Mualliflar

  • Daminova Maqsuda Muzaffarovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.119103

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar : ertak didaktik o’yinlar rasm chizish bo’yash ruhiy holat tushkunlik psixik jarayonlar muloqot ong tafakkur mulohaza

Annotasiya

Аnnotatsiya: Bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra haddan tashqari qiziquvchan bo‘ladi. 
Ular  hamma  narsani  bilishi  juda  zarur:  ta’mini  tatib  ko‘rishi,  ushlab  ko‘rishi, 
tushunarsiz va yangi bo‘lgan narsalarga o‘z tushuntirishlarini o‘ylab topishi, tajriba 
o‘tkazib ko‘rishi va o‘z farazlarini tekshirishi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

220

ISSN:3030-3613

MAKTABGACHA VA MAKTAB YOSHDAGI BOLALARDA TAFAKKURNI

RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK USULLARI

Daminova Maqsuda Muzaffarovna

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani MMTBga qarashli

52-umumtalim maktabi amaliyotchi psixologi


Аnnotatsiya:

Bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra haddan tashqari qiziquvchan bo‘ladi.

Ular hamma narsani bilishi juda zarur: ta’mini tatib ko‘rishi, ushlab ko‘rishi,
tushunarsiz va yangi bo‘lgan narsalarga o‘z tushuntirishlarini o‘ylab topishi, tajriba
o‘tkazib ko‘rishi va o‘z farazlarini tekshirishi.

Kalit so’zlar

: ertak, didaktik o’yinlar, rasm chizish, bo’yash,ruhiy holat,

tushkunlik, psixik jarayonlar, muloqot, ong, tafakkur, mulohaza,

KIRISH

Maktabgacha davr bolaning o‘sish, rivojlanish, o‘zini namoyon etishga intilish,

o‘rganish, bilishga ishtiyoqi kuchli bo‘lgan davridir. Aynan shu davrda bolaning
insoniy sifatlari va aqliy salohiyati rivojlanishi uchun poydevor yaratiladi.
Maktabgacha yoshdagi bola bilan ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, samarasi
shunchalik barvaqt namoyon bo‘ladi va bolaning butun hayotiga ijobiy ta’sir qiladi.
Shunday ekan, bolalar tafakkurini rivojlantirish asosiy vazifalardan biriga aylanadi.
Buning uchun uning yirik va mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish zarur. Chunki
inson qo‘l va barmoqlarida nerv tolalari joylashgan. Barmoqlar orqali inson axborot
oladi. Bolalarning mayda motorikasi uning nutqi, mantiqiy tafakkurini shakllantirishga
ta’sir etadi. Bolalarning qo‘l va bilak motorikasi to‘g‘ri rivojlantirilsa, miya faoliyati
shunchalik yaxshi taraqqiy etadi.Qo‘l barmoqchalari motorikasining rivojlanishi
quyidagi holatlarni yuzaga keltiradi:

tafakkurning rivojlanishi;

harakat koordinatsiyasining rivojlanishi;

xotira va diqqatning oshirish;

yozish ko‘nikmalarining shakllanishi; – nutqning ravonlashuvi.

Tasavvur etish, tafakkurning rivojlanishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar

mashg‘ulotlaridagi asosiy vazifalardan biri – bola miyasida buyum va hodisalar
haqidagi axborotni tasavvur ettirish. Masalan, rasm chizish, turli o‘yinlar, kubiklardan
biron-bir narsa yasash orqali bola ana shu axborotni tafakkurida rivojlantiradi. Ushbu
tafakkur turi boshqa tafakkur turlariga asos bo‘lib, so‘z boyligi, mantiqiy tafakkurning
shakllanishi, kelajakdagi maktab darslarini a’lo darajada o‘zlashtirishda
ko‘maklashadi. Bolalar o‘z tabiatlariga ko‘ra haddan tashqari qiziquvchan bo‘ladi. Ular


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

221

ISSN:3030-3613

hamma narsani bilishi juda zarur: ta’mini tatib ko‘rishi, ushlab ko‘rishi, tushunarsiz va
yangi bo‘lgan narsalarga o‘z tushuntirishlarini o‘ylab topishi, tajriba o‘tkazib ko‘rishi
va o‘z farazlarini tekshirishi. Har bir ota-ona o‘z farzandiga uni o‘rab turgan olamni
tanishiga yordam berishi zarur.Bola 3 yoshigacha asosan predmet va harakatlarning
nomlarini o‘zlashtiradi. Nomlar asosan uning vazifasini anglatib, bu predmet yoki
harakatning tashqi ko‘rinishi o‘zgarsa ham uning nomi o‘zgarmaydi. Shuning uchun
ham bola predmetlarning nomlari ishlatilishini vazifalariga bog‘lagan holda tez
o‘zlashtiradi. Maktabgacha tarbiya yoshida bolaning analizatorli idrok etish jarayoni
ham yanada takomillasha boradi. Bola hayotining 3-yoshida beixtiyor idrok
maktabgacha tarbiya yoshidagi katta bolada ma’lum bir maqsadga qaratilgan,
tanlangan idrokka aylanadi, kuzatuvchanlik tarkib topadi.Idrok etishda so‘zning roli
osha boradi, endi bola narsalarning belgilab qo‘ygan sifatlari va xususiyatlarini aytib
ko‘rsatadi. Idrok jarayoni bolaning tafakkurini o‘stiradi hamda o‘z faoliyati davomida
va tafakkur jarayonida tobora takomillashadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola
tasavvurlari doirasi kengayishi va bilimning oshishi uning aqliy faoliyatining

xarakterini o‘zgartiradi.

Nutqning o‘sish faoliyatining kengayishi yangi tafakkur shakllari uchun sharoit

yaratadi.5–6 yashar bola tasvirlaydi, keyin esa muhokama qiladi, umumlashtiradi. Shu
yoshdagi bolaning tafakkuri aniq obrazli emotsional va yaqqol tafakkur hisoblanadi.
Muhokama bevosita narsa, buyum bilan bog‘langan. Bola umumlashtirilgan
tushunchalarni o‘zlashtiradi, fikr yuritish operatsiyalari faqat idrok etishgagina emas,
balki xayolga ham asoslanadi. Dastlabki (garchi mukammal bo‘lmasa ham)
hukmlardan xulosa chiqarish va yakun yasash paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi bolaning


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

222

ISSN:3030-3613

xotirasi yangi faoliyatlar va uning oldiga qo‘yilgan yangi talablar asosida takomillasha
boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘zlarining faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga
ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurotlar qoldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni
beixtiyor esida saqlab qoladi. Ushbu yoshdagi bolalar tafakkuri va uning o‘sishi o‘ziga
xos xususiyatga ega. Maktabgacha yoshda bolaning tafakkuri juda tez rivojlana
boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, ularda turmush tajribasining nisbatan
ko‘payishi, ikkinchidan, nutqining yaxshi o‘sgan bo‘lishi, uchinchidan esa bog‘cha
yoshidagi bolalarning juda ko‘p erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega
bo‘lishlaridir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘ilishi
ular tafakkurining faollashayotganidan darak beradi. Bola o‘z savoliga javob topa
olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasa, undagi qiziquvchanlik susaya
boshlaydi.

Bolaga ta’limni erta, kech ham emas, balki o‘z vaqtida berish lozim. Bolaning

yoshiga muvofiq ravishda shunday ta’lim berish kerakki, bunda uning barcha hissiyot
a’zolari jalb etilgan bo‘lsin. Ya’ni bola rivojlanish jarayonida mustaqil ravishda o‘zi
teginish, ko‘rish, eshitish, hidlash va mazasini bilish imkoniyatiga ega bo‘lishini
ta’minlash zarur.Bolaga kichikligidan axloqni o‘rgatish miya rivojlanishida katta
ahamiyatga ega. Kattalarni hurmat qilish, salom berish, yo‘l harakati qoidalariga amal
qilish va boshqa shu kabilarni o‘rganib borgan bola hayoti davomida qiynalmaydi va
kam xato qiladi.Bilim olish bolaga yaxshi kayfiyat baxsh etishi kerak. Bolani qiynab,
o‘qish yoki yozishga barvaqt o‘rgatib, o‘yindan xoli qilish uning stress olishiga olib
keladi. Natijada bolada har xil kasalliklar yuzaga kelishi mumkin. Bola bilimni o‘z
xohishi bilan o‘zlashtirishi kerak. Agar istamayotgan bo‘lsa, demak, ota-ona uni
qiziqtirish yo‘llarini topa olmayapti. Shuning uchun ota-onalar bolaning rivojlanishi
uchun aynan uning kichikligidan sharoit yaratib, atrof-muhitni yanada qiziqarli qilib
ko‘rsatishlari kerak. Bola chizish, o‘qish, yasash, o‘ynash, qurish, yozish va boshqa
faoliyatlarning barchasi farzand uchun qiziqarli bo‘lishi ota-onaga bog‘liq. Bola
kichikligidan qanchalik qiziquvchan, savollari ko‘p bo‘lsa, shunchalik rivojlanib
o‘sadi.Bolaning rivojlanishida maktabgacha bo‘lgan davri juda muhim o‘rin tutadi. Bu
davrda bolaning jismoniy, axloqiy, psixologik salomatligi shakllanadi va aqliy
rivojlanish qobiliyatlari takomillashadi. Bolani kelajakda omadli, aqlli hamda
iste’dodli bo‘lishini istagan ota-ona uning rivojlanishiga aynan shu davrdan boshlab
ahamiyat bermog‘i lozim.Bolaning ijodiy va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda
quyidagi yo‘llarni amalga oshirish mumkin:Kitob o‘qish. Bola bilan birga kitob
rasmlarini tahlil qilib o‘qish, undagi ertakning mazmunini bolaga o‘yin tarzida qayta
so‘zlatish, o‘yinchoqlariga kitob mazmunini ayttirish juda foydali va qiziqarli
mashg‘ulot sanaladi. Ertak eshitish jarayonida bola ertak qahramonlarini kimgadir
o‘xshatishga harakat qiladi, u o‘zi ertak yoki hikoyalarni mustaqil to‘qiy olishi ham
mumkin.Chizish (bo‘yoq, un, qum bilan).


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

223

ISSN:3030-3613

Bolalar odatda chizishni juda yaxshi ko‘rishadi. Lekin uddalay olishmasa, xafa

bo‘lib chizmay qo‘yishi ham mumkin. Bolaga qalamning o‘rniga qo‘llarida chizishni
(faqat maxsus bo‘yoqlar bilan) taklif qilib ko‘ring. Bo‘yoqqa qo‘llarini botirib, istagan
narsani chizayotgan bola juda zavqlanadi (hamma yoq bo‘yoq bo‘lib ketishini inobatga
oling). Yoki chala chizish mashg‘ulotini qo‘llang. Bunda siz bolaga biron-bir narsani
oxiriga yetkazmasdan chizib berasiz. Bola esa o‘zi uni tugatib qo‘yishi kerak. Masalan,
siz aylana chizib, boladan uni tugatib qo‘yishini so‘rang. Shunda bola aylanadan nima
chizish mumkinligi haqida fikr yuritadi.Bola rasm solar ekan, rasmni so‘zlar bilan
to‘ldirib, faollik bilan harakat qiladi, u o‘z tasavvurlari asosida keyinchalik katta
yoshdagi odamlarning so‘ziga binoan rasmlar yaratishi mumkin, unda ayrim
narsalarning obrazlari vujudga keladi. Rasm solish bilan loy va plastilinlardan shakllar
yasaydi.

Natijada,

bola

analizatorlarini

rivojlantirishda

moslashgan

va

differensiyallashgan harakatning tarkib topishidan tashqari, uning narsa shakli, hajmi,
bir o‘lchovda bo‘lishi va munosabatini idrok etish takomillasha boradi. Chizishni un
va qumda ham amalga oshirish mumkin.Grafik diktant. Bunda tarbiyachi bolalarga
geometrik shakllar, narsabuyumlarni aytib turadi. Bolalar chizadi. Masalan,
uchburchak, qush va boshqalar.3–4 yashar bola narsalar o‘rtasidagi bog‘lanishni
farqlab oladi va o‘z faoliyatini rejalashtiradi. Bu faoliyat asta-sekin ijodiy faoliyatga
aylanadi.Bo‘yash. Ayrim bolalar yaxshi chiza olmaydi, ammo chizishni xohlaydi.
Bunday bolalarga tayyor rasmlarni bo‘yash vazifasini topshirish mumkin. Ular
rasmlarni bo‘yar ekan, ertak qahramonlari bilan tanishadi. Ularning kiyimlari,
qiyofalari, atrofmuhiti haqidagi tasavvurlarga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, qo‘l
harakati motorikasi, ijodiy tafakkuri ham rivojlanadi.Pazl. Pazl yasash bola xotirasini
rivojlantiruvchi juda foydali mashg‘ulot. Bola yaxshi ko‘rgan rasmlardan unga pazl
olib bering yoki o‘zingiz yasab bering.Bolalar dominosi. Ertaklar qahramoni aks
ettirilgan dominolarni bolangiz bilan birga o‘ynab, ba’zida unga yutqazib tursangiz,
bola juda zavq bilan o‘ynaydi. O‘yin davomida esa u aqlan rivojlanadi.

Shunday qilib, bola maktabda o’qiy boshlar ekan, konkret tafakkurga ega bo’la

boradi. Ta’lim ta’siri bilan hodisalarni tashqi tomondan bilishdan asta-sekin ularning
mohiyatini bilishga, muhim xususiyat va belgilarni tafakkurda aks ettirishga o’tiladi.
Bu esa dastlabki umumlashtirish, birinchi xulosa chiqarish, dastlabki solishtirishlarni
o’tkazish va sodda xulosalar chiqarish imkonini beradi. Ana shu asosda bolada
sekinastalik bilan tushunchalar tarkib topa boshlaydi. Bu tushunchalarni biz
L.S.Vigotskiydan keyin (bolada maqsadga muvofiq ta’limdan tashqari uning tajribasi
asosida yuzaga kelgan hayotiy tushunchalardan farq qilib) ilmiy tushunchalar deb
ataymiz. Bolada ilmiy tushunchani tarkib toptirish uchun o’quvchini narsalarning
belgilariga differensiyali yondashishga o’rgatish lozim. O’quvchiga narsalarning
muhim belgilari borligini, ana shu muhim belgilarimiz narsalarni biron tushunchalar
turkumiga kiritib bo’lmasligini ravshan ko’rsatishi kerak. Bu muhim belgilarni hamma


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

224

ISSN:3030-3613

vaqt ham osonlik bilan ko’rib va ajratib bo’lmaydi. Shuning bilan birga maktab
o’quvchisi shuni ham tushunishi kerakki, mazkur tushuncha uchun muhim bo’lmagan
belgilar ham bo’ladi. Bu belgilar narsalarning individual xususiyatlarini xarakterlab
beradi, ba’zan juda ko’zga tashlanib turadi va ta’sir etuvchan bo’ladi.

Narsalarning belgilarini differensasiya qilish va muhimlarini ajratishga

birdaniga o’rganib bo’lmaydi. Axir kichik maktab yoshidagi o’quvchilar birinchi
navbatda narsalarning tashqi belgilarini idrok qiladilar. Xuddi ana shu tashqi belgilar
muhim bo’lmasliklari mumkin. Tushunchalarning tarkib topishi jarayonida kichik
maktab yoshidagi o’quvchilar tomonidan tez-tez yo’l qo’yiladigan xatolar, ya’ni
belgilarning o’rnini almashtirib yuborish, muhim bo’lmagan belgilar asosida yoki
muhim va muhim bo’lmagan belgilarni qator qo’yish asosida noto’g’ri umumlashtirish
ham xuddi ana shu sababdan kelib chiqadi.

Kichik maktab yoshdagi bolalarning mashg’ulotlar jarayonida axborotlarni

qabul qilishi bilish jarayonlarini rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Mashg’ulotlar jarayonida beriladigan axborotlar ham boshqa axborotlar singari
vaziyatga qarab qabul qilinadi, shuning uchun axborotlarni o’zlashtirishdagi individual
farqlar, extiyojlar, topshiriqlar va bolalarning maqsadlari mos bo’lmasligi bilan bog’liq
bo’lishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, kichik maktab yoshdagi bolalarning
axborotlarni qabul qilishlari bir xil bo’lmasada, ularning bilish faoliyatlari o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Rus psixologlarining tadqiqotlarida kichik maktab yoshdagi
bolalarda qabul qilishning ikki turi; analitik va sintetik turlari ajratilgan. Analitik turda
diqqat e’tibor alohida mayda - chuydalarga qaratiladi. Sintetik turda umumiy yaxlit
holda qabul qilinadi. Ikkala turni bir-biriga qarama - qarshi qo’yish oʻ hozirgacha
saqlanib keldi. Ammo turli yo’nalish vakillari buni shunday ta’riflaydilar. Differensial
psixologiya uchun perseptiv usullarni farqlash muhimdir, chunki bu barcha bolalarda
bir xil emas. Bu turdagi individual xususiyatlar bolada umrbod o’zgarmas bo’lib
qolmaydi, ular ontogenez jarayonida rivojlanadi, nafaqat rivojlanish jarayonida balki
pedagogik mashqlar, pedagogik ta’sirlar orqali o’zgarib boradi.

Kichik maktab yoshdagi bolalarda mashg’ulotlar jarayonida namoyon

bo’ladigan tafakkurga xos bo’lgan uslubni o’rganish maqsadida A.A. Alekseeva va
L.A. Gromovalar tomonidan ishlab chiqilgan tafakkur uslubini aniqlash so’rovnomasi
o’tkazilganda, bolalarning 8,7 % sintezatorlik, 8,7 % idealistlik, 8,7 % pragmatiklik,
56,5 % analitiklik, 17,4 % da realistlik uslubining ustunligi aniqlandi. Bolalarning
axborotlarni qabul qilishlari bilan tafakkur uslublari o’rtasidagi korelyatsion
koeffitsenti Pirson formulasi orqali o’rganilganda, anlitiklik uslubi bilan bilish
jarayonlarini rivojlanish ko’rsatkichlari o’rtasida ijobiy aloqalar borligi aniqlangan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda kichik maktab yoshida intellektning bevosita o’sishi

jadal, bolalar ilmga chanqoq, qiziqishlari yuqori bo’ladi, Ularning tafakkuryi yanada


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

65-son_1-to’plam_Iyul-2025

225

ISSN:3030-3613

rivojlantirish uchun bu yoshdagi bolalarni ota-onasi bilan ko’proq vaqtini
o’tkazishi va turli joylarga sayr qilishlarini zarur deb hisoblayman.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

2.

A.X.Югай, Н.А.Мираширова “Общая психология” – Tашкент 2014.

3.

Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.

4.

Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –
М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.

5.

Ziyo.net

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

A.X.Югай, Н.А.Мираширова “Общая психология” – Tашкент 2014.

Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.

Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –

М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.

Ziyo.net