T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
233
ISSN:3030-3613
LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLARNING BADIIY ASARLARDA
IFODALANISHI
Fayziyeva Hafiza Alisher qizi
Namangan davlat pedagogika
instituti 1-kurs magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada antroposentrik tilshunoslik, uning yuzaga kelishi hamda bu
tilshunoslikning shakllangan bir qator yo’nalishlari haqida so’z boradi. Antroposentrik
tilshunoslikning tarmoqlaridan bo’lgan lingvokulturologiya haqida ma’lumot beriladi.
Tilimizdagi linvokulturologik birliklarga misol beriladi.
Kalit so’zlar:
antroposentrik tilshunoslik, lingvokulturologiya, etnolingvistika,
lingvopragmatika, psixolingvistika, kognitiv lingvistika.
ANNOTATION
This article talks about anthropocentric linguistics, its emergence and a number
of directions that have formed in this linguistics.Information is provided about
linguocultural science which is a branch of anthropocentric linguistics. There are
examples of linguocultural units in our language.
Key words:
anthropocentric linguistics, linguoculturology, ethnolinguistics,
linguopragmatics, psycholinguistics, cognitive linguistics.
АННОТАЦИЯ
В даннщй статье говорится об антропоцентрическом языкознании, его
возрикновении и ряде направлений, сформировавшихся в этом языкознании.
Приводятся сведения о лингвокультурологии, которая является разделом
антропоцентрической
лингвистики.
Примерами
могут
служить
лингвокультурные единицы нашего языка.
Ключевые
слова:
антропоцентрическая
лингвистика,
лингвокулторологияб этнолингвистика, лингвопрагматика, психолингвистика,
когнитивная лингвистика.
Dunyo tilshunosligida tilni o’rganish yangicha yondashuvlar asosida olib
borildi.Bunda tilni inson omili bilan bog’lab o’rganishga e’tibor qaratildi, ya’ni
shaxsning ruhiy holati, ijtimoiy faoliyati, yoshi, jinsi kabilarga jiddiy ahamiyat
berildi.Natijada tilshunoslikda yangi oqim, ya’ni “Antroposentrik tilshunoslik” o’tgan
asrning oxirlarida shakllandi.
Antroposentrizm yunoncha “antropos”-“inson” hamda “sentrum”-“markaz”
so’zlaridan kelib chiqqan bo’lib, markazida inson turuvchi tilshunoslikning yangi
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
234
ISSN:3030-3613
yo’nalishini belgilab berdi.Tilshunoslikda antroposentrik burilishning yuzaga kelishi
strukturalizmning tilni tadqiq etishning o’zida va o’zi uchun tamoyilini chetga surib,
asosiy e’tiborini shaxs omiliga qaratdi.
1
Tilni inson omilining qaysi xususiyati bilan bog’lab o’rganishiga ko’ra bu
yo’nalishdan
bir
qator
tilshunoslikda
oqimlar
ajralib
chiqdi.Jumladan,
lingvokulturologiya, etnolingvistika, lingvopragmatika, psixolingvistika va kognitiv
lingvistikalardir.Yuqorida nomlari sanab o’tilgan tilshunoslik yo’nalishlari tilni
qaysidir inson omili bilan bog’laydi.Masalan, psixolongvistika shaxs va uning ruhiyati
o’rtasidagi aloqalar natijasida yuzaga keladi.Yoki etnolingvistikani olaylik, bu
yo’nalish tilni uning kelib chiqishi va xalqlar bilan bog’laydi.Lingvokulturologiya esa
tilshunoslikning madaniyat bilan uzviy bog’langanligini ko’rsatadi.Ya’ni har bir
xalqning asrlar davomida shakllangan madaniyati bo’ladi va bu tilga, albatta, o’z
ta’sirini o’tkazmay qolmaydi.
O’rta osiyoga islom dini kirib kelganligi tufayli asrlar davomida yurtimiz
musulmon bo’lib yashab kelmoqda va u, albatta, tilimizda o’z aksini topdi. Tilimizdagi
ko’plab so’zlar diniy tushunchalar hamda marosimlarga bog’landi. Diniy
qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni ifodalovchi so’zlar insonning lisoniy xotirasida
ma’lum bir ma’no bilan bog’lanib lug’atshunosligimizni boyitdi. Bu kabi
tushunchalarning shakllanishi ham lingvokulturologiya rivojiga hissa qo’shadi.
Hayotimizda lingvokulturologik birliklarga misollar bir qancha. Ularning
ko’plarini badiiy asarlarda ham uchratishimiz mumkin.Masalan:
Boshimizga tushgan qora kunlar bizni o’n yillab ta’qib qildi. (S.Ahmad)
Azaldan xalqimiz orasida qora rang yomon narsalarni bildirish uchun
qo’llaniladi.Shuning uchun vatandoshlarimiz motam marosimlariga nisbatan ham qora
rangni qo’llagan.
Abdulla Qahhorning “Ufq”qa bergan bahosi men uchun kata adabiyot yo’liga bergan
oq fotihasi edi. (
S.Ahmad
)
Misolga e’tibor qaratadigan bo’lsak, lingvikulturologik birlik sifatida oq so’zi
qo’llanganini ko’rish mumkin. Chunki xalqimiz madaniyatida o’zidan kattalardan duo-
fotiha olish bu oltinga teng holatdir. Shuning uchn ham oq rang fotiha so’ziga nisbatan
sifatlash bo’lib qo’llangan.
Nima balo, er-xotin orasida qora mushuk o’tdimikin, degan o’yda Kibriyo opaga
qaradim.
(S.Ahmad)
Qora mushuk iborasi xosiyatsiz narsalarga nisbatan qo’llangani uchun
yuqoridagi gapda kelishmovchilikka nisbatan mazkur ibora ishlatilgan.
Kibriyo operatsiyadan so’ng halimdekkina bo’lib qoldi.
(S.Ahmad)
1
Воркачев С.Г.Лингвокультурология, языковая личность епт: становление антропоцентрической парадигмы в
языкознании. Филологические науки.-2001.-№1.-С.64
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://inlibrary.uz
61-son_4-to’plam_May-2025
235
ISSN:3030-3613
Halim suvga bug’doy yormasi va go’sht solib hil-hil bo’lib ketguncha uzoq
qaynatib pishiriladigan taom
2
. Bu taom juda yumshoq bo’lgani uchun ramziy ma’noda
muloyimlikka nisbatan o’xshatish sifatida qo’llanadi.Yuqoridagi gapda ham milliy
taomimiz
bo’lgan
halimning
tilimizda
o’xshatish
sifatida
ishlatilishi
lingvokulturologik birlik sifatida namoyon bo’lgan.
Hozir tugab qolgan shamday lipillab yonayotgan joni basharti so’ngan taqdirda ham
qolgan mingtasini yoqib, keyin so’nadi.
(S.Ahmad)
Xalqimiz hayotida qadimdan yoritish moslamasi sifatida sham alohida o’rin
tutgan.Elektr chiroqlari bo’lmagan davrlarda foydalanilganshamlar keyinchalik
o’xshatishlarga ham ko’chgan.Bu ham lingvokulturologik birlik sifatida xalqimiz
madaniy hayotining tilshunosligimizga ta’siri o’laroq yuzaga kelgan.
Erta bahordan parvarish qilib kuzda har biri choynakday-choynakday keladigan
anorlarni uzaman.
(S.Ahmad)
Shuni aytish mumkinki, choynak xalqimiz madaniy turmushida eng ko’p
qo’llanadigan uy-ro’zg’or buyumlaridan.Bu tushuncha turli xalqlarda turlicha ma’no
anglatadi va turlicha nomlanadi.Biroq o’zbek xalqi uchun qadrdon bo’lgan choynak
hatto o’xshatish sifatida ham qo’llanmoqda va madaniyatning tilde o’z ifodasini
topganligiga yaqqol dalil bo’lmoqda.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, lingvokulturologiya sohasi jamiyatning,
xalq turmush tarzining deyarli barcha jabhasi bilan bog’liq.Millatlarning dini, ularning
turli jarayonlarda ishlatiladigan ish qurollari, yashash tarzi- bari-barchasi tilda o’z
ifodasini topadi hamda lingvokulturologiya sohasining rivojiga hissa qo’shadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Воркачев С.Г.Лингвокультурология, языковая личность епт: становление
антропоцентрической парадигмы в языкознании. Филологические науки.-
2001.-№1.-С.64
2.
O’zbek tilining izohli lug’ati.
3.
S.Ahmad.Tanlangan asarlar.III jild.-Toshkent:Sharq,2000
2
O’zbek tili izohli lug’ati
