Jild 59 № 1 (2025)
Maqolalar
LYMPH AND BLOOD IN IMMUNITY
This article analyzes the role of lymph and blood in the immune system, their
interrelationships, and their main functions in protecting the body. While the lymphatic
system carries immune cells and removes excess fluid and toxins from the body, blood
serves as the main vehicle for the formation of the immune response. The article also
provides information on the activities of lymphocytes, leukocytes, and other immune
component cells, their role in protecting the body from diseases. The results of the
study are aimed at revealing the methods of strengthening the immune system and the
importance of a healthy lifestyle.
TEACHING REGRETS IN ENGLISH; THE LANGUAGE “WHAT IF”
Abstract: Generally, regrets are a common human experience. People have
moments in their lives where they wish they had done particular things differently.
Teaching and learning how to express regrets effectively and correctly in English is
vital for both practical conversation and emotional expression. This article will explore
and provide teaching tips for the grammar of regret by providing examples of various
regret structures including with offering practical teaching methods.
TEACHING MODAL VERBS; EFFECTIVE GUIDE FOR TEACHERS AND STUDENTS
Abstract:Modal verbs are like the most crucial parts of English grammar. They
do not describe and show actions themselves, but instead modal verbs add meaning to
other verbs. The modal verbs express things such as: necessity, possibility, permission,
obligation, and suggestion. Some learners have challenges while learning and
differentiating them. This article will explain and clarify modal verbs by explaining
their different functions, and providing practical and effective examples to assist
teachers and students use them confidently.
TRANSFORMING LEARNING WITH PROJECT-BASED LEARNING: A GUIDE FOR TEACHERS
Abstract: Actually, Project-Based Learning (PBL) is an instructional approach
that encourages students to get engage with deep learning by working hard and friendly
on a project through longer period. This type of method enables learners to investigate
lifelong issues and challenging questions by collaborating with peers. After
collaborating, students may get clear results. Compared to traditional strategies which
focus on simple memorization and passive learning, The PBL method develops critical
thinking, creativity, and problem-solving skills by placing students at the center of their
learning experience.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA OTA – ONALAR HAMKORLIGI ASOSIDA TA’LIMIY FAOLIYATNI TAKOMILLASHTIRISH OMILLARI
Annatatsiya: Maqolada maktabgacha ta`lim bilan ota-ona hamkorligi, bog‘liq
jihatlari va albatta maqsad va vazifalari xususida so‘z yuritiladi.
AVTOMOBIL-YO‘L-HAYDOVCH-PIYODA-MUHIT TIZIMI BO‘YICHA YO‘L TRANSPORT HODISALARI KO‘RSATKICHLARINI O‘RGANISH
Annotatsiya: Avtomobil yo‘llarida insonlar tomonidan boshqariladigan turli
xildagi mexanik va mexanik bo‘lmagan transport vositalari, harakatlanayotgan (yoki
harakatda bo‘lmagan) piyodalar majmuidan iborat murakkab dinamik tizim mavjuddir.
Bu tizim yo‘l harakati deb ataladi. Yo‘l harakatining muammolari va maxsus
tomonlari, eng avvalo, “Avtomobil-haydovchi-yo‘l-piyoda-muhit” tizimi orqali
belgilanadi. Ular o`z navbatida atrof-muhitda faoliyat ko`rsatadilar
BOSHLANG‘İCH TA’LİMDA TABİİY FANLARGA QİZİQİSH UYG‘OTİSH, FOYDALİ QAZİLMALARNİ O‘RGATİSH USULLARİ VA METODLARİ.
Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda tabiiy fanlarga qiziqish uyg‘otishning
samarali metod va usullari yoritilgan. Bolalarda ilmiy izlanish va kuzatuv
ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligi ta’kidlanadi. Zamonaviy yondashuvlar,
jumladan, tajriba asosida o‘qitish, faoliyatga yo‘naltirilgan metodlar va STEM
konsepsiyasining ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, tabiiy fanlarni o‘qitishda
interfaol metodlar va innovatsion texnologiyalarning roli ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot
natijalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlarni yanada qiziqarli va
tushunarli qilish yo‘llarini ko‘rsatadi.
O‘ZBEKISTON IQTISODIY RIVOJLANISHIDA MDH DAVLATLARI BILAN TASHQI IQTISODIY ALOQALARNING AHAMIYATI
Annotatsiya: Mazkur maqolada tashqi siyosatda MDH mamlakatlari bilan
iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi uchun qanchalik
ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot beriladi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro
iqtisodiy munosabatlarda asosiy o‘rin egallaydigan jihatlar haqida fikrlar bayon etiladi.
Ushbu masala iqtisodiy modellar, qonuniyatlar va nazariy yondashuvlar, shuningdek,
tegishli iqtisodiy maktablar olimlari fikrlarini tahlil qilgan holda ko‘rib chiqiladi.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FAVQULODDA YORDAM XIZMATLARINI KREATIV TASHKIL ETISH
Annotatsiya: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida favqulodda yordam
xizmatlarini samarali tashkil etish bolalarning xavfsizligini ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega. Ushbu maqolada favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlikni oshirishda
kreativ yondashuvlar, xodimlarning roli va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
imkoniyatlari yoritiladi.
TRANSPORT GEOGRAFIYASI FANINING O’RGANISH OBYEKT, PREDMETI, METODLARI VA VAZIFALARI.
Annotatsiya: Ushbu maqola transport geografiyasi fanining mohiyatini, uning
o'rganish obyekti, predmeti, asosiy metodlari va dolzarb vazifalarini kompleks tarzda
ochib beradi. Transport geografiyasi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning muhim tarmog'i
sifatida transport tizimlarining hududiy tashkil etilishi, joylashuvi, rivojlanish
qonuniyatlari va jamiyat hayotidagi rolini o'rganadi.
Maqolada transport geografiyasining o'rganish obyekti - transport tizimlari va
tarmoqlari, transport tugunlari, transport-iqtisodiy aloqalar, transport geografik o'rni va
transport infratuzilmasi ekanligi aniqlanadi. Fanning predmeti esa transport
tizimlarining hududiy tashkil etilish qonuniyatlari, ularning shakllanish omillari va
jamiyat iqtisodiyoti hamda hududiy rivojlanishga ta'siridir.
JAHON TRANSPORT TURLARI VA KLASSIFIKATSIYASI
Annotatsiya: Ushbu maqola jahon transport tizimining tarkibiy qismi bo'lgan
turli transport turlari va ularning klassifikatsiyasini tahlil qiladi. Transport turlari jahon
iqtisodiyotining rivojlanishi, xalqaro savdo aloqalari va turizmni ta'minlashda muhim
rol o'ynaydi. Maqolada transport turlarini tasniflash mezonlari, ularning afzalliklari va
kamchiliklari, rivojlanish tendensiyalari va global iqtisodiyotga ta'siri ko'rib chiqiladi.
Maqolada transport turlarini tasniflashning asosiy mezonlari, jumladan transport
vositalari, infratuzilma, tashish masofasi, yuk turi va iqtisodiy samaradorlik kabi
omillar tahlil etiladi. Transportning asosiy turlari (temir yo'l, avtomobil, dengiz, havo,
quvur va elektron transport)ning xususiyatlari, rivojlanish darajasi va geografik
taqsimlanishi o'rganiladi. Shuningdek, transport sohasidagi innovatsiyalar,
raqamlashtirish va barqaror rivojlanish tamoyillarining transport turlariga ta'siri
baholanadi.
MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI TRANSPORT TIZIMIDAGI ASOSIY MUAMMOLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola Markaziy Osiyo davlatlarining (Qozog'iston,
Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston) transport tizimidagi asosiy
muammolarni tahlil qiladi. Markaziy Osiyo mintaqasining geostrategik ahamiyati,
tranzit salohiyati va iqtisodiy rivojlanishi transport tizimining samarali faoliyatiga
bog'liq. Maqolada transport infratuzilmasining holati, logistika xizmatlarining sifati,
bojxona tartib-taomillari, transport xarajatlari, ekologik muammolar va mintaqaviy
hamkorlikning yetarli emasligi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
Maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining transport tizimidagi mavjud
muammolarning sabablari, oqibatlari va ularni hal etish yo'llari o'rganiladi. Transport
infratuzilmasini modernizatsiya qilish, logistika markazlarini rivojlantirish, raqamli
texnologiyalarni joriy etish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, transport
xarajatlarini kamaytirish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash va mintaqaviy hamkorlikni
kuchaytirishning ahamiyati asoslanadi.
OITS BILAN CHALINGAN HOMILADOR AYOLLARNI TUG’RUQ DAVRIGACHA BO’LGAN VAQTDAGI O’ZGARISHLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada OITS bilan kasallangan homilador ayollarda
tug'ruq davrigacha bo'lgan davrda kuzatiladigan o'zgarishlarni o'rganishga qaratilgan.
immunitet tizimidagi o'zgarishlar, virus yuklamasi, homiladorlik asoratlari, dori
vositalarining ta'siri va psixologik o'zgarishlar kabi omillar tahlil qilinadi. Shuningdek,
onadan bolaga OIV yuqish xavfini kamaytirish uchun ko'riladigan choralar va
tavsiyalar ko'rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari OITS bilan kasallangan homilador
ayollarga sifatli tibbiy yordam ko'rsatish va ularning farovonligini ta'minlash uchun
muhim ahamiyatga ega.
"MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA USLUBCHI NING KREATIV FAOLLIGI"
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida uslubchining
kreativ faoliyati, uning ta’lim jarayonidagi roli va samaradorligi yoritiladi.
Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalar va ilg‘or tajribalar asosida kreativ
yondashuvlarning natijadorligi tahlil qilinadi.
EFFECTIVE STRATEGIES FOR TEACHING ENGLISH TO HIGH SCHOOL STUDENTS: ENHANCING VOCABULARY, MOTIVATION, AND EXAM PREPARATION
Abstract
Teaching English to high school students requires innovative strategies to
enhance vocabulary acquisition, improve motivation, and prepare students for exams.
This paper explores effective teaching methods, including differentiated instruction,
interactive learning, and digital tools that cater to students' diverse learning styles. The
study analyzes various approaches that help students build confidence and develop
independent learning skills. By incorporating engaging activities, structured lesson
plans, and exam-focused techniques, educators can significantly improve students'
language proficiency. The findings suggest that a combination of traditional and
modern methodologies yields the best results in English language learning.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARI KREATIVLIGINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ OG‘ZAKI JANRLARNING O‘RNI
Anotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativligini
shakllantirishda xalq og‘zaki ijodi janrlarining o‘rni tahlil qilinadi. Bolalarning ijodiy
tafakkurini rivojlantirishda ertaklar, topishmoqlar, matallar, maqollar va dostonlarning
ahamiyati ochib beriladi. Xalq og‘zaki ijodi nafaqat estetik zavq bag‘ishlash, balki
o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, muammolarni hal qilish qobiliyati va innovatsion
yondashuvlarini shakllantirishda muhim vosita ekanligi asoslab beriladi. Shuningdek,
maqolada pedagogik jarayonda xalq ijodiyoti materiallaridan foydalanish metodlari
ham yoritib beriladi.
MA’NAVIY VA MA’RIFIY SOHALARDA ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISH
Annotatsiya
Ma’naviy va ma’rifiy sohalarda islohotlar amalga oshirish, jamiyatning quyi
qatlamidan tortib yuqori bosqichlarigacha barcha darajalarda insonlarning ma’naviy
jihatdan yetukligini ta’minlash, bilim va tafakkur darajasini oshirish maqsadida juda
muhimdir. Ushbu islohotlar, avvalo, ta'lim tizimini takomillashtirish, madaniyat va
san'atni rivojlantirish, inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash orqali amalga
oshirilishi zarur. Islohotlar natijasida ma’naviy qadriyatlar va ma’rifatli jamiyat qurish,
yosh avlodni tarbiyalashda yangicha yondashuvlarni joriy etish, odamlar orasida
tenglik va adolat prinsiplarini qo'llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega. Ushbu
jarayonda davlat va nodavlat sektorlari, shuningdek, jamoatchilikning o'zaro
hamkorligi alohida o'rin tutadi.
LINGUISTIC BASES OF ENGLISH LANGUAGE TEACHING METHODOLOGY IN PRIMARY GRADES
Abstract: This article discusses the linguistic foundations of English language
teaching methodology in primary grades.
MAKTABGACHA TA’LIMDA MUQOBIL TA’LIM SHAKLINING RIVOJLANISHI
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada kundan-kunga rivojlanib borayotgan
maktabgacha ta’lim tizimiga yangi innovatsion ta’lim shakllarining va
texnologiyalarining joriy etilishi, rivojlanish strategiyasining ishlab chiqilishi, chekka
qishloqdagi mamlakatimiz aholisi uchun maktabgcha ta’lim tashkilotlarini barpo
qilinishi va shart – sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’limga qamrov sonini oshirish,
har bir bolani maktabgacha ta’limda mukammal ta’lim va tarbiya olishi uchun ijmoiy
ko’maklashish kabi isloatlar haqida so’z boradi.
"ZAIF ESHITUVCHILARGA TA'LIM BERISH: PEDAGOGIK MASALALAR VA JAMIYATDAGI DOLZARB O‘RNI"
Annotatsiya: Ushbu maqolada surdopedagogikaning asosiy masalalari,
eshitishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning rivojlanishi va ta’lim olish jarayonlari
haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Eshitish qobiliyati buzilgan bolalar uchun maxsus
pedagogik yondashuvlar, metodlar,ta'lim,tarbiya jarayonining xususiyatlari hamda
ularning umumiy rivojlanishiga ta’siri muhokama qilingan.Maqola, ayniqsa, eshitish
nuqsonlari bo‘lgan bolalarga ijtimoiy faol shaxslarni tarbiyalashda pedagogik va
psixologik metodlarning muhimligini ko'rsatadi. Eshitish qobiliyati pasaygan bolalarga
ta'lim berishda o'qitishning ilmiy-metodologik asoslari, innovatsion usullar, vizual
materiallar va interaktiv o‘qitishning samaradorligi taqdim etilgan.
ALEKSANDR FAYNBERG SHE’RIYATINING FALSAFIY VA BADIIY TAHLILI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Aleksandr Faynberg she’riyatining falsafiy
mazmuni va badiiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Shoir ijodidagi inson ruhiyati, hayot,
tabiat va vaqtga oid mavzularning o‘ziga xos talqini yoritilib, she’riyatning chuqur fikr
va his uyg‘unligidagi o‘rni ko‘rsatiladi.
ATROF-MUHIT MUAMMOLARIDA INSON VA TABIATNING O'ZARO TA'SIRI
Annotatsiya. Inson faoliyati davomida ekologik muammolar to'liq miqyosda
o'sib bordi va ularni hal qilish uchun doimo shoshilinch choralar ko'rishni talab qildi.
Oxir-oqibat, insoniyat bu muammolarning mohiyatini anglab еtdi va yashash uchun
eng qulay shart-sharoitlarni yaratish uchun ma'lum darajada ularni engib o'tishni
o'rgandi. Biroq, inson hayotining barcha sohalarini ko'kalamzorlashtirish bo'yicha
ilmiy yordamga qaramay, ilgari mavjud bo'lgan va yangi paydo bo'lgan ko'plab
ekologik muammolar hali ham ularning oldini olish uchun etarlicha to'liq ilmiy
asoslarni topmagan. Bugungi kunda ekologik muammolar mavjud, tabiiy muhitning
ekologik muammolari va umuman, tabiatdan foydalanish ehtiyotkorlik va shoshilinch
echimlarni talab qiladi, chunki inson faoliyati o'zining tabiiyligini yo'qotib, tobora
ijtimoiy xususiyat kasb etmoqda.
UMUMTA’LIM FANLARINI O‘QITISHGA MO’LJALLANGAN ELEKTRON TA’LIM RESURSLARIGA QO’YILADIGAN ZAMONAVIY TALABLAR
Аннотация: Mazkur maqolada umumta’lim fanlarini o’qitishga mo’ljallangan
elektron ta’lim resurslariga qo’yiladigan zamonaviy talablarning muhim jihatlari
ko’rsatib o’tilib, amaliyot tajribalariga tayangan holda ilmiy asoslangan taklif va
tavsiyalar berilgan.
O‘ZBEKISTONDA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI
Annotatsiya. O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy
axborot texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq tendensiyalarning mazmun-mohiyati
ochib berilgan. Jumladan, ushbu jarayonning asosiy yo‘nalishlari, mavjud muammolar
ilmiy jihatdan tadqiq etilgan. Umuman olganda, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini
ta’minlashda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq amalga
oshirilayotgan ishlar samaradorligi va uni yanada samarali amalga oshirishning
istiqbollari tahlil qilingan.
"SEREBRAL FALAJGA QARSHI KURASH: REABILITATSIYA VA LOGOPEDIYA USULLARI”
Annotatsiya: Mazkur maqolada bolalar serebral falaji (BSF) tushunchasi, uning
kelib chiqish sabablari, diagnostikasi hamda davolash va reabilitatsiya usullari
yoritiladi. Xususan, logopedik muammolar va ularni bartaraf etish usullari ilmiy
asoslangan holda ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy davolash usullari, innovatsion
texnologiyalar va psixologik qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ham bayon etiladi.
“ALALIYA: BOLALAR NUTQIY RIVOJLANISHIDAGI SIRLI TO‘SIQ”
Annotasiya: Alaliya – bu bolalarda nutqning rivojlanishi kechikishi yoki to‘liq
yo‘qligi bilan tavsiflanadigan nevrologik buzilishdir. Ushbu maqolada alaliyaning
turlari, sabablari, tashxis qo‘yish usullari va samarali davolash usullari haqida batafsil
ma’lumot beriladi.
"LOGOPEDIK TERAPIYA: NUTQ RIVOJLANISHIDAGI MUAMMOLAR VA OTA-ONALAR UCHUN O'YINLAR"
Annotatsiya: Mazkur maqola logopedik terapiya orqali bolalardagi nutq
rivojlanishidagi muammolarni bartaraf etishning ilmiy yondashuvlarini ko'rib chiqadi.
Nutq rivojlanishi kechikishlarining sabablari va ularning ijtimoiy moslashuvga ta'siri
hamda nutqni rivojlantirishda o'yinlar orqali qanday yondashuvlar samarali ekanligi
tahlil qilinadi.Ota-onalar,o'qituvchilarning bolalar bilan hamkorlikdagi roli,
shuningdek, maxsus o'yinlarning bolaning nutq rivojlanishiga ta'siri yoritiladi.
“YANGI UMIDLAR: DIZARTRIYA BILAN KURASHIB, SOGʻLOM HAYOTGA ERISHISH”
Annotatsiya:Mazkur maqolada dizartriya tushunchasi, uning kelib chiqish
sabablari va nutq buzilishining turli klinik ko‘rinishlari yoritilgan. Shuningdek,
zamonaviy tibbiy va logopedik terapiya usullari, fizioterapevtik mashqlar hamda
psixologik qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi. Ota-onalar uchun amaliy
tavsiyalar bilan boyitilgan bo‘lib, kasallikni yengish yo‘lida umid uyg‘otadi.
JAHON TRANSPORT TURLARI VA KLASSIFIKATSIYASI
Annotatsiya: Ushbu maqola jahon transport tizimining tarkibiy qismi bo'lgan
turli transport turlari va ularning klassifikatsiyasini tahlil qiladi. Transport turlari jahon
iqtisodiyotining rivojlanishi, xalqaro savdo aloqalari va turizmni ta'minlashda muhim
rol o'ynaydi. Maqolada transport turlarini tasniflash mezonlari, ularning afzalliklari va
kamchiliklari, rivojlanish tendensiyalari va global iqtisodiyotga ta'siri ko'rib chiqiladi.
Maqolada transport turlarini tasniflashning asosiy mezonlari, jumladan transport
vositalari, infratuzilma, tashish masofasi, yuk turi va iqtisodiy samaradorlik kabi
omillar tahlil etiladi. Transportning asosiy turlari (temir yo'l, avtomobil, dengiz, havo,
quvur va elektron transport)ning xususiyatlari, rivojlanish darajasi va geografik
taqsimlanishi o'rganiladi. Shuningdek, transport sohasidagi innovatsiyalar,
raqamlashtirish va barqaror rivojlanish tamoyillarining transport turlariga ta'siri
baholanadi.
ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqolada mahalliy va xalqaro bozorlar uchun kichik biznes
strategiyalarining samarali usullari tahlil qilinadi. Kichik biznesning muvaffaqiyatli
rivojlanishi uchun innovatsion yondashuvlar, marketing strategiyalari, raqamli
texnologiyalardan foydalanish va eksport imkoniyatlari haqida so‘z yuritiladi.
Shuningdek, xalqaro bozorga chiqishning asosiy bosqichlari, biznes muhitining o‘ziga
xos jihatlari va mahalliy tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar
beriladi.
TEACHING ENGLISH TO SLOW LEARNERS: STRATEGIES FOR EFFECTIVE LEARNING
Abstract
Teaching English to slow learners presents unique challenges, requiring
educators to employ tailored strategies that accommodate different learning speeds and
styles. This paper explores effective methods for supporting slow learners in the
language classroom, focusing on clear instructions, repetition, visual aids, and
interactive learning techniques. It emphasizes the importance of creating a supportive
and positive learning environment that fosters confidence and motivates students to
persist. The article also discusses the role of individualized instruction, peer support,
and gamification in promoting engagement and improving language acquisition for
slow learners. By implementing these approaches, teachers can enhance the learning
experience for students who require more time to master language skills.
HOZIRGI KUNDA DAVLAT XARIDLARINING DOLZARBLIGI VA MUHIMLIGI HAMDA “DAVLAT BUYURTMACHISI” VA “DAVLAT XARIDLARI” TUSHUNCHALARI TO‘G‘RISIDA
Annotatsiya: Ushbu maqola hozirgi sharoitda davlat xaridlarining iqtisodiy,
ijtimoiy va boshqaruv nuqtai nazaridan dolzarbligi va muhimligini tahlil qiladi. Davlat
xaridlari davlatning tovarlar, ishlar va xizmatlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish,
davlat dasturlarini amalga oshirish va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishdagi muhim roli
ko'rib chiqiladi. Maqolada davlat xaridlarining shaffoflik, samaradorlik, hisobdorlik va
korrupsiyaga qarshi kurash kabi masalalar bilan bog'liqligi yoritiladi. Shuningdek,
davlat xaridlarining kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlashdagi va innovatsiyalarni
rag'batlantirishdagi o'rni muhokama qilinadi. Maqola davlat xaridlarini boshqarish
sohasidagi mutaxassislar, siyosatchilar, tadqiqotchilar, tadbirkorlar va ushbu mavzuga
qiziquvchi keng o'quvchilar uchun mo'ljallangan..
MAHALLIY BYUDJET DAROMADLARINI SHAKLLANTIRISH VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI
Maqolada mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini shakllantirish, mahalliy
byudjetlar daromadlari va xarajatlari samaradorligini ta’minlashning ilmiy-amaliy
jihatlari yoritilgan. Hududlarning iqtisodiy salohiyatidan oqilona foydalanish,
shuningdek, mahalliy budjet xarajatlaridan oqilona va samarali foydalanish hisobiga
mahalliy byudjetlar daromadlari barqarorligini ta’minlash imkoniyatlari asoslab
berilgan. Tadqiqotlar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
O’ZBEKISTONING MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI BILAN TURLI SOHALARDAGI HAMKORLIGI
Anotatsiya: Ushbu maqolada O’zbekistonning 20002021 yillarda Markaziy
Osiyo (MO) mamlakatlari bilan tashqi hamkoligi va savdo aylanmasi
regressionkorrelyatsion tahlili keltirilfan. O’zbekistonning Markaziy Osiyo har bir
mamlakati bilan savdo hamkorlik aylanmasining mamlakat tashqi savdo aylanmasiga
ta’siri o’rganilgan. Tahlil natijalariga ko’ra, O’zbekistonning Qozog’iston,
Qirg’iziston va Turkmaniston bilan tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish istiqbolli
ekani aniqlangan. Ushbu mamlakatlar bilan savdo hajmini oshirish bo’yicha
mqsadli takliflar berilgan.
GLOBAL DEMOKRATIK JARAYONLARNI TAKOMILLASHTIRISHNING MILLIY VA MA’NAVIY OMILLARI
Annotatsiya: Mazkur maqola jahonda va O‘zbekistonda kechayotgan
demokratik o‘zgarishlar jarayoni, jamiyat hayotining barcha sohalari, millatlar aro
munosabatlarni takomillashtirish va rivojlantirishga keng istiqbollarni ochib berada.
Global demokratik jarayonlar o‘z navbatida bugungi rivojlanish taraqqiyotining o‘ziga
xos farqli jihatlaridan biri bo‘lgan – globallashuv jarayonini jiddat bilan o‘sib
borishiga, uning ijobiy va salbiy jihatlari milliy rivojlanish yo‘lidan ketayotgan turli
mamlakatlar hayotining sohalarida keng ko‘lamda namoyon bo‘lishi. Tadqiqotda
insoniyatni uzoq davom etayotgan taraqqiyotini tarixiy-ijtimoiy birligi sifatida
shakllangan millat ham globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy ta’siriga tushib
qolishi keltirilgan.
PAYARIQ TUMANINING IQTISODIY KO’RSATKICHLARINING SAMARQAND VILOYATI YALPI HUDUDIY MAHSULOTI MIQDORIGA QO’SHGAN ULUSHI.
Annotatsiya: Maqolada Payariq tumanining iqtisodiy salohiyati va bir qancha
sohalardagi iqtisodiy korsatkichlari korsatilgan va tumanning geografik joylashuvi,
tarixi va demografik xolati xaqida ma`lumot berilgan.
КЛИНИЧЕСКИЕ И МОРФОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ГЕМОЛИТИЧЕСКОЙ БОЛЕЗНИ НОВОРОЖДЕННЫХ
Гемолитическая болезнь новорождённых (ГБН) — патологическое
состояние, возникающее в результате иммунологического конфликта между
эритроцитами плода и материнскими антителами. Заболевание вызвано
несовместимостью по антигенам резус-системы (Rh) или системы групп крови
АВО. В результате этого разрушаются эритроциты (гемолиз), что приводит к
анемии, гипербилирубинемии и различным осложнениям.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TRANSPORTI VA TASHQI IQTISODIY ALOQALARI
Annotatsiya: Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasining transport tizimi va
uning tashqi iqtisodiy aloqalardagi o'rni hamda ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada
O'zbekiston transport infratuzilmasining hozirgi holati, mavjud muammolar va ularni
hal etish yo'llari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, mamlakatning asosiy transport
yo'nalishlari, tranzit salohiyati va uni oshirish imkoniyatlari o'rganiladi.
Maqolada O'zbekistonning tashqi savdo aloqalari geografiyasi, eksport va
import tarkibi hamda transport xarajatlarining savdo samaradorligiga ta'siri tahlil
etiladi. Transport logistikasini rivojlantirish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish
va xalqaro transport koridorlarida ishtirok etishning tashqi iqtisodiy faoliyatga ta'siri
baholanadi.
IQTISODIY FAOLIYAT TURLARI BO’YICHA XIZMATLAR TARKIBI
Annotatsiya: Ushbu maqola iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha xizmatlar
tarkibini tahlil qiladi. Xizmatlar iqtisodiyotning muhim sektorlaridan biri sifatida, turli
iqtisodiy faoliyat turlarini qo'llab-quvvatlash va aholining ehtiyojlarini qondirishda
asosiy rol o'ynaydi. Maqolada xizmatlar tarkibining nazariy asoslari, tasnifi va ularning
iqtisodiy o'sishga ta'siri ko'rib chiqiladi. Maqolada xizmatlarning asosiy turlari,
jumladan moliyaviy xizmatlar, transport xizmatlari, ta'lim xizmatlari, sog'liqni saqlash
xizmatlari, turizm xizmatlari, axborot texnologiyalari xizmatlari va boshqa biznes
xizmatlari tahlil qilinadi. Har bir xizmat turining o'ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy
faoliyatdagi o'rni va rivojlanish tendensiyalari o'rganiladi. Shuningdek, xizmatlar
sohasidagi o'zgarishlar, innovatsiyalar va raqamlashtirishning iqtisodiy o'sishga ta'siri
baholanadi.
O’ZBEKISTONDA TRANSPORT TIZIMINING RIVOJLANGANLIK DARAJASI VA UNING HUDUDIY XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida transport tizimining
rivojlanganlik darajasi va uning hududiy xususiyatlarini tahlil qiladi. Maqolada
transport infratuzilmasining holati, asosiy transport turlarining (temir yo'l, avtomobil,
havo va quvur transporti) hududiy taqsimlanishi va ularning iqtisodiy ahamiyati ko'rib
chiqiladi. Shuningdek, transport tizimining rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar,
mavjud muammolar va ularni hal etish yo'llari o'rganiladi.
Maqolada O'zbekistonning turli hududlarida transport infratuzilmasining
rivojlanganlik darajasi, transport xizmatlarining sifati va aholining transportga bo'lgan
talabi tahlil etiladi. Tog'li va cho'l hududlarida transport aloqalarini ta'minlash
masalalari, transport koridorlarining hududiy tuzilishi va ularning iqtisodiy o'sishga
ta'siri baholanadi. Transport sohasida raqamlashtirish, innovatsion texnologiyalarni
joriy etish va logistika xizmatlarini rivojlantirishning hududiy jihatlari yoritiladi.
SAVDO XIZMATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola zamonaviy iqtisodiyotda savdo xizmatlarining
o'rni va ahamiyatini tahlil qiladi. Savdo xizmatlari tovarlarni ishlab chiqaruvchidan
iste'molchiga yetkazish jarayonida muhim rol o'ynaydi va savdo faoliyatining
samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada savdo xizmatlarining mohiyati,
turlari, rivojlanish tendensiyalari va iqtisodiy o'sishga ta'siri ko'rib chiqiladi.
Maqolada savdo xizmatlarining asosiy turlari, jumladan ulgurji savdo, chakana
savdo, elektron tijorat, marketing xizmatlari, logistika xizmatlari, savdo maslahati
xizmatlari va savdoni qo'llab-quvvatlash xizmatlari tahlil qilinadi. Har bir xizmat
turining o'ziga xos xususiyatlari, savdo jarayonidagi o'rni va rivojlanish istiqbollari
o'rganiladi. Shuningdek, savdo sohasidagi o'zgarishlar, innovatsiyalar va
raqamlashtirishning savdo xizmatlariga ta'siri baholanadi.
SAVDO, YASHASH VA OVQATLANISH BO’YICHA XIZMATLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada savdo, yashash va ovqatlanish bo'yicha
xizmatlarning zamonaviy jamiyatdagi o'rni va ahamiyati tahlil qilingan. Hozirgi kunda
bu sohalarning bir-biri bilan qanday bog'liqligi va muvofiqligi o'rganiladi. Savdo
xizmatlarining rivojlanishi, yashash sharoitlarining diversifikatsiyasi va ovqatlanish
madaniyatidagi o'zgarishlar e'tiborga olinadi.
Maqolada, shuningdek, iste'molchilarning ehtiyojlari, trendlar va yangi
texnologiyalarning joriy qilinishi natijasida yuzaga kelgan innovatsion yechimlar
haqida ham so'z boradi. Yashash joylari va ovqatlanish uslublari o'rtasidagi aloqalar,
iqtisodiy va madaniy jihatlari bilan birgalikda ko'rib chiqiladi. Ushbu tahlil
o'quvchilarga savdo, yashash va ovqatlanish xizmatlarining kelajakdagi rivojlanish
yo'nalishlarini tushunishga yordam beradi. Maqola, jumladan, ushbu sohalar bo'yicha
strategik qarorlar qabul qilishda asos sifatida xizmat qilishi kutilmoqda.
SANOAT ISHLAB CHIQARISH TARMOQLARI
Annotatsiya: mazkur maqolada sanoat ishlab chiqarish tarmoqlar Ushbu
tarmoqlar turli xil mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo‘lib, ular
o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish orqali
iqtisodiy o‘sishni ta'minlaydi. Sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari energiya, kimyo,
og‘ir va engil sanoat, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati kabi sohalarni o‘z ichiga oladi.
Ushbu tarmoqlar innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish o‘rinlarini yaratish va
xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega.
ҚАНДЛИ ДИАБЕТ КАСАЛЛИГИНИ ТУРЛАРИ ВА КЕЛИБ ЧИКИШ САБАБЛАРИ
Аннотация: Ушбу мақолада қандли диабетнинг келиб чиқиш сабаблари,
турлари, белгилари, диагностикаси ва даволаш усуллари ҳамда унинг асоратлари
кўриб чиқилади. Шунингдек, қандли диабет билан яшовчи беморлар учун парҳез
ва жисмоний фаолликнинг аҳамияти ҳамда касалликнинг олдини олиш чоралари
ҳақида маълумот берилади. Мақола қандли диабет ҳақида кенг қамровли
маълумотга эга бўлишни истаган ўқувчилар, беморлар ва соғлиқни сақлаш
соҳаси ходимлари учун мўлжалланган.
TAHLILNING FIZIK KIMYOVIY USULLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada tahlilning fizik-kimyoviy usullarining asosiy
jihatlari, ularning ilmiy tadqiqotlar va sanoatdagi ahamiyati hamda zamonaviy
tendensiyalari tahlil qilinadi. Fizik-kimyoviy tahlilning turli usullari (spektroskopiya,
xromatografiya, elektrokimyoviy usullar va boshqalar) bo'yicha ma'lumotlarning
yig'ilishi, tahlili va talqin qilinishi jarayonlari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, fizik-
kimyoviy tahlilning ilmiy tadqiqotlarda, sanoatda, ekologiyada va tibbiyotda
qo'llanilishi o'rganiladi. Maqola kimyogarlar, fiziklar, biologlar, muhandislar, talabalar
va fizik-kimyoviy tahlilga qiziquvchi keng doiradagi o'quvchilar uchun mo'ljallangan.
TRANSPORTNING RIVOJLANISH IMKONIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola zamonaviy dunyoda transport tizimining
rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qiladi. Transport infratuzilmasini modernizatsiya
qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, transport xizmatlarini takomillashtirish
va ekologik muammolarni hal etish transport sohasining asosiy yo'nalishlari sifatida
ko'rib chiqiladi. Maqolada global tendensiyalar, mintaqaviy xususiyatlar va
O'zbekiston Respublikasida transportni rivojlantirishning istiqbolli yo'nalishlari
o'rganiladi.
Maqolada transport sohasida raqamli texnologiyalar, sun'iy intellekt, avtonom
transport vositalari va "aqlli transport" tizimlarining joriy etilishi transport oqimini
optimallashtirish, xavfsizlikni oshirish va transport xarajatlarini kamaytirish
imkoniyatlari tahlil etiladi. Transport infratuzilmasini rivojlantirish, yangi transport
yo'nalishlarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va transport tugunlarini
modernizatsiya qilishning ahamiyati asoslanadi.
СОВРЕМЕННЫЕ ПРЕДСТАВЛЕНИЯ О БИОХИМИИ СВЕРТЫВАНИЯ КРОВИ
Аннотация. Система свертывания крови представляет собой сложный
биохимический процесс, который обеспечивает остановку кровотечения и
защиту организма от чрезмерной потери крови. Этот процесс включает в себя
каскад реакций с участием белков плазмы, клеток и ионов кальция. Система
свертывания крови функционирует в тесной взаимосвязи с системой
антикоагуляции и фибринолиза, обеспечивая баланс между образованием и
разрушением тромбов.
АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ И КЛИНИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ТЕЧЕНИЯ СИНДРОМА ПОЛИКИСТОЗНЫХ ЯИЧНИКОВ
Аннотация. Синдром поликистозных яичников (СПКЯ) - это хроническое
заболевание, при котором у женщины не происходит овуляция или происходит
она редко, то есть зрелая яйцеклетка не покидает яичник для оплодотворения
сперматозоидом. Иначе это состояние называется синдром поликистозных
яичников, или синдром Штейна—Левенталя. Оно сопровождается нарушениями
репродуктивной функции (невозможностью зачать и иметь ребенка),
нарушениями обмена веществ и психологическими проблемами.
OʻZBEKISTONDA DAVLAT VA NODAVLAT MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIDA TAʼLIM SIFATINING QIYOSIY TAXLILI.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Oʻzbekistonda davlat va nodavlat maktabgacha
taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatining qiyosiy taxlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda
taʼlim sifatini baholash mezonlari, davlat va nodavlat tashkilotlarining oʻziga xos
jihatlari, ularning afzalliklari va kamchiliklari oʻrganilgan. Tadqiqot natijalari asosida
maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqilgan.
DAVLAT VA NODAVLAT MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA DIDAKTIK OʻYINLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI VA ULARNI GURUHLARDA QOʻLLASH.
Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim
tashkilotlarida didaktik oʻyinlardan foydalanish imkoniyatlari, ularni guruhlarda
qoʻllashning afzalliklari va pedagogik jarayonga taʼsiri oʻrganiladi. Didaktik
oʻyinlarning taʼlim jarayonidagi o‘rni, ularni samarali qo‘llash usullari va bolalarning
bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga taʼsiri tahlil qilinadi. Shuningdek,
davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarida didaktik o‘yinlarni qo‘llashda uchraydigan
qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tiladi.
EMAN PO‘STLOG‘INING TARKIBI VA XUSUSIYATLARI
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada eman po‘stlog‘ining kimyoviy tarkibi va biologik xususiyatlari
tahlil qilinadi. Eman po‘stlog‘i tarkibida tanin, flavonoidlar, efir moylari va boshqa
bioaktiv moddalar mavjud bo‘lib, ular antiseptik, yallig‘lanishga qarshi va antioksidant
xususiyatlarga ega. Shuningdek, maqolada eman po‘stlog‘ining tibbiyot, sanoat va
ekologiyadagi ahamiyati ham ko‘rib chiqiladi. Ushbu tadqiqot eman po‘stlog‘ining
tabiiy resurs sifatida keng qo‘llanilishini o‘rganishga yordam beradi.
НЕХРОМОСОМНОЕ НАСЛЕДОВАНИЕ: МАТЕРИНСКИЙ ЭФФЕКТ, ЦИТОПЛАЗМАТИЧЕСКАЯ, ПЛАСТИДНАЯ И МИТОХОНДРИАЛЬНАЯ НАСЛЕДСТВЕННОСТЬ
Аннотация: Нехромосомное наследование представляет собой передачу
генетической информации вне ядра клетки, преимущественно через
цитоплазматические органеллы, такие как митохондрии и пластины, а также
благодаря материнскому эффекту. Этот тип наследования играет ключевую роль
в формировании различных признаков, устойчивости к стрессам и появлении
заболеваний. В данной статье рассмотрены механизмы и примеры
нехромосомного наследования, включая влияние материнского эффекта,
пластидную и митохондриальную наследственность. Подробно
проанализированы последствия мутаций митохондриальной ДНК, её вклад в
эволюцию и адаптацию, а также роль цитоплазматической наследственности в
селекции растений и животных.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA NUTQ OʻSTIRISH MASHGʻULOTLARIDA BOLALARNI MUSTAQIL FIKRLASHGA OʻRGATISH TEXNOLOGIYALARI
Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida nutq o‘stirish
mashg‘ulotlarida bolalarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish texnologiyalari, bolalarda
nutqiy rivojlanishni ta'minlash, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatish qobiliyatlarini
shakllantirish haqida so‘z yuritiladi.
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING OILADA BOLA TARBIYASI HAQIDAGI QARASHLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Sharq mutafakkirlarining oilada bola tarbiyasi
haqidagi qarashlari, oilaviy munosabatlarni tartib-intizomga asoslangan holda olib
borish, oilaviy tarbiya bola hayotida muhim oʻrni, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash
to'g'risida batafsil fikr yuritilgan.
MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI TRANSPORT TIZIMIDAGI ASOSIY MUAMMOLARI
Annotatsiya: Ushbu maqola Markaziy Osiyo davlatlarining (Qozog'iston,
Qirg'iziston, O'zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston) transport tizimidagi asosiy
muammolarni tahlil qiladi. Markaziy Osiyo mintaqasining geostrategik ahamiyati,
tranzit salohiyati va iqtisodiy rivojlanishi transport tizimining samarali faoliyatiga
bog'liq. Maqolada transport infratuzilmasining holati, logistika xizmatlarining sifati,
bojxona tartib-taomillari, transport xarajatlari, ekologik muammolar va mintaqaviy
hamkorlikning yetarli emasligi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.
Maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining transport tizimidagi mavjud muammolarning
sabablari, oqibatlari va ularni hal etish yo'llari o'rganiladi. Transport infratuzilmasini
modernizatsiya qilish, logistika markazlarini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni
joriy etish, bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, transport xarajatlarini
kamaytirish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash va mintaqaviy hamkorlikni
kuchaytirishning ahamiyati asoslanadi.
QARORLAR QABUL QILINAYOTGANDA ETIKA ME’YORLARI VA IJTIMOIY TA’SIRLARNI HISOBGA OLISH
Annotatsiya. Ushbu maqolada qarorlar qabul qilish jarayonida etika
me’yorlari va ijtimoiy ta’sirlarning ahamiyati muhokama qilinadi. Qaror qabul qilish,
tashkilotlar va jamiyatlar uchun muhim bo‘lgan strategik jarayon sifatida, faqat
iqtisodiy yoki operativ jihatlarni emas, balki axloqiy va ijtimoiy omillarni ham hisobga
olishni talab qiladi. Maqolada etika me’yorlarining asosiy tamoyillari, ularning
qarorlar qabul qilishdagi roli va ijtimoiy mas’uliyatning ahamiyati tahlil qilinadi.
Shuningdek, qarorlarning ijtimoiy ta’sirlari, xususan, jamoatchilik fikri, xodimlar
motivatsiyasi va brend obro‘siga ta’siri ko‘rib chiqiladi.
O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNI IJODIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH
Bugungi kunda ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini
shakllantirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Ijodiy fikrlash o‘quvchilarning
mustaqil ravishda yangi g‘oyalar yaratish, muammolarni o‘ziga xos usullar bilan hal
qilish va original yechimlar topish qobiliyatini rivojlantiradi. O‘qish savodxonligi
darslarida ushbu qobiliyatni shakllantirish orqali nafaqat matnlarni tushunish va tahlil
qilish, balki ularni yangicha talqin etish va ijodiy yondashuv asosida qayta ishlashga
erishish mumkin. Ushbu maqolada o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishning
muhim jihatlari, metodlari va samarali usullari yoritiladi.
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kreativ
fikrlashni shakllantirish usullari koʻrib chiqiladi. Kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun
interaktiv metodlar, mashq turlari va innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi.
Shuningdek, mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni ragʻbatlantirish uchun muhit
yaratish masalalari muhokama qilinadi.
BOLALAR VA KATTALAR UCHUN TIL O‘RGANISHNING FARQLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada til o‘rganish jarayonining yoshga bog‘liq farqlari
va lingvistik, psixologik hamda pedagogik jihatlari tahlil qilinadi. Bolalar tabiiy
ravishda yangi tilni tez o‘zlashtirsa, kattalar uni ongli ravishda va grammatik qoidalar
asosida o‘rganadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, yosh bolalar fonetik
moslashuvchanlikka ega bo‘lib, aksentsiz gaplasha oladi, kattalar esa bu jarayonda
maxsus mashg‘ulotlarga muhtoj bo‘ladi. Zamonaviy texnologiyalar til o‘rganishni
osonlashtirayotgan bo‘lsa-da, yoshga bog‘liq farqlar saqlanib qolmoqda. Ushbu
maqola til o‘rganish jarayonini chuqurroq tushunishga va samarali metodlarni
aniqlashga yordam beradi.
MAKTABGACHA TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mamlakatimizda joriy qilinayotgan yangi ta’lim tizimi ya’ni
inklyuziv ta’lim tizimining takomillashuvi, va bu ta’lim tizimi maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida ham joriy qilinganligi, inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish maqsadida
yangi qaror va farmonlar qabul qilinib, vazifalar yuklatilganligi haqida so’z boradi.
BOSHLANG‘ICH SINF “TARBIYA” DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING SHART- SHAROITLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekistonda boshlang‘ich sinf "Tarbiya"
darslarida interfaol metodlardan foydalanish sharoitlari tahlil qilinadi. Unda umumiy
o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini tizimli isloh qilish, yosh avlodning
ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash, ta’lim jarayoniga
innovatsion metodlarni joriy etish muhimligi yoritiladi. Shuningdek, pedagogik
texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo‘llashning nazariy va uslubiy yondashuvlari ham
ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘zbek va rus olimlarining pedagogik texnologiyalar
bo‘yicha ilmiy qarashlari tahlil qilinib, ularning dars samaradorligini oshirishdagi o‘rni
ta’kidlanadi. Loyihaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyatiga alohida e’tibor
qaratilib, ushbu metodlar orqali o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish
va milliy-ma’naviy merosni chuqur anglashga erishish mumkinligi xulosasi
chiqariladi.
TALABALARNING KOGNITIV FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHDA MULTIMEDIA TEXNOLOGIYALARINING IMKONIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarning kognitiv faoliyatini
takomillashtirishda multimedia texnologiyalarining imkoniyatlari, multimedia
texnologiyalari talabalarning kognitiv faolligini qanday oshirishi, taʼlimda multimedia
texnologiyalarining transformatsion salohiyati va ularning talabalarning bilim
faolligini oshirish qobiliyati, faol oʻrganishni rivojlantirish va ijodkorlikni
ragʻbatlantirish orqali anʼanaviy oʻrganish usullarini inqilob qilishi, multimedia
integratsiyasini oʻzlashtirish toʻgʻrisida batafsil fikr yuritilgan.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA SYUJETLI-ROLLI O‘YINLAR ORQALI EKOLOGIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda syujetli-rolli
o‘yinlar orqali ekologik tushunchalarni shakllantirish jarayoni ilmiy-nazariy va
amaliy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqot davomida ekologik tarbiya va o‘yin
texnologiyalarining bolalar tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilinib,
innovatsion pedagogik yondashuvlar taklif etilgan.
TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARGA O'TISHNING MUVAFFAQIYATLARI
Annotatsiya. Raqamli axborot texnologiyalari imkoniyatlari juda keng tizim
bo‘lib, unga ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimediavositalari, kompyuter tarmoqlari,
Internet kabi tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga
axborot tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari,
ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, bilimlar ombori
kabilar misol bo‘lishi mumkin. Ayni shu jihatdan maqolada ta'lim jarayonida raqamli
texnologiyalarga o'tish va buning istiqbolli jihatlari haqida so'z yuritiladi.
XULQI OG‘ISHGAN O‘SMIRLAR: SABABLARI, OLDINI OLISH CHORALARI VA TARBIYAVIY YONDASHUVLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada xulqi og‘ishgan o‘smirlarning psixologik va
ijtimoiy xususiyatlari, ularning bunday xatti-harakatlarga moyillik sabablari, oldini
olish choralari hamda tarbiyaviy yondashuvlar haqida so‘z yuritiladi. O‘smirlarning
xulq-atvoridagi o‘zgarishlar ko‘p jihatdan oilaviy muhit, ijtimoiy muhit, ta’lim tizimi
va shaxsiy omillar bilan bog‘liq. Ushbu maqolada ushbu muammoga yechim sifatida
psixologik, pedagogik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash usullari taklif etiladi.
RAMANESKO KARAMINING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI.
Annotasiya: ushbu maqolada sabzavot ekinlaridan yangi karam turi Ramanesko
karami haqida ma`lumotlar keltirilgan. Umbu karam noananaviy ekin turlaridan bo`lib,
gulkaram bilab brokkoli chatishtirish natijasida yaratilgan. Maqolada yetishtirish
agrotexnologiyasi va iltemol qilish bo`yicha ma`lumotlar keltirilgan.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA TARBIYALANUVCHILARDA MILLIYLIKNI SHAKLLANTIRISH USULLARI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarda
milliylikni shakllantirishning usullari va o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Milliy
tarbiyaning ahamiyati, uni amalga oshirishda xalq ertaklari, milliy o‘yinlar, san’at va
adabiyotdan foydalanish kabi samarali metodlar tahlil qilingan. Shuningdek,
bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy qadriyatlarni
singdirishning eng samarali yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Mazkur maqola maktabgacha
ta’lim muassasalari pedagoglari, metodistlar va ota-onalar uchun foydali bo‘lishi
mumkin.
EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES
Abstract: This article discusses several methods of effective teaching of the
English language, as well as some of the modern educational technologies used in
language and language learning.
BADIIY ASAR TILIDA KO‘CHIMLAR (B.GENJEMURATOVNING «UKUZDARYO BITIKLARI» ASARI MISOLIDA)
REZYUME
Maqolada qoraqalpoq she’riyatining zabardast vakili B.Genjemuradov
she’riyatida qo‘llangan badiiy tasvir va ifoda vositalari metafora, metanimiya,
snekdoxa, jonlantirish, mubolag'a sifatlash, oksimoron kabilarni mahorat bilan
qo‘llaganligi tahlil qilindi. Boshqa ijodkorlar kabi shoir she’rlarida ham ko‘chim,
o‘xshatishlar mahorat bilan qo‘llanilganligi, qoraqalpoq lirikasidagi ayrim til
xususiyatlarini shoir mahorati bilan bog‘lab ko‘rsatib berishga harakat qilindi.
Badiiy til sohasida mahorat kasb qilmasdan turib, chinakam san’at asarini
yaratish mumkin emas. Shuning uchun ham so‘z ustalarining mahoratini ularning tili
orqali o‘rganish ishiga yanada ko‘proq e’tibor berish lozim.Yozuvchining mahorati
haqidagi gapni tildan boshlash kerak,-degan edi atoqli yozuvchi K.Fedin. Badiiy asar
tilini o‘rganish haqiqatdan ham, yozuvchining badiiy mahoratini o‘rganish
masalasining asosini tashkil etadi. Shu sababli ulkan san’atkorlarning hammasi tilga
alohida ahamiyat berib kelganlar va badiiy asar tilini asarning qiymatini belgilovchi
muhim faktrorlardan biri deb hisoblaganlar.Shuning uchun ham so‘nggi vaqtlarda
qoraqalpoq adabiyotshunosligida va tilshunosligida badiiy asar tilini tekshirishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Badiiy asar tili zamonaviy, jonli tilda ijod qilishga shu
bilan birga esa, dunyoni tabiiy his etishga, hozirgi kunning fikr uylari va tushunchalari
bilan yashashga to‘la erk berib quyarkan. Baxtiyor Genjemuradov zamon bilan
hamnafas, xalq bilan yonma-yon shoirdir.
TRANSPORT GEOGRAFIYASI FANINING O’RGANISH OBYEKT,PREDMETI, METODLARI VA VAZIFALARI.
Annotatsiya: Ushbu maqola transport geografiyasi fanining mohiyatini, uning
o'rganish obyekti, predmeti, asosiy metodlari va dolzarb vazifalarini kompleks tarzda
ochib beradi. Transport geografiyasi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning muhim tarmog'i
sifatida transport tizimlarining hududiy tashkil etilishi, joylashuvi, rivojlanish
qonuniyatlari va jamiyat hayotidagi rolini o'rganadi.
Maqolada transport geografiyasining o'rganish obyekti - transport tizimlari va
tarmoqlari, transport tugunlari, transport-iqtisodiy aloqalar, transport geografik o'rni va
transport infratuzilmasi ekanligi aniqlanadi. Fanning predmeti esa transport
tizimlarining hududiy tashkil etilish qonuniyatlari, ularning shakllanish omillari va
jamiyat iqtisodiyoti hamda hududiy rivojlanishga ta'siridir.