T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
111
ISSN:3030-3613
ENTOMOFAUNA MONITORINGI VA UNING EKOLOGIK AHAMIYATI
Toshbekov Abduvohid Maxmud o‘g‘li
Ismoilov Shaxzod Sherzod o‘g‘li
O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi ilmiy xodimlari
Tabiatmuzeyi1876@umail.com
Annotatsiya
Ushbu maqola entomofauna ya’ni hasharotlar olami monitoringining ekologik
ahamiyati chuqur yoritilgan. Tabiiy ekotizimlarda insektlarning tutgan o‘rni, ularning
populyatsion dinamikasi, trofik zanjirdagi vazifalari va bioindikator sifatidagi
imkoniyatlari tahlil qilinadi. Inson faoliyati, xususan, urbanizatsiya, qishloq xo‘jaligi,
sanoat chiqindilari va iqlim o‘zgarishi kabi omillar ta’sirida yuzaga kelayotgan
entomofaunaning pasayishi holatlari monitoring asosida ko‘rib chiqiladi.Turli
geoxavfli zonalarda entomofauna monitoringi olib borish zarurati ilmiy asosda bayon
etilgan. Shuningdek, entomofaunani saqlash va ularni kuzatish bo‘yicha zamonaviy
texnologik yondashuvlar masofadan zondlash, GIS tizimlari, sun’iy intellekt asosida
ishlovchi monitoring vositalari muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi. Ushbu
monitoring uslublari orqali ekologik xavflarni erta aniqlash va ularning oldini olish
mumkin. Entomofaunaning ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyati,
changlatuvchi, parazit va yirtqich turlar orqali ekotizimdagi muvozanatni saqlashdagi
xizmati atroflicha tahlil etilib, ekologik xavfsizlik strategiyasining muhim tarkibiy
qismi sifatida asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar
.Entomofauna, monitoring, bioindikator, ekotizim, hasharotlar,
ekologik muvozanat, biologik xilma-xillik, antropogen omillar, biomonitoring,
muqobil tahlil.
Abstract
This article deeply covers the ecological importance of monitoring entomofauna,
that is, the world of insects. The role of insects in natural ecosystems, their population
dynamics, their functions in the trophic chain, and their potential as bioindicators are
analyzed. The decline in entomofauna due to human activity, in particular,
urbanization, agriculture, industrial emissions, and climate change, is examined on the
basis of monitoring. The need for monitoring entomofauna in various geohazardous
zones is scientifically explained. It is also emphasized that modern technological
approaches to the conservation and monitoring of entomofauna - remote sensing, GIS
systems, and artificial intelligence-based monitoring tools - are of great importance.
These monitoring methods can help to identify and prevent environmental risks early.
The importance of entomofauna in ensuring ecological stability, its service in
maintaining the balance in the ecosystem through pollinator, parasite and predator
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
112
ISSN:3030-3613
species is thoroughly analyzed and justified as an important component of the
ecological security strategy.
Keywords.
Entomofauna, monitoring, bioindicator, ecosystem, insects,
ecological balance, biodiversity, anthropogenic factors, biomonitoring, alternative
analysis.
Аннотация
В статье подробно рассматривается экологическое значение мониторинга
энтомофауны, то есть мира насекомых. Анализируется роль насекомых в
природных экосистемах, динамика их популяций, их функции в трофической
цепи и их потенциал в качестве биоиндикаторов. На основе мониторинга
рассматривается сокращение энтомофауны из-за деятельности человека, в
частности, урбанизации, сельского хозяйства, промышленных выбросов и
изменения климата. Научно обоснована необходимость мониторинга
энтомофауны в различных геоопасных зонах. Также подчеркивается, что
современные технологические подходы к сохранению и мониторингу
энтомофауны дистанционное зондирование, ГИС-системы и инструменты
мониторинга на основе искусственного интеллекта — имеют большое значение.
Эти методы мониторинга могут помочь выявить и предотвратить экологические
риски на ранней стадии. Тщательно анализируется и обосновывается значение
энтомофауны в обеспечении экологической стабильности, ее роль в
поддержании равновесия в экосистеме через виды опылителей, паразитов и
хищников как важный компонент стратегии экологической безопасности.
Ключевые слова.
Энтомофауна, мониторинг, биоиндикатор, экосистема,
насекомые, экологическое равновесие, биоразнообразие, антропогенные
факторы, биомониторинг, альтернативный анализ.
Entomofauna – bu ma’lum bir geografik hududda yashovchi hasharotlar
turlarining yig‘indisi bo‘lib, ularning biologik xilma-xilligi, soni, yashash muhitiga
moslashuvi va ekologik funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Hasharotlar yer yuzidagi
barcha quruqlik va suv ekotizimlarida mavjud bo‘lib, ular biosferaning ajralmas va faol
ishtirokchilaridir. Masalan, arilar va kapalaklar o‘simliklarni changlatish orqali
ekotizimda o‘simliklarning ko‘payishiga bevosita hissa qo‘shadi. Shuningdek, qurtlar
va qandala turlari organik qoldiqlarni parchalanishiga yordam beradi, bu esa tuproq
unumdorligini oshiradi. Ularning oziq zanjiridagi o‘rni esa ularni qushlar, sudralib
yuruvchilar
va
sutemizuvchilar
uchun
muhim
oziq
manbai
hisoblanadi.Entomofaunaning ekologik ahamiyati faqat biologik jarayonlardagi
ishtiroki bilan cheklanmaydi. Ular ko‘plab ekologik tizimlar uchun bioindikator
muhim ahamiyatg ega. Ya’ni, ma’lum bir hududda hasharotlar populyatsiyasining
kamayishi yoki yo‘qolishi, bu hududda salbiy ekologik o‘zgarishlarning ro‘y
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
113
ISSN:3030-3613
berayotganidan dalolat beradi. Masalan, suv muhiti sifatini baholashda suvda
yashovchi mayda hasharotlarning mavjudligi yoki yo‘qligi suvning ifloslanish
darajasini aniqlashda muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Entomofauna monitoringi orqali
bu o‘zgarishlar aniqlanib, ekologik xavflarni erta bosqichda aniqlash va profilaktik
chora ko‘rish imkoniyati yuzaga keladi. So‘nggi yillarda klimat o‘zgarishi,
urbanizatsiya, qishloq xo‘jaligidagi kimyoviy vositalardan foydalanish va boshqa
antropogen omillar tufayli hasharotlar soni va tarkibida sezilarli o‘zgarishlar
kuzatilmoqda. Ayrim turlar butunlay yo‘qolib bormoqda yoki invaziv turlar tabiiy
muvozanatni buzmoqda. Bu esa o‘simliklarning changlanishida uzilishlar, tuproq
strukturasining buzilishi va oziq zanjirida uzilishlar kabi ekologik muammolarni
yuzaga keltirmoqda. Shu sababli, entomofauna monitoringi nafaqat nazariy yoki ilmiy
yo‘nalish sifatida, balki barqaror rivojlanish strategiyasining muhim amaliy vositasi
sifatida ham e’tirof etilmoqda. Davlat ekologik siyosatida bu monitoring natijalari
asosida muhim qarorlar qabul qilinmoqda va bu jarayonlar xalqaro miqyosda ham
dolzarb ahamiyatga ega.
ADABIYOTLAR SHARHI
Entomofaunani o‘rganish va uni monitoring qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab faol rivojlandi. Ilmiy asosga ega bo‘lgan bu
yo‘nalish ekologiya fanining shakllanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Jumladan,
britaniyalik ekolog J. Elton hayvonot dunyosidagi trofik aloqalar, populatsiyalar
dinamikasi va tabiiy muvozanatni tushuntiruvchi fundamental nazariyani ilgari surdi.
R. Margalef esa biologik xilma-xillikning muhimligi va ayniqsa entomofaunaning
ekotizimdagi markaziy o‘rnini ko‘rsatib berdi. Shuningdek, E. Odum, D. Price kabi
olimlarning ekologik tizimlar haqidagi asarlari bugungi entomologik kuzatuvlar uchun
metodologik asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mahalliy olimlar O‘zbekiston hududida entomofauna bo‘yicha olib borilgan
izlanishlar va tadqiqotlar olib brogan. Akademik I.A. Abdullayev va biolog olimlar M.
Mirzayev, A. Jalilovlar Orolbo‘yi, Zarafshon vodiysi, Qizilqum va tog‘li hududlarda
hasharotlar xilma-xilligi, ularning populyatsion holati va antropogen bosimga javob
reaksiyalarini o‘rganib, muhim ilmiy natijalarga erishgan. Mahalliy olimlar
tadqiqotlarida entomofaunaning bioindikatorlik xususiyatlari, ya’ni ekologik
o‘zgarishlarga sezgir javob qaytarish imkoniyati alohida urg‘u bilan ta’kidlanadi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Biologiya instituti, Nukusdagi Ekologiya instituti va
boshqa ilmiy markazlar tomonidan ham bu borada qator tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Xalqaro miqyosda esa FAO (BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti), UNEP
(BMT Atrof-muhit dasturi), IUCN (Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi) kabi
tashkilotlar biologik resurslarni saqlash, xavf ostidagi turlar monitoringi va ekologik
indikatorlar tizimini ishlab chiqishda yetakchi o‘rin egallaydi. Bugungi kunda
zamonaviy GIS texnologiyalari, masofadan zondlash, dronlar orqali kuzatuv, hamda
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
114
ISSN:3030-3613
sun’iy intellektga asoslangan tahlil usullari entomofauna monitoringini yangi
bosqichga olib chiqmoqda. Bu usullar orqali hasharotlarning migratsion yo‘nalishlari,
son jihatdan o‘zgarishlari, ularning tabiiy xavf-xatarlar bilan bog‘liqligi tezkor tarzda
aniqlanib, ekologik barqarorlikka tahdid soluvchi omillar baholanadi.
MUAMMO VA YECHIM
Hozirgi kunda ekologik muammolarning markazida inson faoliyati bilan bog‘liq
keskin antropogen bosim turibdi. Aholining ko‘payishi, yer resurslarining haddan
tashqari ekspluatatsiyasi, pestitsidlar va insektitsidlardan ortiqcha foydalanish,
urbanizatsiya, sanoat chiqindilari, yoqilg‘i-energetika faoliyatlari entomofauna ya’ni
hasharotlar turli-tumanligi va soniga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hasharotlar
hayotiy siklining buzilishi, ko‘payish ritmining pasayishi, tabiiy yashash joylarining
qisqarishi ekologik tizimlar izdan chiqishiga olib kelmoqda. Ayniqsa, changlatuvchi
(masalan, asalari, kapalak, arilar) va yirtqich (masalan, o‘rgimchaklar, yirtqich
qo‘ng‘izlar) turlarning kamayishi tabiiy muvozanatning beqarorligini kuchaytirmoqda.
Ekotizimdagi eng muhim funksiyalardan biri bo‘lgan changlatish jarayonida ishtirok
etuvchi entomofauna turlari sonining kamayishi o‘simliklarning nasldorligi,
donadorligi va hosildorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu holat ayniqsa qishloq
xo‘jaligiga bog‘liq hududlarda yaqqol sezilmoqda. Hasharotlar oziq-ovqat zanjirida
muhim o‘rin egallagani uchun ularning yo‘qolishi yovvoyi hayvonlar
populyatsiyasining ham kamayishiga olib keldi. Buning natijasida tabiiy selektsiya,
tuproq hayotiyligi va organik moddalarning aylanish tizimi ham izdan chiqdi. Hududiy
misollarni olaylik: Orolbo‘yi mintaqasida olib borilgan entomologik monitoring
natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bu yerda sho‘r va qurg‘oqchil yerlar kengaygani,
pestitsidlar ishlatilishi ortgani tufayli foydali entomofauna turlari changlatuvchi
kapalaklar, ari-turkumli hasharotlar soni sezilarli kamaygan. Tuproqni ishlovchilar yer
osti qo‘ng‘izlari, chigirtkalar, chivinlar va ularning tabiatdagi "tozalovchi" vazifasi
ham zaiflashmoqda. Bu esa bevosita ekotizimdagi ichki sikllarning to‘xtashiga olib
keladi. Yechim sifatida ekologik xavfni erta aniqlash uchun muntazam va tizimli
monitoring tizimi yo‘lga qo‘yilishi zarur. Bioindikator turlarning soni va holati asosida
muayyan hududdagi ekologik salomatlikni baholash mexanizmini ishlab chiqish lozim.
Kimyoviy vositalar o‘rniga agroekologik va biokimyoviy yondashuvlardan
foydalanish, foydali entomofaunani jalb etuvchi yashil zonalar yaratish, biologik
tozalovchi organizmlarni ko‘paytirish ekologik barqarorlikni tiklashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Eng asosiysi, entomofaunani mustaqil ekologik kapital sifatida
qabul qilish va uni saqlashga qaratilgan davlat siyosatini kuchaytirish lozim.
TAKLIF VA TAVSIYALAR
Birinchi navbatda, entomofaunani ekologik monitoringda samarali qo‘llash
uchun bioindikator turlar ro‘yxatini shakllantirish zarur. Har bir geobotanik zona uchun
xos bo‘lgan hasharot turlari masalan, tog‘li hududlarda qizil qanotli kapalaklar, cho‘l
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
115
ISSN:3030-3613
zonasida yer osti qo‘ng‘izlari, dashtlarda changlatuvchi asalarilar ekologik indikator
sifatida ajratilishi kerak. Bu yondashuv orqali har bir muayyan hududda ekologik
muvozanatning real holatini tahlil qilish mumkin bo‘ladi. Bu borada mavjud xalqaro
tajribalar — masalan, IUCN Red List asosida yo‘qolib borayotgan entomofauna
turlarini aniqlash va ularni monitoring ro‘yxatlariga kiritish tajribasi O‘zbekistonda
ham joriy etilishi lozim.
Ikkinchi yo‘nalish sifatida, mobil monitoring guruhlarini tashkil etish taklif
qilinadi. Bu guruhlar ekologik muhofaza zonalari, sanoat yaqinidagi tabiiy hududlar,
qishloq xo‘jalik maydonlarida entomofauna populyatsiyalarini muntazam kuzatadi.
Guruhlar tarkibiga biolog-olimlar, talabalar, ekologiya inspektorlari va nodavlat
tashkilot vakillari jalb etilishi lozim. Bu ishlar ilmiy muassasalar O‘zbekiston FA
Biologiya instituti, Nukusdagi Ekologiya ilmiy markazi hamda universitetlarning
ekologiya fakultetlari negizida olib borilishi kerak. Shuningdek, monitoring natijalari
UNEP va FAO tomonidan taklif etilgan global ekologik kuzatuv tizimlari bilan
integratsiyalashuvi jarayon nazoratini kuchaytiradi.
Uchinchi muhim taklif axborot texnologiyalarini keng joriy etish. Zamonaviy
texnologiyalar yordamida entomofauna monitoringini tezkor va ishonchli tarzda
tashkil etish imkoniyati yaratadi. Masalan, GIS tizimlari orqali hududiy entomofauna
xaritalari tuzish, dronlar yordamida hasharotlar yashash joylarini masofadan tahlil
qilish, hamda sun’iy intellekt asosida avtomatik tahlil tizimlari (masalan, AI-pastkadr
identifikatsiyasi) bugungi kunda xalqaro ekologik markazlarda muvaffaqiyatli
qo‘llanilmoqda (FAO, 2019; OECD, 2018). Bu yondashuvni O‘zbekistonda ham keng
joriy etish uchun davlat qo‘llovi va xalqaro grantlar jalb etilishi kerak boladi.
To‘rtinchidan, ekologik ta’lim va jamoatchilik ishtirokini kengaytirish lozim.
Entomofaunaning ekologik tizimdagi o‘rni haqida ommaviy axborot vositalari,
ijtimoiy tarmoqlar va ta’lim muassasalari orqali keng ma’rifiy ishlar olib borilishi,
maktab va kollej biologiya darslariga entomofauna monitoringi elementlarini kiritish,
ekologik ko‘ngilli guruhlar faoliyatini rag‘batlantirish orqali jamiyatda mas’uliyat
hissini shakllantirish orqali ijobiy natijalar qayd etiladi. Bundan tashqari, kimyoviy
vositalarni bosqichma-bosqich cheklash, ekologik toza alternativ usullar-feromon
tuzoqlari, biologik kurash usullari, agroekologik yondashuvlarni joriy etish orqali
entomofauna muhofazasini kuchaytirish eng maqbul choralardan biri hisoblanadi.
XULOSA
Xulosa tariqasida shuni aytib o‘tish keraki entomofauna monitoringi zamonaviy
ekologik ilm-fanning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, nafaqat ilmiy maqsadlarda,
balki amaliy jihatdan ham ekologik xavfsizlikni ta’minlashda katta ahamiyat kasb
etadi. Hasharotlar biosferadagi tabiiy muvozanatni saqlab turuvchi muhim organizmlar
sifatida o‘simliklar changlanishi, organik moddalarning parchalanishi, tuproq
strukturasining barqarorligi va oziq-ovqat zanjiri uzviyligini ta’minlaydi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
66-son_1-to’plam_Iyul-2025
116
ISSN:3030-3613
Entomofaunaning kamayishi ushbu jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Shu sababli,
ularning soni, holati va yashash muhitini doimiy kuzatib borish orqali ekologik
barqarorlikni ilmiy asosda boshqariladi. O‘zbekiston va boshqa mintaqalarda olib
borilgan monitoring natijalari shuni ko‘rsatadiki, antropogen bosim kuchaygan sari
entomofauna turlari soni sezilarli darajada kamaymoqda. Natijalar shuni
ko‘rsatmoqdaki, qishloq xo‘jaligida pestitsidlar, insektitsidlar va yer ekspluatatsiyasi
kuchaygan hududlarda foydali entomofauna changlatuvchilar, yirtqich hasharotlar va
parazit guruhlar yo‘qolib bormoqda. Bu esa oziq-ovqat xavfsizligiga, tabiiy turlar
muvozanatiga va inson salomatligiga ham bilvosita tahdid tug‘diradi. Monitoring
orqali bu xavflarni erta aniqlab, ularga qarshi ekologik, agroekologik va biotexnologik
choralarni ko‘rish mumkin. Shu bilan birgalikda, entomofaunani o‘rganish, ularni
bioindikator sifatida baholash, zamonaviy texnologiyalar — GIS, dron, masofadan
zondlash, sun’iy intellekt yordami bilan tizimli monitoring olib borish hozirgi ekologik
strategiyalar uchun ustuvor yo‘nalish bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, jamoatchilik
ishtirokini kengaytirish, ekologik ta’limni mustahkamlash va ilmiy-tadqiqot
muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali entomofaunani muhofaza qilish
bo‘yicha milliy va mintaqaviy dasturlarni shakllantirish lozim. Bularning barchasi
ekologik barqarorlik va sog‘lom hayot muhitini taminlashda dadil qadamdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Elton, C.S. (1927). Animal Ecology. London: Macmillan.
2.
Margalef, R. (1968). ‘‘Perspectives in Ecological Theory’’ University of Chicago
Press.
3.
Abdullayev I.A., Mirzayev M., Djalilov A. (2010). ‘‘O‘zbekistonning
entomofaunasi va uni saqlash muammolari’’ Toshkent: Fan.
4.
UNEP (2020). Global Biodiversity Outlook 5.
5.
FAO (2019). Agroecology Knowledge Hub.