Jild 61 № 4 (2025): TADQIQOTLAR jahon ilmiy-metodik jurnali | 61-son | 4-qism

						{$identification) ko'rish
Jild 61 № 4 (2025): TADQIQOTLAR jahon ilmiy-metodik jurnali | 61-son | 4-qism
Nashr qilingan: 27-05-2025

Maqolalar

127-131 27 8

TAZYIQSIZ-HAYOT SARI!

Zuhra Joʻrayeva Joʻraqulovna
Annotatsiya:Mazkur maqola xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning
turli shakllari, ularning ijtimoiy, jismoniy va psixologik ta’sirlari hamda bu
muammolarni hal qilish uchun amalga oshirilayotgan huquqiy va ijtimoiy choralarni
tahlil qiladi.
132-135 31 12

PSIXOLOGIK MASLAHAT BERISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Normurodova Mahzuna Asqaraliyevna
Annotatsiya: ushbu maqolada psixolog-maslahatchi tomonidan mijozga
beriladigan maslahat va takliflar ko’p hollarda mijoz psixolog-maslahatchi yordamisiz
o ‘z muammosini o’zi to’la hal eta olishiga qаrаtilgаnligi haqida fikr yuritilgan.
136-140 46 19

IMOM AL-BUXORIY HAYOTI VA ASARLARI

Abdullayeva Madina Erkinjon qizi , Yunusova Feruzaxon Ahmadjon qizi
Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada Imom Al-Buxoriyning hayoti va ijodiy
yo'li, hamda asarlarida axloqiy tarbiyaning o'rni xususida so'z yuritilgan.
141-146 25 7

YOSHLARNI KASBGA YO`NALTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Muxtarova Hulkar Fayzullayevna
ABSTRACT
This article explaines the issues of career guidance of students in the educational
process, the choice of profession, as well as the features of taking into account the age
of students in career guidance.
147-149 27 13

OʻSMIRLIK YOSHIDAGI OʻQUVCHILARDA DEPRESSIYAGA MOYILLIKNI KORREKSIYALASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Yusupova Nilufar Maxsutovna
ANNOTATSIYA: Bugungi kunda oʻsmir yoshidagi yuqori sinf oʻquvchilari
orasida ruhiy salomatlik muammolari, xususan, depressiyaga moyillik tez-tez
kuzatilmoqda. Bu holat turli omillar, jumladan, o‘qishdagi bosim, ijtimoiy ta’sirlar va
shaxsiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolada bu muammoning
asosiy sabablarini, alomatlarini va uni oldini olish bo‘yicha tavsiyalarni ko‘rib
chiqamiz.
150-153 31 19

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI VA UNING ELEMENTLARI

Jamshidbek Hasanov, Shaxzod Abduvahobov Xolmo‘minovich
Ushbu maqolada bank kodeksi tushunchasi, uning asosiy tamoyillari va bank
xodimlarining kasbiy xulq-atvori bilan bog‘liq asosiy jihatlar yoritiladi. Bank tizimi
ishonch asosida ishlaydigan muhim moliyaviy soha bo‘lganligi sababli, unda faoliyat
yuritayotgan xodimlarning axloqiy va kasbiy me'yorlarga amal qilishi alohida
ahamiyat kasb etadi. Maqolada bank kodeksi bank xodimlari uchun nafaqat huquqiy,
balki axloqiy yo‘l-yo‘riq vazifasini o‘tashi ta’kidlanadi. Shuningdek, kasbiy xulq-
atvorning bank mijozlari, hamkasblar va rahbariyat bilan munosabatlarda qanday
namoyon bo‘lishi, unga qanday yondashuvlar mavjudligi haqida tahliliy yondashuv
orqali tushuntirish beriladi. Bank axloqi va xulq kodeksiga rioya qilishning zamonaviy
talablari, xususan, raqamli bank xizmatlari rivojlanayotgan bir davrda bank xodimining
javobgarligi va sadoqati qanday ko‘rinishda bo‘lishi kerakligi ham ko‘rib chiqiladi.
Maqola so‘ngida bank xodimlarining kasbiy etikasini mustahkamlash bo‘yicha
takliflar ham ilgari suriladi.
154-157 22 22

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI VA UNING ELEMENTLARI

Sevinchoy Qobulova, Shaxzod Abduvahobov Xolmo‘minovich
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini mustahkamlash,
uning samaradorligini oshirish va zamonaviy talablarga moslashtirish yo‘lida qabul
qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar tahlil qilinadi. Ta’lim sohasida qonunchilik
asoslarini takomillashtirish, xususan, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga
soluvchi normativ hujjatlarning yangilanishi va amaliyotda qo‘llanishi muhim
ahamiyat kasb etadi. Bank ishi yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba sifatida ushbu
mavzu nafaqat umumiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, balki moliyaviy sohada yetuk,
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ham huquqiy zaminini tashkil qilishi bilan
ahamiyatlidir.
158-162 28 28

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PUL TIZIMI VA UNING ELEMENTLARI

Sabrina Toshboyeva Dilshod qizi , Shaxzod Abduvahobov Xolmo‘minovich
Annotatsiya
Mazkur maqolada professional bank axloqi tushunchasining nazariy asoslari,
uning bank tizimidagi o‘rni va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Bank tizimida axloqiy
me’yorlarga rioya qilish — nafaqat mijozlar ishonchini qozonish, balki moliyaviy
muomalalarning barqarorligini ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Maqolada
shuningdek, bank xodimlarining axloqiy xatti-harakatlariga qo‘yiladigan talablar,
axloqiy muvozanatni saqlash tamoyillari, korrupsiyaga qarshi kurashish mezonlari va
xizmat madaniyati bo‘yicha uslubiy yondashuvlar keng yoritiladi. Ilmiy ishda milliy
va xalqaro tajribalar solishtirilib, O‘zbekiston bank tizimida professional axloqni
shakllantirish yo‘nalishidagi hozirgi holat va istiqbollar tahlil qilinadi. Maqola,
ayniqsa, bank sohasi mutaxassisi bo‘lishni maqsad qilgan talabalar uchun axloqiy
qarashlarni mustahkamlash va kasbiy madaniyatni chuqur anglashda muhim ahamiyat
kasb etadi.
163-166 35 15

HOW COMMUNICATIVE TASKS HELP STUDENTS SOLVE PROBLEMS AND THINK CRITICALLY IN ENGLISH CLASSES

Dilnoza Fayzullayeva Ubaydullayevna , Durdona Abdullayeva
Abstract
Developing critical thinking and problem-solving skills has become absolutely
vital in the evolving field of English as a Foreign Language (EFL) learning. This study
investigates how including communicative activities in the EFL classroom could
enhance student cognitive skills. Based on contemporary educational theories and
pragmatic classroom applications, the study underlines the need of creating an
atmosphere that supports critical inquiry, group learning, and contextual knowledge.
Examining various forms of communication and the effects they have on students'
analytical abilities, the paper provides insights into beneficial strategies for teachers
trying to improve cognitively challenging language acquisition experiences.
167-170 30 12

AFAZIK BEMORLARDA SHAXS SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH ISHLARI

Mushtariy Xurkinova Baxtiyor qizi
Anotatsiya
Mazkur maqolada afaziya bilan og‘rigan bemorlarning shaxs sifatlarini
rivojlantirish muammosi tahlil qilinadi. Afaziya – nutq funksiyalarining yo‘qolishi
yoki buzilishi bo‘lib, u nafaqat kommunikativ qobiliyatlarni, balki shaxsiy rivojlanish
jarayonlarini ham sezilarli darajada cheklaydi. Maqolada afazik bemorlarning
emotsional holati, ijtimoiy munosabatlari, o‘z-o‘zini baholashi va moslashuvchanlik
darajasi kabi shaxs sifatlariga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, psixologik-
pedagogik yondashuvlar, nutq terapiyasi va psixokorreksion uslublar asosida shaxs
sifatlarini mustahkamlashga qaratilgan kompleks reabilitatsion yondashuvlar
yoritiladi. Tadqiqot natijalari afazik bemorlarning ijtimoiy integratsiyasini
kuchaytirish va ularning shaxs sifatlarini tiklashda muhim ahamiyatga ega.
171-174 44 9

UYQUNING FIZOLOGIK ASOSLARI VA ORGANIZMGA TA’SIRI

Sevinch Yusupova Baxriddin qizi , Maftuna Xayrullayeva Ibodullayevna
Annotatsiya: Mazkur maqolada uyqu jarayonining fiziologik asoslari, uyqu
bosqichlari, ularni boshqaruvchi markazlar va uyquning organizmga ko’rsatadigan
ta’siri haqida tahliliy yondashuvda fikr yuritiladi. Uyqusizlikning salbiy oqibatlari,
sog’lom uyqu gigiyenasi va profilaktik tavsiyalar bilan boyitilgan.
175-178 25 9

ALBERTO XINASTERA: MUSIQASIDAGI SIMMETRIYA VA IBERO- AMERIKA TA'SIRI

Arofat Dilmurodova, L.B Kabduraxmanova
Annotatsiya: Alberto Xinasteraning musiqasidagi simmetriya va Ibero-
Amerika ta’sirini o‘rganish, uning uchinchi sonatadagi musiqiy tuzilmalari va ritmik
elementlarida o‘zining aniq ifodalanishini ko‘rsatadi. Xinasteraning musiqasi o‘zining
simmetrik tuzilmalari bilan ajralib turadi, bunda nafaqat matematik jihatlar, balki
madaniy va ritmik unsurlar ham o‘zaro uyg‘unlashadi. Uning kompozitsiyalarida
simmetriya, ayniqsa ritmik va melodik shakllarida, ko‘plab Ibero-Amerika
musiqasining elementlari bilan uyg‘unlashadi. Bunda simmetrik kengayishlar,
takrorlanishlar va interval o‘zgarishlari musiqaning asosiy tuzilmasini tashkil etadi.
Xususan, uchinchi sonatadagi simmetriya nafaqat musiqa tuzilishi, balki uning
madaniy mazmunini ham yoritadi, ayniqsa, Ibero-Amerika ritmlaridan olingan
iqtiboslar bilan. Musiqada kontrast, qora/oq qarama-qarshiliklar va "shaxmat taxtasi"
effektlari orqali Xinastera o‘ziga xos, madaniyatlararo simmetriya yaratadi.
179-182 30 16

CHET TILLARNI O‘RGATISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING AHAMIYATI

Feruza Ergashova Yuldashevna , Firdavs Jalilov Uchkun o‘g‘li
Annotatsiya. Ushbu maqolada chetlarini o‘rgatishda integrallashtirishning
mazmuni, va o‘quv jarayoniga tabiq etish usullari tahlil qilingan. Integrativ yondashuv
orqali o‘quvchilarning kommunikativ, madaniy va intellektual kompetensiyalarini
yanada chuqurlashtiradi. Maqolada zamonaviylar va hujjat ozaro uyg‘unlashuvi
asosida samarali o‘qitishning nazariy va amaliy metodikasi yoritilgan.
183-187 40 15

ASSESSING READING SKILLS: METHODS AND BEST PRACTICES

Zarnigor Xomidova
Annotation: This paper explores various methods and best practices for
assessing reading skills in educational settings. It examines both traditional and modern
assessment tools, including standardized tests, formative assessments, reading
comprehension exercises, and diagnostic approaches. Emphasis is placed on the
importance of aligning assessment techniques with learners’ developmental stages,
reading purposes, and individual needs. The study also highlights the role of
technology in enhancing reading assessment and provides practical recommendations
for educators to ensure accurate, fair, and effective evaluation of students' reading
abilities.
188-190 38 26

ЎЗБЕКИСТОНДА ИСЛОМ БАНКЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ЗАРУРИЯТИ

Абдулвоҳид Бўрибоев
Аннотация: Ушбу мақолада Ўзбекистонда исломий банклар ва фоизсиз
молиялаштириш тизимини жорий этиш ва ривожлантиришнинг аҳамияти
ёритилган. Ислом молиясининг асосий тамойиллари, жумладан, рибо, ғарар ва
майсирнинг тақиқланиши, адолатли фойда-зарар тақсимоти ва ҳалол фаолиятни
молиялаштириш каби жиҳатлар таҳлил қилинган. Мақолада исломий молия
тизимининг иқтисодий барқарорликка, кичик ва ўрта бизнесни қўллаб-
қувватлашга, ҳамда ижтимоий адолатни таъминлашга қаратилган ижобий
таъсири кўрсатилган. Шунингдек, Ўзбекистонда ислом банклари фаолиятини
йўлга қўйиш учун зарур бўлган ҳуқуқий база, инфратузилма ва мутахассислар
тайёрлаш масалаларига алоҳида эътибор қаратилган.
191-193 27 13

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINI TA’MINLASH FAOLIYATIDA ILG’OR XORIJ TAJRIBASI TAHLILI

Begzod Gadoymurodov, O’g’iloy Mamarashidova Baxodir qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Qozog’iston Respublikasi “ichki ishlar
to’g’risida”gi qonunida jamoat tartibi himoyasi, inson huquqlari va erkinliklari,
Rossiya federatsiyasida fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish
tizimlari O’zbekistondagi yuritilayotgan tizim bilan bevosita solishtirilgan.
194-198 25 12

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OLIY TA'LIM SOHASIDA DAVLAT SIYOSATINING USTUVORLIGI

Bahodir Axmedov Ismoilovich
Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim sohasida
amalga oshirilayotgan davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, maqsadlari va
ustuvorliklari tahlil qilinadi. Oliy taʼlim sohasidagi davlat siyosati mamlakatning
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlash, xalqaro standartlarga javob beradigan
malakali kadrlar tayyorlash, taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, shuningdek, oliy
taʼlim muassasalarining avtonomiyasini kengaytirish kabi muhim masalalarni qamrab
oladi.
199-204 116 14

GERMANIYA SOLIQ TIZIMI VA UNING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Barchinoy Qahhorova, Alijon Turayev
Ushbu tadqiqot Germaniya soliq tizimining asosiy tamoyillari va soliq
tushumlari dinamikasini o‘rganadi. OECD ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyada
soliqlarning yalpi ichki mahsulotga nisbati 2021-yilda 39,5% ga yetgan. Tadqiqotda
soliqlarning turlari, daromad solig‘i stavkalari hamda qo‘shimcha soliqlar tahlil
qilinadi.
205-209 33 16

IBN SINA AND HIS HERBAL TREATMENT OF GYNECOLOGICAL DISEASES

Nilufar Rasulova Abuvossiyevna
Annotation: This article discusses regarding Ibn Sina’s instructions on the
treatment of gynecological diseases with herbs.
210-217 32 7

OʻZBEK XALQ CHOLGʻULARI ORKESTRINING KELIB CHIQISHI

Zarif Saydaqulov Nurali oʻgʻli
Annotatsiya. Ushbu maqola Oʻzbek xalq cholgʻulari orkestrining kelib chiqishi
va rivojlanishini tarixiy, madaniy va musiqiy nuqtai nazardan tahlil qilishga
bagʻishlangan. Maqolada orkestrning shakllanish bosqichlari, anʼanaviy
cholgʻularning musiqiy xususiyatlari, madaniy-ijtimoiy omillarning taʼsiri va
repertuardagi oʻzgarishlar oʻrganiladi. Sovet davrining madaniy siyosati va mustaqillik
davridagi oʻzgarishlar orkestrning rivojlanishiga taʼsir koʻrsatgan asosiy omillar
sifatida koʻrib chiqiladi. Maqola oʻzbek musiqiy merosini saqlash va global miqyosda
targʻib qilishda orkestrning ahamiyatini taʼkidlaydi, shuningdek, kelajakdagi tadqiqot
yoʻnalishlariga tavsiyalar beradi. Tadqiqot tarixiy tahlil, musiqiy tuzilish tahlili va
madaniy kontekstni oʻrganish usullariga asoslanadi.
218-221 30 8

DIZEL YOQOLG‘ISINING ENERGETIKAVIY AHAMIYATI VA GLOBAL TALABI

Go‘zal Yusupova, Xayrullo Hotamov Shukrullo o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada dizel yoqilg‘isining energetika sohasidagi roli,
global talab tendensiyalari, ishlab chiqarish texnologiyalari va kelajakdagi istiqbollari
yoritiladi. Dizel yoqilg‘isining ishlab chiqarish jarayoni zavoddagi texnologik sxema
va grafikalar bilan batafsil tushuntiriladi.
222-225 23 7

NEFTNING TARKIBIY QISMLARGA BO‘LINISHI HAMDA QO‘LLANILISH SOHALARI

Go‘zal Yusupova Xusanovna , Xayrullo Hotamov Shukrullo o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqolada organik moddalarning uzoq geologik davrlar
davomida fizik-kimyoviy o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘lgan murakkab tabiiy
aralashma ekanligi, hamda uning tarkibida turli uglevodorodlar, oltingugurt, kislorod,
azot va metall birikmalari mavjud bo‘lib, neftning tarkibi qazib olinadigan hududga
qarab o‘zgarishi mumkin ekanligi va shuning uchun uning qayta ishlash
texnologiyalari ham har xil bo‘lishi haqida batafsil ma’lumot bergan.
226-229 27 13

BENZIN TARKIBIDAN OLTINGUGURTNI AJRATIB OLISH USULLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Go‘zal Yusupova Xusan qizi , Xayrullo Hotamov Shukrullo o‘g‘li
Kirish: Ushbu maqolada benzin sanoatining rivojlanishi bilan birga, yoqilg‘i
sifatini oshirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash masalalari ham dolzarb bo‘lib
bormoqdaligi aks etgan. Benzin tarkibida mavjud bo‘lgan oltingugurtli birikmalar
atmosferaga zararli gazlar (asosan SO₂) ajralishiga olib keladi. Bu esa ekologik
muammolar, jumladan kislota yomg‘irlari va havoning ifloslanishi bilan bog‘liq. Shu
sababli benzin tarkibidan oltingugurtni samarali ajratib olish – neftni qayta ishlash
sanoatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
230-232 27 6

KAOLINNING FIZIK KIMYOVIY XOSSALARI VA ISHLATILISH SOHALARI

Go‘zal Yusupova Xusan qizi , Xayrullo Hotamov Shukrullo o‘g‘li
Annotatsiya: Kaolin strategik xom ashyo bo‘lib, u nafaqat ishlab chiqarish
tarmoqlari uchun muhim, balki O‘zbekiston uchun eksport va sanoat rivoji manbai
sifatida ham katta ahamiyatga ega. Kaolinning dunyo va O‘zbekiston miqyosidagi
o‘rni sanoat, iqtisodiyot va eksport salohiyati nuqtai nazaridan juda muhimdir. Kaolin
sanoat minerali sifatida global miqyosda milliardlab dollarlik bozorga ega. Kaolin
tabiiy ravishda tuproqda yoki tog‘ jinslarida joylashgan bo‘lib, asosan granit
jinslarining nurashidan hosil bo‘ladi. Uni qazib olish joylari dunyo bo‘yicha ma’lum
hududlarda to‘plangan.
233-235 30 12

LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLARNING BADIIY ASARLARDA IFODALANISHI

Hafiza Fayziyeva Alisher qizi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada antroposentrik tilshunoslik, uning yuzaga kelishi hamda bu
tilshunoslikning shakllangan bir qator yo’nalishlari haqida so’z boradi. Antroposentrik
tilshunoslikning tarmoqlaridan bo’lgan lingvokulturologiya haqida ma’lumot beriladi.
Tilimizdagi linvokulturologik birliklarga misol beriladi.
236-240 12 6

“TARBIYA KOLONIYASIDA UMUMIY TA'LIM JARAYONI HAMDA KASB-HUNARGA OʻRGATISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI”

Elchinbek Nurmamatov Dilshod oʻgʻli , Quvonch Qodirov Bekmurodovich
Annotatsiya: maqolada tarbiya koloniyalarida jazo muddatini oʻtayotgan
voyaga yetmagan mahkumlarning umumiy kasb-hunar ta'limi tushunchasi, uning
oʻziga xos xususiyatlari hamda ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlar
haqida alohida gap boradi.
241-244 38 11

AXLOQIY QADRIYATLAR VA INSON KAMOLOTINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Ramziddin Tursunov
Anotatsiya: Mazkur maqolada axloqiy qadriyatlar va inson kamoloti o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlik masalalari yoritilgan. Axloq tushunchasi insonning ma’naviy
rivojlanishida, shaxsiy kamolotida va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni tadqiq qilinadi.
Maqolada tasavvufiy ta’limotlar asosida axloqiy fazilatlar, ularning inson ruhiyatiga
ta’siri, shuningdek, zamonaviy davrda ma’naviy qadriyatlarning ahamiyati tahlil
etiladi. Axloqiy poklanish, tazkiyatun-nafs (nafsni tozalash), qalb pokligi, ma’rifat
(haqiqiy bilim) kabi tushunchalar orqali insonning ichki dunyosini takomillashtirish
yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Bundan tashqari, jamiyatda axloqiy qadriyatlarni
mustahkamlashning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy afzalliklari haqida so‘z yuritiladi.
Maqola islomiy manbalar – Qur’oni Karim, hadislar va tasavvuf peshvolarining
asarlariga asoslangan holda yozilgan.
245-247 25 7

THE CAPITAL, STATES, ANTHEMS AND THE MOST FAMOUS CITIES OF THE USA

T.S Abduraxmanov, Madina Maxmudova
Abstract
This article provides a comprehensive overview of the United States’ political
and cultural geography, focusing on the capital city, individual states, national
anthems, and its most renowned urban centers. It highlights the significance of
Washington, D.C. as the seat of government, the diversity among the 50 states, and the
role of patriotic songs in national identity. Furthermore, it explores the historical,
cultural, and economic importance of famous cities such as New York, Los Angeles,
and Chicago. The article is written in a student-friendly tone, with in-text citations and
natural transitions to guide readers through the key components of American identity.
248-250 39 25

ASAB TIZIMI VA STRESS FIZIOLOGIYASI: BOLALAR VA O‘SMIRLAR KONTEKSTIDA PSIXONEYROIMMUNOLOGIK YONDASHUVLAR

Rano Aliyeva Amanullayevna , Madina Maxmudova
Mazkur maqolada bolalar va o‘smirlar organizmida stressning asab va immun
tizimi faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’siri chuqur tahlil etiladi. Psixoneyroimmunologiya
sohasi nuqtayi nazaridan stressning markaziy asab tizimi, vegetativ asab tizimi va
endokrin tizim orqali organizmda qanday o‘zgarishlarga olib kelishi ilmiy asosda
ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, bolalik va o‘smirlik davrida stressga nisbatan orttirilgan
sezgirlik tufayli organizmda yuzaga keladigan fiziologik va psixologik reaksiyalar,
stressga bog‘liq gormonlar (kortizol, adrenalin, noradrenalin) darajasining oshishi va
buning immun funksiyalariga salbiy ta’siri batafsil yoritiladi.Tadqiqot natijalari shuni
ko‘rsatadiki, stress ta’sirida bolalar va o‘smirlar ko‘pincha surunkali yallig‘lanish
jarayonlariga duch keladilar, immunitet zaiflashadi va psixik salomatlikda jiddiy
o‘zgarishlar, xususan, xavotir, depressiv holatlar va o‘zini past baholash holatlari
kuzatiladi. Maqolada, shuningdek, bolalik davrida stressning miya rivojlanishiga,
neyroendokrin tizim shakllanishiga va kelajakdagi moslashuvchanlik darajasiga uzoq
muddatli ta’siri haqida ham fikr yuritiladi.Psixoneyroimmunologik yondashuvlar
asosida stressga qarshi kurashish va uning oqibatlarini yumshatishga qaratilgan
profilaktik strategiyalar ishlab chiqish zarurligi ta’kidlanadi. Kognitiv-behavioral
terapiya, ijtimoiy-emotsional yordam, jismoniy faollik va dam olish texnikalari orqali
stress darajasini kamaytirish bolalar va o‘smirlarning umumiy salomatligini
yaxshilashda muhim omil sifatida ko‘rsatiladi.Umuman olganda, ushbu ish bolalar va
o‘smirlar stress mexanizmlarini tushunish, ularning biologik va psixologik himoya
tizimlarini mustahkamlash hamda stressga bardoshlilikni oshirish bo‘yicha ilmiy va
amaliy qadamlar uchun muhim asos yaratadi.
251-255 21 7

YOSH DAVRLARIDA TA’LIM OLISHGA BO‘LGAN KUCHLI MOTIVATSIYASINI SHAKLLANTIRISH

Shahnoza Jalilova Muxtorovna qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada yosh davrlar bosqichlarida ta’lim olishga
bo‘lgan qiziqizlarni shakllantirish va uni rivojlantirish bosqichlari ko‘rsatib o‘tilgan,
mazkur bosqichlarda o‘quvchilar bilan olib boriladigan psixologik ishlar yuzasidan
fikr- mulohazalar berilgan.
256-258 20 5

O‘SMIRLIK DAVRINING INQIROZLI XUSUSIYATLARI: PSIXOPROFILAKTIK, PSIXOKORREKSION VA MASLAHAT ISHLARI

Dilnoza Ubaydullayeva
Annotatsiya: Mazkur maqolada o‘smirlik davrining inqirozli xususiyatlari, bu
davrda maktab psixologining o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan olib borishi
lozim bo‘lgan psixoprofilaktik, psixokorreksion va maslahat ishlari haqida fikr
yuritiladi. Shuningdek, milliy tarbiya, ijtimoiy omillar va oila-maktab hamkorligining
o‘smir psixologiyasiga ta’siri yoritiladi.
259-265 26 11

TIJORAT BANKLARI KREDIT SIYOSATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA KREDIT PORTFELINI DIVERSIFIKATSIYALASHNING O‘RNI

Furqat Abdulloyev Olimdjonovich

Annotatsiya
Ushbu maqola mamlakat iqtisodiyotida tijorat banklarining o‘rni, shu jumladan,
banklarning foydasini maksimallashtirish uchun bank amaliyotida asosiy foyda
keltiruvchi operatsiyalardan biri sanalmish, kreditlash jarayonini tashkil etish, tijorat
banklari kredit siyosati hamda uni takomillashtirish shart – sharoitlari, kredit
portfelining dinamikasi va kredit portfelini diversifikatsiya qilish chora – tadbirlari
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan. Bundan tashqari mazkur
maqolada, mamlakatimizda uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan “Ipak
Yo‘li” aksiyadorlik innovatsion tijorat bankining ushbu sohadagi iqtisodiy ko
‘rsatkichlari, kredit portfeli dinamikasi, tur va sanoat bo‘yicha kredit portfelining
dinamikasi hamda stavkalar bo‘yicha kredit portfeli ko‘rsatkichlari tahlil qilingan va
keyingi yillar uchun maqsadlar hamda prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan Shu
bilan birgalikda, tijorat banklari kredit siyosati samaradorligini oshirishda kredit
portfelini diversifikatsiyalash jarayonini yanada takomillashtirish uchun bir qancha
xulosa va takliflar keltirib o‘tilgan.
266-270 40 14

O‘ZBEKISTONDA QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYAT — OLIY DAVLAT VAKILLIK ORGANINING SHAKLLANISHI

Alisher Odilov Farhod o`g`li
Annatatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik
yillarida qonun chiqaruvchi hokimiyat — oliy davlat vakillik organi sifatida Oliy
Majlisning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil etilgan. Mustaqillikdan so‘ng
mamlakatda parlament institutining shakllanishi demokratik davlat qurilishining
ajralmas qismi sifatida namoyon bo‘ldi. Tadqiqot davomida qonun chiqaruvchi
hokimiyatning huquqiy asoslari, uning tuzilmasi va faoliyat mexanizmlari, ayniqsa ikki
palatali parlament tizimiga o‘tish jarayoni o‘rganilgan. Shuningdek, Oliy Majlisning
qonun ijodkorligi jarayonidagi o‘rni, davlat boshqaruvidagi funksiyasi hamda
fuqarolik jamiyati bilan o‘zaro aloqalari yoritilgan. Maqola xulosalarida esa qonun
chiqaruvchi hokimiyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari
surilgan.
271-273 18 9

TUGʻILISH KOMPLEKSI

Sevinch Ortiqova Berdimurod qizi
Annotatsiyasi: Mazkur maqolada tugʻilish kompleksi tushunchasi inson
hayotining ilk bosqichi sifatida ko‘rib chiqiladi va u psixologik, biologik hamda
ijtimoiy jihatlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda Zigmund Freydning tugʻilishni
birinchi travma sifatida baholashi, Jon Bowlbyning bogʻlanish nazariyasi, Erix
Frommning ijtimoiy ajralganlik g‘oyasi va Margaret Midning antropologik
yondashuvlari asosida tugʻilishning inson ruhiyati va shaxsiyat shakllanishidagi roli
yoritiladi. Shuningdek, fiziologik o‘zgarishlar hamda bolaning jamiyatga moslashuvi
jarayonlari batafsil tahlil etiladi. Maqola tugʻilish kompleksini inson taraqqiyotining
asosiy determinanti sifatida talqin qilishga urinishdir. Ilmiy mulohazalar asosida bu
kompleksning kelajakdagi psixik barqarorlik va ijtimoiy moslashuvga ta’siri ochib
beriladi.
274-278 30 24

MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA QONUN CHIQARUVCHI HOKIMIYATNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA ZAMONAVIY BOSQICHLARI

Alisher Odilov Farhod o`g`li
Annatatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik
yillarida qonun chiqaruvchi hokimiyat – Oliy Majlisning shakllanishi, rivojlanish
bosqichlari hamda bugungi kundagi faoliyati chuqur tahlil etiladi. Unda qonun
chiqaruvchi hokimiyatning mustaqil institut sifatida belgilanishi, ikki palatali
parlament tizimiga o‘tish jarayoni, parlament faoliyatining huquqiy asoslari, islohotlar
bilan uyg‘un ravishda takomillashuvi yoritiladi. Shuningdek, zamonaviy bosqichda
parlamentning normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqishdagi roli, xalq bilan muloqot
mexanizmlarining rivojlanishi va parlament nazoratining kuchayishi kabi muhim
jihatlar ochib beriladi. Ishda qonun chiqaruvchi hokimiyatning demokratik jamiyat
qurilishidagi o‘rni va istiqbollari ham tahlil qilinadi.
279-281 24 16

СОВРЕМЕННАЯ ПЕДАГОГИКА И СОЧЕТАНИЕ НАЦИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ И ВОСПИТАНИЯ С НЕЙРОКОГНИТИВНЫМИ ТЕХНОЛОГИЯМИ И ЦИФРОВИЗАЦИЕЙ

Рано Кадырова Мамаджановна, Азиза Эшмурадова Содиковна
Аннотация В статье рассматриваются этапы развития современной
педагогики, традиционные ценности национального образования и воспитания,
а также взаимосвязь с нейрокогнитивными технологиями и цифровыми
процессами. Уделяется внимание повышению эффективности обучения в
системе образования с использованием современных технологий.
282-286 13 12

INTEGRALLARNING AMALIY MASALALARDAGI O‘RNI

A.I. Sotvoldiyev, S.M. Kamoldinov
Annotatsiya. Ushbu maqolada integralning amaliy masalalardagi o‘rni va uning
turli sohalarda qo‘llanishi ko‘rib chiqilgan. Integral matematikada, xususan,
geometriya, fizika, mexanika, iqtisodiyot, ekologiya, tibbiyot va statistikada keng
qo‘llaniladi. Maqolada integrallar yordamida maydonlar, hajmlar, energiya miqdorlari
va boshqa turli amaliy masalalar qanday hisoblanishi va ular qanday foydalanilishini
ko‘rsatadigan misollar keltirilgan. Shuningdek, integralni amaliyotda qo‘llashning
ahamiyati va uning turli sohalardagi rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilinadi.
287-290 25 13

LINGUISTIC FEATURES OF THE UZBEK LANGUAGE

Maftuna Boltayeva Berdi qizi
Abstract: The Uzbek language belongs to the Turkic language family, is
widespread in Central Asia and is spoken as a native language by millions of people.
This language is distinguished by its rich history, unique phonetic, morphological,
syntactic and lexical features. In order to deeply understand the linguistic features of
the Uzbek language, it is necessary to consider its various layers and aspects that are
important from a linguistic point of view. This article provides information on the
linguistic features of the Uzbek language.
291-294 15 16

SEMANTIC STRUCTURE OF STATIVE VERBS IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES AND THEIR TRANSLATION

Shirina Tashpulatova Ziyoviddin kizi
Annotation The article observes semantic structure of emotional, mental state
verbs of the English and Uzbek languages. Based on those observations, translational
methods were provided. It has also been proved that uzbek and English stative verbs
differ due to their emotional and stylistic expressiveness. Different approaches to their
translation and the need for various transformations are discussed.
295-297 26 12

O‘SPIRINLIK DAVRINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI HAMDA ULARNI KASBGA YOʻNALTIRISH MASALALARI

Sevaraxon Homidjonova Baxronzoda
Annotatsiya Ushbu maqolada o`spirinlik davrining psixologik xususiyatlari
borasida, ilk o`spirinlar aql-idroq tafakkurining rivojlanishi, va kasb tanlash haqida
atroflicha ma`lumotlar berib o`tiladi.
298-301 16 7

SHAXSLARDA IJTIMOIY XULQ-ATVOR SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK MASALALARI

Roziya Ismoilova Abdunazar qizi
Annotasiya. ushbu maqolaning mazmunida yoshlik davri va ularning psixologik
xususiyatlari, ijtimoiy xulq-atvordagi umumiy oʻzgarishlar haqida fikr va mulohazalar
keltirilgan.
302-306 47 14

HISSIYOT VA EMOTSIYALARNING PSIXOLOGIK TAHLILI

Navbahor Axmedova Najmiddinovna
Annotatsiya: Yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni ichki kechinmalarda
ifodalanishdan iborat psixik jarayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb
atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o‘zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi,
lablarning titrashi, ko‘zlarning yarqirashi, kulgu, g‘amginlik, ikkilanish, sarosimalik va
boshqalar emotsiyaning ifodasidir.
307-311 19 10

TURKIY DUNYO: TURIZM PRIZMASI ORQALI HAMKORLIK

AKBAR HAKIMOV

Annotatsiya. Ushbu maqolada turkiy davlatlar o‘rtasidagi turizm sohasidagi
hamkorlikning iqtisodiy va madaniy ahamiyati keng yoritilgan. Turizmning
rivojlanishi nafaqat davlatlar o‘rtasidagi madaniy almashuvlarni kuchaytiradi, balki
iqtisodiyotni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Maqolada turkiy davlatlarning
umumiy madaniy merosi va tarixiy yodgorliklari asosida davlatlararo turizm
sohasidagi hamkorlik istiqbollari, infratuzilma, xalqaro tashkilotlarning o‘rni va
turistik dasturlarni amalga oshirish muhimligi tahlil qilinadi. Turizmning umumiy
manfaatlarni ko‘zlagan holda rivojlanishi va kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlari
ko‘rib chiqiladi.
282-286 45 20

INTEGRALLARNING AMALIY MASALALARDAGI O‘RNI

A.I Sotvoldiyev, S.M. Kamoldinov
Annotatsiya. Ushbu maqolada integralning amaliy masalalardagi o‘rni va uning
turli sohalarda qo‘llanishi ko‘rib chiqilgan. Integral matematikada, xususan,
geometriya, fizika, mexanika, iqtisodiyot, ekologiya, tibbiyot va statistikada keng
qo‘llaniladi. Maqolada integrallar yordamida maydonlar, hajmlar, energiya miqdorlari
va boshqa turli amaliy masalalar qanday hisoblanishi va ular qanday foydalanilishini
ko‘rsatadigan misollar keltirilgan. Shuningdek, integralni amaliyotda qo‘llashning
ahamiyati va uning turli sohalardagi rivojlanishdagi o‘rni tahlil qilinadi.