T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
140
ISSN:3030-3613
FOYDALANUVCHILARNI EKOLOGIK FAOLIYATGA JALB ETISHDA
RAQAMLI MUKOFOTLASH TIZIMINING SAMARADORLIGI:
ECOHABIT LOYIHASI TAHLILI
Xasanova Mohichexra Farxod qizi
Chirchiq davlat pedagogika
universiteti 3-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada foydalanuvchilarni ekologik faoliyatga jalb
etishda raqamli mukofotlash tizimining samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot
doirasida
EcoHabit
loyihasi misolida foydalanuvchilarga beriladigan virtual ballar
(coinlar), reytinglar va darajalar orqali ekologik ong va xatti-harakatlarni
rag‘batlantirish usullari o‘rganildi. Maqolada gamifikatsiya elementlari (ketma-ketlik,
unvonlar, musobaqalar) yordamida foydalanuvchilarning ishtiroki ortgani, ularning
eko-odatiy faoliyatga nisbatan motivatsiyasi kuchaygani kuzatildi. Tahlil natijalari
shuni ko‘rsatdiki, raqamli mukofotlash tizimi orqali ekologik ongni oshirish va
barqaror yashash tarzini shakllantirish mumkin. Ushbu yondashuv ekologik
loyihalarda innovatsion vosita sifatida samarali qo‘llanilishi mumkin.
Kalit so‘zlar :
Raqamli mukofotlash, ekologik xatti-harakat, foydalanuvchi
motivatsiyasi, gamifikatsiya, EcoHabit, barqaror rivojlanish, ekologik ong.
Аннотация:
В данной статье анализируется эффективность цифровой
системы поощрения в привлечении пользователей к экологической активности.
В рамках исследования был рассмотрен проект EcoHabit, в котором пользователи
мотивируются на повышение экологического сознания и поведения с помощью
виртуальных баллов (коинов), рейтингов и уровней. В статье исследуются
элементы геймификации (серии, звания, конкурсы), которые способствуют
увеличению вовлеченности пользователей и укреплению их мотивации к
экологичному образу жизни. Результаты анализа показывают, что цифровое
поощрение эффективно способствует формированию экологического сознания и
устойчивого образа жизни. Такой подход может быть использован как
инновационный инструмент в экологических проектах.
Ключевые слова:
Цифровое поощрение, экологическое поведение,
мотивация пользователей, геймификация, EcoHabit, устойчивое развитие,
экологическое сознание
Annotation:
This article analyzes the effectiveness of a digital reward system in
engaging users in ecological activities. Within the study, the EcoHabit project was
examined as a case in which users are motivated towards environmental awareness and
behavior through virtual points (coins), rankings, and levels. The article explores how
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
141
ISSN:3030-3613
gamification elements (streaks, titles, competitions) increase user participation and
strengthen their motivation for eco-friendly habits. The findings show that digital
incentives can effectively promote environmental awareness and encourage
sustainable lifestyles. This approach can be used as an innovative tool in ecological
projects.
Keywords:
Digital incentives, ecological behavior, user motivation,
gamification, EcoHabit, sustainable development, environmental awareness
KIRISH
Global ekologik muammolar kuchayib borayotgan hozirgi kunda odamlarning
kundalik hayotidagi xulq-atvorini barqaror rivojlanish tamoyillariga moslashtirish
zarurati ortmoqda[1]. Xususan, iste’mol madaniyatining haddan tashqari ortishi,
chiqindilarni qayta ishlash tizimlarining yetarli bo‘lmasligi va iqlim o‘zgarishining
salbiy oqibatlari jahon hamjamiyatini yangi motivatsion mexanizmlarni joriy etishga
undamoqda. An’anaviy ta’lim va ma’ruza usullari bilan ekologik ongni oshirish keng
ommaga yetib borgani bilan, odamlarning real xatti-harakatini o‘zgartirishda yetarli
darajada samarali bo‘lmay qolishi kuzatiladi.
Oxirgi o‘n yillikda gamifikatsiya — ya’ni o‘yin elementlarini noo‘yin
kontekstga tatbiq etish yondashuvi — ijtimoiy va pedagogik loyihalarda, shu jumladan
atrof-muhitni muhofaza qilish dasturlarida keng qo‘llanilmoqda. Virtual mukofotlar,
reytinglar, darajalar va ketma-ketlik kabilar foydalanuvchilarning rag‘batini
kuchaytirib, ularning faol ishtirokini ta’minlaydi. Biroq, ushbu raqamli rag‘bat
tizimlarining ekologik xulq-harakatni shakllantirish va barqaror yashash tarziga
o‘tkazish borasidagi aniq samaradorligi va mexanizmlari hali ham ilmiy jihatdan to‘liq
o‘rganilmagan[2].
Muammoning dolzarbligi
Bugungi kunda insoniyat global ekologik inqiroz yoqasida turibdi. Atmosfera
ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilarning ko‘payishi
va tabiiy resurslarning haddan tashqari ekspluatatsiyasi kabi muammolar butun dunyo
hamjamiyatining jiddiy e’tiborini talab qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, atrof-muhitni
muhofaza qilish va barqaror rivojlanishga erishish yo‘lida aholi, ayniqsa yoshlarning
ekologik ongini shakllantirish dolzarb masalaga aylanmoqda. An’anaviy usullar –
ma’ruzalar, bannerlar yoki darsliklar orqali yetkaziladigan ekologik targ‘ibot
samaradorligi cheklangan bo‘lib, ular ko‘pincha insonning kundalik xatti-harakatlariga
ta’sir eta olmaydi[3]. Shu sababli, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
asosida innovatsion va interaktiv yondashuvlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Xususan,
gamifikatsiya va raqamli mukofotlash tizimlari orqali foydalanuvchilarning ekologik
faoliyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni ekologik odatlarni shakllantirishga
rag‘batlantirish mumkin. Ushbu maqolada ana shunday yondashuvlardan biri –
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
142
ISSN:3030-3613
EcoHabit loyihasi misolida raqamli mukofotlash tizimining samaradorligi tahlil
qilinadi[4].
Ushbu tadqiqotda
EcoHabit
loyihasi misolida foydalanuvchilarga virtual ballar
(coinlar), unvonlar, reyting va darajalar yordamida ekologik faoliyatni rag‘batlantirish
samaradorligi o‘rganildi. EcoHabit loyihasi qamrovi keng bo‘lib, unda
foydalanuvchilar har kuni ekologik vazifalarni bajarib, o‘zaro musobaqalarda ishtirok
etishadi va natijalar asosida mukofotlanadi. Tadqiqot metodologiyasida sifat va
miqdoriy usullar uyg‘un qo‘llanilib, foydalanuvchilarning faoliyati statistik tahlil
qilingan, shuningdek, ularning tajribalari va fikr-mulohazalari umumlashtirilgan.
Maqolaning maqsadi raqamli mukofotlash elementlari ekologik xulq-harakatni
o‘zgartirish jarayonida qanday rol o‘ynashi, foydalanuvchi motivatsiyasini qaysi
omillar kuchaytirishi va EcoHabit modeli doirasida erishilgan natijalar asosida
samarali strategiyalarni aniqlashdan iborat. Tadqiqot natijalari ekologik loyihalarni
rejalashtirish va amalga oshirishda gamifikatsiya va raqamli rag‘batlantirish
vositalarini samaraliroq qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.
Ekologik muammolar kuchayib borayotgan hozirgi davrda aholining, ayniqsa,
yoshlarning ekologik xatti-harakatini shakllantirishda yangicha, innovatsion
yondashuvlarga ehtiyoj sezilmoqda. Shu asosda biz taklif qilayotgan yechim —
foydalanuvchilarni ekologik faoliyatga jalb etishda raqamli mukofotlash tizimidan
foydalanishdir. Mazkur yondashuv zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va
gamifikatsiya elementlari asosida ishlaydigan
EcoHabit mobil ilovasi
orqali amalga
oshiriladi.
Ilova foydalanuvchilarga har kuni ekologik topshiriqlarni bajarish imkonini
beradi, masalan, plastik mahsulotlardan voz kechish, chiqindilarni ajratib yig‘ish, suv
yoki elektr energiyasini tejash kabi oddiy harakatlar orqali ekologik xatti-harakatlar
shakllantiriladi. Har bir bajarilgan vazifa uchun foydalanuvchiga ballar (coinlar),
darajalar, reytinglar va unvonlar beriladi. Bu esa foydalanuvchilarning ichki
motivatsiyasini kuchaytiradi va ularni eko-faoliyatni davom ettirishga undaydi.
Ilovadagi real vaqt rejimidagi shaxsiy statistika moduli foydalanuvchining
ekologik ta’sirini aniq raqamlarda ko‘rsatadi (qancha CO₂ tejaldi, qancha chiqindi
kamaydi, necha litr suv tejandi). Bu esa foydalanuvchining o‘z harakatlarining ijtimoiy
foydasini his qilishiga yordam beradi. Shuningdek, foydalanuvchilar o‘zaro
musobaqalarda qatnashib, reytingda yuqori o‘rinlarni egallash orqali boshqalarga
o‘rnak bo‘lishadi.
Ushbu yondashuv orqali ekologik targ‘ibot og‘zaki yoki nazariy ma’lumotlar
bilan emas, balki foydalanuvchining amaliy ishtiroki va real mukofoti asosida
shakllanadi. Bu esa ekologik ongni mustahkamlashning eng samarali yo‘llaridan biri
hisoblanadi. Bizning yechim nafaqat individual foydalanuvchilarning odatlarini
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
143
ISSN:3030-3613
o‘zgartirishga, balki butun jamoalarda ekologik madaniyatni rivojlantirishga xizmat
qilishi mumkin.
EcoHabit ilovasining funksional imkoniyatlari
EcoHabit ilovasi foydalanuvchilarning ekologik ongini shakllantirish va
barqaror yashash tarziga o‘tishini rag‘batlantirish maqsadida quyidagi funksional
imkoniyatlarga ega:
Havo sifati monitoringi (AQI):
Ilova foydalanuvchining joylashuvi asosida havo sifatining real vaqtdagi holatini
ko‘rsatadi. AQI (Air Quality Index) darajasiga qarab foydalanuvchiga sun’iy intellekt
orqali maslahatlar taqdim etiladi. Bu tavsiyalar atrof-muhit sharoitiga qarab sog‘lom
faoliyatni rejalashtirishda yordam beradi.
Kunlik ekologik vazifalar:
Ilova har kuni foydalanuvchiga 5 tagacha ekologik vazifa (masalan, plastik
o‘rniga shisha idish ishlatish, do‘konga o‘z sumkasi bilan borish) taklif qiladi. Har bir
bajarilgan vazifa uchun foydalanuvchiga: CO₂ tejash miqdori, chiqindini kamaytirish
darajasi, va virtual ballar (coinlar) taqdim etiladi.
Shaxsiy statistika bo‘limi:
Foydalanuvchi o‘zining ekologik ta’sirini real raqamlarda kuzatishi mumkin.
Ilova orqali qancha:
CO₂ tejalgani, suv iqtisod qilingani, chiqindi kamaygani va energiya sarfi
qisqargani ko‘rsatiladi. Bu shaffof tahlil foydalanuvchining o‘zgarishlarni baholashi va
doimiy ishtirokni davom ettirishiga xizmat qiladi.
Gamifikatsiya tizimi:
Ilovada raqamli mukofotlash elementlari mavjud:
Ketma-ketliklar (streaklar),
foydalanuvchi darajalari (level),
unvonlar (masalan, “Eko-jangchi”),
musobaqalar va reytinglar.
Bu elementlar foydalanuvchining ichki motivatsiyasini oshirib, ekologik xatti-
harakatlarni o‘yin orqali kuchaytiradi.
Virtual jamg‘arma (coin tizimi):
Har bir ekologik vazifa bajarilganda foydalanuvchi ball (coin) yig‘adi. Ushbu ballar
orqali ilovada reytingda ko‘tarilish, musobaqalarda ishtirok etish va mukofotlar olish
mumkin. Bu esa foydalanuvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratadi.
Eko-xarita va kutubxona moduli:
Ilova foydalanuvchiga yaqin joylashgan ekologik nuqtalarni (masalan,
chiqindilarni qayta ishlash punktlari, yashil hududlar) ko‘rsatuvchi
eko-xarita
ga ega.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
144
ISSN:3030-3613
Shuningdek, foydali ma’lumotlar va maqolalar jamlangan
kutubxona bo‘limi
mavjud bo‘lib, foydalanuvchi o‘z bilimini oshirishi mumkin.
KUTILAYOTGAN NATIJALAR
EcoHabit loyihasi asosida raqamli mukofotlash tizimi joriy qilinishi natijasida
foydalanuvchilarning ekologik ong darajasi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Ilova
foydalanuvchilarni har kuni ekologik faoliyatga jalb qilgan holda, ularni atrof-muhit
muhofazasiga oid amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishga undaydi. Raqamli
ballar, darajalar va reytinglar orqali rag‘batlantirish mexanizmi foydalanuvchilarning
o‘zini qadrlash hissini shakllantirib, ularni yangi eko-odatlarga o‘rgatadi.
Foydalanuvchilar ilova orqali oddiy, ammo samarali ekologik odatlarni
shakllantirib boradilar. Masalan, plastik mahsulotlar o‘rniga qayta foydalaniladigan
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
145
ISSN:3030-3613
idishlardan foydalanish, o‘z sumkasi bilan do‘konga borish, ortiqcha energiya yoki suv
sarfini kamaytirish orqali barqaror yashash tarzi sari intilish kuchayadi. Bu esa uzoq
muddatda ijtimoiy ekologik madaniyatni yuksaltirishga olib keladi.
Ilovaning shaxsiy statistika funksiyasi foydalanuvchining ekologik faoliyatini
sonli ko‘rsatkichlar orqali namoyon qilgani sababli, foydalanuvchi o‘z harakatining
natijasini aniq ko‘rib boradi. Tejalgan CO₂ miqdori, sarflanmagan litr suv, kamaygan
chiqindi va energiya miqdori kabi ko‘rsatkichlar foydalanuvchini ichki rag‘bat bilan
harakat qilishga undaydi.
Reytinglar, musobaqalar va darajalar orqali foydalanuvchilar o‘zaro raqobatga
kirishadi. Bu ijtimoiy raqobat esa ekologik faoliyatning ommalashuviga,
foydalanuvchilar o‘rtasida eko-jamoaviylik hissining shakllanishiga xizmat qiladi.
Ilovada yuqori ball to‘plagan foydalanuvchilarga beriladigan “eko-jangchi” unvoni
ularni boshqalarga namuna bo‘lishga undaydi va ekologik liderlikni rivojlantiradi.
Shuningdek, ushbu tizim keng jamoatchilikni, xususan, yoshlar va talabalarni ekologik
faoliyatga jalb etish orqali ularning tashabbuskorligini oshiradi. Yangi eko-avlodning
shakllanishi esa jamiyatda ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam
bo‘lib xizmat qiladi.
EcoHabit modeli asosida yaratilgan raqamli mukofotlash tizimi kelgusida
boshqa ekologik platformalar va davlat dasturlariga moslashtirilishi mumkin. U davlat
va jamoat tashkilotlari uchun ekologik siyosatni samarali olib borishda innovatsion
vosita bo‘lib xizmat qilishi, shuningdek, aholi bilan interaktiv aloqa o‘rnatishda yangi
imkoniyatlar yaratishi mumkin.
XULOSA
Ushbu maqolada foydalanuvchilarni ekologik faoliyatga jalb etishda raqamli
mukofotlash tizimining samaradorligi EcoHabit loyihasi misolida tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, gamifikatsiya elementlari — ballar, darajalar,
musobaqalar va unvonlar orqali foydalanuvchilarning ekologik xatti-harakatlari
sezilarli darajada faollashadi. Ilovaning foydalanuvchiga moslashtirilgan topshiriqlar
tizimi, real vaqtdagi statistika va interaktiv interfeysi barqaror yashash tarziga o‘tishga
ko‘maklashadi. EcoHabit mobil ilovasi orqali foydalanuvchilar oddiy, ammo muhim
ekologik odatlarni shakllantiradi. Har bir foydalanuvchining shaxsiy ekologik hissasi
sonli ko‘rsatkichlar orqali aks ettiriladi, bu esa motivatsiyani kuchaytiradi va ekologik
mas’uliyat hissini shakllantiradi. Reyting va raqobat tizimi esa ijtimoiy
rag‘batlantirishga xizmat qilib, ekologik madaniyatni keng jamoatchilikka yoyishda
muhim vositaga aylanadi.
Mazkur tadqiqot asosida taklif qilinayotgan yechim – raqamli mukofotlashga
asoslangan ekologik platformalar orqali ekologik xulq-atvorni shakllantirish
yo‘nalishida samarali strategiya sifatida qaralishi mumkin. Kelgusida bu kabi ilovalar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
146
ISSN:3030-3613
maktab, oliy ta’lim va mahalliy hokimiyatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, ekologik
ongli jamiyatni shakllantirishga sezilarli hissa qo‘shadi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Maltseva, K., Fieseler, C., & Trittin-Ulbrich, H. (2019). The challenges of
gamifying CSR communication. Corporate Communications: An International
Journal
2.
Robbins, S., Judge, T. A., Millett, B., & Boyle, M. (2013). Organisational
behaviour. Pearson Higher Education AU.
3.
Hamari, J., Koivisto, J., & Sarsa, H. (2014).
Does Gamification Work? — A
Literature Review of Empirical Studies on Gamification.
In
47th Hawaii
International Conference on System Sciences (HICSS), 3025–3034.
4.
Alahäivälä, T., & Oinas-Kukkonen, H. (2016).
Understanding Persuasion
Contexts in Behavior Change Support Systems.
Behaviour & Information
Technology, 35
(8), 731–745.
5.
Werbach, K., & Hunter, D. (2012).
For the Win: How Game Thinking Can
Revolutionize Your Business.
Wharton Digital Press.
6.
Cugelman, B. (2013).
Gamification: What It Is and Why It Matters to Digital
Behavior Change Developers.
Journal of Medical Internet Research Serious
Games, 1
(1), e3.
7.
Buxorov, B. & Qodirova, M. (2023). Raqamli texnologiyalarning ta’limdagi roli
va ekologik ongni shakllantirishdagi imkoniyatlari.
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy ta’lim ilmiy jurnali
, 2(45), 112–117.