T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
131
ISSN:3030-3613
BADIIY ASAR TILIDA KO‘CHIMLAR
(B.GENJEMURATOVNING «UKUZDARYO BITIKLARI» ASARI MISOLIDA)
Sherjanova Fazu Keunimjaevna
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
PhD asisstenti 90.654-15-64
Tayanch so‘zlar:
Badiiy asar, metafora, metanimiya, snekdoxa, jonlantirish,
mubolag'a sifatlash, oksimoron, poetik sintaksis, elipsis, janr, obraz, asar tili
REZYUME
Maqolada qoraqalpoq she’riyatining zabardast vakili B.Genjemuradov
she’riyatida qo‘llangan badiiy tasvir va ifoda vositalari metafora, metanimiya,
snekdoxa, jonlantirish, mubolag'a sifatlash, oksimoron kabilarni mahorat bilan
qo‘llaganligi tahlil qilindi. Boshqa ijodkorlar kabi shoir she’rlarida ham ko‘chim,
o‘xshatishlar mahorat bilan qo‘llanilganligi, qoraqalpoq lirikasidagi ayrim til
xususiyatlarini shoir mahorati bilan bog‘lab ko‘rsatib berishga harakat qilindi.
Badiiy til sohasida mahorat kasb qilmasdan turib, chinakam san’at asarini
yaratish mumkin emas. Shuning uchun ham so‘z ustalarining mahoratini ularning tili
orqali o‘rganish ishiga yanada ko‘proq e’tibor berish lozim.Yozuvchining mahorati
haqidagi gapni tildan boshlash kerak,-degan edi atoqli yozuvchi K.Fedin. Badiiy asar
tilini o‘rganish haqiqatdan ham, yozuvchining badiiy mahoratini o‘rganish
masalasining asosini tashkil etadi. Shu sababli ulkan san’atkorlarning hammasi tilga
alohida ahamiyat berib kelganlar va badiiy asar tilini asarning qiymatini belgilovchi
muhim faktrorlardan biri deb hisoblaganlar.Shuning uchun ham so‘nggi vaqtlarda
qoraqalpoq adabiyotshunosligida va tilshunosligida badiiy asar tilini tekshirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Badiiy asar tili zamonaviy, jonli tilda ijod qilishga shu
bilan birga esa, dunyoni tabiiy his etishga, hozirgi kunning fikr uylari va tushunchalari
bilan yashashga to‘la erk berib quyarkan. Baxtiyor Genjemuradov zamon bilan
hamnafas, xalq bilan yonma-yon shoirdir.
Baxtiyor Genjemuradov o‘z ovozi, o‘z so‘ziga ega bo‘lgan shoirdir. Bu
xususiyatni uning individual so‘z qo‘llashda ham ko‘rish mumkin. Shoirning so‘z
boyligi juda xilma-xil. Unda arxaik so‘zlardan tortib, neologizmlargacha, oddiy
so‘zlashuv tilidan to poetik so‘zlargacha bor. Lekin shularning ichida, faqat, Baxtiyor
Genjemuradov ijodiga xos so‘z qo‘llash mahorati ham borki, bu shoirning o‘z ovoziga
ega bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Yana shunisi qiziqki, bu xususiyat shoirda har
bir davrga xos.
Baxtiyor Genjemuradov yangi hayotimiz qirralarini va kishilar fazilatlarini
doimo bahor jilvalari, tabiatning boy ma’nosi, mazmuni, rang-barang libosi orqali
ko‘rsatadi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
132
ISSN:3030-3613
Demak yangi davr ilhomi Baxtiyorni yangicha so‘z qo‘llashga undadi va uning
ijodida so‘zlarning obrazli ifodasi o‘ziga hos kashf qilindi.
Bugungi qoraqalpoq she’riyati haqida gap ketar ekan, biz I.Yusupov,
J.Izbasqanov, Sh.Seytov, S.Ibraximov,F.Mыrzabaeva,B.Genjemuradov kabi bir qator
qoraqalpoq shoirlarining ijodisiz bu she’riyatni tasavvur qila olmaymiz. Hozirgi kunda
mazkur shoirlarning ijodi, asarlari o‘rganilib, ular haqida yirik monografiyalar, bir
qator kichik ilmiy ishlar yaratildi. Lekin, bu dengizdan tomchi xolos. Ijodkor mahorati
bilan bog‘lab o‘rganilishi lozim bo‘lgan qator muammoli masalalar haligacha o‘z
echimini topgan emas.
Qoraqalpoq adabiyotining yuksalishiga o‘zining munosib hissasini qushayotgan
B.Genjemurod she’riyatining badiiy tomonlariga, til xususiyatlariga to‘xtalib
o‘tmoqchimiz. Chunki, B.Genjemurod bugungi qoraqalpoq adabiyotida munosib
mavqega ega. Shoir ijodi kitobxonlarga «Saraton» (1992 yil), «O‘q qadalgan
oy»(1997), «Oftobning umri»(1996) kabi she’riy to‘plamlari hamda o‘zbek tilida shoir
Rustam Musurmon tarjimasi ostida ilk bor chop etilgan «Ukuzdaryo bitiklari» asari
orqali yaxshi ma’lum. Baxtiyor Genjemurodov she’rlarida muhabbat (vatanga,
millatga, yorga, tarixga, tabiatga) pafosi yetakchilik qiladi. Uning ijodidagi yutuqlari
she’rlarni yozish uslubida, yangilikka intilishi va unga erishganligidadir.
Shuningdek, Baxtiyor Genjemurodov adabiy tilimiz qonuniyatlarini puxta
bilgan, xalq jonli tilini nozik his etuvchi adibdir. Bular shoirning badiiy tili mahoratida
yaqqol seziladi. Xususan, uning har bir leksik boyliklaridan, badiiy tasviriy vositasidan
ustalik bilan foydalanishida ular orqali aytmoqchi bo‘lgan fikrini, o‘z g‘oyasini
kitobxonga qay darajada obrazli, aniq va ravshan qilib yetkazishda ko‘rinadi.
Badiiy asar g‘oyasining ilmiy talqini ko‘p jihatdan asar tilini tahlil qilishga
bog‘liq. Qoraqalpoq she’riyatining til xususiyatlarini o‘rganishni o‘z oldimizga
maqsad qilib quyar ekanmiz ana shu jihatga e’tibor qaratishga harakat qilamiz. Tahlil
uchun shoir B. Genjemurodov she’rlarini olib, uning ijodida she’rning ta’sirchanligini
oshirish maqsadida qo‘llaniladigan badiiy tasvir, jumladan, metafora, metanimiya,
sinekdoxa, mubolaǵa, jonlantirish, oksimoron hamda stilistik figuralardan anafora,
epifora, alliteraciya, perifraz, antifraz, gradaciya, sintaktik parallelizm, ritorik sóroq
gap, inverciya kabi vositalardan o‘z ijodida qay darajada foydalangani va o‘zi
tomonidan ijod qilingan xususiy ko‘chimlarini aniqlash va ularning tilni boyitish
uchun qushgan hissasini ko‘rsatib berishdir. Boshqa ijodkorlar kabi shoir she’rlarida
ham ko‘chim, o‘xshatishlar mahorat bilan qo‘llanilgan. Ishimizdagi asosiy
maqsadlardan biri shuki, qoraqalpoq lirikasidagi ayrim til xususiyatlarini shoir
mahorati bilan bog‘lab ko‘rsatib berishdir. Lekin poeziya tili murakkab va kam
o‘rganilganligi uchun ham ishda ayrim kamchiliklar bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Umuman, qoraqalpoq she’riyatida nafaqat Baxtiyor Genjemurodov, balki
Sag‘inboy Ibragimov, Sh.Seytov, K.Reymov, F.Mirzaboeva kabi zamonaviy shoirlar
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
133
ISSN:3030-3613
ijodlari ham badiiy asar tilini o‘rganuvchi tilshunoslar uchun yetarli faktik ma’lumotlar
bera oladi deb o‘ylaymiz.
Badiiy til umumxalq tili bazasida yuzaga keladi.Yozuvchi, ijodkor umumxalq
tilidan foydalanar ekan umumodatlangan normadan og‘adi. (yani til unsurlarini
odatdagidan o‘zga shakl, ma’no, tartib munosabatlarda qo‘llaydi) va shu «og‘ish»idan
ma’lum badiiy-estetik maqsadni ko‘zda tutadi. Bu xil og‘ishlar tilning turli sathalarida-
fonetik, morfologik, leksik va ifoda vositalari ijodkorining muayyan badiiy-estetik
maqsadga erishish uchun umumodatlangan normadan og‘ishi natijasida yuzaga keladi,
ular tasvirning jonli va to‘laqonli bo‘lishiga, ifodaviylikning kuchayishiga xizmat
qiladi.
Tilimizdagi mavjud so‘zlar emotsional buyoqdorligi jihatidan bir-biridan farq
qiladi. Kuchimlar odatda she’riy nutqni boyitadi, unda yangi mazmunni ifodalovchi
yangi so‘z yoki so‘z birikmasini yaratadi. Shoir kuchimlar vositasida fikrni yorqin
ifodalaydi va uni o‘quvchi ongiga ta’sirli qilib etkazib beradi. «Ikki predmet yoki
hodisani chog‘ishtirish, o‘xshatish troplarga asos qilib olinadi. Yani predmet yoki
voqea-hodisa haqida aniq, yorqin tasavvur hosil qilish uchun unga boshqa bir predmet
yoki voqeaning belgisi ko‘chiriladi, o‘xshatiladi»
Ma’lumki, nutq jarayonida bir so‘zlarni o‘z ma’nosida yoki ko‘chma ma’noda
qo‘llashimiz mumkin. So‘zning odatiy ma’nosidan o‘zga ma’noda qo‘llanishi
semantik sathdagi og‘ish sanaladi. Ko‘chma ma’noda qo‘llanilgan so‘zlarning
umumiy nomi trop (ko‘chim) deb yuritiladi. So‘z ma’nosi ko‘chishi-tropning metafora,
metanimiya, sinekdoxa, kinoya kabi bir qator ko‘rinishlari mavjud. Badiiy asarda
qo‘llanilgan ko‘chimlar ishlatilish darajasi, ta’sirdorlik darajasi kabi jihatlardan bir-
biridan jiddiy farqlanadi. Lekin ko‘chimlarning bir qismi allaqachon til hodisasiga
aylanib ulgurgan. Masalan «kun botdi», «soat yuriyapti» kabi birikmalarda so‘z
ma’nosi ko‘chganligi aniq, biroq biz ularga shu darajada ko‘nikib ketganmizki,
hozirda ularga ko‘chim sifatida qaramaymiz ham. «Badiiy asar matnida mazkur
ko‘chimlar qo‘llanganida, tabiiyki, muallif muayyan badiiy-estetik maqsad bilan
semantik satxda og'ishga yo‘l qo‘ygan deya» olmaymiz, zero ular muallif tamonidan
tayyor holda olingan. Bu fikrdan ko‘rinib turibdiki, bu hildagi kuchimlar matnda
estetik funksiya bajarmaydi. Ularni badiyat hodisasi sifatida talqin qilib bo‘lmaydi.
Lekin ijodkor tomonidan tayyor holda olingan, biroq badiiy adabiyotda an’anaviy
tarzda ishlatilib kelayotgan ko‘chimlar ham uchraydi. Masalan, «shakar lab», «sarv
qomat», «kamon qosh» kabi. Bu kabi ko‘chimlar ham yuqoridagi ko‘chimlarimiz kabi
tayyor holda olinadi, biroq ular matnda ma’lum bir estetik funksiyani bajaradi. Tasvir
va ifodaviylikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Badiiy metafora shoir ijodi mahsuli. «O‘zbek tili stilistikasi» darsligida
keltirilishicha, badiiy metafora bilan lingvistik metaforani bir-biridan farqlash lozim.
Agar metafora predmetning doimiy nomiga aylanib qolgan bo‘lsa, u tilshunoslikning
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
134
ISSN:3030-3613
o‘rganish obyekti bo‘ladi. Masalan yoy-asli yomg‘ir yoqqandan so‘ng osmonda paydo
bo‘ladigan yarim doira shaklidagi yorug‘ chiziq. Uning nomi tarixiy jihatdan ov
quroliga ham o‘tgan. Umuman, olganda bugungi o‘zbek she’riyatida metaforik
tafakkur yetakchidir:
Bilmadim,bilmadim. Tiyiqsiz banda-
Ollohga gunohkor odam otaday
Beklik-behishtlikdan quvildim men ham,
Yuragimga sog‘inch-tig‘ botadi-ey[1:35]
Shoir sog‘inchni tig‘ga uxshatyapti. Tig‘ yaralagani kabi sog‘inch ham, uni
yaralaydi. Bu kabi metaforik fikrlar shoir ijodida ko‘plab uchraydi.
Ko‘chimning yana bir turi sinekdoxadir. U yunoncha «synekddoche» so‘zidan
olingan bólib, birga anglamoq, qo‘shib fahmlamoq ma’nolarini anglatadi. Aslida,
sinekdoxa metonimiyaning bir turi. Sinekdoxaga metonimiyaning bir ko‘rininshi
sifatida qaralishiga sabab shuki, bunda ham aloqadorlik asosida-butun va qism,yakka
va aloqasi asosida ma’no ko‘chishi yuz beradi. Shu bois ham unga metanimiyaning bir
ko‘rininshi sifatida qaraydilar. B.Genjemurodning «Oh, Xudoy» she’ridan:
Etmishga kirganda bolali bo‘lib,
Chol-kampir yig‘ladi yuragi to‘lib:
-Tirnoqqa zor edik, ko‘rding xudoyim!
Tirnoqqa zor edik berding xudoyim! [1:22]
Bu o‘rinda tirnoq so‘zi sinekdoxadir. Shoir bu erda tirnoq so‘zi orqali farzandni
nazarda tutyapti. Yani, qism orqali butunni ifodalayapti.
Yoki:
Ulug‘ turkning bugungi jujuqlari
O‘kuzdaryoni nuxtalab, ikki shoxin boltalab sindirgan. [1:25]
degan satrlarda ham «Turkning bugungi jujuqlari» deganda, turkiy xalq nazarda
tutilayotgani aniq.
O‘xshash ko‘chimlardan yana biri sifatlashdir. Sifatlash badiiy adabiyot tilida
predmet, voqea-hodisa, tushuncha va kishilarning belgi-hislatlarini aniqlash-izohlash,
tavsiflash usuli. Sifatlovchi so‘z aniqlanmish so‘z bilan birikib, o‘z belgilarini
aniqlaydi. Masalan:
Qirq hayolning qirq ming jilvasi
Rom eta olmagan metin yuragim... [1:29]
Ushbu satrlardagi ostiga chizilgan «qirq hayol», «qirq ming jilva» , «metin yurak»
birikmalari sifatlashdir.
Xulosa qilib aytganda ko‘chimlar badiiy asarga o‘ziga xos joziba, ta’sirdorlik,
bo‘yoqdorlik kabi ko‘plab rang-barang fazilatlarni beradi. Quyosh tomchida
akslanganidek, san’atkorning badiiyati qudrati alohida olingan birgina tropda o‘zini
namoyon eta oladi.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
135
ISSN:3030-3613
Shoir badiiy tasvir va ifoda vositalaridan metafora, metanimiya, snekdoxa,
jonlantirish, mubolag'a sifatlash, oksimoron kabilarni o‘z she’rlarda mahorat bilan
qo‘llagan. Bu shoir leksikasining boyligini, uning badiiy mahorati yuksakligini
ko‘rsatadi.
Til jamiyat ko‘zgusi hisoblanib, ma’lum ma’noda shoir B.Genjemurodov
she’rlari ham qoraqalpoq she’riyati imkoniyatlarini namoyish eta oldi. Shoir yangi
obrazlar yaratishda badiiy tasvir va ifoda vositalaridan unumli foydalanib, qoraqalpoq
tilining boy til ekanini yana bir karra isbot qilib berdi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Genjemuratov B. Ukuzdaryo bitiklari. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi
2.
Ozbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2006.
3.
Yo'ldoshev B, Qurbonov T. Badiiy asar tili va uslubi masalalari. Samarqand.
2006. B.
4.
Yo’ldoshev B, Bobojonov F, Pardayev Z. Badiiy asar tili masalalari. Navoiy:
Navoiy DPI nashri. 2001. B.7-11.
5.
Yo’ldoshev B, Bobojonov F, Pardayev Z. Badiiy asar tili masalalari. Navoiy:
Navoiy DPI nashri. 2001. B.7-11