Mualliflar

  • Azimova Gulmira Xayrullayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.125893

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Ekologik madaniyat paradigma innovatsion va kreativ yondashuvlar tirik burchak zamonaviy mexanizmlar qadriyatlar koordinatsiya ekologik muammo.

Annotasiya

Annotatsiya.  Maqolada  maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  ekologik 
madaniyatini  oshirish,  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  ko‘nikmalarini  berish,  tabiat 
resurslaridan  oqilona  foydalanish  malakalarini  rivojlantirish  va  buzilgan  tabiat 
obg’ektlarini qayta tiklash tushunchalarini to‘g’ri shakllantirish, bolaning kelgusida 
ijtimoiy  hayotda  jamiyatimiz  tomonidan  talab  qilinadigan  har  tomonlama  ekologik 
madaniyati yuksak insonni tarbiyalashda ko‘mak berish farazi ilgari surilgan.


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

66-son_1-to’plam_Iyul-2025

194

ISSN:3030-3613

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR EKOLOGIK MADANIYATINI

SHAKLLANTIRISHNING ZAMONAVIY SHART-SHAROITLARI

Azimova Gulmira Xayrullayevna

Navoiy davlat universiteti,

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi


Annotatsiya.

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik

madaniyatini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish ko‘nikmalarini berish, tabiat
resurslaridan oqilona foydalanish malakalarini rivojlantirish va buzilgan tabiat
obg’ektlarini qayta tiklash tushunchalarini to‘g’ri shakllantirish, bolaning kelgusida
ijtimoiy hayotda jamiyatimiz tomonidan talab qilinadigan har tomonlama ekologik
madaniyati yuksak insonni tarbiyalashda ko‘mak berish farazi ilgari surilgan.

Kalit so‘zlar.

Ekologik madaniyat, paradigma, innovatsion va kreativ

yondashuvlar, tirik burchak, zamonaviy mexanizmlar, qadriyatlar koordinatsiya,
ekologik muammo.

Аннотация.

В статье выдвигается гипотеза о повышении экологической

культуры дошкольников, воспитании навыков бережного отношения к
окружающей среде, развитии навыков рационального использования природных
ресурсов и правильного формирования представлений о восстановлении
разрушенных объектов природы, содействии воспитанию у ребенка
всесторонней экологической культуры человека, востребованной нашим
обществом в дальнейшей общественной жизни.

Ключевые слова.

Экологическая культура, парадигма, инновационные и

креативные подходы, живой уголок, современные механизмы, ценности
координации, экологическая проблема.

Annotation.

The article put forward the hypothesis of improving the ecological

culture of preschool children, giving environmental protection skills, developing the
skills of rational use of Natural Resources and correctly forming the concepts of
restoration of disturbed nature objects, providing support in the upbringing of a high
person in the child's comprehensive ecological culture, which is required by our
society in the future social life.

Keywords.

Ecological culture, paradigm, innovative and creative approaches,

living corner, modern mechanisms, values coordination, environmental problem.


Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning

ekologik tushunchalar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy va
tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar, ilmiy-metodik ta’minot va axborot-ta’lim muhiti,
ekologik ta’lim muammolari yechimini topishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

66-son_1-to’plam_Iyul-2025

195

ISSN:3030-3613

masalalarni hal etishda maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik tushuncha va
madaniyatini takomillashtirish, ekologiyaga bo‘lgan munosabatni to‘g’ri tarbiyalash
umumbashariyat kelajagi uchun eng dolzarb muammo sifatida ehtirof etilmoqda.
Ekologik munosabatlarning yangi paradigmalariga o‘tish nafaqat bolalarning ekologik
tushunchalarini shakllantirishga oid innovatsion va kreativ yondashuvlarni, balki
mazkur jarayonni ta’minlashga imkon beruvchi metodologik va texnologik asoslarni
ham takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishga ta'sir

qiluvchi muhim tarbiyaviy jihat - bu maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qulay ekologik
muhitni yaratishdir. Bu uzluksiz jarayon bo‘lib, maxsus ekologik makonni tashkil etish
va undagi hayvonot dunyosi uchun zarur shart-sharoitlarni saqlashga qaratilgan
muntazam harakatlarni amalga oshirishni o‘z ichiga oladi. Ushbu ish shaklining eng
keng tarqalgan navlari – “tirik burchak” yaratish, gullarni yetishtirish, gulzorning
dizayni bo‘lishi lozim. Bolalar nafaqat hayvonlar va o‘simliklarni kuzatish, balki
ularga g‘amxo‘rlik qilishda faol ishtirok etsalar, tarbiyaviy samaraga erishiladi.
Zamonaviy jamiyatda ekologik muammolarning dolzarbligi ekologik ta'lim
masalalarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotining muhim
vazifalaridan biri, nafaqat bolalarga tabiatning go‘zalligini ochib berish, balki ularni
o‘z-o‘zidan payqash va qadrlashga o‘rgatish muhim. Bolalar maktabda ekologiya fani
bilan tanishadilar, lekin ekologik tarbiya maktabgacha yoshdan boshlanishi kerak.
Ba’zilar uchun bu erta ko‘rinishi mumkin. Biroq, bolalar psixologlari 5-6 yoshni eng
sezgir, o‘rganishga ochiq deb ta'kidlashadi. Bu davrda bolaning o‘ziga, uning
atrofidagi dunyoga munosabati shakllanadi, qadriyatlar koordinatsiyasi quriladi.

Har yili dunyoda ekologik vaziyat yomonlashmoqda, zamonaviy ota-onalar va

pedagoglarning maqsadi – bolalarni tabiatga nisbatan do‘stona munosabatda
bo‘lishlari, uni himoya qilishlari, uni asrash usullarini takomillashtirish, ekologik
bilimli insonlarni tarbiyalash hisoblanadi.

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida beriladigan ekologik tarbiya jarayonlarini

o‘rganib chiqish davomida, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik ta’lim-tarbiya,
tabiat markazining bir qismi sifatida o‘tilgan va unga alohida urg’u berilmagan.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik madaniyatini oshirish maqsadida
ekologiya mashg’ulotlarni boshqa faoliyat jarayonlariga qo‘shib olib borilmagan
tarzda tashklillashtirish orqali ekologik tarbiya samaradorligi yanada oshishiga hamda
mavjud ekologik muammolarning globallashuvini, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
ekologik muammolarining oldini olishga ulkan xizmat ko‘rsatadi.

Ushbu masalalarni hal etishda maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik

tushuncha va madaniyatini takomillashtirish, ekologiyaga bo‘lgan munosabatni to‘g’ri
tarbiyalash umumbashariyat kelajagi uchun eng dolzarb muammo sifatida ehtirof
etilmoqda. Ekologik munosabatlarning yangi paradigmalariga o‘tish nafaqat


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

66-son_1-to’plam_Iyul-2025

196

ISSN:3030-3613

bolalarning ekologik tushunchalarini shakllantirishga oid innovatsion va kreativ
yondashuvlarni, balki mazkur jarayonni ta’minlashga imkon beruvchi metodologik va
texnologik asoslarni ham takomillashtirishni taqozo etmoqda. Ushbu masalalarni hal
etishda maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik tushuncha va madaniyatini
takomillashtirish,

ekologiyaga

bo‘lgan

munosabatni

to‘g’ri

tarbiyalash

umumbashariyat kelajagi uchun eng dolzarb muammo sifatida etirof etilmoqda.
Ekologik munosabatlarning yangi paradigmalariga o‘tish nafaqat bolalarning ekologik
tushunchalarini shakllantirishga oid innovatsion va kreativ yondashuvlarni, balki
mazkur jarayonni ta’minlashga imkon beruvchi metodologik va texnologik asoslarni
ham takomillashtirishni taqozo etmoqda.

Respublikamiz miqiyosida ko‘rilayotgan chora tadbirlar va atrof muhitni

muhofaza qilishga qaratilayotgan har bir faoliyatning zamirida kelajak avlodga atrof
muhitni e’zozlashni o‘rgatish, tabiiy resurslarni talofatlarsiz o‘zimizdan keyin
qoldirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ekologiyani ko‘p tizimli soha
sifatida baholash, ekologik madaniyatning axloqiy mohiyati va zamonaviy mazmunini
to‘g’ri anglagan holda maktabgacha ta’limda maktabgacha yoshdagi bolalarning
ekologik madaniyatni rivojlantirishning zamonaviy mexanizmlarini takomillashtirish
va ta’lim jarayoniga tatbiq etish ekologik madaniyatni rivojlantirish samaradorligini
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ekologik madaniyatni zamonaviy mexanizmlarini yaratishda zarur bo‘lgan

barcha shart-sharoitlar: ekologik xonalar, ekologik qo‘llanma va adabiyotlar, chuqur
bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis, ekologik kutubxonalar va boshq.larni
tashkillashtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki biz ekologik mexanizmlarni yaratish
uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarsiz har tomonlama rivojlangan ekologik
madaniyatli inson tarbiyalay olmaymiz. Ekologik madaniyatning zamonaviy
mexanizmlarining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bu zarur bo‘lgan shart-
sharoitlar hisoblanadi.

Ekologik madaniyatning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqish, u orqali

maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik madaniyatlarini rivojlantirish, ekologik
madaniyatli inson qilib rivojlanishi o‘zbek xalqi va butun O‘zbekistondagi ekologik
global muammolarni oldini olish va mavjud ekologik siyosatni zararli oqibatlarini
kamaytirishga olib keladi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ekologik

madaniyatni rivojlantirish jarayonida bolaning yosh va temperament xususiyatlarini
inobatga olish va tadbirlarni, faoliyat jarayonlarini shu asosda tashkil etish lozim.
Bunda tarbiyachi o‘z ishini to‘g’ri tashkil eta olish qobiliyatlarini hamda ota-onalar
bilan hamkorlik ishlarini tashkil eta olish layoqatlarini ko‘rsata olishi va olib borishi
juda muhim sanaladi. Bu esa tarbiyachining kasbiy mahoratiga bog’liq.

Foydalanilgan adabiyotlar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://scientific-jl.com

66-son_1-to’plam_Iyul-2025

197

ISSN:3030-3613

1.

O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish

to‘g’risidagi”dagi 754-XI-son Qonuni.

2.

O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 06-maydagi “Suv va suvdan to‘g’ri

foydalanish to‘g’risida”gi 837-XII sonli Qonun.

3.

Karamatova.D.S, Tolliyeva.G.R., Qilichova.M.J./O’quvchilarda ekologik ong va

ekologik madaniyatni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida 2022, 119-
b.

4.

“Yer sayyorasi umumiy uyimiz” pastrial dastur. T.: 2020, 34-bet.

Bibliografik manbalar

O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish

to‘g’risidagi”dagi 754-XI-son Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 06-maydagi “Suv va suvdan to‘g’ri

foydalanish to‘g’risida”gi 837-XII sonli Qonun.

Karamatova.D.S, Tolliyeva.G.R., Qilichova.M.J./O’quvchilarda ekologik ong va

ekologik madaniyatni rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida 2022, 119-

b.

“Yer sayyorasi umumiy uyimiz” pastrial dastur. T.: 2020, 34-bet.