T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
62
ISSN:3030-3613
TA’MINOT ZANJIRINI BOSHQARISH VA UNING BARQARORLIGINI
OSHIRISH MEXANIZMLARI
QARSHIYEVA FOTIMA VAHOB QIZI
SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH
UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA BOSHQARUV
FAKULTETI MENEJMENT YO’NALISHI TALABASI
E-mail: fotimaqarshiyeva20@gmail.com
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada ta’minot zanjiri tushunchasi va uning tarkibiy qismlari,
ta’minot zanjirini boshqarish va barqarorligini oshirish mexanizmlari yoritib
berilgan.Ta’minot zanjirining boshqaruv vazifalari nimalardan iborat ekanligi,uni
samarali boshqarish nimalardan iboratligi ta’kidlangan.
Barqaror ta’minot zanjirining
foydalari ko’rsatilgan.Ushbu maqola shu sohadagi ilmiy izlanuvchilar va mustaqil
tadqiqotchilar uchun foydali bo’lishi mumkin.
KALIT SO’ZLAR:
Biznes, zamonaviy biznes, ta’minot zanjiri, mexanizm,
raqobatbardoshlik, xomashyo, mijoz, kompaniya, mahsulot, ishlab chiqarish, tizim,
optimallashtirish
УПРАВЛЕНИЕ ЦЕПЬЮ ПОСТАВОК И МЕХАНИЗМЫ ПОВЫШЕНИЯ
ЕЕ УСТОЙЧИВОСТИ
КАРШИЕВА ФОТИМА ВАХОБ КЫЗЫ
Студентка направления «Менеджмент»
Факультета экономики и управления
Самаркандского государственного
архитектурно-строительного университета
E-mail: fotimaqarshiyeva20@gmail.com
АННОТАЦИЯ
В данной статье раскрываются понятия цепи поставок и ее составных
частей, а также механизмы управления цепью поставок и повышения ее
устойчивости. Отмечено, в чем заключаются управленческие функции цепи
поставок и что входит в эффективное управление ею. Показаны преимущества
устойчивой цепи поставок. Данная статья может быть полезна для научных
исследователей и независимых специалистов в этой области.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
63
ISSN:3030-3613
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:
Бизнес, современный бизнес, цепь поставок,
механизм, конкурентоспособность, сырье, клиент, компания, продукт,
производство, система, оптимизация
SUPPLY CHAIN MANAGEMENT AND MECHANISMS FOR ENHANCING
ITS SUSTAINABILITY
QARSHIYEVA FOTIMA VAHOB QIZI
Student of Management, Faculty of Economics and Management
Samarkand State University of Architecture and Civil Engineering
E-mail: fotimaqarshiyeva20@gmail.com
ABSTRACT
This article discusses the concept of the supply chain and its components, as well
as the mechanisms for managing the supply chain and enhancing its sustainability. It
highlights the management functions of the supply chain and what constitutes effective
management. The benefits of a sustainable supply chain are also presented. This article
may be useful for academic researchers and independent scholars in this field.
KEYWORDS:
Business, modern business, supply chain, mechanism,
competitiveness, raw material,customer, company, product, production, system,
optimization
KIRISH
Bugungi kunda zamonaviy biznes olamida ta’minot zanjiri tushunchasi keng
ommalashmoqda.Xo’sh,ta’minot zanjiri aslida nima? U nima uchun kerak? Biz
bilamizki,ta’minot zanjirini boshqarish va uning barqarorligini oshirish jarayonlarini
samarali tashkil etish zamonaviy biznesni muvaffaqiyatga erishishining asosiy omili
hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda
ishlab chiqarish va xizmat
ko‘rsatish sohalarida logistika jarayonlarini
optimallashtirish dolzarb masalalardan biriga aylangan. Ayniqsa, ta’minot zanjirini
samarali boshqarish zamonaviy biznesning raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy
omillardan biri sifatida tan olinadi.Ushbu ta’minot zanjiri tizimi xomashyo manbasidan
tortib, tayyor mahsulotni asosiy iste’molchiga etib berishgacha bo‘lgan murakkab
bosqichlardan tarkib topgan. Shu sababdan, zamonaviy raqamli tizimlardan
foydalanish ta’minot zanjirining har bir sohasini samarali moslashtirishga xizmat
qiladi. Endi maqolada ta’minot zanjiri tushunchasi haqida ma’lumot berib,uning
bashqaruviga ham alohida to’xtalib o’tamiz.
✔
Ta’minot zanjiri tushunchasi va uning tarkibiy qismlari.
Zamonaviy
iqtisodiy tizimlarda ishlab chiqarish va iste’mol jarayonlari tobora murakkablashib
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
64
ISSN:3030-3613
borayotgani sababli, ta’minot zanjiri konsepsiyasi tobora ko‘proq e’tibor markaziga
aylanmoqda. Bu zanjir ishlab chiqarishdan tortib, yakuniy mahsulotni iste’molchiga
yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Ta’minot zanjiri
samarali
tashkil
etilganda,
resurslardan
oqilona
foydalanish,
xarajatlarni
optimallashtirish, mahsulot aylanish tezligini oshirish va mijozlarga tezkor xizmat
ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi. Ayniqsa, xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi
korxonalar uchun raqobatbardoshlikni ta’minlashda bu zanjirning har bir bo‘g‘ini
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’minot zanjiri — bu mahsulotlar, materiallar yoki ma’lumotlarni xom ashyo
manbalaridan iste’molchigacha yetkazishda ishtirok etuvchi uch yoki undan ortiq
tashkilotlar (yoki shaxslar) majmuasidir. Muhimi shundaki, bu ta’rif yakuniy
foydalanuvchini ham qamrab oladi.
"Samarali ta’minot zanjiri kompaniyalarga xarajatlarni optimallashtirish,
mahsulot sifatini ta’minlash, yetkazib berish muddatlarini qisqartirish va mijozlar
talablariga tezkor javob qaytarish imkonini beradi. Shu bilan birga, ta’minot zanjirining
uzilishi yoki buzilishi jiddiy moliyaviy yo’qotishlarga va kompaniya obro’si tushishiga
olib kelishi mumkin"
i
Ushbu zanjir tizimi haqida ma’lumotga ega bo’ldik.Maqolada ta’minot zanjiri
boshqaruvi tushunchasiga to’xtalib o’tamiz.
Ta’minot zanjiri boshqaruvi (SCM)
– bu operatsion samaradorlikka erishish,
mijoz ehtiyojini qondirish va strategik maqsadlarga yetishish uchun jarayonlar,
resurslar va manfaatdor tomonlarni uyg‘unlashtiruvchi tizimli yondashuvdir.
U samarali boshqaruvni ta’minlash uchun talabni bashorat qilish,
inventarizatsiyani nazorat qilish va favqulodda holatlar rejasini ishlab chiqishni o‘z
ichiga oladi.
ii
Ta’minot zanjiri materiallarning boshlanishidan yakunigacha bo‘lgan yo‘lni
ifodalaydi. Bu jarayonda xomashyo yetkazib beruvchilar, ishlab chiqaruvchilar, qayta
ishlovchilar, omborlar, tashuvchilar, ulgurji va chakana savdogarlar hamda boshqa
manfaatdor tomonlar ishtirok etadi. Ba’zida bu zanjir yakuniy foydalanuvchida
tugamay, materiallarni qayta ishlash va qayta foydalanish bosqichlarini ham qamrab
oladi.
Bugungi raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’minot zanjiri nafaqat fizik harakatlar
majmuasi, balki ma’lumotlar almashinuvi, texnologik integratsiya va strategik
boshqaruv vositasi sifatida ham qaralmoqda. Har bir bo‘g‘in o‘zining aniq funksiyasiga
ega bo‘lib, ular o‘zaro uzviy bog‘langan holda ishlaydi. Bu bog‘liqlik esa butun
tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlashda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shu bois,
zamonaviy logistika va boshqaruv amaliyotida ta’minot zanjiri konsepsiyasini chuqur
o‘rganish va uni ilg‘or raqamli texnologiyalar asosida boshqarish ayni zamon talabi
sanaladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
65
ISSN:3030-3613
Ta’minot zanjiridagi barqarorlik
Barqarorlik ichki va tashqi zarbalar - ma’lum va noma’lum - oldida bardosh
berish, moslashish va gullab-yashnash qobiliyatini anglatadi. Aniqroq qilib aytganda,
ta’minot zanjirlarini o’z ichiga oladigan operatsion barqarorlik - bu biznesning
talabidagi o’zgarishlarga moslasha oladigan va sifatni pasaytirmasdan mustahkam
ishlab chiqarish quvvatini saqlab qolishidir.
Ta’minot zanjirini boshqarishda tashkilotlar uzoq muddatli noaniqlik va
kutilmagan o’zgarishlarga tayyor bo’lishi kerak. Buning uchun ular uchta muhim
qadamni qo’llashlari mumkin:
Tezkor choralar
: Avvalgi e’tiborsiz qoldirilgan muammolarni tezda aniqlash
va bartaraf etish. Bu qisqa muddatli yechim bo’lsa-da, katta foyda keltiradi.
Jarayonlarni takomillashtirish
: Yagona markazdan turib operatsiyalarni
boshqarish, ta’minot va talabdagi o’zgarishlarni oldindan bashorat qilish hamda
zaxiralarni samarali boshqarish usullarini joriy etish.
Uzoq muddatli barqarorlik
: Raqamli texnologiyalardan foydalanish, turli
vaziyatlarni sinab ko’rish, hamkorlar bilan ma’lumot almashish va ta’minot zanjiri
jamoasining kichik bir qismini alohida ajratib, ularga maxsus e’tibor qaratish orqali
tizimning mustahkamligini oshirish. Mazkur yondashuv ta’minot zanjirining eng
muhim qismlariga ko’proq e’tibor berishga imkon yaratadi. Shu orqali, butun
tizimning samaradorligi va barqarorligini ta’minlash mumkin. Bundan tashqari,
ta’minotchilar haqida ko’proq ochiq ma’lumotga ega bo’lish ham xavflarni
kamaytirish uchun juda muhim. Ushbu oddiy, ammo samarali yondashuv ta’minot
zanjirining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlashga yordam beradi.
iii
✔
Ta’minot turlari va ularning ahamiyati
. Ta’minot turlari ta’minot zanjiri
boshqaruvida muhim o‘rin tutadi. Tashkilotlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishga
majbur etiladi.
https://makhmudov.net/taminot-zanjirini-tushunish-samarali-biznes-yuritishning-asosiy-omili/
ii
The World Bank. Supply Chain Management: An introduction and practical toolset for procurement
practitioners. – First edition. – Washington, DC: The World Bank, 2023. – 138 p. – URL:
https://thedocs.worldbank.org/en/doc/1c3b517f003b53a2e2e170e93124be84-0290032023/original/World-
Bank-Supply-Chain-Management-Guidance.pdf – E-mail:
https://makhmudov.net/taminot-zanjirini-tushunish-samarali-biznes-yuritishning-asosiy-omili/
✔
Ta’minot turlari va ularning ahamiyati
. Ta’minot turlari ta’minot zanjiri
boshqaruvida muhim o‘rin tutadi. Tashkilotlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish yoki
savdo faoliyatlarini amalga oshirishda turli shakllarda resurslarga muhtoj bo‘ladilar.
Shu sababli, ta’minot shakllarini aniqlash va ularni samarali boshqarish orqali korxona
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
66
ISSN:3030-3613
o‘z faoliyatini barqaror, izchil va raqobatbardosh tarzda yuritishi mumkin.
Ta’minot – bu faqatgina mahsulot yoki xizmatni xarid qilish emas, balki kengroq
iqtisodiy munosabatlar majmuidir. Ta’minot jarayonlari orqali mahsulot yoki xizmatlar
ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga turli shakllarda yetkaziladi.
“Types of supplies – Supply of goods or services or both is defined as sale, transfer,
barter, exchange, license, rental, lease or disposal made or agreed to be made for a
consideration by a person in the course or furtherance of business.” Ya’ni, ta’minot
turlari – tovarlar yoki xizmatlarning (yoki ikkalasining) ta’minoti savdo, topshirish,
barter, almashuv, litsenziyalash, ijaraga berish, lizing yoki yo‘q qilish shaklida,
shuningdek, shaxs tomonidan ishbilarmonlik faoliyati doirasida yoki uni rivojlantirish
maqsadida amalga oshirilgan yoki amalga oshirilishi rejalashtirilgan bitim sifatida
belgilanadi.
Bu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, ta’minot shunchaki tovar yoki xizmatni yetkazib
berishdan iborat emas. U bir necha iqtisodiy mexanizmlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’minot zanjiri barqarorligining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat;
1.Ko’rinish;
2.Moslashuvchanlik va chaqqonlik;
3.Diversifikatsiya;
4.Zaxira omborlar;
5.Ta’minotchilar bilan hamkorlik;
6.Raqamlashtirish va avtomatlashtirish;
BARQAROR TA’MINOT ZANJIRINING FOYDALARI
Tez tiklanish
Buzilishlardan so’ng tez javob berish
Samaradorlik
Yaxshiroq talab prognozi va zaxira
boshqaruvi
Raqobatbardoshlik
Bozor-o’zgarishlariga
moslashuvchanlik
Xavfni kamaytirish
Diversifikatsiya<orqali>xavfni
kamaytirish
1-jadval
XULOSA
Biz ushbu maqolada ta’minot zanjiri,uning tarkibiy qismlari,ularning ahamiyati
haqida tanishib chiqdik.Ta’minot zanjiri barqarorligi biznesning mustahkamligini
ta’minlaydi.Umumiy xulosa qilib aytadigan bo’lsam,texnologiyaga investitsiya
kiritish va ta’minotchilar bilan kuchli hamkorlik o’rnatish muvaffaqiyatning asosiy
omili hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
https://makhmudov.net/taminot-zanjirini-tushunish-samarali-biznes-yuritishning-
asosiy-omili/
2.
The World Bank. Supply Chain Management: An introduction and practical toolset
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
67
ISSN:3030-3613
for procurement practitioners. – First edition. – Washington, DC: The World Bank,
2023.
–
138
p.
–
URL:
https://thedocs.worldbank.org/en/doc/1c3b517f003b53a2e2e170e93124be84-
0290032023/original/World-Bank-Supply-Chain-Management-Guidance.pdf – E-
mail:
3.
https://orginfo.uz/article/1257-taminot-zanjiri-barqarorligi/