Mualliflar

  • Abdullayeva Madina Erkinjon qizi
  • Yunusova Feruzaxon Ahmadjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.85134

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: Sahiyh al-Buxoriy aqliy tarbiya axloqiy mexonlar Islom dini “Al- kutub as- sitta “

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada Imom Al-Buxoriyning hayoti va ijodiy yo'li, hamda asarlarida axloqiy tarbiyaning o'rni xususida so'z yuritilgan.

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

136

ISSN:3030-3613

IMOM AL-BUXORIY HAYOTI VA ASARLARI

Abdullayeva Madina Erkinjon qizi

Andijon davlat Universiteti

Falsafa kafedrasi o'qituvchisi

Yunusova Feruzaxon Ahmadjon qizi

Matematika va mexanika fakulteti

Matematika yo'nalishi 1-kurs talabasi


Annotatsiya

: Ushbu ilmiy maqolada Imom Al-Buxoriyning hayoti va ijodiy

yo'li, hamda asarlarida axloqiy tarbiyaning o'rni xususida so'z yuritilgan.

Annotation:

In this scientific article, this scientific article contains the role of

moral education in the works of Imam al-Bukhari, as well as works.

Аннотация:

В этой научной статье эта научная статья содержит роль

морального воспитания в работах Имама аль-Бухари, а также работ.

Kalit so'zlar:

Sahiyh al-Buxoriy, aqliy tarbiya, axloqiy mexonlar, Islom dini,

“Al- kutub as- sitta “

Keywords

: Sahiyh al-Buxoriy, mental and moral morgues, Islam, “Al- kutub as-

sitta “

Ключевые слова:

Сахих аль-Бухари, Ментальный и Моральный Морг,

Ислам, "Аль-Лобель Атхейб"

Kirish

Mustaqilligimiz keltirgan buyuk ne’matlardan biri - turfa ma’naviy

qadryatlarimiz, ko’hna va boy tariximiz, madaniy merosimizga munosabatning tubdan
o’zgarib, uzoq moziyda yashab abadiy barhayot asarlar yaratib ketgan buyuk
allomalarning hayoti va ijodini chuqur o’rganish hamda ulardan keng xalq ommasini
bahramand qilish, desak hech bir mubolag’a bo’lmaydi. Bu yo’nalishda tarixan qisqa
muddat ichida amalga oshirilgan. Respublikamizda diniy ilmlarga katta e’tibor
berilayotgani, Qur’oni Karimning hamda Janob Payg’ambarimiz alayhissalomning
muborak hadislarining o’zbek tiliga tarjima qilinib keng ko’lamda o’rganilayotgani,
ularning ijtimoiy, madaniy va ma’naviy hayotimizga tobora singib borayotgani buning
yorqin dalilidir. Ma’lumki, movarounnahr hamda xurosonlik ko’plab olimlar jahon
ilm-fani va madaniyatining ravnaqiga ulkan hissa qo’shganlar. Bu hususida birinchi
Prezidentimiz I.A.Karimov: “Qadimgi Movarounnahr va Xuroson farzandlarining
jahon ilmu ziyosi tarixiga zarvaraqlar ila bitilgan asarlari oz emas” - deb alohida
ta’kidlagan edilar. Payg’ambarimiz alayhissalomning hadislarini to’plash, ularning
sahihlarini ajratib, Qur’oni Karim oyatlari bilan isbotlash borasida Movarounnahr va
Xuroson olimlarining hissalari benihoyat katta bo’lgan. Chunonchi, Movarounnahr


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

137

ISSN:3030-3613

farzandlari - oltita mashhur muhaddis yaratgan asarlar “Sihoh sitta”, “Olti kitob”,
“Kutubi sitta” kabi nomlar bilan ataladigan asarlar shular jumlasidandir. Diyorimizdan
chiqqan buyuk alloma Imom al-Buxoriyning hadislarga bag’ishlangan to’rt jilddan
iborat “Sahiyh al-Buxoriy”asari butun islom olamida haqli ravishda Qur’oni Karimdan
keyingi ikkinchi muqaddas manba hisoblanadi. Hadislarni to’plash, zamon talabiga
ko’ra, ayniqsa milodiy VIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab g’oyatda taraqqiy etib,
hadis ilmi bilan shug’ullanish eng fahrli va ma’suliyatli mashg’ulotga aylangan.
Manbalarda keltirishicha, VIII asrning o’rtalaridan XV asrning o’rtalarigacha hadis
ilmi bilan Sharqning turli mamlakatlarida mingdan ziyod muallif shug’ullangan.
Bundan o’n uch yil muqaddam O’zbekistonda qaror topa boshlagan ijtimoiy adolat,
ayniksa, mustaqilligimiz sharofati tufayli tariximiz, ma’naviy qadriyatlarimiz, boy va
ko’xna madaniy merosimizga munosabat keskin o’zgardi. Uzoq moziyda yashab,
o’lmas asarlar yaratib ketgan buyuk allomalarimizning hayoti va izjodlarini chuqur
o’rganib, ulardan keng xalq ommasini bahramand qilish uchun salmoqli ishlar amalga
oshirilmoqda. Mustaqil O’zbekistonimizda amalga oshirilayotgan ushbu tarixiy
jarayonlar silsilasida muborak dinimizga bo’lgan munosabatning batamom
o’zgarganligini alohida ta’kidlash lozim. Azaldan umuminsoniy qadriyatlar, madaniyat
va ma’rifatning mustahkam poydevori sanalgan diniy ilmlar majmuasiga e’tibor,
Qur’oni karimni o’zbek tilida nashr etilishi, Janob

Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning muborak hadislariga oid

kitoblar o’zbek tiliga tarjima qilinib, keng ko’lamda o’rganilib, ijtimoiy va madaniy
hayotimizga tobora singib borishi har qanday tahsinga sazovardir. Jumladan,
ilmfanning ravnaqi yo’lida olamshumul ahamiyatga ega bo’lgan asarlar yaratib ketgan
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy,Mahmud
azZamaxshariy, Ahmad al-Farg’oniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddun Kubro,
Bahovuddin Naqshband, Abu Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin al-Marg’iloniy,
Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek kabi ko’plab buyuk zotlarning
hayotlari va meroslarini o’rganish borasidagi tarixiy ahamiyatga molik ibratli tadbirlar
amalga oshirilib diqqatga sazovor ko’plab ishlar qilindi2. Shu jumladan Imom al-
Buxoriyga to’xtaladigan bo’lsak, Imom Buxoriy - butun musulmon olamida nomi
mashhur bo’lgan hadisshunos olimlardan biri. «Buxoriy» so’zi u zot Buxoro shahrida
tug’ilganliklaridan dalolat beradi.

Olimning asl ismlari Muhammad, otalarining ismlari Ismoil. Kunyalari (zotlari)

va nisbalari (tug’ilgan joylari) bilan birga to’liq ismlari - Abu Abdulloh Muhammad
ibn Ismoil Buxoriydir. Imom Buxoriy taniqli muhaddis olim Ismoil ibn Ibrohim ibn
Mug’ira oilasida tug’ildilar. O’n yoshidan boshlab hadislarni yod ola boshladilar.
Yetmish mingdan ziyod hadisni yod bilgan Muhammad o’n olti yoshlarida onalari
hamda akalari bilan muborak haj safariga otlanadilar. Ularning uzoq yillik safarlari shu
tariqa boshlanadi. Haj amalini ado etgan Muhammad onalari bilan akalarini Buxoroga


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

138

ISSN:3030-3613

qaytarib yuborib, o’zlari hadis to’plash niyatida olis yurtlarga rihlat qildilar (rihlat -
hadis to’plash niyatida safarga chiqish). Ko’p yillar davom etgan safarlar chog’ida
Imom Buxoriy O’rta va Yaqin Sharqning juda ko’p mamlakatlarida, Makka, Madina,
Toif, Jidda singari tabarruk shaharlarda, Basra, Kufa, Bag’dod kabi ilm markazlarida
boldilar. Ko’plab ustozlardan ta’lim oldilar, minglab shogirdlarga ustozlik qildilar.

Bu safarlar chog’ida ul zot olti yuz mingdan ziyod hadis to’plab, ularni to’g’ri

va noto’g’ri, ishonchli va ishonchsiz hadislarga ajratdilar. Shulardan yetti mingdan
ziyod eng ishonchli hadisni tanlab olib, «AI-Jomi’ as-sahih» («lshonchli hadislar
to’plami»)ga jamlaganlar. «Sahih al-Buxoriy» deb ham ataladigan bu to’plam
musulmon olamida mashhur olti ishonchli hadislar to’plamlaridan biridir. 0’zbek tilida
bu to’plam to’rt jildda nashr etildi. Hijriy III asr hadisshunoslikning oltin davri
hisoblanadi. Bu asrda hadislar aytish mumkin-ki, ilmiy ravishda to’planib, tadvin
qilinib, muayyan qonun-qoidalarga asosan tartibga tushirilgan. Ayanan mana shu asrda
hadisshunoslik mustaqil ilm sifatida fiqh ilmi masalalaridan ajralib chiqdi. O’z
navabatida hadis ilmidan boshqa bir talay ilmlar ham ajralib, bo’linib ketdi. Hijriy III
asr hadisshunoslikning mustahkam asosga ega bo’lib, qudratli ilm sifatida qaror
topishda muhim o’rin tutadi,desak mubolag’a bo’lmaydi. Hadislar ommaviy ravishda
hayotiy ehtiyojiga aylanib, ijtimoiy hayotning turli sohalarga jadal kira boshlaydi,
hadislarga tayanib ish tutish odat tusini oldi. Hadischilik borasidagi bunday uyg’onish
yoki yuksalish davri ayni chog’da bir talay muomolarni ham yuzaga keltiradi. Ulardan
yangi asosiysi-hadislaring to’g’ri yoki noqisigi, ularning roviysi manbasiga e’tibor
bermasdan hayotga tatbiq qilish masalasi jamiyatda jiddiy muommolarni yuzaga
keltiradi.3

Mana shunday sharoitda buyuk ulamolardan biri guruhi hadislarni buzmasdan

asl holida qo’llash borasida turli tuman takliflaru tavsiyalarini o’rtaga tashladilar,
ularni saralash masalasida har xil uslub va tomoshalardan foydalanish yo’llarini izlay
boshladilar. Yozuv qurollari ko’payib, kitobotchilik yetarli sharoit vijudga kelgach
arab va musulmon dunyosi boshqa elatlaru millatlari bilan aloqa o’rnatib, ma’rifiy
tajribasi ortgach hadislarga doir maxsus kitoblar yaratish ishlari ancha yurishdi.
Oldingi asrlarda kuzatilganidek, Rasululloh hadislarni sahobalarning qavllari, yoki
tobe’iynlar chiqargan fatvolari bilan aralashtirib yuborish hollariga chek qo’yilib, faqat
payg’ambar alayhissalom hikmatlaridan iborat bo’lgan kitoblarnin ta’lif etishga
kirishildi. Hadislar yuzasidan ta’lif etilgan asarlarni puxta tadqiq etish jarayonida,
asosan, quyidagi 4 qoidaga amal qilinganini ko’ramiz: Musnadlariga tayanib ta’lif
etish. Bu usul shundan iboratki, sahobalardan har birining payg’ambar haqida aytgan
hadislari, to’grimi yoki noto’g’rimi – bundan qattiy nazar, to’planib, garzand mavzulari
xilma-xil bo’lsada, alohida kitob shaklida ta’lif etiladi. Masalan bir hadisning musnadi
sifatida avval Abu Bakrga tayanib rivoyat qilinadi. Undan keyin birin ketin
sahobalarning nomlari zikr qilinadi. Mana shu tartibda mustaqil kitob ta’lif qilinadi, bu


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

139

ISSN:3030-3613

borada, shuningdek, boshqa usullar qo’llanilgan holler ham ko’zga tashlanadi. Hijriy
III asrning boshlarida Ubaydulloh ibn Muso al-Abasiy al-Kufiy, Musaddad ibn
Musarxad al-Basriy kabi olimlar shu zaylda asarlar tasnif etgan. bo’lsalar, keyinchalik
ularga ergashib, Ahmad ibn Hanbal, Ishoq ibn Rohvayh va boshqalar ham asarlar
yaratgan. Ibn Hajar al-Asqaloniyning yozishicha, Muslim ibn al- Hajjoj sahobalar
aytgan ma’lumotlarga tayanib, kattagina bir musnad yaratgan bo’lsa-da,afsuski, uni
tugatolmagan.

1. Boblarga bo’lib ta’lif etish. Bu usul bo’yicha hadislarga ularning mavzuyi va

boblariga qarab tartib berilgan. Masalan keltirilayotgan hadis namozga oid
bo’lsa;assalot bobida, zakotga doir bo’lsa; az-zakot bobida zikr qilingan. Bu usulda
dastlab hijriy II asrda Molik ibn Anas mashhur “Al-Muvvato”asrini yaratgan. Hijriy
III asrda yashagan Imom Buxoriy va Imom Muslim ibn al- Hajjoj o’zlarining
“AsSahih”asarlarini ham ushbu uslubda tasnif etganlar. Ul zotning yo’lini tutgan talay
olimlar ham shu usulda asar yaratganlar. Aynan shu zaylda, ya’ni, boblar asosida tasnif
etib asarga tartib berganlar. Zikr etganimiz ikki buyuk muhaddis Imom al Buxoriy va
Imom Muslim ibn al Hajjoj hazratlaridir. Ushbu uslubga rioya

qilmay, hadislar bo’yicha asarlar yaratgan muhaddislar sirasiga “Al- kutub as-

sitta “ning muallifi bo’lgan Abu Dovud, At- Termiziy, An-Nasoiy, va Ibn Mojja ham
kiradi

2. Mazkur ikki uslub birlashgan hollar, ushbu tariqatning sohibi Baqiy ibn

Mahlad al-Qurotobiylar bo’lib, ul zot “Al-Musnad al-Kabir”asarida avval
sahobalarning ismlariga tartib berib, so’ngra fiqh boblariga bo;lgan holda musnad
tasnif etganlar.

3. Nuqsonlarga tayanib tasnif etish. Bu tariqat eng oily maqomdagi uslub

hisoblanadiki, unda har bir hadisni to’plash jarayonidagi yo’l-yo’riqlar va uning
roviylariga nisbatan ihtiloflar ham ko’rsatilgan bo’ladi. Zero, hadisdagi nuqsonlarni
aniqlash ushbu sohaga doir ilm uchun azaldan eng e’tiborli va muhim omillardan
hisoblangan. Shu zayilda asar yaratgan mualliflar ikki uslubga amal qilganlar, Ulardan
ba’zi birlari, masalan,Ibn Xotim asarini boblarga bo’lgani bois uni tushinish va
o’zlashtirish oson. Shuning uchun ham u hadisshunoslik bobida eng yaxshi kitoblardan
sanalgan. Boshqa bir guruh mualliflar esa kitoblarni musnadlarga asoslanib tartib
berganlar. Ulardan Hofiz Yaqub ibn Shayba al Basriyning illatli musnad tarzdagi yirik
asari nihoyasiga yetmay qolgan,agar u oxirigacha tugallanganida 200 jildni tashkil
qilgan bo’lar edi. Manbalarda ushbu “Al-Musnad” asarini oqqa ko’chirish uchun
mo’ljallangan varoqlarga solish uchun ul zotning uyida 40ta ko’rpa-yostiq taxt qilib
qo’yilgani aytiladiki, shuning o’ziyoq ushbu kitob naqadar keng qamrovli bo’lganidan
dalolat beradi. Imom Buxoriyning jami 24 asari bolganligi haqida ma’lumotlar mavjud.
«AI-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari», bu asar ham o’zbek tilida nashr etilgan),
«Kitob al-favoyid» («Foydali ashyolar kitobi»), «At-Tarix alka - bir» («Katta tarix»),


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

140

ISSN:3030-3613

«At-Tarix al-avsat» («O’rta tarix»), «At-Tarix as-sag’ir» («Kichik tarix») kitoblari
shular jumlasidan. Biroq buyuk muhaddis asarlarining hammasi ham bizgacha yetib
kelmagan.

Imom Buxoriy asarlariga juda ko’plab sharhlar yozilgan. Bu hol ularning ijodi

musulmon olamida mashhur bo’lib, diniy ilmlar rivojlanishiga katta hissa
qo’shganligidan darak beradi.

Imom Buxoriy Samarqandga bora turib, hozirgi Chelak tumani Xartang

qishlog’ida vafot etganlar va shu yerda dafn qilinganlar. Musulmon olami, kalom ahli
Imom Buxoriyni «Muhaddislar imomi», «Hadis ilmining sultoni», «Hadis ilmi bobida
mo’minlar amiri», «Faqihlar sayidi» deb uluglagan.1998-yil oktabr oyida ko’hna
Samarqand shahrida buyuk muhaddis tavalludining hijriy- qamariy taqvim bo’yicha
1225 yilligi keng nishonlandi. Olim to’g’risida ko’plab ilmiy va ommabop asarlar chop
etildi.

Xulosa:

Men bu maqolaning yozishim davomida Islom dini insonni har

tomonlama ruhiy, aqliy va axloqiy jihatdan tarbiyalashga katta ahamiyat bergan
ekanligini tushunib yetdim. Dastlab Sahih al-Buxoriy kabi ishonchli hadis to‘plamlari,
ayniqsa “Al-kutub assitta” deb ataluvchi olti muhim hadis kitobi orqali bu tarbiya aniq
va asosli shaklda yetkazilgan ekanligini atroflicha o’rgandim. Bu hadislar orqali biz
nafaqat ibodatlarni, balki insonlar bilan qanday muomalada bo‘lish, yaxshi xulq va
aqlni rivojlantirish kabi muhim hayotiy tamoyillarni ham o‘rganishimiz mumkinligini
tushdim. Oddiy inson sifatida bu hadislar menga shuni tushuntiradiki, yaxshi axloq,
to‘g‘ri fikrlash va insonlarga foyda keltirish Islomning eng asosiy maqsadlaridandir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

U.Uvatov.Muhaddislar imomi.-T.: “Ma’naviyat”, 1998 6 bet

2.

U.Uvatov,Buyuk muhaddis,O’zbekiston milliy enskilopediyasi davlat ilmiy
nashiryoti .Toshkent 1998

3.

U.Uvatov.Imom al-Buxoriy hayoti. “Sharq” nashiryoti-matba konsernining bosh
tahririyati –T.1998

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

U.Uvatov.Muhaddislar imomi.-T.: “Ma’naviyat”, 1998 6 bet

U.Uvatov,Buyuk muhaddis,O’zbekiston milliy enskilopediyasi davlat ilmiy

nashiryoti .Toshkent 1998

U.Uvatov.Imom al-Buxoriy hayoti. “Sharq” nashiryoti-matba konsernining bosh

tahririyati –T.1998