Mualliflar

  • Jalilova Nilufar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.125882

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Nutq nutqiy rivojlanish fonematik idrok sezgi diqqat xotira tafakkur korreksiya kompensatsiya.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  nutqida  kamchiligi  bor  bolalarning  psixik 
xususiyatlari:diqqati,idroki,xotirasi, tafakkuri,nutqiy rivojlanishi,birlamchi,ikkilamchi 
nuqsonlar,nutqiy  rivojlanish,korreksiya,kompensatsiya  ishlari  haqida  ma’lumot 
beriladi.  


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

66-son_1-to’plam_Iyul-2025

59

ISSN:3030-3613

NUTQIDA KAMCHILIGI BOR BOLALAR RIVOJLANISHINING

PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI

Andijon davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim va maxsus pedagogika fakulteti

Logopediya yonalishi 101-guruh talabasi

Jalilova Nilufar

Annotatsiya:

Ushbu maqolada nutqida kamchiligi bor bolalarning psixik

xususiyatlari:diqqati,idroki,xotirasi, tafakkuri,nutqiy rivojlanishi,birlamchi,ikkilamchi
nuqsonlar,nutqiy rivojlanish,korreksiya,kompensatsiya ishlari haqida ma’lumot
beriladi.

Abstract:

This article provides information about the psychological

characteristics of children with speech disorders: attention, perception, memory,
thinking, speech development, primary and secondary defects, speech development,
correction, and compensatory work.

Kalit so’zlar:

Nutq,nutqiy rivojlanish, fonematik idrok, sezgi,diqqat, xotira,

tafakkur,korreksiya,kompensatsiya.

Keywords:

Speech, speech development, phonemic perception, perception,

attention, memory, thinking, correction, compensation.


Nutq buzilishida uchraydigan idrok jarayonining o'ziga xos xususiyatlari.

Idrok qilishnining fonematik buzilishi nutq kamchiligiga ega bolalarninng
barchasida kuzatiladi, bunda nutq-eshitish, nutq harakat analizatorlari orasidagi
bogliqlik kuzatiladi. Ma’lumki,dizartriya va rinolaliyada uchraydigan nutq harakat
analizatori funksiyasining buzilishi tovushlarni eshitish orqali idrok qilishga salbiy
ta’sir korsatishi mumkin.

Bolalarda nutqning tovush tomonining rivojlanmasligi ikkilamchi nuqson

sifatida tovushlarni talaffuz qilishga ham ta’sir korsatadi.Tovush talaffuz qilishdagi
almashtirishlar, artikulyatsion apparatidagi kamchiliklar fonematik qa’bul qilishga
qarshilik qiladi.

Belgilar,barmoqlar,artikulyatsiya a’zolari harakati,taktil harakat a’zolari bilan

idrok etish. YE.M.Mastyukova korish orqali idrok qilishni tekshirganda nutqida
kamchiligi bor bolalar me’yordagi bolalar kabi obrazlarni yaxlit idrok etishini aytadi.
Biroq bunday bolalar qaror qa’bul qilishda uzoq vaqt sarflab,ozlariga ishonmay
ikkilanib qoladilar,axborot ortgan sari predmet belgilarini ajratishi ham qiyinlashadi.
Ular geometrik shakllarni shakliga emas,rangiga ahamiyat beradilar.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

66-son_1-to’plam_Iyul-2025

60

ISSN:3030-3613

Kichik maktab yoshidagi nutqi toliq rivojlanmagan bolalarning korib idrok

etishini tekshirganda dizartriya, alaliya kabi nutq kamchiliklarida idrokning quyidagi
buzilishlari kuzatiladi: optic,atrof-muhit tasavvurlar ,yuzaga tegishli

Atrof-muhitni optik idrok etishning buzilishi bosh miyasi organik jaroxatlangan

bolalarda uchraydi.Alalik bolalarda idrokning buzilganligi ayniqsa,rasmlar chizishda
namoyon boladi:rasm va tasvirlarda detallar miqdori kam,oddiy,sodda tasvirlaydilar.
Disleksik va disgrafik bolalarda idrokning buzilishi yozishida namoyon
boladi.Tadqiqotlarda predmetlar orasidagi aloqalar,ular orasidagi faoliyat impressiv
ya’ni ichki nutqning saqlanganligini bildiradi. Lekin ekspressiv ya’ni tashqi nutqda
semantik tartib saqlanmaydi. Taktil-harakat a’zolari orqali idrok etish xususiyatlari R.L
Ringel metodikasida tekshiriladi. Bunda bolaga qutichadagi predmetlar orasidan nomi
aytilganini paypaslab topish vazifasi beriladi.Bunday bolalarning mayda qo’l
motorikasi yaxshi rivojlanmaganligi tufayli taktil-harakat orqali idrok etish xususiyati
ham buziladi.Bolalar savodini chiqarishda optik –fazoviy idrok rivojlanganligi
muhimdir.Miyaning

organik

shikastlanishi

bu

idrokning

buzilishiga

sababdir.Ma’lumki,ular ong va chap tomonni farqlay olmaydilar. Demak,nutq va idrok
chambarchas bogliq,har bir idrok nutqda ifodalanadi.

Diqqat ta’sir etuvchi analizatorning korish,eshitish ishtirokida paydo boladigan

murakkab jarayondir.Bolalar diqqatidagi kamchiliklar butun ish jarayonida
kuzatiladi.Diqqatning kochishi,ya’nibir narsadan ikkinchisiga, faoliyatning bir turidan
boshqa turiga o’tishi qiyinlashadi.Motor-alalik bolalarda ixtiyoriy diqqat past
darajada rivojlanadi va bu ularning faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi.Parishonxotirlik
diqqatni uzoq vaqt bir narsaga qaratmay diqqatning tez-tez bolinishidir.Shunday
qilib,har qanday nutqiy kamchilikda diqqatni muntazam va tizimli rivojlantirish shart.

Xotira bu-individning o’z tajribasini esda olib qolishi,esda saqlashi va

keyinchalik uni esga tushirishi hisoblanib,faoliyat davomida shakllanadigan
jarayondir.Ulug’ muallim va shifokor Ibn Sino nutq va xotiraning o’zaro bog’liqligiga
e’tibor berib bolalar birga bo’lganda doim bir-birlari bilan gaplashishini, va bu bilan
o’z xotiralarini va nutqlarini rivojlantirishini ta’kidlagan.

Nutqida kamchiliklarga ega bolalarda quyidagi xotira xususiyatlari

kuzatiladi:ko’rish xotirasi ko’lami deyarli me’yorga to’g’ri keladi,geometrik shakllar
esa bundan mustasno;eshitish xotirasining umumiy pasayishi;qayta tiklashning quyi
darajasi;mazmunli,mantiqiy eslab qolishning nisbatan saqlanishi.
Ammo bu turdagi bolalarda,mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan fikrlash, mantiqiy
eslab qolish imkoniyatlari nisbatan saqlanadi.

Xotirani o’rganish uslubiyati.Qisqa muddatli xotirani tekshirishda bolaga

shunday ko’rsatma beriladi:Har bir qatorga uchtadan son bo’lgan to’rt qator sonlar
o’qiladi,bolalar eshitib tartib bilan eslab qolib, xayolda birinchi sonni
ikkinchisi,ikkinchisini uchinchisi bilan,uchinchini to’rtinchi bilan qo’shish va


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

66-son_1-to’plam_Iyul-2025

61

ISSN:3030-3613

olinganto’rtta yig’indini kerakli qatorga yozishdan iborat.Metodikada qo’llanadigan
qatorlardagi raqamlar va qatorlar soni bolaning yosh xususiyatlariga qarab
tanlanadi.Qatorlarni o’qish orasidagi vaqt yoshga ko’ra 15-16 sekund bo’lishi
kerak.Uzoq muddatli xotiranining rivojlanganlik darajasini tekshirishda bir necha
so’zlar:stol,doska ,daftar,parta jurnal va hokazolar aytiladi.Tekshiruv 10 daqiqadan
so’ng va uch kun o’tib amalga oshiriladi.Juftlikni eslab qolish metodikasi mantiqiy va
mehanik xotirani rivojlanish darajasini o’rganish uchun mo’ljallangan. Bunda
bolalarga ikki qator so’z beriladi.Birinchi qatordagi so’zlar orasida ma’noviy
bog’lanishlar mavjud,ikkinchi qatorda esa bog’lanish yo’q.
L.S.Vigotskiy bola psixikasi har bir yosh bosqichida o’ziga xos bo’lishini,
kattalar bilan hamkorlikda ruhiy funksiyalarni asta-sekin bolaning ichki funksiyalariga
aylanib borishini aytib o’tgan.

Xulosa.

Nutq kamchiligiga ega bolalarning ruhiy rivojlanish qonuniyatlari

ruhiy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar rivojlanishi qonuniyatlariga xos
bo’ladi.Ular muloqotda qiyinchiliklar ga duch keladilar,L.V.Vigotskiy ta’rifi bilan
aytganda,strukturaviy nuqsonlar:birlamchi,ikkilamchi,uchlamchi nuqsonlar kelib
chiqadi.Ikkilamchi nuqson qanchalik birinchisiga yaqun bo’lsa,uni korreksiyalash-
tuzatish shunchalik murakkabdir.Masalan,nutq kamchiligiga ega bolalarning talaffuz
nuqsoni eshitish buzilishi bilan bog’liq bo’lib ,uni korreksiyalash mushkul vazifadir,
nutqning boshqa jihatlarini rivojlantirish hali eshitish buzilishi bilan u qadar yaqin
aloqada emas ,shu sababli ularni korreksiyalash birmuncha yengil bo’ladi.
Ta’lim jarayonidagi dastlabki to’siq bu-birlamchi nuqson sanaladi.Keyingi
bosqichlarda ruhiy rivojlanishning buzilishidagi ikkilamchi nuqsonlar bolaning
ijtimoiy moslashuviga to’sqinlik qiladi.
Demak, buzilishning barcha turlarida ma’lumotni qa’bul qilish,qayta ishiash,saqlash
va qo’llash qobiliyatining sustlashishi kuzatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning klinik asoslari .D.R.Madazimova
D.Rahmatullayevna Toshkent-2018

2.

Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni logopedik
tekshirish va o’qitish:metod qo’llanma.L.R.Mo’minova O’qituvchi,1992-y

3.

O’zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati nashriyoti Toshkent -2007 M. Ayupova

4.

O’bekiston faylasuflari Milliy jamiayati nashriyoti Toshkent-2013 L.R.Mo’minova

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarning klinik asoslari .D.R.Madazimova

D.Rahmatullayevna Toshkent-2018

Nutqi to’liq rivojlanmagan maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni logopedik

tekshirish va o’qitish:metod qo’llanma.L.R.Mo’minova O’qituvchi,1992-y

O’zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati nashriyoti Toshkent -2007 M. Ayupova

O’bekiston faylasuflari Milliy jamiayati nashriyoti Toshkent-2013 L.R.Mo’minova