T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
179
ISSN:3030-3613
CHET TILLARNI O‘RGATISHDA INTEGRATIV YONDASHUVNING
AHAMIYATI
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Chet tillar 2 kafedrasi v.b. dotsenti.
Ergashova Feruza Yuldashevna
Toshkent amaliy fanlar universiteti
Talabasi:
Jalilov Firdavs Uchkun o‘g‘li
.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada chetlarini o‘rgatishda integrallashtirishning
mazmuni, va o‘quv jarayoniga tabiq etish usullari tahlil qilingan. Integrativ yondashuv
orqali o‘quvchilarning kommunikativ, madaniy va intellektual kompetensiyalarini
yanada chuqurlashtiradi. Maqolada zamonaviylar va hujjat ozaro uyg‘unlashuvi
asosida samarali o‘qitishning nazariy va amaliy metodikasi yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
integrativ, chet tili ta’limi, kommunikativ metodika, fanlararo
aloqadorlik, CLIL, motivatsiya, axborot texnologiyalari.
Bugungi globallashuv jarayonida chet tillarini bilish zamon talabi bo‘lib
qolmoqda. Qolaversa, chet tilini samarali o‘rgatish an’anaviy metodlardan voz kechib,
yangi pedagogik ishlab chiqarishlarni talab qiladi. Til o‘rganish jarayonida boshqa
fanlar, axborot texnologiyalari va kommunikativ metodlarni uyg‘unlashtirish orqali
samaradorlikni rivojlantirish muhim hisoblanadi. Ushbu maqolada integrativ
integratsiyaning nazariy asoslari va amaliy qo‘llab-quvvatlash yoritiladi.
Shuningdek, ta’lim transformatsiyasi — bu ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik
o‘zgarishlarga moslashish maqsadida ta’lim tizimida chuqur va innovatsion
islohotlarni joriy etishni anglatadi. Ushbu jarayon ta’limning asosiy maqsadlari,
metodlari, texnologiyalari, mazmuni va baholash mezonlariga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi. Transformatsiyalashgan ta’lim muhitida yosh avlodga zamonaviy, puxta
bilimlar berish ularning kelajakdagi yutuqlari uchun mustahkam zamin yaratadi.
Globallashuv sharoitida esa ko‘p tillilik — insonning jamiyatdagi muvaffaqiyati uchun
muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bir nechta tillarni bilish shaxslararo muloqotni
mustahkamlaydi, madaniyatlararo tushunishni rivojlantiradi, iqtisodiy imkoniyatlarni
kengaytiradi, ta’lim va ilmiy izlanishlar uchun yangi ufqlarni ochadi, shaxsiy
rivojlanishni rag‘batlantiradi hamda ijtimoiy integratsiyani kuchaytiradi. Jahon
tajribasida esa xorijiy tillarni o‘rgatishda turli metod va yondashuvlardan foydalanilgan
bo‘lib, ular doimiy ravishda takomillashib bormoqda.
Integrativ yo‘l - bu ta’lim jarayonida turli fanlar, ko‘rish va metodlarni
uyg‘untirib, o‘quvchilarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiluvchi yordamchi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
180
ISSN:3030-3613
didaktikdir. Bu uslubda o‘quvchilar milliy lingvistik bilimlarga ega bo‘ladilar, balki
ular orqali madaniyat, tarix, texnologiya kabi sohalar bilan tanishadilar.
Shuningdek, pedagogikada integrativ yondashuv-bu o‘ziga xos metod bo‘lib,
fanning turli bo‘limlarini aralashtirish, qo‘shish va bir-biriga bog‘lab o‘rganishni
anglatadi. “Integratsiya” so‘zi ham alohida bo‘laklarni birlashtirishni ifodalaydi.
Ta’limda integratsion birlashtirish odatda fanlararo qo‘llaniladi, lekin bu metodni
fanning o‘z ichida amalga oshirsak, aynan o‘sha fanni o‘qitishda ancha ilg‘or
natijalarga erishiladi. Fan ichida bo‘lgan integratsiyaga misol qilib, Grammatik
birliklarni frazeologik birliklar bilan bog‘lashni yoki, fikrlashni o‘stiradigan
muammoli vaziyatlar orqali taqdim etiladigan topshiriqlarni lug‘at yod olish bilan
bog‘lash mumkin.
Bundan tashqari, kommunikativ yondashuv chet tili o‘qitishning asosiy
metodologik yondashuvi bo‘lib, o‘quvchilarning real hayotdagi kommunikativ
vaziyatlarga tayyorligini oshirishga qaratilgan. Bu yondashuvda tilning asosiy
vazifasi —muloqot qilish va fikr almashish ekanligi ta’kidlanadi. Kommunikativ
yondashuvning maqsadi nafaqat tilni o‘rganish, balki o‘rganilgan tilni o‘quvchining
shaxsiy va ijtimoiy muloqotida qo‘llay olishidir.
Kommunikativ yondashuvning chet tili o‘rgatishdagi ahamiyati bir necha asosiy
jihatda namoyon bo‘ladi:
Birinchidan, o‘quvchilar tilni faqat darsliklar asosida emas, balki turli muloqot
vositalari orqali o‘zlashtiradilar. Bu yondashuv orqali ular tilni real hayotiy holatlarda
ishlatish malakasini hosil qiladilar, bu esa o‘rganish samaradorligini oshiradi.
Ikkinchidan, chet tilini o‘zlashtirish davomida o‘quvchilar turli madaniyatlar va
ijtimoiy muhitlar haqida tushunchaga ega bo‘ladilar. Bu esa ularning madaniyatlararo
muloqotga kirishish qobiliyatini rivojlantirib, boshqa xalqlar bilan erkin muloqot qilish
imkonini yaratadi.
Uchinchidan, bu yondashuvda o‘quvchilar ko‘proq tinglash, tushunish va munosib
javob qaytarish ko‘nikmalarini mustahkamlashga e’tibor qaratadilar. Bu esa ularning
umumiy til tushunish darajasini ancha kuchaytiradi.
Integrativ rejalashtirish esa quydagilarni tashkil etadi:
Fanlararo aloqadorlik: Til boshqa fanlar bilan bog‘lab o‘rganilganda, bilim
chuqurroq o‘zlashtiriladi.
Kommunikativ ko‘rinishini rivojlantiradi: O‘quvchilar real hayotiy tilni
o‘rganadilar.
Ijodiy fikrlash va mustaqillik: O‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish va
innovatsiya yaratishlar shakllanadi.
Motivatsiyani rivojlantirish: O‘quvchilar uchun darslar mazmunli va qiziqarli
bo‘ladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
181
ISSN:3030-3613
Texnologiyalarni qo‘llash: Interaktiv resurslar orqali o‘quvchilar darsga faol jalb
qilish.
Shuningdek, CLIL (Content and Language Integrated Learning) - tilni boshqa fan
mazmuni orqali o‘rgatish metodikasi. Masalan, ingliz tilidagi darsda geografiya yoki
biologiyaga oid matnlar asosida ishlash mumkin. Bu orqali til va fan bilimlari
birgalikda rivojlanadi.
Bundan tashqari
,
o‘quvchilar muayyan ishtirok ustida ish olib borishda faol
qo‘llanadi: taqdimot tayyorlaydi, suhbatlar olib boradi, tadqiqot o‘tkazadi.
Shu bilan birgalikda,
onlayn platformalar videodarslar, virtual muloqot qilish
(Zoom, Google Meet, Duolingo, Quizlet va boshqalar) orqali o‘quvchilarning tilga
bo‘lgan munosabati kuchayadi.
Integrativ yondashuv asosida olib boriladigan ta’lim jarayoni til o‘rganishning
barcha asosiy ko‘nikmalarini – o‘qib tushunish, tinglab tushunish, og‘zaki nutq orqali
fikr bildirish va yozma ifoda – o‘z ichiga olgani bois boshqa metodlarga nisbatan
samaraliroq hisoblanadi. Dars jarayonida bu ko‘nikmalar bir-birini to‘ldirib, yagona
muloqot asosida shakllanadi, chunki o‘quv faoliyati ko‘pincha tinglash va o‘qish
asosida yuzaga kelgan ma’lumotlarni yozma yoki og‘zaki shaklda ifodalash orqali
amalga oshiriladi.
Chet tillarni o‘qitish metodikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, interfaol uslublar an’anaviy yondashuvlarga qaraganda yuqoriroq
samaradorlikni ta’minlaydi. Ko‘plab metodik manbalarda bugungi kunda eng samarali
interfaol ta’lim usullari sifatida “aqliy hujum”, “klaster tuzish”, “ro‘lli o‘yinlar”, “keys-
stadi”, “rotatsion guruhlar” hamda “muzokaralar kabi metodlar keng qo‘llanilmoqda.
Bu usullar o‘quvchilarning dars jarayonidagi ishtirokini faollashtirish, ularni mustaqil
fikrlashga yo‘naltirish, hamkorlikda ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish hamda ijodiy
yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.
Masalan, “aqliy hujum” (brainstorming) metodidan foydalanilganda o‘quvchilar
dars jarayonida faol ishtirok etadi, erkin fikr yuritishga undaladi, shu bilan birga bir xil
yondashuv va fikr doirasidan chiqib, yangicha, noodatiy g‘oyalarni ilgari surishga
harakat qiladi. Bu metod mavzu yuzasidan turli xil fikrlarni yig‘ish, fikr almashinuvi
orqali ijodiy muammolarni hal etishning boshlang‘ich bosqichida muhim rol o‘ynaydi.
“Aqliy hujum” metodining asosiy prinsipi – har qanday fikrni baholamaslik va tanqid
qilmaslik, aksincha, har bir taklifni qadrlash va hatto hazil-mutoyibalarni ham
rag‘batlantirishdan iborat. Bu esa o‘quvchilarga o‘zini erkin tutish, fikrini ochiq
ifodalash va o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qilish imkonini beradi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, interfaol metodlardan unumli foydalanish ko‘p
jihatdan o‘qituvchining o‘zi egallagan til bilim darajasi, metodik salohiyati hamda
keng tafakkur doirasiga bog‘liqdir. O‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quv
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
182
ISSN:3030-3613
jarayonining faol ishtirokchisi, tashkilotchisi va yo‘naltiruvchisi sifatida interfaol
metodlarning samaradorligini belgilab beradi.
Shuni ham aytish joizki, integrativ yondashuvli darsda o‘quvchi ongida
ijodkorlik tamoyiliga, shaxsiy rivojlanishga,mustaqil ta’lim olishga bo‘lgan
ko‘nikmalarni oshirishga harakat qilinadi. Anglashiladiki, munozara qildirish,
fantaziya qilolishga o‘rgatish ilgari suriladi. Bunday zamonaviy darsdan asosiy maqsad
o‘quv jarayonida o‘quvchilar faoliyatini aktivlashtirish, o‘quv materialini
o‘zlashtirishning yuqori darajasiga erishishdir.
Aslida esa bu yondashuvda ba’zi kamchiliklar kuzatiladi: darslarning ortiqcha
yuklama bilan o‘tishi, muhim tafsilotlarning kamayib ketishi hamda darsga
tayyorlanish uchun ko‘p vaqt sarflanishi mumkin. Shunday ekan, integratsiyalashgan
ta’limni samarali tashkil etish uchun pedagogdan keng qamrovli bilim va fanlararo
yondashuv talab etiladi. Bu modelning ustunligi shundaki, u faqat tor soha vakilini
emas, balki faol va har tomonlama rivojlangan mutaxassisni shakllantirishga xizmat
qiladi.
Ya’ni, integrativ yondashuv asosida ishlab chiqilgan xorijiy til dasturlari
o‘quvchilarga o‘zini anglash, o‘z ustida ishlash kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga
imkon yaratadi. Bu metod orqali talabalarda global tafakkur shakllanib boradi, ular til
o‘rganilayotgan mamlakat haqida kengroq tasavvurga ega bo‘lishadi, shu jumladan
ekstralingvistik bilimlari ham ortadi. Shubhasiz, bunday imkoniyatlarni taqdim etuvchi
yondashuv bugungi jamiyat ehtiyojlariga to‘liq javob beradi.
1
Xulosa qilib aytganda, integrativ chet tillarini o‘rgatishda ilg‘or va samarali
metod sifatida e’tirof etish. Bu narsa yordamida o‘quvchilarda jismoniy til ko‘rinishi
mumkin, balki keng dunyoqarash, tanqidiy fikr, madaniy anglash va zamonaviy
texnologiyalar bilan ishlash layoqat shakl. Shu tufayli integrativ ishlab chiqarishni
o‘quv jarayoniga tatbiq etish bugungi ta'limning ustunlaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2021). “Chet tillarni o‘qitish
tushunchasi’’. Toshkent.
2.
Bax, S. (2003). “CLTning oxiri: til o‘qitishga kontekstli yondashuv”. ELT
jurnali, 57(3), 278–287.
3.
Nazarova, G. A
.
(2019).
Chet tillarini o‘qitishda zamonaviy metodlar
. Toshkent:
O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti.
1
Nazarova, G. A
.
(2019).
Chet tillarini o‘qitishda zamonaviy metodlar
. Toshkent: O‘zbekiston Milliy universiteti
nashriyoti.
