Jild 66 № 1 (2025)
Maqolalar
ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI – INTELLEKTUAL SALOHIYAT MASKANI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat
Universiteti akademik litseyining tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari, ta’lim sifati,
pedagogik salohiyati, o‘quvchilarning yutuqlari, tarbiyaviy faoliyat, zamonaviy ta’lim
texnologiyalari, xalqaro hamkorlik aloqalari va istiqboldagi rejalar yoritilgan. Maqola
litseyning zamonaviy o‘quv muhitidagi o‘rni va uning yosh avlodni intellektual va
ma’naviy jihatdan tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatib beradi.
BOLALARNI KITOB O‘QISHGA QIZIQTIRISH: OMILLAR, USULLAR VA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Anotatsiya
Ushbu maqola bolalarni kitob o‘qishga qiziqtirish omillari va samarali usullarini
o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida bolalarning yosh xususiyatlari,
psixologik ehtiyojlari, oila muhiti va ta’lim muassasalarining kitobxonlik madaniyati
shakllanishidagi roli chuqur tahlil qilindi. O‘qishga qiziqish bolaning shaxsiyati va
atrof-muhit ta’siri bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ota-onalar va o‘qituvchilarning faol
ishtiroki uning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlangan. Maqolada
shuningdek, kitob o‘qishga qiziqtirishda interaktiv pedagogik metodlar — viktorinalar,
tanlovlar, rolli o‘yinlar, dramatizatsiya va hikoya asosida suhbatlar kabi usullar
samarali vositalar sifatida ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy raqamli texnologiyalar,
xususan, elektron kitoblar, audiokitoblar va o‘quv ilovalari orqali kitobxonlikni
rag‘batlantirish imkoniyatlari ham batafsil o‘rganildi. Shuningdek, ijtimoiy
tarmoqlarda tashkil etiladigan onlayn kitobxonlik klublari yoshlarning kitobga
qiziqishini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqot natijalari bolalarni kitobxonlikka
jalb qilishda an’anaviy va innovatsion yondashuvlarning uyg‘un qo‘llanishi zarurligini
ko‘rsatdi. Shu bilan birga, oila, maktab va jamiyat o‘rtasida samarali hamkorlikni
rivojlantirish, shaxsiy motivatsiyani oshirish va ta’lim jarayonida kitob o‘qish
madaniyatini targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Maqola ta’lim sifati va bolalarning umumiy rivojlanishi uchun kitob o‘qishga qiziqtirishning muhimligi va zamonaviy metodlarning ahamiyatini ta’kidlaydi.
TEXNOLOGIK TA’LIM JARAYONIDA LOYIHALASHNING O’RNI VA TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASI
Annotatsiya: Ushbu maqola Oliy ta’lim muassasasi talabalariga ta’lim
berishning yangicha usullari, jumladan loyihalash metodidan foydalanish orqali ta’lim
jarayoni samaradorligini oshirish xususida bo’lib, unda bu metodning o’rni va eng afzal
tomonlari ko’rsatib o’tilgan.
INTERFAOL METODLAR ORQALI SONNI IKKIGA BOʻLISH
Annotatsiya: Sonni ikkiga boʻlish matematikada eng oddiy va eng asosiy
amallardan biri boʻlib, u nafaqat matematikani oʻrganishning boshlangʻich bosqichida,
balki kundalik hayotda ham keng qoʻllaniladi. Bu amalni toʻliq tushunish va unga oid
koʻnikmalarni shakllantirish uchun interfaol metodlardan foydalanish juda muhimdir.
Interfaol metodlar oʻquvchilarning faolligini oshiradi, ularning mavzuga qiziqishini
uygʻotadi va bilimlarni yanada mustahkamlashga yordam beradi.
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARIDAN MUSTAQIL ISHLARDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya
mashg‘ulotlaridan mustaqil ishlarni bajarishda raqamli texnologiyalardan
foydalanishni takomillashtirishning ahamiyati va zamonaviy imkoniyatlari tahlil
qilinadi. Raqamli vositalar yordamida talabalar nazariy bilimlarni amaliy jihatdan
mustahkamlash, xavfsiz muhitda tajriba o‘tkazish va ilmiy tadqiqot ko‘nikmalarini
rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maqola raqamli texnologiyalarni ta’lim
jarayoniga samarali integratsiyalash yo‘llarini ko‘rsatadi hamda oliy ta’lim sifatini
oshirishga oid tavsiyalarni beradi.
TISH KARONKALARNING INSON ORGANIZMI UCHUN ZARARLI VA QULAY TOMONLARI
Annotatsiya Mazkur ilmiy maqolada tish karonkalarning (qoplamalarning)
inson organizmi uchun foydali va salbiy jihatlari ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan.
Karonkalar tish estetikasi va funksiyasini tiklashda muhim vosita bo‘lib, ular turli
materiallardan — metall, keramika, zirkoniy va kompozitlardan tayyorlanadi. Shu
materiallarning organizm bilan biologik muvofiqligi, allergik reaksiyalar, korroziya,
estetik samaradorlik va xizmat muddati asosida baholanishi tahlil qilingan. Maqolada,
shuningdek, stomatologik materiallarni tanlashda bemorning umumiy sog‘ligi, yoshi,
allergiyaviy holati va shaxsiy gigiyena odatlari hisobga olinishi kerakligi ta’kidlangan.
VITAMINLARNING INSON ORGANIZMIDAGI O‘RNI
Annotatsiya; Ushbu maqolada vitaminlarning inson organizmidagi biologik
roli, ularning asosiy turlari, fiziologik funksiyalari, yetishmovchiligi va ortiqcha
miqdorining salbiy ta’siri ilmiy jihatdan yoritilgan. Vitaminlar organizmda modda
almashinuvini boshqarishda, immunitetni mustahkamlashda, hujayralarning o‘sishi va
tiklanishida muhim o‘rin tutadi. Maqolada, shuningdek, ularning manbalari va
parhezda to‘g‘ri qo‘llanishiga alohida e’tibor qaratilgan.
REPRODUKTIV TEXNOLOGIYALAR: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR, IMKONIYATLAR VA ETIK MUAMMOLAR
Annotatsiya. Ushbu maqolada reproduktiv texnologiyalar tushunchasi, ularning
asosiy turlari, qo‘llanilish sohalari hamda bioetik, huquqiy va ijtimoiy jihatlari ilmiy-
nazariy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tibbiy-biologik taraqqiyot jarayonida
shakllangan ushbu texnologiyalar insoniyatga bepushtlik muammosini bartaraf etish,
genetik kasalliklarning oldini olish va sog‘lom avlodni shakllantirishda keng
imkoniyatlar yaratmoqda. Shuningdek, maqolada reproduktiv texnologiyalarning
qo‘llanilishiga nisbatan jamiyatda mavjud bo‘lgan turli qarashlar, axloqiy baholar va
diniy munosabatlar kontekstida tahlil etiladi. Tadqiqotda zamonaviy ilmiy adabiyotlar
asosida tanqidiy yondashuv, taqqoslov tahlil usullari hamda muammoli yondashuv
metodologiyasidan foydalanilgan.
GEN TERAPIYASI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR
Annotatsiya. Ushbu maqolada gen terapiyasining ilmiy asoslari, zamonaviy
texnologik yondashuvlari, klinik amaliyoti va istiqbollari tahlil qilinadi. Genetik,
onkologik va yuqumli kasalliklarni davolashda gen terapiyasining afzalliklari,
cheklovlari hamda ushbu sohadagi dolzarb etik va ijtimoiy muammolar ko‘rib
chiqiladi. Gen terapiyasi tibbiyotda personalizatsiyalashgan davolash strategiyalarini
shakllantirishda muhim o‘rin egallab, global sog‘liqni saqlash tizimining kelajagini
belgilovchi omilga aylanmoqda.
SOVIET-ERA TAX POLICY
Abstract
This article provides an in-depth analysis of the tax policy implemented during
the Soviet Union. It explores the role of taxes in shaping the state budget within a
centrally planned economy, their function in controlling the population, and the
methodologies aimed at ensuring social equality. The relevance of tax policy, its
methodological approaches, and key findings are examined in historical, economic,
and ideological contexts. The article highlights the unique features of the Soviet tax
system — its reliance on planning, progressive taxation, strict limitations on private
ownership, and mechanisms for monitoring personal income. These historical practices
offer valuable lessons for the improvement of modern tax policies.
“O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARINING SO‘Z TARTIBI, ZAMONLAR TIZIMI VA MODAL IFODALARI: CHOG‘ISHTIRMA TAHLIL VA TIL O‘RGANISHDAGI AMALIY AHAMIYATI”
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotda o‘zbek va ingliz tillarining so‘z tartibi, zamonlar tizimi hamda
modal ifodalar kategoriyalari chog‘ishtirma (qiyosiy) usulda tahlil qilinadi.
Tadqiqotning maqsadi — ikki tilning grammatik va funksional xususiyatlarini
solishtirish orqali til o‘rganishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni aniqlash va ularni
bartaraf etish yo‘llarini taklif qilishdir. Tadqiqotda sifatli tahlil metodlari qo‘llanilib,
o‘zbek va ingliz tillariga oid yozma va og‘zaki nutq namunalariga asoslangan
korpuslardan foydalanilgan. Natijalar o‘zbek tilining erkin so‘z tartibi va kontekstga
bog‘liqligini, ingliz tilining esa qat’iy SVO tartibiga ega ekanligini ko‘rsatdi.
Shuningdek, zamon va modal kategoriyalaridagi grammatik farqlar til
o‘rganuvchilarda tarjima va nutqdagi xatolarga sabab bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.
Tadqiqot yakunida qiyosiy yondashuv asosida samarali o‘rganish metodikalari ishlab
chiqilgan bo‘lib, ular til o‘rganuvchilarga tilni to‘g‘ri va tabiiy egallashga yordam
beradi. Ushbu ish tilshunoslik va pedagogika sohasidagi tadqiqotchilar hamda til
o‘rganuvchilari uchun qimmatli manba hisoblanadi.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR EKOLOGIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY SHART-SHAROITLARI
Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik
madaniyatini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish ko‘nikmalarini berish, tabiat
resurslaridan oqilona foydalanish malakalarini rivojlantirish va buzilgan tabiat
obg’ektlarini qayta tiklash tushunchalarini to‘g’ri shakllantirish, bolaning kelgusida
ijtimoiy hayotda jamiyatimiz tomonidan talab qilinadigan har tomonlama ekologik
madaniyati yuksak insonni tarbiyalashda ko‘mak berish farazi ilgari surilgan.
NEYRODEGENERATIV KASALLIKLAR: ASAB TIZIMI INQIROZI VA ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
Annotatsiya: Neyrodegenerativ kasalliklar markaziy asab tizimining surunkali,
progressiv va qaytarilmas shikastlanishiga olib keluvchi kasalliklar guruhidir. Ular
orasida eng ko‘p uchraydiganlari — Alzheimer kasalligi, Parkinson kasalligi,
Xantington xastaligi va amiotrofik lateral skleroz (ALS) hisoblanadi. Ushbu maqolada
neyrodegenerativ kasalliklarning asosiy xususiyatlari, patogenezi, klinik belgilari,
diagnostikasi, davolash yondashuvlari va ilm-fanga asoslangan yangi izlanishlar
yoritilgan. Zamonaviy nevrologiyaning dolzarb yo‘nalishi sifatida bu kasalliklarning
erta aniqlanishi va sekinlashtirilishi muhim ahamiyatga ega.
LAKUNALAR VA ULARNING TARJIMA QILISHDAGI MUAMMOLARI
Annotasiya: Ushbu maqolada badiiy tarjimada lakunalarni ifodalashning asosiy
usullari – to‘ldirish, moslashtirish, almashtirish va izoh berish usullari tahlil qilinadi.
Lakunalar va ularning badiiy tarjimada tutgan o‘rni haqida so’z borgan.
EFFECTIVE WAYS OF TEACHING ESP STUDENTS
Annotatsiya: ESP talabalari uchun ingliz tilini o‘rgatish jarayoni umumiy ingliz
tilini o‘rgatishdan tubdan farq qiladi. Bu farqning asosiy sababi shundaki, ESP o‘qitish
maqsadi talabalarni o‘rganayotgan tilni ularning professional yoki akademik
sohalarida samarali qo‘llashga tayyorlashdir. Shu sababli, ESP o‘qitish jarayoni
talabalar ehtiyojlarini chuqur tahlil qilishdan boshlanadi va o‘quv dasturi, metodikalar
hamda materiallar aynan shu ehtiyojlarga moslashtiriladi. Ushbu yondashuv ta’lim
jarayonini yanada maqsadga muvofiq va samarali qiladi hamda talabalarni tilni o‘z
kasbiy faoliyatlarida qo‘llashga tayyorlaydi.
TABIATNI MUHOFAZA QILISH
Annotatsiya: Tabiatni muhofaza qilish — bu yer yuzidagi tabiiy resurslarni,
ekosistemalarni va hayvonot dunyosini inson faoliyatining salbiy ta’siridan himoya
qilish, ularning barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan
ishlar majmuasidir. Tabiatni asrab-avaylashning ahamiyati, tabiatdagi muvozanatni
saqlash, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish va resurslarni kelajak avlodlar uchun
saqlashda yotadi.
ВЛИЯНИЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО СОСТОЯНИЯ АРАЛЬСКОГО МОРЯ НА СЕЛЬСКОЕ ХОЗЯЙСТВО УЗБЕКИСТАНА
В статье рассматриваются экологические и социально-экономические
последствия деградации Аральского моря для сельского хозяйства Узбекистана.
Приведён анализ причин обмеления моря, в том числе масштабное
использование вод Амударьи и Сырдарьи для ирригационных нужд.
Подчёркивается влияние ухудшения экологической ситуации на климат региона,
биоразнообразие, качество почв и воды, а также здоровье населения. Отмечается
снижение продуктивности сельскохозяйственного производства и уровня жизни
местного населения в связи с опустыниванием и засолением почв. Особое
внимание уделяется усилиям по частичному восстановлению экосистемы
северной части Аральского моря и мерам по адаптации сельского хозяйства к
новым условиям. Выявленные проблемы подчёркивают необходимость
комплексного подхода к восстановлению экосистемы и устойчивому развитию
сельского хозяйства в Приаральском регионе.
ИЗМЕНЕНИЕ КЛИМАТА И ЧЕЛОВЕЧЕСТВА
В статье рассмотрены актуальные вопросы глобального изменения
климата, которое в настоящее время является одной из наиболее острых проблем
для мирового сообщества. Обоснована актуальность проблемы глобальных и
региональных изменений окружающей среды и климата в связи с
усиливающимся влиянием антропогенных факторов, в том числе с
продолжающимся ростом концентрации углекислого газа и других парниковых
газов в атмосфере.
ENTOMOFAUNA MONITORINGI VA UNING EKOLOGIK AHAMIYATI
Ushbu maqola entomofauna ya’ni hasharotlar olami monitoringining ekologik
ahamiyati chuqur yoritilgan. Tabiiy ekotizimlarda insektlarning tutgan o‘rni, ularning
populyatsion dinamikasi, trofik zanjirdagi vazifalari va bioindikator sifatidagi
imkoniyatlari tahlil qilinadi. Inson faoliyati, xususan, urbanizatsiya, qishloq xo‘jaligi,
sanoat chiqindilari va iqlim o‘zgarishi kabi omillar ta’sirida yuzaga kelayotgan
entomofaunaning pasayishi holatlari monitoring asosida ko‘rib chiqiladi.Turli
geoxavfli zonalarda entomofauna monitoringi olib borish zarurati ilmiy asosda bayon
etilgan. Shuningdek, entomofaunani saqlash va ularni kuzatish bo‘yicha zamonaviy
texnologik yondashuvlar masofadan zondlash, GIS tizimlari, sun’iy intellekt asosida
ishlovchi monitoring vositalari muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Ushbu
monitoring uslublari orqali ekologik xavflarni erta aniqlash va ularning oldini olish
mumkin. Entomofaunaning ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati,
changlatuvchi, parazit va yirtqich turlar orqali ekotizimdagi muvozanatni saqlashdagi
xizmati atroflicha tahlil etilib, ekologik xavfsizlik strategiyasining muhim tarkibiy
qismi sifatida asoslab berilgan.
ИМПЕРАТРИЦА ТЕОДОРА И ЕЁ ВЛИЯНИЕ НА ВИЗАНТИЙСКУЮ ИМПЕРИЮ
Аннотация. Императрица Теодора (500–548 гг.) была одной из самых
влиятельных фигур Византийской империи, сыграв ключевую роль в её
политической, социальной и правовой жизни. В браке с императором
Юстинианом I она оказала значительное влияние на управление империей, став
не только его партнёршей, но и активной участницей в государственных делах.
Эта статья исследует её вклад в управление Византией, включая её участие в
подавлении восстания Ника, влияние на правовые реформы, а также её
инициативы, направленные на улучшение положения женщин. Теодора также
активно поддерживала реформы, которые затронули права женщин, включая
защиту от насилия и запрет на принудительную проституцию, что сделало её
символом прогресса в области прав женщин. Несмотря на свою сложную личную
историю, Теодора оставила глубокий след в политической и социальной жизни
империи, доказав, что женщины могут играть значимую роль в государственном
управлении. Работы её правовых и социальных инициатив имели долгосрочные
последствия для Византии, а её фигура остаётся важным символом силы и
влияния женщин в истории.
КЛЕОПАТРА КАК АРХИТЕКТОР ЕГИПЕТСКОЙ ГОСУДАРСТВЕННОЙ НЕЗАВИСИМОСТИ В КОНТЕКСТЕ РИМСКОЙ ЭКСПАНСИИ
Аннотация: В данной статье рассматривается роль Клеопатры VII в
обеспечении государственной независимости Египта в условиях растущего
римского давления. Особое внимание уделяется её политической стратегии,
альянсам с римскими лидерами, а также внутренним и внешним вызовам, с
которыми ей пришлось столкнуться для сохранения египетского суверенитета.
TIBBIYOT MUASSASALARIDA FARMATSEVTIKA HISOBOTI VA BUXGALTERIYA TIZIMINI AVTOMATLASHTIRISH
Annotatsiya: Mazkur maqolada tibbiyot muassasalarida farmatsevtika hisoboti
va buxgalteriya tizimining avtomatlashtirilishi zarurati, bu yo‘nalishda mavjud
muammolar, ilg‘or texnologik yechimlar hamda samaradorlikni oshirish imkoniyatlari
tahlil qilingan. Dori vositalarining harakati, hisob-kitobi, moliyaviy monitoringi va
hisobot shakllarini raqamli platformalar orqali boshqarishning afzalliklari yoritilgan.
Maqolada avtomatlashtirishning amaliy foydasi real muassasa tajribalari asosida ochib
berilgan.
RAQAMLI SOG‘LIQ TEXNOLOGIYALAR ORQALI SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR
Ushbu maqolada raqamli sogʻliq texnologiyalarining sogʻliqni saqlash
tizimidagi o‘rni, ularning xizmat ko‘rsatish sifatiga ta’siri, davolash va profilaktika
jarayonlarini soddalashtirishdagi roli chuqur tahlil qilinadi. Xususan, elektron tibbiy
yozuvlar (ETY), telemeditsina, mobil sogʻliq ilovalari, sun’iy intellekt (AI), katta
hajmdagi ma’lumotlar (Big Data), teleradiologiya, telerobototexnika, virtual haqiqat
(VR) va blokcheyn texnologiyalarining amaliy misollar orqali sog‘liqni saqlash
tizimida qanday natijalar bergani ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, bu texnologiyalarni
joriy qilishdagi qiyinchiliklar – texnik, huquqiy, axborot xavfsizligi va ijtimoiy
muammolar – har tomonlama muhokama qilingan.
O‘ZGALAR PARVARISHIGA MUHTOJ YOLG‘IZ YASHOVCHI HAMDA YOLG‘IZ KEKSALARNING PSIXOLOGIK HOLATI VA ULARNI PSIXOLOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH
Annotatsiya. Ushbu maqolada yolg‘iz yashovchi va o‘zgalar parvarishiga
muhtoj bo‘lgan keksalarning psixologik holati, ularning ehtiyojlari va ularni qo‘llab-
quvvatlash mexanizmlari yoritilgan. Maqolada keksa yoshdagi insonlarning ruhiy
salomatligi, yolg‘izlik hissi, ijtimoiy izolyatsiya, xavotir va depressiya kabi holatlar
haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, ularni psixologik jihatdan qo‘llab-quvvatlash
bo‘yicha samarali yondashuvlar va amaliy tavsiyalar keltirilgan.
KAM TA’MINLANGAN OILALARGA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI
Annotatsiya. Ushbu maqolada kam ta’minlangan oilalarning psixologik
salomatligi va ijtimoiy holati o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Ijtimoiy tengsizlik
sharoitida yashayotgan oilalarning psixologik muammolariga e’tibor qaratilib, ularni
bartaraf etishda psixologik xizmatning o‘rni va ahamiyati asoslab beriladi.
Shuningdek, amaliy tavsiyalar va ilg‘or xorijiy tajribalar misolida xizmat
ko‘rsatishning samarali usullari muhokama qilinadi.
INSULT KASALLIGI: SABABLARI, KLINIK BELGILARI, DIAGNOSTIKASI, DAVOLASH VA PROFILAKTIKASI.
Insult — bu miya qon aylanishining keskin buzilishi natijasida miya
to‘qimalarining ishemiyasi yoki qon quyilishi bilan kechadigan og‘ir kasallik bo‘lib,
bugungi kunda dunyo miqyosida nogironlik va o‘limning asosiy sabablaridan biri
hisoblanadi. Ushbu maqolada insult kasalligining etiologiyasi, patogenezi, klinik
ko‘rinishlari, diagnostika yo‘llari, davolash usullari va profilaktik choralar keng
yoritilgan.
Maqolaning asosiy maqsadi — insult haqida keng va tizimli ma’lumot berish,
kasallikni erta aniqlash, davolash va oldini olish orqali uning oqibatlarini
kamaytirishga ko‘maklashishdir. Ushbu ish tibbiyot xodimlari, talabalari, hamda
aholining sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar
uchun foydali bo‘lishi mumkin.
NUTQ RIVOJLANISHIDA KECHIKISH KUZATILGAN BOLALARDA INDIVIDUAL KORREKSION YONDASHUVNING SAMARADORLIGI
Annotatsiya: Mazkur maqolada nutq rivojlanishida kechikish kuzatilgan bolalar
bilan ishlashda individual korreksion yondashuvlarning ahamiyati va ularning amaliy
samaradorligi tahlil qilinadi. Individual yondashuv bolalarning psixofiziologik
xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzilgani sababli nutqiy rivojlanish jarayonini
samarali shakllantirish imkonini beradi.
SURXONDARYO VILOYATIDA SANOATNI KLASTERLASH VA UNING ISTIQBOLLARI
Annotatsiya. Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati misolida sanoat sohasida
klasterlash tizimining o‘rni va uni yaxshilashning istiqbolli yo‘llari tahlil qilingan.
Klaster nazariyasi - strategiyaning iqtisodiy nazariyasi bo‘lib, u yerda ixtisoslashgan
tarmoqlarning kontsentratsiyasi katta iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga imkon
beradi. Klasterlar raqobatni ham, hamkorlikni ham rivojlantiradi
Tadqiqot davomida mintaqa iqtisodida sanoatni klasterlashni rag‘batlantirishni
barqarorlashtirish, iqtisodiy erkinlikni kengaytirish, soliq imtiyozlarini taqdim etish va
xalqaro standartlarga mos keladigan strategiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha taklif va
tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi
Surxondaryo viloyatining iqtisodiyotini rivojlantiriishga qaratilgan strategik
qarorlarni qabul qilishda amaliy qo‘llanma sifatida foydalanilishi mumkin.
KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING AQLIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK JIHATLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy
rivojlanish tushunchasi, bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantiriishning pedagogik va
psixologik jihatlari to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
TA’MINOT ZANJIRINI BOSHQARISH VA UNING BARQARORLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada ta’minot zanjiri tushunchasi va uning tarkibiy qismlari,
ta’minot zanjirini boshqarish va barqarorligini oshirish mexanizmlari yoritib
berilgan.Ta’minot zanjirining boshqaruv vazifalari nimalardan iborat ekanligi,uni
samarali boshqarish nimalardan iboratligi ta’kidlangan. Barqaror ta’minot zanjirining
foydalari ko’rsatilgan.Ushbu maqola shu sohadagi ilmiy izlanuvchilar va mustaqil
tadqiqotchilar uchun foydali bo’lishi mumkin.
NUTQIDA KAMCHILIGI BOR BOLALAR RIVOJLANISHINING PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada nutqida kamchiligi bor bolalarning psixik
xususiyatlari:diqqati,idroki,xotirasi, tafakkuri,nutqiy rivojlanishi,birlamchi,ikkilamchi
nuqsonlar,nutqiy rivojlanish,korreksiya,kompensatsiya ishlari haqida ma’lumot
beriladi.
ЭЛИЗАВЕТА I И ЕЁ РОЛЬ В СТАНОВЛЕНИЕ АНГЛИЙСКОЙ ИМПЕРИИ
Аннотация. Статья посвящена роли королевы Элизаветы I в становлении
английской империи, с особым акцентом на её вклад в развитие мощного флота
и расширение английского влияния на международной арене. Элизавета I
пришла к власти в период политической нестабильности и религиозных
конфликтов, однако ей удалось стабилизировать страну, укрепить морскую
мощь Англии и заложить основы для её будущей экспансии. Оценены ключевые
моменты её правления, включая победу в битве с Непобедимой армадой,
поддержку морских экспедиций, создание торговых монополий и первые шаги в
колонизации. Статья также рассматривает влияние внешней политики
Элизаветы I на экономику Англии и начало её превращения в глобальную
морскую империю. Рассмотренные исторические события дают ключевое
понимание того, как Элизавета I сыграла важную роль в установлении
англоязычной морской империи, чье влияние будет ощущаться на протяжении
следующих веков.
FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNI O‘RGANISHDA ZAMONAVIY LINGVOKULTUROLOGIK YONDASHUVLAR
Annotatsiya
Frazeologik birliklar, ya’ni so‘z birikmalari, iboralar ma’nosidan tashqari
chuqur madaniy mazmunlarni o‘zida jamlagan bo‘ladi. So‘nggi yillarda tilshunoslik
va madaniyatshunoslikni birlashtiruvchi lingvokulturologiya sohasi ushbu birliklarni
o‘rganishga yangi yondashuvlarni taklif qilmoqda. Ushbu maqolada frazeologik
birliklarning milliy o‘ziga xosligi, ularning tarjima va xorijiy tilni o‘qitishdagi o‘rni
lingvokulturologik usullar asosida yoritib beriladi. Tadqiqotda frazeologik birliklar
orqali xalqning dunyoqarashi, qadriyatlari va ijtimoiy tajribasi qanday ifodalangani
ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, tarjima va til o‘qitishda frazeologik birliklardan
foydalanishning dolzarb muammolari ham muhokama qilinadi.
MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA DAVLAT QIMMATLI QOG‘OZLARINING TRANSFORMATSION ROLI
Аnnоtаtsiyа: Ushbu maqolada davlat qimmatli qog‘ozlarining makroiqtisodiy
barqarorlikni ta’minlashdagi transformatsion roli tahlil qilingan. Asosan fiskal
muvozanat, monetar siyosatni optimallashtirish, inflyatsiyani jilovlash, moliyaviy
bozorlarni chuqurlashtirish jarayonlarida davlat obligatsiyalarining funksional
ahamiyati o‘rganilgan. Xorijiy tajriba va O‘zbekiston amaliyoti asosida solishtirma
tahlil ham keltirilgan.
QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORI ORQALI XUSUSIY SEKTORGA LIKVIDLIK YETKAZISH: DAVLATNING ISHTIROKI VA EHTIYOT CHORALARI
Аnnоtаtsiyа: Ushbu maqolada qimmatli qog‘ozlar bozori orqali xususiy sektorga
likvidlik yetkazish mexanizmlari, davlatning bu jarayondagi roli va moliyaviy
barqarorlikni ta’minlash uchun ehtiyot choralar muhokama qilingan. Xususan, davlat
va korporativ obligatsiyalarining nisbati, ikkilamchi bozorning ahamiyati hamda
likvidlik manbalarining diversifikatsiyasi tahlil qilingan. Tadqiqotda statistik
ma’lumotlar asosida bozor faolligi baholanadi va moliyaviy infratuzilmani
rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar beriladi.
RAQAMLI EKOLOGIK MOLIYA: DAVLAT BOSHQARUVIDA IQLIM O‘ZGARISHI XAVFLARINI MOLIYALASHTIRISH MEXANIZMLARI
Аnnоtаtsiyа: Mazkur ilmiy tezisda iqlim o‘zgarishi xavflarini davlat moliyasida
hisobga olish va raqamli ekologik moliyaviy instrumentlar orqali moliyalashtirish
muhimligi yoritiladi. Yashil obligatsiyalar, karbon kreditlar va iqlimga yo‘naltirilgan
budjetlashtirishning raqamli nazorat mexanizmlari xorijiy tajriba asosida tahlil
qilinadi. COP28 qarorlarini milliy moliyaviy siyosatga integratsiya qilish yo‘nalishlari
ham ko‘rib chiqiladi.
RAQAMLI IDENTIFIKATSIYA TIZIMLARI VA MOLIYAVIY INKLYUZIYA: O‘ZBEKISTON VA XALQARO TAJRIBA TAHLILI
Аnnоtаtsiyа: Mazkur tezisda raqamli identifikatsiya tizimlarining moliyaviy
inklyuziyani ta’minlashdagi roli, ularning davlat boshqaruvidagi samaradorlikka ta’siri
va O‘zbekiston tajribasi xalqaro amaliyot bilan taqqoslab tahlil etiladi. Jahon banki,
UNDP, McKinsey va boshqa nufuzli tashkilotlarning oxirgi yillik ma’lumotlari
asosida, raqamli ID tizimlari orqali aholining bank xizmatlariga kirish darajasi,
shaffoflik va iqtisodiy faollik o‘sishi asoslanadi.
GLOBAL INFLYATSIYA BOSIMI VA UNING RIVOJLANAYOTGAN DAVLATLAR IQTISODIY VA MOLIYAVIY BARQARORLIGIGA TA’SIRI (O‘ZBEKISTON MISOLIDA)
Аnnоtаtsiyа: Mazkur ilmiy tezisda so‘nggi yillarda global inflyatsiyaning
kuchayishi va uning rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan O‘zbekiston iqtisodiyoti va
moliyaviy barqarorligiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi. Xalqaro tashkilotlar statistikasi
asosida 2022–2025 yillardagi inflyatsiya dinamikasi, uning sabablari va oqibatlari
yoritilgan. Shuningdek, inflyatsiyaning valyuta kursiga, kreditlash bozoriga, real
daromadlar va iqtisodiy o‘sishga ta’siri empirik ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqilgan.
O‘zbekiston misolida inflyatsiyaga qarshi olib borilayotgan pul-kredit siyosati va
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yo‘llari ilmiy asoslangan takliflar bilan bayon
etilgan.
WIND ENERGY
Annotation: This scientific work discusses the natural source of wind energy,
its operating principles, advantages, and disadvantages. The study highlights the
technology of generating electricity through wind turbines, their environmental
cleanliness, and economic efficiency. It also analyzes the potential and prospects for
the development of wind energy in the context of Uzbekistan. Furthermore, the
necessity of transitioning to renewable energy sources and the role of wind energy in
sustainable development are emphasized.
O‘ZBEK QIZLARINING KIYINISH MADANIYATI: KECHA VA BUGUN.
Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbek qizlarining kiyinish madaniyati tarixiy
jarayonlarda qanday shakllangani va zamonaviy davrda qanday o‘zgarishlarga
uchragani tahlil qilinadi. Milliy an’analar, diniy qarashlar va zamonaviylik o‘rtasidagi
uyg‘unlik yoki ziddiyatlar yoritilib, yoshlar ongida kiyinish madaniyati haqida to‘g‘ri
tasavvurni shakllantirishning pedagogik va madaniy asoslari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, globalizatsiya sharoitida kiyinishda yuzaga kelayotgan madaniy
identifikatsiya muammolariga ham e’tibor qaratilgan.