Mualliflar

  • Samandarov Jasurbek Javlonbekovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.125892

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Akademik litsey Urganch Davlat Universiteti iqtidorli o‘quvchilar zamonaviy ta’lim pedagogik salohiyat fan olimpiadalari raqamli texnologiyalar tarbiyaviy ishlar hamkorlik ta’lim sifati.

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat 
Universiteti akademik litseyining tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari, ta’lim sifati, 
pedagogik salohiyati, o‘quvchilarning yutuqlari, tarbiyaviy faoliyat, zamonaviy ta’lim 
texnologiyalari, xalqaro hamkorlik aloqalari va istiqboldagi rejalar yoritilgan. Maqola 
litseyning  zamonaviy  o‘quv  muhitidagi  o‘rni  va  uning  yosh  avlodni intellektual  va 
ma’naviy jihatdan tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatib beradi. 


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

66-son_1-to’plam_Iyul-2025

3

ISSN:3030-3613

ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI URGANCH DAVLAT

UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI – INTELLEKTUAL SALOHIYAT

MASKANI

Samandarov Jasurbek Javlonbekovich

Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Urganch Davlat Universiteti akademik litseyi

oliy toifali ingliz tili fani o’qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat

Universiteti akademik litseyining tashkil topishi, rivojlanish bosqichlari, ta’lim sifati,
pedagogik salohiyati, o‘quvchilarning yutuqlari, tarbiyaviy faoliyat, zamonaviy ta’lim
texnologiyalari, xalqaro hamkorlik aloqalari va istiqboldagi rejalar yoritilgan. Maqola
litseyning zamonaviy o‘quv muhitidagi o‘rni va uning yosh avlodni intellektual va
ma’naviy jihatdan tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatib beradi.

Kalit so‘zlar:

Akademik litsey, Urganch Davlat Universiteti, iqtidorli

o‘quvchilar, zamonaviy ta’lim, pedagogik salohiyat, fan olimpiadalari, raqamli
texnologiyalar, tarbiyaviy ishlar, hamkorlik, ta’lim sifati.

Аннотация:

В данной статье рассмотрены история создания и этапы

развития академического лицея при Ургенчском государственном университете
имени Абу Райхона Беруни, его образовательный потенциал, достижения
учащихся,

роль

воспитательной

работы,

применение

современных

образовательных технологий, международные связи и перспективы дальнейшего
развития. Материал демонстрирует значимость лицея в формировании
интеллектуально и духовно развитого поколения.

Ключевые слова:

Академический лицей, Ургенчский государственный

университет, одарённые ученики, современное образование, педагогический
потенциал, предметные олимпиады, цифровые технологии, воспитательная
работа, сотрудничество, качество образования.

Annotation:

This article explores the history, development stages, educational

potential, student achievements, upbringing activities, implementation of modern
teaching technologies, international collaborations, and future goals of the Abu Rayhon
Beruni Academic Lyceum under Urgench State University. The article highlights the
lyceum’s role in fostering intellectually and morally developed youth in a modern
educational environment.

Keywords:

Academic lyceum, Urgench State University, gifted students,

modern education, pedagogical capacity, subject olympiads, digital technologies,
educational upbringing, cooperation, education quality.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

66-son_1-to’plam_Iyul-2025

4

ISSN:3030-3613

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini tubdan isloh qilish,

iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash borasidagi siyosiy qarashlari,
ta’lim sohasidagi islohotlarning chuqurlashuvi bilan uyg‘un holda respublikamizda
akademik litseylar tarmog‘ining faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan,
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti akademik litseyi bugungi
kunda nafaqat Xorazm viloyatida, balki butun respublikada o‘zining yuqori ilmiy
salohiyati, boy pedagogik an’analari va zamonaviy yondashuvlari bilan alohida o‘rin
egalla- moqda. Ushbu maqolada ushbu ta’lim dargohining shakllanishi, hozirgi
kundagi faoliyati va istiqboldagi vazifalari haqida so‘z yuritiladi.

Akademik litsey 2000-yillarning boshlarida Urganch Davlat Universiteti

qoshida tashkil etilgan bo‘lib, u dastlab iqtidorli o‘quvchilarni yuqori bosqichga
tayyorlash, ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, oliy ta’limga sifatli abituriyentlar
tayyorlash maqsadini ko‘zlagan. Dastlabki bosqichda bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha
o‘quvchilarga ta’lim berilgan bo‘lsa, bugungi kunda aniq fanlar, ijtimoiy-gumanitar
yo‘nalishlar, tillar, biologiya va kimyo, shuningdek, axborot texnologiyalari bo‘yicha
ta’lim berilmoqda. Litsey Abu Rayhon Beruniy nomi bilan yuritilishi bejiz emas – bu
ulug‘ alloma nomi ostida ilm-ma’rifatga sadoqatli yoshlar tarbiyalanmoqda.

Litsey o‘z faoliyatini zamonaviy binoda olib boradi. Unda barcha zarur

sharoitlar yaratilgan: interaktiv doskalar, zamonaviy laboratoriyalar, kutubxonalar,
kompyuter xonalari, sport zali, konferensiyalar zali va yotoqxona mavjud. Har bir fan
bo‘yicha maxsus jihozlangan sinflar, laboratoriyalar o‘quvchilarga nazariy bilimlarni
amaliyot bilan bog‘lash imkonini beradi. Shuningdek, sinf xonalari multimedia
vositalari, tezkor internet va raqamli resurslar bilan ta’minlangan.

Litseyning eng katta boyligi –
bu albatta, pedagoglar jamoasi.
Litseyda ko‘plab oliy toifali,
ko‘p yillik tajribaga ega
ustozlar faoliyat yuritadi. Ular
orasida fan nomzodlari, o’rta
maxsus va professional ta’limi
a’lochilari, viloyat va
respublika darajasidagi
metodistlar mavjud. Har bir

o‘qituvchi o‘z faniga mehr bilan yondashadi, zamonaviy metodlarni o‘zlashtirib, dars
jarayonini jonli va qiziqarli tarzda olib boradi. Geografiya fanlari bo’yicha falsafa
doktori (PhD) Atabek Rahimov boshchiligidagi pedagogik jamoa akademik litsey
talabalarini har tomonlama barkamol, yuksak intellektual qobiliyatli qilib,
umumbashariy qadriyatlar va milliy vatanparlik ruhida kamol toptirmoqda. Ta’lim
muassasasi pedagog xodimlarining ilmiy salohiyati tobora oshib borayotganligi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

66-son_1-to’plam_Iyul-2025

5

ISSN:3030-3613

tahsinga sazovor. So’nggi oylarda tarix fani o’qituvchisi Tajiyeva Umida, matematika
fani ustozi Qilichev Farhod, kimyo fani o’qituvchisi Masharipov Azamat kabi
o’qituvchilarning ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilib, falsafa fanlari doktori
(PhD) ilmiy darajasiga erishganlari bunga yaqqol misol bo’la oladi. O’qituvchilarning
bunday salmoqli yutuqlari jamoa pedagogik kengashlarida sharaf bilan e’tirof etib
boriladi.

Litsey o‘quvchilari har yili viloyat, respublika va hatto xalqaro darajadagi fan

olimpiadalari, tanlovlar, grantlar va loyihalarda munosib ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni
egallab kelmoqda. Xususan, so‘nggi yillarda o‘quvchilar biologiya, fizika, matematika,
tarix, ingliz tili kabi fanlardan O‘zbekiston fan olimpiadasida faxrli o‘rinlarni qo‘lga
kiritdi. Bu yutuqlar litseyda ta’lim sifati yuqoriligidan, o‘quvchilar bilan olib
borilayotgan izchil ishlar samarasidir. Har yili Abu Rayxon Beruniy nomidagi UrDU
akademik litseyining 90 foizidan ortiq talabalari milliy va til bilish darajasi
to’g’risidagi sertifikatlarni qo’lga kiritib, o’z bilim va qobiliyatlarini namoyon etishadi.
Litsey aksariyat talabalarining Xalqaro IELTS sertifikatini C1 darajasida qo’lga
kiritishi o’quvchilarning yuksak bilim darajasini ifoda etadi. Bu ham viloyat va
respublika miqyosida yuksak natijalarni qayd etib kelayotgan fidoyi ingliz tili fani
o’qituvchilarining sharafli mehnati samarasidir.Ingliz tili fani o’qituvchisi Samandarov
Jasurbek viloyatning eng yaxshi ingliz tili o’qituvchisi tanlovida muvaffaqiyatli
qatnashib, faxrli birinchi o’rinni egallagan. Shuni e’tirof etish lozimmi, ta’lim
muassasasi talabalarining Oliy ta’limga qamrab olinishi (88-90%) ham respublikadagi
eng yuqori ko’rsatkichlardan birini tashkil etadi.


Litseyda faqatgina bilim emas, balki tarbiya masalasi- ga ham alohida e’tibor

qaratiladi. Har haftalik tarbiyaviy soatlar, psixologik maslahatlar, sport
musobaqalari,kitobxonlik haftaliklari, teatr va kino tadbirlari orqali o‘quvchilarda
ma’naviy barkamol lik, yurtga sadoqat, milliy g‘urur va fuqarolik burchini his qilish
kabi fazilatlar shakllantiriladi. Ustoz va o‘quvchilar o‘rtasida iliq munosabatlar,
do‘stona muhit hukm suradi.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

66-son_1-to’plam_Iyul-2025

6

ISSN:3030-3613

So‘nggi yillarda litseyda interfaol metodlar, STEAM ta’limi, loyiha asosida

o‘qitish (project-based learning), Case-study yondashuvi, elektron resurslardan
foydalanish kabi metodlar joriy qilinmoqda. Bu esa o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi,
muammoni hal qilish ko‘nikmalari, tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Darslarda simul yatsiya, debat, roliklar asosida o‘rgatish kabi amaliy mashg‘ulotlar
ko‘paymoqda.

Litseyda o‘quvchilarni olimpiada, test, ijodiy ishlar, nutqiy kompetensiya va

ilmiy tadqiqotga tayyorlash uchun muntazam fan to‘garaklari, individual va guruh
darslari yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, “Yosh biologlar”, “Iqtidorli tarixchilar”, “Ingliz
tilini mukammal o‘rganamiz”, “Yosh kimyogarlar” kabi to‘garaklar faol ishlamoqda.
Bu to‘garaklar o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. Har yili
litsey bitiruvchilarining 88-90 foizi O‘zbekiston va xorijdagi nufuzli oliy o‘quv
yurtlariga o‘qishga kiradi. Ular orasida Toshkent davlat yuridik universiteti,
O‘zbekiston milliy universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Urganch
davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Xitoy, Turkiya, Rossiya OTMlarida
tahsil olayotganlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu litsey ta’lim tizimining
muvaffaqiyatidir. Litsey Urganch Davlat Universiteti bilan bevosita integratsiyada
ishlaydi. Univer- sitet professorlari va ilmiy xodimlari bilan darslar, ma’ruzalar,
master-klasslar o‘tkaziladi. Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlar, mahalliy
muassasalar, xorijiy elchixonalar bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa
o‘quvchilarning dunyoqarashi kengayishiga xizmat qiladi.

Raqamli texnologiyalar bugungi kunda ta’lim sifatining ajralmas qismiga

aylangan. Litseyda har bir o‘quvchi kompyuter, planshet va mobil ilovalar orqali
darslarda faol ishtirok etadi. Google Classroom, Moodle, Zoom, Microsoft Teams kabi
platformalar orqali darslar onlayn tarzda ham olib boriladi. Elektron kutubxona, test
bazalari va virtual laboratoriyalar o‘quvchilar uchun ochiq. Bularning barchasi
o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Litseyda har
yili “Kitobxonlik haftaligi”, “Navro‘z bayrami”, “Ustoz va murabbiylar kuni”, “Til
bayrami”, “Ma’naviyat kuni” kabi o‘nlab tadbirlar tashkil qilinadi. O‘quvchilar
she’rxonlik, sahna ko‘rinishlari, insholar, viktorinalar, badiiy kechalar orqali o‘z
iqtidorini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bu tadbirlar yoshlarning ijtimoiy
faolligi va milliy g‘ururini oshirishga xizmat qiladi.

Ta’limda “uchlik” tamoyili – o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-ona hamkorligi juda

muhim. Litseyda bu tizim mustahkam yo‘lga qo‘yilgan. Har chorakda ota-onalar bilan
umumiy yig‘ilishlar, shaxsiy uchrashuvlar va maslahatlar o‘tkaziladi. Bundan tashqari,
ota-onalar ishtirokida ochiq darslar, tarbiyaviy seminarlar ham tashkillashtiriladi. Ular
farzandlarining bilim olish jarayonida bevosita ishtirok etadi.

Bugungi kunga kelib, Abu Rayhon Beruniy nomidagi akademik litsey Xorazm

viloyatidagi eng nufuzli ta’lim muassasalaridan biriga aylangan. Uning mezonlari –


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

66-son_1-to’plam_Iyul-2025

7

ISSN:3030-3613

yuqori ko‘rsatkichlar, iqtidorli bitiruvchilar, innovatsion usullar va samarali boshqaruv
tizimidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
tomonidan bir necha marta faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

2020-yildan keyin O‘zbekiston ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar litsey faoliyatiga

ham yangicha turtki berdi. Jumladan, fanlar kesimida kompetensiyaviy yondashuv,
yangi test tizimlari, STEAM mezonlariga tayyorlov, shaxsiy portfoliolar, differensial
yondashuvlar kabi innovatsion mexanizmlar joriy etildi. Bu o‘zgarishlar litsey jamoasi
tomonidan tezda o‘zlashtirilib, o‘quvchilarning natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.

Akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026 yillarga

mo‘ljallangan “Ta’lim sifatini oshirish” bo‘yicha dasturiga to‘liq mos ravishda faoliyat
olib bormoqda. Har yili o‘quv dasturlari yangilanadi, ustozlar uchun malaka oshirish
kurslari o‘tkaziladi. O‘quvchilarni tanqidiy fikrlash, jamoaviy ishlash, loyiha qilish
kabi ko‘nikmalar bilan qurollantirish orqali ta’lim sifatiga kompleks yondashuv
ta’minlanadi.

Litsey faoliyati mahalliy va respublika ommaviy axborot vositalarida muntazam

yoritib boriladi. Xorazm viloyati televideniyesi, “Xorazm haqiqati”, “Urganch ovozi”,
“To’maris” gazetalarida litsey o‘qituvchilari va o‘quvchilari haqida maqolalar e’lon
qilinmoqda. Shuningdek, litseyning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari – Facebook,
Telegram, YouTube – orqali keng auditoriyaga faoliyat targ‘ib qilinadi.

Litsey jamoasi oldiga yaqin yillarda quyidagi maqsadlarni qo‘ygan:
- Fan laboratoriyalarini xalqaro standartlarga moslashtirish;
- IELTS, SAT, CEFR kurslarini kengaytirish;
- Akademik yozuv va ilmiy tadqiqot madaniyatini joriy qilish;
- Fanlar bo‘yicha onlayn platformalar va elektron darsliklar yaratish;
- Talabalar xalqaro olimpiadalarga tayyorlanadigan maxsus markaz tashkil etish
Bu rejalar kelajak avlod ta’limini yanada sifatli qilishga xizmat qiladi.
Litsey faoliyati bilan tanishish uchun ko‘plab davlat va nodavlat tashkilotlar,

xorijiy mehmonlar tashrif buyuradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligi vakillari, viloyatdagi o’rta ta’lim muassasalari xodimlari,
nufuzli universitet rektorlari litsey faoliyatini yuqori baholab kelmoqda.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat Universiteti akademik litseyi

bugungi kunda nafaqat viloyat, balki respublika miqyosida peshqadam, zamonaviy,
ilg‘or yondashuvga asoslangan ta’lim maskani sifatida e’tirof etiladi. Bu dargohda
bilimli, ma’naviy yetuk, Vatanga sadoqatli, zamonaviy texnologiyalarni puxta
egallagan yosh avlod kamol topmoqda. Litsey — bu intellektual taraqqiyot markazi,
millatning kelajagi bo‘lgan yoshlarga ishonchli tayanchdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

66-son_1-to’plam_Iyul-2025

8

ISSN:3030-3613

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022–2026 yillarga
mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot strategiyasi” farmoni. – Toshkent: Adolat,
2022.

2.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “Ilm-fan va ta’lim
tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–5847-son qarori.

4.

O‘zbekiston Respublikasi Fan va ta’lim vazirligining rasmiy sayti: https://edu.uz

5.

Urganch Davlat Universiteti rasmiy sayti: https://urdu.uz

6.

Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi ma’lumotlari. – 2023-yil statistik byulleten.

7.

“Ta’limda innovatsion texnologiyalar” – Ilmiy-uslubiy jurnal. – Toshkent, 2021, №2.

8.

Soliyeva D. “Akademik litseylar – oliy ta’limga tayyorlov bo‘g‘ini” // Xalq ta’limi. –
2022, №4. – B. 34–39.

9.

Qodirov M. “Pedagogik salohiyat va ta’lim sifati o‘zaro bog‘liqligi” // Ilm va hayot. –
2023, №1. – B. 20–25.

10.

Beruniy A. “Ilm va tafakkur haqida” – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

11.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar faoliyatini
rag‘batlantirish” to‘g‘risidagi farmoni. – 2021-yil 1-oktabr.

12.

Global Education Monitoring Report, UNESCO, 2023. – https://unesco.org

13.

Mamatqulov S. “Raqamli ta’lim: imkoniyat va muammolar” // Ma’rifat gazetasi, 2022-
yil, 10-iyun soni.

14.

Litsey o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan ichki hisobotlar va statistik ma’lumotlar. –
Urganch, 2023.

15.

“Zamonaviy o‘quv muhitini yaratish” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy
konferensiyasi materiallari. – Toshkent: Innovatsiya, 2022.


Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022–2026 yillarga

mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston – taraqqiyot strategiyasi” farmoni. – Toshkent: Adolat,

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. – Toshkent, 2020.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “Ilm-fan va ta’lim

tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–5847-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Fan va ta’lim vazirligining rasmiy sayti: https://edu.uz

Urganch Davlat Universiteti rasmiy sayti: https://urdu.uz

Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi ma’lumotlari. – 2023-yil statistik byulleten.

“Ta’limda innovatsion texnologiyalar” – Ilmiy-uslubiy jurnal. – Toshkent, 2021, №2.

Soliyeva D. “Akademik litseylar – oliy ta’limga tayyorlov bo‘g‘ini” // Xalq ta’limi. –

, №4. – B. 34–39.

Qodirov M. “Pedagogik salohiyat va ta’lim sifati o‘zaro bog‘liqligi” // Ilm va hayot. –

, №1. – B. 20–25.

Beruniy A. “Ilm va tafakkur haqida” – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘qituvchi va murabbiylar faoliyatini

rag‘batlantirish” to‘g‘risidagi farmoni. – 2021-yil 1-oktabr.

Global Education Monitoring Report, UNESCO, 2023. – https://unesco.org

Mamatqulov S. “Raqamli ta’lim: imkoniyat va muammolar” // Ma’rifat gazetasi, 2022-

yil, 10-iyun soni.

Litsey o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan ichki hisobotlar va statistik ma’lumotlar. –

Urganch, 2023.

“Zamonaviy o‘quv muhitini yaratish” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy

konferensiyasi materiallari. – Toshkent: Innovatsiya, 2022.