T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
171
ISSN:3030-3613
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TA’LIM TIZIMINI
YUKSALTIRISH
Xurboyev Sardorbek Xurshodbek o’g’li
Oriental universiteti magistranti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada raqamli texnologiya tushunchasi, ta’lim
tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, bu borada davlatimiz
tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, raqamli transformatsiya sharoitida
ta’lim tizimini yuksaltirish va shu orqali yoshlarda axloqiy-ma’naviy sifatlarni
rivojlantirish mexanizmlari xususida so‘z yuritilgan. Shuningdek, mazkur mavzu
yuzasidan tegishli tavsiya va xulosalar keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
fan, texnika, bilim, tarbiya, ta’lim, axloq, ma’naviyat,
texnologiya, raqamli texnologiyalar, “Besh tashabbus”, “elektron hukumat”,
“elektron savdo”, “raqamli iqtisodiyot”, Internet, kompyuter, kompyuter
savodxonligi.
Ma’lumki, mamlakatning yuksalishiga hissa qo‘shadigan malakali mutaxassis
kadrlar tayyorlash bevosita ta’lim tizimining rivojiga bog‘liq bo‘lib, bu borada
o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lgan, ijodkor, tadbirkor, tashabbuskor shaxsni
voyaga yetkazish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri
sanaladi hamda ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi vazifalar respublikamiz
Prezidentining qator farmon va qarorlarida o‘zining ifodasini topgan. Zero,
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bejizga: “
Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni –
bilim, ta’lim va tarbiya bo‘ladi!” [1], – deb ta’kidlamaganlar.
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida zamonaviy bilim va yangicha
yondashuvlarga ehtiyoj mavjud. Shu bois, ta’lim sifatini oshirishda o‘quv jarayonini
davr talablariga mos holda tashkil etish, davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarini
takomillashtirish, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish, zamonaviy innovatsion
pedagogik va raqamli texnologiyalaridan foydalanish, oliy ta’lim va raqamli
texnologiyalarning transformatsiyasini ta’minlash ertangi istiqboldagi yutuqlarimiz
kafolatidir.
Fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi kunda Vatanimiz
kelajagi bo‘lmish yoshlarni har tomonlama yetuk kadrlar etib shakllantirishda ta’lim
jarayonida raqamli texnologiyalardan unumli foydalanish ko‘zlangan maqsadga
erishishimizda muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, bugungi yuksak texnologiyalar
zamonida ilmiy bilim, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bordi. “Bu, bir
tomondan,
fan-texnikaning
yangi
sohalari
rivojlanishi
tufayli
uning
differensiallashuvini ta’minlayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
172
ISSN:3030-3613
integratsiya jarayoni vujudga keladi. Bunday sharoitda malakali kadrlarga bo‘lgan
talab ortib, o‘z sohasi bo‘yicha fundamental bilimlarni mukammal egallagan, kasbiy
tayyorgarligi yuqori bo‘lgan hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarni amaliyotda
qo‘llay oladigan ijodkor kadrlarni tayyorlash talab etiladi” [2]. Chunki, biz
xohlaymizmi yoki yo‘qmi, bugungi kundagi taraqqiyot ko‘p jihatdan raqamli
texnologiyalarining rivojlanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘lib qoldi. Prezidentimiz
ta’birlari bilan aytganda: “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va
zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart”. Bu bizga
yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda
barcha sohalarga raqamli texnologiyalar chuqur kirib bormoqda.
Shuning uchun
ham yoshlarning raqamli texnologiyalar bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarga
ega bo‘lishi bugungi zamon talabi sanaladi. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan
yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli va
samarali tashkil etish bo‘yicha “Besh tashabbus”ning uchinchi tashabbusi “
aholi
va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni
tashkil etish
”ga [3] qaratilganligi bejiz emas edi.
So‘nggi yillarda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi tufayli ta’limni
samarali tashkil etishda ularning imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanila
boshlandi. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda ta’limni raqamli texnologiyalarisiz
tasavvur eta olmaymiz. Zero, bugungi kunda ta’lim muassasalarida foydalaniladigan
multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar,
telefon liniyalar, smart doska, proyektorlarning o‘rni beqiyosdir.
Raqamli texnologiyalar ta’lim sifatini oshishiga xizmat qiluvchi vositalardan
sanaladi. Xususan, bu kabi texnologiyalar ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning
bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni faollashishiga, turli raqamli texnologiyalardan
foydalana olish imkoniyatining shakllanishiga imkon yaratadi. Shuningdek, raqamli
texnologiyalardan foydalanish auditoriyaning to‘liq qamrab olish va fanga nisbatan
ijobiy munosabatni uyg‘otishga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda raqamli
texnologiyalardan ta’lim tizimida foydalanilishi talabalarga dars mashg‘ulotlarini
sifatli o‘tilishini ta’minlaydi. Birgina, pandemiya sharoitining o‘zi ham ta’lim
tizimida raqamli texnologiyalarning qo‘llanilishi yaxshi samara berishini isbotladi.
Raqamli ta’limga o‘tishning boshqa ijobiy tomonlari xususida fikr yuritadigan
bo‘lsak, darsliklar elektron shaklda ekranlarga ko‘chadi, talabalar o‘zlariga qulay
bo‘lgan vaqtda ta’lim olish imkoniga ega bo‘ladi, internetdan axborot olish va undan
foydalanish madaniyati shakllanadi, ta’lim tizimini yangi bosqichga ko‘taradi, vaqt
va mablag‘ sarfini kamaytiradi va boshqalar. Ayni shuning uchun ham hozirgi kunda
jamiyat hayotining barcha sohalari qatori, ta’lim tizimining ham jadal raqamli
rivojlanishini ta’minlash, shu jumladan, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
173
ISSN:3030-3613
mexanizmlarini yanada takomillashtirish juda katta ahamiyatga ega. Buning tasdig‘i
o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-
2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-son Farmoni 41-
maqsadining beshinchi qismida “kompyuter va IT texnologiyalari sohasida bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan 100 mingdan
ortiq bepul to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish” [4] belgilanganligi juda katta
ahamiyatga egadir. Shuningdek, bu boradagi ishlarni takomillashtirish maqsadida
2020 yil 5 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston
– 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora- tadbirlari
to‘g‘risida”gi [5] PF-6079-sonli Farmoni qabul qilingan bo‘lib, mazkur huquqiy
qonunosti hujjati O‘zbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyot va elektron
hukumatni rivojlantirishning ustuvor maqsadlari, muhim yo‘nalishlari hamda
istiqbolli vazifalarini belgilaydi.
Bundan tashqari, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va Elektron
hukumatni rivojlantirish reytingida qayd etilgan vazifalardan kelib chiqib, raqamli
texnologiyalarni yanada keng joriy etish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonini yanada takomillashtirish
uchun axborot texnologiyalaridan ta’lim berish jarayonini yanada optimallashtirish,
buning uchun esa, o‘sib kelayotgan yosh avlod orasida axborot texnologiyalarini
yanada ommalashtirish, shuningdek, aholining barcha qatlamlari orasida raqamli
texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, turli yoshdagi aholiga
Internet tarmog‘ida ishlash, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan va
boshqa texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha tegishli bilim va ko‘nikmalarni o‘z
ichiga qamrab olgan kompyuter savodxonligi o‘quv kurslarini tashkil etish, axborot
texnologiyalari sohasida masofaviy, onlayn va virtual o‘qitish texnologiyalarini joriy
etish va rivojlantirish, onlayn kurslar uchun platformalar ishlab chiqish, raqamli
texnologiyalar sohasida yuqori bilim va malakaga ega bo‘lgan kadrlarni shakllantirish
maqsadida umumta’lim maktabi o‘quvchilariga dasturlashni o‘rgatish uchun zarur
bo‘lgan sharoitlarni yaratib berish va boshqalardan iborat.
Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarning joriy etilishi va bu boradagi
ishlarning yanada kengaytirilishi ta’lim jarayoni ishtirokchilari uchun juda katta
afzalliklarga ega. Aytaylik, oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarning onlayn shaklda
topshirilishi bu ularning ham vaqtini, ham “naqd”ini tejalishiga xizmat qilmoqda.
Yokida ta’lim jarayonida dars mashg‘ulotlarini raqamli texnologiyalardan
foydalangan holda tashkil etilishi ta’limdan ko‘zlangan maqsadga erishilishiga olib
keladi. Misol uchun, raqamli texnologiyalardan foydalangan holda turli
vatanparvarlik ruhidagi video-roliklarning namoyish etilishi yoshlarning qalbida o‘z
Vataniga nisbatan yuksak fuqarolik burchining shakllanishiga xizmat qilishi mumkin.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
65-son_2-to’plam_Iyul-2025
174
ISSN:3030-3613
Shu sababli, ta’lim sohasida ham raqamli ko‘nikmalarni oshirish muhim ahamiyatga
ega va ushbu jarayonni takomillashtirish uchun ta’lim tizimida ta’lim oluvchilarga
raqamli texnologiyalarni taqdim etish orqali ularda raqamli ko‘nikmalarni
o‘zlashtirish uchun imkoniyatlar yaratish, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish,
kelajakda zarur bo‘ladigan keng ko‘lamli raqamli transformatsiya sharoitida
yoshlarga bilim va ko‘nikmalar berish lozim. Bir so‘z bilan aytganda, raqamlashtirish
jarayoni faoliyatimiz samaradorligi, ta’lim sifati, shaffoflik va hudud xavfsizligini
ta’minlashda, o‘qituvchi va talabalarga qulaylik yaratish barobarida keng
imkoniyatlar yaratib berdi.
REFERENCES
Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekistonning asosiy ustuni – bilim, ta’lim va tarbiya
bo‘ladi:
ta-lim-sifati-islohotlar-muammolar-yechimlar-va-istiqbollari-haqida-fikr-va-
mulohazalar.pdf
3.
kun.uz
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son
“2022-2026- yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmoni: Lex.uz.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevining 2020 yil 5
oktyabrdagi PF- 6079-sonli “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini
tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni: lex.uz