Mualliflar

  • Roziya Ismoilova Abdunazar qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tadqiqotlar.85182

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: shaxs xarakter yoshlik bilish jarayonlari

Annotasiya

Annotasiya. ushbu maqolaning mazmunida yoshlik davri va ularning psixologik xususiyatlari, ijtimoiy xulq-atvordagi umumiy oʻzgarishlar haqida fikr va mulohazalar keltirilgan.

background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

298

ISSN:3030-3613

SHAXSLARDA IJTIMOIY XULQ-ATVOR SHAKLLANISHINING

PSIXOLOGIK MASALALARI

Ismoilova Roziya Abdunazar qizi

Guliston tumani 16-sonli umumtaʼlim maktabi amaliyotchi psixologi

Annotasiya

.

ushbu maqolaning mazmunida yoshlik davri va ularning psixologik

xususiyatlari, ijtimoiy xulq-atvordagi umumiy oʻzgarishlar haqida fikr va mulohazalar
keltirilgan.

Kalit soʻzlar

: shaxs,xarakter,yoshlik,bilish jarayonlari

KIRISH

Yoshlik davrining oʻziga xos xususiyatlaridan biri hayotning barcha qirralarida

komil shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga
oshirishdan iborat.Psixologlarning fikricha, oʻquv muassasalaridagi nazariy bilimlar
bilan amaliy koʻnikmalar oʻrtasida uzilish borligi tufayli hozirgi yoshlar mustaqil
hayotning birinchi kunlaridan boshlab bir qancha muammolarga duch keladilar va
oʻzlarining faoliyatlarini amalga oshirishda qiynaladilar.

Qiyinchiliklarni oʻz mohiyatiga koʻra,uch guruhga boʻlishimiz mumkin.
a) Ijtimoiy qiyinchiliklar

b) bilim olishga oid qiyinchiliklar
c)mutaxassislik bilan bogʻliq oʻziga xos qiyinchiliklar.

Ijtimoiy qiyinchiliklar -nomaʼlum muhit shart-sharoitlari,shaxslar bilan boʻlgan

munosabatlar, mehnat jamoasining saviyasi, ishlab chiqarish jamoasining qadriyatlari,
maʼnaviyati va anʼanalari.O‘zining psixik xususiyatlarini, qobiliyatlarini anglash va
o‘z-o‘zini tahlil qilish yoshlar va o‘spirinlarda yanada katta ahamiyat kasb etadi.
Yoshlar va oʻsmirlar hayotda o‘z o‘rnini topishga kirishishadi, ularning
xususiyatlari,isteʼdodlari

rivojlanadi.Yoshlar o‘zlarini anglashdek murakkab

vaziyatlarni yolg‘iz emas, balki otaona, tengdoshlar, o‘qituvchilar bilan muloqotda,
ularning qo‘llab-quvvatlashlari ostida hal qiladi.Emotsional, axloqiy qadriyatlar, yo‘l
topish sohasida yoshlar o‘z huquqlari,burchlari va mustaqilligini himoya qiladilar.
Ba’zan ular faqat qo‘rslik qilib turishadi.Lekin ancha jiddiy masalalar – siyosiy
qarashlar, dunyoqarash va kasb tanlashda ota-ona mavqei ahamiyatliroq bo‘ladi
va,odatda, tengdosh-doʻstlari ta’siridan ustunlik qiladi.Jamoa hayotining ahamiyati
o‘sib borishi bilan bir qatorda, erta yoshlikda individual do‘stlikka talab keskin
kuchayadi. Yoshlikdagi do‘stlik intimlik, emosional iliqlik, samimiyatni birinchi
o‘ringa olib chiqadi.

O‘z-o‘zini anglashning rivojlanishi va unga xos bo‘lgan ziddiyatlar yengib

bo‘lmaydigan «ko‘ngil izhori» talabini uyg‘otadi. Xuddi mana shundan do‘stni xuddi


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

299

ISSN:3030-3613

o‘zidek tushunish paydo bo‘ladi. Bunday ehtiyoj aynan erta yoshlikda paydo bo‘ladi.
O‘g‘il bola va qiz bola o‘rtasida o‘spirinlikda cheklangan o‘zaro munosabatlar erta
yoshlikda sezilarli darajada faollashadi. Dastlabki jiddiy qiziqish, sevgi va chuqur
hissiyotlarga katta ehtiyoj paydo bo‘ladi.Erta yoshlik – dunyoqarashning
shakllanishida hal qiluvchi yosh hisoblanadi.Albatta, dunyoqarash asoslari ancha ilgari
- bolalikda quriladi. Shaxs sifatlarining ancha yuqori darajada shakllanishiga asoslanib,
hayotga nisbatan munosabatni aniqlash mumkin. Umumiy dunyoqarash tushunchalari
rejalarda aniqlashadi. Biroq yoshlar ularga yig‘ilgan bilim-tajribani yetkazib beruvchi
kattalar yordami va rahbarligiga doimo muhtoj bo‘ladilar. Yoshlarning qobiliyatlari
qanchalik inobatga olinsa va uning faollikka intilishiga suyanilsa, tarbiya ham
shunchalik samarali bo‘ladi.Yoshlik davrida yigit-qizlar kamolotiga 3 ta muhim
psixologik mexanizm: mehnat jamoasi; Oila muhiti; Norasmiy ulfatlar; ta`sir
ko`rsatadi. Masalan, mehnat jamoasidagi psixologik iqlim, ma`naviyat olami,ijtimoiy
ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an`analar va odatlar oʻspirinning xarakterida ijobiy
yoki salbiy vaziyatlarni vujudga keltirishi mumkin.Mazkur ta`sir natijasida asta-sekin
umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi yoki shaxsning nuqtai-nazari yo’qolishi
mumkin.

Mehnat jamoasiga endi qadam qoʻygan yoshlar o’z o’rni va qadrqimmatini qaror

toptirish uchun bir qator yon berishga, o’z xohishlaridan sal bo’lsada chetlashishga
majbur bo`ladi.Bu yo’l jamoasidagi psixologik iqlimga moslashish maqsadida ichki
ruhiy ziddiyatlarga, murakkab kechinmalarga, qarshi qo’yilgan qadam hisoblanadi.
Shuning uchun yakka shaxs xarakterini shakllantiruvchi yoki uning mustaqil ichki
rishtalarini yemiruvchi omil mehnat jamoasidagi ijtimoiy fikrdir.Jamoaga bo’ysunish
har bir a`zoning burchidir. Ayrim hollarda ko’pchilikning tazyiqiga uchragan
yoshlarda adolatlilik singari hislar, shaxsiy nuqtai-nazar bo’shashib qoladi, natijada
unda ikkilanish tuyg’usi paydo bo’ladi.

XULOSA.

Yoshlik davrini surayotgan yigit va qizlar ota-onasiga, buva-buvisiga, opa-

singillariga, aka-ukalariga, farzandlariga oqilona munosabatda, oila a`zolarining har
biri bilan to’g’ri muloqotda bo’lishi shart. Oiladagi shaxslararo munosabatlar ko’lami
kengligi sababli bir nechta bosqichli muloqotga asoslanishi shart. Lekin oila tinchligi,
totuvligi va ahilligiga xalal bermaslik niyatida yoshlar vijdon amriga qarshi xatti-
harakat qilishga ham majbur bo’ladilar.O`zlarining fikrlari, shaxsiy qarashlariga qarshi
yo’l tutadilar. Dilkashlik uchun har bir oila a`zosi bilan umumiy «til» topishga
intiladilar. Shunga koʻra oila muhiti ham yigit-qizlarning ruhiyati hamda ma`naviyatini
oʼzgartiradigan omil vazifasini o’taydi. Inson uchun psixologik mexanizm rolini
bajaruvchi yana bir omil ulfatlar davrasidir. Ulfatlar odatda shaxsiy mayli, qiziqishi,
intilishi, orzu-istagi, maqsadi, qarashlari,yoshi va xulqi bir-biriga mos tengdoshlardan
iboratdir.. Ko’ngilchanlik, do’stlar ra`yiga qarshi bormaslik tufayli yigit va qizlar


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

300

ISSN:3030-3613

xarakterida hislar, barqaror e`tiqod, ilmiy dunyoqarash, ichki kechinmalar, mustaqillik
va tashabbuskorlik tuyg’ulari namoyon bo’ladi, ya`ni «Do’sting uchun zahar yut»
qabilida ish tutiladi. Natijada ma`suliyatsizlik, loqaydlik, ikkiyuzlamachilik, bevafolik
va beparvolik singari illatlar tarkib topa boshlaydi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki,
doʻstlar davrasida yangi fazilatlarni ishbilarmonlikni, amaliy ko’nikmalarni egallash
imkoniyati ham yuzaga keladi.Shu boisdan ulfatchilikka faqat maishat nuqtainazaridan
yondashmay, uning mazkur imkoniyatlaridan foydalanish ayni muddaodir. Yoshlik
davri insonning kuch-quvvatga orzu havasga, ijodiy rejalariga, izlash va izlanishlariga,
imkoniyatlarga boy davridir

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

Z. T. Nishonova, N. Ĝ. Kamilova " Taraqqiyot psixologiyasiva difrensal
psixologiya" Toshkent. 2020

2.

Z. T. Nishonova, N. K. Karimova, " Rivojlanish psixologiyasi, pedagogik
psixalogiyasi " Toshkent 2018.

3.

Sh. A. Dòstmuhammedova , X. A . Tillashayxova. " Umumiy psixologiya ( Yosh
davri ba pedagogik psixologiya)" Toshkent 2020

4.

Ashurova, S., & Numonova, A. (2023). THE ROLE OF PSYCHOLOGY IN
FORMING TEACHERS'PEDAGOGICAL ABILITY. Academia Repository,
2(11), 46-53.

5.

qizi Ashurova, S. F. (2023). OILADA YOSHLARNING SOG ‘LOM TURMUSH
TARZIGA

MUNOSABAT

SHAKLLANISHINING

PEDAGOGIK-

PSIXOLOGIK OMILLARI MUAMMO SIFATIDA. Educational Research in
Universal Sciences, 2(10), 32-35.

6.

Aшурова,

Ш.

(2023).

Оилада

эр-хотин

муносабатларини

мувофиқлаштиришнинг ўзбек психологлари томонидантаҳлил қилиниши.
Современные тенденции психологической службы в системе образования:
теория и практика, 1(1), 67-71.

7.

Фахриддиновна, A.Ш., & Шахноза, A. Оилада эр–хотин муносабатларини
мувофиқлаштиришнинг ўзбек психологлари томонидан таҳлил қилиниши.

8.

Ashurova. Sh. F. (2022) Bolalarda sog`lom turmush tarzini shakllantirishda oilaviy
munosabatlarning o`rni “Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti
ilmiy jurnali” 1(6),71-73-b

9.

Ashurova Sh. F. (2023) Sog`lom psixologik turmush tarzi to`g`risidagi
tasvvurlarning shakllanishi “Журнал Педагогики и психологии в современном
образовании,3(1).
https://ppmedu.jdpu.uz/index.php/ppmedu/article/view/8314/5746

10.

Ashurova Sh.F. .(2022) A healthy lifestyle in uzbek families from the point of view
of islam religion Emergent: Journal of educational discoveries and lifelong learning
(ejedl)


background image

T A D Q I Q O T L A R

jahon ilmiy – metodik jurnali


https://inlibrary.uz

61-son_4-to’plam_May-2025

301

ISSN:3030-3613

11.

https://ejedl.academiascience.org/index.php/ejedl/article/view/369 (52-56 p)

12.

Ashurova, S. F., & qizi Karimova, M. N. (2023). Оilаdа o ‘smirlarning sоg‘lоm
turmush tаrzi va oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari shаkllаnishining
pedаgоgikpsixоlоgik оmillаri. Educational Research in Universal Sciences, 2(5),
363-368.


Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

Z. T. Nishonova, N. Ĝ. Kamilova " Taraqqiyot psixologiyasiva difrensal

psixologiya" Toshkent. 2020

Z. T. Nishonova, N. K. Karimova, " Rivojlanish psixologiyasi, pedagogik

psixalogiyasi " Toshkent 2018.

Sh. A. Dòstmuhammedova , X. A . Tillashayxova. " Umumiy psixologiya ( Yosh

davri ba pedagogik psixologiya)" Toshkent 2020

Ashurova, S., & Numonova, A. (2023). THE ROLE OF PSYCHOLOGY IN

FORMING TEACHERS'PEDAGOGICAL ABILITY. Academia Repository,

(11), 46-53.

qizi Ashurova, S. F. (2023). OILADA YOSHLARNING SOG ‘LOM TURMUSH

TARZIGA MUNOSABAT SHAKLLANISHINING PEDAGOGIK-

PSIXOLOGIK OMILLARI MUAMMO SIFATIDA. Educational Research in

Universal Sciences, 2(10), 32-35.

Aшурова, Ш. (2023). Оилада эр-хотин муносабатларини

мувофиқлаштиришнинг ўзбек психологлари томонидантаҳлил қилиниши.

Современные тенденции психологической службы в системе образования:

теория и практика, 1(1), 67-71.

Фахриддиновна, A.Ш., & Шахноза, A. Оилада эр–хотин муносабатларини

мувофиқлаштиришнинг ўзбек психологлари томонидан таҳлил қилиниши.

Ashurova. Sh. F. (2022) Bolalarda sog`lom turmush tarzini shakllantirishda oilaviy

munosabatlarning o`rni “Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti

ilmiy jurnali” 1(6),71-73-b

Ashurova Sh. F. (2023) Sog`lom psixologik turmush tarzi to`g`risidagi

tasvvurlarning shakllanishi “Журнал Педагогики и психологии в современном

образовании,3(1).

Ashurova Sh.F. .(2022) A healthy lifestyle in uzbek families from the point of view

of islam religion Emergent: Journal of educational discoveries and lifelong learning

(ejedl)

Ashurova, S. F., & qizi Karimova, M. N. (2023). Оilаdа o ‘smirlarning sоg‘lоm

turmush tаrzi va oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari shаkllаnishining

pedаgоgikpsixоlоgik оmillаri. Educational Research in Universal Sciences, 2(5),

-368.