T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
173
ISSN:3030-3613
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASHNI
SHAKLLANTIRISH
Namangan davlat pedagogika instituti
dotsenti (PhD)
R.Lutfetdinova
Namangan davlat pedagogika instituti 1-
bosqich magistranti
F.Xaydarova
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kreativ
fikrlashni shakllantirish usullari koʻrib chiqiladi. Kreativ fikrlashni rivojlantirish uchun
interaktiv metodlar, mashq turlari va innovatsion yondashuvlar tahlil qilinadi.
Shuningdek, mustaqil fikrlash va ijodiy yondashuvni ragʻbatlantirish uchun muhit
yaratish masalalari muhokama qilinadi.
Kalit so‘zlar:
kreativ fikrlash, interaktiv metodlar, guruhli mashgʻulotlar, ijodiy
yondashuv, mustaqil fikrlash.
Insonni insoniyligini ifodalovchi eng muhim ijtimoiy fazilatlardan biri
hisoblangan “kreativ qobiliyat” va “kreativ tafakkur” tushunchalari insonni yuksak
ijodiy imkon sohibi ekanligiga dalolat qilishi bilan birga, ayni paytda shaxs
mustaqilligini ifodalovchi eng muhim belgilardan biridir.
Kreativ tafakkur tushunchasi tarixiy manbalarda turli xil ma’no va qarashlarni
anglatib kelgan. Bu tushuncha ikki xil xususiyatga ega bo’lgan so’zlar birikmasidan
iborat bo’lib, o’zida sifatiylik va miqdoriylikni mujassam etadi.
“Kreativlik” uning sifatini bildirsa, “tafakkur” esa fundamental xususiyatini aks
ettiradi. Shuningdek, kreativlik keng ma’noda kishining voqea va hodisalarning o’ziga
xos mohiyatini ijodiy anglashga asoslangan faoliyat hisoblanadi, kreativ tafakkur esa
insonning ijodiy tafakkurini nazarda tutadi. Ko’rinib turibdiki, yuqoridagi ta’riflarda
ham ikki tushuncha bir-biridan sifat va miqdor jihatidan farqlanadi. Qadimda yunon
faylasuflari bu masala yuzasidan turli xil qarashlarni o’rtaga tashlaganlar.
Kreativ fikrlash – bu muammolarni yangicha yondashuvda hal qilish, ijodiy
yechimlarni topish va mustaqil ravishda tahlil qilish qobiliyatidir. Boshlangʻich sinf
o‘quvchilarida ushbu qobiliyatlarni shakllantirish, ularning kelajakdagi muvaffaqiyatli
ta’lim jarayoniga asos yaratadi.
Ta’lim sifatini oshirish bu ko‘proq bilim to‘plab, axborotga ega bo‘lishgina
emas, balki tafakkurni rivojlantirish, katta axborot oqimidan zarurlarini tezda tanlab
olish, yo‘nalishni aniqlash, vaziyatni baholash, nostandart muammolarni yechish
ko‘nikma va malakasini shakllantirishdan iboratdir. Zamonaviy mutaxassis bugungi
kunda raqobatbardosh ta`lim bozorida o‘z o‘rnini topishi uchun yangicha yondashuv
asosida ta`lim jarayonini tashkil etishi lozim. Ta’lim sifati, eng avvalo, ta’lim
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
174
ISSN:3030-3613
jarayonining asosiy bo‘g‘ini, uning ham ob’yekti, ham sub’yekti sifatida o‘quv
materialini o‘zlashtirish darajasiga bog‘liqdir. Aynan, 4K modeli bugungi kunda ta`lim
sifatini oshirishda muhim katolizatorlik vazifasini bajaradi. 4K tushunchasi odatda
kognitiv, metakognitiv, ijtimoiy va hissiy sohalardagi kompetensiyalarni ifodalashda
qo`llaniladi. 4K hamkorlik, muloqot, tanqidiy fikrlash va ijodkorlikdir. K yondashuvi
o‘z nomi bilan 4 ta tamoyilni o‘z ichiga oladi: Kollaboratsiya: Bu o‘quvchilarning
jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Ularga hamkorlikda
ishlash, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini
shakllantirishga ko‘maklashadi. O‘zaro samarali muloqot qilish va umumiy maqsadga
erishish uchun jamoada ishlash qobiliyatini hosil qiladi. Bu sifat bir-biriga bog'liq
bo'lgan bir nechta qobiliyatlarda namoyon bo`ladi: umumiy go'yani yagona maqsad
sifatida qabul qilish qobiliyati; ijtimoiy munosabatni shakllantirish, ya'ni ko'pchilik
fikrini qo'llab-qavvatlash, muhokama qilish, muzokaralar olib borish, o'z harakatlarini
boshqalarning harakatlari bilan muvofiqlashtirish; zimmasiga olgan majburiyatlarni
bajarish; mustaqillik va tashabbuskorlik. Kommunikativlik: O‘z fikrlarini aniq,
ravshan ifodalashga, suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda
til vositalaridan unumli foydalanishga o‘rganadi.
Ushbu kompentensiya orqali o`quvchi qo‘rqmay har qanday muloqotga kirisha
oladi. Munozaralarni boshlash, muloqotning maqsadi va kontekstiga, savol va javob
berishga kirishadi. O‘z nuqtai nazarini himoya qilish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi. Kreativ
fikrlash: O`z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadi,
innovatsion yechimlarni izlab topadi, ijodkorlik orqali muammolarni hal qilishning
kutilmagan usullariga ega bo‘ladi va u quyidagi tarkibiy qismlarga ajratiladi:
qiziquvchanlik – atrof-olamga qiziqish, mustaqil ravishda ko'proq ma'lumot to‘plash
istagi paydo bo‘ladi va savollarga javob topish; tasavvur – o'ziga xos ko‘plab yangi
g'oyalarni ishlab chiqish qobiliyati; g‘oyalarni rivojlantirish – turli pozitsiyalarda
g'oyalarni baholash, ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, turli sharoitlarga
yangicha yondashuv orqali munosabat bildirish qobiliyati shakllanadi. Kritik (tanqidiy)
fikrlash: Axborotni tanqidiy baholash, o‘z fikr va mulohazalarini shakllantirish
ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarni tahlil qilish
va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini shakllantiradi. Raqmli ta`limda
tanqidiy fikrlashning ahamiyati kattadir. Ma'lumotni tanqidiy baholash, tahlil qilish va
sharhlash qobiliyati to'g'ri va mantiqiy xulosa chiqarish va oqilona qaror qabul qilishga
yordam beradi. Jamoa bo'lib hamkorlikda ishlaganda tanqidiy fikrlash orqali
o'quvchilar ijtimoiy muloqotga kirisha oladilar. U quyidagi xususiyatlarni o'z ichiga
oladi: tahlil - muhokama qilinadigan savol va dalillar o'rtasida mantiqiy bog'liqlikni
o'rnatish; baholash - dalillarning ishonchliligi va aniqligini baholash qobiliyati;
tushuntirish - o'z nuqtai nazarini asoslash; faraz qilish - ma'lumotlarning
yetishmasligini aniqlash va shu asosda mustaqil xulosa chiqarish qobiliyati; tartibga
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
175
ISSN:3030-3613
solish - o'z-o'zini tekshirish, xulosalarni chiqarish va mulohaza yuritish qobiliyati
shakllanadi. 4K kompetentsiyalariga ega bo'lgan o'quvchi muammolarni hal qilishda
quyidagi ko'rsatkichlarga ega bo'ladii: Muloqot: savol beradi va savollarga javob
beradi, tushunmagan ma`lunotlariga izox so`raydi, o'z nuqtai nazarini tushuntiradi,
ziddiyatli vaziyatlardan qochadi yoki ularga yechim topadi. Hamkorlik: yordam
so'raydi, boshqa fikr va muloxazalarini tinglaydi va taklif beradi, hamkorlikda ishlaydi,
boshqalarga ham fikr bildirish imkonini beradi. Tanqidiy fikrlash: axborotni tahlil
qiladi, faraz va yechimlarni taklif qiladi, bahslashadi va baholaydi. Ijodkorlik:
g'oyalarni taklif qiladi, ularni qadrlaydi, g'ayrioddiy vaziyatda asosiy ko'nikmalarni
qo'llaydi, original yechimlarni topadi, topshiriqni bajargandan so'ng ham yangi g'oya
va yechimlarni izlashni davom etadi.
Ushbu kompetensiyalar orqali o‘quvchi topshiriqlarni bajarishda passivlikdan
tashabbuskorlik va mustaqillikka o‘tadi, buni xulq-atvor ko‘rsatkichlari bilan ham
baholash va kuzatish mumkin.
Interaktiv metodlar va mashq turlari.
Boshlangʻich sinflarda kreativ fikrlashni
shakllantirish uchun quyidagi interaktiv metodlar va mashqlar qo‘llanilishi mumkin:
1.
“Aqliy hujum” (Brainstorming) metodi. Bu metod oʻquvchilarning muayyan
muammoga turli xil ijodiy yondashuvlarini ragʻbatlantirishga yordam beradi. Misol
uchun, o‘quvchilarga "Kelajakdagi maktab qanday bo‘lishi mumkin?" degan savol
berilib, ular o‘z fikrlarini ochiq aytishadi.
2. “Tasavvur tasvirlash” mashqi. Bu usul orqali bolalar o‘z orzulari yoki o‘zlari
yaratgan personajlar haqida hikoya tuzadilar va tasvirlar chizadilar. Bu esa nafaqat
kreativ fikrlash, balki tasviriy va yozma nutqni rivojlantirishga ham yordam beradi.
3. “Muqobil tugallash” usuli. O‘quvchilarga mashhur ertaklar yoki hikoyalarning
boshlang‘ichi beriladi va ularga hikoyaning muqobil davomiyligini yaratish taklif
qilinadi. Masalan, "Qizil shapkacha" hikoyasining boshqa tugash variantini o‘ylab
topish.
4. Rolli o‘yinlar. O‘quvchilar uchun real hayotdagi yoki fantastik vaziyatlar yaratiladi
va ular shu vaziyatdan qanday chiqish haqida rolli oʻyin oʻynaydilar. Bu usul ijodiy
fikrlash, muammo yechish va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
5. “Fikrlar xaritasi” (Mind Mapping) usuli.
O‘quvchilarga asosiy tushuncha yoki
muammo beriladi va ular bu tushuncha atrofida o‘z fikrlarini tarmoqlarga ajratib xarita
shaklida yozadilar. Masalan, “Tabiat” mavzusida fikrlar xaritasi yaratish orqali bolalar
tabiatni turli jihatlardan baholaydilar.
Har bir inson o'ziga xos mantiqiy zanjirlarni qurish imkoniyatiga ega. Uning darajasi
odatda CQ (Creativity Quotient) deb ataladigan ijodiy intellekt koeffitsienti bilan
belgilanadi. Bu IQ bilan bog'liq emas, deb ishoniladi, lekin u rivojlanish va o'qitish
uchun ham juda mos keladi. O`quvchi faol ravishda yangi g'oyalarni yaratishni
boshlashi va ularni bir qator oddiy mashqlar yordamida amalga oshirishi mumkin.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
176
ISSN:3030-3613
Pedagogik tajriba shuni ko'rsatadiki, ko'plab bolalarda iqtidorning yashirin
potentsiali mavjud bo'lib, rivojlanish va qo'llab-quvvatlash uchun zarur sharoitlar
mavjud bo'lsa, ular ochib, ma'lum bir sohada o'zini ko'rsatishi mumkin. Ko'pincha
kreativlikning yashirin potentsiali odamni biron bir faoliyat sohasida iste'dodli qiladi.
Kreativlik insonda kasbiy kompetentsiyani, samaradorlikni rivojlantirish uchun zarur;
ta'lim; xushmuomalalik (hamkorlik qilish, o'zaro munosabatda bo'lish qobiliyati) va
hatto ma'lum darajada axloqiylik.
Kreativlikning doimiy rivojlanishi faqat shunday psixologik asosda mumkin
bo'lib, u shaxsning ehtiyojlari va manfaatlarining boyligi, uning mehnatda, muloqotda,
bilishda o'zini to'liq amalga oshirishga yo'naltirilganligi bilan tavsiflanadi; intellektual
qobiliyatlarning yuqori darajasi, har bir yangi narsaga ochiqlik, moslashuvchan
tanqidiy fikrlash, yuqori inson faoliyati, jismoniy kuch va energiya, psixofizik
imkoniyatlar darajasi. Maktabning vazifasi bolalarda o'qishga ijodiy munosabatni,
ichki motivatsiyani va faollikni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishdir. Maktab
yoshida xulq-atvor va munosabatlarda ijodiy asos yaratish, keyin uni turli usullar
yordamida takomillashtirish juda muhimdir. Shu sababli, ta'lim bugungi kun
bolalarining nafaqat maktabda, balki kattalardek keyingi kasbiy faoliyatida ham
muvaffaqiyat qozonishini ta'minlash uchun javobgardir.
Kreativ fikrlashni shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar:
1.
O‘quv muhitini ijodiy qilish. Sinfda ochiq va erkin fikrlashga undovchi muhit
yaratish kerak.
2.
O‘quvchilarga tanlov berish. Mustaqil qaror qilish va o‘z fikrlarini ifoda etish
imkoniyatini yaratish muhim.
3.
Guruhli ishlarga e’tibor qaratish. Guruhlarda ishlash orqali o‘quvchilar fikr
almashadilar va yangi g‘oyalarni ishlab chiqadilar.
4.
O‘yin metodlarini qo‘llash. O‘yin orqali o‘rganish kreativlikni oshirishga
xizmat qiladi.
Xulosa qilganimizda, boshlangʻich sinflarda kreativ fikrlashni rivojlantirish
uchun interaktiv metodlar va ijodiy mashqlar qo‘llanilishi muhim. O‘qituvchi sinfda
erkin muhit yaratib, bolalarni mustaqil fikrlashga undashi kerak. Ushbu yondashuv
orqali bolalar nafaqat bilim oladilar, balki o‘z qiziqishlarini rivojlantiradilar ham.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Toshkent.
2006.
2.
Abduraxmonova, N. A. qizi. “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy
faoliyatini rivojlantirish pedagogik muammo sifatida”. Educational Research in
Universal
Sciences,
vol.
2,
no.
12,
Dec.
2023,
pp.
208-11,
http://erus.uz/index.php/er/article/view/5507.
T A D Q I Q O T L A R
jahon ilmiy – metodik jurnali
https://scientific-jl.com
59-son_1-to’plam_Aprel-2025
177
ISSN:3030-3613
3.
Сангинова Г.Б. (2023). ЗНАЧЕНИЕ И МЕСТО НОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В
СИСТЕМЕ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Экономика и социум, (4-1
(107)), 840-846. 6. Yuldashevich, M. A. (2020). SHAPING OF THE HEALTHY
LIFESTYLE CULTURE IN PHYSICAL EDUCATION FOR OUR FUTURE
TEACHERS. European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences, 8.