Jild 65 № 2 (2025)

Jild 65 № 2 (2025)
Nashr qilingan: 12-07-2025

Maqolalar

3-7 10 6

ЭЛЕКТР ТИЗИМИНИНГ СТАТИК ТУРҒУНЛИГИ ЗАХИРАСИНИ ТАЪМИНЛАШ

Исмаилов Ахрор Шарофиддин ўғли

Аннотация 
Илмий  мақола  электр  энергетика  тизимларининг  статик  турғунлиги 
захирасини  таъминлашга  бағишланган.  Илмий  мақоланинг  мақсади  -  электр 
энергетика  тизимларининг  статик  турғунлиги  захираси  ҳақида  батафсил 
ўрганиш, уни тахлил қилиш, захира коеффициентини аниқлаш ва бутун электр 
тизимининг параллел ишлашидаги турғунликни бузилиш эхтимолининг хақиқий 
сабабларини аниқлашдан иборат.  

10-12 13 2

COMPARISON OF KOREAN AND UZBEK LANGUAGES:SIMILARITIES AND DIFFERENCES

Fayzullayeva Sevinch Rayimjon qizi

Abstract:This  article  presents  a  comparative  analysis  of  the  grammatical 
structures of Uzbek and Korean, two languages from the Altaic family. Despite the 
geographical and cultural differences between Uzbekistan and Korea, the languages 
share notable similarities in their grammatical frameworks, particularly in terms of 
agglutinative morphology, subject-object-verb (SOV) sentence structure,and the use of 
honorifics. 

58-64 10 7

ТЕМА: БОРЬБА C ТЕНЕВОЙ ЭКОНОМИКОЙ ПУТЕМ ПРИМЕНЕНИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ

Носиров Жавлонбек Абдусаматович

Аннотация. В статье рассматриваются новые способы борьбы с теневым 
сектором  экономики  в  контексте  цифровизации.  В  исследовании 
анализируются  различные  методы  и  инструменты  борьбы  с  теневой 
экономикой,  а  также  рассматриваются  преимущества  и  ограничения 
цифровизации  в  этой  сфере.  Отмечается  необходимость  разработки  и 
применения  специальных  алгоритмов  и  программного  обеспечения,  которые 
улучшат анализ данных и выявят потенциальные случаи уклонения от уплаты 
налогов. Отмечено, что для достижения наибольшей эффективности в борьбе с 
теневым  сектором  экономики  необходимо  использовать  комплексные  меры, 
такие  как  применение  новых  цифровых  технологий,  совершенствование 
налоговой  системы,  системы  государственного  контроля,  а  также  развитие 
сотрудничества между государственными органами и бизнес-средой. 

54-57 11 4

BOLALARDA KALSIY TANQISLIGI VA UNING NATIJASIDA KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLARNI DAVOLASH USULLARI

Rustamov Anvar Boboqul ugli

Annotatsiya 
Kalsiy inson organizmi uchun muhim mikroelementlardan biri bo‘lib, suyak va 
tishlarning  mustahkamligi,  mushaklarning  normal  ishlashi,  yurak  faoliyati  va  nerv 
impulslarining   uzatilishi   uchun   zarurdir.   Ayniqsa,o‘sish  davridagi  bolalarda 
kalsiyning yetarli darajada bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Ammo bugungi kunda turli 
sabablarga  ko‘ra,  bolalarda  kalsiy   tanqisligiholatlari  ko‘p  uchramoqda.  Kalsiy 
tanqisligi  ko‘pincha  noto‘g‘ri  ovqatlanish,  quyosh  nurlari  yetishmasligi,  jismoniy 
faollikning  pastligi  va  ayrim  metabolik  buzilishlar  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Ushbu 
tanqislikning    oqibatida    raxit,    osteopeniya,    mushaklarning    zaifligi,    o‘sishning 
sekinlashuvi  kabi  kasalliklar  rivojlanadi.  Maqolada  kalsiy  tanqisligining  sabablari, 
uning bola organizmiga ta’siri, klinik belgilari, tashxislash usullari va eng muhimi —
zamonaviy  davolash  va  profilaktika  choralari  haqida  batafsil  ma’lumot  beriladi. 
Shuningdek,    ovqatlanishni    to‘g‘ri    tashkil    etish,    biologik    faol    qo‘shimchalar, 
farmakologik  preparatlar  va  samarali  usullar  orqali  kalsiy darajasini tiklash yo‘llari 
ko‘rib chiqiladi 

48-53 15 3

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOTINING ASOSIY TARMOQ VA SOHALARIGA KIRITILGAN INVESTITSIYALARNING HOLATI VA UNING TAHLILI

Jarilkapova Naubaxar Paraxat qizi

  Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  O‘zbekiston  Respublikasi  iqtisodiyotining 
asosiy tarmoq va sohalariga jalb qilingan investitsiyalar holati, tarkibi va dinamikasi 
batafsil tahlil qilingan. Investitsiyalarning sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, qurilish, 
energetika hamda xizmatlar sohasidagi taqsimoti raqamli ma’lumotlar asosida ko‘rib 
chiqiladi. Tahlillar asosida investitsion siyosatning ijobiy jihatlari bilan birga mavjud 
muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, xorijiy 
investitsiyalar  ulushi,  davlat-xususiy  sheriklik loyihalari  va  innovatsion  investitsiya 
manbalarining ahamiyati yoritilgan. Maqola yakunida investitsion faoliyatni yanada 
rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar berilgan. 

39-47 15 6

INNOVATSION MOLIYALASHTIRISHNING INVESTITSION MUHITGA TA'SIRI VA O`RNI

Jarilkapova Naubaxar Paraxat qizi

  Annotatsiya:Ushbu  maqolada  innovatsion  moliyalashtirish  tushunchasi,  uning 
zamonaviy iqtisodiy sharoitda investitsion muhitga ta’siri va tutgan o‘rni tahlil qilinadi. 
Innovatsion  moliyalashtirish  mexanizmlarining  samarali  qo‘llanilishi  iqtisodiyotda 
yuqori texnologiyalarni rivojlantirish, yangi bizneslarni qo‘llab-quvvatlash va umumiy 
investitsion  faollikni  oshirishda  muhim  omil  bo‘lib  xizmat  qilishi  yoritiladi. 
Shuningdek,  rivojlangan  va  rivojlanayotgan  davlatlar  tajribasi  asosida  innovatsion 
moliyalashtirish  vositalarining  investitsion  muhitcha  ta’siri  solishtirma  tahlil  orqali 
ko‘rib  chiqiladi.  Maqolada  O‘zbekiston  misolida  amaliy  tavsiyalar  ham  ishlab 
chiqilgan. 

34-38 14 8

INVESTITSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISHNING IQTISODIY MAZMUNI, TAMOYILLARI VA UNING ASOSIY XUSUSIYATLARI.

Jarilkapova Naubaxar Paraxat qizi

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  investitsion  faoliyatni  tashkil  etishning 
iqtisodiy  mazmuni,  uning  asosiy  tamoyillari  va  xususiyatlari  chuqur  tahlil qilinadi. 
Investitsiyalarning milliy iqtisodiyotdagi roli, ularni jalb qilish mexanizmlari hamda 
samarali  boshqaruv  uslublari  yoritilgan.  Shuningdek,  investitsion  muhit  va 
infratuzilmaning  rivojlanishi,  xususan,  xususiy  sektor  ishtirokining  ahamiyati  ham 
ko‘rib  chiqiladi.  Maqolada  mavjud  muammolar  va  ularni  bartaraf  etish  bo‘yicha 
takliflar ham bayon etilgan. 

22-33 31 7

ATROF-MUHITGA YETKAZILGAN ZARARNI BAHOLASH VA KOMPENSATSIYA QILISH: XALQARO HUQUQIY ASOSLAR VA MUAMMOLAR

Turgʻunboyev Abrorjon Karimjon o‘gʻli

Ushbu maqolada atrof-muhitga yetkazilgan zararni baholash va kompensatsiya 
qilishning xalqaro huquqiy asoslari hamda ushbu sohadagi asosiy muammolar tahlil 
qilinadi.  Tadqiqotda  atrof-muhitga  yetkazilgan  ekologik  zararning  turli  shakllari, 
ularni  baholash  metodologiyasi  va  kompensatsiya  mexanizmlarining  hozirgi  holati 
ko‘rib chiqilgan. Xalqaro sud amaliyoti tahlili asosida zamonaviy xalqaro huquqda 
mavjud  bo‘lgan  kamchiliklar  va  ularni  bartaraf  etishning  mumkin  bo‘lgan  yo‘llari 
aniqlangan.  Maqolada  davlatlarning  atrof-muhit  sohasidagi  javobgarligi, 
“ifloslantiruvchi to‘laydi” prinsipi va kompensatsiya fondlarining ahamiyati alohida 
ta’kidlangan. 

19-21 14 4

IMPROVING YOUTH EDUCATION THROUGH HISTORICAL MONUMENTS OF KARAKALPAKSTAN

Turebaeva Feruza Sultan qizi

Abstract. Karakalpakstan is home to a vast and unique collection of historical 
monuments  that  bear  witness  to  ancient  civilizations,  religious  traditions,  and  the 
region’s strategic importance on the Silk Road. These monuments, often overlooked in 
mainstream  educational  curricula,  hold  immense  potential  for  enriching  youth 
education.  This  article  explores  how  integrating  the  study  and  experience  of 
Karakalpakstan’s historical sites – such as Mizdahkan, Ayaz-Kala, and Chilpik – into 
formal  and informal  educational settings can  foster historical  consciousness, moral 
reasoning, cultural pride, and critical thinking among students.  

16-18 14 2

РОЛЬ КУЛЬТУРНОГО НАСЛЕДИЯ КАРАКАЛПАКСТАНА В ФОРМИРОВАНИИ ИДЕНТИЧНОСТИ СТУДЕНТОВ

Туребаева Феруза Султан кызы

Аннотация.  В  условиях  глобализации  и  стремительных  социальных 
изменений  особое  значение  приобретает  сохранение  и  передача  культурного 
наследия молодому поколению. Каракалпакстан, обладающий богатой историей 
и уникальными культурными традициями, представляет собой важный источник 
нравственных,  духовных  и  патриотических  ценностей.  В  данной  статье 
рассматривается  влияние  культурного  наследия  Каракалпакстана  на 
формирование идентичности студентов. Освещаются возможности интеграции 
элементов  народного  искусства,  устного  творчества,  обычаев  и  исторических 
памятников в образовательный процесс.  

13-15 9 5

HANGEUL ALIFBOSI VA UNING TARIXIY RIVOJLANISHI

Mahamqulova Ruhshona Rustam qizi

Annotatsiya:   Koreys yozuvi – Hangeul, bugungi kunda dunyodagi eng ilmiy 
asosda yaratilgan yozuv tizimlaridan biri hisoblanadi.U koreya madaniyati va tilining 
ajralmas  qismi  bo;lib,oddiy  xalq  uchun  maxsus  soddalashtirilgan.Hangeulning 
yaratilishi,rivojlanishi  va  bugungi  kundagi  o’rni  haqida  batafsil  ma’lumot  ushbu 
maqolada keltiriladi. 

65-68 18 2

ТЕМА: СИСТЕМА И НАПРАВЛЕНИЯ МЕР ПО ПРЕДОТВРАЩЕНИЮ И УСТРАНЕНИЮ ТЕНЕВОЙ ЭКОНОМИКИ

Носиров Жавлонбек Абдусаматович

В  статье  раскрыты  современные  тенденции  теневой  экономики,  формы 
проявления теневой экономики в различных сферах хозяйствования, определены 
меры по снижению ее негативного эффекта. Показано, что в условиях рыночной 
экономики одной из существенных угроз экономической безопасности страны 
является  теневая  экономика.  В  целях  повышения  эффективности  борьбы  с 
теневая  экономика:  в  сфере  внешнеэкономической  деятельности  – 
осуществление мониторинга и введение валютного контроля по всем операциям 
в  сфере  международных  расчетов,  создание  единой  информационной  базы 
налогообложения  в  рамках;  на  рынке  ценных  бумаг  –  применение  методов 
контроля  и  правовых  возможностей  государства  с  целью  лишения 
недобросовестных  участников  финансовых  рынков  теневых  средств;  в  малом 
бизнесе – снижение налоговой нагрузки. 

8-9 12 7

O‘ZBEKISTONDA OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR: 2024-YIL NATIJALARI VA KELAJAK ISTIQBOLLARI

Ismatova Sevara Jasur qizi, Raximova Go‘zal Bagriddinovna

Annotatsiya.  So‘nggi yillarda O‘zbekiston jadal rivojlanish yo‘liga o‘tdi. Turli 
sohalarda chuqur islohotlar olib borilmoqda. Bu islohotlar jamiyat hayotini yaxshilash, 
fuqarolarning huquqlarini ta'minlash va zamonaviy davlat qurish yo‘lida muhim qadam 
hisoblanadi.  Shuningdek,  davlatimiz  yoshlarga  juda  ko’p  imkoniyatlar  yaratib 
bermoqda. Bu esa kelajakda rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishimizni ta’minlab 
beradi.  

179-186 10 6

IMPROVING FOOD SUPPLY IN THE CONDITIONS OF INNOVATIVE ECONOMY ISSUES OF APPLYING THE EXPERIENCE OF FOREIGN COUNTRIES

Seitlepesov Azamat Orazbayevich

 
Abstract: this article analyzes the experience of foreign countries in improving 
food supply in the conditions of innovative economy. In particular, the experiences of 
countries such as the Russian Federation, African countries, Canada, Great Britain, 
France, Italy, Bulgaria and Georgia were analyzed and a number of proposals were 
developed. 

175-178 13 6

“SIFATINI OSHIRISH VA UNING GLOBAL REYTINGLARGA TA'SIRI”

XURBOYEV SARDORBEK XURSHIDBEK O’G’LI

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  ta’lim  sohasidagi  raqamli  transformatsiya 
jarayonlari hamda ularning jahon reytinglaridagi o‘rniga bag‘ishlangan tahlil bayon 
etilgan. Raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga tatbiq etish orqali o‘quvchilarning 
o‘zlashtirish  imkoniyatlari  kengaymoqda,  pedagoglar  esa  zamonaviy  yondashuvlar 
bilan  samarador  faoliyat  yuritishga  undalmoqda.  Tadqiqotda  onlayn  ta’lim 
platformalari,  masofaviy  o‘qitish  tizimi,  virtual  darslar,  sun’iy  intellekt  kabi 
innovatsion  yutuqlarning  ta’lim  jarayoniga  integratsiyasi  yoritilgan.  Maqolada, 
shuningdek, ta’lim sifati, ilmiy-texnik salohiyat, universitetlar faoliyatining xalqaro 
reytinglardagi  ko‘rinishi  va  raqamli  transformatsiyaning  bunda  tutgan  o‘rni 
muhokama qilingan. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni joriy 
etish  amaliyoti  va  ularning  xalqaro  reytinglarga  ko‘rsatgan  ta’siri  alohida 
o‘rganilgan.  Maqolada,  shuningdek,  raqamli  innovatsiyalar  asosida 
universitetlarning xalqaro miqyosda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari ko‘rsatilgan. 

171-174 14 5

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TA’LIM TIZIMINI YUKSALTIRISH

Xurboyev Sardorbek Xurshodbek o’g’li

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  raqamli  texnologiya  tushunchasi,  ta’lim 
tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, bu borada davlatimiz 
tomonidan  amalga  oshirilayotgan  islohotlar,  raqamli  transformatsiya  sharoitida 
ta’lim  tizimini  yuksaltirish  va  shu  orqali  yoshlarda  axloqiy-ma’naviy  sifatlarni 
rivojlantirish  mexanizmlari  xususida  so‘z  yuritilgan.  Shuningdek,  mazkur  mavzu 
yuzasidan tegishli tavsiya va xulosalar keltirib o‘tilgan. 

169-170 11 4

O‘PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIGI VA YURAK ISHEMIK KASALLIGI KOMORBIDLIGIDA KREATININ VA SISTATIN C KO‘RSATKICHLARINING SOLISHTIRMA TAHLILI

Nurullayev Baxtiyor Azimboyevich, Turakulov Rustam Ismatullayevich

O‘pkaning  surunkali  obstruktiv  kasalligi  (OSOK)  va  yurak  ishemik  kasalligi 
(YIK)  ko‘p  hollarda  birga  uchraydigan  va  bir-birining  kechishiga  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatadigan  patologiyalardir.  Bu  kasalliklarning  kombinatsiyasi  buyrak 
disfunktsiyasining rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Kreatinin an’anaviy 
marker sifatida qo‘llanilsa-da, sistatin C yangi va ishonchli biomarker sifatida tobora 
ko‘proq  e’tiborni  tortmoqda.  Ushbu  tadqiqotning  maqsadi  OSOK  va  YIK  bilan 
og‘rigan bemorlarda kreatinin va sistatin C ko‘rsatkichlarining diagnostik ahamiyatini 
solishtirma baholashdan iborat. 
Toshkent  davlat  tibbiyot  universitetining  2-sonli  oilaviy  tibbiyot  kafedrasida 
2023-2024 yillarda olib borilgan kesimli kuzatuv tadqiqotiga OSOK (GOLD mezonlari 
bo‘yicha) va YIK (ESC ko‘rsatmalari bo‘yicha) tashxisli 90 nafar bemor va 30 nafar 
sog‘lom nazorat guruhi jalb qilingan. 
Bemorlarning  barchasida  Kreatinin  (Jaffe  usuli),  Sistatin  C 
(immunoturbidimetrik usul) 
eGFR  (CKD-EPI  formulasi  bo‘yicha),  Spirometriya  (FEV1/FVC)  va 
Transtorakal exokardiyografiya tekshiruvlar o‘tkazilgan. 
Statistik  tahlil  SPSS  25.0  dasturida  ANOVA,  Pearson  korrelyatsiyasi  va 
regressiya tahlillari yordamida amalga oshirilgan. 

161-168 12 4

ПОВЫШЕНИЕ НАДЕЖНОСТИ МАШИН МАЛЫХ И СРЕДНИХ ПРЕДПРИЯТИЙ

А. Собиржонов, Д.А. Айрапетов

Аннотация:  Эффективность  использования  машин  зависит  от 
поддержания  уровня  надежности  техники,  заложенный  производителем.  В 
зависимости  от  реальных  условий,  необходимо  создать  производственно-
техническую  базу,  изучить  показателей  надежности  совместно  профильными 
научными организациями, корректировать эксплуатационные нормативы. 

157-160 11 5

O‘ZBEKISTONNING SUG‘ORILADIGAN YERLARDAGI ASOSIY MUAMMOLAR

Narkulova Malika Usmankulovna

Annotatsiya: O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlari mamlakat iqtisodiyoti va 
qishloq xo‘jaligi sohasida alohida ahamiyatga ega. Ushbu yerlarda yetishtiriladigan 
mahsulotlar nafaqat ichki bozorni oziqlantirishda, balki eksport salohiyatini oshirishda 
ham  muhim  rol  o‘ynaydi.  Sug‘oriladigan  yerlar  mamlakatning  qishloq  xo‘jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqarishining asosiy manbai hisoblanadi, ammo ularning samarali 
ishlatilishi bir qator muammolar tufayli qiyinlashmoqda. Ushbu muammolarni chuqur 
tahlil  qilish  va  ularni  bartaraf  etish  choralarini  ko‘rish  zarurati  kun  sayin  ortib 
bormoqda. 

151-156 7 5

GEOGRAFIK VA MATEMATIK FANLAR INTEGRATSIYASI ASOSIDA O'QUVCHILARNING KARTOGRAFIK BILIMLARINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK TIZIMNI YARATISH

Ergashev Tolif Yuldashevich

Annotasiya:  Ushbu  maqola  geografiya  va  matematika  fanlarini  integratsiya 
qilishning  metodik  tizimini  ishlab  chiqishga  bag‘ishlangan.  Integratsiyaning 
maqsadlari,  asosiy  yo‘nalishlari,  metodik  yondashuvlari  va  amaliy  misollari  ko‘rib 
chiqiladi.  Maqolada  fanlararo  aloqalarni  mustahkamlash,  o‘quvchilarda  analitik 
fikrlash  va  real  muammolarni  hal  qilish  ko‘nikmalarini  rivojlantirishga  qaratilgan 
strategiyalar  ta’kidlanadi.  Maqola  ta’lim  sohasidagi  mutaxassislar,  o‘qituvchilar  va 
tadqiqotchilar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. 

99-103 12 9

THE MAIN GENRES OF CHILDREN'S LITERATURE IN THE HISTORICAL AND LITERARY PROCESS OF ENGLAND IN THE XIXTH AND EARLY XXTH CENTURIES

Sobirova Gulasal Madat qizi

The  main  genres  of  children's  literature  in  XIXth  and  early  XXth  century 
England reflect a dynamic interplay between cultural values, educational philosophies, 
and  artistic  expression.  This  era  laid  the  groundwork  for  contemporary  children's 
literature, fostering a legacy that champions creativity, empathy, and the exploration 
of complex themes through the lens of childhood. As society continues to evolve, so 
too does children's literature, but the foundational developments of this period remain 
pivotal in shaping its trajectory. 

144-148 10 7

TINISH BELGILARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING TURLARI

Muxiddinova Yulduz Rustam qizi

Annotation: Ushbu maqolada tinish belgilarining lingvistik jihatlari, ularning 
til tizimidagi o‘rni va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Har bir tinish belgisining 
grammatik, stilistik va mantiqiy  yuklamasi, ularning turli kontekstlardagi vazifalari 
yoritilgan. Shuningdek, maqolada tinish belgilarining asosiy turlari, ularning ishlatilish 
qoidalari va o‘zaro farqlari haqida fikr yuritiladi. Maqola tilshunoslik, ayniqsa, yozma 
nutq tahlili bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar uchun foydalidir. 

140-143 15 8

TINISH BELGILARINI O‘RGATISHDA QO‘LLANILADIGAN SAMARALI USUL VA TEXNOLOGIYALAR

Muxiddinova Yulduz Rustam qizi

Annotation:  Mazkur  maqolada  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  tinish 
belgilarini  o‘rgatishda  foydalaniladigan  zamonaviy,  innovatsion  va  samarali  usul 
hamda  texnologiyalar  tahlil  qilingan.  Interaktiv  metodlar,  AKT  vositalari,  o‘yinli 
yondashuvlar  va  vizual  materiallar  yordamida  o‘quvchilarning  yozma  nutqini 
rivojlantirish,  savodxonligini  oshirish  va  mustaqil  fikrlash  ko‘nikmalarini 
shakllantirish  muhim  omil  sifatida  ko‘rib  chiqiladi.  Amaliy  tavsiyalar  va  dars 
jarayonidan namunalar orqali mavzuning ahamiyati yoritilgan. 

134-139 14 5

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TINISH BELGILARINI ISHLATILISHI

Muxiddinova Yulduz Rustam qizi

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilariga  tinish 
belgilarini  o‘rgatishning  ahamiyati,  dars  jarayonida  ulardan  to‘g‘ri  foydalanish 
ko‘nikmasini  shakllantirishga  doir  metodik  yondashuvlar  yoritilgan.  Tinish 
belgilarining o‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirishdagi o‘rni, ularga oid mashq 
va  topshiriqlarni  tashkil  etishning  samarali  usullari  tahlil  qilinadi.  Maqolada 
shuningdek, o‘qituvchining bu boradagi roli va pedagogik yondashuvlari haqida fikr 
yuritiladi. 

127-133 12 8

ДАНАКЛИ МЕВА ГИЛОСНИ ҚАЙТА ИШЛАБ ШАРБАТ ТАЙЁРЛАШ ТЕХНОЛОГИЯСИ

Сафаров Асқар Асатуллаевич, Мирзаахмедова Наргиза Абдумумин қизи

Аннотация 
Ушбу мақола Ўзбекистоннинг маҳаллий гилос сортлари – “Қора гилос”, 
“Сурхон”  ва  “Алча  гилос”  асосида  шарбат  ишлаб  чиқариш  технологиясини 
батафсил  кўриб  чиқади.  Ишлаб  чиқаришнинг  асосий  босқичлари  –  хомашёни 
танлаш, ювиш, данакларини ажратиш, эзиш, термик ишлов бериш, фильтрлаш, 
пастеризация  ва  қадоқлаш  жараёнлари  таҳлил  қилинади.  Технологиянинг 
озуқавий  хусусиятларга  (витамин  С,  антиоксидантлар,  минераллар),  энергия 
сарфига,  экологик  барқарорликка  ва  сифат  назоратига  таъсири  ўрганилади. 
Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги шароитида гилос шарбатини ишлаб чиқаришнинг 
амалий  имкониятлари  ва  экспорт  бозоридаги  аҳамиятига  алоҳида  эътибор 
берилган.  Тадқиқот  илмий  адабиётлар,  Ўзбекистоннинг  норматив-ҳуқуқий 
ҳужжатлари  ва  амалий  маълумотларга  асосланади.  Мақола  технологиянинг 
афзалликлари  ва  чекловларини  қиёсий  таҳлил  қилиб,  Ўзбекистонда  гилос 
шарбати ишлаб чиқаришни ривожлантириш бўйича таклифлар беради. 

123-126 16 8

ЎЗБЕКИСТОНДА ДАНАКЛИ МЕВАЛАРНИНГ ҚАЙТА ИШЛАШ ТЕХНОЛОГИЯСИ ВА УЛАРНИНГ ОЗИҚ-ОВҚАТ САНОАТИДАГИ АҲАМИЯТИ

Мирзаахмедова Наргиза Абдумумин қизи

Ўзбек  тилида:  Ушбу  мақола  Ўзбекистонда  данакли  мевалар  (ўрик, 
олхўри, гилос) асосида озиқ-овқат маҳсулотларини қайта ишлаб чиқаришнинг 
замонавий технологияларини ўрганишга бағишланган. Тадқиқотда меваларнинг 
кимёвий  таркиби,  қайта  ишлаш  жараёнларининг  самарадорлиги  ва  тайёр 
маҳсулот сифатига таъсири таҳлил қилинадиЎзбекистон олимларининг илмий 
ишлари ва мавзуга оид қонунчиликка таяниб, маҳаллий навларнинг озиқ-овқат 
саноатидаги аҳамияти ва экспорт имкониятлари кўрсатиб ўтилган. 

116-122 7 3

ЎРИКНИ ҚАЙТА ИШЛАБ ИЧИМЛИКЛАР (ШАРБАТ, КОМПОТ) ОЛИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ

Сафаров Асқар Асатуллаевич, Мирзаахмедова Наргиза Абдумумин қизи

Аннотация 
Ушбу  мақола  Ўзбекистоннинг  маҳаллий  ўрик  сортлари  –  “Субхон”, 
“Исфара” ва “Шаҳноз” асосида ичимликлар (шарбат ва компот) ишлаб чиқариш 
технологиясини  кўриб  чиқади.  Ишлаб  чиқаришнинг  асосий  босқичлари  – 
хомашёни  танлаш,  ювиш,  данакларини  ажратиш, эзиш, термик  ишлов бериш, 
фильтрлаш, пастеризация ва қадоқлаш жараёнлари батафсил таҳлил қилинади. 
Технологиянинг озуқавий хусусиятларга (витамин С, антиоксидантлар, диетик 
толалар), энергия сарфига, экологик барқарорликка ва сифат назоратига таъсири 
ўрганилади.  Ўзбекистон  қишлоқ  хўжалиги  шароитида  ўрик  ичимликларини 
ишлаб чиқаришнинг  амалий  имкониятлари  ва  экспорт  бозоридаги аҳамиятига 
алоҳида  эътибор  берилган.  Тадқиқот  илмий  адабиётлар,  Ўзбекистоннинг 
норматив-ҳуқуқий  ҳужжатлари  ва  амалий  маълумотларга  асосланади.  Мақола 
технологиянинг  афзалликлари  ва  чекловларини  қиёсий  таҳлил  қилиб, 
Ўзбекистонда  ўрик  ичимликлари  ишлаб  чиқаришни  ривожлантириш  бўйича 
таклифлар беради. 

111-115 14 6

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA O’QUV MASHG’ULOTLARINI ZAMONAVIY TASHKIL ETISHDA SUN’IY INTELLEKT TIZIMLARIDAN FOYDALANISH

Aminov Hayotjon, Baxtiyorov Ravshan Baxtiyor o‘g‘li

Annotatsiya:  Maqolaning  mavzusi  oliy  ta'lim  sohasida  sun'iy  intellektni 
boshqarish bo'lib, bu raqamlashtirish sharoitida bilim sifatini oshirish va ta'lim xavfini 
kamaytirishni  ta'minlaydi.  Maqolaning  maqsadi  oliy  taʼlim  muassasalarida  sunʼiy 
intellektni rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal 
qilish  boʻyicha  tavsiyalar  ishlab  chiqishdan  iborat.  Tadqiqot  metodologiyasi  sun'iy 
intellektni  o'rganishda  ta'lim  sifatiga,  ta'lim  jarayoni  ishtirokchilarining 
psixologiyasiga  va  uni  boshqarish  mexanizmlariga  ta'sirini  hisobga  olish  imkonini  
beruvchi  zamonaviy  usullar,  uslublar  va vositalardan foydalanishga asoslangan. 
uning rivojlanishi. 

108-110 12 4

ESHITISHDA NUQSONI BOR BOLALAR

Tuzelova Aziza Marat qizi

Annotatsiya: Ushbu maqolada eshitishda nuqsoni bor bolalarning rivojlanish 
xususiyatlari, ta’lim olishdagi muammolar va ularga ko‘rsatiladigan pedagogik hamda 
reabilitatsion  yondashuvlar  haqida  fikr  yuritiladi.  Eshitish  nuqsonining  sabablari, 
ijtimoiy  moslashuvdagi  rol  va  zamonaviy  texnologiyalarning  ahamiyati  ko‘rib 
chiqiladi. 

104-107 15 3

TURKISTON MILLIY TEATRIDA MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING MA’NAVIY HAYOTIDA TUTGAN O‘RNI

Ziyodov Husniddin Isomiddin oʻgʻli

Annotatsiya:  Ushbu  maqola  Mahmudxo‘ja  Behbudiyning  Turkiston  milliy 
teatrining shakllanishi va rivojlanishidagi o‘rni, uning ijodiy faoliyati hamda ma’rifiy 
ishlari orqali jamiyatda o‘zgarishlarni amalga oshirishga bo‘lgan intilishlarini tahlil 
qilishga bag‘ishlangan. Behbudiyning sahna asarlari va u ilgari surgan g‘oyalar milliy 
ong va ma’naviyatni yuksaltirishda qanday ahamiyat kasb etgani yoritiladi. 

149-150 10 4

JAMOAT TRANSPORTIDA RAQAMLASHTIRISH: KELAJAK SARI YO'L

To‘rayev Diyorbek O‘ktamovich

Annotatsiya:  Jamoat  transporti  sohasida  raqamlashtirishning  afzalliklari, 
xavfsizlik, qulaylik, tejamkorlik va ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi roli ko‘rib 
chiqiladi. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlarning jamoat transporti 
tizimlariga joriy etilishi natijasida erishilayotgan yutuqlar tahlil qilinadi. 

96-98 8 5

URBANIZATION AND BIODIVERSITY: THE NATURALIZATION OF URBAN DEVELOPMENT.

Solijonova Raykhona

Abstract:  Today  a  large  part  of  the  world's  population  lives  in  cities.  The 
process of urbanization continues at a rapid pace, and this process affects all aspects of 
human life. Cities are expanding, new infrastructures are being built, economic and 
cultural life is developing. However, not only does urbanization remain associated with 
human  activities,  it  also  has  a  significant  impact  on  the  natural  environment  and 
biodiversity.  The  naturalization  of  urban  development  is  understood  as  the 
harmonization of the urbanization process with nature, actions aimed at preserving and 
developing  biodiversity.  This  article  discusses  the  impact  of  urbanization  on 
biodiversity, the integration of cities with the natural environment, the development of 
urban ecosystems and the challenges and prospects in this process. 

90-95 7 8

MOTOR ALALIYAGA EGA BO‘LGAN BOLALAR VA ULARNING RIVOJLANISH XUSUIYATLARINI O‘RGANISH.

Sulaymanova Muhlisa Kozimjon qizi, Utbasarova Umida.M

Ushbu  maqolada  motor  alaliya  —  bolaning  nutq  markazlari  zararlanishi 
natijasida  yuzaga  keladigan  nutqiy  rivojlanish  nuqsoni  keng  va  chuqur  yoritilgan. 
Alaliyaning  kelib  chiqish  sabablari  prenatal,  natal  va  postnatal  omillar  orqali 
izohlangan. Maqolada alaliyaning turlari — motor, sensor va aralash shakllari haqida 
batafsil  ma’lumot  berilgan  hamda  ayniqsa  motor  alaliyaning  klinik  ko‘rinishlari, 
psixologik  va  nevrologik  xususiyatlari  chuqur  tahlil  qilingan.  Shuningdek,  ushbu 
holatda bolalarda uchraydigan nutqiy, leksik-grammatik, artikulyatsion va fraza nutqi 
muammolari  tavsiflangan.  Alaliyaning  erta  tashxisi,  logopedik  terapiya  va  boshqa 
reabilitatsiya usullari orqali davolash muhimligi alohida ta’kidlangan. Maqola, alaliya 
bilan og‘rigan bolalarning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda tizimli, komple  

87-89 15 7

CHO‘L VA ADIR HUDUDLARDAGI LALMI YERLARDAN SAMARALI FOYDALANISH YO'LLARINI ISHLAB CHIQISHI.

Azimov Muhiddin Turamurodovich

Ushbu maqolada Qamashi tumanidagi cho‘l va adir hududlarda joylashgan lalmi 
yerlarning  hozirgi  holati  tahlil  qilinadi  hamda  ulardan  samarali  foydalanish 
imkoniyatlari yoritiladi. Lalmi dehqonchilikni rivojlantirish, suvdan tejab foydalanish, 
muqobil ekinlarni joriy etish, agrotexnik tadbirlarni kuchaytirish orqali hosildorlikni 
oshirish  masalalari  ilmiy  asosda  ko‘rib  chiqiladi.  Shuningdek,  iqlim  sharoitiga 
moslashgan  ekin  turlari  va  agroinnovatsion  texnologiyalar  asosida  barqaror 
dehqonchilik yuritish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. 

84-86 14 9

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA KO‘CHMAS MULK OBYEKTLARI EGALLAB TURGAN YERLARNING MONITORINGINI TAKOMILLASHTIRISH.

Azimov Husniddin Turamurodovich

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning yer resurslarini boshqarishdagi roli, 
xususan ko‘chmas mulk obyektlari egallab turgan yer uchastkalarining monitoringini 
takomillashtirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Yer tuzish va kadastr tizimlarida zamonaviy 
texnologiyalarni qo‘llash orqali real vaqtda nazorat, aniqlik va shaffoflikka erishish 
imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari, dronlar va GIS 
texnologiyalarining samaradorligi misollar bilan asoslab berilgan. 

80-83 9 2

SPORT MUSOBAQALARIGA TAYYORLANISHDA INTENSIV MASHG‘ULOTLARNING ROLI.

Burxonov Bahodir Hayotovich

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  sport  musobaqalariga  tayyorlanish  jarayonida 
intensiv  mashg‘ulotlarning  tutgan  o‘rni  ilmiy  asosda  tahlil  qilingan.  Intensiv 
mashg‘ulotlarning afzalliklari, ularni qo‘llash bosqichlari, salbiy oqibatlari va ehtiyot 
choralari haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, ilgari o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar 
asosida  intensiv  mashg‘ulotlarning  sportchilar  salomatligi  va  natijadorligiga  ta’siri 
yoritilgan. 

77-79 16 11

VITAMINLARDAN TARTIBSIZ FOYDALANGANDA SPORTCHI ORGANIZMIDA YUZAGA KELADIGAN XATARLAR.

Burxonov Bahodir Hayotovich

Annotatsiya:  Vitaminlar  sportchi  organizmida  energiya  ishlab  chiqarish, 
muskullarni tiklash, immunitetni mustahkamlash va umumiy sog‘liqni saqlash uchun 
muhim  ahamiyatga  ega.  Biroq,  vitaminlardan  tartibsiz  va  ortiqcha  foydalanish 
sportchilarda  salbiy  oqibatlarga  olib  kelishi  mumkin.  Ushbu  maqolada  sportchilar 
orasida  vitaminlar  yetishmasligi  va ortiqcha  iste’molining salbiy  ta’sirlari, ularning 
organizmga ta’siri va xavf omillari tahlil qilinadi. Tartibsiz vitaminlardan foydalanish 
organizmda  turli  xil  salbiy  o’zgarishlarga,  jumladan,  oshqozon-ichak  tizimi 
buzilishlari,  yurak  va  jigar  funksiyalarining  buzilishi,  shuningdek,  toksik  ta’sirlar 
keltirib chiqarishi mumkin. Shu boisdan, sportchilarga vitaminlarni shifokor nazorati 
ostida va mutanosib miqdorda iste’mol qilish tavsiya etiladi. 

73-76 14 8

JISMONIY TAYYORGARLIKNING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI.

Burxonov Bahodir Hayotovich

Annotatsiya: Ushbu  maqolada jismoniy  tayyorgarlikning inson organizmiga, 
xususan  yurak-qon  tomir,  nafas  olish,  asab,  immun  va  mushak-skelet  tizimlariga 
ko‘rsatadigan  ta’siri  chuqur  tahlil  qilingan.  Muntazam  jismoniy  mashg‘ulotlar 
salomatlikni mustahkamlash, kasalliklarning oldini olish va psixologik barqarorlikni 
ta’minlashdagi  o‘rni  ilmiy  dalillar  asosida  yoritilgan.  Maqolada  jismoniy 
tayyorgarlikning umumiy sog‘lomlashtiruvchi roli bilan birga, u bilan bog‘liq ayrim 
xavf omillari ham ko‘rib chiqilgan. 

69-72 16 7

JURNALISTIKAGA BO‘LGAN MUHABBATIM

Shaymurodova Gulsanam Yoqub qizi

Ushbu  maqolada  jurnalistikaga  bo‘lgan  shaxsiy  va  kasbiy  qiziqish,  uning 
ijtimoiy va ma’naviy ahamiyati hamda jurnalist kasbining jamiyatdagi o‘rni yoritilgan. 
Maqola  muallifning  jurnalistikaga  bo‘lgan  ichki  muhabbati,  bu  yo‘ldagi  ilhom 
manbalari va jurnalistikaning bugungi kunda o‘zbek jamiyatida tutgan o‘rni haqida fikr 
yuritadi. Shuningdek, adabiy uslubda jurnalistikani bir haqiqat ko‘zgusi sifatida tahlil 
qiladi. Maqola ijodiy yozilgan bo‘lsa-da, nazariy asoslarga tayangan va jurnalistika 
bilan  bog‘liq  ilmiy  manbalarga  suyanilgan.  Tadqiqotning  maqsadi  -  jurnalistikaga 
bo‘lgan shaxsiy rag‘bat orqali bu kasbning ijtimoiy rolini ko‘rsatishdan iborat.