использования
инновационных подходов в образовании.
Ключевые слова:
интерактив, метод, инновационные технологии,
принцип,
педагогические
технологии,
образовательные
тенденции,
моделирование.
Abstract:
This article analyzes the use of interactive methods in primary school
lessons, the role of interactive methods in the organization of primary education and
the importance of interactive methods as an integral part of the innovative activities of
primary school teachers, the importance and effectiveness of using modern interactive
methods in the primary education process, and ways to implement them in practice.
The possibilities of increasing students' interest in the lesson, developing their
independent thinking and problem-solving skills through the use of innovative
approaches in education are highlighted.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
46
ISSN:3030-3613
Keywords:
interactive, method, innovative technologies, principle, pedagogical
technologies, educational trends, modeling
KIRISH
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida interaktiv metodlardan qo’llanilishini
ta’minlash. keng foydalanish va bugungi kunda O’zbekiston huquqiy demokratik
davlat va adolatli jamiyat yo’lida izchil qadamlar tashlayotganligi sababli Ta’lim
to’g’risidagi barcha qaror va farmonlar tubdan isloh qilindi. Shaxs manfaati barcha
manfaatlardan ustun qo’yildi va ta’lim ustuvorligi qaror topdi.Ta’lim sifatini yanada
takomillashtirish “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi “ ni amalga oshirish shartlaridan
biridir. Shu maqsadda, muhtaram birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan
Milliy dasturni amalga oshirish bosqichida (2001-2005) “ o’quv tarbiyaviy jarayon
ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash “ g’oyasi ilgari surilgan edi. Ya’ni
bunda ta’lim beruvchi (o’qituvchi) ham ta’lim oluvchi (o’quvchi) ham birdek faol
harakatda bo’lmog’i kerak.Shuning uchun ham biz asosiy diqqatimizni boshlang’ich
ta’lim tizimiga qaratmoqchimiz.Chunki bizning kelajagimiz bo’lgan yosh-avlod asosiy
ya’ni fundamental bilimni shubhasiz, boshlang’ich sinfdan olishni boshlaydi. Bizning
maqsadimiz bugungi kun pedagoglari o’z faoliyatidainnovatsion pedagogik
texnologiyalar asosida interaktiv metodlardan keng foydalana olishidir. Lekin bugungi
kunda interaktiv metodlardan foydalanib, ham o’qituvchi ham o’quvchi birdek faol
harakat qilayotganligini barcha umumta’lim maktablarida ham kuzatish qiyin masala.
Shuning uchun biz bu mavzuni bugungi kunning dolzarb masalasiga aylantirdik.
MUHOKAMA
Matematika darslarini tashkil qilishda nazariyadan ko‘ra ko‘proq amaliyotga
e’tibor berish hamda o‘quvchilarga tayyor o‘quv materiallarini berishga asoslangan
yondashuvdan ma’lum darajada voz kechish talab qilinadi. Matematika darslarida
ko‘proq keys, tadqiqot, loyiha, kichik o‘quv kashfiyotlari kabi interaktiv metodlardan
foydalanish tavsiya etiladi. O‘quvchilarda kichik tadqiqotchilik ko‘nikmalarini
shakllantirishda kuzatish, tajriba, o‘lchashlar, analiz (tahlil) va sintez, induksiya va
deduksiya, taqqoslash va analogiya kabi ilmiy izlanish metodlaridan o‘rnida
foydalanish talab etiladi. O‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shunchaki shakllantirib
qolmasdan, ularni hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish kompetensiyalarini ham tarkib
toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. Turli yosh davrlarida insonning xulq-
atvorivafaoliyatini boshqarishning o‘ziga xosliklari, psixikva psixofiziologik
rivojlanishning maxsus qonuniyatlari hamda individual o‘ziga xosliklarini hisobga
olish vositalaridan foydlanish qobiliyatiga egalik, psixologik va pedagogik
tadqiqotlarning miqdor va sifat metodlarini egallaganlik. Turliyosh guruhidagi
bolalarning rivojlanishi, muloqoti,faoliyatini tashxis etish metodlaridan foydalanish
qobiliyatiga egalik; O‘qitish, tarbiya, rivojlanishning turli nazariyalariga doir bilimlar,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
47
ISSN:3030-3613
ta’limning turli bosqichlarida o‘qitish dasturlaridan foydalanish qobiliyati;
Bolalarning xilma-xil faoliyatini tashkil etish usullarini egallaganlik; Ta’lim jarayoni
subyektlarining birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyati va shaxslararo o‘zaro harakatini
tashkil etish usullarini egallaganlik pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy ahamiyat
kasb etishini tushunish, kasbiy etika tamoyillariga rioya qilish; Jamiyatning ijtimoiy-
madaniy tuzilmasining o‘ziga xosliklari, shuningdek, milliy tarbiyaning qonuniyat va
tamoyillarini hisobga olgan holda, ko‘p madaniyatlilik muhitida kasbiy faoliyatni
tashkil etish usullarini egallash; Kasbiy vazifalarni hal etishda fanlararo va vakolatli
tuzilmalarning birgalikdagi faoliyatida ishtirok etishga qobiliyatlilik; Kasbiy faoliyatda
bola huquqlari to‘g‘risidagi asosiy xalqaro va milliy meyoriy huquqiy hujjatlardan
foydalanish qobiliyati; Tanqidiy fikrlash metodikasini o‘zlashtirganlik; Inklyuziv
ta’limga qadriyatli munosabatning tarkib topganligi; Ta’lim oluvchilarga o‘zgaruvchan
mehnat bozori talablariga moslashuvchanlikka doir kompetensiyalarni rivojlantirishga
yordam beradigan va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga imkon beradigan
natijaviylik va mobillikka yo‘naltirilgan o‘qitishga qobiliyatlilik.
Fanga doir kompetensiyalar.
Boshlang‘ich ta’limning o‘ziga xosliklarini anglash, turli tipdagi ta’lim
muassasalarida bolalarni o‘qitishda uzviylikni amalga oshirish vositalarini
egallaganlik; Boshlang‘ich ta’limga doir zamonaviy bilimlarni egallaganlik;
Boshlang‘ich ta’limga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘llay olish hamda
egallangan tayanch bilimlarni o‘quvchilarga uzatishga qobiliyatlilik; Boshlang‘ich
ta’lim yo‘nalishi fan dasturlarii (ona tili, bolalar adabiyoti, matematika, geografiya
(atrof, olam), texnologiya) doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi
ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutiladi: Til va adabiyot fanlari ona tili, adabiyot,
o‘zbek tili (ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun), qardosh tillar
(qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman), rus tili (ta’lim rus va o‘zbek tilida olib boriladigan
maktablar uchun) o‘quv predmetlarini qamrab oladi hamda ularning o‘zaro
aloqadorligini ta’minlaydi. Adabiyot so‘z san’atidir, shu sababli ona tilini puxta
o‘zlashtirmasdan turib, adabiyotning go‘zalligi va qudratini anglab bo‘lmaydi. Ona tili
va adabiyot fani darslarida amalga oshirish lozim bo‘lgan asosiy masala o‘quvchida
so‘zga qiziqish va e’tibor hissini muntazam sur’atda o‘stirib borishdan, ularga so‘zning
ahamiyati, turli matnlarda tutgan o‘rnini tushuntirishdan iborat. Fanlararo bog‘lanishni
tafakkurning rivojlanishiga qiyoslash mumkin. Fanlarni o‘zaro bog‘lab o‘rganish, u
yoki bu fan bo‘yicha o‘rganilayotganvoqea hodisa haqida o‘quvchida jonli mushohada
qilish malakasini o‘stiradi. Bu bilan o‘quvchi voqea-hodisa haqida aniq tasavvurga ega
bo‘ladi. O‘qituvchi ona tili, adabiyot hamda o‘zbek tili fanlarini boshqa fanlar bilan
uzviy bog‘lagan holda oʻqitar ekan, yangi materialni bayon qilish, mustahkamlash
jarayonida, shuningdek, takrorlash, umumlashtirish vaqtida u yoki bu mavzu yuzasidan
o‘rni bilan bog‘laydi va o‘quvchini mantiqiy, tahliliy mushohadaga undovchi turli
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
48
ISSN:3030-3613
mazmunga oid matnlardan foydalanadi. Bunday matnlardan foydalanish o‘quvchini
ijodiy fikrlash, matnni tushunishga o‘rgatadi hamda ularning bilimi va
dunyoqarashining boyishiga xizmat qiladi.
NATIJA
Yosh avlod ma’naviyatini rivojlantirish o‘zbek xalqining boy tarixi, milliy
qadriyat-lari, urf-odatlari va ularni o‘zida aks ettirgan adabiy-badiiy meros bilan
yaqindan tanish-tirish, milliy an’ana, bayram, urf-odatlar asosida shakllangan milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni singdirishni taqozo etadi. Bunda, jumladan, o‘zbek
adabiyotining ixcham va go‘zal namunalari, xalqning tarixiy,madaniy hayotiga xos
muhim lavhalar, jahon milliy madaniyatiga hissa qo‘shgan o‘zbek xalqi vakillarining
ijodiy merosini o‘rganish ham ko‘zda tutiladi. Bu jarayonda o‘rganilayotgan so‘z va
so‘z shakllarini to‘g‘ri talaffuz qilish hamda yozish, so‘zni grammatik jihatdan to‘g‘ri
shakllantirish, so‘zlarni o‘rinli tanlash va sintaktik-uslubiy jihatdan to‘g‘ri
baholayolish,j umla tuzish va nutq ohangini belgilashda adabiy til imkoniyatlaridan
o‘rinli foydalanish talab etiladi. Til o‘rganishda uzluksiz ta’limning boshlang‘ich va
umumiy o‘rta bosqichlarida til ta’limining lisoniy, lingvo-psixologik, sotsiopsixologik
va paralingvistikva, muhimi, umumdidaktik va o‘ziga xos metodik xususiyatlardan
kelib chiqqan holda hosil qilinadigan nutqiy-kommunikativ, grammatik va umum
tarbiyaviy vazifalar belgilanadi. “Ona tili” nafaqat leksik va grammatikme’yorlarni
o‘rgatuvchi,
balki
o‘quvchi
nutqiyfaoliyatida
ixtiyoriy
mavzu,
fanlar
kesimidagimatnlarni tinglab tushunish, to‘g‘ri o‘qish,orfoepik va orfografik
me’yorlarni qoʻllashsalohiyatini rivojlantirishiga xizmat qiladigan fandir.
O‘quvchining mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashi uchun ona tili darslarida o‘qib
tushunishga alohida e’tibor qaratiladi. Ona tilini puxta o‘zlashtirgan o‘quvchi boshqa
fanlarni qoniqarli o‘zlashtiradi. O‘qish savodxonligi mukammal bo‘lgan o‘quvchi
boshqa fanlarda o‘rganayotgan matnlarni o‘qish orqali mantiqiy, tanqidiy, ijodiy
fikrlaydi , olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqati rivojlantiriladi. Shuningdek,
o‘quvchining mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga
yo‘naltirilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, PIRLS) talablariga mos keladigan
matnlar bilan ishlashga mo‘ljal-langan amaliy topshiriqlarni matnlarning mazmuniga
moslashtirish o‘qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri. Bunda matnni tushunish,
tahliliy, tanqidiy fikrlash va munosabat bildirish malakalarini shakllantirish ko‘zda
tutiladi. Bolаlar adabiyoti fani milliy hamda jahon bolalar adabiyoti milliy o‘zbek
bollar adabiyotining nodir namunalarini bilish asosida o‘quvchining ma’naviy-axloqiy
dunyosi, adabiy-estetik didini shakllantiradi hamda ularda mustaqil fikrlash, obrazli
tafakkurga oid bilim, ko‘nikma, malakalarni hosil qilish va rivojlantirish, o‘quvchini
badiiy adabiyotga qiziqtirish, asarlarni o‘rgatish jarayonida olam va inson tabiati,
milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, kitobxonlik madaniyatini
shakllantirish
orqali
o‘quvchining ma’naviyatini boyitish, dunyoqarashini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
49
ISSN:3030-3613
kengaytirishga xizmat qiladi. O‘qish (umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflari
o‘quv rejasidagi adabiyot) fani og‘zaki va izchil nutqni o‘stirish, so‘z boyligini
oshirish, to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga ularda kitobxonlik va nutq
madaniyati hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘qish
fanini o‘qitish orqali o‘quvchida to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qish malakalarini
shakllantirish; mutolaaga muhabbat uyg‘otish, ularni oddiy kitob oʻquvchidan chuqur
mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish; o‘qish orqali tevarak-atrof,
borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, dunyoqarashini boyitish; axloqiy-estetik va
mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; nutqi va tafakkurini o‘stirish; tafakkurida elementar
adabiy tushunchalarni shakllantirish; o‘quvchining fikr-lashini oʻstirish ko‘zda tutiladi.
O‘qish darslari oldiga qo‘yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi
darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog‘liq bo‘lib qolmay, balki bolani
qurshab olgan hayot, tabiatdagi o‘zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat
bilan ham o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim.
XULOSA
Boshlang‘ich ta’lim bosqichida zamonaviy interaktiv metodlardan foydalanish
ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu
metodlar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi, ularning mustaqil
fikrlash, amaliyotga yaqinlashish va muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantiradi.
Shuningdek, interaktiv yondashuvlar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida samarali aloqani
ta’minlaydi hamda o‘quvchilarni darsda faol ishtirok etishga undaydi. Natijada,
o‘quvchilarning bilim darajasi ortadi, ularning ijtimoiy va psixologik jihatdan
rivojlanishi ta’minlanadi. Shu sababli boshlang‘ich ta’limda interaktiv metodlardan
keng foydalanish zamonaviy pedagogikaning ajralmas qismiga aylanmoqda
.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.
Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish
chora tabirlari to‘g‘risida. Uzbekiston Respublikasi prezidentining PQ– 4708-son
07.05.2020 Qarori.
2.
Стратегия
действий
попятиприоритетным
направлениям
развития
Республики Узбекистан в 2017-2021годах. К Указу Президента Республики
Узбекистан от 7 февраля 2017 года №УП–4947.
3.
Дрига
В.И.
Развитие
профессиональной
карьеры
современного
педагогавусловиях креативного образования/В.И. Дрига // Стандартыи
мониторинг вобразовании. – 2012. – №4. –С. 48–51
4.
Tursynbaevich, A. B., Kizi, U. A. S.,&Kizi, A. G. B. (2022). WindMill
andSolarEnergy. Texas Journal of Engineering and Technology, 15, 178-180.
5.
Аметов, Б. Т. (2021). Возникновение ИРаспространение Ударной
ВолныВТвердом Теле. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN
ILMIY JURNALI, 1(6), 42-44.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
50
ISSN:3030-3613
6.
Аметов, Б. Т., Султанбаев, А. П.,&Жангабаев, А. К. (2021).ВОЗМОЖНОСТИ
И ПРОБЛЕМЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ВОЗОБНОВЛЯЕМЫХ ИСТОЧНИК
ОВЭНЕРГИИ. In КОНКУРС МОЛОДЫХ УЧЁНЫХ (pp. 72-74).