T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
256
ISSN:3030-3613
OILA VA MAKTABDA FARZANDLAR TA’LIM-TARBIYASIGA
AHAMIYATLI BOʻLISH HAMDA ULARNI KELAJAKDA YETUK SHAXS
SIFATIDA YETISHISHLARIGA KOʻMAK BERISHNING PSIXOLOGIK
USULLARI
Jabborov Yoqub Omonovich
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani
MMTBga qarashli 31-umumta'lim
maktabi amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Bola dunyoga kelibdiki,ilk bora ko`zlarini ochishi bilan o`zini
onasining issiq quchoqlarida ko`radi va uning kelajakdagi kamolotida ham aynan ota-
onasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya`ni bola ertangi kunda jamiyatimizda qanday
o`rin tutishi va shu jamiyatimizga qanday inson sifatida kirib borishida ham ota-ona
va oilaning o`rni beqiyosdir.
Kalit so`zlar:
oila va jamiyat, oilaviy munosabatlar, sharq mutafakkirlari
fikrlari, farzand tarbiyasi,ruhiy holat, tushkunlik, psixik jarayonlar, muloqot, ong,
tafakkur, mulohaza,
KIRISH
Oilada ota-ona va farzandlar munosabati yaxshi yo`lga qo`yilgan bo`lishi kerak.
Otaona farzandini juda siquvga olishi ham, juda erkalatib yuborishi ham yaxshilikka
olib kelmaydi. Masalan, bola haddan tashqari ko`p siquvga olinaversa oxir oqibatda u
jamiyat a`zolari bilan muloqotga kirisholmay qoladi, o`zining mustaqil fikriga ega
bo`lmaydi, ya`ni kimgadir qaram bo`lib qoladi. Hatto o`zi xohlayotgan narsani yaqin
insonlariga ham tushuntirolmaydi. Bu esa uning ma`naviy jihatdan tanazzulga yuz
tutishiga sabab bo`ladi. Yoki aksincha, bolani haddan tashqari erka qilib o`stirish ham
uning kelajagiga hamda kamolotiga salbiy ta`sirini ko`rsatadi. Bunda bolada mehnat
qilish ishtiyoqi, topshirilgan ishga mas'uliyat hissi shakllanmay qoladi.
Boshlagan ishini oxirigacha yetkazgisi kelmaydi ya`ni unda layoqat va iroda
sifatlari yo`qoladi. Shuning uchun ham nazarimda ota-onalar aynan farzand tarbiyasi
masalasida ular bilan do`stona munosabatda bo`lganlari ma`qul. Bola asosiy va
boshlang`ich tarbiyani oiladan olar ekan, oilaning asosiy ustunlari hisoblangan ota-
onalar bir-birlari bilan o`zaro munosabatda ham e`tiborli bo`lishlari talab etiladi.
Chunki bola ota-onasini muntazam ravishda kuzatadi va o`g`il bolalar otani, qiz
bolalar esa onani o`zlarining ideali sifatida bilishadi hamda ularning bir-birlariga
qilayotgan muomala madaniyati, xatti-harakati, so`zlashish odobi kabi axloqiy
fazilatlarni o`zlashtirib olishadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
257
ISSN:3030-3613
Maktabda va ta'til vaqtida ota-onalar farzandlarini muzeylarga, sayrga olib
chiqish orqali ham goʻzallik his-tugʻularini kuzatish mumkin. Har bir sinf rahbar yoki
fan o'qituvchilari bir haftada bir marta bir soatdan maktab bogʼida sayrni
tashkillashtirib o'tsa bola tabiatdan ilhomlanib undagi goʻzalliklardan bahramand
bo‟ladi. Bolada tabiatni asrash kabi tushunchalar shakllanadi. Faqat muzeylarga, tabiat
qoʻyniga sayrga olib chiqish bilan emas, boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish, kerakli
ishlar bilan band qilish va har xil foydasiz o'yinlarga ko'p vaqt ajratmaslikni nazorat
ostiga olish kerak. Bu jarayonda o'qituvchi va ota-onalar kelishgan holda ish olib
borishi lozim. Ularning boʻsh vaqtini kitob o'qish, har xil o'zbek xalq ertakalarini
o'qish, o'zimizning juda ham ajoyib multfilmlarimizni koʼrish bilan band qilishimiz
kerak. Bu multfimlarni ko‟rganda bola yaxshilik va yomonlik tuygʻularini, odob-axloq
xususiyatlarini o'zida mujassamlashtiradi. Maktabda o'qituvchi bolani nazoratga olgani
bilan bola ko'p vaqtini uyida oila davrasida o'tkazadi.
Shunda ota-onalar o'zlari nazoratga olingan bolaga bir kunlik ishlab chiqarish
ishlarining rejasini tuzib, faqat o'qish bilan yetarli bo'lmay, dam olishga, o'ynashga ham
ozgina miqdorda vaqt berishi kerak. Bolani nazoratga olsak oʻylagan niyatimizga
erishamiz. Bolalarga tabiatni asrash har bir o'simlik va jonivorlarni avaylash, ularga
ziyon bermasdan boqishni o'rgatish ham bir tarbiyadir. Oila zimmasiga yosh avlodni
har jihatdan mukammal shaxs qilib tarbiyalashdek yuksak mas'uliyatli vazifalar
yuklatilgan. Inson shaxsi sodir muhit oilasidan boshlanadi, oilada fe'l-atvor, odatlar,
tevarak atrofga munosabat, ilmiy dunyoqarash va e'tiqodlar vujudga keladi. Eng
yuksak insony tuyg'ular, ezgu niyatlar, betakror ma'naviyat, iqtidor, fahm-farosat
oilada vujudga keladi.
Agar inson faqat o'zi uchungina mehnat qilsa, u atoqli olim, buyuk donishmand,
ajoyib shoir boʻlishi, ammo hech qachon chinakam, mukammal va ulug inson boʻla
olmasligi mumkin. “Tarbiyani tugʻilgan kundan boshlamoq, vujudimizni
quvvatlantirmoq, axloqimizni quvvatlantirmoq kerak, zehnimizni ravshanlantirmoq
lozim”. “Agar tarbiya qiluvchi olim boʻlib, amalsiz boʻlsa, bu shogirdlar axloqiga ham
yomon ta‟sir qiladi”. A.R.Beruniyning soʼzlarini tinglaymiz; - “Faqat tashqi
jihatdangina emas, ichki mazmun jihatdan ham koʻrkam boʻlgan kishigina maqtovga
munosibdir”. Bu soʻz bilan Beruniy insonning tashqi yoqimli qiyofasi toʻg'ridan-toʻg'ri
uning axloqiy qiyofasiga bo'g'liqligini o'zgartiradi.
Goʻzallikni qadrlash uni bir joyga, unda ishtirok etishga, izlanishga yordam
berish bolani yoshligidan tarbiyalashning muhim qismidir. Erta yoshdan, kichkina
qiziqarli oʻyinchoqlar bolalarni oʻziga jalb qiladi. Unda quvonch hissini uygʻotadi.
Ertaklarni tinglash, hayvonlar rasmlarini tomosha qilish, ularnning rasmini boʻyash
bilan bolalar oʻzlariga juda koʻp his-tuygʻularni qabul qililishadi. Haqiqatdan ham
bolalar uchun ertaklar olami, hayvonot dunyosi hamda shu kabi bir qator narsalar bola
xayolotida moʻjizakor va hayratlanarli. Bu bola faoliyatining asosiy shakli. Bu taqlid,
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
258
ISSN:3030-3613
oʻziga turli xar xil rollardan ko'chirish, kattalar hayotini idrok etishi mumkin. Oʻyin
bola shaxsiyatining barcha asosiy xususiyatlarini shakllantiradi. Birinchi navbatda,
madaniyatning paydo boʻlishiga ijobiy ta'sir qiladi.
Bilamizki, oʻyinlar shakllangan fikrlash, xotira, tasavvur, estetik va axloqiy
qobiliyatlarni rivojlantiradi. Goʻzallik madaniyatini kuzatishda ham oʻyin
texnikasining oʻrni sezilarli. Oʻyin malakalari ijodiy qobiliyatlarni rivojlantiradi,
ijodga yordam beradi. Bola dunyoga kelibdiki,ilk bora ko`zlarini ochishi bilan o`zini
onasining issiq quchoqlarida ko`radi va uning kelajakdagi kamolotida ham aynan ota-
onasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ya`ni bola ertangi kunda jamiyatimizda qanday o`rin
tutishi va shu jamiyatimizga qanday inson sifatida kirib borishida ham ota-ona va
oilaning o`rni beqiyosdir.
Oila - kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi,
axloqiy mas`uliyat hamda o`zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. Jamiyat va oila
birbiri bilan chambarchas bog`liqdir. Bu bog`liqlikni jamiyatning oilalarsiz mavjud
bo`lmasligi hamda o`z navbatida oila ham jamiyatning bir bo`lagi ekanligida ham
ko`rishimiz mumkin. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi.
Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag`rida mavjud bo`lgan oilalarning ijtimoiy-
iqtisodiy va ma`naviy jihatdan shakllanganlik darajasiga bevosita bog`liqdir.
Ilmiy-pedagogik, psixologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni
ko`rsatadiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo`lib, bu muhitda shaxs
kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, xarakter va dunyoqarash
shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma`naviy qiyofasini ko`radi.
Jamiyat talablari mohiyatini ham ilk bora shu kichik jamoa orasida oilaviy
munosabatlarni tashkil etish jarayonida ko`radi.
Oilaviy munosabatlar ota-onalar yoki bolalarning kamoloti uchun mas`ul
bo`lgan shaxslar hamda farzandlar o`rtasida turli yo`nalishlarda tashkil etiladigan
munosabatlardir. Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini
ta`minlaydi hamda otaonalarda o`ziga xos faollikni ham shakllantiradi. Bolaning har
tomonlama yetuk, ma`naviy sifatlarga ega bo`lib shakllanishida, unda ma`naviy
bilimlarni egallashga bo`lgan ehtiyoj va qiziqishning paydo bo`lishida oila tarbiyasi
asosiy vazifani bajaradi. Ya`ni oilada qaror topgan sog`lom ma`naviy-ruhiy muhit
farzandlarning yetuk, barkamol bo`lib voyaga yetishlari uchun beqiyos ahamiyatga
egadir.
Shu boisdan ham sharqda azal-azaldan oilada bola tarbiyasiga yuksak e`tibor
berib kelingan. Xususan, bu borada sharq mutafakkirlarining ham bir qancha qarashlari
mavjud. Masalan, Abu Nasr Farobiy yoshlarni mukammal inson qilib tarbiyalashda
axloqiy tarbiyaga alohida e`tibor bergan. Uning e`tiqodicha, bilim, ma`rifat albatta
yaxshi axloq bilan bezatilmog`i lozim, aks holda kutilgan natijaga erishilmaydi, bola
yetuk bo`lib shakllanmaydi deb fikr bildirgan.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_1-to’plam_Iyul-2025
259
ISSN:3030-3613
Buyuk bobokalonlarimizdan yana biri Mirzo Ulug`bek oilada sog`lom, avlodni
tarbiyalash haqidagi fikrlari shundan iboratki, alloma uqtirishicha, bolaning har
tomonlama mukammal shaxs, komil inson bo`lib shakllanishida muhitning o`rni
muhim ahamiyatga egadir. Ya`ni oilada ota-onalar ayniqsa o`qimishli ota-onalar o`z
farzandlarining haqiqiy inson bo`lib kamol topishiga alohida e`tibor berishlari lozim.
Bundan tashqari sharqning buyuk mutafakkirlaridan hisoblangan Alisher Navoiy,
Zahiriddin Muhammad Bobur, Yusuf Xos Hojib, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Abdurauf
Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko`plab olim va yozuvchilar oilada bola tarbiyasi
yuzasidan o`zlarining durdona fikrlarini qoldirganlar.
Oila tarbiyasida bolalar hayotini to`g`ri yuritish ularning vaqtdan to`g`ri va
unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o`yin,
mehnat, o`qish faoliyatlari bo`yicha to`g`ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Bolani har
tomonlama barkamol va yetuk qilib tarbiyalashda ota-onalar oilada har bir tarbiya
vositalaridan o`z o`rnida va samarali foydalana olishsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, bolani oila muhitida tarbiyalash davomida ularga
hayot to`g`risida, yaxshi va yomon xulqlar, odamlarning jamiyat oldidagi burchlari
haqidagi dastlabki tasavvurlarni berib, ularni har tomonlama hayotga tayyorlab borish
lozim. Ayniqsa bolalarning oiladagi an`ana va mavjud ijobiy odatlarni o`zlashtirishi
beqiyos ahamiyatga ega.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:
1.
В.А.Сластенин, Г.И.Чижакова. Введение в педагогическую аксиологию. M-
2003
2.
Saida TURSUNOVA The method of teaching Russian to younger schoolchildren
https://inscience.uz/index.php/socinov/index
3.
С.И.Турсунова. Педагогические основы национализации школьного
образования. ТГПИ. 2022 год.
4.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Innovative Academy
Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685
5.
Ziyo net
6.
ВОСПИТАНИЕ – ВОПРОС ОБЩЕСТВА»м Турсунова Саида Исаковна
Термезского государственный педагогический институт. преподаватель
кафедры Начального образования