T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
186
ISSN:3030-3613
TEXNOLOGIK TA’LIM JARAYONIDA LOYIHALASHNING O’RNI VA
TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASI
Zokirova Nargiza Akbarjonovna
O’qituvchi, Andijon davlat pedagogika instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqola Oliy ta’lim muassasasi talabalariga ta’lim
berishning yangicha usullari, jumladan loyihalash metodidan foydalanish orqali ta’lim
jarayoni samaradorligini oshirish xususida bo’lib, unda bu metodning o’rni va eng afzal
tomonlari ko’rsatib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Loyihalash, texnologiya, metod, samaradorlik, ta’lim jarayoni,
innovatsion yondashuv, loyihalash bosqichi va uslublari.
Abstract:
This article is about increasing the efficiency of the educational
process by using new methods of teaching students of higher educational institutions,
including the design method, and it shows the role and most advantageous aspects of
this method.
Key words:
Design, technology, method, efficiency, educational process,
innovative approach, design stage and methods.
Аннотация:
Данная статья посвящена повышению эффективности
образовательного процесса за счет использования новых методов обучения
студентов высших учебных заведений, в том числе метода проектирования, и
показывает роль и наиболее полезные стороны этого метода.
Ключевые слова:
Проектирование, технология, метод, эффективность,
образовательный процесс, инновационный подход, этап и методы
проектирования.
Bugungi kun zamonaviy ta’limini zamonaviy usul va metodlarsiz tasavvur qilib
bo’lmaydi. Bir qarashda oddiydek ko’ringan loyihalash texnologiyasi ham o’quv
jarayonida samardorlikni yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Shu o’rinda bu
texnologiyaning asl negizi, uni amalga oshirish shakllari, ko’zlanadigan natija va bu
metod orqali ta’limga olib kiriladigan unsurlar haqida fikr yuritamiz. Loyihalash
(lotincha, projectus – olg’a tashlangan fikr, g’oya, obraz ) metodi o’z nomi bilan
kelgusidagi ishlarni amalga oshirishda rejalashtirish bo’lib, proyekt ma’lum bir hisob-
kitoblarga, chizmalarga va boshqalarga asoslangan holda tavsiflash, bayon qilish
shaklida mujassamlashgan g’oya, fikrning ifodasidir.
Loyihalash texnologiyasi ta’limda o’qituvchi va talabani birdek ishlashga,
talabada mustaqillikni yanada oshirishga xizmat qilar ekan, bu o’rinda undan
kutiladigan natijalar ham yangilik sifatida qaralishga munosib ishlar bo’lishini nazarda
tutadi. Loyihalash metodlari orqali o’qitishda quyidagi natijadorliklar hosil bo’ladi:
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
187
ISSN:3030-3613
- O’qituvchining kuzatuvchi va yo’l boshlovchi sifatidagi ishtiroki, talabalarning esa
asosiy loyiha mualliflari, loyihani bajaruvchilari bo’lib ishlashlari;
- Har bir talabaning ma’lum dolzarb yoxud kichik muammoni aniqlab, uning uchun
bajariladigan ishlar rejasi hamda yechimini topishiga alohida o’qituvchi tomonidan
e’tibor berilishi;
- Birgina katta muammoga ham turlicha usullar orqali yondashuvni ta’minlash
zamirida mukammal loyiha ishlarini yarata olish tajribalari paydo bo’lishi;
- Fikrlashi, qobiliyati, bilim darajasi bir-biriga yaqin talabalardan kichik guruhlarni
tashkil etish va bu asosida lohiyalash jarayonidagina emas, balki boshqa jamoaviy
ishlarda ham bir xil tipdagi talaba guruhi bilan ishlashni osonlashtirish.
Hozirgi
ta’lim
jarayonida
innovatsion
texnologiyalardan,
jahon
pedagogikasining ilg’or metodlaridan samarali foydalanish dolzarb masalalardan
bo’lib, loyihalash ta’limning ilg’or usullarini o’zida mujassamlashtirgan. Loyihalash
o’quv mashg’uloti jarayonida mavjud tajribani o’zlashtirish va ta’limning barcha
bosqichlarida qo’llashdek muhim vazifa turadi. Loyihalash - oldindagi faoliyat
modelini tuzish, mavjud sharoitlarda o’rnatilgan vaqt mobaynida yo’l va vositalarni
tanlash uchun, maqsadga erishish bosqichlarini ajratish, ular uchun alohida vazifalarni
shakllantirish, o’quv axborotini yetkazish vositasi va yo’llarini aniqlash usulidir.
Loyihalash texnologiyasi bilim va malakalarni amaliy qo’llash, tahlil va baholashni
nazarda tutuvchi majmuali o'qitish usulini amalga oshiradi. Ta’lim oluvchilar yuqori
darajada, boshqa o'qitish usullaridan foydalanishga qaraganda, rejalashtirishda,
tashkillashtirishda, nazoratda, tahlil qilish va vazifani bajarish natijalarini baholashda
ishtirok etadilar. O’quv loyihalar usuli ta’lim beruvchining ta’lim oluvchilarga
muammoni, faraz, vazifalarni ifodalashda yordam beradi va tezkor boshqaradi.
Loyihalarda o’qitish nafaqat natijalar, balki jarayonini o’zi ham qimmatli. Loyiha
fanlararo, bir fan yoki fan tashqarisida bo’lishi mumkin. Loyihalash ikki usulda -
shaxsiy va guruhiy asosda amalga oshiriladi. Har ikki yo’nalishning ijobiy va afzallik
xususiyatlari bor.
Loyihalash usuli – ta’lim beruvchining oldindagi faoliyat modelini tuzish,
mavjud sharoitlarda o‘rnatilgan vaqt mobaynida usul va vositalarni tanlash uchun,
maqsadga erishish bosqichlarini belgilash, maqsadni to‘g‘ri qo‘ya bilish, ular asosida
alohida vazifalarni shakllantirish, o‘quv axborotini o‘quvchiga yеtkazish uslub, usul
va vositasi aniqlash faoliyati hisoblanadi. Texnologik ta’limini loyihalar usuli asosida
tashkil etish o‘quvchining bilim va malakalarni amaliy qo‘llash, tahlil va baholashni
nazarda tutuvchi majmuali o‘qitishni amalga oshirishga imkon yaratadi. Loyihalash
usuli boshqa o‘qitish usullarini qo‘llashga nisbatan olganda, ta’lim oluvchilar ya’ni
talabalar yangi mavzuni o‘zlashtirish jarayonida uni yuqori darajada rejalashtirishda,
tashkillashtirishda, mavjud natijalarni tahlil qilishda va dars bo‘yicha berilgan vazifani
bajarish vaqtida o‘z-o‘zini baholashda ham faol ishtirok etadilar. O‘quv loyihalar usuli
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
188
ISSN:3030-3613
darsda mavzuni o‘zlashtirishdagi aniq vazifalar asosida yеchish imkonini bajarishi
bilan talabalarni oson tushunishga o‘rgatadi. Loyihalash usuli fanlararo, bir fan yoki
fan doirasida bo‘lishi mumkin. Loyihalash ikki usulda - shaxsiy va guruhiy asosda
amalga oshiriladi. Har ikki yo‘nalishning o‘ziga xos ijobiy va afzallik xususiyatlari
bor. Texnologiya darslarida loyihalash metodikasidan foydalanish o‘quv jarayonida
ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi, Oliy ta’lim muassasasi talabalarini aniq
reja asosidagi loyiha ustida ishlashda aniq maqsad uchun mustaqil faoliyat yuritishga
yo‘naltiradi.
Ta’lim tizimida bunday texnologiya va usullarni joriy etish nafaqat talabalarni
mavzuni oson o‘zlashtirishga yordam beradi, balki o‘qituvchilarning talabalar bilan
individual yondashuvini tashkil etishga xizmat qiladi. Endilikda yangi ta’lim
standartlari va o‘quv darsturlari, darsliklar mazmuni bo‘yicha o‘quvchilar ko‘proq o‘z
ustida ishlashga, amaliy mashg‘ulotlarni auditoriyada va auditoriyadan tashqari
ishlarda mustaqil tayyorlashga o‘rgatish ko‘nikmalarini rivojlantirishga e’tibor
qaratadi. Shu ma’noda texnologiya darslarida talabalarni o‘z ustida ishlashga o‘rgatish
davomida o‘zlariga qiziqarli mavzuni tanlab olish va bevosita u bilan bog‘liq bo‘lgan
muammolarni o‘rganish uchun kichik tadqiqotlar shaklida yo‘naltiriladi. Bu shakldagi
kichik tadqiqotlar bevosita talabaga axborotni qidirish, qayta ishlash va undan
foydalanishning zamonaviy metodlarini egallashga, ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatining
ba’zi bir metodlarini o‘zlashtirishga, o‘zining tadqiqotchilik o’rnini aniqlashga, amalga
oshirayotgan kichik tadqiqotini yana davom ettirishga, vaqt o‘tishi bilan tadqiqotchilik
ko‘nikmasini kompetensiya darajasiga yеtkazilishiga imkon beradi. Tadqiqotchilikka
yo‘naltirish asnosida loyiha ishlari mavzularini oldindan talabalarning shaxsiy
qiziqishlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda kasbga yo‘naltirish xususiyatlari
asosida tanlashimiz maqsadga muvofiq. Bu borada talabalarning ishni bajara olish
ko‘nikmalarini rivojlantirib borish va unga mas’uliyatli yondashishni talab qilish zarur.
O‘qituvchilar talabalarning loyiha ishlarini amalga oshirish bosqichlarini doimiy
nazorat qilib borish bilan birga, uni bajarish ko‘nikmalarini rivojlanishini kuzatib
boradi. Loyihalashtirish faoliyatini bajarish bosqichlari tahlil qilinadi:
- Tayyorlov bosqichi:
a) loyiha mavzusini tanlanib, uning dolzarbligi, yеchilishi kerak bo‘lgan muammo
shakllantiriladi.
b) loyiha maqsadi, predmeti, ob’ekti va vazifalari belgilanib olinadi.
v) loyihalashtirish faoliyati turlari va yеchilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar tayyorlanib,
ularni еchish usul va vositalari tanlanadi.
g) loyiha mavzusiga doir adabiyotlar va axborot manbalari bilan tanishiladi.
Tanlangan mavzular natijalariga ko‘ra har bir o‘quvchi uchun individual reja tuziladi.
Mazkur reja asosida o‘quvchilar texnologiyadan zarur adabiyotlarni topish, o‘rganish
va o‘qituvchi bilan tahlil qilish, amaliyot ustaxonalaridan foydalanish talablari asosida
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
189
ISSN:3030-3613
loyihada yaratilgan ishlarni yasash, kuzatish va hosil bo’lgan predmet natijalarini yozib
borish, loyihalash davomidagi natijalarni daftarga ko‘chirish vazifalarini bajarib
boradi.
Loyihalash tushunchasini yanada kengroq yoritish uchun biz tikuvchilik sexini
loyihalash va unda texnologik oqimni loyihalash haqida so’z yuritamiz. Oqim usuli
deganda ishlab chiqarishning uzluksiz va bir me’yorda davom ettirilishi, mehnat
qurollarining beto‘xtov ishlab turishi, mehnat predmetlarining ishlov berilgach, bir ish
o‘rnidan ikkinchi ish o‘rniga beto‘xtov uzatilib turishi, ish operatsiyalarining
texnologik izchillikda bajarilishi tushuniladi. Texnologik oqimni loyihalash quyidagi
bosqichlarga (etaplarga) bo‘linadi:
I - texnologik,
II - oqimni hisoblash,
III - oqimni boshqarishni tashkil etish,
IV - tikuv sexlarini planlashtirish.
Texnologik oqimlarni loyihalash bir-biriga bog‘liq bo‘lsa ham, ammo bosqichlari
alohida bajariladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
190
ISSN:3030-3613
1-rasm. Texnologik oqimni loyihalash bosqichlari.
Tikuv sexini loyihalashni talabalarga oson va qulay o’rgatish uchun bir nechta
metodlardan foydalanamiz. Birinchi foydalanishimiz mumkin bo’lgan metod bu
Zinama-zina metodidir. Bu metod uzluksiz harakatni talab etganligi uchun bu bizga
juda mos keladi. Texnologik jarayonni oqim usulida tashkil qilish bir qator
afzalliklarga ega. Birinchidan, jihozlarning beto‘xtov ishlab turishi, mehnat
predmetlarining bir ish o‘rnidan ikkinchi ish o‘rniga beto‘xtov o‘tishi va xodimlarning
beto‘xtov ishlashi ta’minlanadi. Ikkinchidan, ixtisoslashtirilgan jihozlarni qo‘llash va
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
191
ISSN:3030-3613
ulardan
foydalanish
koeffitsiyentlarini
oshirish,
ishlab
chiqarishni
mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Uchinchidan, ma’lum ish operatsiyalarini bajaruvchi xodimlarning bevosita, bir-biriga
bog‘liqligi ortadi, ish vaqtida o`zboshimchalik bilan tanaffus qilish va ishga kech
qolish hollariga yo‘l qo`yilmaydi, mehnat intizomi mustahkamlanadi va ishlab
chiqarish madaniyati oshadi. To‘rtinchidan, mehnat unumdorligi o‘sadi va mahsulot
sifati oshadi, ishlab chiqarish sikli qisqaradi. Beshinchidan, ishlab chiqarishning
uzluksiz davom etishi asosiy fondlardan yaxshiroq foydalanish, aylanma mablag‘lariga
bo‘lgan ehtiyojni va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Bu
holatda zinama-zina metodi ayni muddaodir. Chunki bu metodda har bir hodisa-
harakat ketma-ketlikda amalga oshiriladi.
Ikkinchi qo’llashimiz mumkin bo’lgan metodlardan biri bu Keys-stadi metodidir.
Bu metod orqali talabalar jamoaviy va guruhiy holatda izlanishga doir faoliyat orqali
xilma-xil loyihalarni ishlab chiqadilar. Loyihalash orqali talabalarda ijodkorlik,
ixtirochilik qobiliyatlari shakllana boshlaydi. Har bir loyiha talabaning dunyo qarashi,
qiziqishidan kelib chiqib tanlanadi.
Uchinchi foydalanishni tavsiya etadigan metodimiz bu 4K metodi. Ya’ni
kolaboratsiya, kreativlik, kritik fikrlash va kommunikativlik. Asosan amaliy darslarda
bularga urg’u beriladi. Misol uchun oddiy kiyim ilgichni qayta loyihalash topshirig’i
berilgan bo’lsin. Talabalar oldilariga bir qancha savollarni qo’yib olishlari zarur.
1.
Nima uchun foydalanaman?
2.
Qanday ko’rinishda bo’lishi kerak?
3.
O’lchami qanaqa bo’ladi?
4.
Qanday foydali xususiyati bor?
Bu savollar talabaning kritik fikrlab kreativ yondashishiga sabab bo’ladi. Guruh
asosida bajarilishi esa kommunikativlikni shakllantiradi. Natijaviy loyiha
kolaboratsiyani hosil qiladi.
Har bir savolga mos javob beramiz:
1.
Tikuv mashinasi uchun ip ilgich sifatida foydalanaman.
2.
Qo’shimcha cho’ntakchalarga ega, igna qo’yishga va iplarni joylashtirishga mos
bo’lishi kerak
3.
Tikuv mashinasi yoniga joylashtirishga qulay katta bo’lmagan holda bo’lishi
kerak
4.
Foydalanib bo’lgach uni ixcham yig’ilish xususiyati mavjud bo’lib kam joy
egallaydi va ko’chirib yurish uchun qulay.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
192
ISSN:3030-3613
2-rasm. Kiyim ilgichning eng soda loyihasi. 1-ilgich, 2-cho’ntaklar, 3- asos qismi.
Har bir qilanayotgan ish ma’lum maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi juda muhim. O’quv
jarayonini loyihalash orqali samarali qilish esa bu eng asosiy maqsadimizdir.
Loyihalash jarayonida biz shuni tushundikki, ta’lim berish samaradorligi oshganligini
guvohi bo’ldik. Chunki har bir talaba o’ziga yuklatilgan vazifani bajarar ekan ularda
ijodkorlik qobiliyatlari yanada rivojlanib ixtirochilikka sabab bo’ldi. Har bir talaba
o’zining yasagan buyum-predmetlari orqali loyihalash texnologik ta’lim talabalari
uchun muhim degan xulosa kelib chiqdi.
Ilm-fan sohasidagi yangicha uslublar, yangicha yo’nalishlar zamon talabiga mos
va xosligi bilan har bir o’qituvchi va talaba o’rtasidagi muhim bog’lanishni hosil
etayotgani hech kimga sir emas. Yangilanish zamonida o’z ishining ustalariga bo’lgan
talab esa kundan-kunga ortib bormoqda. Ta’lim jarayonini sifatli yo’lga qo’yish va
samaradorligini ta’minlash masalasi har birimizning yelkamizdagi burch va
mas’uliyatdir. Texnologik ta’lim jarayonida loyihalash keng qamrovli bo’lib, bu
talabalarning iqtidorini namoyish qilishlari uchun eng katta imkoniyat desak hech ham
xató bo’lmaydi. Bu orqali uning o’rni nechog’lik ahamiyatli ekanligiga shohid
bo’lamiz.
Xulosa.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak loyihalashtirish asosida texnologik
ta’lim yo’nalishi talabalariga dars o’tish bu yangi usul yangi zamondir. Har bir talaba
loyihalashtrish asosida o’qitilar ekan ular gazlama, materialdan tortib tayyor mahsulot
paydo bo’lguniga qadar bo’lgan jarayonni o’z ichiga oluvchi, talabalarni ixtirochilik
ruhida tayyorlovchi asosiy vosita desak hech mubolag’a bo’lmaydi. Hoyotimiz
davomida duch kelgan har bir mahsulot foydalanayotgan buyumlarimiz zamirida
loyihalash yotishligini bu kurs vakillari juda yaxshi biladilar. Loyihalash ishlab
chiqarish sanoati negizi hisoblanadi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi va
ishlab chiqarish sohasiga yaqin bo’lgan bunday yo’nalish talabalari uchun loyihalash
ishlari alohida ko’nikma va malakani talab etadi. Hozirgi rivojlangan jamiyatimiz har
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
193
ISSN:3030-3613
bir narsa-predmetning sifatiga va samaradorligiga katta ahamiyat berishmoqda. Bu
sifat va samaradorlik loyihalashga bevosita bog’liq bo’lgan tizimli o’rganishdir. Ushbu
maqola orqali biz loyihalashni muhim ekanligini anglashimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. A.Qayumov, I.Parmonova “Innovatsion ta’lim texnologiyasida loyihalash metodi
imkoniyatlari va uni amalga oshirish bosqichlari.” 2023
2. G.J.Rajabova “Texnologik jarayonlarni loyihalash” Toshkent 2020.
3. M.Mahmudov “Talim natijasini loyihalash” Pedagogik mahorat. 2002. 1-son
4. Z.T.Nishonova ”Oliy maktab psixologiyasi”. Toshkent.2003.